https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
211
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA O’YIN FAOLIYATINI
TASHKIL QILISH
Ergasheva Ba’rno Ziyavitdin qizi
Nizomiy nomidagi TDPU maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi
Abduvaliyeva Elmira Tolib qizi
Nizomiy nomidagi TDPU maktabgacha ta’lim fakultetining 3-kurs talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’limda o’yin faoliyatidan
foydalanish va uning ahamiyati haqida aytib o’tilgan. Shuningdek, ta’lim tashkilotida
foydalaniladigan o’yin turlari , qayday vaqtlarda tashkil etish va ulardan yosh
guruhlarida foydalanish haqida so’z yuritilgan.
Annotation: This article talks about the use of game activities in preschool
education and its importance. Also, the types of games used in the educational
organization, organization at regular times and their use in age groups are discussed.
Абстрактный: В данной статье говорится об использовании игровой
деятельности в дошкольном образовании и ее значении. Также обсуждаются
виды игр, используемые в образовательной организации, организация режима
работы и их использование в возрастных группах.
Kalit so’z: o'yin, ta'lim, tarbiya, shakl, tur, tashkil qilish, yosh guruhlari , ta'lim
tashkiloti, tarbiyalanuvchi , tarbiyachi , muhit.
Key word: game, education, training, form, type, organization, age groups,
educational organization, pupil, educator, environment.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
212
Ключевое слово; игра, образование, обучение, форма, тип, организация,
возрастные группы, образовательная организация, воспитанник, воспитатель,
среда
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o‘yin faoliyatidan foydalanish juda muhim.
Chunki o‘yin bolalarning tabiiy ehtiyoji bo‘lib, ular orqali atrof-muhitni o‘rganadilar,
bilim va ko‘nikmalarni rivojlantiradilar. Quyida o‘yin faoliyatining asosiy ahamiyatlari
keltirilgan:
-bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish. O‘yin jarayonida bolalar ranglar, shakllar,
sonlar, harflar va boshqa tushunchalarni o‘rganadilar.
-ijodiy fikrlashni shakllantirish. Rolli va konstruktiv o‘yinlar bolalarning
tasavvurini kengaytiradi, mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.
-muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish. Guruh bo‘lib o‘ynash bolalarni bir-biri bilan
muloqot qilishga, hamkorlikka va jamoaviy ishlashga o‘rgatadi.
-ijtimoiy moslashuvni yaxshilash .O‘yin davomida bolalar o‘z huquq va
majburiyatlarini tushunadilar, muloqot qoidalariga rioya qilishni o‘rganadilar.
-harakat va jismoniy rivojlanish. Harakatli o‘yinlar bolalarning motorika,
muvozanat va umumiy jismoniy rivojlanishiga yordam beradi.
-xotira va diqqatni rivojlantirish. O‘yin qoidalarini eslab qolish va unga rioya
qilish orqali xotira va diqqat mustahkamlanadi.
Bolalar o'yin faoliyatining yana bir xususiyati bu o‘yin jarayonida bolaning
qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollarning ko‘pincha umumiylik xarakteriga
ega bo‘lishidir. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi cheklangan kichik
yoshdagi bolalar (ba’zan kichik guruh bolalari ham) o‘zlarining o‘yinlarida konkret
odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar xolos. Masalan, (oyisini, dadasini,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
213
akasird, tarbiyachisini va shu kabilami). 0’rta yoki katta bog‘cha yoshidagi bolalarning
o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bo‘la boshlaydi. Ta’lim
tashkilotida o’yinlarni turli vaqtlarda tashkil qilish mumkin. Masalan, mashg’ulotlar
mobaynida , sayr jarayonida , qabul jarayonida tashkil qilish mumkun. O’yinlar ma’lum
bir maqsadga qaratilgan bo’ladi ya’ni bolalar o’yin davomida yangi bilim va
ko’nikmalarni egallashi kerak .
Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o‘zlari yolg‘iz o'ynaydilar. Predmetli
va konstruktorli o'yinlar orqali bu yoshidagi bolalar o‘zlarining idrok, xotira, tasavvur
hamda harakat layoqatlarini rivojlantiradilar. Syujetli-rolli o‘yinlarlarda bolalar, asosan,
o‘zlari kimnidir ko‘rayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti-harakatlarini aks
ettiradilar. 4-5 yoshli bolalaning o‘yini asta-sekinlik bilan jamoa shakliga ega bo‘lib
boradi. 0 ‘z o'yinlarida bolalar kattalarning predmetlarga munosabatinigina emas, balki
ko‘proq ulaming o‘zaro munosabatlarini ham aks ettiradilar va ularga talid etadilar.
Shuningdek, jamoa o‘yinlarida bolalar bir guruh odamlarning miirakkab hayotiy
faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, “poezd” o‘yinini olaylik. Bunda parovozga
ko‘mir yoquvchi, provodniklar, kontrolyor, kassir, stansiya xodimlari va yo‘lovchilar
bo’ladi. Bolalarning mana shu kabi jamoa o‘yinlari artistlarning faoliyatiga o‘xshaydi.
Chunki, jamoa o‘yinidagi bar bir bola o‘z rolini yaxshi ijro etishga intillishi bilan birga
o‘yinning umumiy mazmunidan ham chetga chiqib ketmaslikka tirishadi. Bu esa har bir
boladan o'zining butun qobiliyatini ishga solishni talab etadi. Ma’lum rollarga bo'lingan
jamoa o‘yini, bolalardan qat’iy qoidalarga bo‘ysunishini va ayrim vazifalami talab
doirasida bajarishni taqozo etadi. Shuning uchun bolalaming bimday jamoa o‘yinlari
psixologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Chunki, bunday o‘yinlar bolalarda
irodaviylik, xushmuomalalik, o‘yin qoidalariga, tartib-intizomga bo‘ysungan va shu
kabi boshqa ijobiy hislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi. Katta bog‘cha yoshida
syujetli-rolli o‘yinlar esa o‘z mavzusining boyligi va xilma-xilligi bilan farqlanadi. Bu
o‘yinlar jarayonida bolalarda sardorlik xususiyati yuzaga kela boshlaydi, ularda
tashkilotchilik ko‘nikma va malakalari rivojlana boshlaydi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
214
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun
turli xil o‘yinlardan foydalaniladi. Ularni quyidagi toifalarga ajratish mumkin:
1. Didaktik o‘yinlar (o‘qitish va bilim berish uchun) Bu o‘yinlar bolalarning bilish
faoliyatini rivojlantirishga yordam beradi. "Rang va shaklni top" –bolalar turli shakl va
rangdagi predmetlarni ajratishadi. "Ortib qolgan rasm" – suratdagi yetishmayotgan
detallarni topish. "Nimani eshitding?" – turli tovushlarni eshitib, nima ekanligini topish.
2. Rolli o‘yinlar (ijtimoiy muhitga moslashish uchun) Bu o‘yinlar bolalarni ijtimoiy
rollarga o‘rgatadi. "Do‘kon" – savdo qilish va mijoz bo‘lishni o‘rganish. "Shifokor va
bemor" – tibbiyot xodimlari faoliyatini tushunish.
3. Harakatli o‘yinlar (jismoniy rivojlanish uchun) Bu o‘yinlar bolalarning
motorikasi va jismoniy faolligini oshiradi. "Qopqonga tushma" – to‘r yoki arqon ostidan
egilib o‘tish. "Toshbaqa va quyon" – sekin va tez yugurish o‘yini. "O‘yinchoqni olib
kel" – yugurib, belgilangan joydan o‘yinchoqni olib kelish.
4. Konstruktiv o‘yinlar (ijodiy fikrlash va muhandislik qobiliyatlari uchun) Bolalar
qurish va loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. "Konstruktor bilan quramiz" –
legolardan turli narsalar yasash. "Qum va suv bilan tajriba" – qum va suv yordamida
shakllar yasash.
5. Stol-usta o‘yinlari (mantiqiy fikrlash va diqqatni oshirish uchun) "Domino" –
ranglar va shakllarni moslashtirish. "Lotto" – Rasm yoki so‘zlarni moslashtirish orqali
yutish. "Kim ortiqcha?" – Suratlardagi ortiqcha buyumni topish.
6. Musiqali va ritmik o‘yinlar (eshitish qobiliyatini rivojlantirish uchun) "Qo‘shiq
aytib raqs tushamiz" – musiqa ostida raqs qilish. "Ritmni top" – ma’lum bir ritmni
takrorlash. "Qaysi musiqa bu?" – turli ohanglarni eshitib, farqlash.
Xulosa
qilib aytganda , o‘yinlar bolaning yosh xususiyatlariga mos tanlansa,
ularning jismoniy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishiga katta foyda beradi. Shu sababli,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
215
maktabgacha ta’lim muassasalarida har xil turdagi o‘yinlardan keng foydalanish tavsiya
etiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘yin faoliyatidan foydalanish bolalarning
yosh xususiyatlariga mos ravishda tashkil etilishi kerak. Har bir yosh guruhida
o‘yinlarning turlari, mazmuni va murakkablik darajasi farqlanadi. Har bir yosh guruhida
bolalarning qobiliyat va qiziqishlariga mos o‘yinlar tanlansa, ularning har tomonlama
rivojlanishi ta’minlanadi. Shuning uchun tarbiyachilar o‘yinlarni bolalarning yoshiga va
ehtiyojlariga qarab tanlashlari lozim. O’yinlar tashkil qilishdan avval bolalarga nazariy
jihatdan ma’lumot berilib ularning bilimlari mustahkamlanadi . Tarbiyachi tomonidan
o’yin tashkil qilinadigan joy ko’zdan kechiriladi va xavfsizligi nazorat qilinadi.
Shuningdek, tarbiyachi o’yinlarni ularning turlariga qarab ma’lum bir vaqt oralig’ida
tashkil qilishi kerak .
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.SH.A.Sadikova “Maktabgacha pedagogika” “Tafakkur bo’stoni” nashryoti
Toshkent-2013-yil
2. Z.T.Nishanova,G.K.Alimova,A.G’.Turg’unboeva,M.X.Asranboeva “Bolalar
psixologiyasi va psixodiagnostikasi” Toshkent 2017-yil 89-91-betlar
3.pedagoglar.org
4.www. ziyonet
5. scientific-jl.org