https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
290
O‘QUVCHILARDA LIDERLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING
PSIXOLOGIK TAMOYILLARI.
Usmanov Esanbay Shirmatovich.
Angren Universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi,dotsent
v.b.psixologiya fanlari nomzodi.
Annotatsiya: Ushbu maqolada liderlik va rahbarlik tushunchalari, ularning
shakllanish jarayoni hamda o‘quvchilarda liderlik sifatlarini rivojlantirishning
psixologik tamoyillari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: Liderlik qobiliyati, rahbarlik sifatlari, shaxslararo va rasmiy
munosabatlar, obro‘ tushunchasi.
Mamlakatimiz o‘z mustaqillligini jahon miqyosida yil sayin barqarorlashtirib
borar ekan, uning istiqboli bugungi avlodning bilimdon, ma’naviy jihatdan barkamol
insonlar bo‘lib yetishishiga bog‘liqdir. Mamlakatimizdagi ta’lim sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri kadrlar tayyorlash sifatini
jahon talablari darajasiga yetkazishdir. Mamlakatimiz kelajagi raqobatbardosh
kadrlarga bog‘liq bo‘lsa, kadrlar salohiyati esa avvalo o‘quvchilar shaxsiga,ularning
yetuk shaxs sifatida kamolotga erishishiga bog‘liq. Bu haqda birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimov: “Kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha
aytganda, xalqimizning ertangi kuni yoshlarning qanday ta’lim va tarbiya olishiga
bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida
avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talablardan kelib chiqqan holda,
farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan
komil insonlar etib voyaga etkazish, ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va
vazifasi bo‘lishi lozim”[¹]deb ta’kidlagan edi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
291
Darhaqiqat,ta’lim va tarbiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar
oldida nafaqat kadrlar tayyorlash, balki rahbar kadrlar tayyorlash vazifasi ham turadi.Bu
vazifani bajarish uchun, o‘quvchilarda rahbar xodimlarga xos bo‘lgan shaxsiy sifatlarni
shakllantirish masalasini hal etish zarur bo‘ladi. Mana shunday o‘quvchilar shaxsiga xos
bo‘lgan va ularda rahbarlik salohiyatini paydo qilishi mumkin bo‘lgan psixologik
sifatlardan biri - liderlik sifati hisoblanadi.Shu nuqtai-nazardan qaraganda rasmiy
va norasmiy liderlik bir-biridan farqlanadi. Birinchi holatda xodimlarga ta’sir
o‘tkazib-egallab turgan mansabi pozitsiyasidan turib amalga oshirilsa, ikkinchi
holatda ta’sir jarayoni shaxsiy qobiliyatlar, malaka va boshqa resurslar orqali
amalga oshiriladi.
Demak ,,lider“ va ,,rahbar“ tushunchalari bajaradigan vazifalari nuqtai-
nazaridan bir xil bo‘lsada, biroq mohiyati va mazmuni jihatidan ikki xil
tushunchalardir.Hozirgi zamon ijtimoiy psixologik adabiyotlarda ,,lider“ va ,,rahbar“
tushunchalarining farqi keng tadqiq qilingan bo‘lib, rus psixologi B.D.Parigin o‘z
asarlarida bu farqlarni quyidagicha ko‘rsatib bergan:
1) lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarish bilan
shug‘ullansa, rahbar esa ma’lum ijtimoiy tashkilot hisoblangan guruhning rasmiy
munosabatlarini boshqaradi;
2) liderlik mikromuhit sharoitida amalga oshirilsa, rahbarlik esa makromuhit,
ya’ni ijtimoiy munosabatlarning butun boshli tizimi bilan bog‘liq;
3) liderlik tasodifiy, stixiyali paydo bo‘ladi, rahbarlik esa maqsadga
yo‘naltirilgan, ijtimoiy struktura elementlarining nazorati ta’sirida amalga oshiriladi;
4) lider hodisasi nisbatan kamroq turg‘un hisoblanadi, ya’ni guruh kayfiyatiga
bog‘liq holda amalga oshadi, rahbarlik esa turg’un hodisa hisoblanadi;
5) liderlikda ma’lum sanksiyalarning tizimi yo‘q, rahbarlikda esa mavjud
bo‘ladi;
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
292
6) rahbarlikda qaror qabul qilinishi jarayoni murakkab jarayon hisoblanib, turli
xil vaziyatlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi, liderlikda esa guruhiy
faoliyatga bog’liq bo‘lgan bevosita qaror qabul qilinadi;
7) lider faoliyati sferasi-asosan kichik guruh hisoblansa, rahbar faoliyati
kichik guruh faoliyati doirasidan tashqariga chiqadi. Shu nuqtai nazardan liderlar
chiqaradigan qaror uchun katta mas’uliyat talab qilinadi.
Liderning guruhdagi faoliyati doimiy holat hisoblanmaydi, ma’lum
sharoitlarda liderlik imkoniyatlari ortishi, boshqa sharoitlarda esa u kamayishi
mumkin.Ba’zida „lider“ tushunchasi „obro‘“ tushunchasi bilan bog‘lab tushuntiriladi.
Bu doim ham to‘g’ri hisoblanmaydi, yani har qanday obro‘li guruh a’zosi ham lider
bo‘lavermaydi. Lider guruhning qandaydir masalasini yechishni tashkil etishi zarur,
obro‘li a’zo esa bunday vazifani bajarolmaydi, u ideal kishi bo‘lishi mumkin, lekin
bunday qaror chiqarish va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni uddalolmaydi.Shuning
uchun ham liderlik fenomeni o‘ta spetsifik hodisa hisoblanadi.O‘quvchilarda liderlik
sifatlarini shakllantirish, kelajakda ularning rahbar xodimlar bo‘lib shakllanishi uchun
muhim psixologik imkoniyat hisoblanadi.Har qanday jamoadagi tashkiliy muhit, o‘sha
jamoadagi liderning boshqaruv va liderlik uslubiga bog‘liq, yani liderning
xulqi,odob-axloqlari, xarakteri, qadriyatlari, bilim va ko‘nikmalari muhitga tasir
qiluvchi eng muhim faktor hisoblanadi.Zero, har qanday jamoaning mehnat faoliyati
jarayonida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishi va muvoffaqiyatga erishishi, o‘sha jamoaga
yetakchilik qilayotgan shaxsning, ya’ni liderning o‘ziga xos bo‘lgan sifatlari qay
darajada shakllanganligiga va mahoratiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.O‘quvchilarda
liderlik sifatlarini shakllantirish, kelajakda ularning rahbar xodimlar bo‘lib shakllanishi
uchun muhim psixologik imkoniyat hisoblanadi.Chunki, haqiqiy liderlik sifatlari,
avvalom bor, shaxsda tug‘ma qobiliyat sifatida yuzaga chiqadi va keyinchalik ta’lim-
tarbiya natijasida rivojlanib boradi.O‘quvchilarda liderlik sifatlarini rivojlantirish
o‘zining ma’lum psixologik qonuniyatlariga ega bo‘lib, uni tadqiq qilish va orttirilgan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
293
tajribalarni ta’lim-tarbiya jarayonida muvoffaqiyatli qo‘llash-kelajakda yangi avlod
rahbar xodimlarini tarbiyalash ishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Karimov. I.A.Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. Toshkent. 2008y
2.Obucheniye Liderstvu. Istoriya voprosa. (https://master-class.spb.ru)
3.Ruzvelt.T.
“Liderlik
qonunlari”.Toshkent.
Nashriyot:
Sharq-Ziyo-
Zakovat.2021y
4.Xasanov.O. Liderlar kitobi.Toshkent.2020 y