Авторы

  • Sayfulloyeva Sabina

Биография автора

  • Sayfulloyeva Sabina

    Navoiy Innovatsiyalar  Universiteti Biologiya talim yonalishi

    2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99295

Ключевые слова:

Kalit sozlar: Alkagol mahsulotlari Vestar kalamushining yuragi 3 oydan 12 oylikkacha bo‘lgan 167 ta zotsiz oq kalamushlarda olingan. Ключевые слова: Продуксия Алкагол Сердсе крысы Вестар были 167 беспородных белых крыс в возрасте от 3 до 12 месясев.

Аннотация

Annotatsiya: Jahonda alkogolning yurak morfologik ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha qator ilmiy-tadqiqotlar o‘tkaziganiga qaramasdan, olingan ma’lumotlar bir – birini inkor qiladi. Bu esa etanoldan zararlangan yurakning morfofunksional ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va davolash usullarini ishlab chiqishni taqozo etadi.

Аннотатсия: Несмотря на то, что в мире проведен ряд научных исследований влияния алкоголя на морфологические показатели сердса, полученные данные противоречат друг другу. Это требует анализа морфофунксионалных показателей сердса, поврежденного этанолом, и разработки методов лечения.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

113

TURLI YOSHDAGI KALAMUSHLARNING ETANOLDAN ZAHARLANISHI

NATIJASIDA YURAK DEVORI QAVATLARIDAGI GISTOLOGIK

O‘ZGARISHLARNI ANIQLASH VA BAHOLASH.

Sayfulloyeva Sabina

Navoiy Innovatsiyalar Universiteti Biologiya talim yonalishi

2-kurs talabasi

Annotatsiya: Jahonda alkogolning yurak morfologik ko‘rsatkichlariga ta’sirini

o‘rganish bo‘yicha qator ilmiy-tadqiqotlar o‘tkaziganiga qaramasdan, olingan

ma’lumotlar bir – birini inkor qiladi. Bu esa etanoldan zararlangan yurakning

morfofunksional ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va davolash usullarini ishlab chiqishni

taqozo etadi.

Mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish, tibbiy tizimni jahon andozalari

talablariga moslashtirish, jumladan, yurak qon-tomir tizimi kasalliklari va ularning

asoratlarini kamaytirishga qaratilgan muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu bo‘yicha 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi o‘zbekistonning taraqqiyot

strategiyasi to‘g‘risidagi prezident farmonida 100 ta maqsad ko‘rsatilgan bo‘lib,

bulardan 11 tasi (55dan 66 gacha) tibbiyotga bag‘ishlangan. Yangi O‘zbekistonning

taraqqiyot strategiyasining yettita ustuvor yo‘nalishiga muvofiq aholiga tibbiy xizmat

ko‘rsatish darajasini yangi bosqichga ko‘tarishda «birlamchi tibbiy-sanitariya

xizmatida aholiga malakali xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash»

1

kabi vazifalar

belgilangan.

Kalit sozlar: Alkagol mahsulotlari , Vestar kalamushining yuragi, 3 oydan 12

oylikkacha bo‘lgan 167 ta zotsiz oq kalamushlarda olingan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

114

Аннотатсия: Несмотря на то, что в мире проведен ряд научных

исследований влияния алкоголя на морфологические показатели сердса,

полученные данные противоречат друг другу. Это требует анализа

морфофунксионалных показателей сердса, поврежденного этанолом, и

разработки методов лечения.

В нашей стране реализуются определенные меры, направленные на развитие

медитсинской сферы, адаптатсию медитсинской системы к требованиям

мировых стандартов, в том числе снижение заболеваемости сердечно-

сосудистой системы и их осложнений. В связи с этим в указе президента о

стратегии развития Нового Узбекистана на 2022-2026 годы определены 100

селей, из которых 11 (с 55 до 66) посвящены медитсине. Согласно семи

приоритетным направлениям стратегии развития Нового Узбекистана, с селю

повышению на новый уровен степен оказания медитсинской помощи населению

определены такие задачи как «... улучшение качества квалифитсированной

медитсинской помощи населению в первичной медико-санитарной службе...»

2

.

Ключевые слова: Продуксия Алкагол, Сердсе крысы Вестар были 167

беспородных белых крыс в возрасте от 3 до 12 месясев.

Kirish

Tajriba hayvonlari эfir yordamida behushlik ostida boshini kesish orqali

jonsizlantirilgan va yurak ajratib olingan.

Organometrik,

gistologik,

gistomorfometrik

va

mikroskopik

usullar

yordamida turli yoshdagi oq zotsiz kalamushlarda yurak morfogenezini turli


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

115

darajadagi tuzilishlari (a’zo, to‘qima va hujayra darajasida) o‘rganilgan.

Yurakning morfometrik o‘lchovlarini o‘lchashda anatomik lineyka va 0,05 mm

shkalali shtangensirkuldan foydalanilgan.

Yurak qalinligi (qorinchalar asosida eng katta oldingi orqa o‘lcham), uzunligi

(aortaning chiqish nuqtasidan yurak cho‘qqisigacha), va yurakning kengligi (yurakning

yon yuzalari o‘rtasida, qorinchalar asosi darajasida) aniqlangan (Avtandilov G. G.

1990).

Yurak formasi Babich formulasiga asosan aniqlangan: (a’zoning kengligi/

uzunligi) ×100%. Formula bo‘yicha aniqlangan ko‘rsatkichlarga binoan yurak formasi

quyidagicha 3 guruhga bo‘lingan; 65% gacha konussimon, 65% dan 75% gacha

ellipssimon, 75% dan yuqorisi sharsimon. (Babich I.I.1988).

Yurak og‘irligi 0,01 gr aniqlikdagi (Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan XQT -

0,50 - 0,01) labaratoriya tarozisida o‘lchangan. Kalamushlar yuragining og‘irlik indeksi

Jilin formulasiga asoslangan holda amalga oshirilgan. Formula quyidagicha tuzilgan

(a’zo og‘irligi / organizm umumiy og‘irligi)×100% (Jilin, R. A., 2017

).

Gistologik tekshiruvda ajratib olingan a’zo kesilib, neytral formalinning 10%

eritmasiga solingan. Fiksatsiyalash qoidasiga ko‘ra, fiksatorning hajmi preparat

hajmidan 25 barobar ko‘p bo‘lishi kerak. Shuningdek, suyuqlik Ph 7,35 – 7,45 bo‘lishi

kerak. Chunki bu darajadagi Ph da oqsillar denaturatsiya bo‘lmaydi va Formalin

kesmaga qoramtir – jigar rangli pigment hosil qilmaydi.

Tayyorlangan gistologik namunalar gematoksilin eozin, Van Gizon, al’sian ko‘ki

bo‘yoqlarida bo‘yalgan.

Imunogistokimyoviy tahlil birlashgan Britaniya qirolligi va shimoliy Irlandiyada

ishlab chiqarilgan “LEICA” antitela Bond

qurilmasida (Model: RA0117. Manufacturer

“Leica Biosystems Newcastle LTD”), BSL-2 onkoproteinga nisbatan o‘tkazildi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

116

Elektrokardiografik tekshiruv uchun kalamushlar yog‘och stol ustiga

joylashtirilgan. Tekshiruv o‘tkazishdan oldin kalamushlar efir narkoz bilan

hushsizlantirilgan. Kalamushlar tanasiga metal buyumlar tegib turmaganiga ishonch

hosil qilingan.

Elektrokardiografiya uchun uchta kanalli elektrokardiograf ishlatilgan

(BLT – 1203 SN: E066A000412. EC Representative Name: Shanghai international

Trading Corp. GmbH(Hamburg). Elektrokardiogramma kalibrlash signali 50 mv va

lenta tezligi 50mm/s qilib sozlangan. Tekshiruv jarayonida standart va kuchaytirilgan

tarmoqlardan (Villem Eyntxoven bo‘yicha) foydalanilgan.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili va tadqiqotlar metodikasi.

Alkogoldan zaharlangan uch oylik kalamushlarning tana vazni 15,1% ga, yurak

og‘irligi 22,9% ga, yurak uzunligi 14,1% ga, yurak kengligi 15,3% ga kamayishi va

yurak hajmini 6,98%ga oshishi kuzatilgan. Shuni qayd etish joizki, alkogoldan

zaharlangan kalamushlar rivojlanishining bu davrida ellipssimon yurak formasini 1,04%

ga, sharsimon yurak formasini 3,07% ga oshishi va konussimon yurak formasini 4,06 %

ga kamayishi aniqlangan.

Tadqiqot davomida alkogoldan zaharlangan olti oylik kalamushlarning tana vazni

15,07% ga, yurak og‘irligi 20,03% ga, yurak uzunligi va kengligi 15,35% gacha

kamayishi, yurak hajmini esa 1,55%ga oshishi qayd etilgan. Shuningdek alkogoldan

zaharlangan kalamushlarning bu davrida ellipssimon yurak formasi 6,04% ga sharsimon

yurak formasi 1,08 % ga oshishi va konussimon yurak formasi 8,01% ga kamayishi

aniqlangan.

Olti oylik etil spirtidan zaharlangan kalamushlarning yurak qisqarish soni

800,14±34,8 taga oshishi, yurakni qon haydash hajmi esa 37,93±0,69% ga kamayishi

kuzatilgan.

Tadqiqot davomida uch oylik kalamushlarni etil spirtidan zaharlanishi natijasida

yurak o‘ng bo‘lmachasi devorining epikard qavatini, epikardning ichki plastinkasini


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

117

15,13%ga va uning tashqi plastinkasini 15,97%ga ingichkalashishi aniqlandi. Shu bilan

birga miokard qavatining qalinligini 15,01% ga kamayishi kuzatilgan. Ushbu davrda

kalamushlar yuragi o‘ng bo‘lmachasi devorining endokard qavatini 14,71% ga,

endokardning subendotelial qavatini 15,15% ga va uning endotelial qavatni esa 14,14%

ga ingichkalishishi qayd etilgan.

Tekshiruvlar davomida uch oylik kalamushlarni etil spirtidan zaharlanishi

natijasida yurak chap bo‘lmachasi devorining epikard qavatini 12,42% ga, epikardning

ichki plastinkasini 11,76%ga va uning tashqi plastinkasini 13,65%ga ingichkalashishi

aniqlangan. Shu bilan birga miokard qavatining qalinligini 16,31% ga kamayishi

kuzatilgan. Ushbu davrda kalamushlar yuragi chap bo‘lmachasi devorining endokard

qavatini va uning endotelial, subendotelial qavatlarini 18,45% gacha ingichkalashishi

qayd etilgan.

Muhokama va natijalar

Ushbu tavsiyalar surunkali alkolizatsiya ta’sirida yuraklardagi morfologik

o‘zgarishlarni aniqlash, ularni o‘z vaqtida davolash va asoratlarning oldini olish tartibini

tizimli ravishda tashkil etishga imkon beradi.

Surunkali etanoldan zaharlanish paytida yurak tuzilishidagi morfofunksional

xususiyatlar va morfometrik o‘zgarishlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar

Buxoro viloyati Jondor tumani tibbiyot birlashmasi va Buxoro viloyati Qorako‘l tumani

tibbiyot birlashmasining amaliyotiga joriy etildi. Olingan tadqiqot ma’lumotlarini

amalga oshirish morfologik parametrlar bo‘yicha organopatologiyani erta tashxislash,

davolash, bashorat qilish, hayot sifatini yaxshilash va asoratlar sonini kamaytirish

usullarini ishlab chiqish imkonini beradi.

Bundan tashqari kardiologiya, terapiya va labaratoriya diagnostikaning nazariy

jihatlariga ma’lum hissa qo‘shadi. Natijalar amaliy tibbiyotda, anatomiya, gistologiya,

patologik anatomiya va patologik fiziologiya bo‘yicha ma’ruzalar vaqtida ham


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

118

qo‘llaniladi.

Xulosa

Tajribada etanoldan zararlangan yurak devorining zaytun moyi ta’sirida qisman

qayta tiklanishi uning tarkibidagi biologik faol modda omega – 9 bilan bog‘liqligi qayd

qilingan. Zaytun moyi qabul qilgan uch oylik kalamushlar yuragi chap qorinchasi devori

barcha qavatlarining ushbu yoshdagi etanoldan zaharlangan kalamushlarnikiga nisbatan

5,93% gacha tiklanishi aniqlangan. Olti oylik kalamushlar o‘ng bo‘lmachasi devorida

ushbu ko‘rsatkich 5,52% gacha bo‘lishi kuzatilgan. Immuno - gistokimyoviy (BSL2

markeri yordamida) tahlilda etanoldan zaharlangan olti oylik kalamushlarning bir oy

davomida zaytun moyi qabul qilishi natijasida yurak devoridagi hujayralarda apoptoz

jarayoni 10% ga kamayishi aniqlangan.

Foydalanilgan adabiyotla

1.

Ziyodullaev M.M., Ilyasov A.S. Alkogoldan zaharlanishda yurakdagi morfologik

o‘zgarishlar va bu o‘zgarishlarni korreksiyalashning yangi usuli //

O‘zbekiston tibbiyot

jurnali

. – Toshkent, 2023. – 39-43 b. (14.00.00; № 08).

2.

Ilyasov A.S., Ziyodullayev M.M. Kalamushlarning kechki postnatal rivojlanish

davrida yurak chap qorinchasi devorining mikroskopik tuzulishi. //

Doktor

axborotnomasi

. Samarqand, 2023. – 40-42 b. (14.00.00; №.20.)

3.

Ziyodullaev M.M. Dinamika rosta i razvitiya serdsa v period postnatalnogo

razvitiya organizma //

Tibbiyotda yangi kun

. – Buxoro, 2022. – N 11(49). – P.106-

111(14.00.00; №.22)

4.

Ilyasov A.S., Ziyodullayev M.M. Alkogoldan zaharalnish natijasida yurakning

makroanatomik o’zgarishlari. //

ASSOTSIATSII PULMONOLOGOV sENTRALNOY

AZII

. Toshkent, 2023. – 145-148 b. (14.00.00; № 25.)

5.

Ziyodullaev M.M., Ilyasov A.S. Macroanatomical features of the heart in chronic

alcohol intoxication and ways of its correction //

American Journal of Medicine and

Medical Sciences

2024, 14(1): 29-32. (14.00.00; № 2).