https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
119
OQ ZOTSIZ SICHQONLARNING 30 KUNLIK SURUNKALI ALKOGOL
INTOKSIKATSIYASIDA ME’DA DEVORINING MORFOLOGIK,
MORFOMETRIK KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH VA QIYOSLASH.
Rajabboyeva Shaxlo
Navoiy Innovatsiyalar Universiteti Biologiya talim yonalishi
2-kurs talabasi
Annotatsiya: Dunyo miqyosida alkgolning iste’mol qilinishi oqibatida har yili 3
milliongacha o‘lim holatlari qayd etiladi. Alkgol iste’moli butun dunyoda erta o‘limning
yetakchi omillaridan biri hisoblanadi, bunda alkgol iste’moli 20-24 yoshdagi shaxslar
orasida har to‘rtinchi o‘limga sabab bo‘lmoqda. Ko‘psonli o‘tkazilgan tadqiqotlar
etanolning inson organizmiga, shu jumladan parenximatoz a’zolarga salbiy ta’sirini
tasdiqlagan, bundan tashqari alkogol ta’siri ostida turli a’zolar va to‘qimalarda
strukturaviy
o‘zgarishlar
ro‘y
berishi
tavsiflangan.
Surunkali
alkogol
intoksikatsiyasining ta’sirini aniqlash bo‘yicha tajribaviy tadqiqotlar o‘tkazilgan, biroq
mazkur holatning me’daning tajribada morfofunksional holatini o‘rganish hozirga
qadar yetarli emas.
Bizni mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini mukammallashtirish bo‘yicha
amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar orasida kasalliklarni erta
tashxislanishiga, shu jumladan, surunkali alkogol intoksikatsiya, uni asoratlarini
kamaytirish va oldini olish bilan bog‘liq holatlarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu munosabatdan, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasining 7 ustuvor
yo‘nalishlarining 56 maqsadida “...Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi
salomatligini saqlash va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish dasturini 2022-
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
120
2023 yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga
oshirish”
bo‘yicha maqsadlar belgilangan.
Kalit sozlar: 296 ta uch, olti, to‘qqiz va o‘n ikki oylik oq zotsiz sichqonlar bo‘ldi.
Аннотатсия: В мировом масштабе потребление алкоголя обусловливает почти 3
млн. смертей ежегодно. Потребление алкоголя является одним из ведущих факторов
риска преждевременной смертности во всем мире, где потребление алкоголя служит
причиной каждой четвертой смерти среди взрослых в возрасте 20-24 лет.
Проведены многочисленные эксперименталные исследования, доказывающее
отритсателное влияние этанола на организм человека, в том числе на
паренхиматозные органы, кроме того описаны структурные изменения органов
и тканей под влиянием алкоголя. Проведены исследования по определению влияния
хронической алкоголной интоксикатсии на разные органы и ткани в
эксперименте, но влияние данного состояния на морфофунксионалные состояние
желудка в эксперименте до сих пор изучена недостаточно.
В нашей стране среди широкомасштабных мер, осуществляемых по
совершенствованию системы здравоохранения уделяется особое внимание
ранней диагностике заболеваний, в том числе связанных с хронической алкоголной
интоксикатсией, снижению их осложнений и профилактике. В связи с этим в 5-
сели 4-части 7 приоритетных направлений Стратегии развития Нового
Узбекистана на 2022-2026 годы поставлены сели для «...выполнения комплекса
мер, направленных на осуществление программы по охране здоровя населения,
повышению потенсиала медитсинских работников и развитию системы
здравоохранения, предназначенный на 2022-2023 годы»
».
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
121
Ключевые слова; явилис трех, шести, девяти и двенадсати месячные 296
белых беспородных крыс.
Kirish
Hayvonlarning so‘yilishi mos muddatlarda tonggi soatlarda, эfir narkozi ostida bir
lahzali dekapitatsiya yo‘li bilan bajarildi. Barcha hayvonlarda navbatma navbat old
ko‘krak devori va qorin bo‘shlig‘ini odatiy seksion olib tashlanishi va ichki holati
suratga olib turildi. Shundan so‘ng, an’anaviy anatomik preparatsiya amalga oshirildi,
bunda me’da qorin bo‘shlig‘idan olindi. Me’daning morfologik va morfometrik
o‘rganilishi uchun uning bezsiz va bezli qismlaridan bo‘lakchalar olindi. To‘qimalar
bo‘laklari 10%li neytral formalinga solindi. Zaruriy ishlov berilganidan so‘ng,
materialga parafin quyildi va 4-6 mkm qalinlikdagi qirqimlar tayyorlandi, ular
gematoksilin va eozin bilan bo‘yaldi. Qirqimlar DN-107T/ NLCD-307B Model (Novel,
Kitay) okulyar-mikrometri yordamida morfometrik o‘rganilib, me’daning shilliq qavati,
shilliq osti qavati, mushak va seroz qobiqlari qalinligi o‘lchandi, qirqimning axborot
maydonlari suratga olindi va ishlov berildiMe’daning o‘rganilayotgan bo‘limlaridagi
o‘zgarishlarning umumiymorfologik manzarasi gematoksilin-eozin, Van-Gizon
bo‘yicha bo‘yalib o‘rganildi.
Immungistologik vositalar Ventana Bench MarkXT (Shveysariya) avtosteynerida
tayyorlandi. Jarayonlarning gistotopografiyasini o‘rganish uchun CD68 va BCL2 larga
poliklonal antitanalari qo‘llanildi, bunda 1:100 eritildi, adgeziv qoplamali gistologik
shishalarda bajarildi (Ventana, Shveysariya). Immungistokimyoviy reaksiyalar
antitanalar ishlab chiqaruvchisining bayonnomasiga muvofiq o‘tkazildi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili va tadqiqotlar metodologoyasi
3 oylik sichqonlarda bezsiz bo‘limidagi me’da shilliq qavati shaxsiy plastinkasi
qalinligi kattalashadi va o‘rtacha 145,2±1,6 mkm, 12 oylik yoshda esa 164,1±1,6 mkm
ni tashkil qilgan. Bezli bo‘limida bu yoshdagi sichqonlarda me’da shilliq qavati shaxsiy
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
122
plastinkasi qalinligi o‘rtacha 252,2±3,4 mkm, 12 oylik bo‘lgan hayvonlarda o‘rtacha
258,3±1,1 mkm ga teng bo‘lgan. 3 oylik sichqonlarda bezsio‘ bo‘limdagi shilliq qavat
shaxsiy plastinkasi nazorat guruhiga nisbatan 16%ga kattalashgan, bezli bo‘limi esa
14%ga kattalashgan. 12 oylik tajriba hayvonini bezsiz yuo‘limi shilliq qavatidagi
shaxsiy plastinkasi 14%ga, bezsiz bo‘limi 13%ga kattalashgan.
3 oylik yoshda bezsiz bo‘limda shilliq qavatning mushak plastinkasi kattalashib,
o‘rtacha 37,8±1,0 mkm ni tashkil qilgan. 12 oylik sichqonlarda esa 41,0±1,3 mkm ga
to‘g‘ri kelgan. 3 oylik yoshdagi sichqonlarni me’dasini bezsiz bo‘limida mushak
plastinkasi kattalashib, o‘rtacha 37,5±0,7 mkm ni tashkil qildi. 12 oylik yoshda esa
mushak plastinkasi o‘rtacha 41,3±1,0 mkm ni tashkil qildi. Nazorat guruhi
ko‘rsatkichlari bilan solishtirishda, 3 oylik yoshdagi bezsiz bo‘limdagi shilliq qavatning
mushak plastinkalari 17%ga, bezli bo‘limda esa 20%ga kattalashgani ma’lum bo‘ldi. 12
oylik yoshda me’daning bezsiz bo‘limida shilliq qavatning mushak plastinkasi 18%ga,
bezli bo‘limda esa 24%ga kattalashgani aniqlandi.
Muhokama va natijalar
Surunkali alkogol intoksikatsiyada me’da morfofunksional o‘ziga xosligi va uning
o‘zgarishlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Sichqonlar me’dalarining postnatal ontogenezda tuzilishi va rivojlanishi
qonuniyatlari” uslubiy qo‘llanmalari tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash Vazirligini 21.06.2022y.dagi 8n-r/697-son hulosasi). Mazkur uslubiy
qo‘llanmalar surunkali alkogol intoksikatsiyada me’dadagi morfologik o‘zgarishlarni
aniqlash, tizimli ravishda ni o‘z vaqtida davolash va asoratlarini oldini olish tartibini
tashkil qilish imkonini bergan;
Surunkali alkogol intoksikatsiyasida me’daning morfofunksional o‘ziga xosliklari
bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Romiton va Buxoro tuman tibbiyot muassasalarining
tibbiyot amaliyotiga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
123
Vazirligini 06.07.2022 y.dagi 8n-z/358-son hulosasi). Tadqiqotda me’da morfologik
ko‘rsatkichlar bo‘yicha olingan ma’lumotlarning amaliyotga joriy qilinishi a’zo
patologiyasini erta tashxislash, davolash va bashoratlashni rivojlantirishga yordam
berdi.
Xulosa
Immungistokimyoviy tadqiqotlar BCL2 markerining o‘rtacha ekspressiyasini
tasdiqladi, 6 oylik muddat bilan solishtirishda ekspressiya yuqori darajada, apoptoz
jarayonlari shohlarda fundal bezlar chekkalarigacha kuchayishi va mukotsitlarda
apoptoz jarayonlari kuchayishi tasdiqlaydi. CD68 markerining o‘rtacha ekspressiyasi
o‘z membrana yuzasida gastroproteinlarni egallab olgan monotsitlar va to‘qimali
makrofaglarning katta miqqdordagi ko‘chishidan darak beradi. Natijada jarayonning
uzoq davom etishi me’da shilliq qavatining hujayra tarkibining kamayishi va fundal
bezlarning parenximatoz hujayralari katta qismining biriktiruvchi to‘qima bilan o‘sib
ketishiga olib b oradi. Yuzaki-faol atrofik gastritning morfologik alomatlari morfologik
va immungistokimyoviy tadqiqotlar bilan tasdiqlangan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Sharifova Sh.K., Kamalova M.I. Morphological Changes in the Stomach of Rats
Exposed to Ethanol in the Postnatal Period // Jurnal biomeditsinы i praktiki. - Tashkent,
2022. - Tom 7, № 2. - S. 142-148. (14.00.00; № 24)
2.
A.S.Ilyasov, Sh.K.Sharifova. Stroeniya i razvitiya jeludka u novorojdennыx
krыsyat // Xorazm Ma’mun Akademiyasi Axborotnomasi. - Xiva, 2022. - № 7 (1). - S.
55-57. (03.00.00; № 12)
3.
Ilyasov A.S., Sharifova Sh.K. Mikroskopicheskoe stroenie stenki jeludka krыs
v periode pozdnego postnatalnogo ontogeneza // Tibbiyotda yangi kun. - Buxara, 2022.
- № 9 (47). - S. 568-574. (14.00.00; № 22)
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
124
4.
Sharifova Sh.K. Study of the Dynamics of the Development of Components of
the Stomach Wall of Rats during Ontogenesis // Art of Medicine. International Medical
Scientific Journal. - 2022. - Vol. 2, No. 3. - P. 241-249. (14.00.00; № 3)
5.
Sh.K.Sharifova, A.S.Ilyasov. Modern Functional Diagnostics in the Study of the
RAT Stomach // Miasto Przyszlosci. - 2022. - Volume 25. - P. 112-118 (Impact Factor
- 9,2)