Авторы

  • Otaxonova Mahliyoxon Kamoliddinovna

Биография автора

  • Otaxonova Mahliyoxon Kamoliddinovna

    f.f.f.d(PhD),Andion davlat chet tillari instituti Gid hamrohligi,madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99477

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: maydon nazariyasi maydon turlari frazeologik birliklar makro va mikromaydon nazariyasi.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada tilshunos olimlar tomonidan maydon nazariyasiga berilgan ta’riflar o’rganilib chiqilib, maydon tushunchasi va ularning turlari tahlil qilingan. Shu bilan birga frazeologik birliklarda maydon tushunchasining ahamiyati tadqiq etilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

285

ZAMONVIY TILSHUNOSLIKDA MAYDON TUSHUNCHASI VA UNING

FUNKSIONAL KATEGORIYALARI

Otaxonova Mahliyoxon Kamoliddinovna

f.f.f.d(PhD),Andion davlat chet tillari instituti Gid hamrohligi,madaniyatlararo

muloqot va tarjimashunoslik kafedrasi o’qituvchisi

E-mail:otaxonova@bk.ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada tilshunos olimlar tomonidan maydon nazariyasiga

berilgan ta’riflar o’rganilib chiqilib, maydon tushunchasi va ularning turlari tahlil

qilingan. Shu bilan birga frazeologik birliklarda maydon tushunchasining ahamiyati

tadqiq etilgan.

Kalit so‘zlar: maydon nazariyasi, maydon turlari, frazeologik birliklar,makro va

mikromaydon nazariyasi.

So‘ngi yillarda anʼanaviy leksik semantika bilan bir qatorda, yangi yo‘nalishlar

ham rivojlanmoqda. Bular qatoriga struktur semantika, psixolingvistik semantika,

generativ semantika, konseptual semantika, kommunikativ semantika kabilarni kiritish

mumkin. Semantik maydon tilning turli xil so'zlarini ongda tartibga solish usulida

mavjudlik doirasiga ega.Semantik sohadagi so'zlar juda ko'p sonli ma'nolarga ko'ra

tartiblangan.[1] Bunga rang, lazzat, hayvonlar, kostyumlar, ichimliklar yoki tadbirlar

kiradi.Boshqa tomondan, so'z bir nechta semantik sohaga tegishli bo'lishi mumkin.

Masalan, ispan tilida ism

qopqoq

Bu so'z (kiyim) va tuzilish (darajalar, biologiya)

so'zlari sohasiga tegishli.[2]

Anʼanaviy semantika asosan alohida so‘z yoki so‘z guruhlarining ishlatilishi va

rivojlanish bosqichlaridagi maʼnolarini o‘rgansa, struktur semantika ( M. M.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

286

Pokrovskiy, F.de Sossyur, L. Yelmslev, I. Trir, V. Porsig, D, Vaysgerber, L, Tener va

ularning izdoshlari tomonidan ishlab chiqildi) o‘z oldiga lisoniy maʼnolar, leksik-

semantik paradigma va boshqa turdagi mazmuniy maydonlarning sistem aloqalarini

o‘rganishni maqsad qilib qo‘yadi. G‘arbiy Yevropa tilshunosligida Y.Trirning

mazmuniy maydon nazariyasi so‘zlarning leksik-semantik aloqalari haqidagi

qarashlarda muhim o‘rin tutadi. Maʼno va mazmun umumiyligi bilan birlashgan va

belgilanayotgan hodisalarning tushunchaviy, predmetlik yoki vazifaviy (funksional)

o‘xshashligini aks ettiruvchi til birliklari (asosan, leksik birliklar) yig‘indisi ko‘pchilik

lisoniy adabiyotdarda maydon sifatida belgilandi. Maydon nazariyasi muammolari

bo‘yicha keyingi yillarda qator tadqiqotlar olib borildi. G.S.Shchur maydon

muammolari yuzasidan mingdan ortiq maqolalar eʼlon qilinganini taʼkidlaydi.[7]

Maydon tushunchasining uzil-kesil shakllanishiga yordam bergan hal qiluvchi

tadqiqotlardan biri L.Vaysgerberning ishlari bo‘ldi. Vaysgerber fikricha, tilni ruhiy

mazmunning oddiy vositasi sifatida emas, balki dunyoni intellektual shakli sifatida

o‘rganish zarur, uningcha semasiologiya maʼnolar xususidagi fan bo‘lmay,

tushunchalar. haqidagi taʼlimot bo‘lishi kerak.Bu ishlardan kelib chiqqan holda, Y.N.

Qaraulov “maydonning asosiy xususiyatlarini” quyidagicha belgilaydi.

1. Maydon elementlarining o‘zaro aloqasi: bunda elementlarning mazmuniy

o‘xshashligi, mazmuniy munosabatdorligi (semantik korrelyasiyasi) obyektga bo‘lgan

munosabati nazarda tutiladi;

2. Maydon elementlarining bir-biridan farqlari asosida belgilanishi, baʼzan bu

xususiyat o‘zaro almashinish sifatida ham taʼriflanadi;[6]

3. Mazmuniy maydonlarning mustaqilligi (yuqoridagi xususiyatlardan kelib

chiqadi;

4. Turli tillarda maydon xususiyatlarining o‘ziga xosligi (tarixiy tarkibi, milliy

jihatlari.[5]


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

287

Maydon tushunchasining talqini hamda unga xos xususiyatlarga ayrim

holda yondashuv maydon nazariyasini tadsih etishning turlicha muammolarini vujudga

keltirdi.Maydonning u yoki bu, xususiyatlariga tayanib, ushbu muammolar

tadqiqotchilar tomonidan turli-tuman ravishda o‘z yechimini topmoqda.O‘zbek

tilshunosligida ham sistema (maydon) talqini bilan bog‘liq bir qator qarashlar yuzaga

chiqadi. Xususan, M.Abduvaliyev tomonidan maydon nazariyasi birmuncha yoritilgan

bo‘lsa-da, u faqatgina sintaktik sathning to‘siqsizlik kategoriyasi yuzasidan tadqiq

etilgan.

T.Mirzaqulov esa funksional-semantik maydonlarning ayrim morfemikaga doir

xusuyeiyatlariga to‘xtaladi.Shunday qilib, hali o‘zbek tilshunosligida til birliklarini

maydon asosida o‘rganish keng yo‘lga qo‘yilgani yo‘q. Bu usul, bizning nazarimizda,

ayniqsa, leksikani o‘rganishda katta ahamiyatga ega.

O‘zbek

tili

leksikasini

makromaydon

sifatida

qaralgani

holda,

uni

mikromaydonlarga ajratish ideografik, lug‘atlar tuzishda katta samara beradi. Shuning

uchun ham lisoniy maydon va til lug‘at tarkibini bunday maydonlarga ajratishning

nazariy asoslarini o‘rganish hozirgi o‘zbek tilshunosligi oldidagi eng dolzarb

muammolardan sanaladi. Bizningcha, tilni maydon sifatida o‘rganish tilni aks ettirish

tabiatini ochishda juda katta ahamiyatga ega, chunki obyektiv olam bir butun sistema

sanalib, sistemaning uzvlari muayyan mikroolamlardan iborat bo‘ladi. Bu mikroolam

inson ongi orqali tilda o‘z ifodasini topadi.[4]Semantik maydon tushunchasi tilning so'z

boyligi yoki leksikasini tashkil etuvchi o'zaro bog'liq tarmoqlar tizimini anglatadi. Har

bir so'z boshqa atamalar bilan bog'lanadigan birlashmalar tarmog'i bilan o'ralgan

hamdao'zaro bog'liq bo'lgan narsalar bir xil semantik sohaga tegishli bo'lishi mumkin,

masalan: uy, tom, zamin, devor va boshqalar.

Ko'p hollarda semantik maydonlarning bir-birini qoplashi kuzatilishi mumkin.

Masalan misolda “shift” yoki “devor” maydoni bo'yash yoki ta'mirlash bilan bog'liq


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

288

holda bir-biriga to'g'ri kelishi mumkin.[8] Shu tarzda, semantik maydon g'oya yoki

ma'noga asoslangan holda turli xil so'zlarni guruhlarga ajratadi.

Demak, tilni maydon sifatida o‘rganish til+madaniyat munosabatini yorqin

ifodalashga yordam beradi. Ayniqsa frazeologik birliklarni maydon nazariyasi asosida

kichik mikromaydonlarga ajratib chog‘ishtirib tahlilga tortish orqali ikki xalqni

qadriyatlarini, odatlarini tili orqali bilishda katta ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar

1.Abduvaliyev M. To‘siqsizlik maydoni va,uni tashkil etuvchi sintaktsh birliklar.

— Uzbek tili va adabiyoti, 1988,B.62-66.

2.Mirzaqulov T. Uzbek tili morfem paradigmatikasi va sintegmatikasi masalalari.

— DDA. Toshkent, 1994, 18-bet

3.Mirzaqulov T. Uzbek tili morfem paradigmatikasi va sintegmatikasi masalalari.

— DDA. Toshkent, 1994, 18

4.Iskandarova Sh. Leksikani mazmunyy maydon asosyda o‘rganish muammolari.

Uzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Fan” nashriyoti, 1998. – B. 32.

5.Гухман М. М. Лингвистичёская теория-Л. Вайсгербера. — Воп-рось!

теории язьика в современ. заруб. лингвистике». М., 1961, стр, 1 23— 162.

6. Караулов Ю. Н. Обшая и русская қдеог.рафия. М., 1976, стр. 19.

7. Караулов Ю. Н. Обшая и русская қдеог.рафия. М., 1976, стр. 19

Лннгвистический энциклопе Дйческий словарь М„ 1990, стрУ 300

8. Щур Г. С. Теории поля в лингвиетике. М., 1974, стр. 19.