Авторы

  • Шоира Авазова
    Международная исламская академия Узбекистана

Биография автора

  • Шоира Авазова, Международная исламская академия Узбекистана
    Доцент кафедры общественных наук и права, кандидат юридических наук

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.txmfatbk.61168

Ключевые слова:

исламское право правовед фикхское правило основополагающее правило наука о разногласиях обычное право

Аннотация

В данной статье изучены значение, разработка и роль фикхских правил в системе исламского права, а также их место в регулировании правовых отношений. Исследованы труды выдающихся правоведов, которые обосновывали и систематизировали фикхские правила. Рассматривается значение обычного права в фикхских правилах, а также проведён сравнительный анализ фикхских правил с современным процессуальным законодательством.

background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

177

калыма ведут обе семьи, и его размер также зависит от состоятельности семьи
жениха и семьи невесты. На сумму калыма изначально оказывала большое
влияние красота невесты, уровень ее образованности и умения, которыми она
владеет, поэтому в ранние исторические периоды за красивую и образованную
невесту калым выплачивался значительный. Сейчас калым – это скорее
символический жест.

Калым, напротив, является традицией у тюрок и представляет собой

компенсационную выплату, предоставляемую женихом семье невесты. Целью
калыма является возмещение затрат, связанных с воспитанием невесты, и
компенсация за утрату её трудового вклада в семье. В отличие от махра, калым
носит символический характер и не является обязательной составляющей никаха
в исламе. Обе семьи совместно обсуждают размер калыма, который варьируется
в зависимости от их материального положения

.

Использованная литература:

1. Qur’oni karim va o’zbek tilidagi ma’nolar tarjimasi. Shayx Muhammad Sodiq

Muhammad Yusuf. T.: 2020. _ C. 503.

2. Сборник достоверных хадисов имама аль Бухари. Перевод Владимир

Нирша. Т.: 2007.

_

C. 465.

3. Хидоя. Комментарии мусульманского права: в 2 ч. Ч. 1. Т. I—11 / пер. с

англ.; под ред. Н.И. Гродекова; отв. ред., авт. предисл., вступ. ст. и науч. комм.
проф. А.Х. Саидов. - М.: Волтерс Клувер, 2010. — 148 с.

4. https://islam.uz/statya/4900
5. Байдаева Б.Д. Калым урду у вайнахов: социокультурный анализ //журнал

общественные науки. Выпуск № 3А, 2009.

FIQHIY QOIDALAR ISLOM HUQUQINING TARKIBIY QISMI

SIFATIDA

Avazova Shoira

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Ijtimoiy fanlar va huquq kafedrasi dotsenti v.b.,
yuridik fanlar nomzodi
asht201817@gmail.com

Annotatsiya: Mazkur maqolada islom huquqi tizimida fiqhiy qoidalarning

ahamiyati, ishlab chiqilishi, huquqiy munosabatlarni tartibga solishda tutgan o‘rni,
fiqhiy qoidalarni asoslab, tartibga solgan yirik faqih olimlarning bu sohadagi asarlari
o‘rganilgan. Fiqhiy qoidalarda nazarda odat huquqining ahamiyati yoritib berilgan,


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

178

shuningdek, fiqhiy qoidalarning zamonaviy protsessual qonunchilik bilan qiyosiy
tahlili amalga oshirilgan.

Kalit so‘zlar: Islom huquqi, faqih, fiqhiy qoida, zobit qoida, xilof ilmi, odat

huquqi.

ПРАВИЛА ФИКХА КАК СОСТАВНАЯ ЧАСТЬ ИСЛАМСКОГО

ПРАВА

Аннотация: В данной статье изучены значение, разработка и роль

фикхских правил в системе исламского права, а также их место в
регулировании правовых отношений. Исследованы труды выдающихся
правоведов, которые обосновывали и систематизировали фикхские правила.
Рассматривается значение обычного права в фикхских правилах, а также
проведён

сравнительный

анализ

фикхских

правил

с

современным

процессуальным законодательством.

Ключевые слова: исламское право, правовед, фикхское правило,

основополагающее правило, наука о разногласиях, обычное право.

FIQH RULES AS A COMPONENT OF ISLAMIC LAW

Abstract: This article examines the significance, development and role of fiqh

rules in the system of Islamic law, as well as their place in regulating legal relations.
The works of outstanding legal scholars who substantiated and systematized fiqh rules
are examined. The significance of customary law in fiqh rules is considered, and a
comparative analysis of fiqh rules with modern procedural legislation is conducted.

Keywords: Islamic law, jurist, fiqh rule, fundamental rule, science of

disagreement, customary law.

Azaliy qadriyatlarimiz va ahloqiy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan muqaddas

dinimizni asrash va qadrlash har birimizning sharafli burchimizdir. Islom - haqiqatni
anglash demakdir, u odamzotni ezgu amallarni bajarishga undaydi, har birimizni
yaxshilik va tinchlikka chorlaydi, haqiqiy inson bo‘lishni o‘rgatadi [2:30].

Bugungi tezlik bilan o‘zgarib borayotgan globallashuv davrida muqaddas islom

dinining mohiyatini noto‘g‘ri talqin qilish, ularni soxtalashtirish yo‘li bilan turli fitna
va buzg‘unchiliklar sodir etish holatlari kuzatilib turibdi. “Islom faqat nurli hayotga,
ilm-ma’rifatga, yaxshilikka undaydi. Hech qachon xunrezlik, qotillik, zo‘ravonlikka
chaqirmaydi. Ana shu haqiqatni tan olmasdan, soxta g‘oyalarga aldanib, zararli
oqimlarga kirish, terrorchi bo‘lish – bu O‘zbekiston xalqiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi”.
Bunday vaziyatda dinimizning sofligini saqlash, uning tinchlik va insonparvarlikdan
iborat asl mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlarga yetkazish, xalqimizning boy diniy va
ma’naviy merosini o‘rganish borasida izlanishlar olib borish va targ‘ib etish, shu yo‘l


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

179

orqali yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalasi bugungi
kunimizning muhim vazifalaridan biridir.

Islom jahon dinlaridan biri sifatida asrlar davomida ko‘pgina xalqlar ma’naviy

dunyoqarashining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Din, shu jumladan islom dini ham
ming yillar davomida barqaror mavjud bo‘lib kelganligining o‘ziyoq u inson tabiatida
chuqur iz qoldirganligidan, uning o‘ziga xos bo‘lgan bir qancha vazifalarni ado
etishidan dalolat beradi.

Islom dini bir vaqtning o‘zida ham diniy, ham dunyoviy qudratni o‘zida

mujassamlashtirgan bo‘lib, yagona kitob imon e’tiqodni, odatlar va hatto huquqni ham
belgilab bergan, shuningdek, yaratuvchining qat’iy irodasi ham yagona kitobda
ifodalangan. Islom dini nafaqat e’tiqod sifatida balki ijtimoiy hayotning turli
sohalarida o‘z ifodasini topgan, jumladan, jamiyatdagi turli xil munosabatlarni tartibga
solib turgan mustaqil huquqiy madaniyatdir. Bu huquqiy madaniyat insoniyat
rivojlanishining ulkan yutuqlaridan biri bo‘lib, jahon huquqiy xaritasining ajralmas
qismi hisoblanadi.

Ma’lumki, islom huquqi sunniylik oqimida dastlab to‘rt asosiy mazhab, ya’ni

hanafiy, shofeiy, hanbaliy va molikiy mazhabidagi ko‘pgina faqihlar tomonidan ishlab
chiqilgan qoidalar asosida rivojlanib borgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan u yoki bu
mazhablarga tegishli turli hukmlardan to‘g‘ri va haqqoniy qoidani aniqlab olish, hatto
nufuzli qozi va muftiylar uchun ham mushkul edi. Shunday sharoitda islom
huquqining umumiy nazariy asoslarini ishlab chiqish muhim masala bo‘lib qoldi.
Natijada huquqiy tartibotning umumiy qoidalari, ya’ni islom huquqining o‘ziga xos
«umumiy qismi» vujudga kelib, uning tarkibiy qismini boyitdi. Bu umumiy qoidalar
ko‘pchiligi mujtahidlar tomonidan islom huquqining barcha manbalarini va ulardan
amaliyotdan foydalanish jarayonini o‘rganib chiqqan holda yaratilgan qoidalardir.
Boshqacha aytganda, agar dastlab ulamolar Qur’on va sunnadagi diniy-ahloqiy
tushunchalarni huquqiy ko‘rinishdagi qoidalarga yo‘naltirishga intilgan bo‘lsalar,
keyinchalik islom huquqining hayotga tatbiq etilishini yanada takomillashtirish
maqsadida fatvolardan foydalangan holda ushbu huquqiy tizimning umumiy
qoidalarini shakllantirdilar. Bundan yagona maqsad islom huquqining normalarini
yaxshiroq tushunish va eng muhimi ma’lum ishni hal qilish uchun ko‘plab qoidalar
ichidan aniq hukmni aniqlab olish edi. Shuning uchun bu qoidalar barcha sharhlar
uchun umumiy edi. Ularning paydo bo‘lish payti islom huquqining nazariy va amaliy
rivojlanishida eng dolzarb davr hisoblanadi. Shu vaqtdan boshlab, uning tarkibiy
qismida jiddiy o‘zgarishlar vujudga keldi, ya’ni ular islom huquqi tizimida muhim
o‘rin egallay boshladi. XIX asrda Usmoniylar imperiyasida qabul qilingan islom


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

180

fuqarolik huquqiga oid normalarni o‘zida mujassamlashtirgan, yevropacha kodeks
shakliga ega bo‘lgan huquqiy hujjat “Majallai ahkomi adliya”ning 2-100-moddalari
ham fiqhiy qoidalarga bag‘ishlangan [3:33].

Fiqhiy qoidalar asosan fiqhiy manbalardan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, ayrim

fiqhiy qoidalar Qur’oni karim va hadisi sharifdan, ayrimlari ijmo va aqliy istidlol
(dalillash) asosida yuzaga kelgan. Ba’zi bir fiqhiy qoidalar usul qoidalari asosida
shakllangan [4:14].

Olimlarning fikricha, shariat normalari fiqhiy qoidalar va zobit qoidalarga

bo‘linadi. Fiqhiy qoidalar har xil sohalarga tegishli masalalarni o‘zida qamrab oladigan
tushuncha hisoblanadi, ya’ni, fiqhiy qoidalar fiqhiy hukmlar va masalalarning bir
bo‘lagi bo‘lsa ham, umumiy mohiyatga ega bo‘lib, turli hukmlar ustidan tatbiq etiladi,
masalan, «Aniq narsa gumon bilan bekor qilinmaydi» qoidasi ibodat, fuqarolik,
jinoyat, oila va boshqa sohalarga oid masalalar uchun umumiy qoida qisoblanadi.

Zobit qoida esa faqatgina o‘sha qoidaning mazmunini tashkil qilgan masala

bo‘yicha hukm manbai hisoblanadi, ya’ni, fiqhiy masalalar ularga xos bo‘lgan
sarlavhalar ostida keladigan hukmlarni qamrab olgan [4:8]. Masalan, Imom at -
Termiziy rivoyat qilgan «Har qanday teri oshlansa pok bo‘ladi» mazmunidagi hadisi
sharifi faqat terining pokligiga tegishli qoidadir.

Faqihlar uzoq muddat davomida fiqhiy qoidalarga ahamiyat berib, ularni belgilab

olishga harakat qilib kelganlar. Tarixiy manbalardan ma’lum bo‘lishicha, ahli sunna
faqihlari bu sohada birinchi qadamlarini qo‘yganlar. Ilk bor hanafiylardan Iroqlik faqih
Abu Tohir Dabbos (hijriy IV asr) va undan keyin Abdulloh ibn Husayn ibn Dallol
Karxiy (340 hij. qam. yilida v.e.) bu sohada asar yozganlar. Abu Tohir Dabbos hanafiy
mazhabidagi fiqhiy qoidalarni 17 ta deb biladi. Abdulloh ibn Husayn ibn Dallol Karxiy
esa o‘zining mashhur «Usulul Karxiy» asarida fiqhiy qoidalarni 73 taga yetkazadi.
Fiqhiy qoidalarni asoslab, tartibga solgan yana bir yirik faqih olim, hanafiy
mazhabining salohiyatli vakillaridan biri Abu Zayd Ubaydullo ibn Umar ibn Iso al-
Qoziy ad-Dabusiy (978-1039) Buxoroning yetti mashhur qozisidan biri Hanafiy
mazhabining salohiyatli vakili edi. U o‘zining xilof ilmiga bag‘ishlangan «Ta’sisun
nazar» nomli asarida imomlar orasida fiqhiy masalalar bo‘yicha kelib chiqqan
ixtiloflarni 84 fiqhiy (umumiy) qoidaga asoslab, tartibga soladi [7:12].

A.Sh.Jo‘zjoniy o‘zining «Abu Zayd Dabusiy – ilmul-xilofa (qiyosiy

huquqshunoslik) fanining asoschisi» nomli maqolasida fiqhiy qoidalarning kelib
chiqishi sabablari haqida quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin: «Abu Zayd Dabusiy
o‘zining «Ta’sisun nazar» kitobining muqaddimasida shunday deydi: «Fiqh
o‘rganuvchilari uchun xilof masalalarini o‘rganish og‘irligi, istinbot (hukmni asosiy


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

181

manbadan chiqarib olish) mushkulligi, ushbu masalalarning haqiqiy manbalarini bilib
olishda ularning bilimlari yetarli emasligi, shuningdek munozara chog‘ida so‘z o‘rnini
belgilashda xatoga yo‘l qo‘yishlarini nazarda tutgan holda ushbu kitobimda bir qator
so‘z (qoida)larni to‘plashga harakat qildim. Ularni diqqat bilan o‘qigan kishi munozara
chog‘ida ixtilofli o‘rinlarni anglab olib, o‘z diqqat va e’tiborini tartib bilan so‘zlashga
qaratadi hamda nizoli bahslarda asosiy masalani tashxis qilgan holda uni jonli dalillar
bilan kuchaytirishga harakat qiladi. Shu yo‘sinda xilof masalalarini o‘rganish va ularga
tegishli bo‘lgan manbalarni anglab olish bilan boshqa masalalarni ular bilan qiyoslash
(taqqoslash) imkoniga ega bo‘ladi» [8:23]. Muallif kitobda bir masalani o‘rtaga
tashlab, turli faqihlarning fikrlariga asoslangan holda uni yechish yo‘llarini sanab
o‘tadi. Shu yo‘sinda manbadagi bir sodda ixtilof turli maktablar orasida yuzlab bir-
biridan farqli nuqtai nazarlar yuzaga kelishiga asosiy sabab bo‘lganligini ko‘rsatadi
[8:33]. Imom Dabusiy mazkur ixtiloflarning har birini maxsus bobda tahlil qiladi. Har
bir bobga tegishli bir qator usul (asosiy qoidalar)ni zikr etadi. Har bir qoidani
amaliyotga tatbiq etish uchun uni turli misollar bilan izohlaydi hamda tomonlarning
qarashlariga munosabat bildiradi va ixtiloflarni o‘zaro taqqoslaydi. U kitob oxirida
yuqoridagi sakkiz bobga tegishli bo‘lmagan xilma-xil masalalar bo‘yicha boshqa 12 ta
asosiy qoidani zikr etib, har bir qoida doirasida ixtilofli masalalarni tadqiq etadi va
barcha qoidalar soni 84 taga yetadi [8:33]. Dabusiy o‘z asarlari bilan ham Mashriq va
ham Mag‘rib musulmon olimlari asarlariga chuqur ta’sir o‘tkazgan olim sifatida
shuhrat qozongan.

Shofeiy mazhabi bo‘yicha birinchi marta Az ibn Abdussalom (660 hij. qam.

yilida v.e.) fiqhiy qoidalar haqida «Qavoidul hukkom fi masalihil an’om»
(«Insonlarning manfaatlari yo‘lidagi qozilarning qoidalari») nomli kitobini yozgan.
Molikiy mazhabida esa fiqhiy qoidalarga bag‘ishlab Qarofiy (684 hij. qam. yilida v.e.)
tomonidan «Al-furuq» («Farqlar») nomli asari, shuningdek, Sidqiy (756 hij. qam.
yilida v.e.) tomonidan «Attoj» nomli asari yaratilgan.

Hanbaliy mazhabi vakillaridan bu sohada Ibni Rajab Hanbaliy (795 hij. qam.

yilida v.e.) «Al-qavoidi fiqhiya» («Fiqhiy qoidalar») asarini yozgan [10:12].

Shia mazhabi bo‘yicha ilk marta fiqhiy qoidalar haqida Muhammad ibn Makkiy

tomonidan 786 hijriy qamariy yilida «Al-qavoidi va favoid» («qoidalar va foydalar»)
nomli kitobi yozilgan [6:15].

Birinchi marta fiqhiy qoidalarni tasniflarga bo‘lib, kengaytirgan va ularga

bag‘ishlab alohida katta kitob yozgan shaxs - Jaloliddin Abdurahmon as-Suyutiy
(1445-1505) bo‘lib, shofeiy mazhabining buyuk olimi edi. U turli fanlar bo‘yicha yirik
olim bo‘lib, barcha arab mamlakatlari va Hindistonga safar qilgan, ko‘p joylarda dars


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

182

o‘tgan. 40 yoshidan boshlab ta’lif va tasnif (kitob yozish) bilan shug‘ullangan. Tafsir
hadis, fiqh, tarix va arab tili bo‘yicha 600 taga yaqin asar muallifi bo‘lgan. Ular
orasida fiqhiy qoidalarga bag‘ishlangan «al-Ashboh van-nazoir» nomli asari muhim
o‘rin egallaydi. Muallif o‘zining ushbu asarida barcha fiqhiy qoidalar beshta qoida
asosida kelib chiqadi degan fikrni keltiradi. Bu fiqhiy qoidalar quyidagilardir:

1.

Ishlar maqsadga ko‘radir.

2.

Aniq bo‘lgan narsalar gumon bilan bekor qilinmaydi.

3.

Mashaqqat yengillikni keltirib chiqaradi.

4.

Zarar bartaraf etiladi.

5.

Odat-huquq manbai.

Fiqhiy qoidalarga bag‘ishlab asar yozgan yana bir buyuk faqih Zaynuddin ibn

Nujaym (1562 yilda v.e.) edi. U Hanafiy mazhabining yirik faqihlaridan bo‘lib, bir
qator ilmiy asarlar yozgan [11:150]. Zaynuddin ibn Nujaym ham Abu Zayd Dabusiy
va Jaloliddin as-Suyutiylarning asarlarini o‘rganib, ular asosida «Al-Ashboh van-
nazoir» nomli kitobini yozadi. U o‘zining ushbu asarida hanafiy mazhabi bo‘yicha
fiqhiy qoidalarni to‘plagan va kengaytirgan. Shuningdek, ibn Nujaym ham Jaloliddin
as Suyutiy tomonidan ishlangan fiqhiy qoidalarning tasnifini qabul qilgan. «Majallai
ahkomi adliyaning sharhlari»da aytilishicha «Majalla» muqaddimasining ikkinchi
qismi (ya’ni 2-100-moddalar) Ibn Nujaym bilan uning izidan borgan faqihlar to‘plagan
fiqhiy qoidalardan iboratdir [12:11].

E’tiborli jihati shundaki, fiqhiy qoidalar o‘z mohiyatiga ko‘ra bugungi

protsessual qonunchilikda aks etgan shaxs huquq va erkinliklarining mustahkam
kafolatini ta’minlovchi masalalarni ham qamrab olgan, masalan “Majallai ahkomi
adliya”ning 8-moddasida “Aybsizlik asosiy qoidadir” fiqhiy qoidasi keltirilgan, ya’ni
bir mahkamaning hukmi bilan ayblanmaguncha inson begunoh hisoblanadi. Bu qoida
jahon hamjamiyati tomonidan inson huquqlarining poymol etilishini bartaraf etilishiga
qaratilgan aybsizlik prezumptsiyasi printsipidir. Unga ko‘ra gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning huquqbuzarlik sodir etishda aybdorligi qonunda
nazarda tutilgan tartibda isbotlanmaguncha va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan
aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki
sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berish majburiyatiga ega emas. Bu qoida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasida o‘z ifodasini topgan,
unga ko‘ra “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda
tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan isbotlanmaguncha va sudning
qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi.” [1:5].


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

183

“Majallai ahkomi adliya”da aks fiqhiy qoidalarning bir nechtasi odat huquqiga

bag‘ishlanadi. Ma’lumki, huquqiy odat - bu uzoq davr mobaynida amalda bo‘lishi
natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan
yurish turish qoidalaridir. Har qanday odat ham huquqiy odatga aylana olmaydi, balki
ma’lum bir guruh, sinf yoki butun jamiyatning manfaatlariga javob bera oladigan va
davlat tomonidan sanktsiyalangan odatgina huquqiy odat bo‘lishi mumkin. Odat
insoniyat jamiyati rivojlanishining ilk bosqichlaridagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga
soluvchi asosiy huquq manbai bo‘lgan.

Huquq manbalari tizimida huquqiy odat jahon huquqiy xaritasining turli

oilalarida har xil ahamiyat kasb etib kelgan. Bugungi kunda ham bir qator xorijiy
mamlakatlarning huquq tizimida katta ahamiyatga ega.

Islom huquqi tizimida odatning tutgan o‘rni haqida Abdulvahhob Xallofning

«Usulul fiqh» asarida quyidagilar keltiriladi: “Urf” deb kishilar o‘rganib, odatlanib
qolganliklariga asosan qilib kelayotgan ishlariga, so‘zlariga aytiladi. Urfni odat deb
ham yuritiladi. Ishdagi urfga misol: kishilar oldi-sotdi vaqtida, “oldim”, “sotdim”
degan lafz-siyg‘ani ishlatmay, pulni berib, narsani olib ketaveradilar. Aslida, ikki
tomonning rizoligini ifoda etuvchi “oldim-sotdim” siyg‘asi ishlatilishi lozim. Urf
kishilarning har xil tabaqalari odatidir. Unga maxsus kishilar bo‘lishi lozim emas.

Sahih urfga binoan shar’iy hukm chiqarishda, ya’ni, qozilar o‘z ajrimlarida va

mujtahidlar hukmlarida rioya etishlari lozim. Chunki xuddi ehtiyojlarining bir
bo‘lagidek odamlar odatlanib qolgan ishlar, agar ular shariat qonunlariga zid bo‘lmasa,
ularning maslahatlari hisoblanadi. Shuning uchun ulamolar «odat shar’iy hukmdir»,
deganlar. Binoan alayh, shariatda urfga e’tibor qilinadi, urf ila sobit bo‘lgan hukm nass
ila sobit bo‘lgan hukmdek. Rasululloh alayhi vasallam: “Musulmonlarning ko‘pchiligi
nimani yaxshi deb bilsa, u Alloh huzurida ham yaxshidir» deganlar. Ammo fosid
urfga rioya qilmaslik vojibdir. CHunki unga rioya qilishlik shar’iy dalilga qarshi turish
yoki shar’iy hukmni bekor qilishdir. Agar kishilar haqqiga xiyonat qilish, ribo kabi
biror noto‘g‘ri ishga odatlangan bo‘lsalar, unga odamlar o‘rgangan, odatlangan deb
yo‘l qo‘yish mumkin emas. Bunday holda masalaga boshqa tomondan yondoshib hal
qilinadi. Agar o‘sha ish kishilar uchun g‘oyat zarur bo‘lsa, ya’ni, qilinmasa, hayotiy
tartiblariga halal yetadi yo ular mashaqqatga, qiyin ahvolga tushib qoladilar, deyilsa
“Zarurat holatlarda noilojlikdan man’ qilingan narsalarga ruxsat etiladi” degan qoidaga
asosan hal etiladi (Bu qoida “Majallai ahkomi adliya”ning 17-moddasida o‘z ifodasini
topgan fiqhiy qoidadir). Agar o‘sha ish haqiqatdan kishilar ehtiyoji bo‘lmasa, u siz
ham o‘tadigan bo‘lsa, u holda uni noto‘g‘ri deb hukm qilinib, kishilarning
odatlanganliklari e’tiborga olinmaydi” [13:115] deyiladi.


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

184

Mahalliy odat, islom huquqida Yevropa yuristlarining amaliyotida tutgan o‘rni

kabi ma’lum bir hududda amal qilgan umummajburiy qoidalar sifatida tan olinadi
[14:38]. Odat ko‘pincha zarurat kelganda ta’qiqlangan va ruxsat etilmagan narsalarga
yengillikni vujudga keltiradi.

“Majallai ahkomi adliya”da aks etgan “Zamonlar o‘zgarishi bilan hukmlarning

ham o‘zgarishi inkor qilinmaydi” mazmundagi fiqhiy qoida asosan odatga asoslangan
qonunlarga tegishlidir. Bu fiqhiy qoida islom huquqining rivojlanishi uchun o‘ziga xos
ahamiyat kasb etgan. Chunki, Qur’on va sunnada hukmi kelmagan masalalarga
faqihlarning ijtihodlari orqali hukm berilgan. Umuman, islom huquqining ushbu asosiy
normalarini olimlar qat’iy, o‘zgarmas va barcha hayotiy vaziyatlar uchun mos keluvchi
deb hisoblaganlar. Lekin bu munosabatga ayrim mustasnolar bor, zero faqihlar
favqulodda tasodifiy holatlar uchun fatvolar chiqarganlar. Ular odatlarga asoslanib,
shu bilan birga odatning o‘zini ham o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilgan. Bunday
yondoshuv islom huquqining nazariyasi va amaliyoti uchun ijobiy ahamiyat kasb
etgan, zero faqihlarga ma’lum qoidadan uzoqlashib, yangi hulq-atvor qoidasini
yaratishga, Qur’on va Sunna doirasidan chiqmagan holda islom huquqini
rivojlantirishga imkoniyat yaratgan [3:23].

«Majallai ahkomi adliya»da aks etgan fiqhiy qoidalar ta’sirida 1904 yil Qozon

shahrida Muso Jorulloh Begiev tomonidan «Qavoidi fiqhiya» («Fiqhiy qoidalar»)
nomli asar yozildi. Ushbu asarda fiqhiy qoidalar soni 201 taga yetkazilib, mazmunini
tushuntirish uchun keng sharhlar va misollar berilgan.

Fiqhiy qoidalarning ahamiyati shundaki, uzoq yillar davomida qozilar biror ish

yuzasidan qaror chiqarayotganida faqat mazhab imomlaridan kelgan aniq hukmlardan
foydalanishlari mumkin bo‘lib, o‘zlari mustaqil hukm chiqarish huquqiga ega emas
edilar, lekin fiqhiy qoidalar ularga birmuncha kengroq vakolat beradi, ya’ni ular
Qur’on, Sunna yoki imomlardan rivoyat qilingan masalalardan chiqarilgan fiqhiy
qoidani mezon sifatida olib, ular orqali hukm chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lganlar.
Aytish joizki, ular bir masala bo‘yicha aniq hukm bo‘lmay, balki, yuzlab masalalarga
tatbiq qilish mumkin bo‘lgan islom tamoyillari hisoblanadi.

MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

O‘zbekiston

Respublikasi

Konstitutsiyasi.

01.05.2023.

https://lex.uz/docs/6445145

2.

Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,

yangi bosqichga ko‘taramiz. – T.: O’zbekiston, 2017. – B. 30.

3.

Сюкиyaйнен Л.Р. Структура мусульманского права // Мусулманское

право (структура и основные институты). - М. 1984, - С. 33.


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

185

4.

Doktor Asadullo Lutfiy. Qavoidi fiqhi madaniy. (Fuqarolik huquqi qoidalari).

- Tehron: Bualisino universiteti, 2003. - B.14.

5.

Abdulkarim Zaydon. Al-vajiz fi sharh al-qavoid al-fiqhiya. (Fiqhiy

qoidalarning sharhi bo’yicha qisqacha kitob). - Bayrut: Ar-risola, 2003 -B.7.

6.

Doktor Asadullo Lutfiy. Qavoidi fiqhi madaniy. - Tehron: Bualisino

universiteti, 2003. - B.15.

7.

Doktor Abulhasan Muhammadiy. Qavoidi fiqh. - Tehron: Dod gustar, 2001. -

B.12.

8.

Jo‘zjoniy A.Sh. Buxorolik buyuk faqih – Abu Zayd Dabusiy. – T.: Toshkent

islom universiteti, 2007. – B. 23.

9.

Jo‘zjoniy A.Sh. Abu Zayd Dabusiy – ilmul-xilofa (qiyosiy huquqshunoslik)

fanining asoschisi // Toshkent Islom Universitetining Ilmiy-tahliliy Axboroti. –
Toshkent, 2002. №3 - B.8.

ТУРКИЙ ЖАҲОНДА ИНТЕГРАЦИЯВИЙ ЖАРАЁНЛАР: ЎЗАРО

ҲАМКОРЛИК ВА РИВОЖЛАНИШ МАСАЛАЛАРИ

ТУЛЯГАНОВ Абдуманноп Абдужаббарович

Заместитель директора Института государства и права

Академии наук Республики Узбекистан,

доктор юридических наук, профессор

БАРАТОВ Миродилжон Хомуджонович

Начальник отдела Института государства и права АН РУз,

доктор юридических наук, профессор

ХАКИМОВ Равшан Тулкунович,

Главный научный сотрудник Института государства и права АН РУз,

доктор юридических наук, доцент

АКРАМХОДЖАЕВ Бори Тохтаходжаевич,

Старший научный сотрудник Института государства и права АН РУз,

кандидат юридических наук, доцент

Аннотация: Мақола муаллифлари кўплаб манбаларни ўрганиш асосида

туркий дунё маконидаги интеграция жараёнлари билан боғлиқ масалаларини
кўриб чиқдилар ва Лев Гумилёвнинг пассионарлик назариясига асосланиб туркий
давлатларни бирлаштириш зарурлигини асослаб бериб, теллурократия
назариясининг тарафдорлари сифатида намоён қилиб, жумладан, Ўзбекистон
Республикасининг Жаҳон савдо ташкилотига аъзо бўлишига ижобий жиҳатдан

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 01.05.2023. https://lex.uz/docs/6445145

Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. - T.: O’zbekiston, 2017. - B. 30.

Сюкиуайнсн JI.P. Структура мусульманского права // Мусулманскос право (структура и основные институты). - М. 1984, - С. 33.

Doktor Asadullo Lutfiy. Qavoidi fiqhi madaniy. (Fuqarolik huquqi qoidalari). - Tehron: Bualisino universiteti, 2003. - B.14.

Abdulkarim Zaydon. Al-vajiz fi sharh al-qavoid al-fiqhiya. (Fiqhiy qoidalaming sharhi bo’yicha qisqacha kitob). - Bayrut: Ar-risola, 2003 -B.7.

Doktor Asadullo Lutfiy. Qavoidi fiqhi madaniy. - Tehron: Bualisino universiteti, 2003. - B.15.

Doktor Abulhasan Muhammadiy. Qavoidi fiqh. - Tehron: Dod gustar, 2001. -B.12.

Jo‘zjoniy A.Sh. Buxorolik buyuk faqih - Abu Zayd Dabusiy. - T.: Toshkent islom universiteti, 2007. - B. 23.

Jo‘zjoniy A.Sh. Abu Zayd Dabusiy - ilmul-xilofa (qiyosiy huquqshunoslik) fanining asoschisi // Toshkent Islom Universitetining llmiy-tahliliy Axboroti. -Toshkent, 2002. №3 - B.8.