Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
20-to’plam 1-son Iyun 2025
30
FOYDALANILGAN MDEA ERITMALARINI ISSIQLIKKA
CHIDAMLI TUZLARDAN TOZALASH
Elmurodov Rahmiddin Sodiq o’g’li
Qarshi davlat texnika universiteti magistranti
Annotatsiya:
Ushbu tadqiqot ishlatilgan MDEA (metildietanolamin)
eritmalarini termik stabil tuzlardan tozalashning samarali usullarini ishlab
chiqishga bag‘ishlangan. MDEA tabiiy gazni tozalashda keng qo‘llaniladi, ammo
jarayonda to‘plangan issiqlikka chidamli tuzlar eritmaning samaradorligini
pasaytiradi va qurilmalarda korroziyaga olib keladi. Tadqiqotda O‘zbekistonning
neft va gaz sanoati ehtiyojlaridan kelib chiqib, MDEA eritmalarini tozalashning
iqtisodiy va ekologik jihatdan samarali texnologiyalari o‘rganiladi. Ishda tozalash
usullarining
ilmiy
asoslari
tahlil
qilinadi,
mavjud
texnologiyalar
takomillashtiriladi va mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan yechimlar taklif
etiladi.
Kalit so’zlar:
MDEA, Termik stabil tuzlar, Eritmalarni tozalash
Tadqiqotda ishlatilgan MDEA (metildiethanolamin) eritmalarini termik
stabil tuzlardan tozalashning samarali usullari chuqur o‘rganildi. Tajriba jarayonida
uchta asosiy usul sinovdan o‘tkazildi: vakuumli distirlash, ultratovush nurlanishi
va kimyoviy regeneratsiya. MDEA eritmalarining fizik-kimyoviy xususiyatlari,
ya’ni pH darajasi, zichlik va qovushqoqlik, shuningdek, ifloslantiruvchi termik
stabil tuzlarning konsentratsiyasi zamonaviy usullar – spektrofotometriya va gaz
xromatografiyasi yordamida tahlil qilindi. Tajribalar O‘zbekiston gaz sanoati
sharoitlariga moslashtirilgan namunalar asosida olib borildi, bu jarayonda
tozalashning samaradorligi va iqtisodiy ko‘rsatkichlar (xarajatlar, qayta ishlatish
muddati) baholandi. Tadqiqot global amaliyotdagi ilg‘or tajribalarni (Buyuk
Britaniya, Rossiya, Yaponiya) va mahalliy gaz sanoati talablarini inobatga olgan
holda optimallashtirilgan tozalash texnologiyasini ishlab chiqishga yo‘naltirildi.
Rossiyalik tadqiqotchilar gazlarni nordon komponentlardan tozalashda
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
20-to’plam 1-son Iyun 2025
31
yangi samarali yutuvchi moddalardan foydalanish va ularni regeneratsiya qilish
usullarini o'rganishgan. Ular, xususan, "Gazprom" zavodlarida qo'llaniladigan
etanolaminlar va Novamin absorbentlarining regeneratsiyasi tajribasini tahlil
qilishgan.
Shuningdek,
aktivatorlar
qo'shish
orqali
absorbentlarning
samaradorligini oshirishga e'tibor qaratishgan. Aminlarni va aminlarning
aralashmalarini aminning kislotali (nordon) tuzlari eritmalaridan aminni
aralashtirish yoki aminni asoslar, yaʼni ishqoriy va ishqoriy yer metallari
gidroksidlari bilan taʼsirida regeneratsiyalash usuli xamda bug’ bilan xaydaladigan
kondensrlangan fazada amin-suvni va kubda qattiq moddani olinishiini taklif
etilgan.
1-rasm. Aminlar va ularning aralashmalarini regeneratsiyalash
texnologiyasi
Amerikalik tadqiqotchilar ko'p bosqichli va ko'p chiqindili tozalash
usullarini tanqid qilib, sof moddalarni kimyoviy tozalashning sanoat usuli sifatida
trixlorsirka kislotadan foydalanishni tavsiya etishgan. Ularning yondashuvi kam
bosqichli va chiqindisiz regeneratsiya texnologiyalarini ishlab chiqishga
qaratilgan.
Britaniyalik tadqiqotchilar issiq bosimli bug' bilan ta'sir etish (120-140 °C
va 1-2 bar atrofida) hamda mikroto'lqinli nurlanish orqali eritmalarning
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
20-to’plam 1-son Iyun 2025
32
xususiyatlarini qayta tiklash va ularni yutilgan komponentlardan tozalash usullarini
taqqoslashgan. Ular mikroto'lqinli nurlanishning past haroratlarda tez va samarali
tozalash imkoniyatlarini aniqlashgan.
Tabiiy gazni vodorod sulfid va karbonat angidriddan tozalashda
xemosorbsion, fizik absorbsiya va kombinatsiyalangan usullar keng qo'llaniladi.
Absorbsion usul yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi. Sanoat absorbentlariga
yuqori yutuvchanlik, kam bug'lanuvchanlik, termokimyoviy barqarorlik, qulay
qovushqoqlik va issiqlik o'tkazuvchanlik kabi xususiyatlar muhimdir.
Dietanolamin (DEA) eritmalarini vakuumli distillash orqali tozalash kam
o'rganilganligi sababli, ushbu jarayonning xususiyatlarini o'rganish va optimal
texnologik sxemasini ishlab chiqish dolzarbdir. Bu tabiiy gazni tozalash
samaradorligini oshiradi va iqtisodiy foyda keltiradi.
DEA ishchi eritmalarini tozalashning kompleks texnologiyasini yaratish
absorbent sifatini yaxshilash, gaz tozalash agregatlari unumdorligini oshirish va
chiqindisiz ishlab chiqarish siklini ta'minlashga imkon beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. T.B. Turayev X.N.Raximov N.A.Igamkulova Sh.Sh. Mengliyev. Determination
of the Reasons for Degradation of a Diethanolamine Solution when Cleaning the
Natural gas and Methods for Cleaning Aminic Solutions from Corrosive Active
Substances.// International Journal of Advanced Research in Science, Engineering
and Technologyn Vol. 7, Issue 2 , February 2020
2. X.N. Raximov, T.B. Turayev, F.O’. Shapatov. Analysis of the process of
destruction of etanolamines used in gas cleaning plants. «Neft-gaz sanoatida
innovatsiyalar, zamonaviy energetika va uning muammolari» 2-XALQARO
konferensiya materiallari. Toshkent-2021 71-72 b.
3. Sh.Sh. Mengliyev, X.N. Raximov, B.N. Nurmatov, M.A. Sayramova.
Vojmojnosti ochistki degradirovannix rastvorov etanolaminov ot primesey //
Materiali mejdunarodnoy konferensii «Innovatsionnioye razvitiye neftegazovoy
otralsi, sovremennaya energetika i ix akualniye problemi»Toshkent-2020 202-203
b.