Mualliflar

  • Odilova Nilufar Kozimjon qizi

Muallif biografiyasi

  • Odilova Nilufar Kozimjon qizi

    ADPI Biologiya (kechki) yoʼnalishi 101-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.100549

Kalit so‘zlar:

Грибок микориза эндотроф эктотроф микология сапрофит фитопатология гифы мицелий.

Annotasiya

При изучении грибов необходимо прежде всего определить условия и среду, в которых они произрастают. Изучение внутреннего и внешнего строения и размножения представителей грибного мира имеет практическое значение для выяснения полезных сторон полезных грибов.Грибы широко распространены и имеют большое значение в природе. Они участвуют в круговороте веществ в природе. Наряду с бактериями разложение органических веществ: растительных остатков и трупов животных, происходит в основном при участии грибов.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

20-to’plam 1-son Iyun 2025

65

ZAMBURUG’LAR EVOLYUTSIYASI, XILMA-XILLLIGI VA

TARQALISHI

Odilova Nilufar Kozimjon qizi

ADPI Biologiya (kechki) yoʼnalishi 101-guruh talabasi

Аннотация:При изучении грибов необходимо прежде всего

определить условия и среду, в которых они произрастают. Изучение

внутреннего и внешнего строения и размножения представителей грибного

мира имеет практическое значение для выяснения полезных сторон полезных

грибов.Грибы широко распространены и имеют большое значение в природе.

Они участвуют в круговороте веществ в природе. Наряду с бактериями

разложение органических веществ: растительных остатков и трупов

животных, происходит в основном при участии грибов.

Abstract:When studying fungi, it is first necessary to determine the

conditions and environment in which they grow. The scope of the study of the

internal and external structure and reproduction of representatives of the fungal

world is of practical importance in explaining the beneficial aspects of beneficial

fungi. Fungi are widespread in nature and are of great importance. They participate

in the cycle of substances in nature. Along with bacteria, the decomposition of

organic matter: plant residues and animal corpses, occurs mainly with the

participation of fungi.

Ключевые слова:Грибок, микориза, эндотроф, эктотроф, микология,

сапрофит, фитопатология, гифы, мицелий.

Keywords:Fungus,

mycorrhiza,

endotroph,

ectotroph,

mycology,

saprophyte, phytopathology, hyphae, mycelium.

Tuproqda xilma-xil zamburug‘lar guruhi uchraydi. Zamburug‘lar saprofitlar

sifatida to‘nka va ildizlar qoldiqlarida yashaydi. Ba’zi zamburug‘lar yuksak

o‘simliklar bilan simbioz holda yashab, mikoriza hosil qiladi. Zamburug‘lar


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

20-to’plam 1-son Iyun 2025

66

tuproqda yashab uni chirindi moddalar bilan boyitadi, tuproq hosildorligini oshiradi,

inson va hayvonot dunyosi uchun ozuqa moddalarni yetkazib beradi. Zamburug‘lar

juda keng tarqalgan bo‘lib, ko‘proq o‘rmonlarda uchraydi. Mikoriza – yuksak

o‘simliklar ildizi bilan zamburug‘larning simbioz hayot kechirishidan iborat.

Quruqlikda tarqalgan ko‘pchilik o‘simliklar tuproqdagi zamburug‘lar bilan ana

shunday hamkorlikda yashaydi. Mikorizaning tuzilishiga ko‘ra ikki asosiy turi

ajratiladi: tashqi (ektotrof) va ichki (endotrof). Ektotrof mikorizada o‘simlik

ildizining uchki qismini zich g‘ilof ko‘rinishida zamburug‘ mitseliysi o‘rab oladi.

Endotrof mikorizada zamburug‘ ildizning ichki to‘qimalariga kirib oladi.

Tashqi mikoriza asosan o‘rmonlardagi qayin, eman va ninabargli daraxtlarda

uchraydi. Zamburug‘ daraxt ildizidan karbonsuv va vitaminlarni o‘zlashtiradi. Shu

bilan birga tuproqning gumusi tarkibidagi oqsillarni aminokislotalarga parchalaydi.

Aminokislotalarning bir qismi o‘simlik tomonidan o‘zlashtiriladi. Bundan tashqari

zamburug‘ daraxtning ildiz tizimini, shimish yuzasini oshiradi, bu esa o‘z navbatida

unumsiz tuproqlarda o‘sayotgan o‘simlik uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Odatda, mikologiyaning rivojlanishi uch davrga ajratiladi. Birinchi davr XIX

asrning o‘rtalarigacha davom etgan. Bu davrda har xil zamburug‘larni tasvirlash va

tasniflashga urinishlar bo‘lgan. Ikkinchi davrda (XIX asrning o‘rtasidan oxirigacha)

zamburug‘lar sistematikasiga oid ishlar bilan birga ularning ontogenezi va filogenezi

ham o‘rganilgan. Bu davrda fransuz olimlari aka-uka L. Tyulan va Sh. Tyulanlar

unshudring, zang va qorakuya zamburug‘lardagi pleomorfizm hodisasini, ya’ni bir

tur zamburug‘da turli xilda spora hosil bo‘lishini aniqlashdi. Nemis botanigi A. de

Bari parazit zamburug‘larni eksperimental o‘rganish, uning shogirdlari saprofit

zamburug‘larni ekish metodikasini ishlab chiqdilar. Rossiyada M. S. Voroninning

parazit zamburug‘lar ustida qilgan ishlari muhim ahamiyat kasb etdi. Uchinchi –

yangi davrda zamburug‘lar fiziologiyasi va biokimyosi rivojlantiriladi. Nemis olimi

G. Klebsning zamburug‘lar ontogenezi ustidagi ishlari katta rol o‘ynadi.

Zamburugʻlar (fungi yoki mycetes) — eukariot organizmlar dunyosi

(bulimi). Tayyor organik moddalar hisobiga yashaydi, yaʼni geterotrof organizm

hisoblanadi. Odatda oʻsimliklarda, tuproqda, suvda, hayvonlarda yoki ularning


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

20-to’plam 1-son Iyun 2025

67

qoldiqlarida hayot kechiradi. Oziqlanish usuliga qarab parazit va saprofitga

boʻlinadi. Ularning odamlar va hayvonlar uchun zararli va foydali yuz mingdan ortiq

turi uchraydi. Zamburugʻlar haqidagi fan mikologiya deb ataladi.Zamburug‘lar

hujayralari qobig‘ida hayvonot dunyosiga xos bo‘lgan xitin, modda almashinuvi

mahsulotlarida mochevina mavjudligi, zahira modda sifatida glikogen hosil bo‘lishi

va ba’zi boshqa xususiyatlar zamburug‘larni hayvonot dunyosiga yaqinlashtiradi.

Ammo zamburug‘lar o‘simliklar ham, hayvonlar ham emas. Zamburug‘larning

rivojlanishi o‘simliklar hamda hayvonlar bilan bog‘liq bo‘lmagan holda kechgan.

Bu nuqtai nazarning to‘g‘riligi haqida paleontologik va biokimyoviy bavosita

dalillar mavjud: bu o‘simliklar bilan zamburug‘lar o‘z evolyutsion yo‘nalishlariga

ajralmasdan ilgari ham zamburug‘lar mavjud bo‘lganligidir. Zamburug‘larning

vegetativ tanasi, mitseliy deb ataluvchi juda tor, shoxlangan gifalar sistemasidan

tashkil topgan. Mitseliyning asosiy elementi – gifa – uzun ip bo‘lib, u uchki qismi

bilan chegaralanmagan miqdorda o‘sish qobiliyatiga ega. Gifalarda ko‘ndalang

joylashgan to‘siqlar (septalar) mavjud bo‘lmasligi mumkin, bunday holda mitseliy

ko‘p shoxlangan bitta hujayradan iborat bo‘ladi. Bunday mitseliy septalanmagan

yoki hujayralanmagan (ya’ni, hujayralarga bo‘linmagan) mitseliy, deb ataladi.

Septalari mavjud bo‘lgan gifalar ko‘p hujayrali (septalangan) mitseliy hosil qiladi.

Mitseliy gifalariga radial joylashish xos. Masalan, ko‘p yillik o‘simliklarda

so‘lish qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning mitseliysi ham radial yo‘nalishda o‘sadi,

shu sababdan daraxtlar nobud bo‘lishi doira shaklidagi maydonda kuzatiladi va bu

doira yildan yilga kattalashadi. Gifalar doim apikal (uchki) qismi bilan uzunasiga

o‘sadi va ularning qalinligi cheklangan. SHuning uchun mitseliy iplarining diametri

butun hayoti davomida taxminan bir xil o‘lchamda – ko‘p hollarda 1 va 10 (ba’zan

20 yoki ko‘proq) mkm orasida – saqlanadi. Gifalar qalinligining barqarorligi

zamburug‘ turini aniqlashda diagnostik belgi sifatida qo‘llaniladi.

Xulosa.

Zamburug‘ o‘simlik hujayrasiga kirgandan keyin uning ichidagi

moddalarni o‘zlashtira oladigan shaklga keltirish vazifasini bajarishda

qatnashadigan fermentlarining ahamiyati oshadi. Bular birinchi navbatda kraxmalni

gidrolizlovchi (amilaza), oqsillarni parchalovchi (proteaza) va b. Bu fermentlar


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

20-to’plam 1-son Iyun 2025

68

yordamida zamburug‘lar amalda o‘simlikning barcha qismlarini yemiradi. Normal

yashashi, o‘sishi va ko‘payishi uchun zamburug‘larning ko‘p ozuqa elementlariga

ehtiyoji bor, ularning orasida eng muhimlari qatoriga karbon, azot, oltingugurt,

fosfor, kaliy, magniy va mikroelementlar (temir, rux, mis, kobalt, marganets,

molibden va b.) kiradi. Zamburug‘larga vitaminlar, birinchi navbatda biotin va

tiamin, o‘sishni boshqaruvchi va boshqa biologik faol moddalar ham lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. “Tuban o‘simliklar sistematikasi” Normurodov X.N, Umurzakova Z.I, Haydarov

X.Q, Nomozova Z.B, Toshpo‘latov Y.Sh, Xasanov M, Rasulova Z.A. 2009 yil

2. Tojiboyev SH. “Tuban o‘simliklar”

3. S.Mustafoyev, S.O‘raqov, P. Suvonov “ Umumiy ekologiya”