Авторы

  • Нуридддин Колканов
    Международная исламская академия Узбекистана

Биография автора

  • Нуридддин Колканов, Международная исламская академия Узбекистана
    Доцент, доктор философских наук (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.txmfatbk.61200

Ключевые слова:

Джадидизм общественно-политическое учение джадидов мечта о национальной революции просвещении толерантности и солидарности

Аннотация

Mazkur tezisda Turkistonda jadidchilik harakati namoyondalari qarashlarida, ma’rifatparvarlik, o‘lkadagi idora usuli, mustamlakachilik, adolatsizlik oqibatlari kabi masalalarning ko‘tarilish natijasida fuqarolarda siyosiy ongning rivojlanishi kabi masalalarga e’tibor qaratilgan.

background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

352

8. Everett M. Rogers, William B. Hart, Yoshitaka Miike, Edward T. Hall and The

History of Intercultural Communication: The United States and Japan, Keio
Communication Review No. 24, 2002, 24 р.

9. Salacuse, J.W., Negotiating: The Top Ten Ways That Culture Can Affect Your

Negotiation, IBJ, 2004, 10 pp.

10. Cultural Influences in Negotiations, A Four Country Comparative Analysis,

Lynn E. Metcalf. Orfalea College of Business, Cal Poly State University. San Luis ...,
2005, 42 pp.

11. Peng Luo, Analysis of Cultural Differences between West and East in

international Business Negotiation, International Journal of Business and
Management, Vol. 3, № 11, November, 2008, pp. 103-106.

JADID NAMOYONDALARI QARASHLARIDA

IJTIMOIY-SIYOSIY MASALALARNING KO‘TARILISHI

Qolqanov Nuridddin Tashpulatovich,

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

dotsenti, falsafa doktori (PhD)

e-mail:

n.qolqanov@iiau.uz

Annotatsiya:

Mazkur tezisda Turkistonda jadidchilik harakati namoyondalari

qarashlarida, ma’rifatparvarlik, o‘lkadagi idora usuli, mustamlakachilik, adolatsizlik
oqibatlari kabi masalalarning ko‘tarilish natijasida fuqarolarda siyosiy ongning
rivojlanishi kabi masalalarga e’tibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

jadidchilik, jadidlarning ijtimoiy-siyosiy ta’limotlari, milliy iqtiqlol

orzusi, ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik va hamjihatlik.

Jamiyatning siyosiy hayoti masalalariga doir qarashlarning yuzaga kelishi uzoq

tarixiy taraqqiyot natijasidir. Bunday qarashlar dunyoning barcha xalqlari, jumladan
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida mavjuddir. Shu sababli Markaziy Osiyoda antik
zamonlarda, uyg‘onish va temuriylar davrida ijtimoiy-siyosiy g‘oyalarning vujudga
kelishi hamda rivojlanishi to‘g‘risidagi bilimlarni o‘rganish, bu bilimlarning jahon
sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi ahamiyatini bilish, shuningdek jadidlarning ijtimoiy-
siyosiy qarashlarini o‘rganish, bu qarashlarning mustaqillik davridagi ahamiyatini
tahlil qilish dolzarb ahamiyat kasb etali.

Ma’lumki, Turkistonda ijtimoiy jarayonlar kesimida XIX asrning oxirlari XX

asrning dastlabki o‘n yilliklari ma’rifatparvarlik yoki jadidchilik harakati nomi bilan
tarixga kirgan. Bu davrda voqelikni ma’rifatparvarlik nuqtai nazaridan o‘zlashtirish


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

353

markazida millat va Vatan hayotining aniq ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy va
milliy iqtisodiy vazifalar asosiy o‘rin tutgan, qolaversa, jadidlar katta ijtimoiy-siyosiy,
maorif jarayonlardagi yangilanishlarni g’oyaviy tashabbuskorlari bo‘lish bilan bir
qatorda, ular o‘z ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy mavqelariga ko‘ra, Rossiya
Imperiyasi mustamlakachilik zulmi ichidagi musulmon turkiy aholining ilg’or kuchlar
faoliyatida va yaqin chet ellardagi sivilizatsiyasi o‘zgarishlar bilan muqoyasa qilish
darajasida bo‘lganlar. Ana shunday yangicha ilg’or fikr va yangicha tafakkur egalari
bo‘lgan jadid-ma’rifatparvarlarning davlat boshqaruviga doir ijtimoiy-siyosiy
g’oyalarini o‘rganish uning bugungi kun voqeligimizdagi demokratik davlat va
fuqarolik jamiyati qurilishini rivojlantirish bilan bog’liq jarayonlardagi o‘rni hamda
ahamiyatini tadqiq etish o‘z mohiyati va mazmuniga ko‘ra dolzarb masaladir. Chunki
ularning asarlarida usha davrdagi ijtimoiy-siyosiy hayotning dolzarb muammolari
chuqur o‘rganiladi va umumlashtiriladi. Xususan, o‘lkadagi idora usuli,
mustamlakachilik, adolatsizlik oqibatlari keskin tanqid qilinadi, uning mustaqil yo‘li,
Yevropacha idora usuli va uni mamlakatda tadbiq qilish haqida jiddiy fikr-mulohazalar
bildiriladi. Jadidchilarning gazeta va jurnallari o‘lkada keng tarqalib musulmon
aholisining siyosiy ongi o‘sishiga ta’sir eta boshladi.

Joriy yilda yurtimizda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari”

mavzusida tashkil etilgan xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilariga Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyevning yo‘llagan murojaatida “Buyuk ma’rifatparvar bobolarimiz
tomonidan olg‘a surilgan g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-ma’rifiy va huquqiy-axloqiy
qarashlar, turli millat va elatlar o‘rtasida bag‘rikenglik va hamjihatlik tamoyilini qaror
toptirish bilan birga, milliy manfaatni himoya qilishga qaratilgan intilish hozirgi
murakkab va tahlikali zamonda barchamiz, avvalo, yoshlar uchun chinakam ibrat
namunasidir. Ularning hayoti va jasorati bugungi tinch va osoyishta kunlarga osonlik
bilan erishilmaganini eslatib, milliy istiqlolimizni, jonajon Vatanimizni ko‘z
qorachig‘iday asrashga doimo da’vat etib turadi”[1], deya alohida ta’kidladi.

Jadid ma’rifatparvarlarining fikricha, mamlakat qoloqligi, xalqning qashshoqlikda

yashashining sababi – amirlar, xonlar, beklar va hokimlarning nodonligi va johilligi,
xalq taqdiriga beparvoligi, ilm-fan va ma’rifatning yo‘qligidir. Shu boisdan ham ular
mamlakatdagi nodonlik va johillikka, zulm va zo‘ravonlikka asoslangan siyosiy
tartibotni tugatish va ilm – fan va fozillikka, ziyo va ma’rifatga asoslangan siyosiy
tartibotni o‘rnatish g‘oyasini ilgari surdilar.

Jadid namoyondalaridan Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkistonda jadidchilik

harakatining asoschisi va karvonboshisidir. U bu xususda quyidagilarni yozgan edi:
“Turkiston musulmonlariga lozimki, avvalo, qadim va jadid nizo lafzini qo‘yib, ittifoq


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

354

istasak. Turkiston musulmonlari bundagi rusiy, yahudiy va boshqalar bilan qo‘shilgan
holda, o‘z boshlariga Rusiyaning bir parchasi hisoblana turgan Turkiston hukmini
(hukumatini) ta’sis etsak, o‘zimiz- ning majlis-mashvaratimiz (parlament) bo‘lsin
desak, Turkiston musulmonlari shariat va odatlariga, o‘z zakun (qonun) va dinlariga
muvofiq tiriklik qilsinlar. Turkiston yahudiylari, nasroniylari va musulmonlari uchun
hammalarining manfaatlarini e’tiborga olaturg‘on qonunlar tuzilsin. Agarda biz –
Turkiston musulmonlari xohlasakki, din va millatimizni... ittifoq etib, bugundan
islohotga qadam qo‘ysalar... ziyoli va taraqqiyparvarlarimiz, boy va ulamomiz
birlashib, din va millat, Vatan rivoji uchun xizmat etsak... O‘zimizdan bora-bora
tadrijiy suratda askarlarimiz bo‘lsin. Ul milliy askarlarimizning vazifasini, qiyofat va
shaklini, libos va maishat tarzini o‘zimiz tayin qilurmiz. Mana, bizning oldimizda eng
katta ishlar turibdir... Hozirgi ahvolga qaraganda, yana biz musulmonlar, ruslarning
fuqarosi va raiyati bo‘lgan o‘lkadek, alardan dast va rijoga qolurmiz. Koloniya
(mustamlaka) qoidasi ila bizni idora eturlarki, bunga o‘z ixtilofimiz sabab bo‘lur”[2].

Ko‘rinib turibdiki, Behbudiyning qarashlarida milliy qadriyatlarga bo‘lgan ixlos

va ayni paytda Yevropa dunyosining tarixi, madaniyati, ta’lim tizimi, davlat qurilishi
sohasidagi tajribalarini o‘rganishga e’tibor katta o‘rin tutgan. Shuningdek, Behbudiy
millat o‘zini anglagandagina ijtimoiy-siyosiy masalalarga boshqalari bilan teng
aralasha oladi, degan fikrni ilgari surib, tarixga alohida e’tibor berdi.

Behbudiy davr taqozosi va ehtiyoji o‘rtaga tashlagan masalalar va muammolarni

hal etish yo‘llarini shakllantirishda ilg‘or g‘oyalarni keng tarqatuvchilardan biri bo‘ldi.
Shu maqsadda u 1913-yilda “Samarqand” gazetasini va “Oina” jurnalini chiqara
boshladi. “Oina” o‘lkada chiqa boshlagan o‘zbek tilidagi birinchi jurnal edi.
“Samarqand” gazetasi 45-sonidan keyin moddiy tanglik sababli to‘xtadi. 1913-yilda
chop etilgan “Padarkush” pesasi bir yildan keyin Toshkentda “Turon” truppasi
tomonidan sahnalashtirildi va muallifga katta shuhrat keltirdi. Mahmudxo‘ja Behbudiy
faoliyati va unga bog‘liq dunyoqarashida quyidagi uch qoidani olg‘a surdi:

1) zamon talablaridan kelib chiqib ish ko‘rish;
2) millat taqdiri va istiqbolini belgilovchi milliy kadrlarni yetishtirish;
3) milliy biqiqlikdan chiqib, dunyo miqyosida fikrlay oladigan, chet ellar bilan

siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy munosabatlar va muloqotlarda jahon andozalari
darajasida ish yuritadigan millatga aylanish. Asrimiz boshlarida ilgari surilgan bu
qarashlar hozirgi davrga hamohangdir va bu narsa ulug‘ siymo naqadar uzoqni ko‘ra
bilganidan dalolat beradi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkistonda yangicha “usuli jadid” maktablari

zarurligini nazariy asoslagan va ularni tashkil etishga yo‘naltirilgan katta ishlarga


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

355

rahnamo bo‘lgan. Bunday maktablar uchun u yuzdan ortiq darsliklar va qo‘llanmalar
yozib chop ettirgan: “Muntaxabi geografikayi umumiya” (Qisqacha umumiy
geografiya), “Kitobat kachatfol” (Bolalar maktublari). “Muxtasari tarixi is Lomiya”
(Islomning qisqacha tarixi). “Amaliyoti islom” (Islom amaliyoti), “Madxali
geografikayi umroniy” (Aholi geografiyasiga kirish), “Muxtasari geografikayi Rusiya”
(Rossiya qisqacha geografiyasi) va boshqalar shular jumlasiga kiradi[3].

Behbudiy 1917-yildagi Oktabr to‘ntarishini qabul qilmadi. Biroq u yangi ijtimoiy

muhitga moslashishga majbur edi: 1918-yilda Samarqandda tuzilgan “Musulmon
ishchi va dehqon sho‘rosi”da maorif komissari lavozimida ishlay boshladi. U bevosita
maktablarni tashkil etish, o‘quv tizimini isloh qilish, darsliklar yaratish imkoniyatiga
ega bo‘ldi. Xuddi shu davrda “Yangi hisob” darsligini yozib nashrdan chiqaradi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy jamiyatni tabaqalab, proleta riat yo‘qsullar g‘oyasi

asosida hayotga yondashishga qarshi chiqdi. Aksincha, u birlashgan «Muttahid front»
goyasini bayon qilar ekan, “ulamo ila ziyoli va taraqqiyparvarla rimiz, boy va
avomimiz birlashib, dinu millat va Vatanning rivoji uchun xizmat etsak”, deydi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy dahosi shu qadar o‘tkir bo‘lgan ki, u deyarli yuz yil

muqaddam mustaqillik tufayli biz endilikda hal eta boshlagan vazifalarni belgilab
bergan edi.

XX asr boshidagi ijtimoiy-siyosiy tafakkurning, milliy-ozodlik harakatining eng

e’tiborli namoyandalaridan yana biri Munavvarqori Abdurashidxonovdir. U siyosat
bilan jiddiy shug‘ullangan pragmatik shaxs edi.

Munavvarqorining ijtimoiy-falsafiy qarashlari asosan uch yo‘nalish va maqsadni

amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Birinchidan, mavjud maktab o‘quv tizimini isloh
qilish, uning yangi ma’rifatparvarlik g‘oyalarini himoya qilish va amalga oshirish.
Ikkinchidan, chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosatining amaldagi ifodasi mahalliy
millat bolalarini o‘qish-o‘qitish tizimiga qarshilik ekan, ma’rifatparvarlik g‘oyalarini
ilgari surishni asosiy ma’naviy-insoniy vazifa, deb bilish. Uchinchidan, ham yashirin,
ham oshkora ravishda, Turkiston musulmonlarini ruslashtirish siyosati qanday
oqibatlarga olib kelishi va, pirovardida, xalq va millatni, Vatan va zamonni poymol
etish darajasiga yetishini bilib, «usuli jadid» maktablarini millat ongini uyg‘otuvchi,
shakllantiruvchi, katta ijtimoiy-ma’rifiy omil, deb hisoblash. Ana shunday murakkab
ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy muhitda Munavvarqori milliy ong va milliy g‘ururni
kuchaytiruvchi, yoshlarni dunyoni ko‘rishga rag‘batlantiruvchi “usuli satiya”
maktablarini ochishga bel bog‘laydi[4]. U birinchi shunday maktabni o‘z hovlisida
tashkil etadi.


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

356

Munavvarqori va uning safdoshlari kommunistlarning Markaziy Osiyodagi

hukmronligini mustamlakachilikning yangi ko‘rinishi, sotsializm qurilishi to‘g‘risidagi
g‘oyani utopiya, uning targ‘ibotchilarini esa mutaassiblar deb bilishgan. Istiqlolchilik
harakatining g‘alabasiga ijtimoiy-iqtisodiy ishongan bu fidoyilar jahon taraqqiyotining
asosida evolyusion yo‘l va demokratik Markaziy Osiyoda sovet tuzumi istibdodi
o‘rnatilgach, inqilob yotadi, deb hisoblashgan.

Jadidlarning ijtimoiy-siyosiy qarashlarida bir xillik bo‘lmagan: idora usulida

konstitutsion monarxiya va respublikachilik qarashlarida xilma-xillik bo‘lgan, ba’zi
masalalarda jiddiy farq borligini inkor qilmagan holda, jadidizm muayyan qarashlar
tizimi sifatida shu davr ehtiyojlarini ifodalar edi.

Xulosa qilganda, jadidlarning ijtimoiy-siyosiy qarashlari milliy mahdudlikni rad

etar, ular Turkistondagi barcha millat va elatlarni birlashtirishga, jamiyatni har qanday
kelishmovchilik va ziddiyatlardan xoli qilishga intilardilar. Buyuk ma’rifatparvarning
g‘oyalari, faoliyati tarixda qoldi va orzu-umidlari mustaqillik sharofatidan ro‘yobga
chiqdi va bugungi islohotlarda aks etmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Abdurashidxonov M. Xotiralarimdan // Jadidchilik: islohot, yangilanish,

mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. Davriy to‘plam. – T., 1999. - № 1. – B.202.

2. Ziyoyeva D. Turkiston milliy ozodlik harakati. - Toshkent: Gʻofur gʻulom

nomidagi Adabiyot va san’at, 2000. -175 b.

3. Maxmudova G.T. Jadidizm va Turkistonda axloqiy-estetik fikr taraqqiyoti. -

Toshkent: “DAVR PRESS”, 2006.

4. Qosimov B. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. – Toshkent, 2002. –

B.235.

5. Qosimov B. Ismoilbek Gasprali. – Toshkent: G‘ofur g‘ulom nomidagi

Adabiyot va sanat, 1992. – 48 b.

O‘ZBEKISTONNING MARKAZIY OSIYODA OLIB BORAYOTGAN

BAG‘RIKENGLIK SIYOSATI

Rajabova Maftuna Ikrom qizi,

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti

e-mail:

rajaboovamaftuna@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu tezisda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida

tinchlik, barqarorlik va o‘zaro hamkorlikni ta’minlash yuzasidan olib borayotgan

Библиографические ссылки

Abdurashidxonov M. Xotiralarimdan // Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. Davriy to‘plam. - T., 1999. - № 1. - B.202.

Ziyoyeva D. Turkiston milliy ozodlik harakati. - Toshkent: G‘ofur g'ulom nomidagi Adabiyot va san’at, 2000. -175 b.

Maxmudova G.T. Jadidizm va Turkistonda axloqiy-estctik fikr taraqqiyoti. -Toshkent: “DAVR PRESS”, 2006.

Qosimov B. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. - Toshkent, 2002. -B.235.

Qosimov B. Ismoilbek Gasprali. - Toshkent: G‘ofur g‘ulom nomidagi Adabiyot va sanat, 1992. - 48 b.