Авторы

  • Мохира Жуманиязова
    Международная исламская академия Узбекистана

Биография автора

  • Мохира Жуманиязова, Международная исламская академия Узбекистана
    Преподаватель кафедры «Общественные науки и право»

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.txmfatbk.60787

Ключевые слова:

восточный ренессанс гендерное равенство социальная активность женская активность международные организации программа реформ наука и технологии

Аннотация

В данной научной статье анализируется научно-теоретическая значимость реформ науки в Узбекистане и социально-политические особенности отношений гендерного равенства. Состоялись мнения о важных аспектах проводимой широкомасштабной работы, а также о том, на что следует обратить внимание для достижения гендерного равенства. Также были подчеркнуты возможности, предоставляемые женгцинам в социальной, экономической и политической сферах. В этом плане, наряду с сегодняшним Узбекистаном, заслуживают внимания инициативы таких международных организаций, как ООН и ЮНЕСКО. В статье рассматриваются столь важные вопросы с научной и теоретической точки зрени

background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

43

XALQARO VA MILLIY MAKON ILM-FAN TARAQQIYOTIDA

OLIMA AYOLLARNING IJTIMOIY FAOLLIGI

Jumaniyazova Moxira Shuxrat qizi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi o‘qituvchisi

e-mail: moxirajumaniyazova@gmail.com

Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda ilm-fanga doir

islohotlarning ilmiy-nazariy ahamiyati hamda gender tengligiga oid munosabatlarning
ijtimoiy-siyosiy xususiyatlari tahlil etilgan. Gender tengligiga erishishda nimalarga
e’tibor qaratish borasida ham amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning muhim
jihatlari to‘g‘risida fikr-mulohazalar yuritilgan. Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohada
xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlari to‘g‘risida ham yoritib o‘tilgan. Bu borada
bugungi O‘zbekiston bilan bir qatorda xalqaro tashkilotlardan BMTning, shuningdek,
YUNESKOning tashabbuslari ham e’tiborlidir. Maqolada shu kabi muhim masalalar
ilmiy-nazariy nuqtai nazaridan tadqiq etilgan.

Kalit so‘zlar: Sharq renessansi, Gender tenglik, ijtimoiy faollik, xotin-qizlar

faoliayti, xalqaro tashkilotlar, islohatlar dasturi, ilm-fan texnologiyari;

СОЦИАЛЬНАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ЖЕНЩИН-УЧЕНЫХ В

РАЗВИТИИ МЕЖДУНАРОДНОЙ И НАЦИОНАЛЬНОЙ НАУКИ

Аннотация: В данной научной статье анализируется научно-

теоретическая значимость реформ науки в Узбекистане и социально-
политические особенности отношений гендерного равенства. Состоялись
мнения о важных аспектах проводимой широкомасштабной работы, а также о
том, на что следует обратить внимание для достижения гендерного
равенства. Также были подчеркнуты возможности, предоставляемые
женщинам в социальной, экономической и политической сферах. В этом плане,
наряду с сегодняшним Узбекистаном, заслуживают внимания инициативы
таких международных организаций, как ООН и ЮНЕСКО. В статье
рассматриваются столь важные вопросы с научной и теоретической точки
зрени

Ключевые слова: восточный ренессанс, гендерное равенство, социальная

активность, женская активность, международные организации, программа
реформ, наука и технологии;

SOCIAL ACTIVITY OF WOMEN SCIENTISTS IN INTERNATIONAL

AND NATIONAL SCIENCE DEVELOPMENT


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

44

Annotation: This scientific article analyzes the scientific-theoretical

significance of science reforms in Uzbekistan and the socio-political characteristics of
gender equality relations. Opinions were held on the important aspects of the wide-
scale work being carried out, as well as on what to pay attention to in order to achieve
gender equality. The opportunities given to women in the social, economic, and
political spheres were also highlighted. In this regard, along with today's Uzbekistan,
the initiatives of international organizations such as the UN and UNESCO are
noteworthy. The article examines such important issues from a scientific and
theoretical point of view.

Key words: Eastern renaissance, Gender equality, social activity, women's

activity, international organizations, reform program, science and technology;

Bilamizki, Sharq o‘zining bitmas-tuganmas ma’naviy-madaniy merosi, ilm-

fanning muhim beshigi hisoblanadi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo hududida birinchi,
ikkinchi renessans - ilm-fan taraqqiyoti davri bu ma’naviy merosning muhim o‘chog‘i
bo‘lib xizmat qilishi hech kimga sir emas. Mamlakatimiz mustaqilligimizning
dastlabki yillaridan to hozirga qadar ana shu ma’naviy merosni o‘rganishga va o‘lka
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo‘nalishlar uchun muhim bo‘lgan ilmiy salohiyat sohalarga
tatbiq etib kelinmoqda. Bu haqda mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev har bir
nutqlarida alohida e’tibor qaratadilar. Mamlakatimiz tomonidan ilgari surilayotgan
davlat dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarda ham aynan shu maqsad birlamchi
o‘rinda turadi.

Xususan, davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan ishlab chiqilgan “Ilm-fanni 2030-

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”[1] gi farmonida
“Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda
moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng
foydalanish, istiqbolda ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor
yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori
malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish, ishlarini sifat
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da
amalga oshirishga oid davlat dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur bevosita 2030-yilga
qadar ilm-fan tarmoqlarini rivojlantirishni maqsad qilgan holda bir necha bosqichda
amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Quyida davlat dasturidagi rejalar va ularning
mazmuniga to‘xtalinilgan:

a) ilm-fan sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida:
ilmiy tashkilotlarning ilmiy-innovatsion faoliyati samaradorligini baholashga

yo‘naltirilgan milliy reyting tizimini joriy etish;


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

45

ilm-fanda o‘zini o‘zi boshqarish tizimini rivojlantirish orqali davlat va ilmiy

tashkilotlar o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish hamda uning doirasida
loyihalarni amalga oshirish;

b) ilm-fan va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda

moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash borasida:

2025-yilga qadar ilm-fanga yo‘naltiriladigan jami mablag‘larning yalpi ichki

mahsulotga nisbatan ulushini 6 baravarga, 2030-yilgacha esa 10 baravarga oshirish;

2025-yilga qadar ilm-fanni umumiy moliyalashtirish hajmida ilmiy-tadqiqot va

tajriba-konstruktorlik ishlariga xususiy sektor tomonidan ajratiladigan mablag‘lar
ulushini amaldagi 8 foizdan 20 foizga, 2030-yilgacha esa 30 foizga yetkazish;

innovatsion ishlanmalar va startap loyihalarni moliyalashtirish maqsadida xorijiy

yetakchi investitsiya kompaniyalari bilan hamkorlikda 2021-yilda 2 ta, 2025-yilda 10
ta venchur jamg‘armalarini tashkil qilish;

v) yuqori malakali ilmiy va muhandis kadrlar tayyorlash hamda ularni ilmiy

faoliyatga yo‘naltirish borasida:

ilmiy tashkilotlar tadqiqotchilarining o‘rtacha yoshini 2025-yilga qadar 45 ga,

2030-yilgacha esa 39 ga yetkazish;

2025-yilga qadar 39 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilarning umumiy sonida yuqori

malakali ilmiy xodimlarning (fan nomzodi, falsafa va fan doktorlari) ulushini 2
baravarga, 2030-yilgacha esa 3 baravarga oshirish;

g) ilm-fanni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini yaratish borasida:
2025-yilga qadar ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar sohasidagi texnologik

innovatsiyalarga xarajatlarning umumiy hajmida tashkilotning o‘z kuchi bilan
bajarilgan texnologik innovatsiyalarga xarajatlarning ulushini 3,5 baravarga, 2030-
yilgacha esa 9 baravarga oshirish;

d) ilm-fan taraqqiyotiga ko‘maklashuvchi zamonaviy axborot muhitini

shakllantirish borasida:

milliy ilmiy portalni yaratish;
olimlar, tashkilotlar, ilmiy-texnik axborot manbalari reytinglarini joriy etish” [1]

kabi masalalarni ko‘zda tutadi.

Mamlakatimizdagi har bir ilm-fanga doir islohotlar albatta o‘zining tub ildizlariga

ega hamda o‘zining o‘ziga xos jihatlarini ham qamrab oladi. O‘ziga xos jihatlariga biz
bevosita ilm-fan taraqqiyotida olima ayollarimizning ham bugun salmoqli o‘rinlarda
ekanligi bilan izohlashimiz mumkin. Jahonda Gender tengligini ta’minlash va xotin-
qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha yuzlab dasturlar amalga
oshirilayotgan bir vaqtda mamlakatimiz xotin-qizlarni ta’limga jalb etish va ularning
ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan sanoqli davlatlar qatorida turadi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning dasturiy
ishlanmalari, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

46

amalga oshirilmoqda. So‘nggi besh yilning o‘zida xotin-qizlarning huquqiy mavqeini
yuksaltirish, oila institutini himoya qilishga qaratilgan ko‘plab qonunlar, Prezident
farmon va qarorlari qabul qilindi hamda amalda izchil tatbiq etilmoqda.

Xususan, 2019-yil 2-sentyabrda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq

hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va
zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. Ushbu qonunlar
xotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, ta’lim muassasalarida, boshqa joylarda
tazyiqlar va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish hamda erkaklar va
ayollar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash, jinsi
bo‘yicha kamsitilishining va tengsizligining oldini olish sohasidagi ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Bundan tashqari, "Fuqarolarning
reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi. Mehnat kodeksiga
xotin-qizlarni har qanday kamsitish va ta’qiblardan himoya qilishni nazarda tutuvchi
o‘zgartishlar kiritildi. O‘zbekistonda qisqa vaqt ichida xotin-qizlarning hukumat va
jamiyatdagi rolini oshirishga, ularning bandligini ta’minlashga, ayollar tadbirkorligini
rivojlantirishga va muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 15 ta normativ-
huquqiy hujjat qabul qilingan. Bu bilan xotin-qizlar huquqini himoya qilishning
tegishli mexanizmlari yaratildi. Har qanday jamiyatning madaniy darajasi ayolga
bo‘lgan munosabati bilan belgilanadi. Mamlakatimizda faol gender siyosati doirasida
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy mavqeini mustahkamlash bo‘yicha jadal ish olib
borilmoqda. O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasi 75-yubiley sessiyasida
qayd etganidek, "Biz uchun gender tenglik siyosati ustuvor masalaga aylandi. Xotin-
qizlarning davlat boshqaruvidagi o‘rni tobora kuchaymoqda. Yangi Parlamentimizda
ayol deputatlar soni ikki barobarga ko‘paydi" [3].

“Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-

dekabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 11-fevral – Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar
xalqaro kuni deb e’lon qilingan. Ushbu xalqaro sana butun dunyoda ayollar va
qizlarning ilm-fan bilan to‘laqonli shug‘ullanishlariga teng imkoniyatlar yaratish,
shuningdek, xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirish uchun ta’sis etilgan.

Shu munosabat bilan 2024-yil 9-fevral kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish

ayni sanaga bag‘ishlangan bayonotida ayollar va qizlarning ilm-fan yo‘lida
yuksalishlariga tizimli g‘ov-to‘siqlar va turli johilliklar haligacha xalal berayotganiga
e’tiborni qaratdi. Uning ta’kidlashicha, “Bu holat dunyomizni buyuk iste’dodlardan
mahrum etmoqda” [2].

Hozirgi vaqtda ilm-fanning sun’iy intellekt bilan bog‘liq eng ilg‘or sohalarida

ishlayotgan mutaxassislarning beshtasidan faqat bittasi ayoldir. Ya’ni, ushbu sohadagi
xotin-qizlar ulushi bor-yo‘g‘i 22 foizdan iborat. Jahonda to‘rtinchi sanoat inqilobining
muvaffaqiyatini ta’minlab beradigan aksariyat texnologiya sohalarida muayyan bilim
va ko‘nikmaga ega mutaxassislar taqchilligi kuzatilayotgani sir emas. Shunga


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

47

qaramay, xotin-qizlar oliy o‘quv yurtlarining muhandislik ixtisosligi bo‘yicha
bitiruvchilari orasida atigi 28 foizni tashkil etsa, kompyuter va informatika fanlari
yo‘nalishida bu ko‘rsatkich 40 foizga zo‘rg‘a yetmoqda.

Ilmiy izlanishlar olib borayotgan xotin-qizlar, odatda, istiqboli beqaror va oylik

maoshi yuqori bo‘lmagan lavozimlarda ishlamoqda. Ularning tadqiqotlari mashhur
jurnallar sahifalarida yetarli darajada yoritilmayapti va mehnatlari mansab
pillapoyalaridan ko‘tarilishida inobatga olinmayapti.

BMT Bosh kotibi bayonotida dunyoning ayrim mintaqalarida xotin-qizlarning

ta’lim olishi o‘ta cheklanganligi yoki butunlay taqiqlanganligi ham tilga olindi.
A.Guterrish qayd etganidek, “Bunday holat jamiyatning o‘z oyog‘iga o‘zi bolta urishi,
qolaversa, inson huquqlariga noinsoflarcha xilof ish tutishidan boshqa narsa emas”.

Shu ma’noda, xotin-qizlarning barcha ilmiy va innovatsion kashfiyotlarda

tengma-teng ishtirokini ta’minlash orqaligina sayyoramizda ilm-fan butun insoniyatga
xizmat qilishiga erishishimiz mumkin. Bu o‘rinda, albatta, xotin-qizlarni iqlim
o‘zgarishidan toki sog‘liqni saqlash va sun’iy intellekt sohalarigacha bo‘lgan jamiki
ilmiy jarayonlarga faol jalb etish haqida so‘z bormoqda. A.Guterrish “Xotin-qizlarning
ilm-fan bilan shug‘ullanishga haq va huquqlari bor”, dedi o‘z bayonoti yakunida.

Binobarin, BMT Bosh kotibi 2023-yil 10-fevral kuni bergan bayonotida ham ilm-

fan sohasida xotin-qizlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, bundan ilm-fan shunchalik ko‘p
yutishini ta’kidlagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Ayollar va qizlar ilmiy tadqiqot
faoliyatiga xilma-xillik olib kiradi, ilm-fan asosiy kasbi bo‘lgan fidoyilar safini
kengaytiradi va ilmiy-texnikaviy sohani yangicha qarashlar hisobiga boyitadi”.

BMT Bosh kotibi xotin-qizlarning ilm-fanga bo‘lgan huquqini qat’iy turib himoya

qilishga, bu yo‘ldagi har qanday qotib qolgan yondashuvlar, eskicha qarashlar va turli
g‘ov-to‘siqlarga barham berishga da’vat etdi. A.Guterrish ta’biri bilan aytganda, “Biz
barchamiz sinfxonalar, laboratoriyalar va kabinetlarni xotin-qizlar orasidan yetishib
chiqqan olimalar bilan to‘ldirish evaziga dunyomizda mavjud bo‘lgan, lekin shu
paytgacha foydalanilmay kelayotgan beqiyos iste’dodlarga qanot bag‘ishlash uchun
o‘z munosib ulushimizni qo‘shgan bo‘lamiz” [3, 23].

Haqiqatan ham, YUNESKOning 2023-yildagi ma’ruzasida ham ta’kidlanganidek,

bugungi kunda xotin-qizlar dunyodagi olimlar sonining atigi uchdan bir qismini tashkil
etmoqda. YUNESKO Statistika instituti ma’lumotlariga qaraganda, oliy ta’lim
muassasalarida o‘qiyotgan talabalarning 35 foizigina ilm-fan, texnika-texnologiyalar,
muhandislik va matematika sohalari bo‘yicha tahsil olayotgan xotin-qizlardan iborat.

XXI asrda yashayotganimizga qaramay, hatto hozirgi kunda ham ilm-fan bilan

bog‘liq sohalarda xotin-qizlarning chetda qolayotgani ochiq-oydin kuzatilmoqda.
Dunyo jamiyatlarining qon-qoniga singib ketgan bunday gender notenglik illatlari,
ayniqsa, iqtidorli va yuksak salohiyatli qizlar ko‘pincha o‘zlarini ilm-fan sohalaridan
chetga olishlariga to‘g‘ri kelayotgani misolida sezilib qolmoqda.


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

48

Binobarin, xotin-qizlarning ilm-fanning barcha sohalarida o‘z munosib o‘rni bor.

Ular ilmiy taraqqiyot jarayonlarida faol ishtirok etish huquqiga ega. Buni ayollar va
qizlar chuqur anglab yetishlari kerak.

Shuning uchun YUNESKO sayyoramizda ilm-fan bilan shug‘ullanadigan xotin-

qizlar safini kengaytirish yo‘lida izchil ish olib bormoqda. Bu borada 2021-yilda
YUNESKOning Ochiq ilm-fan bo‘yicha tavsiyalari barcha a’zo-davlatlar tomonidan
qabul qilingani katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Ammo, hozircha jahonda, ayniqsa, sanoati rivojlangan mamlakatlardagi ilm-fan

sohasida erkaklarning son jihatdan ustunligi odatiy hol hisoblanadi. Shu ma’noda,
dunyo hamjamiyatining keyingi yillarda ilm-fan sohasida gender tenglikka erishish
yo‘li bilan "raqamli inqilob" samaralaridan ayollar va erkaklar teng foydalanishini
ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratayotgani juda muhim.

Yana bir muammo shuki, xotin-qizlar zamonaviy texnologiyalarga taalluqli

sohalarda ishlasa-da, mansab pillapoyalaridan ko‘tarilib borishda jiddiy to‘siqlarga
duch kelmoqda. Masalan, kimdir homilador bo‘lgani uchun ta’tilga chiqib ketsa, yana
kimdir rahbariyatning noxolis muomala-munosabatidan aziyat chekadi.

Keyingi yillarda korporativ dunyoda xotin-qizlarga nisbatan munosabat bir qadar

o‘zgarayotgani kuzatilmoqda. Binobarin, ishchi kuchini diversifikatsiya qilish –
daromadni oshirishning qulay yo‘li ekanini aksariyat kompaniyalar yetakchilari
tushunib yetmoqda.

Biroq xotin-qizlarning ilm-fan sohasida jadal sur’atlarda ilgarilashi yo‘lida hali-

beri to‘siqlar bisyor. Shunday g‘ovlardan biri – zarur darajada ta’lim olish
imkoniyatining cheklanganligidir.

YUNESKO ekspertlarining fikricha, xotin-qizlar raqamli iqtisodiyotning uzviy bir

qismiga aylanishlari darkor. Toki, To‘rtinchi industrial inqilobda gender tengsizlik
kabi nomaqbul an’anaga o‘rin qolmasin.

Ilm-fan sohasida jinsiy mansublik bilan bog‘liq kamsitishlarga qarshi kurashning

muhim choralaridan biri – bu olimalarga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda, tegishli
ma’lumotlar bazasini yaratishdir. Hozirda ushbu ma’lumotlar ustida ishlayotgan
tashkilot o‘z tarkibida 500 nafar olimani jamlagan. Ular, bir tomondan, xotin-qizlarga
ta’lim olish va ishga joylashishda ko‘maklashayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan,
muayyan natijaga erishganlarni rag‘batlantirish bilan izchil shug‘ullanmoqda.

Davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy ta’lim muassasalari doktoranturasiga xotin-

qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratilishi mamlakatimizda ilm
bilan shug‘ullanadigan ayollar safi kengayishiga xizmat qilmoqda.

Hozirgi kunda yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar

soni bir million nafardan oshib, shundan xotin-qizlar ulushi 47,8 foizni tashkil
etmoqda. Bu boradagi ko‘rsatkich yildan-yilga o‘sib borayotgani quvonarlidir [4].


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

49

Bir vaqtlar oliy ma’lumotli ekanligini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmagani sababli

tajribali, bilimli va malakali ayol xodimlarni ishdan chetlashtirish holatlari tez-tez
kuzatilardi. Endilikda esa, bu muammoning yechimi topilgan.

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega, biroq oliy ma’lumoti

bo‘lmagan opa-singillarimiz Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga
asosan davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga umumiy
qabul parametrlaridan tashqari alohida test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘lov-kontrakt
asosida o‘qishga qabul qilinmoqda. 2022-2023 o‘quv yilida bu imkoniyatdan 507 nafar
xotin-qizlar foydalanishga muvaffaq bo‘ldi.

Mamlakatimizda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajasi bor xotin-

qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, nufuzli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy
maktablar yaratishga qaratilgan kompleks choralar ko‘rildi, bu boradagi milliy
qonunchilik zamon talablari asosida takomillashtirildi. Xususan, 2019-yilda “Ilm-fan
va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi oliy o‘quv yurti tahsilidan
keyingi ta’lim tizimini takomillashtirishda muhim huquqiy asos sifatida xizmat
qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Innovatsion

rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi. Ilm-
fan va ilmiy faoliyat sohasidagi shu kabi qonun, yanada aniq qilib aytganda, ilmiy
kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish borasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy
hujjatlar mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlashda, xususan, xotin-qizlarni ilm-fan
sohasiga yanada keng jalb etishda ulkan omil bo‘lmoqda.

Mamlakatimizda, 2023-yil yanvar holatiga, fan doktorlarining soni 700 dan ortiq,

fan sohasida izlanish olib borayotgan ayollar soni 5 mingdan ziyod, oliy ta’lim
yurtlarida dars berayotgan xotin-qizlar soni 14 mingdan oshadi.

Fanlar akademiyasi tizimida ishlayotgan 4 ming 760 nafar xizmatchining 40

foizini, ya’ni 1 ming 905 nafarini xotin-qizlar tashkil etmoqda. Yurtimizda ilmiy
izlanishlar bilan mashg‘ul 2 ming 146 nafar tadqiqotchidan 695 nafarini ham ayollar
tashkil etishi quvonarlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-fevraldagi Farmoni bilan

“Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-
quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda axborot
texnologiyalari yo‘nalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar Zulfiya
nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bularning barchasi Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida xotin-qizlarimiz alohida

o‘rin tutishini yaqqol anglatib turibdi. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Meni
kishilarimizning ongida paydo bo‘lgan stereotip ko‘p o‘ylantiradi. Odatda biz ayolni
avvalambor ona, oila qo‘rg‘onining qo‘riqchisi sifatida hurmat qilamiz. Bu, shubhasiz,
to‘g‘ri. Ammo bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda amalga


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

50

oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi ham
bo‘lishi kerak”.

Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va

manfaatlarini himoya qilish, ayollarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli
ishtirok etishiga erishish, gender tenglik va reproduktiv salomatlikni ta’minlash
bo‘yicha olib borilayotgan davlat siyosatini jahon hamjamiyati e’tirof etmoqda. Bu
borada qo‘lga kiritayotgan yutuqlarimiz BMT, Xalqaro mehnat tashkiloti, YUNISEF,
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori
baholanmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: 2023.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.10.2020 yildagi PF-

6097-son.

3.

Xoliqova M., Ishanxanova G., Po‘latova Sh. Gender tengligi: g‘oyadan

qonunga qadar - Toshkent: “Akademnashr”, 2021. 208 b

4.

http://pravacheloveka.uz/oz/news/m12454

5.

Radjabov, S. (2023). The Significance of the Means of Cyberspace in the

Transformation of Aesthetic Needs. Central Asian Journal of Social Sciences and
History, 4(12), 73-78.

6.

RAJABOV,

S.

(2024).

Kibermarketing

transformatsiyasida

estetik

ehtiyojlarning o ‘rni. News of UzMU journal, 1(1.1), 126-130.

ҲАМКОРЛИКНИНГ МАЪНАВИЙ АСОСИ.

Каххарова Матлюба Маннаповна

Ўзбекистон халқаро ислом академияси

“Ижтимоий фанлар ва ҳуқуқ”

кафедраси профессори, ф.ф.д.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Миромонович Мирзиёев

Туркий давлатлар ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгаши мажлисидаги нутқида
қадимий турк давлати асосчиларидан бири Билга Хоқоннинг:

“Эй туркий элим,

ўзлигингга қайт, ўзингни англа – янада юксалгайсан!” деган

ибратли сўзлари

билан бошлар экан, дини, эътиқоди, маданияти ва қадриятлари бир-бирига
чамбарчас боғланган қардош халқлар бирлиги ва ҳамкорлигининг бугунги
глобаллашув шароитидаги аҳамиятига урғу берди. Дарҳақиқат мазкур ҳамкорлик
нафақат ижтимоий-сиёсий алоқалар балки, маънавий салоҳияти ва иқтисодий

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: 2023.

O‘zbckiston Respublikasi Prczidcntining Farmoni, 29.10.2020 yildagi PF-6097-son.

Xoliqova M., Ishanxanova G., Po‘latova Sh. Gender tengligi: g‘oyadan qonunga qadar - Toshkent: “Akadcmnashr”, 2021. 208 b

Radjabov, S. (2023). The Significance of the Means of Cyberspace in the Transformation of Aesthetic Needs. Central Asian Journal of Social Sciences and History, 4(12), 73-78.

RAJABOV, S. (2024). Kibcrmarkcting transformatsiyasida estetik ehtiyojlaming о ‘rni. News of UzMU journal, 1(1.1), 126-130.