International Islamic Academy of Uzbekistan
Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024
Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak
October, 2024 IIAU.UZ
78
12.
Shavkatov Sh. Sh. Muhammad Rizo Ogahiy ijodidagi antropologik qarashlar.
– Falsafa va huquq,
2023. – № 2.
13.
Shavkatov Sh. Sh. Muhammad Rizo Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin” asarida
falsafiy gʻoyalar: insonning tabiati, axloqi va jamiyatdagi oʻrni. - International
scientific journal of Biruni, 2023.
– № 1/2.
14.
Ashuraliyevna, M. L., Salihovna, K. D., Shuhratovna, A. N., Ilhamovich, T.
A., Sheraliyevich, R. S., & Komilovich, A. S. (2019). Formation of cyber space,
protecting youth from the danger of cyber extremism. International Journal of Recent
Technology and Engineering, 8(2 S4), 612-616.
15.
Ражабов,
Ш.
(2024).
Влияние
трансформatsiи
цифрового
информatsiонного пространства на атмосферу. Предпринимательства и
педагогика, 5(1), 207-214.
16.
Radjabov, S. (2024). GLOBAL NETWORKS AND THE UNETHICAL
INFLUENCE
OF
CYBERSPACE.
Ethiopian
International
Journal
of
Multidisciplinary Research, 11(04), 23-27.
TURKIY XALQLAR ERTAK NAMUNALARINING FALSAFIY-MANTIQIY
TAHLILI: “KAPALAK EFFEKTI” NING ERTAKLARDA NAMOYON
BO’LISH ALGORITMI
Tillaxo‘jayeva Sevaraxon Fazliddinxo‘ja qizi,
O‘zbekiston Milliy universiteti
“Falsafa va mantiq” kafedrasi magistranti
Ilmiy rahbar: f.f.d., dots.nt
D. I. Fayzixo‘jayeva taqrizi asosida
Annotatsiya.
Qardosh turkiy xalqlar madaniyatidagi yaqinlik ularning xalq
og’zaki ijodi namunalarida ham o‘z ifodasini topgan. Xususan, turkiy xalqlar ertak
namunalarida ko‘plab bir-biriga o‘xshash syujetlarni uchratish mumkin. Ushbu
maqolada o‘zbek, qoraqalpoq va qo‘miq xalq ertaklaridan, “Tulki” ertagi falsafiy-
mantiqiy va qiyosiy-tipologik tahlil etilib, ertakdagi voqealar zanjirining algoritmi
hosil qilinadi. Tahlil natijalari asosida ushbu xalqlarning mentalitetidagi o‘xshash va
farqli jihatlar ochib beriladi.
Kalit so‘zlar:
ertak, ertak algoritmi, kapalak effekti, ko‘chib yuruvchi motivlar,
turkiy xalqlar ertaklari.
International Islamic Academy of Uzbekistan
Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024
Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak
October, 2024 IIAU.UZ
79
Annotation.
The cultural closeness of the Turkic peoples is reflected in their oral
folklore traditions. Many of their folktales share similar plots. This article offers a
philosophical, logical, and comparative analysis of the folktale 'The Fox' from Uzbek,
Karakalpak, and Kumyk folklore, constructing an algorithm of the story’s events.
Through this analysis, the similarities and differences in the mentalities of these
peoples are revealed.
Keywords:
butterfly effect, folktale, the algorithm of folktale, Turkish folktales,
international motifs.
Аннотация.
Культурная близость тюркских народов также проявляется в их
устном народном творчестве. В частности, в сказках тюркских народов часто
встречаются похожие сюжеты. В этой статье проводится философско-логический
и сравнительно-типологический анализ сказки «Лиса» из узбекского,
каракалпакского и кумыкского фольклора, с построением алгоритма цепочки
событий. На основе анализа раскрываются сходства и различия в менталитете
этих народов.
Ключевые слова:
сказка, алгоритм сказки, эффект бабочки, кочующие
мотивы, сказки тюркских народов.
Turkiy xalqlar folklor an’analarini tadqiq etish va ularni qiyosiy-tipologik
metodlar asosida o‘rganish o‘zbek folklorshunosligida alohida yo‘nalishni tashkil
qiladi [1]. Bu kabi tadqiqotlar xalqlar o‘rtasidagi madaniy yaqinlik va umumiylikni
anglashga, shuningdek, xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada turkiy xalqlardan o‘zbek, qoraqalpoq va qo‘miq
xalqlarining “Tulki” haqidagi ertagi falsafiy-mantiqiy tahlil etiladi hamda ertaklardagi
voqealar zanjirining algoritmik formulasi hosil qilinadi. Hosil qilingan algoritm orqali
turkiy xalqlar ertaklarida “kapalak effekti” prinsipining mavjudligi asoslanadi.
Tahlilni “Tulki” ertaginining o‘zbek, qoraqalpoq va qo‘miq xalqlari talqinidagi
syujetlarini ko‘rib chiqishdan boshlaymiz.
1-talqin (o‘zbek xalq ertagi)
Tulki o‘rmondan angishvona topib oladi va uni bir ayolning uyida turib tursin deb
qoldiradi va kechqurun ayolga bildirmay angishvonani qaytarib oladi. Ertasi kuniga
ayoldan angishvonasini qaytarib berishini talab qiladi, ayol esa hijolat bo‘lib
angishvona o‘rniga qirqta non beradi. Tulki xuddi shunday aldov bilan qirqta nonni
echkiga, echkini tuyaga, tuyani esa qizga almashtiradi. Ertak so‘ngida ovchilar qiz
solingan qopni it solingan qop bilan almashtirib qo‘yishadi va ertak tulkining o‘limi
bilan yakun topadi.
International Islamic Academy of Uzbekistan
Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024
Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak
October, 2024 IIAU.UZ
80
Ertakda yetkazilmoqchi bo‘lgan g‘oya “nima eksang, shuni o‘rasan”, “aldov
qilsang, aldov topasan” mazmunidagi hikmatni o‘zida mujassam etgan. Shuningdek,
tulkining ochko‘zligi oxir-oqibat uning boshini yeyishi ham axloqiy dars sifatida
ko‘rsatiladi. Qoraqalpoq va qo‘miq ertaklaridan farqli ertakning o‘zbekcha talqinida
yaxshi va yomon (protagonist va antagonist) obrazlari aniq ko‘rsatilgan va tinglovchi
ularni ajratib olishga qiynalmaydi.
2-talqin (qoraqalpoq xalq ertagi)
Tulki o‘rmondan singan urchuq topib oladi va uni bir ayolning uyida butun
urchuq oldida turib tursin deb qoldiradi. Ertasi kuniga tulki ayoldan urchug‘ini
qaytarib berishini so‘raganida, ayol unga hech qanday urchuqni omonat
qoldirmaganini aytadi. Bundan jahli chiqqan tulki uy egasining butun urchug‘ini olib
qochib ketadi. Shu tariqa tulki urchuqni nonga, nonni qo‘zichoqqa, qo‘zichoqni qizga
almashtirib olib ketadi. Uy egasi qopchadagi qiz o‘rniga it solib qo‘yadi va ertak
tulkining dumidan ayrilishi bilan yakun topadi.
Qoraqalpoq xalqi talqinidagi bu ertakning birinchi talqindan farqi ikki jihatda
namoyon bo‘ladi. Birinchidan, ertakda ezgu obraz (protagonist) uchramaydi, sababi uy
egalari tulkining omonatiga xiyonat qilishadi. Ikkinchidan esa ertak tulkining o‘limi
bilan emas, dumidan ayrilishi bilan yakun topadi. Ertakning bu talqinidagi axloqiy
saboq ochko‘zlikning jazosi tulkining dumidan ayrilishi bilan ko‘rsatiladi.
3-talqin (qo‘miq xalq ertagi)
Tulkining oyog‘iga tikan kiradi va bir ayol uni bu darddan xalos etib, tikanni
olovga tashlaydi. Tulki undan tikanni qaytarishini yoki tikan o‘rniga non berishini
so‘raydi. Ayol unamagach, tulki nonni o‘g‘irlab ketadi va boshqa xonadonga nonni
omonat qoldiradi. Biroq uy egalari nonni yeb qo‘yishadi va tulki non o‘rniga tovuqni
olib qochib ketadi. Keyingi safar uy egalari tovuqni yeb qo‘yishganda, jahli chiqqan
tulki qizchani olib qochib ketadi. Qopga solingan qizchani cho‘ponlar qutqarishadi va
ertak tulkining jarlikka tushib ketishi bilan yakun topadi.
Ertakning ushbu talqini avvalgi ikki talqindan voqealar zanjirining boshlanishi
bilan farq qiladi, bunda tulkining yaxshilikka yomonlik bilan javob qaytarishi va
ochko‘zligi oxir-oqibat uning halok bo‘lishiga olib keladi.
Har uchchala ertaklarni qiyosiy tahlil qilish orqali xalqlarning mentaliteti va
identikligi bo‘yicha quyidagi xulosalarni hosil qilish mumkin: 1) Tulki haqidagi
o‘zbek xalq ertagida protagonist va antagonist – yaxshi va yomon obrazlarning
chegaralari aniq ifodalangan va axloqiy qadriyatlar faqatgina ezgu obrazga,
g‘ayriaxloqiy qadriyatlar esa yovuz obrazga xosdir; 2) Qoraqalpoq va qo‘miq xalq
International Islamic Academy of Uzbekistan
Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024
Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak
October, 2024 IIAU.UZ
81
ertaklaridagi syujetning aynan o‘xshashligi ikki xalq ham ko‘chmanchi turmush tarzi
kechirgani va mehnat faoliyatining aynanligi bilan bog‘liqdir.
Kapalak effektining namoyon bo‘lish algoritmi.
Amerikalik yozuvchi Jeyms Gleyk folklor namunalarida “kapalak effekti” ning
mavjud ekanligini quyidagi folklor misolida ko‘rsatib beradi:
Bir mix bo‘lmasa, taqa uzildi,
Taqasiz ot yerga yiqildi,
Ot yiqilganda, chavandoz yo‘qoldi,
Chavandozsiz jang yutqazildi,
Jang yutqazilib, saltanat qulab qoldi. [4]
Bu misolda birgina taqaning yo‘qolishi katta bir saltanatning barbod bo‘lishiga
olib kelishi ifodalangan voqealar zanjiri “kapalak effekti” ni o‘zida namoyon qiladi.
Ushbu misolning algoritmik modelini hosil qilish orqali boshqa ertak namunalaridagi
voqealar zanjirini solishtirib, modelga mos tushuvchi ertaklarni ajratib olish
imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Demak, yuqoridagi folklor namunasining algoritmik
modeli quyidagicha:
( a → b → c → d → e ) → m yoki (
a →
b →
c →
d →
e ) →
m
a < b < c < d < e < m
a –
mix,
b –
taqa,
c –
ot,
d –
chavandoz,
e –
jang,
m –
qirollik.
(
→
- implikatsiya
- inkor belgisi < - taqqoslash belgisi)
Hosil qilingan model bilan “Tulki” haqidagi ertakning voqealar zanjirini
solishtirib ko‘rish orqali undagi kapalak effektining mavjudligi yoki mavjud emasligi
haqida xulosa chiqarish mumkin.
Ertak algoritmi: ( a → b → c → d → e ) → m
a < b < c < d < e < m
a –
angishvona,
b –
non,
c –
echki,
d –
tuya,
e –
qiz,
m –
tulkining o‘limi.
Algoritmda ifodalanganidek, birgina kichkina angishvonadan boshlangan
voqealar zanjiri tulkining o‘limi bilan yakun topadi. Tahlil asosida ertakdagi voqealar
zanjiri va model bir-biri bilan mos tushishi tasdiqlandi. Demak, turkiy xalqlar
ertagidan “Tulki” ertagida “kapalak effekti” prinsipi o‘z ifodasini topgan.
Xulosa.
O’xshash syujetlardagi turkiy xalqlar ertaklarini falsafiy-mantiqiy va
qiyosiy-tipologik tahlil qilish asosida o‘zbek, qoraqalpoq, qo‘miq xalqlarining
mentaliteti va identikligidagi o‘ziga xosliklar aniqlandi. Har uchchala talqindagi
ertaklarning g‘oyaviy mushtarakligi ulardagi ezgulik g‘oyasining yovuzlik bilan
yonma-yon dialektik aloqada ekanligi va yakunda ezgulikning yovuzlik ustidan
g‘alaba qozonishida namoyon bo‘ladi. Xalqlarning o‘ziga xosligi esa ertak syujetida
International Islamic Academy of Uzbekistan
Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024
Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak
October, 2024 IIAU.UZ
82
qaysi axloqiy qadriyatlarni ustuvor deb bilishi va ular asosida xatti-harakatlarni
baholashida ko‘rinadi.
“Kapalak effekti” ning folklor namunalaridagi algoritmik modeli hosil qilindi va
“Tulki” ertagi shu model asosida tekshirildi. Tadqiqotlar natijasida ushbu ertakda
“kapalak effekti” prinsipining mavjud ekanligi aniqlandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Elektron manba:
https://uzbekfolklore.uz/index.php/2023/09/27/ozbek-xalq-
2.
Uther, Hans-Jörg. “The Fox in World Literature: Reflections on a ‘Fictional
Animal.’”
Asian
Folklore
Studies
65,
no.
2
(2006):
133–60.
http://www.jstor.org/stable/30030396.
3.
M. Jo‘rayev, J,Eshonqulov. Folklorshunoslikka kirish. (O‘quv qo‘llanma). -Т.:
«Barkamol fayz media», 2017. – 180 b.
4.
Gleick, James, Chaos: Making a New Science. New York, N.Y., U.S.A.,
Penguin, 1988.
5.
Turan, F. A., & Önal, M. N. (Eds.). (2023). Türk Dünyası Masal Araştırmaları.
Atatürk Kültür Merkezi Başkanlığı. ISBN 978-975-17-5788-3.
6.
Rajabov,
S.
S.
(2024).
RAQAMLI
AXBOROT
MAKONI
TRANSFORMATSIYASINING AXLOQIY VA ESTETIK FAOLIYATGA TA’SIRI.
Academic research in educational sciences, 5(2), 491-498.
7.
Rajabov, S. S. (2023). Estetik ehtiyojlar transformatsiyasida ijtimoiy
tarmoqlarining ahamiyati. Academic research in educational sciences, 5(NUU
Conference 2), 539-546.
“САДОЙИ ФАРҒОНА”ДА МИЛЛИЙ МАДАНИЯТ МАСАЛАЛАРИНИНГ
ЁРИТИЛИШИ
Cайёра Тўйчиева
Ўзбекистон халқаро ислом академияси
профессори, фалсафа фанлари доктори
Аннотация.
Ушбу мақолада ХХ аср бошларидаги Туркистон
маърифатпарварларининг
маданият
ва
маданий
жараёнлар
ҳақидаги
мулоҳазалари берилган. Айниқса Исҳоқхон Ибрат, Рауф Музаффарзода,
Абдурауф Фитрат каби маърифатпарварларнинг маданиятшунослик ва маданият
тарихига оид фикрлари таҳлил қилинган.
