Авторы

  • Оминахон Абабахриева
    Международная исламская академия Узбекистана
  • Камолиддин Джахонгиров
    Международная исламская академия Узбекистана

Биографии авторов

  • Оминахон Абабахриева, Международная исламская академия Узбекистана
    Туризм (паломнический туризм) студент 3 курса
  • Камолиддин Джахонгиров, Международная исламская академия Узбекистана
    преподаватель-стажер

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.txmfatbk.61202

Ключевые слова:

индустрия туризма глобальный цивилизация экспедиция отдых международный туризм массовый туризм инфраструктура промышленная революция турагентство экспорт локомотив персонал дипломат путешественник паломнический туризм частный сектор

Аннотация

В статье говорится об истории туристической отрасли и появлении первых туристических организаций. Утверждается, что определение и классификация туризма представлены во многих литературных и нормативных документах. Также посредством анализа статистических данных была рассмотрена роль туристического сектора в экономическом развитии стран.

background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

420

TURIZM SOHASINING PAYDO BO‘LISH TARIXI VA MAMLAKAT

IQTISODIY RIVOJLANISHIDA TURIZM INDUSTRIYASINING O‘RNI

ABABAXRIYEVA Ominaxon,

Turizm (ziyorat turizmi) 3-kurs talabasi,

Kamoliddin JAHONGIROV, stajor o‘qituvchi,

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

e-mail:

kamoliddin6564@gmail.com

Annotatsiya. Maqolada turizm industriyasining vujudga kelish tarixi hamda ilk

turistik tashkilotlarning paydo bo‘lishi haqida so‘z yuritiladi. Turizm tа’rifi vа
tаsnifigа оid kо‘plаb аdаbiyоt hаmdа nоrmаtiv-hujjаtlаrdа keltirilgan ifоdаlаnishini
bayon qilingan. Shuningdek, mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida turizm
sohasining o‘rni statistik ma’lumotlarni tahlil qilish orqali ko‘rib chiqilgan.

Tayanch so‘zlar:

turizm industriyаsi, glоbаl, sivilizatsiya, ekspeditsiya,

rekreatsiya, xalqaro turizm, ommaviy turizm, infratuzilma, sanoat inqilobi, turistik
agentlik, eksport, lokomotiv, personal, diplomat, sayohatchi, ziyorat turizmi, xususiy
sektor.

ИСТОРИЯ ВОЗНИКНОВЕНИЯ СФЕРЫ ТУРИЗМА И РОЛЬ

ТУРИЗМСКОЙ ОТРАСЛИ В ЭКОНОМИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ СТРАНЫ

Аннотация. В статье говорится об истории туристической отрасли и

появлении первых туристических организаций. Утверждается, что определение
и классификация туризма представлены во многих литературных и
нормативных документах. Также посредством анализа статистических
данных была рассмотрена роль туристического сектора в экономическом
развитии стран.

Ключевые слова:

индустрия туризма, глобальный, цивилизация,

экспедиция,

отдых,

международный

туризм,

массовый

туризм,

инфраструктура,

промышленная

революция,

турагентство,

экспорт,

локомотив, персонал, дипломат, путешественник, паломнический туризм,
частный сектор.

THE HISTORY OF THE ORIGIN OF TOURISM AND THE ROLE OF

THE TOURISM INDUSTRY IN THE ECONOMIC DEVELOPMENT OF THE

COUNTRY

Abstract.

The article talks about the history of the tourism industry and the

emergence of the first tourist organizations. It is stated that the definition and
classification of tourism is presented in many literature and normative documents.


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

421

Also, the role of the tourism sector in the economic development of the countries was
considered through the analysis of statistical data.

Key words:

tourism industry, global, civilization, expedition, recreation,

international tourism, mass tourism, infrastructure, industrial revolution, tourist
agency, export, locomotive, personnel, diplomat, traveler, pilgrimage tourism, private
sector.

Turizm qadimdan sayyoramiz xalqlari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini

mustahkamlashga,

savdo-sotiqni

rivojlantirishga,

madaniy-ma’rifiy

sohalarni

o‘rganishga xizmat qilgan. Bugungi kunda turizm jadal sur’atlarda rivojlanayotgan
jahon iqtisodiyotining kuchli sohalaridan biri hisoblanadi.

Dunyo xalqlari tabiati, iqlimi turlicha bo‘lgan geografik mintaqalarda

yashaydilar. Ular qadimdan boshlab hozirgi kungacha yashash joylarida doimo bir xil
manzarani ko‘rib zerikkanlar va boshqa joylarga borib, insoniyat tomonidan va tabiiy
yaratilgan mo‘jizalarni ko‘rishni xohlaganlar. Buning natijasida turizm vujudga keldi
va u tarixiy bir nechta bosqichlarni bosib o‘tdi.

Bugungi kundа turizm industriyаsi jаdаl rаvishdа rivоjlаnаr еkаn uning tа’rifi vа

tаsnifigа оid kо‘plаb аdаbiyоt hаmdа nоrmаtiv-hujjаtlаrdа turliсhа ifоdаlаnishini
kо‘rishimiz mumkin. Xususаn, ushbu tа’riflаrni о‘rgаnish vа tаdqiq еtish nаtijаsidа
ulаrning mаzmun-mоhiyаti аynаn bir mа’nоdаgi tushunсhаgа оlib bоrаdi.

V.I.Аzаr tоmоnidаn bеrilgаn tа’rifdа аks еtishiсhа, “Turizm – аlоhidа dаvlаt xаlq

xо‘jаligi dоirаsidаgi аlоhidа еlеmеntlаr о‘rtаsidаgi turli xil аlоqаlаrni, shuningdеk,
milliy iqtisоdiyоtning butun jаhоn xо‘jаligi bilаn о‘zаrо аlоqаlаrini qаmrаb оlgаn
ulkаn iqtisоdiy tizimdir”[1].

Akademik N.Tuxliyеv hаm о‘zining аsаridа yuqоridаgi fikrgа о‘xshаsh tа’rifni

kеltirgаn bо‘lib, u: “Turizm – bu bаrсhа ijtimоiy vа iqtisоdiy sоhаlаrgа kirib bоruvсhi,
hudud dаrаjаsidаn glоbаl dаrаjаgасhа kо‘plаb о‘zаrо bоg‘liqlikdаgi turli xil fаоliyаtlаr
vа xizmаtlаr mаjmuini nаmоyоn qiluvсhi murаkkаb tizimdir”[2], ‒ dеb е’tirоf еtаdi.

O‘zbekiston Respublikasining turizm to‘g‘risidagi qonunda “Turizm – jismoniy

shaxsning vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi manbalardan daromad olish bilan bog‘liq
bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda doimiy yashash joyidan jo‘nab ketishi”
deb ta’riflangan[3].

Yuqorida kelritilgan ta’riflardan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak turizm – bu

sayohat qilish, faol dam olish turlaridan biri bo‘lib, jismoniy shaxsning doimiy
istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda haq
to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga jo‘nab
ketishi hisoblanadi.


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

422

Turizmning ilk ko‘rinishlari qadimgi davrlarda sivilizatsiyalar o‘rtasida sayohat

va savdo aloqalari orqali amalga oshirilgan. Jumladan, qadimgi shumerliklar va
finikiyaliklar ilk sayohatchilar sifatida tilga olingan bo‘lsa, qadimgi Misrda asosiy
transport yo‘li bo‘lib xizmat qilgan Nil daryosi shimol va janub xalqlari o‘rtasidagi
savdo aloqalarini olib borishga yordamlashishi bilan birga turli binolar, sug‘orish
inshootlari bilan tanishish uchun Misrga keluvchilarni ko‘paytirgan. O‘z navbatida
misrliklar ham qo‘shni davlatlarga ekspeditsiyalar uyushtirgan[4].

Yevroosiyo mintaqasida esa turizmning dastlabki ko‘rinishi Xitoydan O‘rta Yer

dengizigacha cho‘zilgan Ipak yo‘li Sharq va G‘arb o‘rtasida tovarlar va madaniyatlar
almashinuvini osonlashtiradigan savdo yo‘llari tarmog‘i sifatida namoyon bo‘ldi. U
birinchi navbatda savdo yo‘li bo‘lsa-da, sayohatchilar, savdogarlar, olimlar,
diplomatlar orqali bir necha davlatlar, xalqlar bilan muloqot o‘rnatishiga va
sivilizasiyalarning yaqinlashuviga hissa qo‘shdi. O‘rta asrlar davrida jamiyatdagi
dinning ustunligi xalqaro ziyorat turizmining rivojlanishiga asos bo‘ldi. Muqaddas
amallarni bajarish, gunohlardan poklanish va boshqa maqsadlarda muqaddas
ziyoratgohlarga borish odat tusiga aylangan. Bunga yaqin Sharq, Arabiston, Hindiston,
Tibet hududlaridagi ziyoratgohlarni misol qilib keltirish mumkin. Buyuk geogrfik
kashfiyotlar esa uni qit’alararo sayohatlarni amalga oshirish imkonini berdi.

Ammo turizmning bu davrdagi ko‘rinishi rekreatsiya, zavqlanish, dam olish

turizmi tushunchalaridan tubdan farq qilgan. Bu davrda asosan savdo-sotiq va tijorat
maqsadlari sayohatlarda asosiy maqsad bo‘lib xizmat qilgan. Bugun biz tushunadigan
turizm, xususan xalqaro turizm – bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazish, dam olish va
diqqatga sazovor joylar bilan tanishish maqsadida o‘zi yashab turgan hududdan
tashqariga sayohat qilish tarixda ancha keyin paydo bo‘lgan.

Hozirgi kundagi ommaviy turizm atamasiga to‘la mos keladigan tushuncha esa

ilk bor 1643-yilda tilga olingan va u inglizlar uchun “The Grand Tour” ya’ni “Katta
sayohat” sifatida mashhur bo‘la boshlagan[5]. Zamonaviy turizm sanoati va
infratuzilmasining rivojlanishi esa birinchi navbatda XVIII-XIX asrlarda sanoat
inqilobi va transport tizimining rivojlanishi bilan birga sodir bo‘ldi.

Bugungi kunda turizmning eng katta rivojlanishi G‘arbiy Yevropa mamlakatlari

hissasiga to‘g‘ri keladi. Jahon turizm bozorining 70% dan ortigʻi va valyuta
tushumining 60% ga yaqini ushbu mintaqa hissasiga toʻgʻri keladi. Taxminan 20%
Amerikaga, 10% dan kamrogʻi esa Osiyo, Afrika va Avstraliyaga toʻgʻri keladi. 1950-
yilda dunyoda 25 million xalqaro sayyohlik sayohati amalga oshirilgan bo‘lsa, 2000-
yilda 800 million, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 1,5 milliardni tashkil etdi[6].


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

423

Statistik tahlillarga ko‘ra 2023-yil turizm sohasi yoqilg‘i va kimyo sanoatidan

so‘ng dunyoning uchinchi eng yirik eksport tarmog‘iga aylandi. Ushbu sohadagi
eksport hajmi 1,7 trillion AQSh dollariga yetdi. Turizmga to‘g‘ri keladigan kunlik
eksport hajmi 5 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi[7].

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlashimiz mumkinki, turizm, dunyo iqtisodiyotida

muhim rol o‘ynaydi va yangi ish o‘rinlarini yaratishda asosiy lokomotivlardan biri
hisoblanadi. So‘nggi besh yilda dunyo bo‘ylab yaratilgan yangi ish o‘rinlarining
choragiga yaqini turizm sohasiga tegishli. Shuningdek, turizm, yangi texnologiyalarni
jalb qilgan holda ham personalning qisqarishiga olib kelmaydigan iqtisodiyotning kam
sonli tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Turizmni rivojlantirish iqtisodiy, ijtimoiy va
ekologik jihatdan katta foyda keltirishi mumkin, ammo bu jarayon oqilona
boshqarilishi kerak. Davlatlar va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek,
turizmni barqaror rivojlantirishga qaratilgan siyosatlar turizmning ijobiy ta’sirini
maksimal darajada oshirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

9.

Жукова М.А. Менеджмент в туристском бизнесе: учебное пособие. – М.:

КНОРУС, 2006. – 192 с.

10.

Тухлиев Н., Абдуллаева Т. Менеджмент и организация бизнеса в

туризме Узбекистана. – Т.: Гос. науч. изд-во Ўзбекистон миллий
энциклопедияси, 2006. – 368 c.

11.

O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi qonuni, 18.07.2019-

yildagi O‘RQ-549-son //

https://www.lex.uz/docs/-4428097

12.

Ганский, В. А. История путешествий и туризма: учеб.-метод. комплекс

для студентов специальности «Туризм и гостеприимство». – Новополоцк: ПГУ,
2015. – 276 c.

13.

Дулов А.Н., Дюхова К.А., Юрчак Д.В. История путешествий и туризма.

«ВГУ им. П.М. Машерова», 2011 – 140 c.

14.

Saidov R.B., Begjigitov E.E. TURIZM SAVDOSI VA UNING

RIVOJLANISH BOSQICHLARI //IMRAS. – 2024. – Т. 7. – №. 4. – С. 70-76.

15.

Hasanov S. MAMLAKAT IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDA

TURIZMNING AHAMIYATI //Science and innovation in the education system. –
2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 103-107.

Библиографические ссылки

Жукова М.А. Менеджмент в туристском бизнесе: учебное пособие. - М.: КНОРУС, 2006.- 192 с.

Тухлиев Н., Абдуллаева Т. Менеджмент и организация бизнеса в туризме Узбекистана. - Т.: Гос. науч, изд-во Узбекистан миллий энциклопедияси, 2006. - 368 с.

O‘zbckiston Rcspublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi qonuni, 18.07.2019-yildagi O‘RQ-549-son // https://www.lex.uz/docs/-4428097

Ганский, В. А. История путешествий и туризма: учеб.-метод, комплекс для студентов специальности «Туризм и гостеприимство». - Новополоцк: ПГУ, 2015.-276 с.

Дулов А.Н., Дюхова К.А., Юрчак Д.В. История путешествий и туризма. «ВГУ им. П.М. Машерова», 2011 - 140 с.

Saidov R.B., Bcgjigitov Е.Е. TURIZM SAVDOSI VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI //IMRAS. - 2024. - T. 7. - №. 4. - C. 70-76.

Hasanov S. MAMLAKAT IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDA TURIZMNING AHAMIYATI //Science and innovation in the education system. -2024. - T. 3. - №. 5.-C. 103-107.