https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-4_ Январь-2025
278
ATMOSFERANI BUZILISHI BILAN BOG`LIQ FAVQULODDA
VAZIYATLARNING INSON SALOMATLIGIGA SALBIY TA’SIRI
Dadabayeva Naziraxon Abdurazaqovna
Andjon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Hayot faoliyati xavfsizligi o`quv markazi o`qituvchi
Telefon: 93 444-13-66
Xamraboyev Ilxomjon Sotvoldievich
Andjon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Hayot faoliyati xavfsizligi o`quv markazi katta o`qituvchi
Telefon:998 97 994-04-43
Annotatsiya: Maqolada ekologiya, tabiat tushunchasi, u buzilishining inson
salomatligiga ko`rsatadigan ta`siri, bugungi kundagi statistik ko`rsatkichlar, olib
borilayotgan ishlar, rejalar xususida so`z boradi.
Kalit so‘zlar: Ekologiya, metodologiya, opistroxoz, nurlanish, salomatlik, tabiat,
chang, zarar.
Kirish
Inson hech qachon tabiatsiz yashay olmaydi, chunki u tabiatning ajralmas qismi
hisoblanadi. Biz yashab turgan va bizni o’rab turgan olam xuddi onamiz kabi mehribon
va jonkuyar.
Quyoshning har zarrasida, tuproqning har jismida tabiatninng bizga bo’lgan
onadek mehribon taftini his qilamiz.
O’zining har bir jabhasida inson uchun zarur bo’lgan minglab unsurlarni
mujassam etgan. Ana shunday go’zal tabiatimiz bugungi kunga kelib qay ahvolga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-4_ Январь-2025
279
tushmoqda? Bunga kimlar sababchi? Buni qanday oldini olish mumkin? [1-10] Degan
savollar bugungi kunning dolzarb mavzusiga aylanmoqda.
Ming afsuski inson tabiatga misli ko’rilmagan miqdorda tasir ko’rsatadi. Inson aql
zakovati orqali, mehnat faoliyati tufayli ta’sir qilishini hech bir narsa bilan taqqoslab
bo’lmaydi.
Aniqroq aytadigan bo’lsak mavjudotlar tabiatdan qanday bo’lsa, shunday
foydalanib, unga sezilarsiz tasirini o’tkazadi. Insoniyat uni o’rab turgan barcha
shartsharoitlarga moslasha oladi, moslasha olmas, uni o’zi istaklariga moslashtiradi,
natijada tabiat muvozanati buziladi, buzilgan muvozanat esa katta ta’lofatlarga olib
keladi.
Tirik mavjudotlarni o’rab turgan ekologik muxit, asosan, insoniyat tomonidan
salbiy tomonga o’zgartirib yuborildi, buning asosiy sababi zavod-fabrikalar,
transportlar va ulardan chiqayotgan chiqindilar [2-11].
Bu o’zgarishlar atrof-muhitni shu darajada o’zgartirdiki, barcha tirik mavjudotlar
qatori inson salomatligiga ham o’z tasirini o’tkazdi.
XXI asr insoniyat faoliyatining har bir sohasida, ayniqsa, tibbiyotda buyuk
kashfiyotlar qilib, milliardlab mablag’lar sarflanishiga qaramay, insonlar arganizmiga
kasalliklar xavf solishi va hoyotda bevaqt ko’z yumushlar ko’p uchraydi. Biz atrof-
muhitga va inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazadigan atrofmuhitga ta'sirini
tavsiflash bilan boshlaymiz.
Bu yerda biz nafaqat o'simliklar va hayvonlarga yetkazilgan zarar haqida
gapiramiz, balki bu ta'sirlar odamlarga ham ta'sir qiladi.
Odatda, qabul qilinadigan qarorlar atrof muhitga salbiy ta'sirlarni kamaytirish,
tabiiy muhitni himoya qilishdan ko'ra, inson salomatligini himoya qilish uchun ko'proq
ahamiyatga ega.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-4_ Январь-2025
280
Ushbu ta'sirlarning asosiy oqibatlari umuman sayyoramizning ifloslanishidir. Biz
suv, tuproq, havoning ifloslanishini, ekotizimlarning yo'q qilinishini, yashash
joylarining parchalanishini va boshqalarni ko'rishimiz mumkin. Bularning barchasi
kasalliklarning ko'payishiga, biologik hilma-hillikning yo'qolishiga va o'simlik
va hayvonot dunyosida ham, odamlarda ham sog'liq muammolariga olib keladi [5-8].
Buyuk mutafakir bobomiz Abu ali ibn Sinoning hozirda ekologiya deb
yuritilayotgan atrof-muhitning deyarli barcha omillari, ularga insonning, jonizotlarning
ta’siri va nihoyat, bu omillarning inson va jonizotlarga aks ta’siri to’g’risidagi mashhur
iboralarning krltirishning o’zi kifoya.
“Chang bo’lmaganda inson 1000 yil yashagan bo’lar edi”, yoki: “Havo toki
muvozanatlangan va toza bo’lsa, uning(pnevmaga) begona qo’shimchalar qo’shilmasa,
u salomatlik garovi bo’ladi, aks holda turli kasalliklarga sabab bo’ladi” 6-9+. Yashash
joyi muhiti borasida esa “Tib qonunlari”da alohida ta’kidlab, shunday deyilgan: “Turar
joy tanaga turlicha ta’sir qilishi mumkin: baland yoki past joyligi, tuproq tarkibi hamda
xususiyati, suvning serobligi yoki kamyobligi, darxtlarning mo’lligi, qabriston yoki
konlarga yaqinligi va boshqalar yashash joyi tanlanganda muhim ahamyatga ega”.
Bu fikrlar muhit to’grisida bo’lib, tibbiy ekologiyada tegishli ekanligi guvohi
bo’lamiz. Jahon statistik ma’lumotlarga ko’ra, aholining 10% qarilikdan, 20% baxtsiz
hodisalar va janglardan, 70% esa kasalliklardan o’lmoqda. Shuningdek, bizning
sog’lig’imizning atigi 10%i tibbiyotga, qolgan 90% asa o’zimizga va atrof muhit
hodisalarga bog’liq.
Muhokama va natijalar:
Hozirgi kunga kelib ekologik muammolar inson salomatligiga jiddiy tahdid
tug‘dirayotir. Global gumanitar forum ma’lumotiga ko‘ra, sayyoramizda ro‘y
berayotgan iqlim o‘zgarishi yiliga uch yuz ming insonning umriga zomin bo‘lmoqda.
Uch yuz million aholi uning salbiy ta’siri ostida hayot kechirmoqda. Bundan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-4_ Январь-2025
281
iqtisodiyotga ham jiddiy zarar yetayotir. Bunday global muammolar Markaziy Osiyo
mintaqasi taraqqiyotiga ham o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda.
Orol bo‘yidagi noxush ekologik vaziyat, buning ta’sirida kelib chiqayotgan tabiiy
tangliklar, cho‘llanish muammosi bunga misoldir. Bundan tashqari yer yuzini
ifloslanishning eng mudhish omillaridan biri bu nurlanishdir. Uni na ko’rib, na eshtib
bo’ladi, na ta’mi, na hidi bor.
Biroq uning ta’sirida inson organizimdagi sistrmalarning o’zaro bog’liqligi
buzilib, tanani aqil va idrok bilan boshqaruvchi generator-miya esa so’z bilan
tushuntirib bo’lmaydigan o’zgarishlarga duch kelmoqda.
Natijada bu kichik miqdordagi nurlanishdan aholining ma’lum guruhlari va
ayniqsa homilador ayollar homilasiga, o’sish va rivojlanish jarayoni kechayotgan
bolalar, immunizim susaygan qariyalar va sog’lig’i zaif insonlar aziyat chekmoqda.
Nurlanish bizning organizimizga qon va suyaklarga turli yo’llar (ovqat, suv va havo)
bilan kirib butun inson organizmini shikaslantirib, uni bevaqt o’limiga sabab
bo’lmoqda.
Nurlanishdan tashqari sanoat korxonalaridan chiqayotgan zararli chiqindilar,
nitratlar va qishloq xo’jaligida ko’plab ishlatiladigan har hil zaharli qottilar (pestitsid)
va mineral o’g’itlardi. Bu zarali moddalar ozuqa mahsulotlari orqali odam organizmiga
tushib har hil kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ma’lumki bir mintaqada
kasaliklarning tarqalishi shu joyda yashovchi aholi bilan atrof muhit o’rtasidagi
munosabatlarga bog’liq. Masalan, ko’lmak suvlar to’planib qolgan joylarda bezgak
chivinining yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi va shu shu joylarda bezgak
kasalligining paydo bo’lish ehtimoli yuzaga krladi. Afrika uyqu kasaligining paydo
bo’lishi uchun esa o’tloqzorlar bo’lishi kerak.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-4_ Январь-2025
282
Opistroxoz kasalligi daryo yoqalarida yashovchi kishilarda ko’p uchraydi, chunki
bu kasallikni keltirib chiqaradigan chuvalchangning oraliq xo’jayini baliq bo’lib,
kasallik odamga baliq go’shti orqali yuqadi.
Bundan tashqari aholi orasida ko’p uchraydigan allrgik kasalliklarni ham misol
qilib olishimiz mumkin [6-8]. Ko'plab epidemiologik kuzatuvlar atrof-muhitning
kimyoviy ifloslanishi va aholining reproduktiv funktsiyasining buzilishi o'rtasidagi
bevosita sabab-oqibat bog'liqligini ko'rsatadi.
Bu mehnat sharoitida ham - metallurgiya zavodlari ishchilarida, to'qimachilik
sanoati, gaz va neftni qayta ishlash korxonalarida, laborantlar va jarroh ayollarda ham,
atmosferasi, suv manbalari va tuprog'i bilan ifloslangan aholi punktlarida ham
aniqlandi. kimyoviy birikmalar.
Birinchi va ikkinchi holatda reproduktiv funktsiyaning buzilishi homiladorlikni
to'xtatish, o'zo'zidan tushish, homiladorlik va tug'ish paytida asoratlar, tug'ma
deformatsiyalar xavfining ortishi bilan namoyon bo'ldi [8-11]. Bir qator hollarda
oltingugurt dioksidi, fosforik angidrid, qo'rg'oshin, nikel, temir va boshqalarning
ko'payishi bilan homiladorlik patologiyasi o'rtasida ishonchli bog'liqlik o'rnatildi.
atmosfera havosida [9-11].
Hozirgi kunda yurtimizda sanitariya-epidemiologiya muhitini barqarorlashtirish,
tabiatga salbiy ta’sirlarni kamaytirish, ekologiya va gigiyena tadbirlarini uzviy ravishda
tashkil etish tizimi shakllangani inson salomatligini asrash va yuqumli kasalliklar
bo‘yicha
barqarorlikni
ta’minlashga
xizmat
qilmoqda.
Yangi ekologik sharoitlarning mavjudligi inson organizmida millonlab
moslanish jaroyonlarni keltirib chiqarmoqda, demak inson organizmi har qanday tabiiy
sharoitda o’zini tiklash sog’aytirishi va moslashish qobilyatiga ega. Bizning vazifamiz
esa o’zini o’zi sozlovchi va tiklovchi biosistemaga turli kasalliklardan o’zini himoya
qilish uchun shar-sharoit yaratib berishdir.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-4_ Январь-2025
283
Aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda sanitariya-
gigiyena talablariga rioya qilish, ba’zi ekologik vaziyat o’ta tang ahvolda bo’lgan
hududlarda tabbiy nazoratni yanada kuchaytirishimiz zarur.
Hozirgi vaqtda turli zavod va fabrikalarda 45 ming turga yaqin kimyoviy
mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda va aholiga sotilmoqda, jahonbo‘yicha 300 mln.
tonnaga yaqin organik moddalar ishlabchiqarilib, ular yordamida milliondan ortiq
buyumlar tayyorlanmoqda.
Lekin ishlab chiqarishda foydalanilayotgan ushbu kimyoviy moddalar ma’lum
miqdorda havo,suv va oziq-ovqatlar orqali inson tanasiga ham kelib tushmoqdaki,
buning natijasida turli hil yuqumli kasalliklar yuzaga kelmoqda.
Chunki ayrim kimyoviy moddalar zaharlili xususiyatiga ega bo‘lsa, ayrimlari
allergenlik, konserogenlik (rak kasalligini keltirib chiqarish xususiyati),mutagenlik
(naslga ta’sir etish xususiyati) va teratogenlik(chala yoki mayibmajruh tug‘ilishni
yuzaga keltirishxususiyati), fibrogenlik (tanadagi to‘qimalar birikmasining ajralishi)
xususiyatlariga egadir. Bunday kimyoviymoddalarga, ayniqsa, og‘ir metallar
(qo‘rg‘oshin, kadmiy,simob), noorganik gazlar (oltingugurt ikki oksidi, is gazi,azot
oksidi, ozon), kremniy ikki oksidi (DDT, xlorli vinil vaboshqalar) misol bo‘lishi
mumkin. Ushbu kimyoviy moddalar alohida holda ham, aralashma holda ham inson
sog‘lig‘i uchun juda xavfli hisoblanadi.
Keyingi yillarda saraton kasalligining ko‘payishi, turli hil kasalliklarning yangi
turlarini vujudga kelishi, asosan, kimyoning ta’siridandir.
Texnikaviy
taraqqiyot
davrida
atmosfera
havosining
ifloslanishi
Respublikamizning Olmaliq, Chirchiq, Farg’ona va Navoiy viloyatlarida, ayniqsa
sezilarli darajada ortganligi hech kimga sir emas.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-4_ Январь-2025
284
Birgina Navoiy viloyati misolida oladigan bo’lsak, atmosfera havosining yuqori
darajada ifloslanganligini kuzatish mumkin.Ikki yuz mingga yaqin aholisi bo’lgan
Navoiy shahrida havoni ifloslantiruvchi ko’plab sanoat korxonalari mavjud.
Ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida har yili 637,6 ming tonna zararli
moddalar hosil bo’lib, shundan 97,2% i ushlab qolinadi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda,sanoat korxonalari chiqindilarini kamaytirish uchun
avvalambor hozirgi zamon talabiga mos keladigan ilg'or texnologiyalardan
foydalanilgan holda chiqindisiz texnologiyadan foydalanishni keng yo`lga qo`yishimiz
lozim.
Zero, chiqindilar masalasi ekologiyadagi muhim muammolardan biri bo’lib, ularni
qayta ishlash yoki gigiyenik talablar bo’yicha ishlov berilsa nafaqat iqtisodiy jihatdan
foyda ko’ramiz, balki yerni, havoni suvni, oziq - ovqat mahsulotlarining ifloslanishi
oldi olinardi, kishilar sog’lig’ini muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega bo’ladi va
kelajak avlod uchun ham tabiatimizni o`z musaffoligini saqlagan holda yetkazib bergan
bo`lamiz.
References:
1. Biology (textbook for academic lyceums and professional colleges)
2. Nazarov, A. (2021). Challenges to uzbekistan’s secure and stable political
development in the context of globalization. Journal on International Social Science,
1(1), 26-31.
3. Nazarov, A. (2021). Healthy Generation-The Basis Of A Healthy Galaxy
International Interdisciplinary Research Journal, 9(11), 409-413
4. Nazarov A. (2021). The impact of the chemical industry on the environment.