Авторы

  • G’ofurova Umida Tursunovna
  • Omonova Nodira Nosirovna
  • Toshpo’latova Odina Nematovna

Биографии авторов

  • G’ofurova Umida Tursunovna

    Marg’ilon shahar 1-son politexnikumi ishlab chiqarish ta’lim ustasi.

  • Omonova Nodira Nosirovna

    Marg’ilon shahar 1-son politexnikumi ishlab chiqarish ta’lim ustasi.

  • Toshpo’latova Odina Nematovna

    Marg’ilon shahar 1-son politexnikumi ishlab chiqarish ta’lim ustasi .

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99426

Аннотация

Annotatsiya:Mazkur maqola  o’quv amaliyoti kasb- hunar  maktabining   o’quvchilariga mo’ljallangan. uslubiy ishlanmasi  TTS-tarmoq ta’lim standarti  talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlanadi.kadrlar tayyorlash barcha bosqichlarida uning samaradorligini oshirish  o’quv amaliyotiga oid bilimlarining salmog’iga bog’liq.Shu sababli   o’quvchilarning ushbu amaliyotdan egallashi lozim bo’lgan ko’nikma va malakalarini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

32

ZAMONAVIY VA PERSPEKTIV MODA YO‘NALISHLARI ASOSIDA KIYIM

MODELLARINI TANLASH VA ASOSLASH

G’ofurova Umida Tursunovna

Marg’ilon shahar 1-son politexnikumi ishlab chiqarish ta’lim ustasi.

Omonova Nodira Nosirovna

Marg’ilon shahar 1-son politexnikumi ishlab chiqarish ta’lim ustasi.

Toshpo’latova Odina Nematovna

Marg’ilon shahar 1-son politexnikumi ishlab chiqarish ta’lim ustasi .

Annotatsiya:Mazkur maqola o’quv amaliyoti kasb- hunar maktabining

o’quvchilariga mo’ljallangan. uslubiy ishlanmasi TTS-tarmoq ta’lim standarti

talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlanadi.kadrlar tayyorlash barcha bosqichlarida

uning samaradorligini oshirish o’quv amaliyotiga oid bilimlarining salmog’iga

bog’liq.Shu sababli o’quvchilarning ushbu amaliyotdan egallashi lozim bo’lgan

ko’nikma va malakalarini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratilgan.

Bo’lajak ishlab-chiqarish ta’limi ustalari uchun o’quv amaliyoti mavzusi bo’yicha

muhim ahamiyatga ega bo’lgan texnik shartlar texnologik talablar va yo’l -yo’riqli

xarita yoritilgan.bugungi kun talablari uchun bo’yicha zaruriy qo’llanma bo’lib xizmat

qiladi.

Mustaqil mamlakatimiz xalqining o‘sib borayotgan moddiy ehtiyojlarini har

tomonlama qondirish masalasini hal qilishda tikuvchlik ishlab chiqarish korxonalari

zimmasiga ham muhim vazifalar yuklanadi. Bu vazifalarni bajarish uchun kiyimlarni

modellashni mukammallashtirish, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy qilish,

tikuvchilik korxonalarini eng yangi jihozlar bilan ta’minlash talab qilinadi. Hozirgi

vaqtda tikuvchilik ishlab chiqarishi juda keng tarmoq bo‘lib, unda avtomatlashtirish va

mexanizatsiyalashtirishning ilg‘or vositalaridan, kompyuter texnikasidan, fan va texnika


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

33

yutuqlaridan keng foydalaniladi. Bularning hammasi tikuvchi mutaxassislardan yuqori

bilimli bo‘lishni, mahorat va malaka orttirishni talab qiladi. Xususiy mulkchilikka keng

yo‘l berilishi natijasida kichik va o‘rta korxonalar, xususan tikuvchilik korxonalari rivoj

topayotganligi bu talabni yanada oshirib yuboradi.

Buyumlarni konstruksiyalash ular konstruksiyasini yaratish jarayonidan iborat.

Konstruksiya buyumning haqiqiy kattalikdagi chizmasi bo‘lib, unda qirqimlar bo‘yicha

detallarning tutashish joylari va tikish usullari ko‘rsatiladi.

Moda sezilarsiz o‘zgargan sari, biz doimo unda yangilik va musaffolik kiritilganini

sezamiz. Bunda eskirgan modaning yangilanib borishini, hozirgi kun bilan

hamnafasligini, kiyim dastlabki elementlarining zamonaviylashishini namoyon etadi.

Hozirgi zamon modasida kelajakda kutilayotgan moda elementlarining shiddatli

rivojlanishini ko‘rish mumkin. Shuning uchun moda yildan-yilga rivojlanib bormoqda.

Zamonaviy moda maksimal ravishda qulaylikni ta’minlashga, zamonaviy kiyimning

funksional va estetik xususiyatlarining birlashib borishiga intiladi. Odatdagidek alohida

buyumlar birta ansamblga birlashtirilib, zamonaviy kiyimning shakl, bichim va rang

masalasini yechadi. Moda kiyim bichimi masalasining turli-tuman farq qilishi, turli

shakllarning birta bichimga birlashishiga imkon beradi. Kiyim uchun matolarning

ranglari zamona bilan uyg‘unlashgan. Yozga mo‘ljallangan kiyimlarda yorqin ranglar

o‘z ifodasini topgan. Zamonaviy moda yo‘nalishini tahlil qilib, loyihada o‘g‘il bolalar

yozgi kostyumining modeli tavsiya etiladi. Tanlangan model moda yo‘nalishiga

muvoffiq.

Kiyimni loyihalash talablar dasturini tuzishdan boshlanadi. Talablar ikki guruhga

ajratiladi: iste’molchilar talablari va ishlab-chiqarish talabi. Birinchi guruhga

ekspluatatsion, estetik, gigienik talablar, kiyimning tovarlik sifatiga, ko‘rinishiga oid

talablar kiradi.

Ekspluatatsion talablar deganda, kiyimning vazifasiga va foydalanish sharoitlariga

mosligi, qulayligi, chidamliligi, ishonchliligi, shaklining bar - qarorligi tushuniladi.

Estetik talablar deganda, kiyimning modaga mosligi, yangi materiallardan tikilganligi,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

34

yangi pardozlar ishlatilganligi, iste’molchilarning estetik did - larini qondirish

tushuniladi.

Gigienik talablarga kiyimning issiqlik balansi, havo o‘tkazuvchanligi, ichki (kiyim

ostidagi) nam-terdan yoki tashqi nam (qor-yomg‘ir) ta’siridan himoyalash darajasi,

yengilligi, konstruksiyasining qulayligi (kishining normal fiziologik funksiyalariga

xalaqit bermasligi) kiradi. Gigienik talablar ergonomik talablarni ham o‘z ichiga oladi,

ergonomik talablar esa antropometrik, gigienik va psixo-fiziologik moslikka oid bir

qancha ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.

Ikkinchi guruhga texnologik, standartlashtirish va uning usullari, tejamkorlikdan

iborat talablar kiradi. Tejamkorlik loyihalash xarajatlari, ishlab chiqarishni, texnologik,

konstruktorlik va texnik jihatdan tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek,

iste’molchilarning undan foydalanish xarajatlari bilan xarakterlanadi.

Bolalar kiyimining asosiy talablari: oddiylik va go‘zallik hisoblanadi. Kiyimni

loyihalash jarayonida bolaning yoshi, kiyimni kiyish shartsharoitlari, gazlamaning

xususiyatlarini e’tiborga olish kerak. Bolalar gavdasining mutanosibligi kattalar gavdasi

mutanosibligidan farq qiladi, shuning uchun bolalar kiyimining fasonlari kattalarnikini

takrorlanmasligi kerak. O‘g‘il bolalar kiyimlari ham qulay va chiroyli bo‘lishi kerak.

O‘g‘il bolalarga ko‘pincha oddiy bichimdagi kostyumchiklar, shimlar, shortiklar,

kombinezonlar tikish mumkin. Maktab yoshidagi bolalar uchun shim, turli fasondagi

ko‘ylaklar, koketkali, koketkasiz, yoqali plankali kiyimlar kiyish tavsiya qilinadi.

Modelga tasnif: Yozgi kostyum (ko‘ylak va shorti) maktab yoshidagi o‘g‘il

bolalarga mo‘ljallangan bo‘lib, trikotaj matosidan tikilgan. Kostyum to‘g‘ri siluetli

bo‘lib, ko‘ylak va shortidan iborat. Ko‘ylak old chap bo‘lagida 1 ta qoplama cho‘ntak

bor.

Ko‘ylak old bo‘lagi taqilmasi kalta, 2ta plankali bo‘lib, 2ta tugma va 2ta izmada

o‘tkaziladi.

Yengi o‘tqazma, bir chokli. Ko‘ylakning yengi va bo‘yin o‘mizida beyka ulangan.

Shorti to‘g‘ri shaklda.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

35

Shorti bel qirqimiga belbog‘ ulangan bo‘lib, elastik lenta bilan ishlov berilgan.

Shortining old bo‘lagida 2 ta yon chokdagi cho‘ntaklar bor. Ko‘ylakning etagi va shorti

pochasi bukib tikilgan.

Ushbu ko‘ylak va shorti kundalik kiyishga mo‘ljallangan bo‘lib, yozga kiyib

yurishga qulay, zamonaviy moda talabiga javob beradi.

Loyihalanayotgan kiyim uchun materiallar tanlash va asoslash

Shularni inobatga olib, loyiha ishida yuqorida ko‘rsatilgan barcha talablarga javob

beradigan trikotaj matosidan o‘g‘il bolalar yozgi kostyumining yangi modellari tavsiya

etiladi. Tanlangan modellar faqat estetik talablargagina emas, balki gigienik va

ekspluatatsion talablarga ham muvoffiqdir.

Kiyim ishlab chiqarish avvalo, kiyimni tayyorlash uchun kerakli bo‘lgan matoni

tanlashdan boshlanadi. Model va uning konstruksiyasini yaratishda o‘ta sifatli mahsulot

olishning eng muhim shartlaridan biri, zamonaviy talablarga javob beradigan,

mahsulotning konstruktiv aniqliklarini, tayyorlashda qo‘llaniladigan usullar va kiyinish

talablarini hisobga olgan holda to‘g‘ri va asoslangan mato tanlash hisoblanadi.

Kichik maktab yoshidagi o‘g‘il bolalar yozgi kostyumi (ko‘ylak va shorti) uchun

asosiy mato sifatida quyidagi matolar qo‘llaniladi: faqat paxtadan yoki paxtaga viskoza,

lavsan aralashtirib to‘qilgan trikotaj polotnolar.

Buyumlarni tayyorlash uchun qo‘llaniladigan trikotaj polotnolarining assortimenti

o‘rilishlarining, tola tarkibining, naqshli effektining turiga qarab va fizik-mexanik

xususiyatlari bo‘yicha turli xil bo‘ladi.

Trikotaj ichki kiyim, ust kiyim va sport uslubidagi buyumlarini tayyorlashda

qo‘llaniladi. Keyingi yillarda tikuvchilik tarmog‘iga erkaklar, ayollar, bolalar

ko‘ylaklari, kostyumlari va paltolarini tayyorlash uchun o‘z shaklini saqlaydigan trikotaj

polotnolari ko‘p miqdorda kirib keldi. Trikotaj fabrikalarida asosiy, hosila va naqsh

o‘rilishli bo‘lgan oddiy va kam cho‘ziladigan polotnolardan ichkiyim, ustkiyim va sport

kiyimlari tayyorlanmoqda.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

36

Buyumlar ishlab chiqishda ko‘ndalang va tandali bir va ikki qavatli trikotaj

polotnolari qo‘llaniladi. Bu polotnolar tashki ko‘rinishidan silliq va naqshli effektli

tuzilishlarga bo‘linadi. Ichki kiyimlarni ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladigan silliq

poltnolarga ko‘ndalang to‘qilgan glad, lastik va interlok, naqshli polotnolarga

yupqalastikli presslangan petlyali, triko-sukno o‘rilishli, zanjirli-sukno, zanjirli-triko

tandali polotnolar kiradi.

Barcha trikotaj polotnalari standartlashtirilgan. Polotno ishlab chiqarishning xar bir

turi davlat standarti yoki texnik shartlarda ko‘rsatilgan. Ularda polotnoning sifat

ko‘rsatkichlari, ya’ni uning tola tarkibi, tola va ipning qalinligi, o‘rilishining turlari,

to‘quv mashinalarining sinflari va turlari, petlya uzunligi, 50 mm. uzunlikdagi

gorizontal va vertikal bo‘yicha qalinligi, zichligi, uzishgacha cho‘zilishining uzayishi va

mustahkamligi, suvga kirishishining foizi berilgan.

Trikotajning fizik-mexanik xususiyati fakat o‘rilishining turiga emas, balki

material tola tarkibiga, uni tashkil etgan ipining tuzilishi va qalinligiga, material zichligi

va pardozlash operatsiyalarining xarakteriga bog‘liq. Trikotaj polotnolari olinadigan

ipning tola turi, tuzilishi va chiziqli zichligi ularning mustahkamligini, qayishqoqligini,

yemirilishga chidamliligini, havoo‘tkazuvchanligini va issiqni saqlash xususiyatini,

xamda qalinlik va yumshoqligini bildiradi. Ipning chizikli zichligi va trikotajning

zichligi uning massasi va qalinligini tavsiflaydi. Trikotajning qalinlashuvi bilan uning

issiqni saqlash xususiyati, ko‘p karra cho‘zilishiga va yemirilishga mustaxkamligi

oshadi.

Buyum konstruksiyasini ishlab chiqishda trikotajning cho‘ziluvchanligini inobatga

olish kerak. Buyumlarni tikish jarayonida kiyimning chok chizig‘i bo‘ylab tortilmasligi

va differensialli gazlama surish mexanizmli tikuv jihozlarining qo‘llanilishidir. Bu

mexanizmning ikkita reykasi bo‘lib, mashina tepkisi ostidan matoni berib va cho‘zib

turadi, bu reykalarning surilishi shunday sozlanishi kerakki, tepki ostidagi mato katta

tezlikda harakatlanadi, tepki ostida cho‘zilishi kamayadi. Buyumga oxirgi pardoz

shunday berilishi kerakki, kiyim cho‘zilmasligi darkor.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

37

Trikotajga ahamiyatsiz cho‘zish kuchi yuklangandan keyin o‘z shaklini qaytib

tiklash xususiyati polotnoning o‘rilishiga, to‘qilishining zichligiga va tola tarkibiga

bog‘liq. Shunday qilib, loyihalanayotgan o‘g‘il bolalar yozgi kostyumining yangi

modeli uchun tanlangan trikotaj matosi konstruktor-texnologik talablarga javob berishi,

ya’ni, yaxshi shakllanishi, choklarning cho‘ziluvchanligi kam bo‘lishi, yaxshi

dazmollanishi, tikish jarayonida qiyinchiliklar tug‘dirmasligi kerak.

FOYDADANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI

1.X.X,Kamilova, N.K.Xamraeva ,,Tikuv buyumlarini konstruksiyalash’’ Oliy

o‘quv yurtlari uchun darslik. O‘zR Oliy va rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.:

“Cho‘lpon”nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011.- 400b.

2. Ye.B.Koblyakova , A.V.Savostiskiy, G.S.Ivleva i dr. Osnovы konstruirovaniya

odejdы. M., Legkaya industriya, 1980.- 448 s.

3. L.P. Shershneva. Konstruirovanie jenskoy odejdы na tipovыe i netipovыe

figurы. M., Legkaya industriya, 1980.- 232 s.

4. Koblyakova Ye.B. i dr. Konstruirovanie odejdы s elementami SAPR. M., 1985.

5. Rogova L.P. Erkaklar va bolalar ustki kiyimini konstruksiyalash asoslari. T.,

1986.

6. L.F. Pershina, S.V. Petrova. Texnologiya shveynogo proizvodstva M.,

Legprombыtizdat, 1991

7. A.V. Savostiskiy, Ye.X. Melikov. Texnologiya shveynыx izdeliy M., "Legkaya

i piщevaya promыshlennost", 1982.-440s.

8.B.A.Buzov, T.A.Modestova, N.D. Alыmenkova. Materialovedenie shveynogo

proizvodstva M., Legprombыtizdat, 1986.-424s.

9. Jabborova M.Sh. Tikuvchilik texnologiyasi. T., «O‘qituvchi», 1989.-217b.

10. Jabborova M.Sh. Tikuvchilik texnologiyasi. T., «O‘qituvchi», 1990.-310b.

11. Izmesteva A.Ya., Yudina L.P., Umnyakov P.N. Proektirovanie predpriyatiy

shveynoy promыshlennosti. M., «Legkaya i piщevaya promыshlennost», 1983. .- 264s.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

38

12. A.Ya. Izmesteva i dr. «Texnologicheskie raschetы osnovnыx sexov shveynыx

fabrik», M., «Legkaya industriya», 1978 y.

13. P.P. Koketkin i dr. Promыshlennaya texnologiya odejdы. Spravochnik. M.,

Legprombыtizdat, 1988.-640s.

14. I.S. Zak, I.K. Goroxov i dr. Spravochnik po shveynomu oborudovaniyu

M.,Legkaya industriya, 1988.-272s.

15.I.S.Zak «Kompleksno-mexanizirovannыe linii v shveynoy promыshlennosti»

M.,Legprombыtizdat 1988 y.

16. Yu.A.Domojirov, V.P. Poluxin. Vnutriprotsessnыy transport shveynыx

predpriyatiy M., Legprombыtizdat, 1987

17.Olimov Q.T, Uzoqova L.P. Shveynыe mashinы.Sharq», Tashkent, 2006.