Авторы

  • Шухратжон Ражабов
    Международная исламская академия Узбекистана image/svg+xml

Биография автора

  • Шухратжон Ражабов, Международная исламская академия Узбекистана
    Доктор философских наук, старший преподаватель

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.txmfatbk.61204

Ключевые слова:

киберпространство эстетическая потребность социальные сети трансформatsiя эстетическое отношение отчуждение сетевая эстетика

Аннотация

Сегодня трансформа1$1я личных потребностей происходит в Интернете, медиапродуктах, видеоиграх, социальных сетях, маркетинговых мероприятиях, которые вызывают интерес широкой публики. Глобальная популярность, статус современных сетей, а также влияние социальных сетей на наши традиционные моральные и эстетические ценности — вопросы, требующие специального исследования. Инструменты киберпространства играют ключевую роль в удовлетворении личных эстетических потребностей и изменении эстетического мировоззрения. В связи с потребностью людей в общении с использованием технических возможностей Интернета образовалась новая область и направление под названием «Социальные сети». Социальные сети, изначально служившие лишь для общения с кем-либо, в настоящее время становятся бесподобным инструментом для людей, реагирующих на социальные и политические изменения, происходящие в жизни общества, своими передовыми мыслями.

background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

520

RAQAMLI MAKONDA IIJTIMOIY ETOSFERA TRANSFORMATSIYASI.

ТРАНСФОРМАЦИЯ СОЦИАЛЬНОЙ ЭТОСФЕРЫ В ЦИФРОВОМ

ПРОСТРАНСТВЕ.

TRANSFORMATION OF THE SOCIAL ETHOSPHERE IN THE DIGITAL

SPACE.

Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich,

O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi

Falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi.

shuxrat_rajabov@bk.ru

.

Annotatsiya.

Bugungi kunga kelib keng jamoatchilikning qiziqishiga sabab

bo‘layotgan, internet, media mahsulotlar, video o‘yinlar, ijtimoiy tarmoqlar, marketing
faoliyatida shaxs ehtiyojlarining transformatsiyasi yuz bermoqda. Dunyo miqyosida
ommalashuvi, hozirgi tarmoqlar faoliyatining mavqeyi, shuningdek, ijtimoiy
tarmoqlarning an’anaviy axloqiy va estetik qadriyatlarimizga o‘tkazayotgan ta’siri
alohida tadqiq qilishni talab etadigan masalalardandir. Shaxs estetik ehtiyojini
qondirish, axloqiy dunyoqarashni o‘zgartirish uchun raqamli axborot makoni vositalari
asosiy rol o‘ynaydi. Internetni texnik imkoniyatidan foydalanib insonlarni muloqotga
bo‘lgan ehtiyoji hisobiga «Ijtimoiy tarmoqlar» deb ataluvchi yangi bir soha, yo‘nalish
shakllandi. Dastlab shunchaki kim bilandir muloqot qilish uchun xizmat qilgan
ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunga kelib jamiyat hayotida yuz berayotgan ijtimoiy-
siyosiy o‘zgarishlarga o‘zining ilg‘or fikrlari bilan munosabat bildiruvchilar insonlar
uchun tengsiz bir vositaga aylanayotganligi bugungi kunda dolzarb bo‘lib bormoqda.

Kalit so‘zlar:

kibermakon, estetik ehtiyoj, ijtimoiy tarmoqlar, transformatsiya,

estetik munosabar, begonalashuv, tarmoq estetikasi.

Аннотaция.

Сегодня трансформatsiя личных потребностей происходит в

Интернете, медиапродуктах, видеоиграх, социальных сетях, маркетинговых
мероприятиях, которые вызывают интерес широкой публики. Глобальная
популярность, статус современных сетей, а также влияние социальных сетей на
наши традиционные моральные и эстетические ценности — вопросы,
требующие специального исследования. Инструменты киберпространства
играют ключевую роль в удовлетворении личных эстетических потребностей и
изменении эстетического мировоззрения. В связи с потребностью людей в
общении с использованием технических возможностей Интернета образовалась
новая область и направление под названием «Социальные сети». Социальные
сети, изначально служившие лишь для общения с кем-либо, в настоящее время


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

521

становятся бесподобным инструментом для людей, реагирующих на социальные
и политические изменения, происходящие в жизни общества, своими
передовыми мыслями.

Ключевые слова:

киберпространство, эстетическая потребность,

социальные сети, трансформatsiя, эстетическое отношение, отчуждение, сетевая
эстетика.

Annotation.

Today, the transformation of personal needs is taking place on the

Internet, media products, video games, social networks, marketing activities that
arouse the interest of the general public. Global popularity, the status of modern
networks, and the impact of social networks on our traditional moral and aesthetic
values are issues that require special study. The tools of cyberspace play a key role in
satisfying personal aesthetic needs and changing the aesthetic worldview. In
connection with the need of people to communicate using the technical capabilities of
the Internet, a new area and direction called “Social Networks” has been formed.
Social networks, which originally served only to communicate with anyone, are now
becoming an incomparable tool for people to respond to social and political changes
taking place in society with their advanced thoughts.

Key words:

cyberspace, aesthetic need, social networks, transformation,

aesthetic attitude, alienation, network aesthetics.

KIRISH.

Taraqqiyotning hozirgi pallasida ijtimoiy munosabatlarga bo‘lgan

talab sira kamaygani yo‘q. Faqat endilikda ushbu talabni qondirishning usullari
o‘zgarmoqda. Ijtimoiy munosabatlarning o‘zi esa, yangicha ko‘rinish kasb etgan. Gap
hammamizga ma’lum ijtimoiy tarmoqlar haqida ketmoqda. Qisqa vaqt ichida ijtimoiy
tarmoqlar virtual kenglikda nihoyatda ommalashdi. Bu jihatdan ularni internet
makonidagi chinakam yangi fenomen, deb atash mumkin. Biroq mazkur fenomen
dastavval internet emas, sosiologiya fanida paydo bo‘lganini ham eslatib o‘tish
o‘rinlidir. Ijtimoiy munosabatlarning yangi shakli sifatida «ijtimoiy tarmoq»
tushunchasi olimlar tomonidan o‘tgan asrning 30-yillaridan boshlab o‘rganib
kelinmoqda. Ilmiy ta’rifga ko‘ra, «ijtimoiy tarmoq» ijtimoiy obyekt (inson yoki
tashkilot)lar hamda ular o‘rtasidagi ijtimoy munosabatlardan hosil bo‘luvchi ko‘plab
tugunlardan tashkil topgan ijtimoiy tuzilmani ifoda etadi [1].

Estetikaning qo‘llanilish sohalarini quyidagicha tasniflash mumkin:
1) Fan, ilm sohasi. Estetika mustaqil fan sifatida mavjud, lekin ushbu atama

boshqa fan sohalarida ham keng qo‘llaniladi;


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

522

2) Faoliyatlar sohasi. Estetik faoliyatlar bilan amaliy shug‘ullanayotgan inson,

estetik qonuniyatlari bilmog‘i, ularga layoqati, didi, bo‘lmoqg‘i lozim. Faoliyatlar
sohalari estetikasi ikkiga bo‘linadi:

Badiiy faoliyatlda – badiiylik bilan bog‘liq sohalarning bar¬chasi estetik

qonuniyatlar amal qiladi. San’at, dizayn, go‘zallik in¬dustriyasi, kosmetalariya va b;

Badiiy bo‘lmagan faoliyatda – mehnat estetikasi, iqtisod, marketing, medi

mahsulotlar va boshqalar.

3) Estetik qiymat yoki baho ma’nosida (masalan hozirgi kunda landshaftlarning

estetik bahosi, qiymati belgilanadi).

4) Barcha sohalarda sifat darajasini belgilovchi omil sifatida (turli faoliyat

nomlari, brend va logotiplarda).

5) Tarbiya sohasida.

ADABIYOTLAR TAHLILI.

1.

G‘aybullaev O. Shaxs estetik madaniyatining shakllanish va rivojlanish

muammolari: Fals. fan. dok.(DSc) ... dis. –Toshkent, 2011. –B. 217.

2.

Rajabov, S. S. (2023). Estetik ehtiyojlar transformatsiyasida ijtimoiy

tarmoqlarining ahamiyati.

Academic research in educational sciences

,

5

(NUU

Conference 2), 539-546.

3.

Rajabov, S. S. (2021). The harmony of the aesthetic needs of the individual in

cyberspace with the philosophy of sophistication.

Asian Journal of Research in Social

Sciences and Humanities

,

11

(11), 210-213.

4.

Ражабов,

Ш.

(2022).

Кибермаконда

маркетингнинг

эстетик

ҳусусиятлари.

Academic research in educational sciences

,

3

(NUU Conference 2),

438-445.

5.

Rajabov, S. S. (2019). Human factor in cyberspace: its influence on aesthetic

urbrining.

Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and

Technology

,

1

(4), 127-131.

Raqamli makonning transformatsiyasi jarayonlarida jamiyat axloqiy muhitiga

ta’siri turli ijtimoiy-gumanitar fanlar nuqtai nazaridan tadqiq etilgan. XX asrning
mashhur faylasuflari U.Gibson o‘zining “Neuromancer” nomli maqolasida
«kibermakon» tushunchasining «moddiy olam» va «virtual olam» g‘oyalari bilan
tuslanishi, hatto, taqqoslanishi borasidagi fikrlar rivojlantirilgan. «Kibermakon»
muammosining falsafiy jihatlari N. Umarovaning “Globallashuv sharoitida axborot
xurujlariga qarshi kurash” ilmiy tadiqoqtida o‘rganilgan. Bundan tashqari, S. I.
Simakovaning “Modern Journalism and Social Networks” nomli monagrafiyasida
ijtimoiy tarmoqlar, raqamlashgan jamiyat va ularning transformatsiyasi masalalari


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

523

ko‘rib chiqilgan, Xin Gu “Social networks and aesthetic reflexivity in the creative
industries”

nomli

monografiyasida

virtualistikaning

butun

muammolarini

dolzarblashtirish va uni fan sifatida shakllantirishga turtki berayotganligi haqida
atroflicha to‘xtalgan. O‘zbekistonda kibermakonning falsafiy va dialektik asoslarini
tadqiq etgan olimlardan G. G‘affarova o‘zining “Murakkab tizimlarda axborot
generatsiyasining falsafiy metodologik asoslari” nomli ilmiy tadqiqot ishida axloqiy
etosfera muhitini shakllantirish kerakligi keltirilgan.

U.Gibson o‘z qarashlarida kibermakonni jamoaviy gallyutsinatsiyalar, inson

tizimidagi har qanday kompyuterning xotira banklaridan olingan ma’lumotlarning
grafik tasviri, aqlning ko‘rinadigan maydonini kuzatuvchi yorug‘lik chiziqlari nuqtai
nazaridan tahlil qilgan [2]. A.Mo‘minov o‘zining «O‘zbekiston: axborotlashgan
jamiyat sari» nomli monografiyasida shunday fikr bildirgan – «Global tarmoqning
foydalanuvchilari Internet bunday keng tarqalishining sabablari qatorida axborot
uzatishning bir-biridan ajralmagan, quyidagi afzal jihatlarini qayd etadilar: axborotni
bosma holda uzatish; radio (ovoz yo‘li bilan); televidenie (ovoz+video)» [3].
A.Tulyaev o‘z tadqiqotlarida «virtual olam» muammolarini sotsiologiya, kibernetika,
tibbiyot bilan o‘zaro aloqadorlikda tadqiq qilish muhimligini ta’kidlab, kishilarning
hayot faoliyati kundan-kunga «virtual hamjamiyatda», «tarmoqli jamiyatda»,
«kibermakonda» faol amalga oshayotganligi haqidagi fikrlarni ilgari surgan [4]. Sh.

Rajabov tomonidan “Estetik ehtiyojlar transformatsiyasida ijtimoiy tarmoqlarining
ahamiyati”, “The harmony of the aesthetic needs of the individual in cyberspace with
the philosophy of sophistication”, “Kibermakonda marketingning estetik
hususiyatlari”, “Human factor in cyberspace: its influence on aesthetic urbrining” kabi
bir qator ilmiy ishlarida raqamli axarot makoni, kibermakon, mediamkon hamda uning
axloqiy va estetik xususiyatlariga alohida e’tibor qaratgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI.

Maqolada ijtimoiy etosfera raqamli

makondagi transformatsiyasi muhokama qilindi. Jamiyat ijtimoiy ehtiyojlarining
kibermakon va virtual olamda o‘zgarib borish jarayonlari umumlashtirildi. Raqamli
makonning shakllanishi va o‘zgarib borishiga oid yondashuvlar o‘rganildi.

TAHLILLAR VA NATIJALAR.

Bugungi kunda axloqiy faoliyat sohasida

media-mahsulotlarni o‘rganish tadqiqotlari olib borilmoqda. Ko‘plab foydalanuvchilar
faqat ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilish uchun internetga kirishlari estetik
qiziqdir. Bunday foydalanuvchilar uchun ijtimoiy tarmoqlar internetning mutlaq
sinonimidir, chunki ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘p narsalarni qilish mumkin: sof
muloqot qilishdan tortib, ommaviy axborot vositalarining kun tartibini o‘rganishgacha;
xaridlarni amalga oshirish, audiovizual kontentni tomosha qilish va tinglash kabilarni


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

524

misol keltirish mumkin. Global tarmoq foydalanuvchilari 2022-yil yanvar oyida butun
dunyo bo‘ylab 4,62 milliardni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich butun dunyo aholisining
58,4 foiziga teng. Dastlab «ijtimoiy tarmoq» atamasi 1954 yilda Jeyms Barns
tomonidan «Classes and Meetings in the Norwegian Island Parish» asarida paydo
bo‘lgan. Barnsning fikricha, «Ijtimoiy tarmoq ijtimoiy tuzilma (matematik jihatdan -
grafik), ijtimoiy obyektlar (odamlar va tashkilotlar) bo‘lgan tugunlar guruhi va ular
o‘rtasidagi aloqalar (ijtimoiy munosabatlar) dan iborat» [5]. Ya’ni, dastlab
konsepsiyaning ko‘rinishi va uning tadqiqotlari butun dunyo bo‘ylab tarmoqqa aloqasi
yo‘q edi. Biroq, jamiyatning axborot texnologiyalari sohasidagi jadal rivojlanishi
Internet makonida allaqachon ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishiga olib keldi.

Ijtimoiy tarmoqlar mantiqan «insonlar o‘rtasidagi muloqotni ta’minlash, turli

dunyo xabarlaridan boxabar etish, do‘st orttirish, o‘zining ikkinchi bo‘lagini
«sevgisini» topishda insonlarga yordam berish» kabi maqsadlari borligini bildirishadi,
ammo bu bilan ular yoshlar ongiga ommaviy madaniyatni singdirib, ularning ongini
umuman yot bo‘lgan romantik g‘oyalar, xom xayollar bilan to‘ldiradi. Buning tub
mohiyatiga nazar solsak, kimlarningdir iqtisodiy yoki siyosiy maqsadlari yotishini
ko‘rish mumkin. Chunki o‘z g‘oyalarini sezilarsiz tarzda singdirib bo‘lgach, ijtimoiy
tarmoqlar turli chaqiriqlar va reklamalar orqali avval moliyaviy so‘ngra, hatto, yashirin
siyosiy maqsadlarini ham amalga oshirishi mumkin [6].

Ijtimoiy tarmoqlarda kim foydalanuvchilarini uchta asosiy guruhga ajratish

mumkin:

Mustaqil odamlar. Mazkur guruh vakillari ijtimoiy tarmoqlarda juda kam –

kuniga, haftasiga yoki hatto oyiga bir marta paydo bo‘lishadi. Bunda ular sahifalarda
o‘zi haqida unchalik ko‘p ma’lumot qoldirishmaydi, ba’zida umuman yashirishadi.
Ular tarmoqqa faqat zarurat tug‘ilgandagina — kimningdir manzili yoki telefonini
izlash, muhim xabarga javob berish uchun kirishadi. Agar o‘z sahifasiga kirishga hojat
bo‘lmasa, unga kirib o‘tirmaydi. Bunday insonlar odatda o‘z estetik faolityai va estetik
ehtiyojlarini real hayotdan izlashadi;

O‘tish davridagi kimsalar. «user»ning mazkur guruhi o‘z akkauntlariga tez-tez,

kuniga bir martadan ortiq kirib turishadi. Bunda ularga aniq sababning keragi yo‘q –
shunchaki guruhlar yoki do‘stlari sahifalarini ko‘zdan kechirish xohishi ulardagi
zerikishni yo‘qotadi. O‘tish bosqichida odamlar odatda taxminan ikki-uch oylab
«turishadi», keyin uchinchi tipga «sakrab o‘tishadi». Kamdan-kam hollarda ushbu
bosqichdan «mustaqil» bosqichga qaytiladi. Bu turdagi shaxslar uchun ijtimoiy
tarmoqlar hayotining birlamchi sifati, ajradmas qismi deb hisoblashadi;


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

525

Tobe kishilar. Afsuski, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining mazkur tipi eng

keng tarqalgan. Bunday kishilar har 10 – 20 daqiqada o‘z sahifalarini yangilab turishni
unutmaydi – axir kimdir yozib qolishi mumkin-da! Yuzaga kelgan «hech narsa
haqidagi» yozishma bir soatgacha cho‘zilishi va «xo‘jayin»ni reallikdan butkul ayirishi
mumkin. Mabodo xabar bo‘lmasa, o‘zini keraksizdek his qila boshlaydi – bu nimasi,
hech kim menga yozmayapti! Ushbu hodisa shaxslarning axborot olamiga keng kirib
borishi shaxs estetik madaniyati va g‘oyaviy-ma’naviy tarbiyasiga ko‘plab keraksiz
ma’lumotlarni singdirishga olib kelmoqda. Har kuni ommaviy axborot vositalari orqali
dunyoga tarqalayotgan milliardlab axborotlar o‘zining yangi-yangi ma’no-mazmunini
namoyon etmoqda. Yoshlarda ularga qiziqish kuchli va buning oqibatida millat
kelajagiga tahdid soluvchi xavf-xatar ham kuchaymoqda [7]. Bu tip vakillari ijtimoiy
tarshmoqlarda kuniga kamida 6 – 8 soat o‘tiradi va umrini «onlayn» holatda o‘tkazadi.
Uning yoqtirgan tarmoqlarisiz bir yoki ikki kun yashashi nihoyatda mushkul.

Kibermakonda

subyekt bilan obyekt o‘rtasidagi o‘zaro harakat va o‘zaro

ta’sirning maxsus turini anglatuvchi estetik munosabatga kirishmoqda [8]. Estetik
munosabat nafosatli obyektdir. Aslini olganda, nafosatli bo‘lmagan narsalarning o‘zi
yo‘q. Kibermakonda xar qanday voqea-hodisa nafosatli tabiatga ega bo‘lib, estetik
munosabat va nafosatli baho obyektiga aylanishi mumkin

.

Lekin ular ma’lum bir

talablarga javob berishlari kerak: birinchidan, aniq his tuyg‘u, sezgi idrok qobiliyati va
imkoniyatiga ega bo‘lishi, ikkinchidan, u yoki bu voqea-hodisa insoniy aloqalar va
munosabatlarga kirishib, ijtimoiy ahamiyat kacb etishi kerak. Shundagina
kibermakondagi voqea-hodisa estetik munosabat obyektiga aylanadi, ya’ni u o‘z
qadrini topadi, baholash esa voqea-hodisalarning qadri yoki ijtimoiy ahamiyatini
anglashning maxsus shaklidir.

Tarmoqlarda insonlar ehtiyojlari “manifold” (ko‘p manoli) shaklda jamiyatning

ijtimoiy munosabatiga asoslanadi [9]. Ijtimoiy munosabat ko‘p qirrali bo‘lganida
rivojlanadi va olingan lahzalar o‘rtasida estetik munosabat shakllanadi. Bunday
tushunish shaklning hissiy xilma-xillikda sezilishiga asoslanib, shuning uchun estetik
munosabatning eng muhim xususiyati subyektning obyektga bo‘lgan munosabati
diqqatga sazovordir. Uni joziba bilan aralashtirib yubormaslik kerak, u yoki bu hissiy
xilma-xillik bilan bog‘liq bo‘lgan sifatning haqiqatini anglatadi.

Internet

va

ijtimoiy-tarmoqlar

orqali

foydalanuvchilarning

istalgan

(tekshirilmagan) axborotlarni almashishi hamda bir-birlari bilan o‘ta erkin
(filtrlanmagan) tarzda muloqotda bo‘lishi “Internet-madaniyat” va unga rioya etish
muammosining kelib chiqishiga sabab bo‘ldi [9] Internet dunyosidagi ijtimoiy
tarmoqlarning mazmun-mohiyati asliyatdan deyarli farq qilmaydi. Yagona tafovut


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

526

shuki, virtual ijtimoiy tarmoqda obyektlar bir-biri bilan real holatda emas, virtual
tarzda, ya’ni internet imkoniyatlari yordamida bog‘lanadi. Demak, ular virtual
makonda «hayot kechirishlari» kerak.

Inson estetik ehtiyojlari doimo go‘zallik tamoyillari bilan boyitilgan san’at

asarlari orqali qondirilgan. San’at ham estetika fanining predmeti bo‘lib, qator fanlar
predmeti, balki inson dunyosi ontologiyasini, inson faoliyatining turli shakllarini
qamrab olgan hodisa. Keyinchalik, san’at muammolari ijtimoiy-madaniy hodisalar
yig‘indisida o‘rganildi va uning fundamental ilmiy tadqiqotlar kompleksining predmeti
ekanligi ijtimoiy - falsafiy tahlil etildi. Kibermakonda ushbu san’at asari grafik dizayn
yoki grafik san’at asarlariga ko‘chganligini, ushbu san’at asarlari orqali estetik
ehtiyojlar tarnsformatsiyaga uchrayotganligini ko‘rishimiz mumkin.

XULOSALAR.

Xulosa o‘rnida yuqoridagi yondashuv, fikr va farazlarni

umumlashtirgan holda raqamli makonda ijtimoiy etosfera transformatsiyasida turli
vositalarining ahamiyati quyidagi hulosalarda keltirishimiz mumkin.

shaxs axloqiy tafakkurini rivojlantirish orqali ijtimoiy tarmoqlarda insonlarni

axloqiy madaniyatini oshirish bugungi kun tarmoq madaniyatini shakllanishiga olib
keldi;

ijtimoiy tarmoqlarga qiziqish – hissiyotlarda o‘z aksini topadi. Estetik hissiyot

- bu shaxsning tabiiy va ijtimoiy voqelikning obyektiv ekspressiv shakllariga
subyektiv emosional munosabati natijasi bo‘lib, u subyektning ijtimoiy tarmoqni
axloqiy idrok etishiga mos ravishda baholanadi;

ayni paytda etosfera ijtimoiy tarmoqlarning tabiati, uning ijodiyligi va

boshqalar jihatlarini tadqiq etadi, ijtimoiy tarmoqlardagi illlatlar va zararli
yo‘nalishlarning tarbiyaviy mohiyatini o‘rganadi;

video o‘yinlar janr mezonlari va ommaviy madaniyat tendensiyalari

tomoshobin qiziqishlari doirasiga bo‘ysunadi;

-

kibermakon shaxslarning hissiyotlarini junbushga keltirishda, veb dizayn

orqali shakl va mazmun uyg‘unligi, go‘zalligi, jozibadorligini ta’minlasa, virtual
o‘yinlar qiziqarlilik, manfaatlilik, bunyodkorlik, garmoniya va vizuallizatsiya orqali
ularni marketing sohasiga boshlayotganligini, marketing estetikasi rivojlanishi
oqibatida hozirgi kunda eng serdaromad sohaga aylanayotgan kibermarketing
estetikasini vujudga keltirdi.

translyatsiya qilingan tasvirlar orqali badiiy ta’sir orqali reklama va PR badiiy

shakllar va toifalar bilan joziba bag‘ishlaydi;

marketing estetikasining ijtimoiy-kommunikativ omili – ommaviy axborot

vositalarida mahsulotni bozorda ilgari surish jarayoni manipulyativdir;


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

527

mahsulotni ishlab chiqish, yaratish va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini

uyg‘unlashtirgan holatda mahsulot dizaynining (qadoqlash, dizayn va boshqalar)
estetik tarkibiy qismi marketing estetikasini taqazo etadi;

-

marketing hayotning ko‘plab sohalariga kirib borishi estetik dunyoqarashni,

shaxs ichki dunyosining yaxlit manzarasini aks ettirdi. Bugungi kunda marketing
estetikasi ham samarali bozor strategiyasini amalga oshirishning asosiy vositasi bo‘lib,
iste’mol madaniyatini shakllantirish va uning shakllarini diversifikasiya qilishga
yordam beruvchi omil hisoblanadi.

ADABIYOTLAR.

1.

Umarova N. Globallashuv sharoitida axborot xurujlariga qarshi kurash. –

Toshkent: Akademiya, 2005. – B. 265.

2.

William Gibson. Neuromancer. – New York: 20th Anniversary Edition Ace

Books, 2004. – № 4. -P. 87.

3.

Muminov A.G. O‘zbekiston: axborotlashgan jamiyat sari. –Toshkent: Turon

zamin ziyo, 2013. – B. 12;

4.

Tulyayev A.I. Virtual olamning axloqiy muammolari (falsafiy tahlil): Fals. fan.

bo‘y. fals. dok. (PhD) ... dis. avtoref. –Toshkent: O‘zMU, 2021. – B. 15;

5.

Simakova, S. I. Modern Journalism and Social Networks. –Питер:

Problemnoye pole mediaobrazovaniya, №1(9), 2012. – С.16-18.

6.

G‘aybullaev O. Shaxs estetik madaniyatining shakllanish va rivojlanish

muammolari: Fals. fan. dok.(DSc) ... dis. –Toshkent, 2011. –B. 217.

7.

Xin Gu. Social networks and aesthetic reflexivity in the creative industries. –

Beijing. 2019. – P. 54.

8.

Rajabov, S. S. (2023). Estetik ehtiyojlar transformatsiyasida ijtimoiy

tarmoqlarining ahamiyati.

Academic research in educational sciences

,

5

(NUU

Conference 2), 539-546.

9.

Rajabov, S. S. (2021). The harmony of the aesthetic needs of the individual in

cyberspace with the philosophy of sophistication.

Asian Journal of Research in Social

Sciences and Humanities

,

11

(11), 210-213.

10.

Ражабов,

Ш.

(2022).

Кибермаконда

маркетингнинг

эстетик

ҳусусиятлари.

Academic research in educational sciences

,

3

(NUU Conference 2),

438-445.

11.

Rajabov, S. S. (2019). Human factor in cyberspace: its influence on aesthetic

urbrining.

Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and

Technology

,

1

(4), 127-131.

Библиографические ссылки

Umarova N. Globallashuv sharoitida axborot xurujlariga qarshi kurash. -Toshkcnt: Akadcmiya, 2005. - B. 265.

William Gibson. Ncuromanccr. - New York: 20th Anniversary Edition Ace Books, 2004. - № 4. -P. 87.

Muminov A.G. O‘zbekiston: axborotlashgan jamiyat sari. -Toshkent: Turon zamin ziyo, 2013. - B. 12;

Tulyayev A.I. Virtual olamning axloqiy muammolari (falsafiy tahlil): Fals. fan. bo‘y. fals. dok. (PhD)... dis. avtoref. -Toshkent: O‘zMU, 2021. - B. 15;

Simakova, S. 1. Modem Journalism and Social Networks. -Питер: Problcmnoye pole mcdiaobrazovaniya, №1(9), 2012. - C. 16-18.

G‘aybullaev O. Shaxs estetik madaniyatining shakllanish va rivojlanish muammolari: Fals. fan. dok.(DSc)... dis. -Toshkent, 2011. -B. 217.

Xin Gu. Social networks and aesthetic reflexivity in the creative industries. -Beijing. 2019. - P. 54.

Rajabov, S. S. (2023). Estetik ehtiyojlar transformatsiyasida ijtimoiy tarmoqlarining ahamiyati. Academic research in educational sciences, 5(NUU Conference 2), 539-546.

Rajabov, S. S. (2021). The harmony of the aesthetic needs of the individual in cyberspace with the philosophy of sophistication. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 7/(11), 210-213.

Ражабов, Ш. (2022). Кибермаконда маркетингнинг эстетик ҳусусиятлари. Academic research in educational sciences, 3(NUU Conference 2), 438-445.

Rajabov, S. S. (2019). Human factor in cyberspace: its influence on aesthetic urbrining. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute o f Engineering and Technology, 7(4), 127-131.