Авторы

  • Maxfuza Karomova

Биография автора

  • Maxfuza Karomova

    Buxoro viloyati Vobkent tuman 1-son politexnika texnikumi Tarix va Davlat huquq fani o’qituvchisi: 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99314

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Komil inson tavoze adab himmat muruvvat doxil axloqiylik adolatlilik estetik tarbiya nafosat tarbiyasi. Kalit so’zlar: Komil inson nafosat tarbiyasi.

Аннотация

 Anotatsiya.  Mustaqil O’zbekistonning kelajagi ko’p jihatdan barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalashga bog’liq. Ana shunday dolzarb vazifani amalga oshirish uchun o’zbek xalqining ta’lim tarbiyaga oid boy tarixiy tajribasini o’rganish va uni yangi zamon kishisini shakllantirish hamda tarbiyalashda hayotga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero bugungi  kunda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbuslari bilan qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizni qayta tiklash uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Jumladan, bugungi kunda  yosh avlodni har jihatdan barkamol inson sifatida shakllantirish ta’lim-tarbiya tizimida dolzarb muammolardan etib belgilandi. Shuningdek inson ma’naviyatini shakllantirishda estetik tarbiyaning o’rni kata ma’no va mazmun kasb etadi.                                                                                                   


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

33

MAVZU: USTOZLIK XAM, SHOGIRDLIK XAM OLIY QADRIYAT

Buxoro viloyati Vobkent tuman 1-son politexnika texnikumi Tarix va Davlat

huquq fani o’qituvchisi:

Maxfuza Karomova

Anotatsiya. Mustaqil O’zbekistonning kelajagi ko’p jihatdan barkamol,

salohiyatli avlodni tarbiyalashga bog’liq. Ana shunday dolzarb vazifani amalga

oshirish uchun o’zbek xalqining ta’lim tarbiyaga oid boy tarixiy tajribasini o’rganish

va uni yangi zamon kishisini shakllantirish hamda tarbiyalashda hayotga tatbiq etish

muhim ahamiyat kasb etadi. Zero bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich

Mirziyoyev tashabbuslari bilan qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizni qayta tiklash

uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Jumladan, bugungi kunda yosh

avlodni har jihatdan barkamol inson sifatida shakllantirish ta’lim-tarbiya tizimida

dolzarb muammolardan etib belgilandi. Shuningdek inson ma’naviyatini

shakllantirishda estetik tarbiyaning o’rni kata ma’no va mazmun kasb etadi.

Kalit so’zlar: Komil inson, tavoze, adab, himmat, muruvvat, doxil, axloqiylik,

adolatlilik, estetik tarbiya, nafosat tarbiyasi.

Uzbekiston Respublikasida ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish,

o’qitish va tarbiyalash mazmuniga milliy kadriyat va an’analarni singdirish, ularni ilg’or

g’oyalar bilan boyitishga yo’naltirilgan keng ko’lamdagi sa’y-xarakatlar amalga

oshirilmoqda. Istiqlol sharofati bilan ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida yaratib

kelingan bebaxo ma’naviy meros, unutilgan qadriyatlarni kayta tiklash, milliy o’zlikni

anglash masalasi davlat dasturi darajasida amalga tatbiq etilmoqda. Milliy an’ana va

kqadriyatlar qaytadan qaror topishi natijasida o’qituvchi-ustoz faoliyati bo’lajak

pedagog kadrlarni tayyorlashda nafaqat fan asoslari yuzasidan bilim, ko’nikma va

malakalar bilan qurollantirish omiliga, balki ta’lim oluvchining bo’sh vakqini mazmunli


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

34

tashkil etish, ularning iqtidori, qiziqish va intilishlarini inobatga olgan holda, ijodiy

ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish, ma’naviyatini yuksaltirish hamda kasbga

yo’naltirishga qaratilmoqda.

Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi bilan chambarchas bog’lik. O’tmish

madaniy-pedagogik meros va an’analar yoshlar tarbiyasi uchun muxim vosita bo’lib

xizmat qiladi. Ta’lim muassasalarida milliy tarbiyani samarali tashkil etishda “Ustoz-

shogird” an’analari muxim sanaladi. “Ustoz- shogird” an’analari - yoshlarda kasbiy

mahoratni tarbiyalash, ularning ma’naviy-ma’rifiy saloxiyatini oshirish, izlanish, ijod

qilish, bir suz bilan aytganda, har tomonlama yetuk shaxsni shakllantirishda o’ziga xos

tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishi bilan katta axamiyat kasb etadi. Yana bir xarakterli jixati

shundaki, undan foydalanish natijasida ta’lim oluvchida o’z imkoniyatlariga ishonch,

vaziyatni to’g’ri baxolash xamda irodaviy sifatlar shakllanadi, qolaversa talabaning

ijtimoiy faolligi ustozlar nazoratida bo’ladi. Ustozning eng buyuk burchi - yurt

ravnaqiga o’zining munosib xissasini qo’sha oladigan, aql-idrokli, faxm-farosatli va

qobiliyatli shogirdlar tayyorlashdan iborat. Ustoz yaxshi shogird tayyorlash uchun

avvalo uning uzi kasbiy saloxiyatli, ma’naviy barkamol, keng dunyoqarash va sog’lom

fikrga ega bo’lmog’i lozim.

Qadimdan ustoz-shogirdlik an’analarida ustoz nafaqat shogirdiga yo’l- yoriq,

ko’rsatma beribgina qolmay, o’z navbatida, ularni mustaqil faoliyatga tayyorlagan

xamda o’zidan keyin ish-tajribani, bilim va maxoratni avloddan- avlodga o’tishiga

imkoniyat yaratgan. “Ustoz-shogird” munosabatlari muayyan dastur, reja asosida olib

borilishi maqsadga muvofiq. Bu borada shogird bilan olib boriladigan ish shakllarida

ustoz quyidagilarga rioya qilishi lozim:

-

shogirdga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda zamon talablariga, jamiyat qonun-

qoidalariga mos bilimlar bilan qurollantirish;

-

yagona maqsad sari intilishga, ishning natijasini ko’ra bilishga o’rgatish;

-

shogirdning ruxiyati, ma’naviyatiga ijobiy ta’sir ko’rsata olish va o’z o’rnida

talabchan bo’lish;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

35

-

o’z-o’zini va o’zgalarni hurmat qilishga odatlantirish;

-

muvaffaqiyatni ko’zlagan xolda olg’a odimlash;

-

ijobiy kaytuvchan alokani o'rnatish;

-

tarbiyada turli xil ilg’or usullar va innovatsion texnologiyalardan foydalanishga

e’tibor qaratish;

-

tarbiya jarayonida ustozning xar tomonlama: ma’naviy, axloqiy, kasbiy jihatdan

namuna bo’lishi;

-

burch, mas’uliyat, javobgarlik xissini shakllantirib borish va xokazo.

Shuningdek, ustoz-shogird an’analarida quyidagi pedagogik tamoyillar

muxim o'rin tutadi:

-

onglilik va faollik, ya’ni egallayotgan u yoki bu faoliyatning uziga xos jixatlari,

moxiyatini ongli tarzda tulik anglab yetish, uning istiqboli va ravnaki yo'lda faollik bilan

xarakat kilish;

-

ilm-fanning sir-asrorlarini egallashda puxtalik;

-

ta’lim-tarbiyaning turmush, xayot bilan chambarchas bog’likligini inobatga olish;

-

mustaqillikka, ijodiy izlanishga yo’naltirib borishda nazariy bilimlarning

amaliyot bilan bog’likligini xisobga olish;

-

o’qitish, tarbiyalash mazmuni va shogirdlik bosqichlarining izchillik bilan

belgilab ko’yilgan anik mantiqiy tartibga ega bo’lishi;

-

shogirdning yosh va o’ziga xos xususiyatlarini xisobga olish.

Demak, uzluksiz ta’lim tizimida “Ustoz-shogird” an’analaridan foydalanish

ko’zlangan samarani beradi. Pedagogik ta’limot g’0yalariga ko’ra amaliy ko’nikma va

malakalar bevosita mashqlantirish, ya’ni muayyan faoliyatni amalda bevosita bajarish

orqali shakllanadi. “Ustoz-shogird” an’anasi esa o’quvchilar, talaba- yoshlar xamda

yosh pedagoglarda ijodiy izlanishni vujudga keltirishi, pedagogik faoliyat jarayonida

ularning individual xususiyatlarini inobatga olgan xolda yondashishi, shogirddagi

iqtidorni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishi bilan

axamiyatlidir. Bu kabi xolatlar yoshlarda nafaqat mexnat va ishlab chiqarish faoliyatiga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

36

mas’uliyat bilan yondashish, balki o’zgalar mexnatini qadrlash, xalol mexnat qilish,

mexnat samaralaridan g’ururlanish kabi ma’naviy-axloqiy sifatlarni xam tarbiyalaydi.

Farzand tarbiyasida sharqona, qadimiy ajdodlar urf-odatlari, an’analari, axloq-odob

qoidalariga amal qilishda. xalqimizning milliy tarbiya tizimidan unumli foydalanishga

aloxida e’tibor berish va bu borada ustozlar o’z kuchi, aql-zakovotini ayamasliklari

lozim. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinadiki, xozirgi davrda kelajak avlodning Vatan

ravnaqi sari ishonch bilan odimlab borishida ularning ma’naviyati, milliy o’zligini

anglashi kechiktirib bo’lmas zarur vazifalardan xisoblanadi.

Alisher Navoiy “Vaqfiya” asarida, “Butun osmon va osmondagi jamiki narsalar,

butun yer yuzi va yer yuzidagi jami narsalar, xamma dengizlar va unda mavjud bo’lgan

xamma narsalar, xamma mamlakatlar va ularda bor jami ne’matlar - jami eng yaxshi

narsalar inson uchun, uning baxt va saodati uchun yaratilgan, bularning bari insonga

xizmat qilmog’i kerak” , - deb yozgan edi.

Demokratiya va bozor iqtisodiyotining bosh talabi xam shundan iborat. Xamonki,

barcha qulayliklar inson uchun yaratilar ekan, uni yaratuvchi shaxs xam barkamol inson

bo’lmogi, ushbu buyuk maqsadga qaratilgan ta’lim-tarbiya tizimi esa mukammal

bo’lmogi zarur.

O’zbekiston mustaqilligi tufayli taraqqiyotning barcha soxalarida ro’y berayotgan

o’zgarishlar bo’lg’usi fuqarolarni turli xil fazilatlarga ega bo’lishi zarurligini taqozo

etmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Karimov I. A O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Barkamol avlod

– O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

IX sessiyasida so’zlagan nutqi. – T.: Sharq nashriyot – matbaa konserni. 1997. 4 –

19 – b.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

37

2. Sh. M. Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasining Prezidenti ,,Milliy Tiklanishdan

Milliy yuksalish sari” T .: 2020.

3. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. ,, Fidokor

“ gazetasi muxbiri savollariga javoblar. – T.: O’zbekiston, 2000.

4. Sanobar Nishonova ,, Komil Inson tarbiyasi” T.: Istiqlol 2003.

5. Musurmonova O. O’quvchilarning ma’naviy madaniyatini shakllantirish. – T.: Fan,

1993.