Авторы

  • Shukurova Sevinch Bahodir qizi

Биография автора

  • Shukurova Sevinch Bahodir qizi

    O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti

    Ingliz Filologiyasi 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99455

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: o’zbek she‘riyati milliy urf-odatlar Toshkent ona yurt tabiat obrazi vatanparvarlik.

Аннотация

Annotatsiya: Aleksandr Faynbergning ijodida Vatan timsoli o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘lgan. U o‘zining she’rlari va nasriy asarlarida ona yurtga bo‘lgan samimiy mehr-muhabbatni chuqur aks ettiradi. Ayniqsa, Toshkent va O‘zbekiston manzaralari uning ijodining markaziy motivlaridan biridir. Ushbu maqolada Faynberg ijodida ona yurtga bo’lgan sevgi, tabiat va tarixiy merosga bo’lgan chuqur hurmat yoritib berilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-5_ Январь-2025

103

ALEKSANDR FAYNBERGNING IJODIDA VATAN TIMSOLI

Shukurova Sevinch Bahodir qizi

O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti

Ingliz Filologiyasi 2-kurs talabasi

Annotatsiya: Aleksandr Faynbergning ijodida Vatan timsoli o‘ziga xos ravishda

namoyon bo‘lgan. U o‘zining she’rlari va nasriy asarlarida ona yurtga bo‘lgan samimiy

mehr-muhabbatni chuqur aks ettiradi. Ayniqsa, Toshkent va O‘zbekiston manzaralari

uning ijodining markaziy motivlaridan biridir. Ushbu maqolada Faynberg ijodida ona

yurtga bo’lgan sevgi, tabiat va tarixiy merosga bo’lgan chuqur hurmat yoritib berilgan.

Kalit so’zlar: o’zbek she‘riyati, milliy urf-odatlar, Toshkent, ona yurt, tabiat

obrazi, vatanparvarlik

.

Kirish

. Aleksandr Faynberg o’zbek she‘riyatining eng ko’zga ko’ringan namoyon-

dalaridan biri ekanligi shubhasiz. Uning ismi va ishi butunlay o’zbek muxlislari va

shoirlari orasida o’zgarmasdir. Faynberg she'riyatida tarixiy va hozirgi davrlar, G'arb va

Sharq, millatchilik va baynalmilallik, alohida estetik soha yaratish uchun birlashdi.

Aleksandr Arkadevich oʼz vatanining haqiqiy vatanparvarligi uchun juda qadrlidir.

Aleksandr Faynbergning mumtoz sheʼriyatning eng yaxshi anʼanalari va Oʼzbekiston

zaminiga mehr-muhabbat tuygʼulari singdirilgan beqiyos va noyob asarlari

adabiyotimiz tarixida alohida sahifadir. Aleksandr Faynbergni tilidan yoki millatidan

qatʼi nazar, Oʼzbekistondagi barcha adabiyot ixlosmandlari yaxshi bilishadi va hurmat

qilishadi.

Shoir O’zbekistonni ona vatanim deya jondon ortiq sevdi, ona deya ardoqlagan

vataniga mehr-u muhabbat, shukronalik tuyg’ularini izhor etishdan tolmadi. She’rlari

hamda nasriy asarlari O’zbekistonning jannatmakon manzaralarini, xalqimizning milliy


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-5_ Январь-2025

104

urf-odatlarini, yuksak madaniyati va ma’naviyatini tasvirladi. Har bir tasvirni samimiy,

yurakni jiz ettiradigan muhabbat harorati ila jonli va hayotiy ifodalaydi.

O’zbekiston xalq shoiri, Kinomatografiya uyushmasi a’zosi Aleksandr Faynberg

Rossiya prezidenti tomonidan O’zbekiston O’rtasidagi madaniy aloqalarga munosib

hissa qo’shganligi uchun Pushkin medali bilan taqdirlandi. Prezidentimizning

tashabbusi bilan yangidan bunyod etilgan adiblar xiyobonida mumtoz va zamonaviy

adiblarning ulug’ namayondalari qatorida Aleksandr Faynberg haykali ham qad rosladi.

Faynberg samimiy yozuchi, u she’rlaridagi holatlarni tabiiy bo‘yoqlarda

tasvirlaydi, har qanday bo‘rttirishlardan yiroq. She’rlari tabiat manzaralaridan tortib,

o‘zbek milliy qadriyatlari, vatanga bo‘lgan sevgi, muhabbat, baxt, do‘stlik, ijtimoy-

hayotiy mavzularni o‘z ichiga oladi. “Vatan” nomli she’rida u shunday deydi:

Dalalarni kezdim qadamma-qadam,

Teodolit ko‘tarib, o‘lchadim tanob.

Loysuvoq uylarda simirdim chalob,

Eshiksiz hovlilar ochiqdir mudom.

Mushfiq yurt. Shu yerda nasl-u nasabim –

O‘zbekistondadir xokim, turobim.

Hoy, Yevropa! Seni tanimayman ham.

She’rdan shuni anglashimiz mumkin-ki, Faynberg uchun yurt dalalari,

loysuvoq uylari, eshiksiz hovlilari-yu, doim ochiq turadigan uylar, hamma-

hammasi qadrli. Yana u nasl-u nasabi, xokini ham shu yurt bilan chambarchas bog‘laydi.

Bir so‘z bilan aytganda she’rlari ko‘rinishidan sodda, ammo teran ma’nolarni

mujassamlashtira olgan.

"Ona shahrim Toshkentim" nomli nasriy asarida shunday yozadi: "Men

Rossiyaning poytaxtiga mehmon boʻlib kelganman. Mana, u bamisoli kaftimning ustida

turgandek butun borlig'i bilan ko'rinmoqda. O'n sakkizinchi qavat derazasidan ushbu

shaharning ufqqa cho'zilib ketgan tarxiga boqaman va ich- ichimdan o'kinaman.

O'kinaman, o'ksinaman! Bu shahar revolutsiya yillarida mening yolg'izgina onamni


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-5_ Январь-2025

105

Magadan ostonasiga uloqtirib yuborgan edi. Ko'p yillar o'tgandan so'ng faqatgina

Toshkent uni o'z bag'riga oldi va ellik darajali sovuqlarda qolgan vujudini mehr bilan

isitdi".

Qalbi quyoshdek issiq, bag'ri keng. oq ko'ngil o'zbek xalqning mehr-u

saxovatidan bahramand bo'lganini taqdirning cheksiz inoyati va rahm-u shafqati deb

biladi shoir. Agar ota-onam Toshkentga kelmaganida urush payti nemis- fashistlar

qirg'inidan omon qolmas edik. balki men hali dunyoga kelmasdanoq juvarmarg bo'lar

edim, degan iqrorini takror-takror eshitganmiz. "Onam Moskvada, otam Piterning

shundoqqina biqinidagi Gatchina shahrida tug'ilgan. Biroq ular Toshkentga Sibirdan

ko'chib kelishgan. Hoynahoy, men aynan shu yerda tug'ilishim uchun ko'chib kelishgan

bo'lsa kerak..." Uning otasi Arkadiy Lvovich, onasi Anastasiya Aleksandrovna

Faynberg.

Xulosa.

Tabiat obrazlari Faynberg she’riyatida ona yurtdagi go‘zallikni ulug‘lash

vositasi sifatida ishlatilgan. Daraxtlar, tog‘lar va dalalar orqali Vatan qiyofasi

tasvirlanadi. Bu timsollar shoirning ona yurtga bo‘lgan mehrini kuchaytiradi. Umuman

olganda, adabiyot insonni ruhiyatiga kira oluvchi bir yo‘l. Bu yo'lda Aleksandr Faynberg

ijodi va she’rlari o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, ma’naviyatimizni boyita

oladigan, inson qalbini to‘lqinlantira oladigan bir tarmoqdir. Adabiyotimizni dunyoga

tanish uchun qilgan mehnatlari xalqimiz qalbidan o‘rin egallagan.

Foydalanilgan Adabiyotlar:

1. Sirojiddinov.Sh, Jo’rayeva.G, U.Hamdam, Abdullayeva.M A program and

methodical manual for studying Alexander Arkadyevich Feinberg’s life and work.
Tashkent -2020.

2. Aleksandr Faynberg. Qoralanmaga qasida. – Toshkent: Adabiyot, 2021.
3.

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/jahon-she-riyati/rus-

sheriyati/aleksandr-faynberg-1939-2009

4.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Aleksandr_Faynberg

5. Rashidova Amina O'ktam qizi. Aleksandr Faynberg ijodiy merosi. Journal of

science-innovative research in Uzbekistan, 2024 March

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)