https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
24
O’G’IL BOLALAR KO’YLAGI VA KALTA SHIMINING KONSTRUKTSIYAH
VA MODELLASHTIRISH QONUNIYATLARI
Axrorova Karomat Axmadovna
Marg’ilon shahar 1-son politexnikumi.
Mirzayeva Barnoxon Baxtiyorrdjanovna
Marg’ilon shahar 1-son politexnikumi.
Abduraxmonova Nodira Ne’matovna
Marg’ilon shahar 1-son politexnikumi.
Annotatsiya:Mazkur maqola o’quv amaliyoti kasb- hunar maktabining
o’quvchilariga mo’ljallangan. Uslubiy ishlanmasi TTS-tarmoq ta’lim standarti
talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlanadi.kadrlar tayyorlash barcha bosqichlarida
uning samaradorligini oshirish o’quv amaliyotiga oid bilimlarining salmog’iga
bog’liq.Shu sababli o’quvchilarning ushbu amaliyotdan egallashi lozim bo’lgan
ko’nikma va malakalarini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratilgan.Bo’lajak ishlab-
chiqarish ta’limi ustalari uchun o’quv amaliyoti mavzusi bo’yicha muhim ahamiyatga
ega bo’lgan texnik shartlar texnologik talablar va yo’l -yo’riqli xarita
yoritilgan.Bugungi kun talablari uchun bo’yicha zaruriy qo’llanma bo’lib xizmat
qiladi.
O’g’il bolalar kiyimining formalari va modalari tobora ko’payayotganligi katta
yoshdagi kishilar kiyimlarining turlari hamda formalarining ko’payishi bilan
chambarchas bog’liq.
Hozirgi bolalar kiyimining asosiy sifat ko’rsatkichlaridan biri uning
funktsionalligidir. Kiyimning funktsionalligi kompleks tushuncha bo’lib, kiyimning
konstruktiv va estetik xarakteristikasini, unga qo’yiladigan fiziologik, sotsial va
texnologik talablarini o’z ichiga oladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
25
Maktab yoshidagi bolalarning kiyimlari xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Maktab
bolalarining kiyimlar garderobini maktab formasidagi o’quvchilar kiyimi bilan bir
qatorda, sport kiyimlari tashkil etadi. Kundalik kiyimning turli uslubdagi formalari va
qat-qatligi bilan xarakterlanadi. Ko’proq to’g’ri bichimli tikilishi uning yeng o’miziga
o’tqazib tikiladigan yoki reglan bichimli yoki kombinatsiyalashtirilgan bo’lishi
mumkin, cho’ntaklar turli bo’lishi mumkin.Formalar universallashtirilishi natijasida
beshta yosh guruhi o’rniga ikki guruh qoldirildi: 3 dan 12 yoshgacha va 12 dan 18
yoshgacha bo’lgan bolalar guruhlari, 12 yoshgacha bo’lgan davr modaga beparvo
qaraladigan davr hisoblanadi. Bu guruhga mansub bolalarning kiyimlari qulay, shinam,
maqsadga loyiq qilib tikilishi bilan birga, badiiy bezatiladi. Bu: applikatsiya, kashta,
kiyimni chiroyli ko’rsatadigan rasmlar atrofdagi muhitni bilish vositalari hisoblanadi.
12 yoshdan katta boalalarning kiyimlari katta yoshdagi kishilarning kiyimlariga oz-
ozdan o’xshatila beriladi.
Bolalar modasida yangilik, birinchi navbatda, yangi turdagi kiyim assortimentlarini
ko’payishidir. Bolalar kiyimini loyihalashning asosiy yo’nalishlaridan biri-kiyimning
kombinatsiyalashtirilgan formasini hosil qilish bilan birga, ayrim buyumlarning o’zaro
almashuvchanligiga erishishdir.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
26
Hozirgi kunda bolalar kiyimining yetakchi va asosiy bichimi to’g’ri bichimli
kiyimdir; to’g’ri bichimning variantlari juda ko’p.
Bolalarning keng tarqalgan kiyimi formasining to’kisligi bilan ajralib turadi.
Kiyimning belga yopishib turish darajasi assortiment guruhlariga bog’liq.
Hozirgi vaqtda sovuq o’tkazmaydigan material, qavilgan katta hajmli, yopishib
turadigan formadagi kiyimlar keng tarqalgan.
Ularning yelka chizig’i kengaytirilgan va
yengillashtirilgan. Yenglari reglan va o’tqazma
bo’ladi. Yengi o’mizga o’tqazib tikiladigan
kiyimning
o’mizi
pasaytirilgan
va
chuqurlashtirilgan. Koketkalari baland va
kichik. Bel chizig’i tabiiy o’rnida. Bo’laklar
soni-juda kam; ular maqsadga loyiq va
konstruktiv xarakterda.Cho’ntaklarga turlicha
ishlov beriladi;
Yakka buyumlardan iborat komplekt
kiyimlarning eng ko’p tarqalgan turiga
aylanmoqda;
yilning
fasliga,
vaziyatga,
qomatning o’zgarishiga va boshqalarga qarab, bu buyumlardan boshqa turdagi komplekt
tuzish ham mumkin. O’g’il bolalar ko’ylagi va kalta shimi 8-9-yoshdagi bolalarga
mo’ljallangan bo’lib, yoqasi o’tqazma yoqali. Old bo’lak taqilmasi plankali bo’lib, chap
tarafida qoplama cho’ntak joylashgan. Ko’ylak yengi o’tqazma yeng, yeng uchi
plankali. O’g’il bolalar kalta shimi beli rezinkada, yon qirqimida yon qirqimidagi
qirqma cho’ntak joylashgan. Gulfik bezak chok bilan tikilgan. O’g’il bolalar kalta
shimining etak qismiga planka qo’yilgan. O’g’il bolalar kiyimining chizmasini chizish
uchun zarur hisoblash tartibi qo’llaniladi. Bunda hisoblash, chizma chizish va chizmani
kontrol qilish bosqichlarining hammasi saqlanib qoladi. Marfologik belgilarining o’ziga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
27
xos jihatlari hisoblash formulalarining koeffitsentlarida, erkin xadlarida, shuningdek,
konstruktsiyaning turli uchastkalariga oid ustamalarda va chok haqida o’z aksini
topadi.Standart jussali o’g’il bolalarning kiyimlari hamda shimlarining chizmasi va
hisobi uchun kerak bo’ladigan o’lchov belgilari jadvaldan yoki «O’g’il bolalar
kiyimlarini konstruktsiyalash metodikasi (SNIIGIP)» dan olinadi.
O’g’il bolalar ko’ylagi va kalta shimining konstruktsiya chizmasi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
28
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.Shavkat Mirziyoev “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom
ettirib,yangi bosqichga ko‘taramiz” Toshkent – “O‘zbekiston”-2018.
2.Shavkat Mirziyoev “Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng
oliy baxodir” Toshkent – “O‘zbekiston”-2018.
3. Shavkat Mirziyoev “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz” Toshkent – “O‘zbekiston”-2016.
4. Shavkat Mirziyoev “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” Toshkent –
“O‘zbekiston”-2017.
5. Jabbarova M. «Tikuvchilik texnologiyasi», O‘zbekiston, 1994 y.
6. Litvinova I.N. «Ayollar ustki kiyimini tikish», Legpromizdat, 1987 y.
7. «Sehrli igna», O‘zbekiston, 1990 y.
8. Litvinova I.N., «Izgotovlenie jenskoy i detskoy verxney odejdы»,
Legkaya industriya, 1981 y.
Internet saytlari:
http://ni-tochka.ru
http://book.t-stile.info/category
http://tvorim.e-gloryon.com