Авторы

  • Яхъё Омонов
    Ферганский государственный университет

Биография автора

  • Яхъё Омонов, Ферганский государственный университет
    независимый исследователь

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.txmfatbk.61203

Ключевые слова:

сало кожа мясо предприятия картели Андижан штраф пятилетка доход

Аннотация

В статье приводится история реформирования государственной собственности легкой и пищевой промышленности Андижанской области в период советской власти в 1920-е годы, слияния в артели, синдикаты, ликвидации предприятий, основанных на мелком производстве. Освещены технические недостатки в производственной деятельности в легкой и пищевой промышленности, проблемы и вопросы, связанные с выполнением установленных пятилетних планов. Описаны такие вопросы, как использование заработной платы рабочих для компенсации технических ошибок на предприятиях легкой и пищевой промышленности и введение штрафов за низкий доход.

background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

508

6.

Ричард Дейлз НАУЧНЫЕ ДОСТИЖЕНИЯ СРЕДНИХ ВЕКОВ //

Методологические проблемы генезиса науки. 2013. №2013. C.171

7.

Spalding H.N. Civilization in East and West. Oxford University Press.

London, 1939. C.266

1917-1930 YILLARDA ANDIJON VILOYATIDA OZIQ-OVQAT

SANOATINING RIVOJLANISHI, MUAMMOLARI VA TARIXIY TAJRIBASI

Omonov Yaxyo Akbarjon o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti

mustaqil izlanuvchisi

Аnnotatsiya. Maqolada Andijon viloyatining 1920 yillar sovet hukmronligi

davrida yеngil va oziq-ovqat sanoat korxonalarining davlat tasarrufiga o‘tkazish
islohotlari, artellarga, sindikatlarga birlashuvi va mayda manufakturaga asoslangan
korxonalarni tugatilishi tarixi berilgan. Yengil va oziq-ovqat sanoatida ishlab
chiqarish faoliyatidagi texnik kamchiliklari, belgilangan besh yillik rejalarni
bajarilishiga oid muammolar va masalalar yoritib o‘tilgan. Yengil va oziq-ovqat
sanoat korxonalardagi texnik xatoliklarni qoplashda ishchilarning maoshlaridan
foydalanish va daromadning pastligiga nisbatan jarimalarni joriy etilishi kabi
masalalar bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: yog‘, teri, go‘sht, korxonalar, artellar, Andijon, jarima, besh yillik

reja, daromad.

Аннотaция.

В

статье

приводится

история

реформирования

государственной собственности легкой и пищевой промышленности
Андижанской области в период советской власти в 1920-е годы, слияния в
артели, синдикаты, ликвидации предприятий, основанных на мелком
производстве. Освещены технические недостатки в производственной
деятельности в легкой и пищевой промышленности, проблемы и вопросы,
связанные с выполнением установленных пятилетних планов. Описаны такие
вопросы, как использование заработной платы рабочих для компенсации
технических ошибок на предприятиях легкой и пищевой промышленности и
введение штрафов за низкий доход.

Ключевые слова: сало, кожа, мясо, предприятия, картели, Андижан,

штраф, пятилетка, доход.

Abstract. In the article, the history of Andijan Oblast's reforms of state

ownership of light and food industries during the Soviet rule in the 1920s, mergers into


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

509

artels, syndicates, and liquidation of enterprises based on small manufacturing is
presented. Technical deficiencies in production activities in the light and food
industry, problems and issues related to the implementation of the established five-
year plans are highlighted. Issues such as the use of workers' salaries to compensate
for technical errors in light and food industry enterprises and the introduction of fines
for low income are described.

Key words: fat, leather, meat, enterprises, cartels, Andijan, fine, five-year plan,

income.

Andijon oziq-ovqat sanoatining tarkibiy qismi hisoblangan yog‘-moy ishlab

chiqarish sohasi ham uzoq tarixga ega. Paxtachilikning taraqqiyoti yog‘ zavodlari
tarmog‘ini yuzaga keltirdi. 1913 yili Andijon uyezdida 4 ta yog‘ ishlab chiqarish
zavodi bo‘lib, ularda 382 ishchi xodim mehnat faoliyatini olib borgan. Andijonda bu
sohadagi dastlabki zavodni “K. M. Solovev va K” firmasi Andijon shahrida quradi.
Zavod O‘rta Osiyo temir yo‘li Andijon stantsiyasiga yaqin hududda joylashgan bo‘lib,
zavod hududidan temir yo‘li o‘tkazilgan. Yog‘ tashib chiqish uchun 150 dan ortiq
vagon tsisternalarda foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Yog‘ quvurlar orqali to‘g‘ridan-
to‘g‘ri vagon tsisternalariga quyilib turgan. Zavodda sutkasiga 5600 pud paxta qayta
ishlab chiqarilgan.

1907 yil 19 dekabrda Andijon yog‘-moy zavodi o‘z faoliyatini boshlagan. Zavod

binosi elektr bilan ta’minlangan. 1917 yilda yog‘ zavodi milliylashtirilib, asosiy ishlab
chiqarishni kengaytirilishi hisobiga bir kecha kunduzda 150 tonna chigitni qayta ishlay
boshladi, shu vaqtda yiliga 720 tonna sovun ishlab-chiqaruvchi, asosan qo‘l mehnatiga
moslashgan sovun pishirish sexi ishlar edi. Ishlab chiqarish quvvatlari osha borib,
korxona o‘zining 6 ta gidropressida ish yuritib, bir kecha-kunduzda 6-6,5 tonna yog‘
ishlab chiqarardi. Korxonaning yillik ishlab chiqarish unumi 1200 tonnani tashkil etdi.
1918 yillarda Turkistonning ko‘plab hududlarida paxta sanoat korxonalarida
joylashgan bo‘lib, ularning texnik holati talab darajasida emas edi. Lekin Turkiston
bo‘yicha 250 dan ortiq paxta tozalash sanoat korxonalari joylashgan bo‘lsa, shundan
Farg‘ona hududlarida 150 ta, Sirdaryoda 45 ta, Samarqandda 30 ta

[1] paxta tozalash

sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelgan. Mamlakatda sanoatning yetakchi sanoati
bu paxta tozalash sanoat korxonalari bo‘lib, ular boshqa sanoat tarmoqlarining 90
foizini tashkil etardi.

1920 yillarda Andijon viloyatining to‘qimachilik korxonalarida ishchilari soni

ko‘pligi jihatidan katta o‘rinni egallagan. Sovet Ittifoqining “To‘qimachilik”
birlashmalari Andijonda to‘qimachilikning ko‘plab turlarini olib kelishi [2], hududda
tikuvchilik, to‘quvchilik fabrikalarining joylashishiga olib keladi. Ushbu fabrikalar


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

510

manufaktura asosida faoliyat ko‘rsatib kelgan. Ishchilar tonggi soat 06:00 dan ish
boshlar va paxta tolasidan oddiy stanoklarda iplar yigirish, paxta titish, to‘qimachilik
va stanoklar asosida paxtalarni preslash bilan shug‘ullanib kelgan. To‘qimachilik
ishlarida har 6 soat davomida ishchilar oziq-ovqat bilan ta’minlangan. Mahalliy aholi
orasida ishchilar ko‘pchilikni tashkil etgan.

Xususiy sanoatni yollanma ishchilar mehnatdan foydalanmaydigan va qo‘l

texnologiyasiga asoslangan kichik korxonalari yangi sanoat korxonalarining
texnikalari bilan raqobatlasha olmay qoldi [3]. Bu korxona dvigatel kuchi va ushbu
sektorda ishlaydigan xodimlar soni o‘rtasidagi tafovutga olib keldi. Bir xodimga
to‘g‘ri keladigan dvigatel quvvati davlat sektoriga qaraganda 7 baravar kam edi.
Turkiston sanoatida qo‘llaniladigan mexanik dvigatellarning umumiy quvvatidagi
ulushidan korxona va xodimlar soni bo‘yicha mahalliy sanoat ulushi ancha yuqori edi.
Xususiy sektor o‘zining texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ortda qoldi. Texnik sanoat
bilan bir qatorda asosiy malakali ishchilar ish bilan ta’minlandi. Sovet davlati
“sanoatni yangilab, agrar masalani hal etish yo‘lini ochib beradi” deb takidlagan sovet
davri tadqiqotchlaridan farqli o‘laroq masalani har tomonlama mafkuradan holi
o‘rganish maqsad qilindi.

J. Ubbiniyazov tomonidan tadqiq qilingan ilmiy ishlarda 1917 yillarda o‘lkaning

ko‘plab xududlarida yengil sanoatning ko‘plab tarmoqlari og‘ir sanoatga qaraganda
ko‘plab qurilgan va faoliyat ko‘rsatib kelgan [4]. Ayniqsa, yengil sanoatning
paxtachilik va pillachilik tarmoqlariga alohida e’tibor berilishi xalq xo‘jaligida paxta
va pillaning rivojlanishi, yetishtirilishiga olib keladi. 1918 yilda O‘zbekistonda 24 ta
paxta zavodlari qurilgan. 1919 yilga kelib esa yengil sanoatning teri tozalash va paxta
tolasini ishlash zavodlari faoliyat ko‘rsata boshlagan. Lekin tadqiqotlarda sanoat
korxonalarning sovet davlati qo‘liga o‘tishi va davlatda iqtisodiy rivojlanishning
yuksalib borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tilgan. Yengil sanoatdagi
rivojlanishda aholining ko‘plab kichik korxonalaridan ayrilganligi, majburiy
mehnatlarga jalb etilishi kabi muammolar ochib berilmagan.

1922 yilda Andijonning oziq-ovqat sanoatidan tashqari yengil sanoatning teri

tozalash zavodlari ham faoliyat ko‘rsatib kelgan. Ammo, teri tozalash zavodlarida
ishchilarning sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishi yuzasidan davlatda nazoratlar
o‘rnatiladi. Chunki, xududning mayda teri tozalash mahalliy korxonalari ko‘plab
aholining teri mahsulotlariga yaxshi narxlar belgiladi, shu bois ko‘plab aholi teri
mahsulotlarini mahalliy mayda xunarmandlarga olib borishardi, bundan tashqari davlat
teri tozalash korxonalarida sifatsiz mahsulotlar sotilmasdan, omborlarda to‘xtab
qolishlari yuzaga kelgandi. Andijon teri tozalash zavodlarida terilarni tozalash


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

511

ishlarida foydalanilayotgan texnik stanoklarning tanqisligi, mahsulot yetishmasligi,
mutaxassis kadrlarning yetishmasligi korxonaning ishlab chiqarish xajmi, mahsulotlari
sifatiga salbiy ta’sir etardi [5]. Jumladan, Andijon 3-sonli teri tozalash zavodida 1922
yil 20 noyabr oylarida mahsulotlarni tanqisligi va ishlab chiqarishni to‘xtab qolish
holatlari korxona xisobchilari tomonidan buyruqlashtirilib boriladi. Bundan
muammolarni olidini olishda davlat teri mahsulotlarini jalb etish maqsadida mahalliy
teri korxonalarni davlat korxonalari bilan hamkorlikda ishlashni tashkil etish
boshlandi. Andijon va Farg‘ona (Skobelov) hududlarida teri tozalash korxonalarining
1923 yil fevral oylarida 13 dan ortiq mayda xunarmandchilik korxonalari birlashdi.
Natijada, Andijon teri tozalash zavodlarida ishlab chiqarish ahvoli ijobiy tomonga
o‘zgarib bordi. Bundan tashqari teri tozalash korxonalarning mahsulotlar bilan
ta’minlash maqsadida ayrim mahalliy savdo do‘konlar ham korxonaga biriktiriladi [6].

1922-1923 yillar O‘zbekistondagi ko‘plab artel va yengil sanoatning mayda

xunarmandchilikka asoslangan korxonalarida davlat tasarrufiga o‘tish jarayonlari bilan
bog‘liq o‘zgarishlar avjlandi. 1923 yilda Farg‘ona viloyatining barcha hududida
faoliyat ko‘rsatib kelgan sanoat korxonalarga nisbatan davlat korxonalari 70 foizni,
kooperativ yengil sanoat korxonalari 2 foizni, xususiy sanoat korxonalarida 3 foizni
tashkil etardi. Sovet Ittifoqi O‘zbekistonda paxta tolasi ishlab chiqarishi bilan bog‘liq
paxta tozalash sanoat korxonalarning sonini oshira boshladi. Jumladan, O‘zbekistonda
1924 yilda ikkita katta quvvatga ega paxta tozalash zavodi qurildi. Birinchisi
Toshkentda ish boshlagan bo‘lsa, ikkinchisi Andijon shahrida o‘z faoliyatini
boshlagandi. Andijon paxta tozalash zavodi davlatga yil davomida 27.6 ming tonna
paxta tolasini [8] yetkazib beradi.

1924 yil Andijon xududlarida faoliyat ko‘rsatib kelgan sanoat korxonalarining

ishchilariga o‘z vaqtida ishchi va xodimlarga maoshlarini olmadilar [9]. Bundan
tashqari ko‘plab yengil sanoatning oziq-ovqat tarmoqlarida mahsulotlarning tanqisligi
ko‘rina boshladi. Jumladan, aholi tomonidan Andijon un zavodiga don mahsulotlarni
reja asosida to‘liq topshirilmayotgani, don mahsulotlarida sifat jihatdan talabga javob
bermasligi holatlari paydo bo‘ldi [10]. Bunday muammolarni yechishda markaziy
qo‘mitalar oziq-ovqat sanoat korxonalarni mahsulot bilan ta’minlashda aholi va
xunarmand mayda korxonalarga rejani tezkorlik bilan bajarilishini ta’minlash
maqsadida viloyat soliq komissiyasini ishga soladi va ularga barcha soliqlar,
bajarilmagan rejalarni o‘z vaqtida ta’minlanishi yuzasidan qaror berilib, qat’iy choralar
ko‘rish vazifalarini belgilab qo‘ydi. Bundan tashqari davlatda faoliyat yuritib
kelayotgan Turkselxoz qo‘mitalariga ham sanoat korxonalarning ayrim rahbarlari
Andijon un kombinati, Andijon pilla zavodi, Andijon non zavodlarida, Qo‘qon un


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

512

kombinati tergovlarga tortilib, ishdan ozod etildi. 1925 yilning mart oylarida
Turkselxoz boshqarmasining nazoratchisi I. Sialkin Andijonning un kombinatining
rahbari A. Vekselevni davlat rejalarini o‘z vaqtida bajarilmasligi, reja 50 foizga tushib
ketishi, buxgalteriya tizimda kamomatlarni yuzaga kelganligi, kombinatda ish
jarayonlarida texnik ta’minotlarga loqaydlik bilan qaralganligi kabi ayblovlar bilan
ishdan ozod etiladi. Andijon non zavodlarida ham mahsulotlarning o‘z vaqtida
yetkazilmasligi ishning to‘xtab qolishiga olib kelgani bois, ishchilarning maoshlarida
o‘z vaqtida ta’minlanmaslik holatidan noroziliklari yuzaga keladi. Andijon non
zavodida aprel hamda may oyining maoshlari berilmasligi va mahsulot ishlab
chiqarishda ish jarayonlarining to‘xtab qolishiga loqaydlik bilan qaralgani ro‘kach
qilinib, non zavodi rahbari T. Shevlyakov o‘z lavozimidan ozod etiladi. 1926 yil teri
tozalash zavodlarida ham mahsulotning sifatsiz ishlab chiqarilishi, mahsulot ishlab
chiqarish hajmining keskin kamayib ketishi borasida muammolar yuzaga keladi.
Andijon viloyatining Xonabod teri tozalash zavodida ishlab chiqarish xajmini kamayib
borishi, ishchilarning mahsulotlarni o‘g‘irlash jarayonlariga bog‘lanadi. Ammo
mahalliy bozorlarda narxlarni yuqori darajada bo‘lishi, davlat tomonidan aholidan
go‘sht va teri mahsulotlarni past narxlarda sotib olishi aholini teri mahsulotlarini
bozorga topshirishga olib kelardi. Teri tozalash zavodlarida xatto ishchilar tomonidan
mahsulotlarni chetga sotib yuborishlar ham ko‘zga tashlanadi. 1926 yilda Andijonning
teri tozalash zavodi mahsulotlarini yashirin ravishda O‘sh viloyatining Qorasuv
xududlariga sotib yuborilishi kuzatilgan. Bu holatlarni tez orada jiddiy nazoratga olish
boshlandi. Mahalliy bozorlarda sotib kelinayotgan go‘sht, jun va teri mahsulotlarini
sotilishi yuzasidan nazoratlar boshlandi. Mahalliy bozorda sotilayotgan mahsulotlar
xaridorlari va sotuvchilari noqonuniy sotish bilan shug‘ullaniyotganligi sabab qilinib,
jarimalarga va qamoq jazolariga tortiladi. 1926 yilda 20 noyabr oyida Marg‘ilonning
mahalliy bozorida go‘sht mahsulotlarini sotilishi sabab ko‘plab fuqarolar jarimaga
tortiladi. Mahalliy bozorlar qoshida nazorat shtablari joriy etiladi [11]. Mahalliy
hunarmandlarning ham mahsulotlar sotib olishlari jumladan, Samarqand, Andijon,
Qo‘qon, Farg‘ona

xududlarida jiddiy nazoratga olindi.

1927 yilga kelib Andijon viloyati Shaxrixon tumaniga paxta tozalash sanoat

korxonasi qurildi. Sanoat korxonada ishchilar orasida boshqa millat vakillari ishlab
kelardi.

1927 yillarda Andijon hududlaridagi yengil sanoat korxonalari ko‘plab kollektiv

shartnomalarini imzoladi. 1927 yil 11 yanvar oyida 343-sonli shartnoma asosida oziq-
ovqat zavodi Davlat Savdo Import-Eksport tashkiloti, O‘zbek davlat savdo bilan
birgalikda A. Fazilov va N. Shatkovskiy boshchiligida kollektiv shartnomasini


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

513

imzolaydi. Dastlab oziq-ovqatning ichak va teri tozalash zavodlari bilan imzolanadi.
Ishchilarga ish haqqi va savdo masalalari shartnomaga kiritilib, mahalliy aholining tili
bo‘yicha ham kelishuvlar shartnomaga kiritiladi. Keyinchalik ushbu zavodlarga go‘sht
kichik korxonalari ham kiritib yuboriladi. Ichak zavodlariga mahalliy aholi tomonidan
ichak, teri va go‘sht mahsulotlari jalb etishda ko‘plab mablag‘lar ajratildi.
O‘zbekistonda yengil sanoat korxonalari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha [12] 1927
yil 26 fevral oyida O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Kengashi va EKOSO bilan
hamkorlikdagi yig‘ilishida F. Xo‘jaev o‘z nutqida “davlat byudjeti tomonidan 10-12
million rubl sanoat korxonalarining rekonstruktsiya ishlari uchun ajratildi, lekin davlat
tomonidan belgilangan besh yillik rejalarini bajarilishida turli kamchilik va oqsoqliklar
ko‘zga tashlanmoqda. Ba’zi zavod va fabrikalarda rekonstruktsiya ishlari 2-3 yildan
beri tugatilmagan, texnik jihatdan ortda qolishi mehnat unumdorligiga ta’sir etib
kelmoqda. Bu muammolar davlat belgilagan rejasini bajarishga to‘siq bo‘lolmaydi,
ishlab chiqarishni to‘xtatmaslik, ishlab chiqarish usullarini o‘zgartirish orqali bo‘lsa,
ham rejani o‘z vaqtida bajarish kerak”-deb ta’kidladi [13].

Yig‘ilishda O‘zbekistonning ko‘plab yog‘-moy, paxta va oziq-ovqat sanoat

korxonalarning faoliyati tanqid qilinadi. 1927 yillda Andijonning konserva zavodi va
go‘sht kombinatlarida texnik press stanoklarning yetishmasligi mahsulotlarni ishlab
chiqarishda, qadoqlashda muammolarni yuzaga kelayotganligi ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Andijonning Asaka, Shaxrixon konserva korxonalarida 1500 ta qo‘shimcha texnik
qismlarni yetarli emasligi, mahsulot sifatiga salbiy ta’sir etgan. Oqibatda, Andijon
konserva zavodlarida ham ko‘plab mahsulotlar omborxonalarda to‘planib qolganligi
va ularga bee’tiborlik tufayli sotilmay omborxonalarda qolib ketganligi, muddati yaqin
qolgan mahsulotlarni tez orada tarqatib yuborilishini ta’minlash to‘g‘risidagi chora-
tadbirlar ko‘rilgan. Biroq ushbu muammolarni hal etishda qo‘shimcha texnik qismlarni
ishlab chiqarish mayda xunarmand korxonalarga va xunarmandchilik artellariga hal
etish vazifalari yuklatiladi. 1928 yilda Andijonning konserva zavodlariga mayda
hunarmandchilik korxonalaridan 27 ta mahsulot saqlash bochkalari taqdim etiladi,
qo‘shimcha texnik temirdan qismlar

bilan ta’minlanadi. Lekin, noyob texnik qismlar

markazdan keltirilganligi bois ularni o‘z vaqtida ta’minlash ortda qolib keldi.

Markazdan dalolatnomalar asosida keltiriladigan ayrim noyob texnik qismlar

arzon va talab darajasiga ega bo‘lmas edi. Biroq ular mahalliy xunarmandlar
tomonidan ta’mirlanib ishlatilib kelingan. Andijonning Kogon konserva zavodida
keyinchalik mayda texnik hunarmandlar korxonaga ishchi sifatida biriktirila
boshlangan. Ularning mayda konrxonalari oziq-ovqat sanoat korxonalarga biriktirilb
yuboriladi. 1928 yilning iyun oylarida Qo‘rg‘ontepa tumanida Qizil Charoq Chorva


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

514

shirkatlari ham Andijon go‘sht kombinatiga birlashtiriladi. Bundan tashqari 1928
yilning oxiriga kelib, Andijonning yengil sanoati tarmoqlaridan mahalliy mayda
hunarmand korxonalar 25 foizi davlat hisobiga o‘tib ketdi.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar:

1.

Акбаров Т. Деятельность ЦК РКП(б) и компартии Туркестана по

восстановлению и развитию хлопкоочистительной промышленности в 1918-1924
гг. Автореф... дисс. канд. истор. наук. –Ташкент. 1990. –С. 12.

2.

Andijon VDA. R-152- jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 1- yig‘ma jild, 62-varaq.

3.

Улмасов А. Национализация промышленности в советском Туркестане.

–Ташкент. АН УзССР. 1961. –С. 104.

4.

Уббиниязов Ж. История развитии промышленности Каракалпакской

АССР за годы советской власти.(1917-1941 гг). Автореф. .. дисс.
канд.истор.наук. –Нукус. 1962. –С. 9.

5.

Andijon VDA. R-250- jamg‘arma, 1- ro‘yxat, 1- yig‘ma jild, 7- varaq.

6.

Andijon VDA. R-250- jamg‘arma, 1- ro‘yxat, 1- yig‘ma jild, 27- varaq.

7.

Улмасбаев Ш, Слива А. Индустриальное развитие Узбекистана за годы

советской власти. –Ташкент. Узбекистан. 1966. –С. 56.

8.

Улмасбаев Ш, Слива А. Индустриальное развитие Узбекистана за годы

советской власти. –Ташкент. Узбекистан. 1966. –С. 59.

ASHTARXONIY HUKMDORLARNING DINIY VA MA'RIFIY

INSHOOTLAR QURILISHIDAGI

O‘RNI.

Nasrilloyev Karimjon Sobirjon o’g’li

O‘zMU Tarix fakulteti doktoranti.

Shoqulov Farrux Anvarjonovich

Toshkent shahar Sergeli tumani

269-maktab tarix fani o’qituvchisi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Buxoro xonligida hukmronlik qilgan ashtarxoniy

hukmdorlarning me’morchilik sohasidagi islohotlari, ular tomonidan qurdirilgan
madrasalar, masjidlar, xonaqohlar va shunga o’xshash diniy va ma’rifiy inshootlar
haqida ma’lumot berilgan. Me’morchilik sohasi xalqimizning o’ziga xos tarixini,
ijtimoiy-siyosiy qudratini, madaniyatini, diniy va dunyoviy qarashlarini va turmush

Библиографические ссылки

Акбаров Т. Деятельность ЦК РКП(б) и компартии Туркестана по восстановлению и развитию хлопкоочистительной промышленности в 1918-1924 гг. Авторсф... дисс. канд. истор. наук. -Ташкент. 1990. -С. 12.

Andijon VDA. R-152- jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 1- yig‘ma jild, 62-varaq.

Улмасов А. Национализация промышленности в советском Туркестане. -Ташкент. АН УзССР. 1961. -С. 104.

Уббиниязов Ж. История развитии промышленности Каракалпакской АССР за годы советской власти.(1917-1941 гг). Автореф. .. дисс. канд.истор.наук. -Нукус. 1962. -С. 9.

Andijon VDA. R-250- jamg‘arma, 1- ro‘yxat, 1- yig‘ma jild, 7- varaq.

Andijon VDA. R-250- jamg‘arma, 1- ro‘yxat, 1- yig‘ma jild, 27- varaq.

Улмасбаев Ш, Слива А. Индустриальное развитие Узбекистана за годы советской власти. -Ташкент. Узбекистан. 1966. -С. 56.

Улмасбаев Ш, Слива А. Индустриальное развитие Узбекистана за годы советской власти. -Ташкент. Узбекистан. 1966. -С. 59.