https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
168
O’QUVCHILARGA INFORMATIKA FANINI O’QITISH VA AXBOROT
KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI
FOYDALANISH MASALASI
Ermatov Rustamjon Tulkinjanovich
Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani 2-son politexnikumi informatika va
axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi.
Annotatsiya: Globallashuv va integratsiya davrida internet resurslaridan
samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni
muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashinuv
tezligi yuksaladi, axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish
bo‘yicha ilg‘or axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo‘llash keng ko‘lamda
amalga oshiriladi.
Kalit so’zi: Informatika, axborot-kommunikatsiya, internet resurslari,
multimediya, texnologiya, usull, kompyuter, dastur, matn muharriri , (MS Word),
(Power Point), AKT.
Аннотация: В эпоху глобализации и интеграции эффективное
использование ресурсов Интернета обеспечивает безопасность страны и
успешное формирование демократического информационного общества. В
таком обществе возрастет скорость обмена информацией, а для сбора,
хранения, обработки и использования информации будут широко использоваться
передовые информационно-коммуникационные технологии.
Ключевые слова: Информатика, информация и связь, интернет-ресурсы,
мультимедиа, технология, методы, компьютер, программа, текстовый
редактор, (MS Word), (Power Point), ИКТ.
Abstract: In the era of globalization and integration, the effective use of Internet
resources ensures the security of the country and the successful formation of a
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
169
democratic information society. In such a society, the speed of information exchange
increases, and advanced information and communication technologies for collecting,
storing, processing and using information are widely used.
Keywords: Informatics, information and communication, Internet resources,
multimedia, technology, methods, computer, program, text editor, (MS Word), (Power
Point), ICT.
KIRISH
Informatika vositalari jamiyatimizning barcha jabhalariga tobora kirib borayotgani
har bir yosh axborotni tez va sifatli qayta ishlash malakasiga ega bo’lishi zarurligini
taqozo qilmoqda. Informatika to’garaklarida iqtidorli o’quvchilarning iqtidorini yanada
oshirish maqsadida internetning “Ziyonet” tarmoqlaridan ma`lumotlar olib o`quvchilar
e`tiboriga havola qilish juda yaxshi samara bermoqda. To’garak o`tish jarayonida ilg`or
pedagogik texnologiyalardan, AKT va multimediyalardan foydalanib, fanlararo
bog’lanish orqali dars jarayonlari olib boriladi. Informatikani o’rganishda, avvalo,
o’quvchilarning xotirasini qaysi yo’nalishda rivojlanganini aniqlab olish muhim. Misol
uchun, kimdir eshitib yaxshi tushunadi, kimdir o’qiganini yoki ko’rganini yaxshi eslab
qoladi. Shu individual xususiyatidan kelib chiqib o’rgatilsa, yaxshi natijaga erishish
mumkin.
O’rta ta’limda informatikadan o’quvchilarning fan asoslarini mustahkam va
chuqur o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishlari va ehtiyojlarini rivojlantirish, o’zlashtirilgan
bilimlarini amaliyotda qo’llash, kasbga ko’nikmalarni shakllantirish, internet tizimi
yordamida axborot izlash, olish va qayta ishlashni o’rgatish maqsadida o’qitish
jarayonining yangi shakli qo’shimcha mashg’ulotlarni tashkil etish maqsadga
muvofiqdir.
Qo’shimcha mashg’ulotning asosiy maqsadi o’quvchilardagi fanga bo’lgan
qiziqishni rivojlantirish, ularning darsda olgan bilimlarini to’ldiruvchi bilim, malaka va
ko’nikmalar bilan qurollantirishdan iborat.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
170
Informatikada o’tkaziladigan qo’shimcha dars mashg’ulotlari asosiy dars
jarayonida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqurlantirishga qaratilgan bo’lishi
lozim. Shundagina qo`shimcha mashg`ulotlar dars mashg`ulotlarining mantiqiy davomi
bo`lib xizmat qila oladi.
Nazorat mavjud bo’lmagan joylarda foydalanuvchilar ko’ngliga kelgan ishlarni
qilishi, turli xil strategik va vaxshiylikka yo’naltirilgan hamda ruhiyatga ta’sir etuvchi
o’yinlarni o’ynashi, turli janrdagi musiqalarni tinglashi video filmlarni va roliklarni
tomosha qilishi mumkin. Bunday Internet kafelar yoshlarning tarbiyasida salbiy
ahamiyat kasb etadi.
Bularning oldini olish uchun o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil
etish maqsadida darsdan keyin informatika to’garaklariga jalb qildim. To’garakda
internetning salbiy va ijobiy taraflarini, ulardan to’g’ri foydalanish haqida qo’shimcha
bilimlarni berib borish kerak.
Informatika shunday fanki, uni barcha fanlarga tatbiq etish mumkin. Na faqat
mumkin, balki barcha fanlarni o’qitishda axborot texnologiyalaridan, zamonaviy
kompyuter texnikasidan foydalanish zamon talabidir. Hozirda deyarli barcha fanlardan
elktron darsliklar, turli tuman elektron qo’llanmalar, o’qituvchi-o’rgatuvchi dasturiy
vositalar yaratilgan. Ulardan foydalanib samarali dars tashkil etish mumkin. Lekin
darslarda kompyuterning standart dasturiy vositalari ofis dasturlar paketining o’zidan
ham unumli foydalanish mumkin. Masalan, fizika, kimyo, matematika kabi tabiiy va
aniq fanlardan misol va masalalar yechishda, natijalarni jadval shaklida tasvirlashda
Excel dasturidan foydalanish faqatgina vaqtni tejab qolmay, o’quvchilarda fanga
qiziqishni ham orttiradi. Excel dasturi tarkibida dunyo xaritasi, undagi davlatlar haqida
ma’lumotlar kiritilgan. Bulardan geografiya fanida unumli foydalanish mumkin. Matn
muharrirlari (MS Word), taqdimot yaratish dasturlaridan (Power Point) barcha fanlarda
foydalanish darsni qiziqarli o’tish imkonini beradi. Informatika fani yutuqlaridan xalq
xo’jaligining ham barcha sohalarida foydalanib kelinmoqda.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
171
Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika xodisasi bo’lmasdan, iqtisodiy
rivojlanishning muxim omiliga aylanmoqda. Axborot bilan qamrab olinmagan biror
muxim xo’jalik sektorini (ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya sohasi, savdo) misol
keltirish qiyin. Ayni paytda kompyuterlar va aloqa vositalari asosida axborotni to’plash,
saqlash va taqdim etishning zamonaviy usullari, yangi axborot texnologiyalari va
xizmatlarni sotish (tarqatish) maqsadlarida ishlab chiqarish mustaqil tarmoq sifatida
shakllandi va ajralib chiqdi. Shunday qilib, xalq xo’jaligini axborotlashtirish kelgusiga
yorib o’tish demakdir.
Axborot texnologiyalari, shu jumladan, kompyuterlar keng qo‘llanilib kelayotgan
ayrim sohalarni ko‘rib chiqamiz.
Biznes sohasi
Axborot texnologiyalari yangi korxona yoki firmaning muvaffaqiyat bilan faoliyat
ko’rsatishida katta ro’l o’ynashi mumkin.
Masalan:
biznes reja tuzishda, kutilayotgan daromad va chiqimlarni hisoblashda;
kompaniya yoki firmaning emblemasini va tegishli xujjatlarini tartibga keltirishda;
kompaniya yoki firmaning taqdimot marosimini o’tkazishda;
reklamalarning loyixasini tuzish va reklama materiallarini tayinlash, hisobotlar,
shartnomalarni tayyorlashda;
mijozlar xaqidagi ma’lumotlar ro’yxatini saqlash va u bilan ishlashda;
boshqa firmalar, potensial ta’minotchi, ulgurji xaridorlar bilan bog’lanishda;
mijozlar va ta’minotchilar bilan muzokara olib borish va xokazolarda.
Bank sohasi
Bank tizimi o’zining ish faoliyatida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish
imkoniyatiga ega. Masalan:
yil davomida sutkasiga 24 soat mijozlarga aloqa uchun va tegishli ma’lumotlarni
olish, balansni tekshirish, xisobni to’lash imkoniyatini yaratish;
mijozlarga xizmat ko’rsatish madaniyatini oshirish;
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
172
kredit kartochkalari yordamida telefon yoki Internet orqali xizmatni yo’lga qo’yish
va boshqalar.
Robototexnika sohasi
Ma’lumki, «robot» so’zi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan.
Birinchi bor bu so’zni oltmish yil oldin taniqli chex fantast yozuvchisi Karel Chepek
ishlatgan. Ammo «mexanik odamlar» undan oldinroq ham ma’lum edi. O’rta asrlarda
inson iste’dodlariga ega bo’lgan musiqachi-qo’g’irchoq yoki rassom-qo’g’irchoklar
paydo bo’lganligi ma’lum.
Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni og’ir va zararli mehnatdan ozod etadigan
robotlar paydo bo’ldi.
Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, po’lat quyish sexlarida,
kimyoviy laboratoriyalarda, qurilishda keng qo’llanilmoqda. Robotlarni yaratish bilan
shug’ullanadigan texnikaning maxsus shoxobchasi — robototexnika paydo bo’ldi.
Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir. Manipulyatorlar —
o’ta sezgir va kuchli mexanik quldir.
Robotlarni kompyuter boshqarib turadi, ya’ni kompyuter robotning «miyasi»dir,
ular telekameralar orqali «ko’rib», mikrofonlar yordamida «eshitadilar», ya’ni axborot
qabul qiladilar. Maxsus datchiklar «sezgi» organi vazifasini o’taydi.
Marketing sohasi
Marketing inglizcha «market» (bozor) so’zidan olingan bo’lib, bozor, savdo
sohasidagi faoliyatni anglatadi.
Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab va extiyojlarini chuqur va har
taraflama o’rganish va ishlab chiqarishni shuning asosiga qurish, ikkinchi tomondan esa
bozorga, mavjud talab va extiyojga faol ta’sir kursatish, xaridorlarning muayyan
mollarga bo’lgan talablarini shakllantirishdan iborat.
Marketingni kompyuterlarsiz, axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
173
Ishlab chiqarish sohasi
Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar qo’llanilib kelmoqda.
Kompyuterlar ko’pgina texnologik jarayonlarni boshqarmoqda. Ular yordamida yangi
maxsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor maxsulot bo’lib chiqqunga qadar
bo’lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin. Maxsulot shaklini konstruktor
kompyuter ekranida chizib, tegishli o’zgartirishlar yasab, qog’ozga chop etishi mumkin.
Maxsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga
ketadigan sarf-xarajatlarni xisob-kitob qilishda va boshqa ishlarni bajarishda ham
kompyuter beg’araz yordamchidir.Maxsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy
kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga yetkaziladi. U yerda axborotni qabul qilishga
tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida maxsulotni yig’a boshlaydi.
Тayyor maxsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga jo’natiladi.
Тibbiyot sohasi
Ma’lumki, shifokorga borishni ko’pchiligingiz xush ko’rmaysiz. Birinchidan, siz
bemorsiz. Sog’lom odam u yerga bormaydi. Ikkinchidan, u yerda xamma joyda
navbatda turishga to’g’ri keladi. Masalan, registraturada kasallik varaqasi uchun,
shifokorlar qabuliga kirish uchun va xokazo. Uchinchidan, shifokor yozib bergan
dorilarni dorixonalardan izlash kerak bo’ladi.Kompyuterlarning shifoxonalarda va
poliklinikalarda paydo bo’lishi ko’p narsalarni, jumladan, yuqoridagi muammolarni
ham tubdan o’zgartirib yuboradi. Endi siz to’g’ridan-to’g’ri shifokor xuzuriga yo’l
olasiz. Uning ish stolida odatdagi meditsina ish qurollaridan tashqari kompyuter ham
joy olgan: uning xotirasida barcha bemorlarning kasallik tarixi yozib qo’yilgan. Agar
siz oldin xam murojaat etgan bo’lsangiz, sizniki ham bo’ladi. Birinchi bor murojaat
etayotgan bo’lsangiz siz xaqingizdagi barcha axborotni shu yerning o’zida shifokor
kompyuterga kiritib qo’yadi. Kasalligingiz xaqidagi barcha ma’lumotlar kompyuterga
kiritilgach, sizning kasalligingiz xakida tashxis qo’yiladi va chop etish qurilmasi
yordamida dorilar uchun retsept chop etib beriladi. Retseptni olib, boshqa kopyuter
yordamida ushbu dorilarni eng yaqin bo’lgan qaysi dorixonalardan topish mumkinligi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
174
xaqida axborot olishingiz mumkin. Kompyuter meditsinada boshqa ishlarga xam qodir.
Masalan, tomograf — ya’ni siljib xarakatlanadigan rentgen apparati insonning ixtiyoriy
organi xaqida to’liq ma’lumot olishi, ulardagi mikroskopik defektlar, chet jinslar
(masalan, buyrakdagi tosh) xaqida ma’lumot berishi mumkin. Тomograf uzatgan
axborotni tezda qayta ishlash va ekranda ko’rsatish uchun albatta u kompyuter bilan
bog’langan bo’lishi shart.
XULOSA
Kompyuterlar aniq programma asosida ishlaydi. San’at esa — bu ijod, fantaziyadir.
Lekin bu sohada xam kompyuter ijod axliga yordam berishi mumkin. Kompozitor
musiqa yaratishda kompyuterdan unumli foydalanishi mumkin. Buning uchun kichik
royal yoki elektroorgan yordamida kompyuterga ulanib yozayotgan musiqa notalarini
ekranda ko’rib turgan xolda yangi asar yaratishi va shu yerning o’zida, shu onda eshitib
ko’rishi ham mumkin. Kompyuterlar rassomlarga xam xo’b yoqib qolgan. Kompyuter
grafikasi bo’yicha birinchi ko’rgazma 1956 yili o’tkazilgan. Тurli eskizlar, chizmalar va
rasmlar chizishda rassomlar kompyuterdan foydalanib kelmoqdalar.
Bundan tashqari, kino va televideniyeni xam kompyuterlarsiz tasavvur etish qiyin.
Hozirgi davrda turli joylarda, mintaqalarda, xatto qit’alarda yashaydigan insonlar
ishtirokida telekonferensiyalar o’tkazish an’anaga aylanib qoldi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yхati:
1.
Novosardova S.A., Gaynutdinova F.Х., Otajonov U.A. Mеtodika
prеpodavaniyakursa “Informatika”: Uchеbnoе posobi е. − T.: TGEU, 2003.
2.
Farbеrman V.L., Musina R.G., Jumaboеva F.A. Oliy o`quv yurtlarida
o`qiti shning zamonaviy usullari . − T., 2002. 118-157 b.
3.
A.A Abduqodirov, R.Salomova. Informatika va hisoblash texnikasi
asoslari.
10-sinf darslik. Т.: ―O’qituvchi, 2005 й. -144 b.