Авторы

  • Rahmonqulov Farhod Jo'ramurod o'g'li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99458

Ключевые слова:

Kalitso’zlar: Raqobatbardosh iqtisodiyot milliy iqtisodiyot tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti ishlabchiqarish resurslari ochiq iqtisodiytizim

Аннотация

ANNOTATSIYA Mazkur maqolada yangi O`zbekistonda iqtisodiyotning ma`naviyatga ta`siri borasida so`z yuritiladi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-5_ Январь-2025

89

IQTISODNING MA`NAVIYATGA TASIRI

Rahmonqulov Farhod Jo'ramurod o'g'li

ANNOTATSIYA Mazkur maqolada yangi O`zbekistonda iqtisodiyotning

ma`naviyatga ta`siri borasida so`z yuritiladi

Kalitso’zlar: Raqobatbardosh iqtisodiyot, milliy iqtisodiyot, tadbirkorlik, bozor

iqtisodiyoti, ishlabchiqarish resurslari, ochiq iqtisodiytizim

KIRISH.

Rivojlangan davlatlarning iqtisodiy hayotiga raqamli iqtisodiyotni joriy

etish allaqachon boshlangan. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va raqamli

texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida O’zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga

raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib bo’lmaydi.

Yaqinda davlatimiz rahbarining “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” nomli

birinchi fundamental kitobi chop etildi. Yaqin besh yil davomida amalga oshiriladigan

Taraqqiyot strategiyasining o‘tgan besh yilda mamlakat hayotining barcha sohalariga

tatbiq etilgan Harakatlar strategiyasiga o‘xshash jihati haqida so‘z borganda, mazkur

strategik hujjat ham albatta keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilganidan

so‘nggina

qabul

qilinganiga

e’tibor

qaratish

lozim.Davlatimiz

rahbari

ta’kidlaganidek, «Inson qadri uchun» tamoyilini barcha islohotlarimizning bosh mezoni

sifatida belgiladik. «Davlat – inson uchun» degan ezgu g‘oyani hayotga tatbiq etish

maqsadida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

strategiyasini bevosita xalqimiz bilan maslahatlashib, odamlarimizning fikr va takliflari

asosida ishlab chiqdik». Jamiyat hayotining tanasi – iqtisodiyot, joni varuhi – ma’naviya

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi yettita ustuvor yo‘nalishni qamrab olgani,

mohiyatiga ko‘ra, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-5_ Январь-2025

90

chiqish masalasi ana shu ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilangani bilan Harakatlar

strategiyasidan alohida ajralib turadi. Shu ma’noda, ushbu dasturulamal hujjatda

belgilangan ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash bilan bog‘liq maqsad-vazifalar xususida

so‘z yuritish ayni muddaodir.Taraqqiyot strategiyasining boshqa oltita ustuvor maqsadi:

inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada

rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;

mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning

eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;

milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini

ta’minlash;

adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;

milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga

yondashish;

mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq,

pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish – bularning barchasi ma’naviy

taraqqiyot mezonlari bilan chambarchas bog‘liq.

Bu bejiz emas. Chunki, “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning

joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz,

ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi bozor tamoyillariga asoslangan kuchli

iqtisodiyot. Ikkinchisi ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan

kuchli ma’naviyat”.Ushbu fikrlarni Prezidentimiz ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini

tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini

kuchaytirish masalalari bo‘yicha 2021 yil 19 yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor

yig‘ilishida bildirdi. Davlatimiz rahbari mazkur yig‘ilishda so‘zlagan nutqning

mazmun-mohiyati va ahamiyati keyinchalik Yangi O‘zbekiston taraqqiyot


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-5_ Январь-2025

91

strategiyasida o‘z aksini yanada yaqqol topdi.Yangi O‘zbekiston taraqqiyot

strategiyasi “Inson qadri uchun 100 ta maqsad”dan iborat bo‘lib, shundan 8 tasi, ya’ni

71-78-maqsadlar bevosita ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash masalalariga taalluqli

hisoblanadi. Taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirishga doir Davlat

dasturida 398 ta band belgilangan bo‘lsa, shuning 29 tasi – 257-285-bandlar aynan

ma’naviyat sohasiga oid chora-tadbirlardir.Joriy yil 24-26 mart kunlari Toshkent

shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida Prezidentimiz

iqtisodiyot va ma’naviyatning o‘zaro uzviy bog‘liqligi haqida yana bir bor batafsil

to‘xtaldi. Zero, O‘zbekiston zamini ko‘p asrlar davomida dunyoning turli

mintaqalaridagi savdogar, ishbilarmon va tadbirkorlar e’tiborini o‘ziga tortib kelgan.

Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans

Taraqqiyot strategiyasining 71-maqsadi: “Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga

asoslangan “Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari” g‘oyasini keng

targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy

harakatga aylantirish” deb nomlangan. Bu maqsad ijrosi doirasida joriy yilgi Davlat

dasturida yetti banddan iborat vazifalar ko‘zda tutilmoqda.Dastlabki vazifa “Yangi

O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirishdir. Buning uchun

ayni paytda mazkur konsepsiya va uni amalga oshirish milliy dasturini ishlab chiqishga

kirishildi.Binobarin, biz buyuk tarix, buyuk davlat, buyuk madaniyat yaratgan, dunyo

tamadduni rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, adolatni qadrlaydigan xalq farzandlarimiz.

Moziy shohidki, IX-XII asrlarda mintaqamizda yuz bergan va Musulmon

Renessansi deb

nomlangan Birinchi

Sharq Uyg‘onish davrida ham, butun

dunyoda Temuriylar davri Renessansi deya e’tirof etilgan XIV-XVI asrlardagi Ikkinchi

Sharq Uyg‘onish davrida ham jamiyatda e’tiqod mustahkam, ma’naviyat kuchli,

insonlar dunyoqarashida ma’naviyat ustuvor, davlatchilik tuzumida ma’naviyat va

ma’rifat yetakchi bo‘lgan.Sharqning butun insoniyat tarixidagi nodir ijtimoiy hodisa

bo‘lgan har ikki Renessansi buyuk ajdodlarimizning ilm-ma’rifat va kuchli e’tiqod,

diniy bag‘rikenglik va insonparvarlik borasidagi ezgu g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan edi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-5_ Январь-2025

92

Bu g‘oyalar bizning davrimizda, O‘zbekiston mustaqilligi yillarida alohida, yanada

teran ma’no-mazmun kasb etib bormoqda. Har ikki Renessans davrida ilmu ijod bilan

mashg‘ul bo‘lgan buyuk ajdodlarimiz va ulug‘ allomalarimiz o‘zlarining yuksak

ma’naviyati, sobit e’tiqodi, havas qilsa arzigulik milliy g‘urur va faxr-iftixor tuyg‘ulari,

milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga yo‘g‘rilgan go‘zal va noyob fazilatlari bilan

alohida ajralib turgan.

Sevimli shoirimiz Abdulla Oripovning mashhur “O‘zbekiston” qasidasida e’tirof

etilganidek:

“Temur tig‘i yetmagan joyni

Qalam bilan oldi Alisher”.

Temuriylar davri Renessansining yorqin namoyandasi bo‘lmish davlat arbobi,

buyuk alloma, ulug‘ shoir va mutafakkir ajdodimiz Alisher Navoiyning oliymaqom

ma’naviyati yurtimiz asrlar osha taraqqiy topishi hamda millatimiz qadr-qimmati olam

aro yuksalishi borasida buyuk sohibqiron Amir Temur bobomizning mohirona

davlatchilik faoliyati va harbiy jasoratidan sira kam bo‘lmagan darajada ulug‘vor o‘rin

tutadi.Taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirishga doir Davlat dasturida

belgilangan vazifalardan yana biri “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” shiori

ostida "Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans” g‘oyasining ro‘yobga chiqarilishini

ta’minlashdir.

Bu

jarayonda:birinchidan, “Yangi

O‘zbekiston

taraqqiyot

strategiyasi" mavzusida plakatlar turkumi, multimedia va boshqa zamonaviy targ‘ibot

mahsulotlari yaratish;

ikkinchidan, “O‘zbekiston qahramonlari", “Ma’naviyat lug‘ati" kitoblarining

taqdimotini o‘tkazish;uchinchidan, “Ma’naviyat festivali"ni har yili o‘tkazib borish

ko‘zda tutilmoqda.Shuni ham ta’kidlash kerakki, davlatimiz rahbari ma’naviyat

yo‘nalishidagi dolzarb vazifalarni, ma’naviy-ma’rifiy yangi Uyg‘onishning ilmiy-

nazariy va metodologik asosini yaratib berdi.Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Biz

yaratayotgan yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-5_ Январь-2025

93

bo‘ladi”. Mafkura, avvalo, fikr tarbiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasi,

deganidir. Bu qadriyatlar esa xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va

qadriyatlariga tayanadi.“Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning

tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga

o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur”, deydi

Yurtboshimiz.Binobarin, ana shu sa’y-harakatlarimiz samarasi sifatida yuzaga

chiqadigan ma’naviy-ma’rifiy Uyg‘onish biz bunyod etishga kirishgan Uchinchi

Renessans uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Yanada aniq qilib

aytganda, Uchinchi Renessansning muhim asosini ma’naviy-ma’rifiy uyg‘onish tashkil

etadi.Kitobsevar millat bo‘laylik!Taraqqiyot strategiyasi 72-maqsadining mavzusi:

“Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni

keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga

chiqarish”. Shu maqsadga erishish uchun aholiga axborot-kutubxona xizmat

ko‘rsatishni yanada rivojlantirish hamda sohada yagona boshqaruv tizimini joriy etish

va kitobxonlikni keng ommalashtirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.Bu

o‘rinda, albatta, birinchi navbatda, Prezident kutubxonasini tashkil etish va uni samarali

faoliyat olib borishini ta’minlash talab etiladi. Sohani davlat tomonidan moliyaviy

qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish tizimini joriy etish ham juda muhim.

Bundan tashqari, Davlat dasturida qayd etilgan:

o‘zbek milliy mumtoz va zamonaviy adabiyoti namunalarini jahon tillariga

sifatli o‘girishga doir tarjimonlik maktablarini rivojlantirish;

xorijiy tillarga tarjima qilingan o‘zbek ijodkorlari asarlarini keng targ‘ib

qilishni tizimli yo‘lga qo‘yish;

jahon adabiyotining eng sara namunalarini vosita va original tillardan

o‘zbek tiliga tarjima qilish tizimini keng qo‘llab-quvvatlash;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-5_ Январь-2025

94

noshirlikning “print-on-demand” tajribasi hamda soha xizmat ko‘rsatuvchi

vakillarining workfarm” onlayn maydonchasini shakllantirish;

nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek, bolalar uylari tashkil

etayotgan

oilalarga

kitoblar

to‘plami

taqdim

etish

va “Mehr

kutubxonasi” loyihasini amalga oshirishga oid vazifalarni izchil bajarish zarur.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda ommaviy

kutubxonalar soni 400 tani tashkil etadi. Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini

chuqur o‘rganamiz va keng targ‘ib etamizTaraqqiyot strategiyasi 73-maqsadi ayni shu

mavzu bilan bog‘liq istiqboldagi muhim vazifalarni o‘zida qamragan. Bunda, xususan

quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish mo‘ljallanmoqda:birinchidan, IHT,

IRSIKA, AYSESKO, YuNESKO kabi dunyoning nufuzli xalqaro tashkilotlari, ilmiy-

tadqiqot markazlari va universitetlari bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi

Renessans” shiori ostida xalqaro konferensiya, simpozium va anjumanlar tashkil

etish;ikkinchidan, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini keng targ‘ib

qilish maqsadida yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarini xalqchil

tarjimasini

amalga

oshirish,

ular

asosida

ilmiy

va

ommabop

risolalar

yaratish;uchinchidan, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va

keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom

sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro

ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini qo‘llab- quvvatlash.Bu haqda so‘z borganda,

avvalo, Prezident Shavkat Mirziyoev shu yil 10 fevral kuni Samarqand viloyatiga safari

doirasida buyuk muhaddis Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilgani va mazkur majmua

qurilishini ko‘zdan kechirganiga e’tibor qaratish lozim. Binobarin, shu kunlarda bu

yerda qariyb 10 ming namozxonga mo‘ljallangan masjid, to‘rtta minora, ayvonlar barpo

etilmoqda.Xulosa qilib aytganda, Yangi O‘zbekiston hayotining boshqa barcha

sohalaridagi yutuqlari qatorida o‘zbek xalqining yuksak ma’naviyatini, boy milliy

madaniy, tarixiy, ma’rifiy merosini, xususan, kitobat va xattotlik, musiqa va raqs, kino


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-5_ Январь-2025

95

va teatr san’ati, me’morlik va hunarmandchilik, zargarlik va kandakorlik, pazandalik va

qandolatpazlik bobidagi mahoratini dunyoga keng hamda izchil targ‘ib qilish taqozo

etiladi.

Xulosa:

Umuman

olganda,

xulosa

qilish

mumkinki,

Prezidentimiz

ta’kidlaganidek, bilimli odam e’tiqodli bo‘ladi. Ma’naviyat vaksinasini har bir

millatning o‘zi yaratadi. Bugungi ma’naviy qashshoqlik adolatli haqiqatdir. Hozirgi

kunda iqtisodiy kambag‘allikni tugatish choralarini ko‘ryapmiz, lekin ma’naviy

qashshoqlikka barham berish borasidagi natijalarimiz bilan hali maqtana olmaymiz. Shu

ma’noda, iqtisodiyot va ma’naviyat uyg‘unligiga erishmog‘imiz shart.

Foydalanilgan adabiyotlar royxati:

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning videoselektordagi

nutqlari.

2. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi № PQ – 4477

sonli “2019 – 2030 yillarda Oʼzbekiston Respublikasining “yashil iqtisodiyotga oʼtish

strategiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi Qarori.

3. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.07.2015 yildagi № 207

sonli Qarori.

4. Vaxrushina M. А. Strategicheskiy upravlencheskiy uchet/ M. А. Vaxrushina, M.

I. Sidorova. – M.: KnoRus, 2017. -320 s.