Авторы

  • Sodiqova Navbahor Ganijanovna

Биография автора

  • Sodiqova Navbahor Ganijanovna

    Namangan viloyati Uchqo‘rgon tumani 5- umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99421

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar matematika darsdan tashqari mashg‘ulotlar adabiy talim va talqin didaktik qoida deduksiya induksiya metodik sistema pedagogic texnologiy

Аннотация

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari darslarni tashkil etishda interfaol usullardan foydalanish va darslarni samarali tashkil etish to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematika faniga qiziqtirish, o‘quv materiallarini yaxshi o‘zlashtirishlari hamda iqtidorlarini rivojlantirish maqsadida darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlarni tashkil etishning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritilib, tavsiyalar berilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

80

BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARINI TASHKIL ETISHNING SAMARALI

USULLARI

Namangan viloyati Uchqo‘rgon tumani

5- umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Sodiqova Navbahor Ganijanovna

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda matematikadan

sinfdan tashqari darslarni tashkil etishda interfaol usullardan foydalanish va darslarni

samarali tashkil etish to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf

o‘quvchilarini matematika faniga qiziqtirish, o‘quv materiallarini yaxshi

o‘zlashtirishlari hamda iqtidorlarini rivojlantirish maqsadida darsdan tashqari

qo‘shimcha mashg‘ulotlarni tashkil etishning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritilib,

tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich sinf, o‘quvchilar, matematika, darsdan tashqari

mashg‘ulotlar, adabiy talim, va talqin, didaktik qoida, deduksiya, induksiya, metodik

sistema, pedagogic texnologiy, "Bumerang texnologiyasi", "Arm" metodi.

Matematikadan sinfdan tashqari ish deyilganda o‘quvchilarning darsdan tashqari

vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog liq bo lgan material asosida ixtiyoriylik

printsipiga asoslangan mashg‘ulotlar tushuniladi.

Sinfdan tashqari ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- o‘quvchilarning bilimlari va amaliy ko nikmalarini chuqurlashtirish va

kengaytirish;

-

o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik

ziyrakliklarini rivojlantirish;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

81

- matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni

topish;

- talabchanlik, irodani, mehnatga munosabatni, mustaqillikni, uyushqoqlikni va

insoniylikni tarbiyalash.

Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi:

1. Matematika to‘garaklari.

2. Matematik konkurs va olimpiadalar.

3. Qiziqarli matematika kechalari va viktorinalar.

4. Matematik matbuot.

5. Matematik ekskursiya.

Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba'zi farq qiluvchi xususiyatlarga

ega:

1. O‘z mazmuni bo‘icha matematika dasturiga taalluqli emas. Ammo beriladigan

bilimlar o‘quvchilarning kuchiga mos bolishi kerak.

2. Sinfdan tashqari ishlar imkoni boricha barcha o‘quvchilarni jalb qilishi, ya’ni

qiziqarli bo‘lishi zarur. Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ham qiziqish yordamida faol

o‘quvchilarga aylanishi mumkin.

3. Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik tamoyiliga asosan tashkil qilinadi, lekin

qiziqishni ta'minlash lozim. Bu mashg'ulotlarga baho qo‘yilmaydi, ammo faol ishtirok

etgan o‘quvchilar rag'batlantiriladi.

4. Mashg‘ulot mazmuni va shakllariga qarab, 10-12 minutdan 1 soatgacha

mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.

5. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllarining turli- tumanligi.

Sinfdan tashqari ishlarga: qiziqarli matnli masalalar, o‘tkir zehnlilikka oid

masalalar, hazil masalalar, berilgan malumotlari etishmaydigan yoki berilgan

malumotiari ortiqcha masalalar, mantiqiy masalalar, qiziqarli matematik voqealar,

arifmetik rebuslar, o‘yinlar, fokuslar, boshqotirmalar tarixiy malumotlar berish va

boshqalar kiradi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

82

Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi quyidagilarga

asoslanishi kerak:

1. Darsda o‘quvchilar olgan bilim va malakalarini hisobga olgan holda

o‘tkaziladi.

2. Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning xohishi, xavaskorligi, ijodkorligi

tamoyillariga asoslanishi va ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida tashkil

qilinadi.

3. Sinfdan tashqari ishlarni o‘tkazish shakllari darslardan farq qilib, qiziqarli

tomoni kuchli bo‘ladi. Buning uchun zaruriy shart shuki o‘tkaziladigan ishning

rejalashtirilishi va tizimliligining murakkabligidadir.

Shuni ta‘kidlash lozimki, individual va guruhli mashg‘ulotlar tizimli ravishda

o‘tkazilmasligi, aksincha, asosiy ish sinfda bajarilishi kerak. Sinfdan tashqari ish

sinfdagi dars shakliga nisbatan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

1. O‘z mazmuni bo‘yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan, matematik

material o‘quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda berilishi kerak.

2. Boshlang‘ich sinflarda bolalarning matematikaga nisbatan to‘plangan turg'un

qiziqishlari haqida hali gapirib bo‘lmaydi.

3. Topqirlik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning samarali usullaridan

foydalanish va rag‘batlantirilishi kerak.

4. Darslar 45 minutga rejalashtirilgan holda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar

mazmuniga va o‘tkazilish shakllariga qarab 10-12 minutga ham, bir soatga ham

mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.

5. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlari (qiziqarli matematika soatlari,

to‘garaklar, viktorinalar va h.k.) qarab mazmunining turli tumanligi bilan

xarakterlanadi.

Matematika minutliklarida, topshiriqlarga qiziqish uyg‘otish va quvvatlash uchun

bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga o‘xshash

bo‘Imasligi kerak.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

83

Mashg‘ulot o‘tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli

masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar,

qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material boiib xizmat qiladi.

Matematik to‘garak matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng Ko‘p

tarqalgan turidan biri. Uning asosiy vazifasi - matematikaga alohida qiziqishi bor

o‘quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish.

Matematik to‘garak ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq

qiladi:

Matematika to‘garagiga o‘quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan

alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak.

Mustaqil ravishda Ko‘rgazmali qurollar (abaklar, ba’zi o‘yiniar uchun misollar

yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari o‘tkazishga

puxta tayyorgarlik ko‘radilar va hokazo.

Matematika to‘garagini o‘tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak.

Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda ba’zi to‘garak mashg‘ulotlarining

taxminiy rejalarini keltiramiz:

I. mashg‘ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Qo‘shishga oid qiziqarli masalalar.

3.

100

ichida

raqamlashni

bilishni

tekshirishga

oid

mashqlar.

4. Topqirlikni talab qiladigan masalalar. 5. Hazil masala. 6. Topishmoqlar.

7. Quvnoq sanoq (20 ichida) o‘yini.

II. mashg'ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Topqirlikni talab qiluvchi she'riy

masalalar. 3. Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar. 4. Hazil masala.

5. "Sonni to‘ldir" o‘yini.

III. mashg‘ulot. Dars tipidagi to‘garak mashg‘uloti.

Boshlang‘ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish

(imkoniyatlari) mazmuni.

Darhaqiqat, o‘zbek xalqining buyuk mutafakkirlari ham uzoq o‘tmishdayoq olib

borgan tadqiqotlari va amalga oshirgan kashfiyotlarida insonlarni odobli, ma‘naviyati


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

84

yuksak, komil, mehnatsevar, vatanparvar bo‘lib tarbiyalanishiga yangi g‘oya va

ta‘limotlarni

yaratganlar.

Bular.

Muso

al-Xorazmiy

(783-850),

Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Ibn Sino (980-1037); Umar Hayyom (1048-1131);

Nasriddin at-Tusiy (1201-1274); Mirzo Ulug'bek (1394-1449), G‘iyosiddin

al-Koshiy; Ali Qushchi (1402-1474) va boshqalarning bizga qoldirgan boy ilmiy

ma‘naviy meroslari fikrimizga asos bo‘ladi. Bu allomalarimizning asarlarida

bolalarning o‘qishi, mehnati, odobi va bu ishda muallimlarning vazifalariga katta e‘tibor

berilgan.

Jumladan, Nasriddin at-Tusiy fikri bo‘yicha o‘qituvchi o‘quvchilarni

aql-zakovatiga ta’sir qilishi uchun o‘quvchilar ishonchini qozonish va qalbidan joy olish

ma’suliyatini his qilishi lozim. Abu Nasr Forobiy o‘qituvchi faoliyatida yoshlarning

axloqiy me’yorlari, amaliy ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirishga уo‘naltirilganligi

asosiy vazifalardan biri ekanligini ifodalaydi. Ibn Sino fikricha, tarixiy manbalarni bilish

olijanob va foydali faoliyatdir. U ilm va narsalarning inson aqli yordami bilan

o‘rganilishi shaxs faoliyatida muhim hisoblanishini ta‘kidlab o‘tadi. Abu Rayhon

Beruniy

pedagogik

ijodida

tarbiyaning

maqsadi,

vazifalari

va o‘rni, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma'noda

insonparvarlik asosida qurilgan. Abu Rayhon Beruniyning pedagogik g‘oyalaridan eng

muhimi bilimni puxta va mustahkam egallash zarurligidir.

Ota-bobolarimizdan qolgan ilmiy merosni chuqur o‘rganib, uni ta’lim va tarbiya

jarayoniga tatbiq etish har bir ma‘naviyatli va ijodkor mutaxassisning muqaddas

burchidir. Quyida biz boshlang‘ich sinflarda matematikadan dars samaradorligini

oshirishga doir to‘garak mashg‘ulotini dars tipida o‘tkazish mumkin bo‘lgan namunasini

tavsiya etamiz.

Mavzu: Vaqt bilan tanishtirish.

Mashg‘ulot maqsadi:

1. O‘quvchilarni soatning yaratilishi tarixi bilan tanishtirish.

2. Bolalarni kundalik hayotda soatdan foydalanishga o‘rgatish.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

85

3. Masalalar yechish orqali bolalar bilimini oshirish.

4. Arifmetik masalalarni yechish.

5. O‘quvchilar qiziqishini rivojlantirish.

Jihozlar:

1. Har xil soat maketlari.

2. Sandiqcha.

3. Masala yozilgan Ko‘rgazma.

Metodlar: Ko‘rgazmalar, hikoya, suhbat orqali bayon qilish

.

I. Tashkiliy qism.

II. Mashg'ulotning borishi.

O‘qituvchi hikoyasi.

Odamlar vaqtni o‘lchash uchun soat yaratdilar. Oldin quyosh soati paydo bo‘ldi.

Ulardan faqat kunduzi foydalanishar edi.

Misr quyosh soatlarida 2 ta uzun taxtacha burchak shaklida mustahkamlangan.

Ertalab quyosh chiqishi bilan uzun taxtachada soyani belgilashgan. Bu vaqtni ertalab

soat 6:00 deb hisoblashgan. Keyin ertalabki soyaning uzunligini 6 qismga bo‘niishgan.

Buning natijasida hammasi 12 soat bo‘lib, 6 soat kunduz, 6 soat kechqurun kelib

chiqqan. Keyinchalik boshqa soatlar paydo bo‘ldi. Ular kechki vaqtni ham aniqlash

imkonini berdi. Masalan: suv soatlari, qum soatlari, mexanik va elektron soatlar bor.

Hozirgi zamon soatlarining siferblati 12 ga bo‘lingan. Har bo‘limning oldiga 1

dan 12 gacha yozilgan. Soatning kichkina strelkasi 1 soatdan 2 songa 1 soatda o‘tadigan

qilib tuzilgan. Soatning katta strelkasi 1 soatning ichida barcha sonlarni bosib o‘tadi.

Matematik olimpiadalar

Olimpiadalar tanlovlarga qaraganda keng ra'lamda o‘tkaziladigan va matematika

o‘rganishda o‘quvchilar erishgan muvaffaqiyatlarni namoyish qiladigan ishdir.

Olimpiada qatnashchilarining tarkibiga bog'liq holda maktab ichida, tuman va

shaharlarda o‘tkazish mumkin. Olimpiadani 4- sinfdan boshlab o‘tkazib, g'oliblar

maktabning devoriy gazetalarida va o‘quvchilar yig'ilishlarida rag'batlantiriladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

86

Matematik gazeta va viktorinalar

Gazeta, viktorinada har xildagi matematik mazmunni o‘z ichiga olgan topishmoq,

misol va topshiriqlar rasmlarda berilib, qiziqtirish xarakteridab ladi.

Viktorinada esa o‘quvchilarga yechish tavsiya qilinadigan top - shiriq beriladi.

Javobiar belgilangan vaqtda quvchiiarga yetkazi- ladi.

Matematik viktorinalar - gazetalardan farqli ravishda faqat o‘quvchilarga yechish

uchun berilgan masalalar va savollardan iborat biladi. Javobiar yozma ravishda ma'lum

vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan bolib o‘quvchi aniqlanib, e‘lon qilib boriladi.

Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda matematik burchak deb ataluvchi joyga

osib q Jyiladi, bu burchakda Vatanimiz yu- tuqlarini ifodalovchi sonli ma’lumotlar ham

berib boriladi. "Bi- lasizmi?" ruknida qiziqarli materiallar beriladi. Masalan:

1. Odamning bo‘yi bir kunda 1 sm dan 6 sm gacha o‘zgarishi mumkin.

2. Dunyodagi eng uzun temir yo‘l 9302 km ni tashkil etadi.

3. Dunyoda okeanlar suvida 13300 min tonnagacha kumush bor. Matematika

burchagini tashkil qilishni o‘quvchilar va ularning ota-onalari faoli yordamida amalga

oshirilishi mumkin.

Ekskursiya o‘tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo‘lishi nihoyatda

muhimdir, shunday billganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va o‘zlarini

qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar.

Maktabning joylashgan o‘rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga,

fabrikalarga, kombinatlarga, fermalarga, shirkat xo‘jaligi va fermer xo‘jaligi hamda

boshqa joy larga ekskursiyalar o‘tkaziladi. Quriiish materiaiidan, mashinaiardan, ishchi

kuchlaridan va boshqa narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish

mumkin. Shunday masalalardan ba‘zilarini keltiramiz:

1. Bir soatda ekskavator 4 m uzunlikda poydevor chuqurligini kavlaydi. Shunday

ish unumi bilan u 7 soatda qancha chuqurlik ( ra) kovlaydi? :

2. Qurilishga yuk tashishda 4 ta avtomashina ishlamoqda. Ulam- ing har birida

bitta haydovchi va ikkita yukchi ishlaydi. Material tashishda hammasi b lib qancha odam


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

87

band? Quriiish materiallaridan mehnat darslari uchun stendiar tayyorlashda foydalanish

mumkin, bunda binolarning maketlarini tayyorlash ham mumkin.

ADABIYOTLAR RO‘YHATI

1. Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.:

«Sharq», 1997.

2. Jumayev M . Bolalarda matematik tushinchalarni rivojlantirish nazariyasi va

metodakasi. — T.: «Ilm-Ziyo», 2009.

3. Jum ayev M. va boshqalar. Matematika o‘qitish metodikasi. - T.:

«Ilm-Ziyo», 2003.

4. Bikbayeva N. U., Sidelnikova R. I., Adambekova G. A. Boshlang'ich sinflarda

matematika o‘qitish metodikasi. 0'rta maktab boshlang'ich sinf o‘qituvchilari uchun

metodik qo‘llanma. — T.: «O‘qituvchi», 1996.

5. Жикалкина Т.К. Игровые и занимателные задания по математике -

М. "Просвещение", 1989.