Nikkolo ammanitining “men va sen” asarida troplarning qo‘llanilishi

CC BY f
321-324
25
13
Поделиться
Эргашова, Б. (2022). Nikkolo ammanitining “men va sen” asarida troplarning qo‘llanilishi. Переводоведение: проблемы, решения и перспективы, (1), 321–324. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/translation_studies/article/view/6111
Б Эргашова, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Italyan tili kafedrasi mudiri

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Hozirgi davr italyan adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Nikkolo Ammaniti 1966 yil 25-sentyabrda Rimda ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Uning birinchi romani, “Branchie” (Baqalar) to‘plami hisoblanib, 1994 yilda Ediesse tomonidan nashr etilgan. Bu roman uning adabiy muhitga kirib kelish debochasi edi. 1996-yilda Mondadorining “Fango” (Ko‘lmak) hikoyalar to‘plami nashr etilgan; uch yil o‘tgach, “Ti prendo e ti porto via” (Seni olib olislarga ketaman) Mondadori tomonidan ham nashr etildi, ammo uni keng ommaga mashhur qilgan asari “Io non ho paura” (Men qo‘rqmayman) romani edi. “Men va Sen” Nikkolo Ammanitining 2010-yil oktyabr oyida nashr etilgan qisqa romani.


background image

320

NIKKOLO AMMANITINING “MEN VA SEN” ASARIDA

TROPLARNING QO‘LLANILISHI

B.S. Ergashova

O‘zDJTU Italyan tili kafedrasi mudiri


Hozirgi davr italyan adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Nikkolo Ammaniti

1966 yil 25-

sentyabrda Rimda ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Uning birinchi romani,

“Branchie” (Baqalar) to‘plami hisoblanib, 1994 yilda Ediesse tomonidan nashr etilgan.
Bu roman uning adabiy muhitga kirib kelish debochasi edi. 1996-yilda Mondadorining
“Fango” (Ko‘lmak) hikoyalar to‘plami nashr etilgan; uch yil o‘tgach, “Ti prendo e ti
porto via” (Seni olib olislarga ketaman) Mondadori tomonidan ham nashr etildi, ammo
uni keng ommaga mashhur qilgan asari “Io non ho paura” (Men qo‘rqmayman)
romani edi. “Men va Sen” Nikkolo Ammanitining 2010-yil oktyabr oyida nashr etilgan
qisqa romani.

2012-yilda kitob rejissyor Bernardo Bertoluchchi tomonidan xuddi shu nomdagi

filmga aylantirildi. Mazkur ilmiy ishimizda N.

Ammanitining “Men va sen” asarida

qo‘llanilgan qahramonlar obrazini yoritib beruvchi troplarning leksik tahlili o‘rganiladi.

“Men va Sen” asarida jonlantirishni ko‘p o‘rinlarda ishlatilganini guvohi

bo‘lamiz: “Mi ci sono allungato sopra mentre il sangue mi pulsava nei timpani-men
yuqorida cho‘zildim, bu paytda qon qo‘shnog‘ora jaranglarini urayotgan edi”. Ushbu
gapda qon so‘zini jonlantirish hodisasi yuz bergan, ya’ni oddiygina “qattiq nafas
olayotgan edim yoki tomirim urayotgan edi” kabi jumlalar o‘rniga “qon qo‘shnog‘ora
jaranglarini urayotgan edi” jumlasining ishlatilishi hikoyachi tilining mukammalligi
hamda murakkabligini, uslubning farqliligi, muallif leksikasining boyligidan dalolat
beradi. Bizga ma’lumki, inson qoni faqat oqimda harakatlanadi, unda urish xususiyati
mavjud emas. “la luce tetra dell’lba le disegnava la sagoma sottile- tongning yoqimsiz
nuri unda ingichka changlarn

i chizardi.” Bu o‘rinda tong nurining insonga xos chizish

san’atini olishi, ma’noviy kategoriyani kengaytirmoqda. Italyan tilida ushbu hodisa
“Personificazione” – shaxslantirish deya ataladi va bunda odamdagi xislat va
illatlarning ko‘pchiligi narsalar va jonzotlarda kuzatiladi.

“Il cielo grigio pesava sopra i tetti e tra le antenne-Kulrang osmon tomlar va

televizor simlari orasida osilib turar edi”. Bu yerda muallif qahramon ko‘zlari orqali
tabiat manzarasini chizmoqda. Osmonning osilib turgan holatda ko‘rinishi kishining
kayfiyati yo‘qligi yoki nimadandir jahli chiqqanini bildiradi. “La furia che mi faceva
partire a testa bassa?

– G‘azab meni boshimni egishga majbur qilyaptimi?”.

G‘azabning harakatga keltirilishi ichki kechinmalarning yanada jonliroq
tasv

irlanishiga sabab bo‘lmoqda. “Ero seduto su un gigante di pietra che mi

abbracciava e non mi lasciava andare-

Men bir maxluqot ustida o‘tirgandek edim,

meni quchoqlab olgan va ketishimga imkon bermasdi”. Bu yerda mashinaning
o‘rindig‘i maxluqqa va xavfsizlik kamari uning qo‘llariga qiyoslanmoqda. Qattiq aqliy
va psixologik hujum ta’sirida qolgan Lorenzo vaziyatini shunday izohlab bermoqda.
Jonlantirishning ikkinchi turi intoq (nutq bilan bog‘liq) bo‘lib, nutqi yo‘q narsa va
predmetlarni nutq egasi sifatida

jonlantirish usulidir. Ushbu usul ko‘pincha majoziy

mavzudagi ertaklarga xos bo‘lib, bu hodisa italyan tilida “allegoriya” deb ataladi.


background image

321

Allegoriya (grekcha allon “ boshqa” va agoreuo “aytaman” ya’ni “boshqacha nomlash
degan ma’noni anglatadi”)shunday badiiy vositaki, unda hayvonlar, hasharotlar,
nutqsiz jonzotlar odam kabi harakatlanadi, gapiradi va biz ularni axloqiy tarbiya
beradigan “Fiaba”larda ko‘plab uchrata olamiz. Masalan, italyan ertakshunoslaridan
biri Karlo Lapuchchining “Ozg‘in tovuq” ertagida tulki hamda tovuq obrazlariga
nisbatan intoq san’ati ishlatilgan:

Gallina: “Sta’ sicura, e aspettami.” – Tovuq: ishonaver va meni kut.
Volpe: “Ti aspetto, ti aspetto…E ricordati di non fare scherzo, perche’ di qui

prima o poi dovrai passare”. Tulki: seni kutaman, seni kutaman…. yodingda tut,
hazillasha ko‘rma, chunki ertami-kechmi baribir, shu yerdan o‘tasan.

Ammaniti ijodida ko‘zga tashlanadigan badiiy vositalardan biri giperbola

(grekcha “huperbole”-mubolag‘a) bo‘lib, u orqali qahramonning ichki dunyosi,
h

ayoloti hamda xarakteri ko‘rsatib beriladi. Mubolag‘ada san’atkor tasvirlanayotgan

shaxs, predmet, voqea-

hodisalarni boshqalaradidan ajratib ko‘rsatish, diqqatini jalb

qilish maqsadida judayam bo‘rttirib tasvirlaydi. Aslida, san’at va adabiyotning hamma
vo

sitalarida, ularning voqe bo‘lishi hamda yashashida mubolag‘a qatnashadi;

mubolag‘a qatnashmasa, san’at ham adabiyot ham sayqal topmaydi. Ularning
asosida real tasavvur qiladigan, odam to‘liq ishonadigan mubolag‘a bo‘lsa, giperbola
usulida bu yanada orttir

ib, o‘ta kuchaytirib tasvirlanadi. Bu usul ko‘pincha sifatlash,

o‘xshatish, jonlantirish kabi vositalar bilan hamkorlik qiladi va shu yo‘l bilan o‘zining
behisob qudratini, o‘lchovi yo‘q kuchini namoyish etadi. Mubolag‘aning tablig‘, ig‘roq,
g‘uluv kabi turlari ham mavjud bo‘lib, ular, asosan, qahramonlik dostonlarida
uchraydi.

Mubolag‘a ham tasvirning ta’sirchan chiqishiga, obrazli ifodalanishiga xizmat

qiladi. “Mubolag‘aning so‘z ma’nosining ko‘chishiga asoslanishi uning troplar
guruhiga mansubligini ko‘rsatsa ham, u tropning boshqa ko‘rinishlaridan farq qiladi.
Chunki tropning boshqa ko‘rinishlarida ko‘chma ma’no ma’lum bir belgi asosida
o‘xshatish, taqqoslash, voqea-hodisa yoki predmetlar o‘rtasidagi bog‘liqlikka ko‘ra
bo‘lsa, mubolag‘a esa to‘g‘ri ma’noda tushunmaslikni talab etadi” Mubolag‘aga
asoslangan ko‘chim badiiy matnga nutq predmetiga nisbatan tinglovchi yoki kitobxon
e’tiborini tortish va nutqning emotsionalekspressivligini ta’minlash maqsadi bilan olib
kiriladi. Mubolag‘ada ifodalanayotgan axborot tabiiyki, hayot haqiqatiga mos
kelmaydi. Lekin me’yor buzilsa kutilgan effektga erishilmasligi ham mumkin. Aslida
“mubolag‘ali nutqning asosiy maqsadi axborot berish emas, balki, tinglovchi yoki
o‘quvchiga ta’sir qilishdir”.

Bugungi badiiy adabiyotda

giperbolaning mazmun jihati, ta’sir kategoriyasi

qisqarib bormoqda, ya’ni ma’no jihatdan yondashilganda, u ozgina bo‘rttirish,

kuchaytirishga teng bo‘lmoqda. Masalan:” Tra i tredici e I quttordici anni ero cresciuto

di botto… Mia madre diceva che due cavalli da tiro mi avevano stirato. Passavo un
sacco di tempo allo specchio a osservarmi la pelle bianca macchiata di lentiggini, i
peli sulle gambe. Sulla testa mi cresceva un cespuglio castano da cui spuntavano le

orecchie… un naso imponente mi divideva gli occhi verdi”. – “O‘n uch-o‘n to‘rt yoshlar

orasida birdan o‘sib ketdim. Oyimning aytishicha, meni ikki otli arava bosib,

dazmollab ketgan. Bir qop vaqtni ko‘zgu oldida sepkillarning izi bor oq termini,

oyoqlarimdagi tuklarni kuzatgancha o‘tkazardim. Boshimda o‘sayotgan kashtan

rangli butazordan quloqlar yorib chiqqan. Bir bahaybat burun ikki yashil ko‘zni bo‘lib

turar edi.”Bu yerda “ikki otli arava bosib, dazmollab ketgan” jumlasi qahramon


background image

322

Lorenzoning bo‘yi uzunligi hamda ozg‘inligini bo‘rttirib ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z

navbatida o‘quvchi tasavvurida qahramon tasvirini chizish, yaratish imkoniyatini

kuchaytiradi. Vaqtga nisbatan qop so‘zining ishlatilishi ham badiiy sayqallikka jilo

berib giperbolaga mazmunan taqlid qilyapti, ya’ni vaqt mavhum tushuncha bo‘lib, uni

qop bilan o‘lchab bo‘lmaydi, uni faqat sekundlarda, daqiqalarda belgilash mumkin.

“Ancha soat ko‘zgu qarshisida turdim”, ko‘proq kundalik tilga xos, shu sababdan

muallif qop so‘zini tanlagan. Kashtan rangli butazor-jingalak sochning ekvivalenti
his

oblanib, u ma’noning o‘ta kuchayishiga sabab bo‘lmoqda, ya’ni soch oddiygina

jingalak emas, balki orasiga taroq kirolmas darajada ekanligi, bu esa inson oralay
olmas chakalakzor-u, betartib butazorga tengligi obrazning yaratilishida yana bir
asosiy detal v

azifasini bajarmoqda. “Spuntare” fe'li ham oddiygina “apparire” paydo

bo‘lmoq, ko‘rinmoq fe’llarining orttirilgan, kuchaytirilgan shakli sanaladi. Burunga

nisbatan enorme so‘zining ishlatilishi o‘ta katta burun tarjimasini berib, bunda burun

ko‘z oldimizda tor hovliga tiqilib qolgan avtokran tasvirini gavdalantirmoqda.

“Quello era l’inferno in terra. C’erano centinaia di ragazzi” – “Bu – yerdagi

do‘zax edi. Yuzminglab bolalar bor edi”. Ushbu holatda bolalar sonining nihoyatda

orttirilib ko‘rsatilishi orqali qahramon Lorenzoning bu holatga salbiy munosabatda

ekanligidan dalolat beradi, hamda yana bir bor uning odamoviligiga sha’ma qiladi.

Asarda litota-

tafritlardan deyarli foydalanilmagan. O‘zbek mumtoz adabiyotida

tazod deb ataluvchi tasviriy vosita qarshi

lantirish ma’nosini beradi a unda zid ma’noli

so‘zlar qo‘llaniladi. Italyan tilida esa bunday tasviriy vositalar ossimoro deb ataladi.

Bugungi kunda tazodning zamonaviy ko‘rinishi sifatida oksyumoron hodisasi

yaratildi. Oksyumoron grekcha so‘z bo‘lib, “o‘tkir lekin bema’ni” degan ma’noni

bildiradi. Ular ayrim adabiyotlarda “okkazional birikmalar”, “noodatiy birikmalar” yoki

“g‘ayriodatiy birikmalar” deb ham yuritiladi.

Ossimoro antitesining bir turi sanalib, nutqqa yanada jonlantirish, hayotiylik

berish maqsadida foydalaniladi. Masalan asardagi quyidagi jumlani keltirish

mumkin:” Ho girato a destra, un morto vivente mi e venuto incontro ciabattando –

O‘ng tomonga qaradim, bir tirik jasad shalp-shulp qadam bosiq mening qarshimda

paydo bo‘ldi”. bu yerdagi tirik jasad birikmasining qo‘llanilishi mazmunning

jonlanishiga turtki bo‘lmoqda.

Bosh qahramon Lorenzo haqida ham bir nechta tasvirlar, o‘xshatishlar mavjud:

“Lorenzo, tu sei come le piante grasse, cresci senza disturbare… mi diceva una
vecchia tata di Caserta-

Lorenzo, sen xuddi semiz o‘tlarga o‘xshaysan, to‘xtamasdan

o‘sasan. Kasertaning qari rohibasi shunday derdi”. Bundan bilish mumkinki, Lorenzo

uzun bo‘yli bola bo‘lgan, balki tengdoshlaridan ancha uzunroq ham. “lo sguardo mi e
finito sullo specchio attacc

ato all’anta dell’armadio e ho visto riflesso un ragazzino in

mutande, bianchiccio come un verme, con le gambe che sembravano ramoscelli…-

nigohim shkaf tabaqasiga yopishtirilgan ko‘zgu qarshisida to‘xtadi va tungi kiyimda

bir bolakay aksini ko‘rdim, daraxt qurtiday oqish, oyoqlari shoxchalarga o‘xshaydi”.

Bu tasvirlar Lorenzoning mukammal portretini yaratishga tayanch bo‘ladi. Ayniqsa,
oyoqlarining daraxt shoxchalariga qiyoslanishi badiiylikni yanada oshirib, uning

ozg‘in va uzun tanasi borligini bildiryapti.


background image

323

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Claudio Manella, Cesara Pallante “Guida ai verbi Italiani”. Progetto Lingua

Edizioni. Firenze, Italia 2006.

2.

“IO e TE”, Niccolo Ammaniti. Einaudi. 2010.

3.

Sambugar “Strutture dell’Italiano” Copyright N. Zanichelli. S.p.A., Bologna

1985.

4.

Раҳматуллаев Ш. Нутқимиз кўрки. – Тошкент: “Фан”, 1970.

5.

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек фразеологиясининг баъзи масалалари. –

Тошкент: Фан, 1966.

Библиографические ссылки

Claudio Manella, Cesara Pallante “Guida ai verbi Italiani". Progetto Lingua Edizioni. Firenze, Italia 2006.

“IO e ТЕ”, Niccolo Ammaniti. Einaudi. 2010.

Sambugar “Strutture dell’ltaliano” Copyright N. Zanichelli. S.p.A., Bologna 1985.

Рах,матуллаев Ш. Нутцимиз курки. -Тошкент: “Фан”, 1970.

Рах,матуллаев Ш. ^збек фразеологиясининг баъзи масалалари. -Тошкент: Фан, 1966.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов