International Islamic Academy of Uzbekistan
Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024
Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak
October, 2024 IIAU.UZ
64
Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev kabi chet ellarda o‘qib kelgan yoshlar omma o‘rtasida
ma’rifat va madaniyat tarqatish bilan birga amirga qarshi kurashni ham yoqlab
chiqdilar. Bu guruh tarixda Yosh Buxoroliklar« degan nomini oldi. Bunday
bo‘linishning asosiy sabablari: Birinchidan, Turkiston o‘lkasi, shu jumladan Buxoro
amirligidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatning og‘irligi, rus podshosi va
amirlikning ikki yoqlama zulmkorlik siyosati, ikkinchidan, bolshevoylarning mahalliy
xalq o‘rtasida yurgizgan tashviqot va targ‘ibotlari ta’siriga ishonuvchanlik va nihoyat
uchinchidan mahalliy xalq vakillarining siyosiy qorang‘ulikda saqlanganligi, ularning
g‘oyaviy nazariy saviyasining yetarli darajada rivojlanmaganligidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
“Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqil taraqqiyot uchun kurash”.
Toshkent, “Universitet”, 1999.
2.
Munavvar Qori Abdurashidxonov. Xotiralarimdan. (jadidchilik tarixidan
lavhalar). Nashrga tayyorlovchi va izohlar muallifi S.Xolboyev. «Sharq», T, 2001.
3.
Rizayev Sh. Jadid dramasi. T.: Sharq, 1997 yil.
4.
O‘zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O‘zbekiston sovet
mustamlakachiligi davrida. «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati.
Toshkent 2000.
5.
Gasprinskiy I. Turkiston general-gubernatoriga maktub. Ruschadan
S. Xolboyev tarj. // Turkiston. 1995. № 2, 56-58-betlar.
6.
Ostroumovning
javobi
(Gasprinskiyning
maktubiga.)
Ruschadan
S. Xolboyev tarj. // Turkiston. 1995. № 1. 42-43-betlar.
ILMIY QADRIYATLAR VA ULARNING INSON AXLOQIY VA
MA’NAVIY YUKSALISHIGA TA’SIRI
Qambarov Abdumutal Axadjonovich
Farg‘ona davlat universiteti professori,
falsafa fanlari doktori (DSc)
Annotatsiya. Mazkur maqolada ilmiy qadriyatlar va ularning barkamol insonni
shakllantirishda, uning kamolotini ta’minlashda hamda axloqiy va ma’naviy
yuksalishidagi o‘rni va roli tahlil qilinadi. Shu bilan birga, buyuk faylasuflarning
asarlarida va xalq og‘zaki ijodida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, miliy urf-odat haqidagi
falsafiy fikrlarini qadriyat sifatidagi o‘ziga xos jihatlari ko‘rsatib beriladi.
Kalit so‘zlar: ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, miliy urf-odat, intellektual (aqliy)
salohiyat, kuchli xotira, “inson kapitali”, “sun’iy intellekt”, “mehnat omilkorligi”,
ma’naviy qadriyatlar, ilmiy muassasalar.
International Islamic Academy of Uzbekistan
Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024
Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak
October, 2024 IIAU.UZ
65
Аннотатсия. В данной статье анализируются научные ценности, их
место и роль в формировании всесторонне развитой личности,
обеспечении его зрелости и нравственно-духовного роста. В то же время в
произведениях великих философов и фольклора их философские мыс ли о
знании, образовании, нatsiональных обычаях показаны как ценности.
Ключевые
слова:
знания,
образование,
нatsiональная
традиция,
интеллектуальный (умственный) потенциал, сильная память, «человеческий
капитал», «искусственный интеллект», «производительность труда», духовные
ценности, научные учреждения.
Annotation. This article analyzes scientific values, their place and role in the
formation of a comprehensively developed personality, ensuring his maturity and
moral and spiritual growth. At the same time, in the works of great philosophers and
folklore, their philosophical thoughts about knowledge, education, and national
customs are shown as values.
Key words: knowledge, education, national tradition, intellectual (mental)
potential, strong memory, “human capital”, “artificial intelligence”, “labor
productivity”, spiritual values, scientific institutions.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar tizimida ilmiy
qadriyatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonning mohiyatida jamiyatning
moddiy, madaniy boyliklarni avaylab-asrash va rivojlantirishni ta’minlashga
qaratilgan uzliksiz ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan chuqur islohotlarning
roli kattadir.
O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, yoshlarning bu
boradagi faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda fan bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi
hamkorlikni kuchaytirish innovatsion ongni shakllantirish zaruriyatini keltirib
chiqarmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasining muhim vazifalaridan biri sifatida “ilmiy-tadqiqot va
innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga
joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot
institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori
texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish” [1] belgilab qo‘yilgan.
Ilmiy qadriyatlar ma’naviy qadriyatlarning muhim tarkibiy qismi sifatida
o‘zining tarbiyaviy xususiyatlari, shakllanish, rivojlanish qonuniyatlari bilan bir-
biridan ajralib turadi. Ilm-fanni ilmiy qadriyat sifatida anglash, avvalo, ilmiy bilimlar
va fanning jamiyat va shaxs ijtimoiy hayotidagi buyuk yaratuvchilik qudrati,
imkoniyati haloskorlik vazifasini teran anglash, ilmiy bilimlarning, fanning
International Islamic Academy of Uzbekistan
Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024
Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak
October, 2024 IIAU.UZ
66
taraqqiyoti shaxs erkinligi, so‘z, matbuot va vijdon erkinligi bilan, demokratik
qadriyatlarning qaror topish jarayoni bilan uzviy bog‘liqligini teran anglash
zaruriyatini shakllantiradi. Xususan, Abu Rayhon Beruniy ta’kidlaganidek, “Inson
hayotidagi zarurat, ehtiyojlar ularda ilmlarga bo‘lgan talablarni keltirib chiqaradi”[2].
Jahon ilm-fani tarixida chuqur iz qoldirgan ulug‘ ajdodlarimiz o‘zlarining o‘lmas
falsafiy asarlarida ilm-fanning ahamiyati, yaratuvchilik imkoniyatlari, kuch-qudrati
haqida ilmiy asoslangan xulosa g‘oyalarni ilgari surganlar. XI asrda yashab ijod
qilgan buyuk vatandoshimiz Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilik” (“Saodatga
eltuvchi bilim”), Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘atit turk”, Farobiy, Beruniy,
Ibn Sino, Alisher Navoiy, Bedil singari mutafakkirlarning falsafiy mazmundagi
asarlarida inson baxt-saodati, uning farovonligi, jamiyat taraqqiyoti faqat ilm
sharofatidan, barcha baxtsizlik va kulfatlar ilmsizlik, jaholat tufayli sodir bo‘lishini
ilmiy dalillar bilan isbotlashga harakat qilganlar.
Markaziy Osiyodan еtishib chiqqan ulug‘ ma’rifatparvarlar Alisher Navoiy,
Pahlavon Mahmud, Muqimiy, Furqat, Anbar Otin, Avaz O‘tar, Fitrat, Cho‘lpon,
Abdulla Qodiriy, Behbudiy, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzodaning jamiyat va
shaxs ijtimoiy hayotidagi amaliy ahamiyatini inkor etmagan holda dunyoviy ilm-
fanning rivojlantirish zaruriyatini ta’kidlaganlar: jumladan, ular faqat dunyoviy qadriyat
bo‘lgan – ilm-fangina jamiyatni qoloqlik, maxdudlik va jaholatdan xalos qilishi
mumkinligini isbotlashga harakat qildilar.
Ilm-fanni ilmiy qadriyat sifatida anglash, fuqarolik jamiyat rivojidagi biror-bir
toifaga, tabaqa yoki sinfga berilgan imtiyoz emas, balki inson huquqidir. Biroq bu
huquqdan unumli foydalanish uchun kishilardan intellektual (aqliy) salohiyat, kuchli
xotira, tanqidiy fikrlash qobiliyati va haqiqatni, adolatni sevish talab etiladi. Kishilar
o‘zlarining tug‘ma intellektual qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun bolaligidanoq
ilm-fanga alohida qiziqish bilan qaray boshlaydilar. Ilm-fanni qadriyat sifatida
anglaydigan va unga o‘z umrini bag‘ishlagan kishilar ilm -fanga ijtimoiy hayot
kechirish, farovon va to‘q yashashning asosiy vositasi sifatida qaramaydilar. Balki
aksincha: o‘zlarini mashaqqatli mehnatga giriftor undaydilar va ilmda erishgan har bir
yangilikdan, halovat va huzur topadilar.
Respublika hayotida sodir bo‘layotgan ijtimoiy voqealar va jarayonlarni falsafiy
tafakkur asosida tahlil qilish, inson faoliyatga ta’sir etish uning intelektual
imkoniyatlarini yuksaltiradi. Akademik S.Shermuhammedovning fikricha, “Falsafa
muayyan hayot va madaniy hayotning eng muhim asosiy qadriyatlari haqida yagona
umumbashariy tasavvurlarni hosil qilish bilan birga, ana shu taraqqiyot sivilizatsiya
International Islamic Academy of Uzbekistan
Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024
Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak
October, 2024 IIAU.UZ
67
uchun abadiy, mangu, sira o‘lmas qadr-qimmatga ega ekanligini asoslab, isbotlab
beradi”[3].
Ilmiy qadriyatlar – kishilardagi intellektual-ma’naviy qobiliyat va iste’dodini
ro‘yobga chiqarish, mutafakkirlar ilmiy merosini chuqur o‘rganish, voqelikni falsafiy
tadqiq etish orqali yangilik va ilmiy kashfiyotlar yaratishga imkon beradigan
fundamental g‘oyalar, o‘zida fan mazmunini mfoda etadigan asarlar, ilmiy
muassasalar, olimlar jamoasi, majmuasidir.
Ilmiy qadriyatlar keng qamrovli fundamental falsafiy tushunchadir. Bu
tushuncha fandagi vorisiylik, an’anaviylik, novatorlikni asoslarini dialektik tarzda
uyg‘unlashtiradi. Ilmiy qadriyatlar tarkibiga insoniyat tarixida, jumladan, chuqur iz
qoldirgan Markaziy Osiyo allomalarning o‘lmas falsafiy asarlarini kiritish mumkin. Har
bir sohadagi olim fan tarixini chuqur bilmay, ulug‘ faylasuf olimlarni ng ilmiy
nazariyasi va ilmiy bilish metodlariga tayanmay turib, muayyan fan sohasida
yangilik, kashfiyot yarata olmaydi. Biroq tabiatan tanqidiy fikrlashga odatlangan
olim ilmiy merosni o‘rganishda, tahlil qilishda, ilmiy bilishning zamonaviy,
konseptual usullarini qo‘llay olsagina biron bir yutuqqa erishishi mumkin.
Ilmiy qadriyatlarning yana bir muhim tarkibiy qismini mutafakkirlar,
faylasuflar yaratgan ilmiy asarlar, falsafiy mazmundagi qo‘lyozmalar, tarixiy
obidalar, madaniy yodgorliklar tashkil etadi. Shuningdek, ulug‘ ajdodlarimizning
falsafiy qarashlari, ilmiy g‘oyalari, insonlarning orzu-umidlari o‘z ifodasini topgan
diniy va ilmiy asarlarga hurmat bilan qarash va ularni qadrlash har bir insonning
ma’naviy salohiyati qay darajada ekanligini tasdiqlovchi mezon hisoblanadi.
Ilmiy qadriyatlar tarkibini ta’lim-tarbiya va ilmiy muassasalar ham tashkil etadi.
O‘quv muassasalari – xoh xususiy, xoh davlat tasarufidagi o‘quv yurt bo‘lishidan
qat’iy nazar, o‘z oldiga ezgu maqsadni –yoshlarga fan asoslarini, ilmiy
yangiliklarini singdirishni, yoshlarda ilmiy tafakkur va ijodkorlik qobiliyatlarini
shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Ta’lim muassasalarining asosiy
maqsadi – raqobatlarga bardosh bera oladigan, o‘z ixtisosini puxta biladigan
mutaxassisni tayyorlashdir. Fan texnika va axborotlar bosimi asrida har qanday
mutaxassis fan asoslarini puxta egallash orqaligina raqobotga chidash mumkin. Ilmiy
bilimlar har bir mutaxassisning o‘zi egallagan ixtisosligiga bo‘lgan qat’iy
ishonchini mustahkamlaydi, uni chuqurlashib borayotgan bozor iqtisodiyoti
munosabatlarisharoitida hozirjavob bo‘lishga, shu bilan birga mehnatga ijodiy
yondashishga undaydi.
Ilmiy qadriyatlar falsafiy tadqiqotda borliq qonunlarini mantiqan o‘rganish
jarayonida yuzaga keladigan konseptual g‘oyalar, konsepsiyalar, zamonaviy
International Islamic Academy of Uzbekistan
Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024
Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak
October, 2024 IIAU.UZ
68
shakllanayotgan muayyan ta’limotlar, tadqiqot usullari, umuman shu jarayon natijasida
ishlab chiqarilgan ilmiy tavsiya va xulosalarni bildiradi. Bu bilimlar majmuasining
ilmiy qadriyatlarga aylanishida jamiyat va shaxs manfaatlari uyg‘unligi, intellektual
shaxs faoliyati, ehtiyojlari, yo‘nalish va xarakteri muhim o‘rin tutadi. Keng ma’noda
fan tushunchasi inson faoliyatining tarixan shakllangan turini, shaklini nazarda
tutadi, inson faoliyati shakli sifatida fan ilgaritaninsoniyatga noma’lum, lekin yangi,
ishonchli bilimlarni yaratish jarayonidan iborat bo‘lgan. Aslini olganda, fan
tushunchasi inson bilish faoliyatining konkret bilimlar shaklidagi mahsulidir. Bu
bilimlar majmuasi tabiat, jamiyat va tafakkur ob’ektlari bilan uzviy aloqadorlikni
kashf etib, muntazam ravishda dalillanib va to‘ldirilib boriladi.
Ilmiy tadqiqot institutlari – ilmiy qadriyatlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib,
bunday maskanlarda olimlar ilmiy yangiliklar yaratadi, fanlar sohasida kashfiyotlar
qiladilar. Shuning uchun ilmiy qadriyatlarning sub’ekti ham, ob’ekti ham olimlar
faoliyatidan iborat. Butun jamiyat a’zolarining ilmiy qadriyat hisoblangan – ilm-fanga
bo‘lgan munosabatlarida yuksalish jarayoni kuzatilmoqda. Olimlar haqida
g‘amxo‘rlik qilish, fanga homiylik qilish, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
demokratik islohotlarning muhim qismidir.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganlaridek, - “Hozirgi paytda
Fanlar akademiyasi va akademik ilm-fan tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan
konsepsiya ishlab chiqarilmoqda. Ushbu konsepsiyada Fanlar akademiyasining
fundamental va amaliy fan, ta’lim va yangi texnologiyalarni yaratish sohalaridagi
rolini yanada oshirish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, Fanlar akademiyasi
tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari, tarmoq institutlari, ilmiy
va innovatsion markazlar hamda korxonalarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash,
ilm-fan va ta’lim sohalaridagi ilmiy, innovatsion faoliyatni rag‘batlantiradigan shart-
sharoitlarni yaratishga asosiy e’tibor qaratilmoqda”[4].
Hozirgi davrda xalqimiz ma’naviy hayotida ilmiy qadriyatlarning qaror topishi va
rivojlanishi jarayoni uzoq tarixiga va an’analariga egadir. Ilm-fan inson faoliyatini
ulug‘lash, uni ezgulik va bunyodkorlikka da’vat etadigan qadriyat ekanligi Qur’oni
Karim va Hadisi Sharifda, xalq og‘zaki ijodiyotida o‘zining ifodasini topgan.
Jumladan, Imom Ismoil al-Buxoriy Muhammad alayhissalomning quyidagi so‘zlarini
takrorlashni sevardi: “Marhum kishi o‘zidan odamlar foydalanadigan ilm-fanni
qoldirsagina odamlar orasida yashashda davom etadi”[5].
Ilmiy qadriyatlarning inson va jamiyatning ma’naviy kamolotidagi ahamiyati
masalalari O‘rta Osiyolik mutafakkirlar Muso al Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy,
Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino asarlarida chuqur
International Islamic Academy of Uzbekistan
Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024
Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak
October, 2024 IIAU.UZ
69
yoritilgan. Ular ilmiy qadriyatlarning avlodlar va tarixiy bosqichlarini bog‘lovchi
halqa, insonni axloqan poklovchi va ezgulikka da’vat etuvchi muhim vosita
sifatida tavsiflanganlar.
Ilmiy qadriyatlar komil inson shaxsini shakllantirishning muhim omili bo‘lib,
ayniqsa, uzliksiz ta’lim jarayonida kishilarda axloqiy sifat va ma’naviy fazilatlar
shakllanadi. Ta’lim ma’lum darajada insonni tafakkurida ikkilanishni vujudga
keltirish mumkin, uning uchun qiyinchiliklar tug‘diradi, ammo tizimli ta’lim olish,
bu shak-shubhalarni qanday hal etish yo‘llarini ochib beradi. Shuningdek,
murakkab ijtimoiy masalalarni ilmiy asosda hal etishni ham ko‘rsatadi.
“Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 300 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy
o‘quv yurtlari, tajriba-konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy-ishlab chiqarish korxonalari,
kichik innovatsion markazlar va boshqa ilmiy-texnikaviy tuzilmalar faoliyat
yuritmoqda” [6].
Fanlar muayyan ijtimoiy vaziyat mohiyatini ochib beradi, qiyoslash orqali xato
va kamchiliklarni tushunishga, aniqlashga yordam beradi, xatolarni takrorlamaslikka
o‘rgatadi. Umuman olganda, fan kishilarni axloqan, ma’naviy poklaydi. To‘la asos
bilan ta’kidlash mumkinki, faqat olimlargina mehnatni, uning asl mohiyati,
yaratuvchanligi uchun sevadilar, e’zozlaydilar. Zero, olimlar o‘zlarining muntazam,
tizimli mehnati bilan ajralib turadi, ilm, tadqiqot ishi ularning butun borlig‘i,
tafakkuri, shuurini to‘la qamrab oladi va o‘ziga jalb etadi.
Jahonda “inson kapitali”, “sun’iy intellekt”, “mehnat omilkorligi” yo‘nalishlari
ustuvor hisoblanadi. Bunda mehnat an’analari asosida ijtimoiy faollikka intilayotgan
yosh mutaxassislarni tayyorlash jamiyat istiqbolining asosi hisoblanadi. Bu masala
O‘zbekistonda ham dolzarb bo‘lib, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoev quyidagilarni ta’kidlaydi: “Buyuk alloma Najmiddin Kubro
hazratlari “Muvaffaqiyatni – sa’y-harakatda, muvaffaqiyatsizlikni loqaydlik va
dangasalikda ko‘rdim”, - deb bejiz aytmaganlar. Haqiqatan ham, biz faqat faol
tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha
olamiz”[7].
Mamlakatimizda har tomonlama kamol topgan, yuksak kasb-hunar madaniyatiga,
ijodiy, ijtimoiy faollikka ega bo‘lgan, jamiyat, davlat, oila oldida o‘z javobgarligini
his etadigan shaxslarni tarbiyalash masalasi amalga oshirilayotgan islohotlarning
asosiy
maqsadidir.
Prezidentimiz
Shavkat
Miromonovich
Mirziyoev
ta’kidlaganlaridek, “Yoshlarimizning hayotiy muammolariga yanada ko‘proq e’tibor
qaratish, ularga mos bo‘lgan zamonaviy ish o‘rnilarini ko‘paytirish, ezgu intilish va
tashabbuslari, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodimizning
International Islamic Academy of Uzbekistan
Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024
Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak
October, 2024 IIAU.UZ
70
ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash bundan buyon ham barcha darajadagi davlat
idoralarining eng asosiy, hal qiluvchi vazifasi bo‘lib qoladi” [8].
Mehnatga oqilona munosabatni shakllantirish uchun yoshlardan bilim, saviya,
zamondan xabardorlik talab etiladi. Bular asosan ikki yo‘nalishda bo‘lib, biri o‘zi
tanlagan sohasini yaxshi bilishi, ikkinchisi davlat siyosatidan, tegishli qonun-
qoidalardan, bozor iqtisodiyoti asoslaridan xabardor bo‘lish bilan bog‘liqdir.
Islomshunos A.Azimov shu haqda so‘z yuritar ekan, arab olimi Muhammad ash
Sharaning “Islomda ijtimoiy kafolat” nomli asaridan quyidagi parchalarni keltiradi:
“Mehnat muqaddas ish bo‘lib, islom unga jiddiy munosabatda bo‘lishga da’vat etadi.
Odam mehnati uning aqli va tanasi faoliyatidir”[9].
Ilmiy qadriyatlar nafaqat shaxsda iste’dodning namoyon bo‘lishi, shu bilan
birga, jamiyat, tabiat va tafakkur taraqqiyoti qonunlarini kashf etish, egallash,
borliqqa gnoseologik, intellektual yondashish malakalarini tarkib toptirishga,
jamiyatning ilmiy salohiyatini oshirishga samarali ta’sir etadi. Shu ma’noda ilmiy
qadriyatlar mohiyatan insonlarda nazariy fikrlash qobiliyati va iste’dodini, olamning
taraqqiyot qonunlarini mustaqil o‘rganishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojini qondirishdan
manfaatdorlik tuyg‘usini ro‘yobga chiqarish, falsafiy ilmiy merosni chuqur o‘rganish,
ilmiy kashfiyotlar yaratishga da’vatkor g‘oyalar, fundamental asarlar, shuningdek,
ilmiy muassasalar, tadqiqotchi olimlar jamoasi, majmuini nazarda tutadi.
Ma’naviy qadriyatlar ta’lim-tarbiya, ilmiy muassasalar qadriyat yaratuvchi, uni
taqsimlovchi, avloddan-avlodga еtkazuvchi vosita sifatida muhim nazariy, amaliy
o‘rin tutadi. Fan asoslari, fan yangiliklarini insonga singdirish, yoshlarda ilmiy
tafakkur va ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularning (yoshlarning
A.Q.) axloqiy-ma’naviy rivojlantirishda, yuksaltirishda ilmiy qadriyatlar muhim
ahamiyat kasb etadi.
Yangi taraqqiyot bosqichi nuqtai nazaridan qaralsa, ularning asosiy maqsadi
– raqobatbardosh, o‘z ixtisosligiini puxta egallagan, omilkor va tashabbuskor insonni
shakllantirishdan iboratdir. “Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va
ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi”
ekan, tabiiyki, uning intellektual salohiyatini qaror toptirish, rivojlantirish ijtimoiy
taraqqiyotning muhim omili sanaladi.
XX asrning boshlarida jadidchilik harakati namoyandalari: Mahmudxo‘ja
Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Ishoqxon Ibratning “milliy va mahalliy
еtuk kadrlar muammosi – shunday shonli tarixga ega o‘lkani har tarafdan xarob qildi”,
– degan qarashlarining mamlakat istiqloli va istiqboli aynan еtuk kadrlar faoliyati bilan
bog‘liqdir. Xususan, Abdulla Avloniyning “Kutubxonalar, qiroatxonalar ochilsa,
International Islamic Academy of Uzbekistan
Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024
Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak
October, 2024 IIAU.UZ
71
xalqimiz orasida zamonag‘a loyiq ulum va funundan boxabar ulamolarimiz ko‘paysa,
haqiqiy madaniyat bo‘stonig‘a yuzlang‘on hamda madaniyat to‘lqunlaridan qutulub,
sohili salomatg‘a chiqg‘on bo‘lur edik” [10], – degan g‘oyasi O‘zbekiston
Prezidentining beshta tashabbusi ijrosini ta’minlash jarayonida to‘liq o‘z ifodasini
topmoqda.
Xullas,
ilmiy qadriyatlar sanoatlashgan fuqarolik jamiyati rivojida
ma’naviy qadriyatlar tizimida еtakchi mavqega ega bo‘lib, insonni axloqiy va
ma’naviy yuksaltirishda tayanch qadriyat sifatida rivojlanadi. Ilmiy qadriyat asosida
ma’naviy qadriyatlarning barcha elementlari (axloqiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy,
badiiy, falsafiy qadriyatlar va hokazo) intellektuallashadi.
Xulosa siftida aytish mumkinki, fuqarolik jamiyati sharoitida ilmiy
qadriyatlardagi strukturaviy o‘zgarishlar ma’naviy еtuk insonni shakllanishiga ta’siri
masalalasini quyidagicha ta’kidlash mumkin:
- fuqarolik jamiyati sharoitida ilmiy qadriyatlarning namoyon bo‘lishiga qulay
ijtimoiy imkoniyatlar yaratilganligi;
- ilmiy markazlar, masjidlar faoliyati ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirishga, oliy
va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining ish uslublarini takomillashtirishga
qaratilganligi bilan izohlanadi;
- ilmiy qadriyatlar omillari va ularning namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlil
qilinadi.
Foydalanilgan adabiyot ro‘yhati:
1.
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг
“Ўзбекистон
Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси
тўғрисида”ги Фармони. // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами.
2017. 6-сон. 70 модда
2.
100 ҳикматлар. Таржимон ва нашрга тайёрловчи А.Ирисов. –Тошкент:
Нур ИИЧБ. 1993. –Б. 9
3.
Шермуҳаммедов С. Фалсафа ва ижтимоий тараққиёт. –Тошкент: Фан.
2005. –Б. 42
4.
Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом
эттириб, янги босқичга кўтарамиз. –Тошкент: Ўзбекистон. НМИУ. 2017. 1-том. –
Б. 171-172
5.
Бабахонов Ш.З. Бухари и его место в истории Ислама. //Из истории
объшественно-философской мысли и волнодумия в Средной Азии. –Тошкент:
Фан. 1991. –С. 26
International Islamic Academy of Uzbekistan
Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024
Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak
October, 2024 IIAU.UZ
72
6.
Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом
эттириб, янги босқичга кўтарамиз. –Тошкент: Ўзбекистон. НМИУ. 2017. 1-том. –
Б. 168
7.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий
Мажлисга Мурожаатномаси. 28 декабр, 2018 йил. –Тошкент: Ўзбекистон. 2019. –
Б. 19
8.
Мирзиёев Ш.М. Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга
берилган энг олий баҳодир. –Тошкент: НМИУ. Ўзбекистон. 2-том. 2018. –Б. 495
OGAHIY IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARIDA “BOG‘IY” – JABR-
ZULM, ADOLATSIZLIK FENOMENI TAHLILI
Sherali Shavkatovich Shavkatov
Toshkent davlat sharqshunoslik
universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya:
Maqolada Muhammad Rizo Ogahiy ijtimoiy-falsafiy g‘oyalarida
“bog‘iy” fenomeni germenevtik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Mutafakkirning
nazmiy va nasriy asarlaridagi “adolatsizlik”, “jabr zulm” haqidagi nazariyalari ilmiy
jihatdan ochib beriladi. Shuningdek, ijodkor dunyoqarashidagi axloqiy qarashlar va
odil shoh obrazi atroflicha ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
“bog‘iy”, “dahr”, adolat, adolatsizlik, odil shoh, axloq, shaxs,
jamiyat, ideal davlat.
Abstract:
The article analyzes the phenomenon of "
bogiy
" from a hermeneutic
perspective in the socio-philosophical ideas of Muhammad Rizo Ogahiy. The theories
of the thinker regarding "injustice" and "oppression" in his poetic and prose works are
examined from a scientific standpoint. Additionally, ethical perspectives in the
creative worldview and the image of a just ruler in the global context are explored.
Keywords:
"
bogiy
", "
dahr
", justice, injustice, just ruler, ethics, individual,
society, ideal state.
Аннотация:
В статье с герменевтической точки зрения анализируется
феномен "
богий
" в социально-философских идеях Мухаммада Ризa Aгахия.
Научно раскрываются теории мыслителя о "несправедливости" и "угнетении" в
его поэтических и прозаических произведениях. Также всесторонне
рассматриваются моральные взгляды и образ справедливого правителя в
мировоззрении творца.
