https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-4_ Январь-2025
169
BOLALARDA SHAXSNI SHAKLLANTIRISH MASALALARI
Qarshiyev Anvar Turaqulovich
Qashqadaryo viloyati Kitob tuman 74 maktab amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA: Bola tug’ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot
muhim ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o’zlashtirib
olishi mumkin. Bu o’z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bili shva
o’zlashtirishda еtakchi vazifani bajaradi.
Kalit so’zi: Bolalar -bizining ertangi sudyalarimiz.
KIRISH
Odam bolasining rivojlanishi ,uning yetuk , barkamol inson boʻlib yetishishi
muhim jarayon hisoblanadi.Hozirgi kunda yetuk shaxsni shakllantirish uchun nimalar
qilish kerak rivojlanishning qaysi turiga alohida eʼtibor berish kerak va bolani qanday
qilib barkamol shaxs qilib rivojlantirish kerak degan savollar hozirgi kunda dolzarb
masala hisoblanadi.Bu davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.
Zero rivojlanayotgan Oʻzbekistonimiz yoshlar qoʻlidadir. Shunday ekan har bir ota
-ona hali bola ona qornida paydo boʻlganidan uni tarbiyalay boshlashi kerak boʻladi."Bir
inson bolasini dunyoga keltirib, bir donishmand yoniga boradi va undan men bolamni
barkamol, ham maʼnan ham jismonan barkamol shaxs qilib tarbiyalashim uchun qanday
ishlar qilishim kerak deb savol beradi, donishmand unga bolangiz dunyoga keldimi deb
soʻraydi u kishi ha deb javob beradi, shunda donishmand siz bolani tarbiyalashga
kechikibsiz uni ona qornidayoq tarbiyalab boshlashingiz kerak edi deb javob
beradi"Bundan koʻrinib turibdiki bolani barkamol qilib shakllantirishimiz uchun bola
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-4_ Январь-2025
170
rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar muhim hisoblanadi.Bu omillar ijtimoiy omil, irsiyat
va oila tarbiyasidir.
Bolalaring erkin rivojlanishi haqida konsitutsiyamizda ham belgilab qoʻyilgan
masalan bola dunyoga kelganidan unga "Soʻz erkinligi" beriladi. Bu esa har bir bola oʻz
soʻz erkinligiga ega demakdir. Soʻz orqali har qanday vaziyatda ijtimoiy muhitga
kiraolishi, muammoli vaziyatlarni hech kimdan qoʻrqmay toʻlaligicha hal eta olishi, turli
jamoaviy yigʻinlarda oʻz nutqidan foydalanib gapirish huquqiga egadir. Insoniyat paydo
boʻlganidan buyon rivojlanishning qaysi yoʻnalishidan faydalanib bolalarni tarbiyalash
koʻproq samara berishi haqida olimlar baxs munozaralar qilib kelmoqda.
Biologik omilga qaraydigan boʻlsak bu irsiyat yani bola oʻzida paydo boʻladigan
qobiliyat, talant va boshqalar ota-onadan oʻtadi bunda tarbiya va muhtning oʻrni yoʻq
deya taʼrif beradi."Shaxsning barcha hususiyatlari jumladan ong va aqliy hususiyatlari
ham nasldan naslga oʻtadi" deb Torndayk aytadi. Bolaning shakllanishi haqida gʻarb
faylasuflarining fikrlari.Biologik yoʻnalish tarafdorlari odam bolasining shaxs boʻlib
rivojlanishida irsiy omillar hal qiluvchi omil deya taʼriflaydi. Gʻarb olimlarining fikricha
bola dunyoga kelib faqat otaonadan oʻtgan beligilar bilan rivojlanib boradi deb aytadi.
Ular tarbiya va muhitning roʻlini tamomila cheklab shaxs rivojlanishida irsiyatni
birinchi darajaga koʻtaradi.Gʻarb olimlaridan yana biri bu V. Pterndir u "Yangi tugʻilgan
bolani odam emas sut emizuvchi deya taʼriflaydi" Bola dunyoga kelgandan huddi
hayvon kabi boʻladi u irsiyati orqali yaʼni ota - onasidan oʻtgan belgilar bilan rivojlanib
boyib boradi va vaqatlar oʻtib shaxs boʻlib kamolga yetishini aytadi.
Byullar bola faqat qobiliyatlarni ota - onadanmas ahloqiy normalar ham irsiyat
orqali oʻtishini aytadi. Xalqimizda "onasini koʻrib, qizini ol" degan naql bor yaʼni ota -
ona qanday xulq- atvorga ega boʻlsa bola ham shunday koʻrinishda boʻlar ekan. Irsiyatni
biologik tomondan oʻrganib chiqadigan boʻlsak irsiaytning yaxshi tomoni bilan birga
yomon tomoni ham bor bunga misol qilib ota- ona orqali bolalarga faqatgina yaxshi
hususiyatlari oʻrishi bilan birga yomon belgilari ham oʻtishi mumkin masalan yomon
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-4_ Январь-2025
171
hulq atvor, turli irsiy kasalliklar. Irsiy kaslaliklar bolaga ota-ona tomonidan oʻtganda
ular umrining oxirigacha saqlanib qolib ketishi mumkin bu ham bolaning rivojlanishi
uchun toʻsiqdir.Meditsina ham shuni aniqlaydi-ki irsiy kasalliklar davolanishi qiyin yoki
ummuman davosiz umrbod saqlanib qoluvchi kasallik ekanligini aytib oʻtgan.Ibn Sino
Inson tashqi koʻrinishi uning ruhiyatiga taʼsir koʻrsatishini aytib oʻtgan. Agar irsiy
kasallik sezilib tursa bolada yanayam rivojlanishda ortda qolish kuzatiladi.Irsiyatning
ijobiy tomonlari ham bor masalan koʻp oilalarda bolalar ota-ona kasbi davomchisi
hisoblandi.
Ota-ona egallagan kasbni egallaydi. Biron bir hunarmandchilikning turiga qiziqsa
bola ham oʻsha yoʻldan ketadi. Irsiyatga oʻtmishda ham katta eʼtibor bergan Amir
Temur bobomiz kelin tanlayotganda kelining yetti pushdini surishtirib kelin qilgani
buning yaqqol namunasidir. Oila tarbiyasi- oilada otaona vasiy yoki katta kishilar
tomonidan bolalarni tarbiyalash. Oila tarbiyasi yosh avlodni tarbiyalashda muhim oʻrin
tutadi.Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch oilada ruhiy ruhiy
xotirjamlik,samimiy munosabat ota- ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab
qoʻyishda oila kattalari oʻrtasida birlikning saqlanishi kerak boʻladi.Barkamol shaxsni
shakllantirish uchun oilaviy muhitda mehnatsevarlik muhitini yaratish, bolalarni
mehnatni sevishga oʻrgantish kerak boʻladi.Bola rivojlanib shaxs boʻlib yetishishi uchun
eng avval unga oilaviy tarbiya kerak boʻladi.Bola nihol kabidir uni qanday parvarish
qilsak mevasini ham shunday olamiz, daraxtning hosildor boʻlib yetilishi eng avval
bogʻbon parvarishidadir.Shunday ekan bolalarni hali shakllanmasdan ijtimoiy muhitga
kirmasligindan oilaviy sharoitda unga toʻgʻri tarbiya berishimiz kerak boʻladi.Bola
kichkinaligida berilgan tarbiya ham huddi bilim kabi naqsh singari muhrlanib qoladi.
"Tarbiya -inson kamolotiga taʼsir qiluvchi tashqi va eng muhim omil hisoblandi"Oilada
qanday tarbiya koʻrgan boʻlsa bolalar bu tarbiyani ijtimoiy muhitda ham koʻrsatdi.Oila
bu jamiyatning bir boʻgʻini hisoblanadi. Oilaviy muhit yaxshi boʻlgandagina jamiyat
rivojlandi. Shuning uchun hozirgi kunda prezidentimiz oilaga ,oilaviy sharoitga alohida
eʼtibor bermoqda.Har bir ota-ona kelajakda maʼnaviy sogʻlom farzandi boʻlishini
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-4_ Январь-2025
172
hohlasa, avvalo oilaviy sharotini yazshilashi, sogʻlom oilaviy sharoitni yaratishi kerak.
Sogʻlom farzand sogʻlom sharoitda voyaga yetadi.Ota -ona bola qiziqishlariga alohida
eʼtibor qaratishi, uning hohishini bajarishi kerak.Bolaning maktabgacha yoshidagi
boʻlgan qiziqishlari uning kelajagi uchun poydevordir. Bola bogʻcha yoshida qiziqishlar
uygʻonadi har bir ota -ona qiziqishlarni toʻgʻri baholab qishqishlarni
ragʻbatlantirishi,bolani qishiqishi tomon yoʻnaltirishi kerak.
Buyuk sportchilarning hayotiga nazar soladigan boʻlsak hozir shugʻillanib
kelayotgan sportlariga bogʻcha yoshidan qiziqib ota -onasi toʻgʻri yoʻnaltirgani sabab
shunday yutuqlarga erishgan.Maktabgacha yosh davri bolalar hayotida isteʼdodlar
uygʻonadigan davrdir. Oilada sogʻlom muhit deganda ota -ona oʻrtasidagi iliq
munosabatlardir "Qush inida koʻrganini qiladi "degan naql bor ota -ona bir biriga yaxshi
munosabatda boʻlar ekan bola voyaga yetib ota -onasi yaratgan oilaga oʻxshagan oila
yaratadi. Oilada bola qiziqishlari va uning hohishlarini vaqtida qondira bilish kerak,
ularga vada berib vadani vaqtida bajarsa bola ongida ijobiy gʻoyalar paydo boʻldi. Bola
hohishlarini aytgan paytida qondirish salbiy oqibatlarga ham olib keladi. Afsuski
bugungi kunda juda koʻp oilalarimiz gʻarb mamlakatlaridan andoza olib oilasini
tartibda,bolalarini gʻarbona tarbiya bilan voyga yetkazmoqda.Oilada mehr muhannat
ota-ona va farzand oʻrtadidagi doʻstona suhbat davralari yoʻq boʻlib ketmoqda. Eng
muhimi oilada axloqiy tarbiya paydo boʻladi. Fitrat oʻzing mazkur asarida farzand
tarbiyasi aqliy tarbiyada aqliy tarbiya, badan tarbiya va axloqiy tarbiyaning oʻrnining
muhimligini takidlaydi.Mazkur uch tarbiyaning eng muhimi axloqiy tarbiya
hisoblanadi. Oʻzingiz xohlaganingizcha bolaning aqliy va badan tarbiyasi bilan
mashgʻul boʻlishingiz mumkin va qoʻlingizdan kelguncha uni dono va baquvvat
qiling.Lekin axloqiy tarbiya talab darajasida boʻlmasa aqli va jismoniy kuchini oʻzi yoki
atrofdagilar zarariga ishlatadi.
Ijtimoiy muhit - insoning yashashi va ishlashi uchun uni oʻrab turgan ijtimoiy,
moddiy va maʼnaviy sharoitlar. Muhit keng maʼnoda (makromuhit ) ijtimoiy iqtisodiy
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-4_ Январь-2025
173
tizimni -ishlab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va tartib qoidalar
majmuini,jamiyatning ijtimoiy ong va madaniyatini oʻz oʻz ichiga oladi.Tor maʼnoda
ijtimoiy muhit (mikromuhit) bevosita insonni qurshab olgan oila, mehnat oʻquv va
boshqalar guruhlaridan iboratdir. Ijtimoiy muhit shaxsning shakllanishiga va
rivojlanishiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadi Ayni vaqtda insonning ijtimoiy faolligi,
faoliyati taʼsirida ijtimoiy muhit oʻzgaradi bu oʻzgarishlar jarayonida odamlarning
oʻzlari ham oʻzgaradi. Ijtimoiy muhit bola shakllanishida hal qiluvchi omil hisoblandi
oilaviy sharoit ham aslida kichik ijtimoiy muhit hisoblandi lekin bunda bola toʻligʻicha
shakllanmaydi. Bola maktabga chiqilib haqiqiy ijtimoiy muhitga kiradi yon atrofdagilar
bilan munosabati tubdan oʻzgaradi va ijtimoiy muloqdotni oʻrganadi. Oilasida ota
onasiga qilgan erkaliklarni yoʻqotib shaxs boʻlib shakllana boshlaydi. Ijtimoiy muhitda
muomala madaniyati ham shakllanadi kimga, qaysi paytda qanday munosabatda boʻlish
jarayonlarini oʻrganadi. Bola tugʻilganida hayvoniy hislatlar bilan tugʻiladi, huddi
hayvon kabi boʻladi ijtimoiy muhit bolani rivojlantiradi shaxs sifatida
shakllantiradi.Hayvoniy hislatlardan yiroqlashib shaxs boʻlib shakllanadi.Ijtimoiy muhit
bola rivojlanishi uchun muhim boʻlaganligi sababli juda koʻp olimlar ijtimoiy muhitning
bola rivojlanishiga taʼsirini oʻrganib chiqadi.Bixevioraizm asoschilari N.Miller va D
Dollard hisoblanadi.Ular bola hayotida ijtimoiy muhitning roʻlini yuksak baxolab bolani
shakllantiruvchi asosiy qisim deb biladi.Olimlar bola ijtimoiylashuvi uchun ota -onaning
roʻlini yuksak baholab ularning alohida vazifalari borligini aytadi. Bola
ijtimoiylashuvida ota -onalarning vazifasi bolani ovqatlantirish bolada agrsessiyaning
namoyon boʻlishi , uning jinsiy indentifikatsiyasi va meʼyoriy xulq atvorlarning boshqa
xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan yosh davriga oid muammolarni bartaraf qilish kabi
vazifalar yuklatilgan boʻladi. Bola ijtimoiylashuvi murakkab jarayon boʻlganligi uchun
ota -ona koʻmagi kerak.Bola ijtimoiy muhitga kirganida uning tarbiyasi yutish -turishi
odamlarga munosabati hattoki oilasiga munosabati ham oʻzgaradi. Agressiyani
moyillashtirish sharoitlarini oʻrganish ijtimoiylashuv nazariyasining tayanch
mavzularidan biridir.Ijtimoiylashuv jarayoni favqulotda keng va koʻp qirrali jarayondir.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-4_ Январь-2025
174
Ijtimoiylashuv jarayoni onson boʻlishi uchun oilaviy sharoit ham juda muhimdir bola
xulqi yaxshi boʻlsa ijtimoiylash ham onsonlashadi bolarning turli davralarga erkin kirib
turli odamlar bilan munosabtga kirishishi onson boʻladi.Bunday jarayonda hulq albatta
muhimdir.Bolaning ijtimoiy muhitga kishishida ota -ona juda eʼtiborli boʻlishi kerak.
Bolaning yon atrofidagi oʻrtoqlari unga yomon taʼsir koʻrsatsa bola hayoti ham salbiy
tomonga oʻzgaradi. Barkamol shaxsni shakllantirish ,kelajagimiz poydevori boʻlgan
bolalarni toʻgʻri tarbiyalamogʻimiz kerak.Bolalar rivojlanishiga qaysi taʼsir mihimroq
qaysisi yetarli va qaysisi yetarli emas har birini oʻrganib chiqishimiz kerak . Bola
rivojlanishida qaysi tomonlama boʻshliq boʻlsa uni kerakli maʼlumot va ota -onaning
toʻgʻri maslahati bilan toʻldirish kerak. Zero kelajak yoshlar qoʻlida.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Z.T. Nishanova "Rivojlanish psihologiyasi. Pedagokik psihologiya". 2.
Xasanova.O U "Maktabgacha taʼlim pedagogikasi "
3.
Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ.
4.
Ганиева, М. А., & Жумаева, Ш. Х. (2018). Формирование методов
групповой работы с учащимися общеобразовательных школ. Вопросы науки и
образования, (10 (22)), 149-151.
5.
Maftuna, G. (2021). Effective ways to Use Triz (The Theory of Inventive
Problem Solving) in Elementary School. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT,
9, 85-88.
6.
Ганиева, М. (2021). ВАЖНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ “ТРИЗ” ДЛЯ
РАЗВИТИЯ УЧЕНИКИ НАЧАЛЬНОГО КЛАССА. Academic research in
educational sciences, 2(5), 129-133.
a