https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
39
TABIIY IPAKDAN TIKUV IPLARINI ISHLAB CHIQARISH
Badalova Muattarxon Djoraboyevna
Marg’ilon 1-son politexnikumi.
Fariddinova Sanobarxon Muxtorovna
Marg’ilon 1-son politexnikumi.
Badalova Manzuraxon Djoraboyevna
Marg’ilon 1-son politexnikumi.
Annotatsiya:Mazkur maqolada tabiiy ipakdan tikuv iplarini assortimentini
takomillashtirilgan klassifikatsiyasi berilgan. Tikuv iplarini olish texnologiyasida
tо‘rtta о‘timga qisqarilishi, ipning ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilanishini hamda
mustahkamligini ortishini ta’minlagan. Shuningdek, taklif etilayotgan yangi usul
birinchi va ikkinchi yarim buram berishni qisqartiradi va buramlar sonini 220 va 180
br/m ga oshirish sababli tikuv iplarining nisbiy uzilish kuchi 25% ga oshganligi
keltirilgan. Ishlab chiqilgan yangi texnologiyaga intellektual mulk agentligining ixtiro
uchun patenti olingan.
Kalit so‘zlar: tikuv ipi, chok, mato, buramlar, chiziqli zichlik, xom ipak, xom
ashyo, qayta о‘rash, nisbiy uzilish kuchi, qо‘shilishlar soni, qisqarish.
Hozirgi kunda xom ipak va undan tayyorlangan mato, trikotaj mahsulotlarini
ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni qо‘llash orqali ularning sifatini oshirishga
katta e’tibor qaratilmoqda. Ipak ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida qator xorijiy
mamlakatlarda, jumladan, Xitoy, Hindiston, Braziliya, Yaponiya, Janubiy Koreyada
ma’lum yutuqlarga erishilgan bо‘lib, pilla chuvish va xom ipak ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish hamda mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlovchi
texnologiyalarni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlarda tabiiy ipakli kiyimlarni
tayyorlashda tikuv iplarini turlarini yetishmasligi va boshqa tola tarkibli iplarni
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
40
qо‘llanishi ekspluatatsiya hamda yuvib-quritish jarayonida choklarni turli kirishish
hollariga olib kelishi tufayli sifat buzilishi kabi muammolarni yechish alohida
ahamiyatga ega hisoblanmoqda. Shuning uchun ham, ipak tikuv iplarini ishlab
chiqarishning resurstejamkor texnologiyalarini va usullarini, uning yangi
assortimentlarini yaratish muhim vazifalardan biri bо‘lib qolmoqda.
Ipakchilik tarmog‘ining samaradorligi Respublikamizda yetishtiril-gan pillaning
sifatiga bog‘liq. Tо‘qimachilik mahsulotlari ichida tabiiy xomashyodan (tabiiy ipak,
paxta, jun, zig‘ir va boshqalar) tayyorlangan mahsulotlar qadimdan xalqimiz
tomonidan alohida e’zozlanib kelinadi. Chunki tabiiy xomashyo о‘zining kompleks
xususiyatlari bilan kimyoviy tо‘qimachilik xom ashyosidan ustun turadi. Ayniqsa,
tabiiy xomashyodan tayyorlangan matolar tashqi kо‘rinishi chiroyli, pishiqligi yuqori,
nafis, bо‘yalishi yaxshi, egiluvchan, namlikni oson singdiruvchan va boshqa kо‘plab
ijobiy xususiyatlarga ega. Shuning uchun tabiiy xomashyodan tayyorlangan
maxsulotlarning bahosi sun’iy yoki sintetik matolarga nisbatan yuqori bо‘ladi [1-3].
Eshilgan iplarning assortimentlari har xil bо‘ladi, kimyoviy iplardan va ipak xom
ashyosidan tayyorlanadi. Ipak eshish mahsulotlarining asosiy turlari quyidagilar:
arqoq, tanda, grenadin, muslin, krep-yupqa mato, moskrep, krepgranit, fasonliandazali
eshilgan iplar, tikuv ipi, jarrohlik va texnik iplar, izolyatsion iplar, teksturlangan iplar,
turli xil bog‘ich-chizimli iplar. Bu keltirilgan barcha iplarga har xil buramlar beriladi
va buramlar yо‘nalishi ham turlicha bо‘ladi. Yangi assortiment iste’mol mollarini
yaratishda eshilgan iplarning turlarini kо‘paytirish muhim ahamiyatga egadir [4-6].
Xom ipak (fibroin) tarkibida inson tanasidagi 20 dan ziyod aminokislotalarni barchasi
mavjud. Tabiiy ipakdan kashta iplarini tayyorlashda va hunarmandchilikda so’zanalar,
kiyimlarga bezaklar va applikatsiyalar, do’ppilar, esdalik uchun sovg’alarni bezatishda
hamda qadoqlashda keng miqyosda ishlatiladi. Bunday iplar hunarmandlar va
kasanachilar tomonidan avloddan-avlodga o’tib kelayotgan usullar orqali tayyorlanib
sanoat usuli mavjud emas. Shuning uchun tikuv iplarini yangi turlarini yaratish va
amaliyotda keng foydalanish maqsadga muvofiq [7, 8].
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
41
OLINGAN NATIJALAR VA ULARNI MUHOKAMASI
Libos detallarini birlashtirish, andoza va qirqimlarga ishlov berishda ipli
birikmalar keng qо‘llanilmoqda. Chok va bahya ipli birikmalar libos elementlaridir.
ISO 4916-82, 4915-81 va GOST 12307-88 «Tikuv buyumlari, bahyalar, choklar
va chokli birikmalar tavsifi» standartlari bо‘yicha qabul qilingan tavsifga muvofiq,
hozirgi kunda tikuv buyumlari sanoatida turli maqsadlardagi 40 dan ortiq iplar
tо‘qilishi turlicha bо‘lgan mato choklarida qо‘llanilmoqda.
Choklarni bajarish usullariga qarab, qо‘lda va mashinada bajariladiganga
ajratiladi. Chok tavsifi birlashtirish usuli (ipli qо‘lda, ipli ignada, zanjirli yoki mokkili
va boshqalar) chok maqsadi, undagi chiziqlar soni va uning texnologik parametrlaridan
kelib chiqib aniqlanadi.
Chokning texnologik parametrlari quyidagilardan iborat: qatorni hosil qiluvchi
iplar soni (yuqori va pastki); millimetrlarda bahya chokning uzunligi va eni (yoki 10
mm qatorda bahyalar miqdori); igna nomeri va ip nomeri. Tikuv korxonasi kabi tikuv-
trikotaj tarmog‘i kichik tikuv korxonasidan boshlab, qо‘shma va yirik korxonalargacha
tikuv iplarini tanlash muammosi turibdi. Maishiy liboslar tayyorlashda tolali tarkibi,
strukturasi va ishlab chiqarish usuli turlicha bо‘lgan tikuv iplari qо‘llaniladi.
Tikuv iplari assortimentlari tasnifining asosiga quyidagi belgilar: ipning maqsadi,
xom ashyoviy tarkibi, pardozlash usuli, shuningdek qо‘shilishlar soni, buramlar
yо‘nalishi, chiziqli zichlik (yо‘g‘onligi) va boshqalar kabi strukturaviy kо‘rsatkichlar
qо‘yilgan. Tikuv iplarining takomillashgan tasnifi 1-rasmda keltirilgan [9; b. 68-70, 10].
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
42
Tikuv iplarining takomillashtirilgan klassifikatsiyasi
Tikuv iplari maqsadlari bо‘yicha libos, oyoq kiyimi, kashta, jarrohlik, tо‘rlar
uchun va boshqalarga ajraladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
43
Hozirgi vaqtda tikuv iplari sanoatda maxsus maqsadlar uchun pardozlash,
shuningdek olovga chidamli, biotsid, aromatli, yorug‘likni akslantiruvchi va boshqa
materiallar sifatida keng qо‘llanilmoqda.
Rasmdan kо‘rinib turibdiki, tikuv iplari xom ashyoviy tarkibi bо‘yicha tabiiy,
kimyoviy va aralashgan (kimyoviy va tabiiy komponentlardan) turlarda bо‘ladi.
Shtrixpunktir chiziq bilan biz tomondan ishlab chiqarilgan eshilgan va о‘rilgan yangi
ip assortimenti kо‘rsatilgan. Pardozlash usuli bо‘yicha tikuv iplari xom, xira, jiloli,
yaltiroq, oq, qora va rangli bо‘lishi mumkin.
Matolar, trikotaj va notо‘qima matolardan mahsulotlar ishlab chiqarishda 3
qо‘shilishli bir buramli va 6 qо‘shilishli ikki buramli tikuv iplari keng qо‘llanilmoqda.
Eshilgan yigirilgan ip kabi tikuv iplari uchun ham eshish yо‘nalishining mosligi
va eshish bо‘yicha ipning og‘irligi katta ahamiyatga ega. Chiziqli zichligi 22-200 teks
eshilgan tikuv ipi olish usullaridan birining mohiyati, bu poliefir kompleks iplardan
foydalanib, chap yо‘nalishda 200 br/m berish, qо‘shishdan keyingi eshishda esa
qarama-qarshi yо‘nalishda iplarga boshlang‘ich berilgan buramga nisbatan 1,6-2,0
marta ortiq miqdorida beriladi [11].
Qarama-qarshi tarafga boshlang‘ich buramdan 1,6-2,0 marta ortiq berilgan
buramlarni oldingi buramlar muvozanatlashga ulgurmaydi. Qо‘shimcha buram
muvozanatlanmasa, iplar tо‘liq muvozanatlangan holatda bо‘lmaydi. Shuning uchun
undan tikuv sanoatida foydalanilganda chigallanishi va uzilishlar yuzaga keladi. Bu
yuqoridagi usulning kamchiligi hisoblanadi.
Shuningdek, chiziqli zichligi 2,33 va 3,23 teksli xom ipakdan tikuv iplarini olish
usuli ham mavjud. Unda qayta о‘rash, qо‘shish va 80 br/m qо‘shib eshish, birinchi
eshish 400 br/m, ikkinchi qо‘shib eshish 80 br/m yarim buram, ikkinchi eshish 400
br/m jarayon bajariladi. Dastlabki buramlar berib, birinchi qaynatish va bо‘yashdan
sо‘ng, ikkinchi qо‘shib eshish va eshish qarama-qarshi yо‘nalishda beriladi.
Texnologik jarayonlarning kо‘p bosqichliligi va mahsulot tikilganda tikuv iplarining
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
44
uzilishiga olib keluvchi uzilish xarakteristikalarining pastligi bu usulning kamchiliklari
hisoblanadi.
Biz tomonimizdan takomillashtirilgan xom ipakdan tikuv iplarini olish
texnologiyasida jarayonning 4 ta о‘timga qisqarishi yuqori texnik natijalarga erishishni,
ipning ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilanishini hamda mustahkamligini ortishini
ta’minlaydi. Masalan: tabiiy ipakdan 18-19 teks chiziqli zichlikdagi tikuv ipini olish
quyidagicha amalga oshiriladi: 2,33 va 3,23 teks chiziqli zichlikdagi xom ipak qayta
о‘raladi, qо‘shish yо‘li bilan mos ravishda 6-20 va 3-14 dona iplar bir vaqtning о‘zida
qо‘shilib, о‘ng yо‘nalishda 700 va 600 br/m beriladi.
Sо‘ngra oxirgi 2 ta iplar yana qо‘shilib, chap yо‘nalishda 700 va 600 br/m beriladi,
keyin qaynatilib seritsindan tozalangach bо‘yaladi.
Biz tomonimizdan taklif etilayotgan yangi usul birinchi va ikkinchi yarim buram
berishni qisqartiradi va buramlar sonini 220 va 180 br/m ga oshirish sababli tikuv
iplarining nisbiy uzilish kuchi 25 % ga oshadi. Yangi usulda (xom ipakning
boshlang‘ich iplari 2,33 va 3,23 teks (analog)) olingan tikuv iplarining uzilish
xarakteristikalari 1-jadvalda keltirilgan.
Iplarni bir vaqtning о‘zida qо‘shish va eshishni ipak korxonalaridagi
qо‘shibeshish mashinalarining barcha rusumlarida amalga oshirish mumkin.
Mos keluvchi о‘timda (eshish, teksturlash, biriktirish, qaynatish, bо‘yash va
quritish) ishlov berilgandan sо‘ng, ipning chiziqli zichligi quyidagi formula orqali
aniqlanadi
bu yerda:
n
- qо‘shilishlar soni;
T
o
- ishlov berishga keltirilgan iplar chiziqli
zichligi, teks;
α
- ukrutka, bо‘yash, kirishish yoki yо‘g‘onlashishdagi chiziqli
zichlikning oshishi, %;
β
- xom ipakni qaynatish (seritsinni eritish) natijasida chiziqli
zichlikni pasayishi, %;
K
3
- teksturlash koeffitsiyenti.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
45
1-jadval Tikuv iplarining uzish xarakteristikalari
Shartli raqam
(sotuvdagi)
Nisbiy uzilish kuchi, sN/teks
Uzilishdagi chо‘zilish, %
Analog bо‘yicha
Yangi usul
bо‘yicha
Analog bо‘yicha
Yangi usul
bо‘yicha
9
32,9
41,1 ± 3,7
18,5
22,4 ± 1,15
13
31,8
39,7 ± 3,1
19,5
23,6 ± 1,2
18
33,1
41,3 ± 2,5
18,3
22,0 ± 1,15
33
33,5
42,0 ± 2,3
17,0
20,5 ± 1,12
65
32,4
40,5 ± 1,85
17,2
21,6 ± 1,0
Tikuv iplarining nisbiy uzilish kuchi qiymatlari 2-rasmda keltirilgan.
Tikuv iplarining nisbiy uzilish kuchi gistogrammasi
Qonuniyat bо‘yicha iplar teksturlanayotganda, teksturlash koeffitsiyentidan
foydalaniladi (
K
z
).
Tabiiy xom ipakdan tikuv iplarini ishlab chiqarish teksturlashni talab qilmaydi,
shuning uchun eshilgan ipak iplarining chiziqli zichligini quyidagi formula orqali
aniqlashni tavsiya etamiz:
Sanoat sinovlari asosida biz tomondan xom ipakning mavjud chiziqli zichligini
hisobga olib, tikuv ipining har bir assortimenti bо‘yicha
α
va
β
koeffitsiyentlar
qiymatlari о‘rtasida tikuv iplari chiziqli zichligining о‘zgarish hisobiy qiymatlari
2jadvalda keltirilgan.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
46
Yangi ipak tikuv iplarini texnologik formulasi va chiziqli
zichligining og‘ish chegaralari
Shartli raqam
(sotuvdagi)
Tikuv ipak iplarini ishlab chiqarish sxemasi
Tikuv iplari chiziqli zichligining
og‘ish chegaralari, teks
9
3,0 - 3,3 teks x 14 Z 600 x 2 S 600
2,23 - 2,4 teks x 20 Z 700 x 2 S 700
80,5 - 89,7
81,3 - 91,2
13
3,1 - 3,2 teks x 9 Z 600 x 2 S 600
2,15 - 2,38 teks x 14 Z 700 x 2 S 700
55,6 – 61,6
56,3 – 58,2
18
3,1 - 3,2 teks x 8 Z 600 x 2 S 600
2,2 - 2,45 teks x 10 Z 700 x 2 S 700
46,5 – 55,2
44,9 – 50,9
33
3,1 - 3,3 teks x 6 Z 600 x 2 S 600
2,1 - 2,3 teks x 8 Z 700 x 2 S 700
37,2 – 42,5
33,6 – 40,9
65
3,1 - 3,2 teks x 3 Z 600 x 2 S 600
2,2 - 2,3 teks x 4 Z 700 x 2 S 600
18,3 – 19,1
18,9 – 20,0
Yuza zichligi yuqori bо‘lgan matolardan tikilgan mahsulotlarning
tajribaviy tadqiqotlari asosida biz tomondan ipak tikuv iplari chiziqli zichligi va
uzilish tavsiflari orasida ratsional munosabati hamda matolarning yuza
zichligiga mos keluvchi tikuv mashinalari ignalari raqamlari keltirildi
Ipak
tikuv iplarini ishlab chiqarish texnologik sxemasi
XULOSA
Yangi assortimentni ishlab chiqarish bilan tikuv iplarining klassifikatsiyasi
kengaydi. Ipak tikuv iplarining matolar qalinligiga va tikuv ignasiga mos tushishi
bo’yicha parametrlarining ratsional nisbati tavsiya etildi.
Biz tomonimizdan olib borilgan amaliy tajribalar natijasida Yaponiya
firmalarining eng zamonaviy dastgohlarini qо‘llab, mavjud texnologiyaga nisbatan 4
ta о‘timga qisqartirilgan yangi texnologiya ishlab chiqildi va Intellektual mulk
agentligining ixtiro uchun patenti olindi (IAP 05447).
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
47
REFERENCES
1.
Umurzakova X.X., Axmedov J.A., Xakimova Z.A. Tabiiy ipak xom
ashyosini yetishtirish holatlari va istiqbollari // “Texnika va texnologiyalarni
modernizatsiyalash sharoitida iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va
ishlanmalari” mavzusidagi OTM miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani, TTYESI. 5-6
may. -2016. -S. 39-42.
2.
Alimova Kh., Umurzakova Kh.Kh., Khaydarov S., Nabijonova N.,
Aripdjonova
D. New assortiment of natural silk products // J. “IJARSET”
International Journal
of
Advanced Research in Science, Engineering and Technology. Vol. 6, Issue 3.
March 2019. -B. 8568-8571
TABIIY IPAKDAN TIKUV IPLARINI ISHLAB CHIQARISH
BADALOVA MANZURAXON DJORABOYEVNA
Badalova Muattarxon Djoraboyevna
Marg’ilon 1-son politexnikumi.
Fariddinova Sanobarxon Muxtorovna
Marg’ilon 1-son politexnikumi.
Annotatsiya:Mazkur maqolada tabiiy ipakdan tikuv iplarini assortimentini
takomillashtirilgan klassifikatsiyasi berilgan. Tikuv iplarini olish texnologiyasida
tо‘rtta о‘timga qisqarilishi, ipning ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilanishini hamda
mustahkamligini ortishini ta’minlagan. Shuningdek, taklif etilayotgan yangi usul
birinchi va ikkinchi yarim buram berishni qisqartiradi va buramlar sonini 220 va 180
br/m ga oshirish sababli tikuv iplarining nisbiy uzilish kuchi 25% ga oshganligi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
48
keltirilgan. Ishlab chiqilgan yangi texnologiyaga intellektual mulk agentligining ixtiro
uchun patenti olingan.
Kalit so‘zlar: tikuv ipi, chok, mato, buramlar, chiziqli zichlik, xom ipak, xom
ashyo, qayta о‘rash, nisbiy uzilish kuchi, qо‘shilishlar soni, qisqarish.
Hozirgi kunda xom ipak va undan tayyorlangan mato, trikotaj mahsulotlarini
ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni qо‘llash orqali ularning sifatini oshirishga
katta e’tibor qaratilmoqda. Ipak ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida qator xorijiy
mamlakatlarda, jumladan, Xitoy, Hindiston, Braziliya, Yaponiya, Janubiy Koreyada
ma’lum yutuqlarga erishilgan bо‘lib, pilla chuvish va xom ipak ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish hamda mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlovchi
texnologiyalarni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlarda tabiiy ipakli kiyimlarni
tayyorlashda tikuv iplarini turlarini yetishmasligi va boshqa tola tarkibli iplarni
qо‘llanishi ekspluatatsiya hamda yuvib-quritish jarayonida choklarni turli kirishish
hollariga olib kelishi tufayli sifat buzilishi kabi muammolarni yechish alohida
ahamiyatga ega hisoblanmoqda. Shuning uchun ham, ipak tikuv iplarini ishlab
chiqarishning resurstejamkor texnologiyalarini va usullarini, uning yangi
assortimentlarini yaratish muhim vazifalardan biri bо‘lib qolmoqda.
Ipakchilik tarmog‘ining samaradorligi Respublikamizda yetishtiril-gan pillaning
sifatiga bog‘liq. Tо‘qimachilik mahsulotlari ichida tabiiy xomashyodan (tabiiy ipak,
paxta, jun, zig‘ir va boshqalar) tayyorlangan mahsulotlar qadimdan xalqimiz
tomonidan alohida e’zozlanib kelinadi. Chunki tabiiy xomashyo о‘zining kompleks
xususiyatlari bilan kimyoviy tо‘qimachilik xom ashyosidan ustun turadi. Ayniqsa,
tabiiy xomashyodan tayyorlangan matolar tashqi kо‘rinishi chiroyli, pishiqligi yuqori,
nafis, bо‘yalishi yaxshi, egiluvchan, namlikni oson singdiruvchan va boshqa kо‘plab
ijobiy xususiyatlarga ega. Shuning uchun tabiiy xomashyodan tayyorlangan
maxsulotlarning bahosi sun’iy yoki sintetik matolarga nisbatan yuqori bо‘ladi [1-3].
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
49
Eshilgan iplarning assortimentlari har xil bо‘ladi, kimyoviy iplardan va ipak xom
ashyosidan tayyorlanadi. Ipak eshish mahsulotlarining asosiy turlari quyidagilar:
arqoq, tanda, grenadin, muslin, krep-yupqa mato, moskrep, krepgranit, fasonliandazali
eshilgan iplar, tikuv ipi, jarrohlik va texnik iplar, izolyatsion iplar, teksturlangan iplar,
turli xil bog‘ich-chizimli iplar. Bu keltirilgan barcha iplarga har xil buramlar beriladi
va buramlar yо‘nalishi ham turlicha bо‘ladi. Yangi assortiment iste’mol mollarini
yaratishda eshilgan iplarning turlarini kо‘paytirish muhim ahamiyatga egadir [4-6].
Xom ipak (fibroin) tarkibida inson tanasidagi 20 dan ziyod aminokislotalarni barchasi
mavjud. Tabiiy ipakdan kashta iplarini tayyorlashda va hunarmandchilikda so’zanalar,
kiyimlarga bezaklar va applikatsiyalar, do’ppilar, esdalik uchun sovg’alarni bezatishda
hamda qadoqlashda keng miqyosda ishlatiladi. Bunday iplar hunarmandlar va
kasanachilar tomonidan avloddan-avlodga o’tib kelayotgan usullar orqali tayyorlanib
sanoat usuli mavjud emas. Shuning uchun tikuv iplarini yangi turlarini yaratish va
amaliyotda keng foydalanish maqsadga muvofiq [7, 8].
OLINGAN NATIJALAR VA ULARNI MUHOKAMASI
Libos detallarini birlashtirish, andoza va qirqimlarga ishlov berishda ipli
birikmalar keng qо‘llanilmoqda. Chok va bahya ipli birikmalar libos elementlaridir.
ISO 4916-82, 4915-81 va GOST 12307-88 «Tikuv buyumlari, bahyalar, choklar
va chokli birikmalar tavsifi» standartlari bо‘yicha qabul qilingan tavsifga muvofiq,
hozirgi kunda tikuv buyumlari sanoatida turli maqsadlardagi 40 dan ortiq iplar
tо‘qilishi turlicha bо‘lgan mato choklarida qо‘llanilmoqda.
Choklarni bajarish usullariga qarab, qо‘lda va mashinada bajariladiganga
ajratiladi. Chok tavsifi birlashtirish usuli (ipli qо‘lda, ipli ignada, zanjirli yoki mokkili
va boshqalar) chok maqsadi, undagi chiziqlar soni va uning texnologik parametrlaridan
kelib chiqib aniqlanadi.
Chokning texnologik parametrlari quyidagilardan iborat: qatorni hosil qiluvchi
iplar soni (yuqori va pastki); millimetrlarda bahya chokning uzunligi va eni (yoki 10
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
50
mm qatorda bahyalar miqdori); igna nomeri va ip nomeri. Tikuv korxonasi kabi tikuv-
trikotaj tarmog‘i kichik tikuv korxonasidan boshlab, qо‘shma va yirik korxonalargacha
tikuv iplarini tanlash muammosi turibdi. Maishiy liboslar tayyorlashda tolali tarkibi,
strukturasi va ishlab chiqarish usuli turlicha bо‘lgan tikuv iplari qо‘llaniladi.
Tikuv iplari assortimentlari tasnifining asosiga quyidagi belgilar: ipning maqsadi,
xom ashyoviy tarkibi, pardozlash usuli, shuningdek qо‘shilishlar soni, buramlar
yо‘nalishi, chiziqli zichlik (yо‘g‘onligi) va boshqalar kabi strukturaviy kо‘rsatkichlar
qо‘yilgan. Tikuv iplarining takomillashgan tasnifi 1-rasmda keltirilgan [9; b. 68-70, 10].
Tikuv iplarining takomillashtirilgan klassifikatsiyasi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
51
Tikuv iplari maqsadlari bо‘yicha libos, oyoq kiyimi, kashta, jarrohlik, tо‘rlar
uchun va boshqalarga ajraladi.
Hozirgi vaqtda tikuv iplari sanoatda maxsus maqsadlar uchun pardozlash,
shuningdek olovga chidamli, biotsid, aromatli, yorug‘likni akslantiruvchi va boshqa
materiallar sifatida keng qо‘llanilmoqda.
Rasmdan kо‘rinib turibdiki, tikuv iplari xom ashyoviy tarkibi bо‘yicha tabiiy,
kimyoviy va aralashgan (kimyoviy va tabiiy komponentlardan) turlarda bо‘ladi.
Shtrixpunktir chiziq bilan biz tomondan ishlab chiqarilgan eshilgan va о‘rilgan yangi
ip assortimenti kо‘rsatilgan. Pardozlash usuli bо‘yicha tikuv iplari xom, xira, jiloli,
yaltiroq, oq, qora va rangli bо‘lishi mumkin.
Matolar, trikotaj va notо‘qima matolardan mahsulotlar ishlab chiqarishda 3
qо‘shilishli bir buramli va 6 qо‘shilishli ikki buramli tikuv iplari keng qо‘llanilmoqda.
Eshilgan yigirilgan ip kabi tikuv iplari uchun ham eshish yо‘nalishining mosligi
va eshish bо‘yicha ipning og‘irligi katta ahamiyatga ega. Chiziqli zichligi 22-200 teks
eshilgan tikuv ipi olish usullaridan birining mohiyati, bu poliefir kompleks iplardan
foydalanib, chap yо‘nalishda 200 br/m berish, qо‘shishdan keyingi eshishda esa
qarama-qarshi yо‘nalishda iplarga boshlang‘ich berilgan buramga nisbatan 1,6-2,0
marta ortiq miqdorida beriladi [11].
Qarama-qarshi tarafga boshlang‘ich buramdan 1,6-2,0 marta ortiq berilgan
buramlarni oldingi buramlar muvozanatlashga ulgurmaydi. Qо‘shimcha buram
muvozanatlanmasa, iplar tо‘liq muvozanatlangan holatda bо‘lmaydi. Shuning uchun
undan tikuv sanoatida foydalanilganda chigallanishi va uzilishlar yuzaga keladi. Bu
yuqoridagi usulning kamchiligi hisoblanadi.
Shuningdek, chiziqli zichligi 2,33 va 3,23 teksli xom ipakdan tikuv iplarini olish
usuli ham mavjud. Unda qayta о‘rash, qо‘shish va 80 br/m qо‘shib eshish, birinchi
eshish 400 br/m, ikkinchi qо‘shib eshish 80 br/m yarim buram, ikkinchi eshish 400
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
52
br/m jarayon bajariladi. Dastlabki buramlar berib, birinchi qaynatish va bо‘yashdan
sо‘ng, ikkinchi qо‘shib eshish va eshish qarama-qarshi yо‘nalishda beriladi.
Texnologik jarayonlarning kо‘p bosqichliligi va mahsulot tikilganda tikuv iplarining
uzilishiga olib keluvchi uzilish xarakteristikalarining pastligi bu usulning kamchiliklari
hisoblanadi.
Biz tomonimizdan takomillashtirilgan xom ipakdan tikuv iplarini olish
texnologiyasida jarayonning 4 ta о‘timga qisqarishi yuqori texnik natijalarga erishishni,
ipning ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilanishini hamda mustahkamligini ortishini
ta’minlaydi. Masalan: tabiiy ipakdan 18-19 teks chiziqli zichlikdagi tikuv ipini olish
quyidagicha amalga oshiriladi: 2,33 va 3,23 teks chiziqli zichlikdagi xom ipak qayta
о‘raladi, qо‘shish yо‘li bilan mos ravishda 6-20 va 3-14 dona iplar bir vaqtning о‘zida
qо‘shilib, о‘ng yо‘nalishda 700 va 600 br/m beriladi.
Sо‘ngra oxirgi 2 ta iplar yana qо‘shilib, chap yо‘nalishda 700 va 600 br/m beriladi,
keyin qaynatilib seritsindan tozalangach bо‘yaladi.
Biz tomonimizdan taklif etilayotgan yangi usul birinchi va ikkinchi yarim buram
berishni qisqartiradi va buramlar sonini 220 va 180 br/m ga oshirish sababli tikuv
iplarining nisbiy uzilish kuchi 25 % ga oshadi. Yangi usulda (xom ipakning
boshlang‘ich iplari 2,33 va 3,23 teks (analog)) olingan tikuv iplarining uzilish
xarakteristikalari 1-jadvalda keltirilgan.
Iplarni bir vaqtning о‘zida qо‘shish va eshishni ipak korxonalaridagi
qо‘shibeshish mashinalarining barcha rusumlarida amalga oshirish mumkin.
Mos keluvchi о‘timda (eshish, teksturlash, biriktirish, qaynatish, bо‘yash va
quritish) ishlov berilgandan sо‘ng, ipning chiziqli zichligi quyidagi formula orqali
aniqlanadi
bu yerda:
n
- qо‘shilishlar soni;
T
o
- ishlov berishga keltirilgan iplar chiziqli
zichligi, teks;
α
- ukrutka, bо‘yash, kirishish yoki yо‘g‘onlashishdagi chiziqli
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
53
zichlikning oshishi, %;
β
- xom ipakni qaynatish (seritsinni eritish) natijasida chiziqli
zichlikni pasayishi, %;
K
3
- teksturlash koeffitsiyenti.
1-jadval Tikuv iplarining uzish xarakteristikalari
Shartli raqam
(sotuvdagi)
Nisbiy uzilish kuchi, sN/teks
Uzilishdagi chо‘zilish, %
Analog bо‘yicha
Yangi usul
bо‘yicha
Analog bо‘yicha
Yangi usul
bо‘yicha
9
32,9
41,1 ± 3,7
18,5
22,4 ± 1,15
13
31,8
39,7 ± 3,1
19,5
23,6 ± 1,2
18
33,1
41,3 ± 2,5
18,3
22,0 ± 1,15
33
33,5
42,0 ± 2,3
17,0
20,5 ± 1,12
65
32,4
40,5 ± 1,85
17,2
21,6 ± 1,0
Tikuv iplarining nisbiy uzilish kuchi qiymatlari 2-rasmda keltirilgan.
Tikuv iplarining nisbiy uzilish kuchi gistogrammasi
Qonuniyat bо‘yicha iplar teksturlanayotganda, teksturlash koeffitsiyentidan
foydalaniladi (
K
z
).
Tabiiy xom ipakdan tikuv iplarini ishlab chiqarish teksturlashni talab qilmaydi,
shuning uchun eshilgan ipak iplarining chiziqli zichligini quyidagi formula orqali
aniqlashni tavsiya etamiz:
Sanoat sinovlari asosida biz tomondan xom ipakning mavjud chiziqli zichligini
hisobga olib, tikuv ipining har bir assortimenti bо‘yicha
α
va
β
koeffitsiyentlar
qiymatlari о‘rtasida tikuv iplari chiziqli zichligining о‘zgarish hisobiy qiymatlari
2jadvalda keltirilgan.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
54
Yangi ipak tikuv iplarini texnologik formulasi va chiziqli
zichligining og‘ish chegaralari
Shartli raqam
(sotuvdagi)
Tikuv ipak iplarini ishlab chiqarish sxemasi
Tikuv iplari chiziqli zichligining
og‘ish chegaralari, teks
9
3,0 - 3,3 teks x 14 Z 600 x 2 S 600
2,23 - 2,4 teks x 20 Z 700 x 2 S 700
80,5 - 89,7
81,3 - 91,2
13
3,1 - 3,2 teks x 9 Z 600 x 2 S 600
2,15 - 2,38 teks x 14 Z 700 x 2 S 700
55,6 – 61,6
56,3 – 58,2
18
3,1 - 3,2 teks x 8 Z 600 x 2 S 600
2,2 - 2,45 teks x 10 Z 700 x 2 S 700
46,5 – 55,2
44,9 – 50,9
33
3,1 - 3,3 teks x 6 Z 600 x 2 S 600
2,1 - 2,3 teks x 8 Z 700 x 2 S 700
37,2 – 42,5
33,6 – 40,9
65
3,1 - 3,2 teks x 3 Z 600 x 2 S 600
2,2 - 2,3 teks x 4 Z 700 x 2 S 600
18,3 – 19,1
18,9 – 20,0
Yuza zichligi yuqori bо‘lgan matolardan tikilgan mahsulotlarning
tajribaviy tadqiqotlari asosida biz tomondan ipak tikuv iplari chiziqli zichligi va
uzilish tavsiflari orasida ratsional munosabati hamda matolarning yuza
zichligiga mos keluvchi tikuv mashinalari ignalari raqamlari keltirildi
Ipak
tikuv iplarini ishlab chiqarish texnologik sxemasi
XULOSA
Yangi assortimentni ishlab chiqarish bilan tikuv iplarining klassifikatsiyasi
kengaydi. Ipak tikuv iplarining matolar qalinligiga va tikuv ignasiga mos tushishi
bo’yicha parametrlarining ratsional nisbati tavsiya etildi.
Biz tomonimizdan olib borilgan amaliy tajribalar natijasida Yaponiya
firmalarining eng zamonaviy dastgohlarini qо‘llab, mavjud texnologiyaga nisbatan 4
ta о‘timga qisqartirilgan yangi texnologiya ishlab chiqildi va Intellektual mulk
agentligining ixtiro uchun patenti olindi (IAP 05447).
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
55
REFERENCES
3.
Umurzakova X.X., Axmedov J.A., Xakimova Z.A. Tabiiy ipak xom
ashyosini yetishtirish holatlari va istiqbollari // “Texnika va texnologiyalarni
modernizatsiyalash sharoitida iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va
ishlanmalari” mavzusidagi OTM miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani, TTYESI. 5-6
may. -2016. -S. 39-42.
4.