Barcha maqolalar

97-104 77 0

“Адолат манзили” романининг туркча таржимасидаги персонажлар портрети

Xayrulla Xamidov

Одил  Ёқубовнинг  аксарият  асарлари  ўзбек  адабиётининг  энг  сара  асарлари  сифатида дунёнинг  бир  қанча  тили,  жумладан  турк  тилига  ҳам  таржима  қилинган.  Бугунги  кунга  қадар  адиб асарларидан айримларининг таржималари илмий тадқиқ этилган ва асарларнинг илмий ўрганилиши долзарб аҳамият касб этади. Бир тил оиласига мансуб, урф-одати, миллий анъаналари бир-бирига яқин ўзбек ва турк тиллари орасида амалга оширилган таржималар ҳақида сўз юритилганда, вазият анча ўзгаради. Чунки, бу икки  тил  орасида  таржима  қилишнинг  афзалликлари  билан  бир  қаторда  айрим  ўнғайсизликлари, мураккабликлари ҳам борлиги сир эмас. Ўзаро яқин икки тил орасида амалга оширилган бадиий таржимада портрет тавсифларининг берилиши масаласини ўрганишга бағишланган мазкур мақолада қўйилган илмий муаммо таниқли сўз устаси, атоқли ўзбек адиби Одил Ёқубовнинг ўтган асрнинг 80-йилларида халқимиз бошига тушган “ўзбек иши” мавзусидаги “Адолат манзили” романининг турк тилига таржимаси мисолида кўриб чиқилади. Тадқиқот мавзусини танлашда сўнгги йилларда ўзбекчадан туркчага бадиий таржиманинг долзарб муаммоларига бағишлаб ёзилган илмий ишларнинг камлиги, давр тақозоси билан бу борада амалга оширилиши керак бўлган ишлар анча кўплиги инобатга олинди. Таржимада портрет тавсифининг қандай берилганлигини  аниқлаш  таржиманинг  сифати,  бадиий  қиммати  ва  таржимон  маҳорати  қирраларини ўрганишда  асосли  хулосалар  чиқаришга  имкон  беради.  Ушбу  мақолада  чиқарилган  хулосалар келажакда амалга ошириладиган амалий таржима ишлари учун услубий кўмак бўлади, деган умиддамиз.

367-371 106 0

“Авесто” ва “Ригведа” муштараклиги

G Shaydullayeva

Осиё ва Европа халқларининг жуда катта қисми, жумладан Ўрта Осиё ва Ҳиндистон халқлари ҳам қадимда арийлар деб аталган. Ўрта Осиё халқлари тарихига оид энг қадимги ёзма манба “Авесто”да арийлар тўғрисида шундай маълумот бор, “энг аввал мен, Ахура Мазда, одамлар учун илк макон этиб Даитийа дарёси бўйидаги сўлим ўлка Арйанам Ваэжўни яратдим...[1]. Бизнинг тушунчамиз бўйича Арйанам Ваэжў тарихий ҳудудимизга оид энг қадимги географик терминдир, яъни Турон, Туркистон, Моварауннаҳр, Трансоксиана, Ўрта Осиё, Марказий Осиё сингари

159-161 150 0

“Yog‘och muzey” - juma masjidini saqlash va ta’mirlash davr talabidir

Gavxar Durdiyeva, Adilbek Zargarov, Bekzod Xudayberganov

Ushbu maqolada YUNESKOning merosiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan Xiva shahridagi “Ichan
Qal’a” muzey qo‘riqxonasida joylashgan Juma Masjidi me’moriy yodgorligining texnik holatini aniqlash bo‘yicha olib
borilgan monitoring kuzatuv natijalari yoritilgan.

35-37 80 0

“USUL-I JADID” maktablarida dars berishning muhim jihatlari.

Zarif Begimqulov
Ushbu maqolada “usul-i jaded” maktablaridagi o‘quv jarayoni, o‘qitishning yangi usullarining bir qator o‘ziga xos xususiyatlari bayon etilgan.
461-467 212 0

“Turkiston to‘plami” O‘zbekiston tarixini o‘rganishda muhim manba sifatida

S Yo‘ldoshev, M Boboyev

Ushbu maqolada Rossiya imperiyasi va Sobiq ittifoq davrida yozilgan “Turkiston to’plami” asosida mamlakatimiz tarixiga oid bo‘lgan ma’lumotlar tahlil qilingan. Bundan tashqari ushbu maqolada mamlakatimizning Rossiya imperiyasi davrida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va “Turkiston to’plami” tarixshunosligi haqida qisqacha bayon etilgan.

98-116 429 0

“Temurnoma”dagi obrazlar tavsifi va evolyutsiyasi

Ilhom Sayitqulov

Temurnoma”ning jangnomasi tasvirlanayotgan voqelik va qahramonlarning tarixiy asosi mavjud bo‘lib, unda bosh qahramon sifatida buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur asos qilib olingan. “Temurnoma”da Amir Temur bilan bog‘liq tarixiy haqiqatlar xalq badiiy tafakkuri hosilasi o‘laroq Sohibqiron obrazi timsolida xalqona talqin qilingan. Xususan, bu talqinlar Amir Temurning tug‘ilishi, ma’lum vaqt otasidan ayro yashashi, yoshligida “sir” ko‘rsatib, telbaliklar qilishi, balog‘atga yetib qahramonliklar ko‘rsatishi, yerning olti tomoni – Shimol, Janub, G‘arb, Sharq, osmon va yer osti bilan aloqa bog‘lashi, eng muhimi, uning doimiy ravishda pir va eranlar homiyligida bo‘lishi tasvirlarida aks etadi. Tadqiqotning obyekti sifatida “Temurnoma: Amir Temur Ko‘ragon jangnomasi” tanlangan. Tadqiqot mavzusini yoritishda tasniflash, tavsiflash, tarixiy-qiyosiy va funksional tahlil usullaridan foydalanilgan.

534-538 240 0

“Tanazzul” romanida obrazlar tizimi

Dilnoza Mamanova

Maqolada Sa’dixon Mavlavixon oʻgʻlining “Tanazzul” romanidagi obrazlar tarixiylik va badiiylik jihatidan qiyosiy metod orqali tahlil qilingan. Asosan, toʻqima xarakterga ega obrazlardan Xudoyorxonnning yaqin xizmatchisi Saidbek va singlisi Oltinoy, shuningdek tarixiy protatipga ega Musulmonqul mingboshining oʻgʻli Abdurahmon va oʻsha davrda Toshkent hokimi boʻlgan Normuhammad qoʻshbegi obrazlari tadqiq qilingan. Asarda toʻqima obrazlardan foydalangan holda romanda oʻzgacha badiiylikni ta’minlagani va bu asar sujeti va kompozitsiyasiga ta’siri masalasi ham atroflicha muhokama qilingan. Natijada asar obrazlar tarixiy haqiqat va badiiy toʻqima jihatidan mutanosibdir.

41-51 122 0

“o‘zbek” etnonimi va “O‘zbek ulusi” geografik tushunchasi haqida qisqacha ma’lumot

A Ileboev, J Baikojoev

Ushbu maqolada ''o'zbek'' etnonimi arab-fors, rus va xorijiy manbalar asosida ko'rib chiqilgan. Etnonimning paydo bo'lishi va uning janubi-g'arbiy tomonga kengayishi va turli qabilalarning qo'shilishi haqida so'z boradi. Xorijiy kartograflar va tadqiqotchilar tomonidan tuzilgan xaritalarda O'zbekiston deb atalgan

200-203 113 0

“O‘zbek tilim – O‘zbekligim”

Madina Qobilova

1989-yil 21-oktabr… Qalblarni to‘lqinlantirgan mustaqillikning ilk nasimlarini olib kelgan qutlug‘ kun. Ona tilimiz sha’ni va qadr-qimmatini yuksaklarga ko‘tarishga tashlangan mardona qadam.

190-192 256 0

“Oʻzbekiston meʼmoriy yodgorliklarini asrab-avaylash muammolari”

Natalya Goncharova, Umida Saidumarova

Maqolada O'zbekiston arxitektura yodgorliklarini saqlash muammolarini o'rganish natijalari keltirilgan. Arxitektura yodgorliklarini tiklash usullari (restavratsiya, rekonstruksiya) va ularning maqsadi ko'rsatilgan, restavratsiya muammolarini hal qilishning yagona usuli xalqaro hamkorlik ekanligi aniqlangan.

63-84 296 0

“Majolis un-nafois”ning yettinchi majlisida zikr etilgan devon sohiblari

Gavharoy Murodova

Ushbu maqolada “Majolis un-nafois”da nomi qayd etilgan temuriy devon sohiblari haqida ma’lumot berilgan. Jumladan, Shoh G‘arib Mirzo, Xalil Sulton, Saydi Ahmad Mirzo, Sulton Mas’ud Mirzolar o‘z davrining go‘zal va boshqa davrlarga o‘rnak bo‘ladigan adabiy muhit yaratganlari, ilm-fan homiysi bo‘lganlari, ijodkor sifatida mumtoz adabiyotning turli xil janrlari va vaznlarida ijod qila olganlari fikrimizning tasdig‘i sifatida keltirilgan.
Bundan tashqari, o‘z davri ijodkori uchun mas’uliyatli vazifalardan biri bo‘lgan devon tartib bergan ijodkorlarning she’riyati mavzu ko‘lami,
devonning fanga aniqlanganidan tashkil topgan janrlar va bizga noma’lum bo‘lgan devonlarni topish zaruriyati to‘g‘risida atroflicha fikr yuritilgan.

261-263 90 0

“Jaholat” romani qahramonlarining ijtimoiy hayotdagi o‘rni

Muxlisa Xidirova

Truman Kapotening “Jaholat” romani o‘z davrining shov shuvli asarlaridan sanalib, undagi voqealar ayni ijtimoiy hayotning inikosi sanaladi. Asardagi voqealar va qahramonlar shunchalik kitobxon o‘rtasida bahsmunozaraga sabab bo‘lishi, muvaffaqiyatga erishishi ortida yozuvchining cheksiz mehnati, izlanishlari yotibdi, desak adashmaymiz. Qolaversa, ushbu asar uchun Truman Kapote ko‘p narsasini fido qilishiga to‘g‘rikeldi, sog‘ligi, ijtimoiy holati, mashhurlik. Roman 1965-yilda kitob holida “Jaholat” sarlavhasi ostida chop etilgunga qadar, yozuvchi tinimsiz faktlar, qaydnomalar, real qahramonlar bilan suhbat jarayonlari o‘tkazdi.

130-134 51 0

“Ipak yo‘lining iqtisodiy kamari” strategiyasi konsepsiyasi: maqsadi va uni amalga oshirish bosqichlari

Zou Jinjian

Мақолада “Ипак йўли иқтисодий камари” ҳақида сўз юритилиб, унинг халқаро  муносабатлардаги  иқтисодий  глобаллашув  даражасидаги  ўрни  ва  аҳамияти очиб берилади ҳамда унинг мақсад ва амалга оширилиш босқичлари кўрсатиб берилади.

474-477 277 0

“Hibatul haqoyiq”dagi qadimgi turkiy so‘zlar

Lutfulla Sindorov

«Hibatul haqoyiq» dostonida qadimgi turkiy tilga doir qator so‘zlar qo‘llanishda bo‘lgan. Maqolada mana shu so‘zlarning semalari, etimologiyasi yoritilgan. «Hibatul-haqoyiq»dagi leksik birliklar qadimgi turkiy til, Oltun yorug‘, Turfon matnlari, O‘rxun-Yenisey manbalari, qoraxoniylar davri hamda XIV asr manbalarida qo‘llanilgan so‘zlar bilan qiyosiy tahlil qilingan.

138-151 282 0

“Farhod va Shirin” dostonlarida janrlar takomili

Shahzodbek Ruzmetov
Mumtoz adabiyotimizda poetika ilmi alohida ahamiyatga ega bo'lib, tahlil va talqinning asosiy obyekti sifatida salmoqli o'rin egallaydi. Ushbu maqolada turkiy adabiyotda mavjud ikki yirik asar - Alisher Navoiy va Lamii Chalabiylarning "Farhod va Shirin" dostonlari qiyoslanilgan. Farhod obrazining genezisi, navoiyshunoslikda amalga oshirilgan tadqiqot-lar borasida olimlarning fikrlari o'rganilib, tahlil qilingan. Shakl jihatidan Navoiy masnaviysidan farq qiluvchi Usmonli turk shoiri Lamii Chalabiy-ning "Farhod va Shirin” dostonidagi lirik janrlar xususida so'z yuritilib, vazn va shakl nuqtayi nazaridan farqli o'rinlar tahlilga tortilgan. Qiyoslar natijasida dostonlarning kompozitsiyasiga xos xususiyatlar, qahramonlar tasviri, voqealar ifodasida she’r navlarining o'ziga xosligi masalalari ochib berilgan. Har ikki ijodkorning mavzuga yondashishdagi o'xshash va farqli tomonlari aniqlanilgan. Badiiy mahorat masalasi, asar arxitektonikasi hamda hajm nuqtayi nazaridan ijodkorlar ijodi qiyosiy o'rganilib, ilmiy xu-losalar chiqarilgan.
205-213 233 0

“Ayollar nasri” tadriji

Zulfiya Pardayeva

Maqolada "ayollar nasri" rivojlanishining tadriji ko'rib chiqiladi. Virjiniya Vulf, O. Slavnikova, T. Tolstaya, L. Petrushevskaya, V. Tokareva, N. Sadur, L. Ulitskaya asarlari misolida “ayollar nasri”ning badiiy xususiyatlari qiyosiy o‘rganiladi. Ular Yu.S.Kristevaning "Ayol har doim boshqacha", E. Sixning "Boshqa turdagi ko'zgu", "Meduza kulgisi", "Yolg'iz bo'lmagan bu jins", P. Yeagerning "Yoqimli aqldan ozgan ayollar: ayollar yozuvida erkinlik strategiyasi”, G.T.Garipovaning "XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi rus adabiy jarayonining rivojlanish mantig'i va dinamikasi: tamoyillar va istiqbollar" kabi tadqiqotlari bilan asoslangan.