Авторы

  • Зарифа Мамазова
    Международная исламская академия Узбекистана

Биография автора

  • Зарифа Мамазова, Международная исламская академия Узбекистана
    Старший преподаватель

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.txmfatbk.61206

Ключевые слова:

Конституция права человека социальное государство демократия статья преамбула глава раздел

Аннотация

В данной статье основная часть изменений и дополнений в нашу Конституцию направлена на повышение уровня обеспечения прав человека в Узбекистане, например: “права и свободы человека непосредственно применяются. Права и свободы человека определяют характер и содержание законов, деятельности органов государственной власти, органов самоуправления граждан, их должностных лиц’ [3] включение в Конституцию нормы о том, что теперь каждый государственный орган и должностные лица действуют исключительно в интересах граждан.

background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

540

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat

organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy
chora-tadbirlar

to‘g‘risida”gi

PF–14-son, 2023-yil 25-yanvar,

https://lex.uz/docs/-6369997

.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy

islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–269-son Farmon, 2022-
yil 21-dekabr,

https://lex.uz/docs/-6324756

.

7.

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi

913-XII-son Qonun, 1993-yil 2-sentabr,

https://lex.uz/ru/docs/-112170

.

8.

O‘zbekiston

Respublikasining

“Parlament

nazorati

to‘g‘risida”gi

O‘RQ-403-son Qonun, 2016-yil 11-aprel,

https://lex.uz/docs/-2929477

.

9.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5185-son Farmoni bilan

tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasining
samarali amalga oshirilishi bo‘yicha yo‘l xaritasi”, 2017-yil 8-sentabr,
https://lex.uz/docs/-3331174.

YANGI O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI INSON

HUQUQLARI KAFOLATI

Mamazova Zarifa

O‘zbekiston xalqaro islom

akademiyasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqola Konstitutsiyamizga kiritilgan o‘zgartirish va

qo‘shimchalarning asosiy qismi O‘zbekistonda inson huquqlari ta’minlanganlig
darajasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, misol uchun: “Insonning huquq va erkinliklari
bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari
faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi’’ [3] normasining Konstitutsiyaga
kiritilganligi endilikda har bir davlat organlari va mansabdor shaxslar faqatgina
fuqarolarning manfaati uchun faoliyat yuritishlari tahlil

qilingan.

Tayanch so‘zlar:

Konstitutsiya, inson huquqlari, ijtimoiy davlat, demokratiya,

modda, muqaddima, bob, bo‘lim.

Аннотация.

В данной статье основная часть изменений и дополнений в

нашу Конституцию направлена на повышение уровня обеспечения прав человека
в Узбекистане, например: “права и свободы человека непосредственно
применяются. Права и свободы человека определяют характер и содержание
законов, деятельности органов государственной власти, органов самоуправления


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

541

граждан, их должностных лиц’ [3] включение в Конституцию нормы о том, что
теперь каждый государственный орган и должностные лица действуют
исключительно в интересах граждан.

Ключевые слова:

Конституция, права человека, социальное государство,

демократия, статья, преамбула, глава, раздел.

Annotation.

In this article, the main part of the amendments and additions made

to our Constitution is aimed at improving the level of ensuring human rights in
Uzbekistan, for example: “human rights and freedoms are directly respected. Human
rights and freedoms determine the nature and content of laws, the activities of state
authorities, self-government bodies of citizens, and their officials’ [3] the inclusion in
the Constitution of the norm that now every state div and officials act exclusively in
the interests of citizens.

Keywords:

Constitution, human rights, welfare state, democracy, article,

preamble, chapter, section.

Jamiyat jadal rivojlanish sari dadil odimlab borar ekan albatta bu yo‘lda yangi

yangi qonunlar va qarorlarga ehtiyoj sezilishi bu tabiiy holat bo‘lib, bundan kelib
chiqib aytish mumkinki, davlatning asosiy tayanchi hisoblanadigan Konstitutsiyaga
ham vaqti-vaqti bilan o‘zgartirish kiritilishi nihoyatda ijobiy holat hisoblanadi, chunki
Konstitutsiya davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning
vakolati hamda shakllantirish tartibi, saylov tizimini, fuqarolarning huquq va
erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya qolgan barcha
qonunlarning asosi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi ham kuchli qaror topgan fuqarolik jamiyatini qaror

toptirish va ijtimoiy davlat qurish yo‘lidan borar ekan eng avvalo Konstitutsiyani
yanada mukammallashtirish, asosiy qonunimizni xalqning tirgagiga aylantirish yo‘lini
tanladi. Shunga muvofiq ravishda 2022-yil 20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senat va Qonunchilik palatasi kengashlarining qo‘shma majlisida
Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni
shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi
Komissiya tashkil etildi hamda ushbu komissiya zimmasiga har bir taklifni atroflicha
o‘rganib chiqish vazifasi qo‘yildi. Konstitutsiyani takomillashtirishda fuqarolarning
o‘z takliflarini bildirishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berildi. Bular jumlasiga
Mening konstitutsiyam.uz portal, maxsus Telegram-bot va Call-markazlar orqali
murojaat qilish erkinligi yaratilganligini aytib o‘tishimiz mumkin. Konstitutsiyamizga
Oliy majlis Palatalari yig‘ilishidayoq o‘zgartirish kirish mumkin edi, lekin xaqchil


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

542

mamlakatimizda har bir fuqaroning, har bir shaxsning fikrlari, takliflari inobatga
olingan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar ishlab chiqildi. O‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritilgan Yangi O‘zbekistonning Konstitutsiyasi Muqaddima, 6 bo‘lim,
27 bob va 155 moddadan iborat qilib belgilandi va 2023-yilning 30-aprel kuni xalq
muhokamasiga qo‘yilib, butun O‘zbekiston miqyosida referendum o‘tkazildi,
referendumda O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi umumiy, teng va
to‘g‘ridan-tog‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan ovoz berdi.
Natijalarning ma’lum bo‘lishicha referendumda qatnashgan aholining qariyb 90 foizi
yoqlab ovoz bergan, bu esa xalqimizning jadal taraqqiyot yo‘lidan borishga qat’iy bel
bog‘laganligini bildiradi.

Yangi O‘zbekistonning Konstitutsiyasi xaqiqiy xalqchil Konstitutsiya deb

aytishga loyiqdir chunki Konstitutsiyamizning 1-moddasidayoq “O‘zbekiston
Respublikasi demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat” [1] deb e’lon
qilganligi ham ushbu Konstitutsiyaning aynan inson huquqlari kafolati sifatida
namoyon bo‘lishini bildiradi. Ushbu moddadagi “ijtimoiy davlat” iborasini
Konstitutsiyaga kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
kiritilgan bo‘lib: “Bir soʻz bilan aytganda, davlatning erkaklar va ayollar, oilalar va
bolalar, yoshlar va nuroniylar, nogironligi bor shaxslar, mamlakatda yoki uning
tashqarisida boʻlishidan qatʼi nazar, barcha insonlar haqida qaygʻurishi Konstitutsiyada
mustahkamlanishi zarur”, – deydi Shavkat Mirziyoyev. [2] Prezidentimiz o‘z nutqida
“Miranda qoidasi” va “Habeas korpus” kabi inson huquqlarini ta’minlashda muhim
ahamiyat kasb etuvchi normalarni ham Konstitutsiyada aks ettirish taklifini bildirdi,
shuningdek Prezident tomonidan kiritilgan eng muhim takliflardan yana biri o‘lim
jazosining butkul taqiqlanishi haqidagi normadir. Konstitutsiyamizga kiritilgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalarning asosiy qismi O‘zbekistonda inson huquqlari
ta’minlanganlig darajasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, misol uchun: “Insonning huquq
va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning,
davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor
shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi’’ [3] normasining
Konstitutsiyaga kiritilganligi endilikda har bir davlat organlari va mansabdor shaxslar
faqatgina fuqarolarning manfaati uchun faoliyat yuritishlarini bildiradi.

Konstitutsiyaga kiritilgan normalar insonning shaxsiy daxlsizligi yanada

mustahkamlanganligini bildiradi. Shuningdek shaxs sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq
muddat ushlab turilmasligi, shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning
huquqlari va ushlab turish asoslari tushuntirilishi shartligi, aybdorlikka oid barcha
shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

543

qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal
qilinishi, agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u
aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi, ozodlikdan mahrum
etilgan shaxslar o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishi hamda inson shaxsiga
xos bo‘lgan sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga egaligi, shaxsning
sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari
huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi, jinoyat uchun hukm
qilingan har kim qonunda belgilangan tartibda hukmning yuqori turuvchi sud
tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi huquqiga, shuningdek afv etish yoki jazoni
yengillashtirish to‘g‘risida iltimos qilish huquqiga egaligi, huquqbuzarliklardan
jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinishi, davlat jabrlanganlarga
himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni ta’minlashi ularga yetkazilgan
zararning o‘rni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi to‘g‘risidagi normalarning ,
ijtimoiy sohada esa davlat sog‘liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat
shakllarini, tibbiy sug‘urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-
epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash choralarini ko‘rishi, jismoniy tarbiya va
sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun
shart-sharoitlar yaratishi, bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga,
axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim
olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanishi, mehnatga haq to‘lashning
eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga
olingan holda belgilanishi, homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga
qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish
taqiqlanishi to‘g‘risidagi normalarning Konstitutsiya darajasida mustahkamlanganligi
respublikamizda fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy va boshqa sohalardagi huquqlarining
ham mustahkamlanganlik darajasi bir necha barobar oshganligini bildiradi.

Xulosa qilib aytganda, Yangilanishlar faqatgina shaxsiy huquqlar doirasida

emas, balki har tomonlama fuqarolarning o‘z huquqlarini to‘laqonli amalga
oshirishlari uchun sharoit yaratishga va yurtimizni kuchli qaror topgan fuqarolik
jamiyatiga ega ijtimoiy davlatga aylantirishga qaratilgan bo‘lib, endilikda
xalqimizning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlaridan biri bu normalarni hayotga
tatbiq etilishiga erishish bo‘lishi lozim, chunki davlatda qonunlar faqat qog‘ozda emas
balki real hayotda ishlagandagina jamiyat rosmana rivojlanishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 30.04.2023-yil - 4 b. 1-modda


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

544

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-iyundagi Konstitutsiyaviy

komissiya a’zolari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasi

3.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 30.04.2023-yil – 9 b. 20-modda

4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: O‘zbekiston, 2020, 80-b
5. Konstitutsiyaviy huquq. Entsiklopedik lug‘at - LEX.UZ
6. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi.

https://constitution.uz/uz/pages/humanRights

.

7. Inson huquqlari umumiy nazariyasi. Darslik. Mualliflar jamoasi. –T.: 2012, - 304

b.

DIN VA DAVLAT MUVOZANATI: O‘ZBEKISTONDAGI DINIY

SIYOSATNING ASOSIY JIHATLARI

Muhammadolim Muhammadsiddiqov

Siyosiy fanlar doktori, professor

Annotatsiya.

O‘tgan sakkiz yil ichida O‘zbekiston o‘zining diniy siyosatida

bosqichma-bosqich islohotlarni amalga oshirib, mo‘tadil islomni targ‘ib qilish va diniy
qadriyatlarni tiklashga e’tibor qaratmoqda. Ushbu maqolada Prezident Shavkat
Mirziyoyev rahbarligida diniy sohadagi asosiy o‘zgarishlar, huquqiy islohotlar, diniy
ta’limning kengayishi va hukumatning islomga bo‘lgan yondashuvi o‘zgarib
borayotgani tahlil qilinadi. Maqolada ushbu oʻzgarishlarning oqibatlari, jumladan,
ularning Oʻzbekiston jamiyatiga taʼsiri, konfessiyalararo munosabatlar va davlatning
diniy erkinlikni ta’minlash va ekstremizmning oldini olish bilan muvozanatni saqlash
borasidagi saʼy-harakatlari ham koʻrib chiqiladi.

Kalit so‘zlar: islom, diniy erkinlik, diniy qadriyatlar, islohotlar, davlat siyosati,

konfessiyalararo muloqot, milliy o‘zlik, radikalizm, ekstremizm.

A BALANCE OF BELIEF AND STATE: KEY ASPECTS OF RELIGIOUS

POLICY IN UZBEKISTAN

Abstract.

Over the past eight years, Uzbekistan has implemented gradual reforms

in its religious policies, focusing on promoting a more moderate interpretation of Islam
and revitalizing religious practices. This article explores the key changes in religious
life under the leadership of President Shavkat Mirziyoyev, emphasizing legal reforms,
the expansion of religious education, and the government’s evolving approach to
Islam. The paper also examines the broader implications of these changes, including
their impact on Uzbek society, interfaith relations, and the state's efforts to balance
religious freedom with the prevention of extremism.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 30.04.2023-yil -4 b. 1-modda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-iyundagi Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 30.04.2023-yil -9 b. 20-modda

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: O‘zbekiston, 2020, 80-b

Konstitutsiyaviy huquq. Entsiklopedik lug‘at - LEX.UZ

Inson huquqlari umumjahon dcklaratsiyasi.https://constitution.uz/uz/pages/humanRights.

Inson huquqlari umumiy nazariyasi. Darslik. Mualliflar jamoasi. -T.: 2012, - 304