Mualliflar

  • Boymuradov SH.A.
  • Mamanazarov A.N.

Muallif tarjimai holi

  • Boymuradov SH.A.

    Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti

    Yuz-jag’ jarroxligi va stomatologiya kafedrasi mudiri

  • Mamanazarov A.N.

    Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti

    Yuz-jag’ jarroxligi va stomatologiya kafedrasi assistenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.130232

Annotasiya

Yuz-jag’ sohasidagi murakkab suyak defektlarini tiklash zamonaviy tibbiyotning eng dolzarb muammolaridan biridir. An’anaviy transplantatlar va titan asosidagi implantlar kamchiliklari, shu jumladan yallig‘lanish, o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar va estetik cheklovlar tufayli, zamonaviy yondashuvlar zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Shu nuqtayi nazardan 3D-bioprinting texnologiyalari asosida tayyorlangan bioimplantlar ayniqsa istiqbolli hisoblanadi. 


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

21-to’plam 1-son Iyul 2025

407

3D-BIOPRINTING TEXNOLOGIYASI ASOSIDA ISHLAB

CHIQILGAN PLLA/Β-TCP BIOIMPLANTLAR BILAN YUZ-JAG’

SUYAK DEFEKTLARINI TIKLASH BO‘YICHA KLINIK VA ADABIY

TAHLIL

T.f.d. prof. Boymuradov SH.A.

Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti

Yuz-jag’ jarroxligi va stomatologiya kafedrasi mudiri

Ass. Mamanazarov A.N.

Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti

Yuz-jag’ jarroxligi va stomatologiya kafedrasi assistenti

Dolzarblik:

Yuz-jag’ sohasidagi murakkab suyak defektlarini tiklash zamonaviy

tibbiyotning eng dolzarb muammolaridan biridir. An’anaviy transplantatlar va titan

asosidagi implantlar kamchiliklari, shu jumladan yallig‘lanish, o‘zlashtirishdagi

qiyinchiliklar va estetik cheklovlar tufayli, zamonaviy yondashuvlar zaruriyatini

yuzaga keltirmoqda. Shu nuqtayi nazardan 3D-bioprinting texnologiyalari asosida

tayyorlangan bioimplantlar ayniqsa istiqbolli hisoblanadi. Beta-trikalsiy fosfat (β-

TCP) va polilaktid kislotasi (PLLA) asosidagi biomateriallar organizmga mosligi,

osteointegratsiya qobiliyati va bioparçalanuvchanligi bilan ajralib turadi.

Maqsad va vazifalar:

Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi – yuz-jag’ sohasidagi murakkab suyak

defektlarini 3D-bioprinter yordamida tayyorlangan individual PLLA/β-TCP

bioimplantlar orqali tiklash samaradorligini klinik holat asosida baholashdan

iborat.

Vazifalar:

-Zarar ko‘rgan bemor anatomiyasiga mos individual implant modelini ishlab

chiqish.

-MashMixer, CAD va Blender dasturlari yordamida 3D model yaratish.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

21-to’plam 1-son Iyul 2025

408

-Rokkit

INVIVO

3D-bioprinter

yordamida

bioimplant

tayyorlash.

- Klinik va radiologik baholash orqali implantatsiya natijalarini tahlil qilish.

Ilmiy yangilik:

-Yuz-jag’ sohasida individual, 3D-chop etilgan bioimplant asosida

PLLA/β-TCP kombinatsiyasining klinik qo‘llanilishi ilk marta o‘zbek klinik

sharoitida

muvaffaqiyatli

qo‘llandi.

- Orbital-kompleks deformatsiyasini stereolitografik shablon asosida tiklash orqali

aniq o‘lcham, anatomik moslik va minimal invaziv yondashuvga erishildi.

-Implant zonasida yangi suyak to‘qimasi hosil bo‘lishi Hounsfield birliklar (HU)

asosida kvantitativ tahlil qilindi.

Amaliy ahamiyat:

Ushbu metodika yordamida individual bioimplantlar orqali estetik va

funksional jihatdan mukammal rekonstruksiya amalga oshirildi. Amaliyotda bu

yondashuv operatsion vaqtni qisqartiradi, yallig‘lanish xavfini kamaytiradi hamda

vizual simmetriyani tiklash imkonini beradi.

Xulosa:

3D-bioprinting va zamonaviy biomateriallar yordamida ishlab chiqilgan

individual bioimplantlar yuz-jag’ jarrohligida yangi davrni boshlab berdi. Ushbu

texnologiya yordamida aniqlik, xavfsizlik va bemor sifatida moslashtirilgan

yondashuv ta’minlandi. Kelgusida ko‘proq klinik tadqiqotlar o‘tkazish zarur.