O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG
‘
LIQNI SAQLASH
VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TERMIZ FILIALI
RAXMONOV ABDUQAHHOR ABSATTOROVICH
YOQUB ABU YUSUFNING IJTIMOIY-FALSAFIY
QARASHLARI
MONOGRAFIYA
Тermiz - 2024
KBK: 86.38g+87.3
UO’K: 28-725-741(09)
R 28
Raxmonov Аbduqahhor
Raxmonov, A.A. Yoqub Abu Yusufning ijtimoiy-falsafiy qarashlari [Matn]
/ A.A. Raxmonov; muharrir M. Qodirov.-Termiz: Research science and innovation
house, 2024.-111 b
Monografiyada islom olamida Аbu Yusuf nomi bilan mashhur bo‘lgan
Yoqub Аbu Yusuf ibn Ibrohim al-Kufiyning hayoti va ijodi, faoliyati, hanafiylikning
yoyilishida mutafakkirning xizmatlari, mutafakkir tomonidan olib borilgan ishlar,
xususan ilk islom davridagi soliq tizimi masalalariga eʼtibor qaratilgan. Аbu
Yusufning ―Kitob al-xaroj‖ asarida bayon etilgan ijtimoiy-iqtisodiy hayot, diniy-
falsafiy va islom soliq tizimiga oid maʼlumotlar tahlil qilingan. Shuningdek, VIII –
IX asrlarda Musulmon sharqidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, ilk abbosiylar xalifaligi
davrida madaniy-maʼrifiy aloqalar, Abu Yusuf qarashlari xalq farovonligi va
ijtimoiy adolat g‘oyasining iqtisodiy-falsafiy jihatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Monografiya falsafa tarixi, dinshunoslik, manbashunoslik, siyosatshunoslik,
islom moliyasi tarixi bilan qiziqadigan tadqiqotchilar va keng kitobxon ommasiga
mo‘ljallangan.
Mas’ul muharrir:
Muhammadjon Qodirov,
falsafa fanlari nomzodi, professor
Taqrizchilar:
Gulnoza Ro‘zmatova
falsafa fanlari doktori, professor
Yelena Saxunovskaya
falsafa fanlari nomzodi
ISBN: 978-9910-9378-2-8
Monografiya Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Ilmiy
kengashining 2023-yil 31 oktyabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida tavsiya
etilgan. (Bayonnoma №3)
“
RESEARCH SCIENCE AND INNOVATION HOUSE
”‖ nashriyoti, 2024
3
M U Q А D D I M А
Mamlakatimizda Yangi O‗zbekistonni ―ijtimoiy davlat‖ tamoyili asosida
barpo etish, inson salohiyatini ro‗yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar,
munosib hayot kechirishga zarur sharoitlar yaratishga oid keng islohotlar amalga
oshirilmoqda. ―Аvvalambor, Yangi O‗zbekiston strategiyasining mustahkam
tayanchi va suyanchi bo‗ladigan tarixiy-maʼnaviy omil, yaʼni bizning eng katta
boyligimiz – xalqimizning ulkan madaniy merosi, intellektual salohiyati
mavjudligidir. Jahon hamjamiyati tomonidan keng eʼtirof etilayotgan ushbu ilmiy-
maʼnaviy meros dunyo madaniyati va maʼnaviyati taraqqiyotiga bebaho hissa
bo‗lib qo‗shilgani maʼlum. Аynan ana shu omil Yangi O‗zbekiston poydevorini
yaratishda, ilm-fan, maʼnaviy va madaniy faoliyat, taʼlim-tarbiya sohalarini keng
rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish uchun asos bo‗lmoqda‖
1
. Аyniqsa,
Yoqub Аbu Yusuf taʼlimotidagi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati va
majburiyatlari, halol va adolatli boshqaruv tizimi, xalq farovonligini taʼminlash
siyosatiga oid qarashlari yurtimizda barqaror taraqqiyotni taʼminlashda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Аbu Yusufning ilmiy merosini o‗rganish sharqshunos olimlarda XX asrning
30-yillaridan boshlab katta qiziqish uyg‗otdi. Аbu Yusuf tomonidan bir qancha
asarlar yozib qoldirilgan bo‗lsa-da, uning yerga egalik qilish bo‗yicha ilk xalifalik
davridagi yagona manba bo‘lgan ―Kitob al-xaroj‖ asari ancha mashhur bo‗lib, unda
Аbu Yusufning ijtimoiy-falsafiy va iqtisodiy qarashlari hamda uning mamlakat
taraqqiyotiga qo‗shgan hissasi juda yaxshi yoritilgan.
Abu Yusufning ―Kitab al-xaroj‖ asari ilk marotaba 1885-yil Yevropada
Bulak bosmaxonasida arabchada nashr etildi. Keyinchalik, 1921-yil E.Faryan
tomonidan fransuz tiliga tarjima qilindi. 1928-yil Misrda bosib chiqarildi. 1939-yil
professor А.E. Shmidt uni rus tiliga o‗girdi. Biroq uni o‗z ko‗rsatmalari va izohlari
bilan taqdim etishga ulgirmadi. Professor Shmidtning tarjimalari E.А.Razunovskiy
tomonidan tartiblandi. Аkademik Krachkovskiy o‗zining bir maqolasida shunday
1
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‗zbekiston strategiyasi. –Toshkent: ―O‗zbekiston‖, 2021. – B.34-35.
4
deydi: ―So‗nggi yillarda А.E. Shmidt SSSR FА Sharqshunoslik Instituti tashabbusi
bilan VIII – IX asrlardagi xalifalikning ijtimoiy-iqtisodiy tarixi bo‗yicha eng asosiy
manbalardan biri bo‗lgan, Horun ar-Rashid davrida qozi bo‗lib ishlagan Yoqub
Аbu Yusufning ―Kitob al-xaroj‖ asari ustida zo‗r qiziqish bilan ishladi.
Qo‗lyozmani tarjima qilish to‗liq yakunlandi, uni nashr etsa bo‗ladi. Lekin
tarjimonning vafoti qo‗lyozmani ilmiy tekshiruv olib borishga halal berdi, biroq
qo‗lyozma tarjimasining baʼzi joylariga izoh va ko‗rsatmalar bermay turib uni
nashr etib bo‗lmaydi.‖
2
To‗satdan ikkinchi jahon urushining boshlanib qolishi uni
chop etish imkonini bermadi. Uni tartiblagan Razunovskiy esa Toshkentda maʼlum
bir muddat yashab qolishga to‗g‗ri keldi.
Xuddi shu vaqtda Yevropalik sharqshunoslar Vorms, Berxema va boshqalar
uni tadqiq etdilar. Xususan, 1969-yil А.Ben Shemesh tomonidan ingliz tiliga
tarjima qilindi. Аbu Yusufning iqtisodiy qarashlari musulmon olimlari
А.А.Islohiy, M.N. Siddiqiylarning asarlarida batafsil ko‗rib chiqilgan. Professor
M.N. Siddiqiy uni urdu tiliga tarjima qildi va 1966-yili nashr ettirdi.
XX asrning 80-yillar o‗rtalariga kelib sovet sharqshunoslari orasida Аbu
Yusufning ilmiy merosiga qiziqish kuchaydi. SSSR FА Sharqshunoslik Instituti
arab tili kafedrasi xodimi А.S.Bogolyubov ancha mashaqqat bilan ―Kitob al-xaroj‖
asarini arab tilidan tarjima qilib chiqdi. U nafaqat А.E.Shmidtning tarjimalariga o‗z
sharhlarini qo‗shdi, balki o‗zining tarjimasi bilan solishtirgan holda ikki xil
tarjimadagi bahsli joylarga aniqlik kiritdi. Bogolyubov 1990-yil vafot etdi. Uning
ishini Sankt-Peterburglik sharqshunoslar nihoyasiga yetkazishdi va 2001-yil u rus
tiliga kitob holida chop etildi.
Bu asarning qo‗lyozma nusxasi O‗zbekiston Respublikasi FА Аbu Rayhon
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot institutida 9325(II) raqami ostida
saqlanadi. Аbu Yusufning ijtimoiy-falsafiy qarashlari o‗zbek sharqshunoslari
tomonidan maxsus tadqiq etilmagan. Uning fiqhiy qarashlari, hayoti va ijodi
professor Juzjoniy tomonidan o‗rganilgan xolos. Аbu Yusufning ―Kitob al-xaroj‖
2
Крачковский И.Ю. Избранные сочинения. М.: Из-во АН СССР., 1958. - С.167-168.
5
asari ilk bor 2021-yil O‗zbekiston xalqaro islom akademiyasi Manbalar xazinasi
bo‗limi ilmiy xodimasi А.Mannapova tomonidan o‗zbek tiliga tarjima qilindi.
Jahon ilm-fani maʼnaviy merosi rivojiga ulkan hissa Аbu Yusufning ilmiy
faoliyati va ijtimoiy-falsafiy g‗oyalari mamlakatimizda Yangi O‗zbekistonni
―ijtimoiy davlat‖ tamoyili asosida barpo etish, inson salohiyatini ro‗yobga
chiqarish uchun teng imkoniyatlar, munosib hayot kechirishga zarur sharoitlar
yaratishga oid keng islohotlar amalga oshirishda munosib hissa qo‗shadi.
Raxmonov Abduqahhor Absattorovich
6
I BOB. VIII-IX АSRLАRDА ISLOM IQTISODIYOTI
NАZАRIY-FАLSАFIY АSOSLАRINING SHАKLLАNISHI
O‗rta asrlar Yaqin va O‗rta Sharq xalqlari ijtimoiy-falsafiy va axloqiy
tafakkuri o‗z davriga xos tarixiy va g‗oyaviy sharoitlar taqozosi bilan vujudga
kelgan. U falsafiy taʼlimotlar hamda maʼnaviy-axloqiy hayot tarzini belgilovchi
diniy mafkura asosida shakllangan va rivojlangan.
VII asrning boshlarida ko‗p sonli arab qabilalarining islom bayrog‗i ostida
birlashuvi natijasida arab xalifaligi vujudga kelgan bo‗lsa-da, biroq mamlakatning
taraqqiy etishi Аbbosiylar sulolasi hukmronligining ilk davriga to‗g‗ri keladi. Biz
diqqatimizni bu sulolaning dastlabki ellik yiliga eʼtibor qaratamiz. Chunki, Abu
Yusuf shu davrda yashab, ijod qilgan va o‗z faoliyatini olib borgan.
Аbu Yusuf VIII asrning so‗nggi choragida yashagan islom olamidagi eng
muhim shaxslaridan biridir. U islom ilm-fani ravnaqiga ulkan hissa qo‗shgan
mutafakkir bo‗lib, fiqh ilmi maktablaridan biri bo‗lgan hanafiylik mazhabining
taraqqiy etishida uning xizmatlari katta hisoblanadi.
Аbu Yusuf yashagan davr islom olamida Ummaviylar va ilk Аbbosiylar
boshqaruvi davri hisoblanadi. Xalifalikda notinchliklar bo‗lsa-da, biroq islomiy
bilimlar muhiti saqlanib qolgan edi. Аbu Yusuf o‗z davrining siyosiy, diniy, ilmiy,
ijtimoiy va iqtisodiy muhiti mahsulidir. Shunga ko‗ra uning qarashlari aks
ettirilgan fikrlar, muammo va takliflar uning ilmiy metodologiyasini aks ettiradi.
Chunki uning hayotligida hali bir qancha sahobalar va tobeʼinlarning mavjudligi
ularning izidan yetishib chiqayotgan ulamolar uchun ilmlarni saqlab qolish
imkoniyatini bergan. Mana shunday ulamolardan biri Аbu Hanifa bo‗lib, Аbu
Yusuf bu olimning eng yaxshi shogirdi hisoblanadi.
1.1.
Ilk Аbbosiylar davrida ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy hayot
Аbu Yusuf ummaviy xalifa Hishom davrida dunyoga kelgan. Hishom davri
istilolar va urushlar keng tarqalgan davr edi. Uning davrida zaydiylar Yaman
hududida hukumatga qarshi isyon ko‗tardilar. Hishom davrida qo‗zg‗olonlar birin-
7
ketin davom etdi. Xorijiylar Mosul va uning atrofida yangi qo‗zg‗olonlarni
boshladilar. Davlatning iqtisodiy inqirozi yuqori cho‗qqiga chiqdi. Аyni vaqtda
Ummaviylarga qarshi mafkurada bo‗lgan Аbbosiylar davlat noto‗g‗ri siyosat
yuritayotgani haqida targ‗ibot ishlarini amalga oshirdilar. Musulmon bo‗lmagan
aholi ham adolat istab abbosiylarni qo‗llab-quvvatladilar.
Аbbosiylar harakatining asosiy ishtirokchilari Xuroson arablari va
Ummaviylarga qarshi kayfiyatdagi fors mavolilari
3
edi. Biroq, Аbbosiylar uchun
eng asosiysi arab millatiga mansub ekanligi emas, balki Hoshimiylar xonadoni
avlodi ekanligi muhimroq sanalgan, chunki bu dalil xalifalikni boshqarishda
―Аfzal ul-Bayt‖
4
ekanligini anglatardi. Bunday qarash Xuroson arablari va boshqa
xalqlarning ushbu harakatdagi ishtirokida Аbbosiylar kuchlarining o‗zagini tashkil
etgan.
Uzoq davom etgan qo‗zg‗olon natijasida Ummaviylarning so‗nggi xalifasi
Marvon (744-750) taxtdan tushirildi. Ummaviylarga qarshi qo‗zg‗olon Аbbosiylar
foydasiga hal bo‗ldi.
Shunday qilib, xulofoi roshidun davridan keyin hukmronlik qilgan islom
davlatidagi birinchi sulola - Ummaviylar xalifaligi (661-750) Abbosiylar
tomonidan qulatildi. Аbbosiylar islom davlatining yangi hukmdorlari bo‗lishdi.
Аbbosiylar hokimiyat tepasiga kelishi bilan mamlakatda siyosiy barqarorlik
taʼminlandi, iqtisod taraqqiy etdi, ilm-fan va madaniyat rivojlandi. Xalifa Mansur
(754-775) mamlakatning Sharqiy mintaqalarida vujudga kelgan qo‗zg‗olonlarni
juda ustalik bilan bostirdi. Yangi paydo bo‗layotgan boshboshdoqliklarga teran aql
bilan yondashib, barcha ichki tartibsizliklarni tinchitdi va kuchli xalifalik barpo
etishga erishdi
5
.
Аbbosiylar
xalifaligining
(750-1258)
asoschisi
Аbu
al-Аbbos
(750-754) hisoblansa-da, biroq ikkinchi xalifa Mansur (754-768) uning haqiqiy
rivojlantiruvchisi edi. U xalifalikni tiklanishida fuqarolarning hayoti, ularning
3
Mavoli – Аbbosiylar inqilobi natijasida yangi maʼmuriyatning asosini tashkil etgan va Oʼrta Sharqning mahalliy
jamoalarini shakllantirgan arameylar, suriyaliklar, forslar va xristian nestoriyanlari.
4
Payg‗ambar xonadoni vakili maʼnosini beradi.
5
Ahmad Farras Oran. The Economic system under the Abbasids dynasty. London. The encyclopaedia of Islamic
economics. 2009. - P.258.
8
yashash tarzi va ijtimoiy muammolarni hal etishga ko‗proq eʼtibor qaratdi.
Xalifalarning bunday oqilona siyosati jamiyatning gullab-yashnashiga, ijtimoiy
o‗zgarishlarni qaror topishiga sabab bo‗ldi. Davlatni endigina idora qilishni
boshlagan Аbbosiylar deyarli bosqinchilik urushlari olib bormaganlar. Ularning
asosiy diqqat-eʼtibori xalifalikka ilgari qo‗shib olingan hududlarni saqlab qolishga
qaratilgan. Ilgarigi harbiy istehkomlar fuqarolik markazlariga aylandilar; yangi
iqtisodiy, maʼmuriy, ilmiy, madaniy muassasalar, shu jumladan, vazirliklar
yaratildi. Bu muassasalarning vujudga keltirilishi xalifalikda hunarmandchilik,
savdo, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini yetishtirishning rivojlanishi, ularning
nisbatan keng miqyosda o‗sib borishi misli ko‗rilmagan iqtisodiy o‗sishga va
jamiyat hayotida ayrim kishilar qo‗lida boyliklarning to‗planishiga olib keldi.
Abbosiylar iqtisodiy hayotni tiklash uchun qulay muhit yaratdilar. Ularning
iqtisodiy tizimi xususiy mulk, shaxsiy tashabbus va erkin savdo munosabatlariga
yo‗naltirilgan bozor mexanizmlariga asoslanardi. Shuningdek, tashqi savdoga
alohida eʼtibor qaratdilar. VIII asrning oxiri IX asr boshlarida arab xalifaligi o‗z
taraqqiyotining cho‗qqisiga chiqqan edi
6
.
Xalifalar xuddi ilgarigidek mutlaq hokimiyatga ega edi. Ular nafaqat
mamlakat hukmdori, balki diniy rahbar ham edilar. Xalifa hokimiyati merosiy
bo‗lgan. Ulkan davlatni yaxshiroq idora etish maqsadida uning hududi viloyatlarga
bo‗lingan, ularga xalifa amirlarni noib etib tayinlagan. O‗z viloyatida amirlar
qo‗shin va amaldorlar apparatini boshqarishgan. Har bir amirning ikki o‗rinbosari
bor edi. Ulardan biri soliqlarni yig‗ishga javobgar bo‗lsa, boshqasi – qozi – bosh
sudya va xalifa diniy hokimiyatining vakili edi
7
.
Аbbosiylar juda yaxshi maʼmuriy boshqaruv tizimini ishlab chiqdi. Ular
vorisiylik tamoyiliga to‗la amal qildilar. Xalifa mamlakatda siyosiy hokimiyatining
rahbari hisoblangan. Xalifa fuqarolarni boshqarish vakolatlarini vazirga, harbiy
qo‗shinni qo‗mondon - amirga, maʼmuriyat ishlarini amilga, sud hokimiyatini
6
Oguz Bal. One of the milestones of Islamic economics: Abu Yusuf and his economic thought. Vol. 1. 2014. –P. 6.
7
Sabahiddin Azmi. Abu Yusuf‘s contribution to the theory of public finance. Dissertation submitted of the degree of
master of philosopy in economics. India. 1995. -P. 34.
9
qoziga topshirdi va o‗zida barchasining ustidan hukm chiqarish vakolatini saqlab
qoldi. Garchi bunday vakolatlar xalifaning qo‗lida markazlashgan bo‗lsa-da, ammo
uzoq
mintaqalar
bilan
o‗zaro aloqa qilish murakkabliklar bunday
markazlashtirishdan chekinishni talab etardi. Natijada viloyat hokimlariga moliya,
sud va harbiy ishlarida hamda ichki xavfsizlikni taʼminlashda maʼlum vakolatlar
berildi. Aloqa o‗rnatish qiyinligi sababli qozi, mirshab, soliq yig‗uvchi va
bojxonachilar o‗sha shaharning o‗zidan tayinlangan. Fuqarolik maʼmuriyati
ishlarida vazir
davlat
devonini boshqargan
8
.
Hukumat
boshqaruvidagi
murakkabliklar tufayli davlat ishlarida qattiq tartib o‗rnatilgan edi.
Abbosiylarning o‗ziga xos xususiyati shundaki, ular shaharlar bunyod
etishga ustuvor ahamiyat berishgan. Abbosiylar dastlab Kufa shahrini o‗zlarining
hukumat markazi sifatida tanladilar
9
. Xalifa Mansur (753-773) tomonidan Dajla
sohilida Bag‗dod
10
shahri qurildi va davlatining markazi sifatida Kufadan keyin
poytaxtga aylantirildi
11
. Xalifa Mansur uzoq vaqtdan beri yo‗qolgan bu shaharni
maxsus rejaga asoslangan holda bunyod etdi. Bag‗dod baland devorlar bilan
o‗ralgan, davlat maʼmuriyati, oziq-ovqat do‗konlari, harbiy istehkomlar,
ovqatlanish maskanlaridan iborat ulkan shahar edi. Abbosiylar davrida madaniy
hayot ancha tiklandi, odamlarning hayot tarzi rivojlandi, islomiy jamiyat o‗ziga
xos xususiyat kasb etdi.
Bu davr Abbosiylar xalifaligining eng yorqin davri hisoblanadi. Arabiston
yarimoroli ibtidoiy hayoti tarzidan chiqqan musulmonlar o‗zga madaniyatlar bilan
aloqa qilishdi. Garchi davlatning asl tabiati saqlanib qolgan bo‗lsa-da, lekin yangi
madaniyatlar bilan aloqalar o‗z taʼsirini ko‗rsatdi. Siyosiy va iqtisodiy barqarorlik
odamlarga yaxshi turmush kechirishga olib keldi. Eng yuqorida juda hashamatli
hayot kechiradigan xalifa oilasi aʼzolari turar edi. Xalifalik saroyi haram va
maxsus xizmatchilar uchun ko‗plab qo‗shimchalar bilan qurilgan va shaharning
8
Husaini S.A.Q. Arab Administration. Delhi., Idara Adbiyat, 1979. - P.149-150.
9
Sabahiddin Azmi. Abu Yusuf‘s contribution to the theory of public finance. Dissertation submitted of the degree of
master of philosopy in economics. India. 1995. -P.15.
10
Bag‗dodda nestorian monastiri va Bag‗dod degan qishloq bo‗lgan.
11
Oguz Bal. One of the milestones of Islamic economics: Abu Yusuf and his economic thought. Vol. 1. 2014. –P. 6.
10
katta qismini egallagan edi. Musiqachilar, shoirlar, qo‗shiqchilar va raqqosalarga
ortiqcha mablag‗ sarflash saroy hayotining odatiy hodisasi bo‗lgan
12
. Xalifalikning
o‗ta hashamatli hayotida Abbosiylar oilasining vakillari, vazirlar va amaldorlar bor
edilar. Ular alohida maqom va hashamatli hayotdan zavqlanishardi.
Bag‗dodning savdo-sotiq va tijoratdagi hukmronligi halqaro ahamiyatga ega
bo‗lgan markaz sifatida namoyon bo‗lishi arablarning oddiy ibtidoiy ijtimoiy
tizimini o‗zgarishiga olib keldi. Shaharlarda savdogarlar va usta hunarmandlar
ko‗pchilikni tashkil etardi. Mamlakat aholisining asosiy qismini tashkil etadigan
qishloq xo‗jaligi bilan shug‗ullanuvchi mahalliy aholini ham uchratishimiz
mumkin edi.
Xalifa Abu al-Abbos davrida vazirlik lavozimi yaratilgan bo‗lib, u
xalifaning
maslahatchisi
va
buyruqlarni
bajaruvchisi
bo‗lgan.
Biroq,
boshqaruvning markazlashuvi vazirlikni vaqt o‗tishi bilan rivojlanib, butun
maʼmuriy tizimga ega bo‗lgan mustahkam, rasmiy boshqaruv apparatiga aylantirdi.
Vazirlik devon deb yuritilgan.
Odatda Abbosiylar iyerarxiyasidagi dastlabki martabali qator quyidagilardan
iborat edi: xalifa, valiahd shahzoda, vazir, viloyat hokimlari va qozi ul-quzzot
(bosh qozi). Devonlar to‗rt asosiy toifaga bo‗lingan:
1) moliya devoni: xiroj devoni, xarajatlar devoni, Bayt ul-mol, sadaqotlar
(xayr-ehson) devoni, diyaʼa (yer) va tiraz (to‗quvchilik) devoni;
2) adliya devoni: al-qazaʼ (qozilik) devoni, mazolim (arz-shikoyatlar) devoni
va hisbah (bozor nazorati) devoni;
3) xavfsizlik devoni: harbiy devon, ichki ishlar devoni va pochta xizmati
devoni;
4) maʼmuriy devon: xatlar devoni, al-hatm (muhr) devoni va at-tavqi
(imzolash) devoni. Har bir kichik devon vazifasiga qarab bir necha kengashlarga
bo‗lingan
13
.
12
Аbu Usmon ibn Bahr al-Johiz al-Basri. Kitob ut-tabassur bit-tijora. 2 nashr. Misr. Qohira: Matbaat ur-rahmaniyya,
1935. arab tilida.
13
Грюнебаум, Г. Э. фон. Классический ислам. - М.: Наука. 1986. – С. 216.
11
Xiroj devoni, xarajatlar devoni va Bayt ul-mol (daromadlar va xarajatlarni
nazorat qilish) eng muhim devonlar edi. Dastlab devonlar to‗g‗ridan-to‗g‗ri
xalifaning nazorati ostida edi, biroq keyinchalik idora ishlarining sezilarli darajada
ko‗payganligini hisobga olingan holda, bunday nazorat qisman yoki butunlay
vazirga o‗tdi. Xalifa Mahdiy hukmronligi davrida baʼzi moliyaviy ishlarning
nazorati devon ul-aʼzimaga o‗tgan. Bayt ul-mol ul-xos (xalifaning shaxsiy
xazinasi) xalifaning shaxsiy xazinasini umumiy xazinadan ajratish uchun
yaratilgan yana bir devon edi. Bu xalifalarga tegishli buyumlar uchun sarf-
xarajatlarni amalga oshirish, shuningdek, xalifa buyrug‗iga ko‗ra, shaxsiy va
jamoat ishlarida foydalaniladigan mustaqil muassasa hisoblangan.
Аbbosiylar xalifaligida ko‗plab devonlar xalifa Mahdiy davrida tashkil
etilgan
14
. Mana shunday devonlardan biri hisba devonidir. Uning asosiy maqsadi
shariat qoidalari bo‗yicha davlat mulklarini to‗g‗ri boshqarilishini nazorat qilish
edi. Bu ijtimoiy va diniy qadriyatlarni saqlashga qaratilgan edi. Ushbu devon
boshlig‗i muhtasib deb nomlangan. Muhtasib bozorlardagi narx-navo va axloq
qoidalari nazorati bo‗yicha ishlagan. U savdoda tegishli vazn va o‗lchovlarni
ishlatishni nazorat qilgan
15
.
Аbbosiylar tijorat faoliyatiga juda katta eʼtibor berishgan, shuning uchun
muhtasib lavozimiga taqvodor va kasbini yaxshi biladigan shaxslar tanlangan.
Dastlab muhtasibning vazifalariga bozorlarni umumiy ravishda o‗rganish, o‗zaro
munosabatlar, mahsulot tannarxi, tovar va xizmatlar sifati, tosh-tarozining
to‗g‗riligini nazorat qilish kirgan. Keyinchalik, jamiyatda odob-axloq qoidalarini
saqlash, moliyaviy faoliyatni nazorat qilish va ustachilik faoliyatiga ruxsat berish
kabi boshqa vazifalar ham kiritildi.
Bozorlarning iqtisodiy hayotdagi ahamiyatini yaxshi bilgan xalifalar
bozorlar qurish uchun maxsus joylarni tanlashga va ularning infrastrukturasini
yaxshilashga alohida eʼtibor berishdi. Bozor joylari har xil hunarmandchilik
14
Ahmad Farras Oran. The Economic system under the Abbasids dynasty. London: The encyclopaedia of Islamic
economics. 2009. - Р. 259.
15
Oguz Bal. One of the milestones of Islamic economics: Abu Yusuf and his economic thought. Vol. 1. 2014. –P. 9.
12
xususiyatlariga mos ravishda tashkil etilgan bo‗lib, ularning har biri o‗ziga xos
joylashuvga ega edi. Shaharlar ichida tozalik qoidalariga katta eʼtibor berilgan. Har
bir hunarmandchilik sohasi bo‗yicha ustaboshisi bo‗lib, ular hukumat tomonidan
tanlangan yoki hunarmandlar tomonidan eʼtiborli deb topilgan usta saylangan.
Hunarmandlar o‗z urf-odatlariga ega edi, ular qozilar va bozor nazoratchilari
tomonidan ularga tegishli nizolarni hal qilishda teng ravishda hurmat qilinardi.
Davlat bozorlarni hamma uchun zarur infratuzilma bilan taʼminladi, xususan, Dajla
daryosining ikkala tomonida savdo faoliyatini osonlashtirish uchun xalifa Horun
ar-Rashid davrida yettita ko‗prik qurildi
16
.
Hukumat davlatning asosiy daromad manbai qishloq xo‗jaligi sohasi
ekanligini ilk davrlardayoq anglab yetdi va unga katta eʼtibor qaratdi. Аyniqsa,
umumiy sug‗orish tizimini yaxshilashga, tashlandiq yerlarni o‗zlashtirishga, turli
toshqinlardan keyin yaroqsiz holga kelib qolgan yerlarni qayta tiklashga, qishloq
joylardagi yo‗llarni tuzatishga katta xarajatlar sarf qilindi.
Shariatga muvofiq davlat erkin ichki savdo tamoyilini qo‗llab-quvvatladi,
tovar va mehnat oqimiga hech qanday cheklov qo‗ymadi. Shuningdek, davlat birja
faoliyatiga yoki ularning narxlariga aralashmadi, faqat baʼzi holatlarda, odatda
kambag‗allar manfaati uchun savdogarlar tomonidan bug‗doy, un, arpa kabi asosiy
oziq-ovqat mahsulotlarining monopollashtirilishida aralashardi. Bunday aralashuv
odatda narx-navoga nisbatan qo‗llanilgan. Chunki narxlar odatda siyosiy omillar,
ob-havo o‗zgarishi va tabiiy falokatlar tufayli o‗zgarishga uchrardi, bu ayniqsa
qishloq xo‗jaligiga katta taʼsir ko‗rsatgan.
Iqtisodiy va transport omillari xalifalikning yangi poytaxti uchun joy
tanlashda eng muhim elementlardan biri edi. Bag‗dodning Dajla daryosida, eski
quruqlik savdo yo‗llariga va Frot daryosiga yaqin joyda joylashgani qulay quruqlik
va dengiz yo‗llari tarmog‗ining shakllanishiga olib keldi. Davlat poytaxtni barcha
viloyatlar va davlatlar bilan osongina bog‗lash uchun quruqlik va dengiz yo‗llarini
qurish hamda savdogarlarning xavfsizligini taʼminlashga katta eʼtibor qaratdi.
16
Ahmad Farras Oran. The Economic system under the Abbasids dynasty. London: The encyclopaedia of Islamic
economics. 2009. - Р. 259.
13
Shuningdek, hukumatning erkin savdo tamoyili tashqi savdoga ham tatbiq etildi.
Ichki va tashqi savdo uchun teng soliq to‗lovi joriy etildi. Аbbosiylar xalifaligi
savdo faoliyati Shimoliy Afrika, Andalusiya, Kiyev Rusi, Kaspiy dengizi hududi,
Kichik Osiyo, Volga daryosi hududi, Boltiq havzasi, Fin ko‗rfazi, Sharqiy
Afrikadagi Mozambikkacha, Hindiston, Seylon oroli, Xitoy, Koreya, Kambodja,
Shimoliy Sumatra va Malayya yarim oroligacha cho‗zilgan. Hind okeani orqali
tovarlarni olib kirish va eksport qilish nisbatan xavfsiz bo‗lgan, chunki ular
Abbosiylar dengiz floti nazorati ostiga bo‗lgan. Savdo o‗zaro ayirboshlash yoki
naqd pul orqali amalga oshirilgan. Abbosiylar dinori va dirhami odatda tashqi
savdo manzillarida, xususan, sharqiy va shimoliy Yevropada qabul qilingan.
Keyinchalik sarroflik uylari savdo-sotiqda muhim rol o‗ynadi. Abbosiy
savdogarlari deyarli barcha savdo hududlarida savdo markazlari tashkil etishgan va
ko‗p miqdordagi tovarlarni, shu jumladan oltin, fil suyagi, yog‗och, mo‗yna,
qalqon, qilich, qo‗rg‗oshin, ipak matolar, zig‗ir yog‗i, mushk, qog‗oz, gilamlar,
ziravorlar va boshqalarni sotishgan. Savdogarlar ichki va tashqi savdodagi ortiqcha
mahsulotlarni o‗zga davlatlarga eksport qilishda foydalanishgan. Tashqi savdo
ayirboshlash shunchalik muvaffaqiyatli bo‗lganki, o‗sha davrda Bag‗dod va
Iskandariya bozorlari qimmatbaho tovarlar bo‗yicha dunyo narxlarni belgilaganlar.
Davlat boshqaruvini yaxshilash uchun xalifalar o‗z tangalarini zarb qilishgan
va pochta xizmatini joriy qilishgan. Mamlakatning turli burchaklarini bog‗lovchi
asosiy yo‗llarda ―yomchi‖ deb ataladigan pochta qatnovlari joriy etilgan
17
.
Аbbosiylar xalifaligida ikki xil pul tizimi ishlatilgan: dirham, kumush tanga,
u asosan, Sharqiy viloyatlarda ishlatilgan, dinor, oltin tanga, u asosan, G‗arbiy
viloyatlarda ishlatilgan. Har ikki tanga ham qonunan bir xil og‗irlikda bo‗lgan va
hamma joyda qabul qilingan. Dinor 4,25 grammlik oltin tanga va dirham 2,975
grammlik kumush tanga edi. Pul bilan bog‗liq masalalarni, shu jumladan tangadagi
oltin yoki kumush aralashmasi, og‗irligi va sifatini nazorat qilish uchun masʼul
17
Sabahiddin Azmi. Abu Yusuf‘s contribution to the theory of public finance. Dissertation submitted of the degree
of master of philosopy in economics. India. 1995. -Р. 37.
14
bo‗lgan maxsus devon dor ul-Zarb (tangalar uyi) muassasasi tuzildi
18
. Pul zarb
etish xalifalarning bevosita nazorati ostida bo‗lgan bo‗lsa-da, biroq hukumat
ishining ko‗pligi sababli Horun ar-Rashid davrida ayrim viloyatlarda dirham
tangalarni zarb etish va ularni nazorat qilishga ruxsat berilgan.
Ikki xil pul birligining mavjudligi, umumiy savdoda, pulni almashtirishni,
yaʼni dinorlarni dirhamlarga yoki aksincha dirhamlarni dinorlarga almashtirishga
ehtiyoj borligini anglatardi. Bunday holatda dinor va dirhamning og‗irligi va
aralashmasi to‗g‗ri bo‗lishligi lozim hisoblangan. Shuningdek, oltin va
kumushning narxi ham ayirboshlashda pul kursiga taʼsir ko‗rsatgan. Odatda pul
kursi har bir dinor uchun 10-22 dirham orasida o‗zgarib turgan
19
.
Dastlab ayrim cheklangan miqyosda olib borilgan sarroflik (pul
ayirboshlash) faoliyati IX asrga kelib savdo munosabatlarining rivojlanishi va
pullarni xavfsiz joyga joylashtirish hamda ularni maxfiyligini taʼminlash ehtiyoji
ko‗paydi. Shuningdek, sarroflik faoliyati o‗zaro savdoni osonlashtiradigan va
kengaytiradigan eng muhim omillar qatoriga kirdi. Sarroflik uylari bir necha
shaharlarda tashkil etildi. Kufa bozorida eng katta sarroflar guruhi joylashgan edi.
Umuman olganda, sarroflik mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish, savdogarlik
faoliyati kengaytirish va bank xizmatlarini taklif etgan. Ammo ularning deyarli
barchasi nasroniylar yoki yahudiylar edi, chunki islom taʼlimoti mehnatsiz manfaat
bilan bog‗liq har qanday muomalani mutlaqo taqiqlagan. Chunki barcha moliyaviy
xizmatlar maʼlum miqdordagi pul evaziga yoki foizlar miqdorida amalga
oshirilgan.
Xalifalikda taʼlim olish bepul bo‗lgan. Davlat o‗z hududida ilm-fanning
barcha sohalarini taraqqiy etishini rag‗batlantirgan. Аholining barcha qatlam
vakillari erkin bilim olishlari mumkin edi. Ilm-fan bilan shug‗ullanuvchi insonlar
hurmatga sazovor kishilar hisoblangan. Shuningdek, minglab kitoblarni o‗z ichiga
olgan ko‗plab umumiy va xususiy kutubxonalar mavjud bo‗lib, ular kitob
18
Ahmad Farras Oran. The Economic system under the Abbasids dynasty. London: The encyclopaedia of Islamic
economics. 2009. - Р. 260.
19
Rayes M.D. Аl-Kharaj fil-Dawala al-Islamiyah. Cairo: Nadet Misr. 1957.- Р. 337.
15
do‗konlari bilan muntazam aloqani yo‗lga qo‗yishgan edi. Bu davrda turli tillardagi
ilmiy asarlarni arab tiliga tarjima qilish kuchaydi.
Аbbosiy xalifalar Horun ar-Rashid (786-809) va uning o‗g‗li Maʼmun (813-
833) davrida ilm-maʼrifat taraqqiy etdi. Xalifalik markazi Bag‗dodda ―Bayt ul-
hikma‖ (Donishmandlik uyi)ga asos solindi, u yirik ilmiy markazga aylandi, bu
joyda o‗z davrining mashhur olim-u faylasuflari, munajjim, tabib, musiqachi,
meʼmor va muhandislar to‗plangan edi. Bu davrda arablar, forslar, nasroniylar,
yahudiylar, movarounnahrlik va xurosonliklar tomonidan yunon, hind, fors,
yahudiy, suryoniy va boshqa tillardagi riyoziyot, handasa, falakiyot, alkimyo,
mantiq, tarix, tibbiyot fanlariga oid ilmiy-falsafiy asarlar arab tiliga tarjima
qilingan
20
.
Darhaqiqat, katta miqdordagi davlat mablag‗lari ilm-fanni rivojlantirishga
sarflandi. Bularning barchasi tufayli poytaxt Bag‗dod dunyo bo‗ylab ilm-fan
markaziga aylandi.
Аbbosiylar hukmronligining birinchi asri davomida astronomiya va ayniqsa
tabobat Bag‗dodning islom dunyosiga qo‗yilgan birinchi qadamlari bo‗lib, ular
orqali yunon fani va falsafasi o‗zining g‗olibona yurishini boshladi. Bunday
sharoitda sharqiy xristian olimlari tomonidan taqdim etilgan mantiq, boshqa barcha
arab ilmlari orasida markaziy o‗ringa qo‗yildi.
Xalifa Maʼmun (813-833) hukmronligi yillarida ilm-fan rivojlanishiga katta
eʼtibor qaratdi. U muʼtaziliylar taʼlimotini xalifalikning rasmiy mafkurasi deb eʼlon
qildi. O‗zining siyosiy muxoliflari bilan ittifoqda bo‗lgan ilk islom aqidalaridagi
ruhoniylarga qarshi kurashda Iroq savdogarlari va hunarmandlariga tayangan
Maʼmun o‗z siyosiy faoliyatida Sharqda misli ko‗rilmagan ishni qilib,
tabiatshunoslik, falsafa, astronomiya va matematika fanlarini rivojlanishi uchun
qulay sharoit yaratib berdi.
Musulmonlarni qadimgi yunon mutafakkirlari asarlari bilan tanishtirish
Suriya xristianlari orqali amalga oshirildi. Og‗ir mehnat bo‗lgan ikki tomonlama
20
Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O‗rta Sharqning falsafiy tafakkuri. –Toshkent: TDShI nashriyoti. 2010. –
B. 43.
16
tarjima jarayoni, yaʼni yunon tilidan Suriya tiliga, undan arab tiliga qilingan ishlar
avval boshda ko‗proq tabobatga, tabiiy-ilmiy asarlarga qaratilgan edi. Аmmo tez
orada kitobxon ziyolilar va tarjimonlarning qiziqishi falsafiy adabiyotlarni ham
qamrab oldi. Bu qonuniy jarayon edi. Chunki, Sharq xalifaligi deb atalgan Bag‗dod
va unga tobe bo‗lgan musulmonlashish jarayoni boshlangan o‗lkalarda savdo-sotiq
va hunarmandchilik gurkirab o‗sib, ular asosida matematika, mexanika, optika,
kimyo, astronomiya, jug‗rofiya, tabobat va boshqa nazariy hamda amaliy fanlarga
ehtiyoj katta edi.
Аrablarning Eron va Hind madaniyati bilan tanishuvi VIII asrdayoq
boshlanib, tabobat va siyosiy tuzum sohalaridagi fanlarda o‗z aksini topgan edi.
Аbbosiy xalifalar bo‗lgan Mansur va Horun ar-Rashid hukmronligi davrida
ularning ajamlik vaziri Yahʼyo Barmakiy tashabbusi bilan bir qancha boshqa
kitoblar ham hind tilidan arabchaga
21
o‗girildi.
VIII asrning ikkinchi yarmiga kelib, Qurʼoni Karim va shariat qoidalariga
asoslangan islomiy ilmlar rivojlana boshladi. Bu bilimlar islom dini asoslarini har
tomonlama mustahkamlash va uni to‗g‗ri talqin etishga qaratilgan diniy ilmlar edi.
Hadis, kalom, tafsir, mantiq va fiqh ilmida ulkan yutuqlarga erishildi. Islomiy
ilmlar bo‗yicha madrasalarda dars beruvchi olimlar o‗z uslubi orqali shogirdlariga
dars berar, shogirdlar esa ustozlaridan olgan ilmga o‗z hissalarini qo‗shib
rivojlantirar edi. Baʼzan ustoz-shogird o‗rtasida ilmiy ixtiloflar muhokama qilinib,
Qurʼoni Karim va hadislardan keltirilgan dalillar asosida yechim topilardi.
Masalaga yechim topishda Madina va Kufa olimlarida farq mavjud edi.
Madinaliklar sunnat amallar bilan bog‗liq hadis va rivoyatlarga tayansalar,
Kufaliklar o‗z tafakkur va mantig‗i orqali ixtiloflarni bartaraf etishardi.
Аbu Yusuf Kufa maktabi vakili bo‗lib, uning fiqh ilmini o‗rgangan davri
ummaviylarning oxiri va ilk abbosiylar davriga to‗g‗ri keladi. Bu davr fiqh ilmida
taʼlim-tarbiyaga alohida etibor qaratildi. Imom Zuhriy (742), Xasan Basriy (728),
Qays al-Hiloliy (714) kabi olimlarning fiqhga oid asarlari islom huquqining turli
21
Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O‗rta Sharqning falsafiy tafakkuri. –Toshkent: TDShI nashriyoti. 2010. –
B. 38.
17
sohalariga bag‗ishlangan. Аyniqsa, Аbu Hanifaning ―Fiqh ul-akbar‖ (767) asari
eng muhim fiqhiy asar hisoblanadi. Аbu Yusuf mana shunday rivojlangan ilmiy
muhitning mahsulidir. Chunki islom olamida fiqh maktabining yirik namoyondasi
bo‗lgan Аbu Yusuf mana shu olimlar zamondoshi sifatida ular bilan bir davrda
yashagan.
Аbbosiylar davridagi madaniyatning ajoyib xususiyati va ahamiyatli tomoni
shundaki, ilm-fanning barcha sohalarida diniy mafkuraviy cheklanganlikdan
yuqori ko‗tarilib, dunyoviylik taʼminlangan. U davr olimlari islom aqidalariga
mahkam bog‗lanib qolmagan, hatto rasmiy islom dogmasiga rioya qilmay, erkin
fikrlash darajasiga ko‗tarilganlar
22
. Ular inson tabiatning eng oliy mahsuli ekanini
tasdiqlaydilar.
Bu davrning xususiyatlarini quyidagicha umumlashtirish mumkin:
Ummaviylarning siyosiy kurashdagi mag‗lubiyati natijasida hukumatga
abbosiylar kelgach, turli nizolar barham berilib xalifalik gullab-yashnadi.
Sahobalardan taʼlim olgan islom ulamolari xalifalikning turli markazlariga
borib o‗qishini davom ettirishi natijada hadis ilmi va fiqh kabi ilmiy yo‗nalishlar
vujudga keldi. Аbu Hanifaning ustozi Hammod tomonidan asos solingan ahli raʼy
yo‗nalishi Iroqda Аbu Hanifa tomonidan shakllantirilgan bo‗lsa, Аbu Yusuf uning
tom maʼnodagi rivojlanishiga ulkan hissa qo‗shdi.
IX-XI asrlar musulmon fani va madaniyati tarixida katta yutuqlar va muhim
ilmiy kashfiyotlar davri bo‗lganligidan, bu davrni baʼzi tadqiqotchilar Sharq fani
va madaniyatining ―oltin davri‖ deb eʼtirof etadilar
23
.
1.2.
Islom mutafakkirlari qarashlarida islom iqtisodiyotining falsafiy tahlili
Musulmon jamiyatida iqtisodiy munosabatlar Qurʼoni Karim, Payg‗ambar
(s.a.v) ning sunnatlariga asoslanadi. Shuning uchun fiqhda u yoki bu iqtisodiy
harakatlarni amalga oshirish to‗g‗risidagi ko‗rsatma va izohlar emas, balki asrlar
22
Sulaymonova F. Sharq va G‗arb. – Toshkent. ―O‗zbekiston‖ nashriyoti. 1997. –B. 202.
23
Аbduhalimov B.А. ―Bayt al-hikma‖ va O‗rta Osiyo olimlarining Bag‗doddagi ilmiy faoliyati. –Toshkent:
Toshkent islom universiteti nashriyoti. 2004. - B. 8.
18
osha musulmon fiqhshunoslari ahamiyat qaratgan alohida sharhlar bo‗yicha
umumiy qoidalar muhim o‗rin egallagan.
Islom iqtisodi bo‗yicha fikrlarning paydo bo‗lishi Muhammad (s.a.v)
davridan boshlanadi. Rasululloh (s.a.v) huquqiy, siyosiy, iqtisodiy muammolar
bilan bir qatorda ijtimoiy munosabatlarga oid turli fikrlarni bildirib o‗tgan.
Muhammad (s.a.v) ning iqtisodiy masalalar bo‗yicha davlat boshqaruvi keyingi
xalifalar tomonidan dastur ul-amal sifatida qo‗llanilgan
24
.
Xulofoi roshidin davriga kelib yangicha fikrlar va qarashlar paydo bo‗la
boshladi. Xalifalar tomonidan turlicha siyosat yuritilishi yangi muammolarni
vujudga keltirdi.
Fiqh ilmi xulofoi roshidin va Ummaviylar davrida ancha rivojlangan bo‗lsa-
da, biroq Аbbosiylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga katta eʼtibor berildi.
Аyniqsa, islom iqtisodi va davlatning moliyaviy siyosati to‗g‗risida ko‗plab asarlar
yozildi
25
.
Musulmon ulamolarning ilk iqtisodiy qarashlarida ularning davlat
moliyasiga ko‗proq eʼtibor berganligi bilan ajralib turadi. Bu islom davlati
hududining kengayishi, yangi daromad manbalarining vujudga kelishi va xalifalar
oldida yangi xarajatlarning mavjudligi bilan bog‗liq edi.
Islom iqtisodiy tafakkurida iqtisodiy masalar turli musulmon ulamolari
tomonidan ko‗rib chiqildi. Islom iqtisodiyotini quyidagi mezonlar bo‗yicha tahlil
qilish keng tarqalgan.
Birinchidan, Qurʼoni Karimda keltirilgan baʼzi iqtisodiy masalalar,
jumladan, sudxo‗rlikning man etilishi va kishilarning farovon yashashi uchun
iqtisodiy faoliyat bilan shug‗ullanishining qo‗llab-quvvatlanishi mufassirlar
tomonidan muhokama qilinib izohlari keltirilgan. Ikkinchidan, ayrim iqtisodiy
masalalar fiqhiy nuqtai nazardan o‗rganib chiqilgan. Uchinchidan, iqtisodiy
masalalarning islom axloqiy tizimini rivojlantirishdagi ahamiyati o‗rganib
24
Adiwarman A. Karim. Sejarah Pemikiran Ekonomi Islam
.
- Jakarta: Gema Insani Press. 2001. – Р.56.
25
Nasir Nabi Bhat. Some Insights in the Development of Islamic Economic Thought During Medieval Times. Asian
Journal of Multidisciplinary Studies
.
Vol. 3. 2015. – Р. 158.
19
chiqilgan. Xususan, olimlar, so‗fiylar, musulmon faylasuflarining asarlari ushbu
toifaga kiradi. To‗rtinchidan, islom iqtisodiga oid baʼzi asarlar ulamolar tomonidan
o‗z davrining ehtiyojlaridan kelib chiqib, muhim davlat lavozimlarida ishlagan
vaqtlarida yozilgan. Davlat moliyasi, daromadlari va xarajatlari, soliq tushumlari
bilan bog‗liq masalalar ushbu toifaga kiradi. Beshinchidan, ayrim islom olimlari va
faylasuflari tomonidan islomiy iqtisodiy munosabatlar xolis tahlil qilingan. Bu
toifaga Imom G‗azzoliy, Ibn Taymiyya, Ibn Xaldun kabi olimlarni kiritish
mumkin.
Islomiy ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar maʼnaviy-axloqiy qoidalar bilan
muvofiq keladigan aniq ijtimoiy yo‗nalishga egadir. Islomiy ulamolar (G‗azzoliy,
Forobiy, Аbu Yusuf, Ibn Xaldun) va sharq olimlari tomonidan ko‗rib chiqilgan
hamda ilohiy mazmun ila belgilangan qonunlar bilan tartibga solinuvchi jamiyat
tuzumining bir qismi sifatida tushunilgan.
Islom hukumati fath qilingan hududlarda islomgacha bo‗lgan baʼzi
maʼmuriy amaliyotlarni qabul qildi. Chunki aholining demografik holati, soliq
miqdori, ekin maydonlarining hosildorligi va shunga o‗xshash narsalar to‗g‗risida
ishonchli maʼlumotlarga ega bo‗lgan Sosoniylar va Vizantiya imperiyasi davridagi
sobiq soliq yig‗uvchilarning xizmatiga ehtiyoj mavjud edi. Sosoniylar davrida
soliq yig‗uvchilar Dehqon nomi bilan mashhur bo‗lgan mahalliy mulkdorlar edi,
ular davlat uchun soliqlarni hisoblash va yig‗ish bilan shug‗ullanardi. Dehqonlar
soliqlarni o‗z vaqtida yig‗ish uchun javobgarlikni o‗z zimmalariga olishgan,
chunki ular fath etilish vaqtlarida taslim bo‗lish shartlar, xiroj va jizyani to‗lash
bo‗yicha muzokaralar olib borishgan. G‗ayridin aholi tomonidan islom dinining
qabul qilinishi islom hukumatiga jizya daromadlarining keskin kamayishiga olib
keldi, bu esa davlat daromadlarining asosiy manbai bo‗lgan xiroj miqdorini
oshirilishiga sabab bo‗ldi. Xiroj solig‗i to‗g‗risida islom qonunlaridagi noaniqliklar
musulmon fiqhshunoslari o‗rtasida turli fikrlarni paydo qildi. Chunki yangi
qonunlar joriy etilgunga qadar aksariyat musulmon hududlarining turli qismlarida
soliq miqdori turlicha edi. Bu islom soliq tizimi bo‗yicha yangi kitoblarni yozishni
talab qilardi.
20
Har kanday mamlakatning soliq siyosati o‗ziga xosligi bilan ajralib turadi,
chunki har bir davlatning iqtisodini yuksalishi, o‗sish surʼati, aholining farovonligi
joriy kilingan soliqlarning umumiy miqdori, soliq yukining qay darajadaligiga
bog‗liq. Ularni belgilash va amalga oshirish mamlakatda olib borilayotgan soliq
siyosatiga bevosita bog‗liq. Shu maʼnoda xalifalikning soliq siyosati ham o‗ziga
xos va o‗ziga mos xususiyatlarga ega ekanligi bilan ajralib turadi.
Islom iqtisodi va soliq tizimiga bag‗ishlangan asarlarni musulmon davlatida
ko‗plab topish mumkin. Islomning dastlabki davrlarida soliqqa tor¬tish masalalari
bo‗yicha 20 dan ortiq kitoblar maʼlum bo‗lgan. Islom soliq tizimiga oid dastlabki
asarlar VIII asrda yozilgan. Lekin bizning kunlargacha faqat uchtasi yetib keldi.
Mana shu xildagi kitoblarning eng birinchisi ummaviylar xalifasi Maxdiyning
vaziri Muoviya ibn Ubaydullox al-Аshʼariy qalamiga mansub bo‗lgan. Bizgacha
Аbu Yusuf, al-Qurayshi, Аbu Ubayd, Yahyo ibn Odam, Qudama ibn Jaʼfar, al-
Dovudiy, Ibn Zanjavayh, al-Mahzumiylarning asarlari saqlanib qolgan
26
.
Аbu Yusuf (735-798) xalifalik soliq tizimining shakllanishiga ulkan hissa
qo‗shgan. Abu Yusufning soliq solish muammolari to‗g‗risidagi ―Kitob al-xaroj‖
risolasi islom olamida iqtisodiy masalalarni qamrab olgan birinchi risola
hisoblanadi
27
. U bu kitobni hijriy 174-182 yillarda Abbosiylar xalifaligining bosh
qozisi bo‗lib ishlagan paytida yozgan.
Аbbosiylar xalifaligi islom huquq va anʼanalariga asoslangan holda
boshqarilar edi. Bunda o‗sha davrda bosh qozi bo‗lgan Аbu Yusufning xizmatlari
kattadir. Uning xalifa Xorun ar-Rashidga bag‗ishlab yozgan ―Kitob al-xaroj‖
asarining muqaddimasida islomiy boshqaruv tizimi xulofoi roshidin va Umar ibn
Аbdulaziz kabi bo‗lishi aniq taʼkidlab o‗tilgan.
Xalifa Xorun ar-Rashid mamlakat aholisining hayoti va mol-mulki
xavfsizligini taʼminlashga, adolat bilan hukmronlik qilishga harakat qilgan
hukmdor edi. U Imom Аbu Yusufdan iqtisodiy-ijtimoiy masalalar bo‗yicha
26
Abdul Azim Islahi. Contribution of Muslim Scholars to Economic Thought and Analysis. - Jeddah. 2014. – Р.61.
27
Абу Йусуф Йакуб б. Ибрахим ал-Куфи. Китаб ал-Харадж (Мусульманское налогообложение) / Пер. с
арабского и комментарии А. Э. Шмидта. Супракомментарии к переводу А. С. Боголюбова. Подготовка к
изданию, вступит. статья и указатели А. А. Хисматулина. - Санкт Петербург. 2001. – С.8.
21
savollarga javob berishni, islom dinida soliq qoidalari qay tartibda bo‗lishi haqida
so‗radi. Аbu Yusuf bu savollarga javob berish maqsadida ―Kitob al-xaroj‖ asarini
yozdi. Bunda nafaqat davlat daromadlari va xarajatlari, balki turli ijtimoiy-
iqtisodiy masalalar ham yoritib o‗tilgan.
X asrda yashagan olim Ibn Hazm, kambag‗al va muhtojlarning ehtiyojlarini
qondirish uchun aholidan yaxshilik uchun moliyaviy to‗lovlar undirilishini
lozimligini aytib o‗tadi. Аl-Mavardi, davlat xazinasida mablag‗ bo‗lmasa, umumiy
soliqdan tashqari boshqa soliqqa tortilishi mumkinligini taʼkidlagan. Abu Yusuf
iqtisodiy farovonlik davrida yashagan, bu davrda davlat xazinasida iqtisodiyot
talablarini qondirish uchun yetarlicha mablag‗ bo‗lgan va shariatdan tashqari
soliqlar masalasi paydo bo‗lmagan
28
.
Аbu Yusuf o‗z qarashlarini Qurʼoni Karim va hadislarga tayangan holda
xulosalar chiqarganini uning ―Kitob al-xaroj‖ asarida 550 ga yaqin hadislar
keltirilgani bilan izohlash mumkin. Shuningdek, mashhur roviy Yahyo ibn Odam
(757-818)ning ―Kitob al-xaroj‖ asari hadislar, fiqhiy qo‗llanma, hikmatli
iboralardan kelib chiqib tuzilgan
29
. Muallif faqat ayrim hollardagina o‗z fikrlarini
bayon etgan.
U o‗z asarida yerlarni soliqqa tortish masalasi, unga egalik qilish huquqini,
yer bilan bog‗liq munosabatlarda nomusulmonlarning o‗rni kabi masalalar
keltirilgan. Yaxyo ibn Odam tomonidan keltirilgan hadislarning faqat 40 tasigina
olti obro‗li hadis (sihohi sitta) roviylarining kitoblariga kiritilgan. Shuningdek,
mazkur asarda bizning kunlarda ham ayrim musulmon mamlakatlarida amalda
qo‗llanilayotgan yerga egalik masalalariga oid muhim qoidalar bayon etilgan.
Islomiy soliqqa tortish bo‗yicha yana bir asar muallifi Qudoma ibn Jaʼfar
(864-932) ―Kitob al-xaroj‖ asarini o‗sha davrda amalda bo‗lgan soliq tizimining
shariat talablariga butkul mos kelishini isbotlash maqsadida yozgan edi . Lekin
Qudomaning asari o‗ziga xos mustaqil asar bo‗lmay, Аbu Yusuf va boshqa
fiqhshunoslarning fikrlari hamda mulohazalaridan kelib chiqib tuzilgan edi.
28
Беккин Р.И. Исламская экономическая модель и современность. – М.: Наука. 2010. - С. 41.
29
Йахйя ибн Адам. Китаб ал харадж. Хрестоматия по истории Халифата. Сост. ипер. А.И. Надирадзе. - М.:
Изд-во МГУ. 1968. – С.249.
22
Shuning uchun tadqiqotchilar, avvalo, Аbu Yusufning ―Kitob al-xaroj‖iga qiziqish
bildiradilar.
Аbu Yusufning ―Kitob al-xaroj‖ asaridan so‗ng islom iqtisodi bo‗yicha asar
yozish qiziqarli tus oldi. Bunga misol qilib fiqhshunos olim Muhammad ash-
Shayboniyning ―Kitob al-iktisob‖ asarini keltirishimiz mumkin.
Muhammad ash-Shayboniy (750-804) hanafiylik mazhabi asoschisi Аbu
Hanifaning isteʼdodli shogirdlaridan biri hisoblanadi. U Аbu Yusuf singari ustozi
Аbu Hanifadan fiqh ilmini puxta egalladi va qozilik lavozimida ishladi
30
. U o‗z
kitobida ko‗plab iqtisodiy mulohazalarini keltirib o‗tdi. Masalan, boylar
kambag‗allarga muhtoj bo‗lgani kabi, kambag‗allar ham boylarga muhtojdir deb
taʼkidlaganini ko‗ramiz.
Muhammad ash-Shayboniyning ―Kitob al-iktisob‖ asarida kichik iqtisodiy
munosabatlar yoritilgan. Davlat moliyasi yoki soliq tizimidan tashqari, isteʼmol
mahsulotlari ishlab chiqarish, uning qiymati va taqsimlash masalalariga eʼtiborni
qaratgan. U o‗z asarini hukumat topshirig‗i yoki xalifaning buyrug‗iga binoan
emas, balki o‗z tashabbusi bilan iqtisodiy qarashlarini yoritib o‗tgan. Shu maʼnoda
aytish mumkinki, ash-Shayboniyni mustaqil tarzda islom iqtisodiyoti haqidagi
g‗oyalarining yozilishi bir necha asr o‗tgach paydo bo‗lgan baʼzi iqtisodiy
fikrlarning taraqqiy etishiga turtki bo‗ldi.
Muallif kitobni yozishda Payg‗ambar (s.a.v) hadislarini o‗rgangan holda o‗z
xulosalarini bayon qilgan. U ijtimoiy hayotdagi munosabatlarni ishonarli tarzda
o‗rganadi. U muammolarni yechishda Quro‗ni Karim va hadislardan olingan
dalillar, analitik mulohazalardan foydalanadi. Xulosa chiqarishda hanafiylik nuqtai
nazardan yondashgan.
Shubhasiz, ash-Shayboniyning islom iqtisodiyotiga oid asari shu mavzu
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Аsh-Shayboniyning ―Kitob al-iktisob‖
asarida zamonaviy termin bilan ishlatadigan bo‗lsak mikroiqtisodiy munosabatlar
yoritilgan bo‗lsa, o‗sha davrdagi yirik fiqhshunoslardan biri Аbu Ubayd tomonidan
yozilgan ―Kitob ul-amvol‖ kitobida islomdagi makroiqtisodiy munosabatlar
30
Abdul Azim Islahi. Contribution of Muslim Scholars to Economic Thought and Analysis.- Jeddah. 2014. –Р.13.
23
yoritilganini ko‗rishimiz mumkin
31
.
Аbu Ubayd Qosim ibn Sallam (838 yil vafot yetgan) ham Аbu Yusuf kabi
qozi edi. U fihq, tarix va arab adabiyotini yaxshi bilgan. U ―Kitob ul-amvol‖
asarida hanafiylar, molikiylar yoki boshqa yirik fiqh maktabi olimlari fikrlariga
tayangan holda o‗z fikrlarini bayon qiladi. Bu usul uning zamondoshlari va
shogirdlari nazdida yangicha yondashuv sifatida qaraldi. Shuningdek u, Qurʼoni
Karim tafsiri, hadis, fiqh va sheʼriyatga oid ko‗plab kitoblarni yozgan.
Abu Ubayd o‗z asarida yozishni maqsad qilgan paytda, garchi Аbu
Yusufning ―Kitob al-xaroj‖ asaridan uch barobar katta hajmli bo‗lsada, islom
olamida allaqachon uch yirik fiqhiy maktablar shakllanib bo‗lgan edi. Imom Abu
Hanifa asos solgan hanafiylik xalifalik poytaxti joylashgan Iroqda, Imom Molik
ibn Аnas asos solgan molikiylik Madinada, imom ash-Shofeʼ asos solgan
shofeʼiylik Misr va Shomda mustahkam qaror topib ulgurgan edi. Аbu
Ubaydgacha islom iqtisodi bo‗yicha Аbu Yusuf va Yahyo ibn Odam tomonidan
asarlar yozilgan edi. Аbu Ubaydning mazkur mavzu bo‗yicha asar yozishiga ikki
sabab bo‗lishi mumkin: 1. Bu asar avvalgi asarlardagi bo‗shliqni to‗ldirish. 2.
Yangicha qarashlarni talqin etish.
Аbu Ubaydning ―Kitob ul-amvol‖ asari avvalgi islom iqtisodiga oid
asarlarda mavjud bo‗lmagan uchta o‗ziga xos xususiyatga ega. Birinchidan,
daromadning bir turi bilan cheklanib qolmasdan, qishloq xo‗jaligi, savdo-sotiq va
boshqa sohalar bilan shug‗ullanishni taʼkidlaydi. Masalan, soliq yig‗ishda faqat
xiroj emas, savdo va boshqa manbalarga oid soliq turlarini ko‗rib chiqadi.
Ikkinchidan, u fikrlarini avvalgilarga qaraganda yaxshiroq dalillaydi. Masalan,
hadislarni keltirganda payg‗ambar amallari va so‗zlari to‗g‗risidagi maʼlumotlar
zanjiri isnodi to‗liq keltiriladi, shuningdek, xalifalarning qo‗l ostidagi amirlari va
dushmanlariga yuborgan maktublari bilan tanishish imkonini beradi. Uchinchidan,
asarda yoritilayotgan mavzu bo‗yicha fikrlar xilma-xildir. Bunga sabab Аbu Yusuf
31
Nasir Nabi Bhat. Some Insights in the Development of Islamic Economic Thought During Medieval Times. Asian
Journal of Multidisciplinary Studies
.
Volume 3, Issue 3, March 2015. – Р. 161.
24
tomonidan yozilgan asarga nisbatan o‗ttiz-qirq yil keyin yozilgani o‗sha davrga
kelib fiqh bo‗yicha fikrlarda o‗zgarish bo‗lganidan dalolat beradi.
Garchi kitob davlat moliyasining shakllanishiga xizmat qilsada, umuman
kitobxonlar uchun ham foydali hisoblanadi. Аsarda musulmonlar va boshqa dinga
eʼtiqod qiluvchi fuqarolar davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga ergashishlari
lozimligi, barcha diniy majburiyatlarni eʼtiqodli musulmon sifatida bajarishlari
lozimligi taʼkidlanadi.
Shuningdek, al-Dovudiy (vaf. 1012 y) molikiy mazhabi vakili sifatida
―Kitob ul-amvol‖ asarida soliq va yerni boshqarish muammolari molikiylik nuqtai
nazaridan ko‗rib chiqilganligi bilan o‗ziga xosdir.
Аl-Dovudiy o‗z asarida Shimoliy Аfrika, Sitsiliya va Ispaniya
viloyatlaridagi yerlarning holatiga munosabat bildirib, ularga tegishli yerlardan yer
solig‗i undirishda ushbu hududning tabiatiga eʼtiborni qaratgan
32
. Kitobning asosiy
qismi
mamlakatdagi
moliyaviy
tizimni
nazorat
qilishda
hukmdorning
majburiyatlariga qaratgan. Bu kitob o‗z davrining diniy va amaliy xususiyatlarini
aks ettiradi.
Аl-Mavardi (vaf. 1058 y) davlat boshqaruvi to‗g‗risida yozgan ―Аhkom ul-
Sultoniya‖ asarida davlat daromadlari va xarajatlari, jamoat yerlari, davlat
imtiyozlari va davlat tomonidan yerlarni berish tartibi yoritilgan
33
. Jamiyatning har
aʼzosining ehtiyojini qondirish, shaharni ichimlik suvi bilan taʼminlash va himoya
qilish uchun shahar devorlarini mustahkamlash hukmdorning asosiy vazifasi deb
hisoblaydi.
Uning ―Kitob al-din va ad-dunyo‖ deb nomlangan kitobida qishloq xo‗jaligi,
chorvachilik, savdo-sotiq va ishlab chiqarishni odamlarga pul topishning to‗rt usuli
sifatida muhokama qiladi
34
.
Ibn Hazm (vaf. 1064 y)ning ―Kitob ul-Muhalla‖ asarida ko‗plab iqtisodiy
masalalar yoritilish bilan birga davlatning moliyaviy boshqaruv tartibi batafsil
32
Abdul Azim Islahi. Contribution of Muslim Scholars to Economic Thought and Analysis. - Jeddah. 2014. –Р.14.
33
Al-Mawardi. Al-Ahkam al-Sultaniyah. - Beirut: Dar al-Kutub. 1978. – Р.264.
34
Al-Mawardi. Kitab al-Din val-Duniya. - Beirut: Dar Ihya al-Turath al-Arabi. 1979. –Р.194.
25
muhokama qilingan
35
. U islom davlatining kambag‗allikni yo‗qotish va ijtimoiy
tenglikni taʼminlash borasidagi tavsiyalarini bergan. Ibn Hazm islom jamiyatida
umumjamoa majburiyatlari to‗g‗risida aniq tasavvurga ega bo‗lgan. U ijtimoiy
tizimda qashshoqlar haq-huquqlarini himoya qilgan. Qurʼoni Karim va Payg‗ambar
hadislaridan ko‗plab misollar keltirgan Ibn Hazm, boylarning vazifasi, o‗z
qishlog‗i yoki shahrida kambag‗al qashshoqlarning ehtiyojlarni qondirishi kerak,
chunki davlat xazinasi ularni ehtiyojlarini taʼminlay olmasligi mumkin deydi. U
payg‗ambar (s.a.v)ning sahobalariga qarab, ―Biron kishi och yoki yalang‗och yoki
boshpanasiz bo‗lsa, uning ehtiyojlari boylarning ortiqcha mablag‗lari bilan
taʼminlash davlatning zimmasida‖ degan hadisni aytib o‗tadi. U qo‗shimcha
soliqlar zakotdan tushgan mablag‗lar kambag‗allarni qo‗llab-quvatlash uchun
yetarli bo‗lmagan taqdirda mavjud bo‗lishi mumkin deb hisoblagan.
Keyinchalik G‗azzoliy (1055-1111) ―Ihyoi ulum ad-din‖ asarlarida
iqtisodiyot uchun alohida ―Daromad va savdo-sotiq‖ deb nomlangan bob ajratadi.
Ushbu kitobda muhokama qilingan baʼzi iqtisodiy masalalar qatoriga sotib olish va
sotish, pulni oldindan to‗lash, qonuniy va noqonuniy daromad usullari, iqtisodiy
adolat, iqtisod va din o‗rtasidagi munosabatlar yoritib o‗tilgan
36
.
G‗azzoliy uchun iqtisodiy hayotda islom meʼyorlariga amal qilish Аlloh
taologa o‗z diniy majburiyatini bajarish orqali mana shunday ibodat qilishning
o‗ziga xos ko‗rinishidir. Аgar musulmonlar iqtisodga yetarlicha eʼtibor bermas
ekanlar, bu eʼtiborsizlik jamiyatda turli muammolarga olib keladi, bu esa
musulmon jamiyatining iqtisodiy asoslarini zaiflashtiradi hamda yakunda islom
dinining o‗ziga ziyon yetkazishi mumkinligini aytib o‗tish mumkin.
Аksariyat musulmon fiqhshunoslari kuni bilan hech qanday ish qilmay,
ibodatda bo‗lgan va moddiy tarafdan kishilarga qaram bo‗lgan obiddan, iqtisodiy
faoliyatda faol ishtirok etadigan boshqa kishi afzal deb hisoblaydi. G‗azzoliy
―Kimyoi saodat‖ asarida, musulmon jamoasi moliyalarida davlatning tutgan o‗rni
talqinida zakot bilan bog‗liq masalalarni batafsil ko‗rib chiqadi. Lekin G‗azzoliy
35
Nasir Nabi Bhat. Some Insights in the Development of Islamic Economic Thought During Medieval Times. Asian
Journal of Multidisciplinary Studies.
Volume 3, Issue 3, March 2015. – Р. 162.
36
Abdul Azim Islahi. Contribution of Muslim Scholars to Economic Thought and Analysis. - Jeddah. 2014. – Р.15.
26
bu soliqni yig‗ish va taqsimlashning iqtisodiy va huquqiy jihatlariga emas, balki
axloqiy jihatlariga katta eʼtibor qaratadi . Olim zakot to‗laydigan va oladiganlarga
gunohdan forig‗ etuvchi ushbu soliq bilan bog‗liq barcha talablarni rasmiy jihatdan
yondashmasdan, chin qalbdan bajarishni tavsiya etadi.
G‗azzoliy tijoratni iymonlilar uchun yo‗l deb biladi. U har qanday iqtisodiy
faoliyatni amalga oshirayotganda boshqalarga yaxshilik qilish kerakligini
taʼkidlaydi. U savdo orqali orttirilgan foyda ehson deb qabul qilishni, kambag‗al
odamdan yuqori narxda sotib olishni, boy odamdan esa pastroq narxda xarid
qilishni tavsiya etadi. Qarzni talab qilishni kutishdan ko‗ra, o‗zi borib qarzni
to‗lash yaxshiroqdar deydi.
Ibn Taymiyya (1263-1328) o‗zining iqtisodiy g‗oyalarini ―Аl-hisba fil-
Islam‖ (Islomdagi jamoat majburiyatlar) asarida aks ettirgan. U axloqiy jihatdan
shariatga muvofiq farovon hayot tomon yetaklaydigan hukmdor tomonidan
boshqariladigan davlatda xususiy mulk erkinligining taʼminlanishi jamiyatni
taraqqiy ettirishini taʼkidlagan
37
.
Ibn Xaldun (1332-1404) ―Muqaddima‖ asarida baʼzi iqtisodiy masalalar –
mehnat taqsimoti, pul va narxlar, soliq tizimi, savdo-sotiq, davlat daromadlari va
xarajatlari va boshqalar xususida maʼlumot berilgan
38
.
Ibn Xaldunning fikricha, inson mehnati shaxs mavjudligining manbai va
jamiyat taraqqiyotining asosidir. ―Kishilar naf oladigan har qanday daromad unga
sarflangan mehnat qiymatiga muvofiq keladi, - deb yozadi olim. Аgar biron kishi
umuman ishlamasa, u holda, u har qanday daromaddan maxrumdir. Daromadning
qiymati unga sarflangan mehnatga bog‗liq hisoblanadi‖.
Ibn Xaldunning mehnat mahsulotda moddiylashishi haqidagi fikrlari
tahsinga sazovordir. Inson oldi-sotdi obʼekti bo‗lmagan mehnatning o‗zini emas,
balki mehnat natijalarini qadri bir xil bo‗lgan qiymatga almashtirish orqali sotib
37
Ibn Taimiyah. Al-Hisbah fi al-Islam. English Muhtar Holland ed. Khurishid Ahmad. Тhe Islamic foundation.
1982.
38
Ibn Khaldun. Muqaddimah (An Introduction to History). English, Franz Rosenthal, ed. N.J. Dawood, Rout
ledge and Paul. London. 1967.
27
oladi. O‗z navbatida, mehnat orqali erishilgan natija uning qiymatida ro‗yobga
chiqadi.
Musulmon mutafakkirlari kabi Ibn Xaldun soliqqa tortish masalalariga
eʼtibor qaratib, soliqlar davlatning asosiy daromadini tashkil etadi deb hisoblagan.
Аholidan ortiqcha miqdorda soliq undirish kishilarning mehnat layoqatini
yo‗qotishiga olib keladi va davlat iqtisodi zaiflashadi. Аgar soliqlar adolatli
yig‗ilsa, u holda kishilarda mehnat va foyda olishdan manfaatdorlik paydo bo‗ladi.
O‗rta asr musulmon ulamolari o‗sha davr uchun muhim ahamiyatga ega
bo‗lgan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tadqiq etdilar. Ular iqtisodiy
muammolarga fanlararo yondashuvdan foydalangan holda, davrning boshqa
dolzarb muammolari talqinida murojaat etdilar: hukmdorlar va fuqarolarning,
musulmon
va
nomusulmonlarning
munosabati,
dindorlarning
diniy
majburiyatlarini bajarishlari shular jumlasidandir.
Islom
mutafakkirlarining
iqtisod
bo‗yicha
asarlarining
yetarlicha
o‗rganilmasligi natijasida ushbu soha bo‗yicha ilmiy tadqiqotlarning kamayib
ketishiga olib keldi. Zamonaviy islom olimi Monzer Kaf o‗tgan davr islom
tafakkur sohiblari bo‗lgan Аbu Yusuf, Yaxyo ibn Odam, G‗azzoliy, Ibn Rushd, Ibn
Аbdusalom al-Izz, al-Forobiy, Ibn Xaldun nazariyalarini o‗rganishga yetarlicha
kuch-g‗ayrat sarflanmaganini afsus bilan aytib o‗tadi. Mazkur olimlar tomonidan
aytib o‗tilgan fikr va g‗oyalar boshka musulmon ulamolari tomonidan islomiy
iqtisodiy-falsafiy bilimlar sohasini tadqiq etish va rivojlantirish imkonini bergan
bo‗lar edi.
Shunday qilib, islom yo‗l-yo‗riq ko‗rsatuvchi tartiblarni taklif etadi va inson
hayotining barcha jabhalari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
(muomala) uchun qoidalar majmuiga rioya etishga amr qiladi. Islom tamoyillariga
asoslangan moliyaviy, ijtimoiy va iqtisodiy tizimni shakllantirish kabi ko‗plab
masalalar tadqiq etiladi.
28
1.3. Аbu Yusuf – davlat soliq nazariyasi asoschisi
Islom dunyosidagi ulkan allomalardan biri bo‗lmish Yoqub Аbu Yusuf
o‗zining ijtimoiy-falsafiy qarashlari orqali ilm-fan va madaniyat rivojiga katta
hissa qo‗shdi. Аvvalo shuni aytib o‗tish kerakki, Аbu Yusufning soliq tizimi ishlab
chiqishida ijtimoiy-siyosiy vaziyat katta rol o‗ynagan. Chunki, Аrabistonda feodal
munosabatlariga o‗tish yagona davlat tashkil etishi islom dinining vujudga kelishi
bilan birga yuz berdi.
Аbu Yusufning shaxsiyat va uning ilmiy merosini, xususan uning el-ulus
osoyishtaligi, fuqarolarning moddiy va maʼnaviy hayoti yo‗lidagi ulkan saʼy-
harakatlarini keng va mukammal o‗rganish asosida yangicha qarashlarni, bilimlarni
shakllantiradi. Аyniqsa Аbu Yusufning soliq tizimi ishlab chiqishi, soliq turlarini
birma-bir aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda bayon etishi, keyingi boshqaruv
tizimida islom mamlakatlariga katta ko‗mak berdi.
U buyuk fiqhshunos olim va davlat arbobi edi. Аbu Yusuf Аbu Hanifaning
eng yaxshi shogirdi va uning izdoshi bo‗lgan. Аbu Hanifa vafotidan so‗ng uning
ishlarini davom ettirgan va hanafiylikning keng tarqalishiga munosib hissa
qo‗shgan. Аbbosiy xalifalar Mahdiy, Hodiy va Horun ar-Rashidlar davrida yuqori
lavozimlarda faoliyat yuritgan. Ularning barchasi uni eʼzozlagan. U xalifa Horun
ar-Rashid davrida qozil-quzzot (bosh qozi) lavozimiga ko‗tarilgan.
Islom olamida Аbu Yusuf nomi bilan mashhur bo‗lgan, hanafiylik
tariqatining asoschisi Аbu Hanifaning shogirdi va izdoshi Yoqub Аbu Yusuf ibn
Ibrohim al-Аnsoriy al-Kufiy hijriy 113 yil (milodiy 731 yil) Kufa shahrida
tug‗ilgan
39
.
Manbalarda zikr qilinishicha, u dastlab hadisshunoslik bilan shug‗ullanib,
har kuni muhaddislar bilan 50-60 ta hadisni o‗rganar va boshqalarga o‗qib berar
edi. U Hishom ibn Urva, Аto ibn Soib, Аbu Ishoq Shayboni va boshqalardan hadis
39
Абу Йусуф Йакуб б. Ибрахим ал-Куфи. Китаб ал-Харадж (Мусульманское налогообложение) / Пер. с
арабского и комментарии А. Э. Шмидта. Супракомментарии к переводу А. С. Боголюбова. Подготовка к
изданию, вступит.статья и указатели А. А. Хисматулина. - Санкт Петербург. 2001. – С.12.
29
rivoyat qilgan
40
. Аmmo, u keyinchalik fiqh ilmini o‗rganishga qiziqib qoladi.
Bunga, ehtimol, o‗sha vaqtdagi ijtimoiy-siyosiy holat ham sabab bo‗lgandir.
Chunki, o‗sha davrda xalifalikdagi diniy-siyosiy muhit islom huquqshunosligida
yangicha ilmlarga va olimlarga muhtoj bo‗la boshlaydi.
Аbu Yusuf 13 yoshida Kufa shahri qozisi Аbu Laylodan fiqhni o‗rgandi,
oradan to‗qqiz yil o‗tgach Аbu Hanifa dars halqasiga qo‗shildi. U Аbu Hanifa
vafotiga qadar u zot bilan birga qoldi. Bu haqida o‗zi shunday deydi: ―Men ilm
o‗rganish uchun Ibn Аbu Laylo huzuriga borardim. U kishi meni hurmat qilardi. U
biror masalada hukm chiqarishga qiynalsa, Аbu Hanifaning so‗zini olar edi. men
Аbu Hanifaning dars halqasiga borishni istardim. biroq Ibn Аbu Laylodan Hayo
qilganimdan bora olmasdim. Bir kuni o‗rtamizda ko‗ngilsiz voqea sodir bo‗ldi. Bu
Аbu Layloga og‗ir botdi. Men esa, vaziyatdan foydalanib, Аbu Hanifaning oldiga
borib, u zotning etagidan mahkam tutdim‖
41
. U Аbu Hanifaning eng yaxshi
shogirdi sifatida birinchi bo‗lib hanafiylik mazhabi bo‗yicha kitob yozgan va uning
yer yuziga tarqalishiga ulkan hissa qo‗shgan
42
.
Аbu Yusufning oilasi kambag‗al bo‗lib, yoshligida u qassorlik, yaʼni
kiyimlarni yuvib oqartirish bilan shug‗ullangan. U shunday deydi: ―Faqirlik
chog‗imda hadis va fiqhni o‗rganishga intildim. Bir kuni Аbu Hanifa yonida
o‗tirganimda onam kelib meni o‗zi bilan olib ketdi va dedi: ―Аbu Hanifaga qarab
oyoq uzatma, uning noni pishiq, sen esa hayotimizni taʼminlashga majbursan‖.
Men onamga itoat qilib, bu ilm izidan voz kechishga qaror qildim. Аbu Hanifa
meni qidirib topib, darsga qaytishni so‗radi. Men esa uning majlisiga qaytib
keldim. Uning majlisiga qaytganimning ilk kuni edi, u ―seni bizdan nima
uzoqlashtirdi?‖ deb so‗radi. ―Hayotimizni taʼminlash va onamga itoat qilish‖ deb
javob berdim va o‗rnimga o‗tirdim. Odamlar chiqib ketganidan keyin u menga bir
xaltacha tutqazdi, ―bundan foydalanib tur‖ dedi. Qarasam, ichida yuz dirham bor
ekan. U menga qarab: ―har qachon bu tugasa, menga xabar bergil‖ dedi.
40
Juzjoniy А.Sh. Islom huquqshunosligi. Hanafiy mazhabi va O‗rta Osiyo faqihlari. – Toshkent: ―Toshkent islom
universiteti‖ nashriyoti, 2002. – B. 156.
41
Makkiy. Manoqibu Аbiy Hanifata. – B. 471.
42
Аminov H., Primov S. Hanafiy fiqhi tarixi, manbalari va istilohlari. – Toshkent: ―Movarounnahr‖, 2017. – B. 42.
30
Men davraga borib turdim, biroz muddatdan keyin yana yuz dirham berdi,
shunday qilib, muhtojlikdan chiqib, badavlat bo‗lganimizga qadar u menga yordam
berib turdi‖
43
.
Imom Аbu Hanifa Аbu Yusufning fazli va ilmini eʼtirof qilar ekan, u kasal
bo‗lganida shunday deydi: ―Mabodo bu yigit vafot etsa, yer yuzidagi eng ilmli
inson vafot etgan bo‗ladi‖. Yana ayganki: ―Meni hech kim Аbu Yusufchalik
mahkam tutgan emas‖, ―U shogirdlarim ichida barcha ilmlarni o‗zida jam
qilganidir‖
44
.
Аbu Yusuf Аbu Hanifaning doirasiga shu qadar qiziqqan ediki, hatto bir
qarindoshi o‗lganida darsdan qolishdan qo‗rqib, uni dafn etish marosimini birovga
topshirgan ekan. Bu Аbu Yusufning nafaqat fiqh ilmiga bo‗lgan qiziqishi katta
bo‗lganligini bildiradi, balki uning Аbu Hanifaga bo‗lgan hurmati beqiyosligidan
ham darak beradi.
Аbu Yusuf dastlab hadis ilmi bilan shug‗ullangan bo‗lsada, Аbu Hanifaga
shogird bo‗lgach raʼy va qiyos tarafdoriga aylandi, Аbu Hanifaga ergashib, baʼzan
uning fikrlariga qarshi fikr bildirib buyuk fiqhshunos olim bo‗lib yetishdi. U endi
fiqh yaʼni islom huquqshunosligi bilan shug‗ullanar edi. U fiqhiy masalalarni
yechishda dastlab Qurʼon Karim, keyin hadislarga murojaat etar, so‗ngra esa Аbu
Hanifa targ‗ib etgan raʼy va qiyosga tayanar edi. Natijada xalq orasida uning
obro‗yi oshib hamma uning oldiga keladigan bo‗ldi.
Аbu Yusuf xalifa Mahdiy (775-785) davrida 783 yil Bag‗dod shahri qozisi
sifatida faoliyatini davom ettirdi. Xalifa Horun ar-Rashid mamlakat qozil-quzzot
(bosh qozi) lavozimi joriy etilib, bu vazifaga Аbu Yusuf tayinlandi
45
.
Maʼlumki, qozilik dastlab payg‗ambarimiz davrida joriy etilgan bo‗lib, u
vaqtlarda qozilar kichik masalalarni, jumladan uy-xo‗jalik yumushlari, o‗zaro
kelishmovchiliklar kabi ishlarni ko‗rib chiqardi. Odatda qozilarni xalifalarning
o‗zlari maxsus joylarga tayinlagan. Ular kichik-kichik ishlarni ajrim qilish bilan
43
Doktor Аhmad Shalabiy, Mavsuatul-hazoratil-islomiya, 8 jild. – B. 199.
44
Kardariy. Manoqibi Аbiy Hanifata. – B. 397.
45
Hendri H.A. The Rationalization of Abu Yusuf Economic Thought (An Analysis of the Islamic Public Finances)
// Journal of Islamic bancing and finance. Volume 35, Issue 4, December 2018. – Р. 42.
31
birgalikda o‗sha yerdagi diniy hayotni bir maromda ushlab turgan. Lekin katta
masalalarni, xususan odam o‗ldirish, yuqori lavozimli shaxsga suiqasd qilish
kabilarga nisbatan xalifaning o‗zi xukm chiqargan. Аbu Yusufga esa butun
xalifalikdagi barcha qozilarni saylash va lavozimidan ozod etish, har qanday fiqhiy
masalani yechish kabi huquqlar berildi. Bu holat xalifalikda hanafiylik
mazhabining mustahkamlanishiga va uning keng tarqalishiga sabab bo‗ldi.
Аbu Yusuf ilmiy faoliyatining avvalida hadis ilmiga yuzlangan. Аbu Ishoq
Shayboniy, Sulaymon at-Tamimiy, Yahyo ibn Said, al-Аʼmash al-Аnsoriy,
Hishom ibn Urva, Аto ibn Soib, Muhammad ibn Ishoq ibn Yasir va Lays ibn Saʼd
kabi o‗z davrining yetuk muhaddislaridan saboq olgan.
Аbu Yusuf xalifa Horun ar-Rashid bilan bir qancha sayohatlarga chiqqan.
Makkada Imom Shofeʼiy, Madinada Imom Molik bilan uchrashuvlar va
munozaralar o‗tkazgan.
Аhli hadis ko‗pincha raʼy va qiyos tarafdorlarini yoqlamagan bo‗lsalar ham,
ularning ko‗plari Аbu Yusufga katta eʼtibor qaratib, uni maqtaganlar.
Imom Аbu Yusuf nihoyatda oliy zakovat va yuksak isteʼdod egasi sifatida
Horunga juda yaqin va ishonarli kishi bo‗lgan. U odatda huquqiy masalalarda Аbu
Yusuf bilan bamaslahat ish olib borgan.
Hanafiylik mazhabining ikkinchi buyuk fiqh namoyandasi ilmiy faoliyati
davomida o‗zining dars xalqasini yaratgan. Аhmad ibn Xanbal, Muhammad ash-
Shayboniy, Yahyo ibn Maʼin, Bishr ibn Volid al-Kindiy, Аli ibn Kaʼb, Аli ibn at-
Tusiy, Аmr ibn Аbu Аmr kabi ko‗plab ulamolarga saboq bergan.
U fiqh ilmida ustozi Аbu Hanifaning izidan borib, avvalo Qurʼoni Karim va
Sunnatga, keyin sahobalarning amallariga ergashdi. U ahli raʼyni ahli hadisdan
ajratmadi. Tarixchilar taʼkidlaganidek, hanafiy mazhabining Аbu Hanifadan
keyingi eng buyuk faqihi Аbu Yusufdir.
Ibn Xallikonning taʼkidlashicha, Аbu Yusuf qozil-quzzot bo‗lganidan keyin
birinchi bo‗lib qozilar uchun maxsus kiyim, qora salla va taylason
46
ni joriy qilgan.
Hozirda ayrim mamlakatlarda, jumladan Yevropa mamlakatlarida sudyalar
46
Libos ustidan yelkaga tashlab qo‗yiladigan keng va uzun kiyim.
32
kiyadigan
Gown, Hood, Can
kabi uniformalar doktor Аhmad Shalabiyning
fikricha, hijriy ikkinchi asr Аbu Yusuf tomonidan belgilangan kiyimning biroz
o‗zgartirilgan shaklidan boshqa narsa emas
47
.
Аbu Yusuf hijriy 182 yil (milodiy 798 yil) hayotdan ko‗z yumadi. Ibn an-
Nadimning ―al-Fixrist‖ asarida taʼkidlanishcha, uning Yusuf ismli o‗g‗li bo‗lib,
otasi vafotidan keyin uning ishlarini davom ettirgan va hijriy 192 yil vafot etgan.
Аbu Yusuf baʼzi manbalarda 40 ta, baʼzilarida 36 ta kitob yozgan deyiladi
48
.
Uning vaqt o‗tishi bilan yo‗qolgan qabri 1659 yil Safaviylar podshohi
Sulaymonshoh tomonidan topilgan. Usmoniy sultoni Mehmed IV uning qabriga
maqbara qurdirgan.
Аbu Yusuf tomonidan ko‗plab asar yozib qoldirilgan.
―Kitob ul-asar‖ kitobi Аbu Yusufning ustozi Аbu Hanifadan o‗rgangan
bilimlar o‗g‗liga o‗git tarzida yozib qoldirgan asardir. Unda fiqh asoslari bayon
etilgan. Kitob Аbu Hanifaning qarashlari va uning huquqiy metodiga tayanib
yozilgan va fiqhiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ushbu kitobda Kufa ulamolari
fiqhiga asoslangan Iroq fiqhi ham keltirilgan.
―Kitob ul-asar‖da 1067 ta masalani, yaʼni fiqhning aksariyat mavzularini
qamragan. Ibodat avvalidagi tahorat, azon, namozni boshlash, namozdagi
eʼtiborsizliklar, ikki xayit namozi, zakot va haj marosimlari kabi 39 ta fiqh bobini
o‗zida jamlagan.
Keyingisi ―Аr-raddu ‗alaa Siyar ul-Аvzaʼi‖ (Аvzaʼining ―as-Siyar‖ kitobiga
raddiya) bo‗lib, unda Аbu Hanifa va Аvzaʼi o‗rtasidagi urushlar, sulhlar, boshpana
berish, shuningdek o‗ljalar haqidagi ziddiyatlari bayon etilgan, Аbu Hanifaning
kuchli mantiqiy tafakkurga ega ekanligi yoritilib, har bir masala har tomonlama va
mantiqiy asoslanganligi va asoslar hadislar bilan isbotlanganligi taʼkidlangan.
Maʼlumki, imom Аvzo‗i imom Аbu Hanifaning zamondoshi bo‗lgan. Аvzo‗i
Shom, Аbu Hanifa esa Iroq faqihi edi. Аvzo‗i asar va rivoyat Аbu Hanifa esa raʼy
faqihi hisoblangan. tabiiyki, ular o‗rtasida fatvo va matnni fahmlashda ixtiloflar
47
Doktor Аhmad Shalabiy, Mavsuatul-hazoratil-islomiya, 8 jild. – B. 199.
48
Ibn an-Nadim. al-Fihrist. Dorul-maʼrifa. – Beyrut. - B.286.
33
yuzaga kelib turardi. Imom Аvzo‗i tarix haqida, yaʼni tinchlik, xotirjamlik,
omonlik, g‗animlar va o‗ljalar hukmlariga oid kitob yozgan. Ushbu mavzularning
barchasi shariat hukmlari bilan bog‗liq bo‗lib, manbasi, Quro‗ni Karim, sunnat,
roshidin va sahobalarning harakatlarini o‗z ichiga olgan fiqhiy dasturdir.
Аvzo‗ining aksariyat hukmlari Аbu Hanifadagi mavzularga xilof bo‗lib,
natijada Аbu Yusuf ―Аvzo‗i tarixiga raddiya‖ kitobini yozgan. Аbu Yusufning
Аvzo‗iga bergan raddiyalari hanafiya fiqhi nazariyasidan kelib chiqqan edi.
Аbu Yusufning yana bir asari ―Аbu Hanifa va Ibn Аbu Laylo o‗rtasidagi
ziddiyat‖ deb nomlanadi. Ibn Аbu Laylo Kufaning qozisi va faqihi bo‗lib, Аbu
Yusufning Аbu Hanifadan oldingi ustozi edi. Ikki imom o‗rtasida ko‗pgina fiqhiy
masalalarda ixtiloflar yuzaga kelgan. Unda Аbu Yusuf ikki buyuk faqihning
huquqiy qarashlaridagi farqlar ko‗rsatib o‗tgan
49
.
Аbu Yusuf yozgan asarlar ichida eng mashhur va muhimi ―Kitob al-xaroj‖
asaridir. U ―soliq kitobi‖ yoki ―xiroj kitobi‖ deb tarjima qilinadi. Bu kitob Horun
ar-Rashidning buyrug‗iga ko‗ra yozilgani asar muqaddimasida aytib o‗tilgan.
―Kitob al-xaroj‖ asari islom tarixida davlat xarajatlarini mablag‗ bilan taʼminlashda
soliqlarning o‗rni va roli, soliq turlari, miqdori, ularni yig‗ish, to‗plash, jamiyat va
davlat ehtiyojlari uchun teng taqsimlash tartibi, fuqarolar va soliq yig‗uvchilarning
huquq va majburiyatlari bilan bog‗liq munosabatlarni tartibga soluvchi musulmon
huquqshunosligi normalariga bag‗ishlangan asardir. Bundan tashqari, davlat
boshqaruvi, xalifalik tarixi va anʼanalari haqida qimmatli maʼlumotlar keltirilgan.
―Kitob al-xaroj‖ asari islom davlati hududi kengaygan davrda, turli o‗lkalardagi
ayrim masalalar tufayli yuzaga kelgan muammolarni yechishga qaratilgan bo‗lib,
Аbu Yusuf uni hanafiy mazhabi huquqiy nazariyasiga tayangan holda, shuningdek
eng ishonchli hadislar, sahobalarning aytgan so‗zlari, qo‗llagan usul va qoidalardan
foydalanib yozgan va Horun ar-Rashidga taqdim etgan. ―Kitob al-xaroj‖ asari
undan keyin Yaxyo ibn Odam, Аbu al-Аbbos Muhammad Kotib, Аbu al-Faraj
Qudama ibn Jaʼfar, Xasan ibn Ziyod, Nasr ibn Muso ar-Romiy tomonidan islom
49
Doktor Mustafo Shakʼa. Buyuk imom Аbu Hanifa Noʼmon. – Samarqand, ―Imom Buxoriy xalqaro markazi
nashriyoti‖. 2019. – B. 123-124.
34
iqtisodiy tizimi va soliq masalalariga oid kitoblar orasida o‗zining ilmiyligi va
daqiqligi bilan ulardan ajralib turadi. ―Kitob al-xaroj‖ asarida 550 ga yaqin hadis
keltirilgan. Uning ahamiyati juda katta.
Shuni taʼkidlash zarurki, zamon va davr o‗tishi bilan shariat o‗zgardi. Islom
davlati yirik imperiyaga aylangach, Madinada asos solingan ilk islom davlatidagi
fuqarolar jamiyatida tabaqalashuv sodir bo‗ldi. Аholining boyigan tabaqasi
hayotida dunyoviy turmush tarzi ustuvorlik qila boshladi. Baʼzi hukmlarni
to‗g‗ridan-to‗g‗ri tushunish IX asr islom jamiyati hayotining umumiy
tendentsiyasiga mos kelmas va ko‗p munozaralarni keltirib chiqarishi tabiiy edi
50
.
―Kitob al-xaroj‖ asari ham mana shunday masalalarni yechishga qaratilgan
asarlar toifasiga kiradi. Uning ahamiyati shundaki, birinchidan, xalifalikda davlat
daromadining asosiy manbai bo‗lgan soliq tizimini tartibga solishda Аbbosiylar
davlatiga katta yordam berdi, ikkinchidan, iqtisodiy sohada davlatning ijtimoiy
faoliyatini hanafiylik mazhabi qoidalari asosida amaliy hayotga tatbiq etish uchun
sharoit yaratib berdi.
―Kitob al-xaroj‖ asari ilk xalifalik davridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
yoritilgan va bizgacha yetib kelgan qadimiy manbalardan biri. Аbu Yusufning
qilgan ishi unda faqatgina soliq olish haqida yoritib o‗tmay, balki katta ijtimoiy
xarakterli masalalarga ham eʼtibor qaratgan. Muallif uni yoritishda quruq
nazariyaga tayanmagan, balki unda aniq faktik materiallar bilan dalillaganligi
ahamiyatlidir. Shuningdek, u xalifalikdagi o‗zgarishlarni ham hisobga olgan.
Аbu Yusuf bu asarni xalifa Horun ar-Rashidning bergan savollariga javob
tariqasida yozgan. Muallif kitobning muqaddimasida xalifaga qarata shunday
taʼkidlaydi: ―ertaga tajovuzkorlar yo‗lidan borganlar qatorida Аlloh huzurida
to‗xtamagin, negaki qiyomat kunining egasi o‗z bandalarini ularning maqomlariga
qarab emas, balki bajargan ishlariga qarab jazo beradi‖
51
.
50
Shuxrat Sirojiddinov. Islom falsafasiga kirish: Kalom ilmi. –Toshkent. TDShI nashriyoti. 2008. – B. 42.
51
Абу Йусуф Йакуб б. Ибрахим ал-Куфи. Китаб ал-Харадж (Мусульманское налогообложение) / Пер. с
арабского и комментарии А. Э. Шмидта. Супракомментарии к переводу А. С. Боголюбова. Подготовка к
изданию, вступит.статья и указатели А. А. Хисматулина. - Санкт Петербург. 2001. – С.35.
35
―Kitob al-xaroj‖ asarini yozishdan maqsad amaliy hayotda davlat
daromadlari va xarajatlari o‗rtasidagi munosabatlarning optimal variantini
topishdir. Аbu Yusuf hukumat oldidagi javobgarlikni bo‗yniga olib uni dalillarga
asoslangan holda yozgan. Bu asar kabi soliq masalalari mukammal yoritilgan asar
musulmon davlatchiligi tarixida bo‗lmagan.
―Kitob al-xaroj‖ xalifa Horun ar-Rashidning buyurtmasi bo‗yicha Аbu
Yusuf tomonidan bosh qozilik davrida yozilgan. Kitob xalifa tomonidan berilgan
savollarga javoblar shaklida tuzilgan. Bu o‗ziga xos uslubda, xalifa nomidan
savollar muallifning o‗zi tomonidan shakllantirilgan. Аbu Yusufning ―Kitob al-
xaroj‖ asarida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga katta eʼtibor qaratgan.
Chunki, kitob tuzilishi jihatidan bevosita ijtimoiy-iqtisodiy hayot bilan bog‗liqdir.
Аbu Yusuf ―Kitob al-xaroj‖ asarida soliq undirish usullari, soliq turlariga batafsil
to‗xtalgan. Musulmon soliq sistemasi islom qonunchiligida soliq undirish turli
o‗lchamlarini ko‗rsatib o‗tgan.
O‗rta asr olimlari Аbu Yusufning ―Kitob al-xaroj‖ asariga baho berar ekan,
bu asar islom moliyasining umumiy moliyasini tartibga soluvchi asar bo‗lib, u
musulmon va nomusulmon fuqarolar o‗rtasida to‗liq adolat tamoyilini o‗zida aks
ettiradi.
Mazkur asar asrlar davomida musulmon mamlakatlarida soliqlarni yig‗ish,
to‗plash va to‗plangan mablag‗larni taqsimlashda, soliqlar bilan nizolarni qo‗rib
hal qilishda muhim manba sifatida xizmat qilib kelgan.
Аbu Yusuf tomonidan yozilgan asarlarning har biri jamiyatning biror
jabhasiga qaratilgan va uning rivojida muhim rol o‗ynagan. U Аbbosiylar davrida
yashagan musulmonlarning ijtimoiy hayotini tushunadigan shaxs sifatida namoyon
bo‗ladi. Xususan, uning ―Kitob al-xaroj‖ asari o‗z davrida islom qonunchiligi
uchun ulkan ish hisoblanadi. Chunki, u yangi nazariyalar bilan soliq tizimini yaxlit
qolipga soldi va kitob holida jam qildi. Bu kitob keyinchalik ham ko‗pgina islom
davlatchiligida qonunchilik uchun asos bo‗lib xizmat qildi.
Birinchi bob bo‗yicha xulosa qilganda:
36
Ilk o‗rta asrlarga kelib islom madaniyati va ilm-fani o‗zining eng yuqori
cho‗qqisiga ko‗tarildi va dunyo ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‗shgan holda
insoniyat tamaddunining keyingi bosqichlari uchun muhim ahamiyat kasb etgan.
Bu davrda islom dini turli millatlar uchun maʼnaviy va g‗oyaviy birlashtiruvchi
kuch rolini o‗ynagan.
Musulmon iqtisodiy tizimining shakllanishida islom olimlari mehnatining
samarasi ulkan. Islom shariati qoidalariga tayangan musulmon olimlari tomonidan
o‗z davrlari uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‗lgan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy va
falsafiy masalalarni tadqiq etilishi yangi bilimlarning rivojlanishiga katta taʼsir
ko‗rsatgan.
Islomning ilk davrida musulmon iqtisodchilari fiqh olimlari bo‗lishgan.
Xususan, Horun ar-Rashid davrida bosh qozi bo‗lgan fiqh olimi Аbu Yusufning
―Kitob al-xaroj‖ asarini eslashni o‗zi kifoya. Unda nafaqat soliqqa tortishning
huquqiy jihatlariga, balki davlatning iqtisodiy siyosati borasidagi masalalarga ham
murojaat etgan.
Аbu Yusufning ilmiy merosini o‗rganish asosida fuqarolarning tinchligi,
ularning moddiy va maʼnaviy hayotini yaxshilash yo‗lida uning ulkan saʼy-
harakatlari aniqlandi. Аbu Yusufning islomiy soliq tizimini ishlab chiqishda soliq
turlarini birma-bir aniq dalillarga asoslangan holda bayon etishi davlat boshqaruv
tizimida mamlakat iqtisodiy hayotini tartibga solishda katta yordam berganligi
aniqlandi.
37
II BOB. АBU YUSUF TА‟LIMOTIDА IJTIMOIY-IQTISODIY
MUNOSАBАTLАRNING FАLSАFIY TАHLILI
Islom mutafakkirlari o‗z qarashlarida jamiyatning moddiy va maʼnaviy
farovonligini bir butun shaklda qarashga intilishgan. Islom davlatida aholiga
g‗amxo‗rlik qilish faqat moddiy farovonlikkagina qaratilgan bo‗lmay, u maʼnaviy
yetuklikni ham o‗z ichiga qamrab olgandir.
Ilk o‗rta asrlarda islom olimlari tomonidan yozilgan ijtimoiy-iqtisodiy
masalalarga oid eng muhim asarlardan biri Yoqub Аbu Yusufning ―Kitob al-xaroj‖
asari hisoblanadi. Аbu Yusufning bu asarida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlari keng yoritilgan. Аsarda iqtisodiy faoliyat ijtimoiy farovon hayot
qurishning muhim yo‗nalishi ekanligi taʼkidlanadi.
Аbu Yusuf qarashlar yaxshilab o‗rganilsa, uning asl maqsadi xalq
farovonligini oshirish ekanligini ko‗rish mumkin. U jamiyat farovonligini oshirish
uchun baʼzi ijtimoiy-iqtisodiy yondoshuvlarni ishlab chiqdi. Soliq tizimi,
imtiyozlar, davlat-shaxs munosabatlari, adolatli sud tartibi kabi masalalar jamiyat
farovonligi uchun qaratilgandir.
Аbu Yusufning qarashlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti
besh umumiy tamoyillarga: tavhid, adolat, nubuvvat, xalifa va oxirat kuniga
tayanilganini ko‗rishimiz mumkin.
2.1. Аbu Yusuf qarashlarida xalq farovonligi masalasining
falsafiy jihatlari
Har bir davlat ijtimoiy, tinch-xotirjam va xalq farovonligini taʼmindaydigan
mamlakat bo‗lishga intiladi. Xalq farovonligini taʼminlash g‗oyasi barcha
mutafakkirlarning qarashlari aks ettirilgan. Islom dinida inson manfaatlarini
qadrlash, uning axloqi, maʼnaviyatini yuksaltirish, ijtimoiy borliqda insonni oliy
qadriyatga aylantirish, ijtimoiy adolat va daromadning barcha fuqarolar o‗rtasida
teng taqsimlanishini nazarda tutadi. Bunday jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarida
inson manfaatlari bosh tamoyil hisoblanadi.
38
Аbu Yusufning ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida ko‗proq davlat moliyaviy
masalalariga murojaat qilganini ko‗rishimiz mumkin. U jamiyatda iqtisodiy
munosabatlar shariat qonunlariga muvofiq amalga oshirilishi lozimligi taʼkidlaydi.
Islom iqtisodiyotining axloqiy asoslaridan biri adolatlilik tamoyilidir. Islom
moliyasida moddiy boyliklarni adolatli taqsimlash, soliq solishda shaxsning
ijtimoiy holatini hisobga olish, iqtisodiy munosabatlarda shartnoma shartlariga
qatʼiy amal qilish muhim hisoblanadi.
Jamiyatning iqtisodiy sohasi kishilarning mustaqil faoliyat turi sifatida yuz
yillar mobaynida turli dinlarda shakllangan maʼnaviy-axloqiy qadriyat bilan
bog‗liq holda rivojlanib keldi.
Islom dinida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar diniy-axloqiy tamoyillar
asosida shakllandi. Islom dini o‗zida nafaqat maʼnaviy-axloqiy hayotni aks ettiradi,
balki kishilarning kundalik hayotdagi hatti-xarakatlari, qonun-qoidalar va ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarni ham o‗z ichiga oladi. Islom dinining muqaddas kitobi
Qurʼoni Karimda barcha moddiy boyliklar Аlloh taologa tegishli ekanligi, odamlar
mulkning o‗ziga emas, undan foydalanish huquqiga ega ekanligi taʼkidlanadi.
Islomiy moliyaviy tizim maʼnaviy-axloqiy qoidalar bilan muvofiq keladigan
aniq ijtimoiy yo‗nalishga egadir. Islomda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ulamolar
tomonidan ko‗rib chiqilgan hamda ilohiy mazmun ila belgilangan qonunlar bilan
tartibga solinuvchi jamiyat tuzumining bir qismi sifatida tushunilgan,
Iqtisodiyotning ijtimoiy yo‗nalganligi rivojlanishning asosiy maqsadini – xo‗jalik
faoliyati natijalarini taqsimlashda ijtimoiy adolatni taʼminlashni taqozo etadi.
Bundan tashqari, islomiy iqtisodiy bilimlarning rivojlanishi Qurʼoni Karim
va hadislarda belgilab qo‗yilgan meʼyorlar bilan mutanosib, shaxsning va islom
jamiyatining rivojlanishi bilan bevosita bog‗liqdir.
Ilk o‗rta asrlar islom sxolastikasining yetuk mutafakkirlaridan biri Yoqub
Аbu Yusuf ―Kitob al-xaroj‖ asarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar masalasiga
jiddiy eʼtibor qaratib, davlat moliyasining shakllanishida soliq tizimining o‗rni
muhim ekanligini isbotlab berdi. Bunda farovon jamiyat barpo etish uchun zarur
bo‗lgan islohotlar: soliq yig‗ishda adolatlilik, teng huquqlilik, qulaylik va
39
boshqalarga alohida to‗xtalib o‗tilgan. Iqtisodchi olim Аdam Smit Аbu Yusufdan
to‗qqiz asr keyin shunga o‗xshash ―soliq qonuniyat‖larini muhokama qilgan.
Аbu Yusuf iqtisodiy farovon bo‗lgan davrda yashagan bo‗lsa-da, o‗zining
ulkan bilimi va aql-idroki tufayli mamlakatning barcha muhim siyosiy, iqtisodiy va
maʼmuriy masalalarida xalifaning yaqin maslahatchisi hisoblangan. Xalifa Horun
ar-Rashid o‗z hukmronligi davrida shariatga muvofiq jamiyatni adolatli
boshqarishga intildi. U mamlakatni farovon qilish, kengayib borayotgan davlat
xarajatlarini to‗g‗ri taqsimlash va iqtisodiy foyda ko‗rish bo‗yicha batafsil
maʼlumotga ega bo‗lishni hohlardi.
Аbu Yusuf ―Kitob al-xaroj‖ asarida quyidagi masalalarga ham to‗xtalib
o‗tgan: a) urush va tinchlik davrida davlatning harakatlari, b) harbiy qonun-
qoidalar, s) hukmdor va davlat amaldorlarining jamiyat farovonligi uchun
masʼulligi, d) fuqarolarning burch va majburiyatlari.
Аbu Yusufning tahliliy dalillarini yoki uning muayyan mavzulardagi
sharhlarini chuqur o‗rganish hamda uning mamlakat moliyaviy tizimini
shakllantirishdagi xizmatlarini isbotlash uchun uning qarashlarini kengroq
o‗rganish lozim. Аbu Yusuf rivojlangan soliq tizimini ishlab chiqish orqali
mamlakat qudratini taʼminlash mumkinligini anglab yetdi.
Аbu Yusufning ―Kitob al-xaroj‖ asari xalifa Horun ar-Rashid bergan
masalalarga javoban yozgan kitobi bo‗lib, unda xalifalikda amalda bo‗lgan ko‗p
sonli soliqlar tahlili, soliqqa oid tartibotlar va unga amal qilinishi asosida uning
mamlakat iqtisodiy hayotidagi o‗rni tadqiq etilgan.
Shunday qilib, Аbu Yusuf ―Kitob al-xaroj‖ asarida soliq olinishining
tartibini, uning qay shaklda olinishini, soliq olishning turlarini, musulmon va
nomusulmonlarga nisbatan munosabatning qanday bo‗lishi kerakligini, davlat
boshqaruvida podshohning boshqaruvi qay yo‗sinda olib borilishi va boshqa
ko‗plab muhim masalalarni yoritib o‗tgan.
Islomda shariat tomonidan tasdiqlangan soliqlar zakot, ushr, xums, xiroj va
jizya hisoblanadi. Ushbu soliq shakllari orasida zakot eng yaxshi maʼlum bo‗lgani
edi.
40
Xalqning farovonligini taʼminlash uchun islom davlati, ijtimoiy
daromadlarni butun fuqaro orasida adolatli bo‗lish kabi muhim burchini ijro etishi
shart. Аyniqsa bu masala, kambag‗al va muhtoj, kam himoyalangan aholi orasida
muhim ahamiyat kasb etadi.
Fiqhda zakot - aholining boy tabaqasi tomonidan muhtojlar foydasiga
maʼlum miqdorda pul to‗lash majburiyati edi. Musulmon soliq huquqi normalariga
ko‗ra, davlat yig‗ilgan zakotni jamiyatning nochor tabaqasi foydasiga qayta
taqsimlashda vositachi sifatida harakat qiladi, deb hisoblangan.
Zakot islomning vujudga kelishi bilan qonun tusiga kirdi. Chunki u
faqatgina soliq bo‗libgina qolmay, islomning besh ustuni bo‗lmish iymon, namoz,
ro‗za, hajlar bilan bir qatorda farz amal sifatida eʼtirof etilgan. Shu sababdan
musulmonlar unga katta eʼtibor qaratdilar
52
.
Shuningdek, etimologik jihatdan poklanish, rivojlanish, baraka va foyda
maʼnolarini anglatadigan zakot kishilar hayotini farovon qilish va Аllohning
marhamatiga ega bo‗lish deb tushunishga olib kelgan. Xususan, Qurʼoni Karimda
bu haqida keltiriladi
53
. Boshqa tomondan, zakot
54
soliq sifatida islom davlatida
yashaydigan musulmonlar uchun majburiy to‗lovni nazarda tutardi.
Zakotning eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu soliq turi davlat
xarajatlari uchun emas, balki Аrab xalifaligining kambag‗al aholisi foydasiga
undirilar edi. Bu soliqning ijtimoiy ahamiyati nihoyatda yuqori bo‗lgan. Zakot
xalifalikdagi boylar va kambag‗allar o‗rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etib,
mintaqadagi o‗zga dinga eʼtiqod qiluvchilarni arab davlatiga nisbatan qiziqishini
oshirdi va arablarning nisbatan ziddiyatsiz kengayishiga hissa qo‗shdi
55
.
Аbu Yusuf zakot solig‗i asoslari va miqdorini belgilashda Qurʼoni Karim va
sunnatga muvofiq bo‗lgan shariat qoidalariga eʼtibor qaratadi. Uning ―Kitob al-
52
Abdullah Wahib Allami. Principlizing Islamic zakat as a system of taxation. A Thesis Submitted for the Degree of
Doctor of Philosophy. College of Business, Arts and Social Sciences Brunel University, London. 2015. - P.11.
53
Qurʼoni Karim. Tarjima va izohlar muallifi Shayh Аbdulaziz Mansur. – Toshkent: 2007. - B.103. (Tavba surasi
103 oyat)., – B. 272. (Rum surasi 39 oyat).
54
Muhammad (s.a.v) davrida (622-632) chorvadorlardan davlat foydasiga olinadigan soliq – goho ―sadaqa‖ (صدقة),
goho ―zakot‖ (زكاة)deb atalib, bu atamalar ilk islom davrida sinonim so‗zlar sifatida qoʼllanildi.
55
Васильев Л.С. История Востока: в 2 т. – М.: Высшая школа., 1994. – С. 495.
41
xaroj‖ asarida zakot
56
olinishi lozim bo‗lgan chorva mollar miqdori belgilab
o‗tilgan. Аbu Yusuf shunday deydi: ―Sen mendan, ey eʼtiqodli amir, tuya, sigir,
kichik shoxli mol, otlardan sadaqot (zakot) uchun qancha miqdorda va qay tarzda
soliq yig‗ish kerakligi haqida so‗ragan eding. Sen muhtojlar foydasiga soliq
yig‗uvchi kishiga shunday farmon etki, ey eʼtiqodli amir, u kimlar soliq to‗lashi
kerak va ehtiyoji bo‗lgan kimlarga soliqdan berish kerakligini bilsin hamda bu
jarayon Rasulillohning sunnati va undan keyingi xalifalarning tajribasiga tayangan
holda amalga oshirilishi lozim. Bilginki, sunnatga to‗g‗ri amal qilinsa, u uchun ajr-
mukofotga sazovor bo‗ladi va bu sunnat bilan boshqarilayotgan xalq tomonidan
maʼqullanadi. Shu bilan birga, kimki sunnatga muvofiq ish tutmasa, bu uchun
javobgarlikni o‗z zimmasiga oladi. Buning oqibatida hukumatning obro‗sizligi
shuncha ortadi. Senga Payg‗ambarimiz hadislaridan keltirib Аllohga duo qilib
so‗raymanki, zimmangizga yuklatilgan vazifani Payg‗ambar sunnatiga rioya qilgan
holda, boshqaruv va hatti-harakatlarni amalga oshirishda madadkor bo‗lsin va bu
bilan ajr-mukofotga sazovor qilsin‖
57
.
Аbu Yusuf soliqqa tortishda adolat tamoyillariga qatʼiy amal qiladi.
Adolatlilik, soliq kitoblarida belgilanganidek, foyda olish uchun tatbiq etilmasligi
kerak. Soliqni olishdan maqsad, soliq to‗lovchilarga davlat tomonidan yaxshi
sharoitlarni yaratish va hayot faoliyatini yaxshilashni taʼminlashdir. Abu Yusuf
davlat boylarga, kambag‗allarga, qashshoqlarga soliq miqdoridan qatʼiy nazar bir
xil xizmat ko‗rsatilishi shartligini taʼkidlaydi. Shuningdek, yahudiylar, nasroniylar
va zardo‗shtiylar butun islom davlati hududida musulmonlar bilan birgalikda
yashar edilar. Ular o‗zga din vakillari bo‗lishiga qaramasdan davlat har bir
fuqaroni himoya qilgan. Ular zimmiylar deb atalgan
58
. Zimmiylar islom davlati
himoyasi ostida yashaganliklari uchun jizya to‗lashi kerak bo‗lgan.
Baʼzi islom ulamolari jizyani jon solig‗i deb taʼriflashgan. Mohiyatan olib
qaraganda, jizya islom davlatida yashaydigan g‗ayridin kishilarning hukumat
56
Аbu Yusufning ―Kitob al-xaroj‖ asarida ―zakot‖ atamasi ―sadaqotlar‖ deb keltirilgan.
57
Абу Юсуф Якуб б. Ибрахим ал-Куфи. Китаб ал-Харадж (Мусулманское налогообложение). / Пер. с
арабского и комментарии А. Э. Шмидта. Супракомментари и к переводу А. С. Боголюбова. Подготовка к
изданию, вступит статя и указатели А. А. Хисматулина. - Санкт Петербург. 2001. – С.132.
58
Zimma - ( arabcha – musulmon himoyasidagi aholi) oʼrta asr arab xalifaligidagi musulmon boʼlmagan xalqlardir.
42
ularni himoya qilganliklari uchun to‗lashgan. Аbu Yusuf g‗ayridinlar tomonidan
to‗lanadigan jizyani hukumat tomonidan taʼminlangan xavfsizlik va himoya uchun
qaytarish sifatida qarash lozimligini tushuntiradi
59
.
Аlbatta, g‗ayridinlar uchun jizyaning qonuniylashtirilishi ularni islomni
qabul qilishga jalb qilishning bir usuli edi. Agar u musulmon bo‗lsa faqat zakot
to‗lardi. Agar ular o‗z eʼtiqodlariga sodiq qolsalar, demak, ular qo‗shimcha soliq,
jizya to‗lashlari kerak edi.
Jizyaning miqdori zimmiyning iqtisodiy holatini hisobga olgan holda
o‗rnatilgan:
1.
Boy g‗ayridinlar yiliga kamida 48 dirham to‗lashlari kerak edi.
2.
O‗rta tabaqali g‗ayridinlar yiliga kamida 24 dirham to‗lashlari kerak edi.
3.
Kambag‗al g‗ayridinlar yiliga 12 dirham to‗lashga majbur edi
60
.
Jizya solig‗i kambag‗al, so‗qir, hech bir ishga ega bo‗lmagan, yordamga
muhtoj og‗ir kasalmand, ishsiz bo‗lgan juda qari kishi, aql noqis kishilardan
olinmagan. Lekin agar kishi jizya to‗lash imkoniga ega bo‗lsa, aytaylik mol-mulki
bo‗lsa, unda u ko‗r bo‗lsa ham to‗lagan. Monastirlardagi monarxlarga nisbatan
ham shunday munosabat bildirilgan. Аgar jizya to‗lash imkoni bo‗lsa, unda u
to‗lagan, agar boylardan yordam oladigan bo‗lsa, unda u to‗lamagan. Biroq, agar
g‗ayridin kishi yil oxirida islomni qabul qilsa u jizyadan ozod etilgan. Jizya
boshqaruvida Abu Yusuf muloyimlikni alohida taʼkidlaydi. Musulmon
bo‗lmaganlar ozchilikni tashkil etganligi sababli, qozi va davlat ishlarini yurituvchi
jamiyatda ijtimoiy tenglik va totuvlikni taʼminlash uchun ushbu fikrlarning
muhimligini taʼkidlagan.
Аrab xalifaligi kengayib borar ekan islomdagi ijtimoiy-iqtisodiy qarashlar
ham o‗zgara boshladi. Xalifa Umar (r.a)ning boshqaruvidagi eng katta
yangiliklardan biri uning ishlab chiqarish omili sifatida yerga egalik qilishga
bo‗lgan munosabatida namoyon bo‗ladi. Uning davrida Iroq va Suriya hududlari
zabt etilgach shariat qoidalariga ko‗ra qo‗lga kiritilgan o‗ljalar askarlar o‗rtasida
59
Misri A., Muhsin Abdul Manan. Historical development of tax during the early Islamic period: Jazyah and Kharaj
// Jurnal Al-Tamaddun, Bil. 14 (2), 2019. – P. 3.
60
Majid Khadduri. Peace and War in the Law of Islam. London: Edinburgh University Press. - Р.193.
43
taqsimlanishi kerak edi. Biroq Umar (r.a) bunday qilmadi. U yerlarni davlat
tasarrufiga o‗tkazish va uni asl egalariga soliq to‗lash evaziga qaytarib berish
hamda ushbu soliqdan islom qo‗shiniga maosh berish tartibini joriy etdi. Umar
(r.a) o‗ljalarni ikki turga ajratdi: ko‗chmas mulk va ko‗chma mulk. Ko‗chma
mulklar uchun Quro‗ni Karim qoidalari qo‗llanilishi kerak edi, yaʼni beshdan biri
davlatga va qolgan qismlari jangchilarga taqsimlandi
61
. Biroq ko‗chmas mulklar,
xususan yerlar davlat mulkiga aylantirildi. Davlat bu yerlarni xiroj solig‗i to‗lash
sharti bilan avvalgi egalari qo‗lida qoldirdi. Umar (r.a) tomonidan bunday
siyosatning yoqlanishi bir qator sabablarga bog‗liq:
1. Bosib olingan yerni musulmon askarlariga taqsimlab berish islom
jamiyatini feodalistik jamiyatga aylantirishi, natijada mulkiy tafovutni vujudga
keltirishi mumkin edi. Bunda Umar (r.a) o‗ljalarni taqsimlashni faqat boylar
orasida amalga oshirilib qolmasligiga eʼtiborni qaratdi.
2. Keyingi avlod uchun ijtimoiy taʼminot tizimini asrab qolish ham maqsad
qilingan. Chunki Umar (r.a) aytganki: ―Аgar hamma yerlarni islom askarlariga
taqsimlasam, unda Iroq va Suriyaning yangi avlodlari uchun nima qoladi?‖.
3. Bosib olingan hududlarni mudofaa qilish va yangi harbiy urushlarni
davom ettirish uchun doimiy moliyaviy manbaga ehtiyoj bo‗lgan. Аgar yer
mulkdorlar qo‗liga tarqatilsa, ular yerga xiroj solig‗ini to‗lashganlar. Yig‗ilgan
soliq tushumlaridan askarlarga mablag‗ ajratilgan.
Shunday qilib, xalifa Umar (r.a) davridan boshlab bosib olingan yer
jangchilarining to‗liq mulkiga o‗tkazilmasdan, yerni shaxsiy mulk sifatida qoldirib,
ularga xiroj to‗lash lozim qilib qo‗yildi.
Abu Yusuf fath qilingan hududlarni saqlab qolish va ular bilan bog‗liq
muammolar hukmdorning asosiy tashvishi bo‗lgan davrda yashagan. Abu
Yusufning qarashlari uning o‗sha paytdagi yer solig‗i bilan bog‗liq bo‗lgan dolzarb
muammoni aks ettiradi. Yer solig‗i soliqning eng qadimgi va keng qo‗llaniladigan
shakli hisoblanadi. Qadimgi davr, o‗rta asrlar va hozirgi davrlarda ham biz barcha
61
Sabahiddin Azmi. Abu Yusuf‘s contribution to the theory of public finance. Dissertation submitted of the degree
of master of philosopy in economics. India. 1995. – Р.44.
44
jamiyatlarda daromadning asosiy manbalaridan bir sifatida yer solig‗ini
uchratamiz.
Xalifa Umar (r.a) soliq yig‗ishda Sosoniylar rejimini saqlab qolishni maʼqul
ko‗rdi. Bu tizim misaha
62
deb nomlangan. Abu Yusuf bu tizimni zukkolik bilan
o‗rganib chiqdi va uning kamchiliklarini aniqladi.
Abu Yusuf ―Kitob al-xaroj‖ asarida xiroj solig‗ining yangi usulini joriy
etgan. Abu Yusufgacha bo‗lgan davrda bosib olingan yerlarni soliqqa tortishda
Umar (r.a) joriy etgan tartib bo‗yicha amalga oshirilgan. Abu Yusuf Umar (r.a)
hukmidan chetga chiqib, o‗z risolasida yerning hajmidan emas, balki yetishtirilgan
hosilni taqsimlashga asoslanadigan soliq usulini – muqosama
63
ni taklif etdi.
Аbu Yusufning asarida shuni ko‗rishimiz mumkinki, u davlat siyosatini
himoya qilgan va xalifalikda olib borilayotgan siyosat xuddi u aytganidek deb
hisoblagan. Biroq ko‗pgina tarixiy materiallardan maʼlumki, barcha arab xalifalari
ham u aytgani kabi ish yuritmagan. Biroq unutmaslik lozimki, Аbu Yusuf
arablarning o‗zga yurtlarni qurol kuchi bilan zo‗rlab bosib olingan va tortib olingan
yerlarning statusini emas, balki undan keyingi xuddi shu yerlardan olinadigan
soliqlar va ularning qay tariqa olinishi lozimligi yoritib o‗tgan.
U soliqlarni naqd pul yoki natura shaklida yig‗ishni taklif qiladi. Shuningdek
bu tizimga ko‗ra narxlar o‗zgarishi davlat daromadlariga zarar yetkazmasligini va
dehqonlar daromadini kamaymasligini taʼkidlaydi. Chunki yangi tizimga ko‗ra
soliq egalik qilinadigan yerlarning umumiy maydonidan qatʼi nazar, hosilning
umumiy miqdoriga qarab hisoblab chiqiladi. Bu yerga yaxshi ishlay olmaydigan
dehqonlar
uchun
yengillik
bo‗ldi.
Bundan
tashqari,
u
dehqonlarni
o‗zlashtirilmagan va qarovsiz yerlardan foydalanishga va yangi tizim asosida
qo‗shimcha daromad olishga ishontirdi. Abu Yusuf yangi tizim davlatning
soliqdan tushadigan daromadlari ko‗payishini taʼkidladi. Shuning uchun u davlat
dehqonlarga yaxshi sharoit yaratish uchun yangi kanallar qazishi, eski kanallar suv
yo‗llari tozalashi va zaruriy ishlarni amalga oshirishi lozimligini qatʼiy tavsiya
62
Misaha – yerlarning hajmidan kelib chiqib oʼrnatilgan soliq tizimi.
63
Muqosama – dehqonlar tomonidan yetishtirilgan hosilning miqdoridan kelib taqsimlash tizimini.
45
qildi. Abu Yusufning bu boradagi qarashlarini mulohaza qilar ekanmiz, u soliq
manbai sifatida yerni emas, balki yerdan olinadigan daromadni afzal ko‗rgan.
Ushbu masala iqtisodchilar o‗rtasida har doim muhokamali mavzu bo‗lib kelgan.
Ular qaysi biri samaraliroq mol-mulkni soliqqa tortishmi yoki mulkdan tushadigan
daromadnimi? Abu Yusufning bu boradagi qarashlarini o‗rganib shuni aytishimiz
mumkinki, u soliq manbai sifatida mulkdan tushadigan daromadni tanlagan.
Аbu Yusufning ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarini tahlil etar ekanmiz, shuni
taʼkidlash zarurki, birinchidan, biz o‗rganayotgan davr ilk o‗rta asrlar davri
hisoblanadi, ikkinchidan, iqtisodiy hodisalarning ko‗lami ijtimoiy hayotdan yuqori
emas edi, ayniqsa natural xo‗jalik hukm surardi. Boshqa tomondan Аbu Yusuf
davrida qishloq xo‗jaligi maxsulotlari yetishtirish rivojlangan bo‗lib, uning
maqsadi, maxsulot yetishtirish va uni to‗g‗ri, adolatli taqsimlash borasidagi
yondoshuvga asoslanligini taʼkidlab o‗tish zarur.
Аholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bosh
vazifalardan biri bo‗lgan. Аbu Yusuf davlat aholi farovonligini taʼminlashda
quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
-
Davlat odamlarning yashash ehtiyojlarini qondirishi va ularning
manfaatlarini himoya qilishi kerak. Abu Yusufning fikriga ko‗ra, davlat barcha o‗z
fuqarolarini ijtimoiy himoyaga olishi va ularning asosiy ehtiyojlarini taʼminlashi
zarurdir. ―Kitob al-xaroj‖ asarining kirish qismida xalifaga bu mavzuda zulmning
oldini olish va davlat manfaatlarini himoya qilish uchun daromad yig‗ishda zaruriy
harakatlarni qilishi uchun bu kitobni yozganini taʼkidlagan. Uning aytishicha,
zakot solig‗i "kambag‗al va kam taʼminlanganlarni eng zarur narsalar bilan
taʼminlashga sarflanishi kerak‖. Shuningdek, barcha insonlar, hattoki mahbuslar
ham oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpana bilan taʼminlanishi kerakligini
taʼkidlaydi
64
.
-
Аbu Yusuf davlatning o‗z fuqarolarni himoya qilishiuchun harbiy qudratni
oshirish va uni qo‗llab-quvvatlash uchun davlat yetarli iqtisodiy kuchga ega
64
Абу Йусуф Йакуб б. Ибрахим ал-Куфи. Китаб ал-Харадж (Мусульманское налогообложение) / Пер. с
арабского и комментарии А. Э. Шмидта. Супракомментарии к переводу А. С. Боголюбова. Подготовка к
изданию, вступит. статья и указатели А. А. Хисматулина. - Санкт Петербург. 2001. – С.187.
46
bo‗lishi kerakligini taʼkidlaydi. U fuqarolardan yig‗ilgan soliqlarni qo‗shinlarga ish
haqi sifatida sarflash va shu bilan harbiy yurishlarni olib borish, xalifalik yerlarini
dushmanlar tomonidan bosib olinishiga qarshi xavfsizlikni taʼminlash kerakligini
taʼkidlaydi
65
.
-
Аbu Yusuf ichki xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan shuni aytadiki,
jamiyatning har bir aʼzosini adolatsizlik va zulmdan himoya qilish, zamonaviy
tilda aytganda jamiyatda adolat va qonun ustunligini taʼminlash davlatning asosiy
funktsiyalaridan biridir
66
. U musulmon qonunchiligini qatʼiyat bilan amalga
oshirishga katta ahamiyat beradi. U insonlarni zulm va adolatsizlik qilmaslikdan
ogohlantiradi. Shuningdek, u rahbarlarga nizoli vaziyatlarda qozi kabi adolatli
bo‗lishni maslahat berdi.
-
Аbu Yusufga ko‗ra ijtimoiy taʼminotda davlatning muhim vazifasi nafaqa va
inʼomlarni to‗g‗ri berishdir. Ushbu inʼomlar "Islom uchun foydali ish qilgan,
islomni dushmanlariga qarshi qudratini oshiradigan hamda hukmdor musulmonlar
uchun foydali deb biladigan har qanday ish qilganlarga" beriladi
67
. Urushlarda
halok bo‗lgan askarlarning ayollari va farzandlariga doimiy ravishda bunday
inʼomlar berib turilgan. Ayniqsa, xalifa Umarning bu boradagi ishlarini amaliyotda
qo‗llab-quvvatlasa bo‗ladi.
-
Abu Yusuf, samarali va halol boshqaruv tizimi bo‗yicha juda ko‗p
qayg‗uradi. Uning so‗zlariga ko‗ra, zulmsiz, ammo qatʼiy va kuchli, biroq
yumshoqlik bilan boshqariladigan samarali fuqarolik tizimi zarur. U "aholiga
zulmsiz, adolatli va halol munosabatda bo‗lish mamlakat taraqqiyotiga katta taʼsir
ko‗rsatadi va bu soliqlardan tushadigan daromadni ko‗paytiradi, zulm va
insofsizlik esa uni barbod qiladi‖, deydi
68
. Soliq to‗lovchilar manfaatlarini himoya
qilish va davlat daromadlarini oshirish uchun avvalo, soliq to‗lovchilarga ortiqcha
zulm qilmasdan soliqlarni undirishni, shuningdek, soliq yig‗uvchilar tomonidan
soliq to‗lovchilarga nisbatan qo‗pol muomalasini qatʼiyan qoralash va buni jinoiy
65
Musgrve R.A., Musgrave P.B. Public Finance in Theory and Practice. - Singapore: McGraw Hill. 1987. -Р.3-6.
66
Bastable C.F. Public Finance. - New York: Macmillan. 1903. -Р.74.
67
Sabahiddin Azmi. Abu Yusuf‘s contribution to the theory of public finance. Dissertation submitted of the degree
of master of philosopy in economics. India. 1995. -Р. 36.
68
Abu Yusuf. Kitab al-Kharaj. - Beirut: Dar al –Marifah. 1979. - Р.131.
47
harakat sifatida qabul qilish, turli vazifalarga halol va ishonchli rahbarlarni
tayinlashni taklif qildi.
-
Аbu Yusufning taʼkidlashicha, davlat mahsulot yetishtirish samaradorligini
oshirish va natijada davlat daromadini ko‗paytirishga olib keladigan ijtimoiy
mahsulotlarni ishlab chiqarishga harakat qilishi kerak. U qishloq xo‗jaligi sohasi
bilan shug‗ullanganligi sababli, u "erning hosildorligi va davlat daromadini
oshirish uchun eski kanallarni tozalash, yangisini qazish va to‗g‗onlarni qurishni
hukmdor zimmasiga yuklaydi. U Ijtimoiy mahsulotlarni ko‗paytirishda
kuzatiladigan turli toshqinlar va tabiat hodisalari zararini oldini olish uchun daryo
bo‗yida to‗g‗onlar va dambalar qurish kabi xarajatlarni davlat tomonidan amalga
oshirish orqali ijtimoiy mahsulotlarni taʼminlash mumkinligini taʼkidlaydi. U har
qanday nosozlik qishloq xo‗jaligiga zarar yetkazishini va soliqlardan tushadigan
daromadni kamayishiga olib kelishini taʼkidlaydi"
69
. Shunday qilib, u yerning
hosildorligini oshirish va iqtisodiyotning o‗sishi uchun davlat odamlarga
infratuzilma inshootlarini taqdim etishi kerakligini taʼkidlaydi. Bundan tashqari,
Аbu Yusuf ko‗priklar va ko‗tarmalar qurish, kanallar qazish va boshqa davlat
mablag‗laridan foydalanib bajariladigan uzoq muddatli loyihalarni samarali amalga
oshirish bo‗yicha aniq amaliy takliflarni oldinga surgan
70
.
Аbu Yusufning davlat haqidagi qarashlarini zamonaviy iqtisod nazariyasida
"farovonlik davlati" tushunchasi bilan taqqoslasa bo‗ladi
71
. Bugungi kun olimlari
―farovonlik davlati‖ kontseptsiyasi zamonaviy siyosiy-iqtisodiy holatga tegishli
deb hisoblashadi. Biroq, davlatning iqtisodiy hayotdagi roli haqidagi qarashlariga
eʼtibor qaratsak, davlat farovonligi uchun juda keng qamrovli kontseptsiyani
maqsad qilganini ko‗rishimiz mumkin.
69
Абу Йусуф Йакуб б. Ибрахим ал-Куфи. Китаб ал-Харадж (Мусульманское налогообложение) / Пер. с
арабского и комментарии А. Э. Шмидта. Супракомментарии к переводу А. С. Боголюбова. Подготовка к
изданию, вступит. статья и указатели А. А. Хисматулина. - Санкт Петербург. 2001. – С.241.
70
Sabahiddin Azmi. Abu Yusuf‘s contribution to the theory of public finance. Dissertation submitted of the degree
of master of philosopy in economics. India. 1995. - Р. 37.
71
―Farovon davlat‖ konsepsiyasi ikkinchi jahon urushidan keyin keng qo‗llanila boshlandi. Unga ko‗ra, jamiyat
o‗zining har bir aʼzosining kun kechirishi uchun zarur bo‗lgan narsalarning eng kam miqdorini yaratadi, davlat
siyosati iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashga va ijtimoiy boʼhronlarning oldini olishga qaratilmog‗i kerak. Chunki
davlat zamonaviy iqtisodiyot sharoitida o‗z fuqarosining kambag‗al boʼlib, yordamga muhtoj bo‗lib qolishidan
mutlaqo manfaatdor emas.
48
Аbu Yusuf o‗sha davrda muhim bo‗lgan savofi
72
- o‗zlashtirilmagan
yerlarga eʼtibor qaratdi. Bunday yerlarga quyidagilar kirgan: Sosoniylar shohi va
uning oilasining yerlari, urushda o‗ldirilgan, biroq merosxo‗ri bo‗lmagan yerlar,
dushman yurtiga qochib ketganlarning yerlari, suv osti yerlari, pochta aloqasi
binolari va hech kimga tegishli bo‗lmagan, biroq ishlov berilsa foydalanish
mumkin bo‗lgan yerlar.
Bunday yer biror kishiga tortiq etilsa, u qatiʼa deb atalgan. Abu Yusuf davlat
hukmdori kishilarni islom dini yo‗lidagi xizmatlarini qadrlash uchun savofi yerlar
bilan mukofotlashga haqli ekanligini taʼkidlagan.
Abu Yusuf bu yerni tarqatishdan maqsad kishilarni hukmdordan roziligini
ko‗rsatish va unga berilgan yerdan samarali foydalanishni kafolatlash deb
hisoblaydi. U yerga egalik qilishda barqarorlikni taʼminlashni va hukmdorlarning
ushbu hukmlarni o‗zgartirishga bo‗lgan erkinligini cheklash maqsadida, yerni
berish to‗g‗risidagi hukmni undan keyingi hukmdor boshqa bekor qilmasligi
kerakligini taʼkidlagan. Yerni qaytarib olish mumkin emas edi, biroq, qatiʼa olgan
shaxs yerni sotish yoki meros qilib o‗tkazish huquqiga ega bo‗lgan. Bu fikrni
tasdiqlash uchun Abu Yusuf, agar yer qaytarib olinadigan bo‗lsa, demak, bu
birovni mulkini o‗g‗irlagan va o‗g‗irlangan mulkni boshqasiga berishga o‗xshaydi,
deb aytib o‗tadi.
Abu Yusuf o‗z kitobida mamlakatda turli huquq va imtiyozlarga bir necha
bor to‗xtalib o‗tgan. Masalan, Kitob ahlining diniy bayramlarini o‗tkazish,
cherkovlar, ibodatxonalar va monastirlarni qurish, muqaddas kitoblari bo‗lmagan
odamlar, o‗g‗irlik va axloqiy jinoyatlar, xoinlik va josuslik kabi tadbirlar. Ushbu
masalalarning barchasi soliqqa tortish yoki davlat moliyasi bilan bog‗liq
bo‗lmagan bo‗lsa-da, ular Abu Yusufning taʼkidlashicha, davlatning huquqiy
asoslari uchun juda muhimdir. Demak, Abu Yusufning ―Kitob al-xaroj‖ asari faqat
"yer solig‗i" bilan bog‗liq masalalar emas, jamiyat hayotini tartibga soladigan
boshqa masalalarga ham ahamiyat bergan.
72
Savofi – ekin yetishtirsa bo‗ladigan, ammo turli sabablarga ko‗ra o‗zlashtirilmagan egasiz va davlat yerlari.
49
Аbu Yusuf yerlarni ijaraga berishga eʼtibor bergan, xususan,
o‗zlashtirilmagan joylarni ijara asosida tiklashga alohida to‗xtaldi. Bu masalada
Аbu Yusufning qarashlari Hijozdagi fiqh ulamolarining fikrlaridan farq qilgan.
Abu Yusuf o‗zaro sheriklik orqali ijaralarga ruxsat beradi. U sheriklikda
kimdir o‗z mablag‗i bilan, kimdir o‗z mehnati va tajribasi bilan sherikka aylanadi.
Ular o‗zaro sheriklik bitimini tuzishlari lozim bo‗ladi. Olinadigan foyda, garchi
hali qancha bo‗lishi nomaʼlum bo‗lsa ham, foyda va zararni teng taqsimlashga
asoslanadi. Bunday sheriklik bitimi fiqh ulamolari tomonidan qabul qilingan. Abu
Yusufning fikriga ko‗ra, unumsiz yerlar, bog‗lar va boshqa daraxtzorlarni ijaraga
berish sheriklikka o‗xshaydi. Abu Yusuf ijara shartnomalarining turli shakllarini
aytib o‗tadi, unda sheriklar o‗rtasidagi munosabatlar va ulardan undiriladigan soliq
miqdori bayon qilingan. Uning tasnifidan ko‗rinib turibdiki, Abu Yusuf ijara
ko‗lamini kengaytirish orqali baʼzi holatlarga ruxsat bergan. U sheriklar o‗rtasida
bitim tuzishdan oldin shartnoma shartlari bo‗yicha aniq bo‗lishi kerak degan
prinsipdan voz kechmagan holda jamiyat manfaatlarini ham hisobga olish
kerakligiga eʼtibor bergan.
Abu Yusuf o‗z eʼtiborini o‗zlashtirilmagan yerlarni tiklashga qaratgan.
Uning fikriga ko‗ra bunday turdagi yerlarning egasi davlatdir. U hukmdorga
bunday yerlarni o‗zlashtiradigan va rivojlantiradigan kishiga mulk sifatida berishni
taklif qildi. Bunday yerlar iqto‗ deb ataladi. Аbu Yusuf bunday turdagi yerlarni
o‗zlashtirish odamlarning hayotini yaxshilaydi va davlat iqtisodiyotini
rivojlantiradi deydi.
Abu Yusuf barcha musulmonlar katta daryolarda sherik ekanliklarini
taʼkidlaydi. Ular daryolar suvidan o‗zlari va hayvonlari ichishi uchun, dala va
bog‗larni sug‗orish uchun har qanday cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin.
Shuningdek, u boshqalarga zarar yetkazmasligi sharti bilan, shaxsiy foydalanish
uchun yangi kanallarni ochish mumkinligini taʼkidlaydi, agar ushbu yangi kanallar
uylarga va ekinlarga zarar yetkazadigan bo‗lsa, hukumat buning oldini olishi
kerak. Shunga ko‗ra, Аbu Yusuf jamoat yerlaridan foydalanishda salbiy tashqi
tomonlarga eʼtibor qaratadi. Masalan, agar suv tegirmonlari katta daryolarda ruxsat
50
etilsada, biroq ular kemalarning o‗tishiga to‗sqinlik qilsa, ular hukumat tomonidan
olib tashlanishi kerak. Аgarda biror kishiga tegishli yerda buloqlar, quduq va suv
o‗zani bo‗lsa, undan ichimlik suvi isteʼmoli uchun to‗sqinlik qilishga yo‗l
qo‗yilmaydi. Shuningdek, uni ichimlik suvi uchun sotishga haqli emas. Biroq, u
sug‗orish maqsadi to‗sqinlik qilishga haqlidir. Agar suv egasining ehtiyojidan
ortiqcha bo‗lsa, Abu Yusuf uning egasi undan ortiqchasini sug‗orish maqsadida
boshqalarga berishga majburdir degan fikrda. U Payg‗ambarimiz (s.a.v) ning
quyidagi so‗zlarini keltiradi: "Suvni o‗zingizning ehtiyojlaringiz uchun
ishlatgandan so‗ng, yaqin atrofingizdan boshlab, qo‗shnilaringizga oqizib
tushiring‖. Abu Yusufning ortiqcha suv haqidagi g‗oyalari uning xalq farovonligi
uchun qayg‗urishini ko‗rsatadi. U tabiiy resurslar hamma uchun ochiq va erkin
bo‗lishi kerakligini, ular maʼlum bir shaxslar tomonidan chegaralanilmasligini
taʼkidlaydi. Ushbu qoida islom davlati fuqarolari uchun zarur bo‗lgan muhim
bo‗lgan yashash vositalarini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlarni anglatadi
73
.
Аbu Yusuf qishloq xo‗jaligi sharoitlarini yaxshilashda davlat tomonidan olib
boriladigan jamoatchilik ishlarining ahamiyatini yoritib o‗tadi. Davlat kanallarni
qazish, ko‗priklar qurish va yo‗llarni to‗g‗rilashi kerak. Bu ishlov berilmagan
yerlar maydonini kamaytirishga, ishlov berilgan yerlarning unumdorligini
oshirishga va natijada soliq tushumini ko‗paytirishga yordam beradi. Shuning
uchun u jamoat ishlari davlatning asosiy vazifalaridan biri ekanligini taʼkidladi,
chunki bular yer egalari zimmasiga tushadigan katta xarajatlardan xalos etadi.
U mamlakat taraqqiy etishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani
rivojlantirish zarurligini taʼkidlaydi, shuningdek u ko‗priklar qurish, kanallarni
qazish kabi ishlarni amalga oshirishda davlat bunday xarajatlarni qanday qoplashi
bo‗yicha taklif beradi. Buning uchun adolatli va samarali soliq tizimini joriy etish
zarurligini taʼkidlaydi. Uning taʼkidlashicha, davlatning asosiy daromadi ekin
yerlaridan olinadigan soliqlarga bog‗liq, shunga ko‗ra yangi soliq tizimi ko‗proq
maydonlarni ekin ekishga undaydi. U o‗z xalqining ehtiyojlarini qondirish va
73
Nasrulloh Ali Munif. Critical analysis of Abu Yusuf thought: The role of government in Islamic economic. Vol.7,
Juni 2019. – Р.20.
51
ularning har tomonlama yaxshi yashashi bo‗yicha hukmdorga bir qator takliflarni
bayon qildi. Shuningdek, u soliqqa tortishda adolat va tenglik zarurligini taʼkidladi.
Uning so‗zlariga ko‗ra, hukmdor davlat pullarini ishonchli tarzda saqlashi va uning
sarflanishi uchun javobgar bo‗lishi kerak.
Abu Yusuf davlat masalalarini o‗rganishda hukmdorni davlatning iqtisodiy
majburiyatlari amalga oshirish zarurligiga eʼtiborni qaratadi. Shuningdek, u
hukmdor odamlarning umumiy farovonligi va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun
qanday ishlashi kerakligini aytib o‗tadi. U davlatni hukmdorning qo‗lidagi
Allohning inʼomi deb biladi. "Alloh sizga topshirgan narsaga ehtiyot bo‗ling va
sizga ishonib topshirilgan hukmlarni bajaring". Musulmon davlatining farovonligi
uchun u shunday taʼkidladi: "Hukmdor xalq farovonligi uchun javobgardir va u
ular uchun hamma narsani qilishi kerak"
74
. Xalifa Horun al-Rashidga yozgan
risolasida u odamlarning farovonligini taʼminlash va ularni qiyinchiliklardan xalos
qilish musulmon davlatining asosiy maqsadi deb taʼkidlagan. Shuningdek, u
barcha aʼzolarning farovonligini taʼminlaydigan va xalqning umumiy farovonligi
va obodligini oshiradigan bunday siyosat zarurligini yozadi. U shunday deydi: "bu
kitob xalifaga uni o‗rganish va unga amal qilish uchun yozilgan bo‗lib, uning qo‗l
ostidagilarga zulm qilmaslik va ularning manfaatlarni himoya qilish uchun
mo‗ljallangan"
75
.
Аbu Yusuf tomonidan davlatning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati va
majburiyatlari haqidagi qarashlari boshqa manbalarda uchramaydi. Biz uni u
yozgan asarlari orasidangina topishimiz mumkin. Аvvalo, davlatga daromad
keltiradigan manbalar, sarf-xarajatlar, boshqaruv siyosatiga oid qarashlarni batafsil
bayon qilishdan oldin, uning iqtisodiy hayotdagi davlatning o‗rni haqidagi
fikrlarini o‗rganish maqsadga muvofiqdir. Abu Yusuf o‗z risolasida davlatning
asosiy maqsad va vazifalari haqida batafsil to‗xtalgan. Uning taʼkidlashicha,
hukmdor o‗z xalqining manfaatlarini himoya qiladigan ishlarni amalga oshirishga
majbur. Shuningdek, hukmdor aholi ehtiyojlari uchun zarur bo‗lgan mahsulotlarni
74
Abu Yusuf. Kitab al-Kharaj. - Beirut: Dar al –Marifah. 1979. - Р.119.
75
Abu Yusuf. Kitab al-Kharaj. - Beirut: Dar al –Marifah. 1979. - Р.119.
52
ularga yetkazib berish va iqtisodiyotning rivojlanishi uchun kerakli tadoriklarni
amalga oshirish uchun javobgardir. Uning asarida davlatning maqsadlari
quyidagicha aks ettirilgan:
1.
Аholining asosiy ehtiyojlarini taʼminlash.
2.
Dinni himoya qilish va Allohning kalomining ustunligini taʼminlash.
3.
Halol va adolatli boshqaruv tizimni o‗rnatish.
4.
Iqtisodiyotni har tomonlama rivojlantirish.
5.
Xalqning umumiy farovonligini taʼminlash
76
.
Аbu Yusufning ―Kitob al-xaroj‖ asarida keltirib o‗tilgan ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarga oid fikrlari juda katta ahamiyatga ega, chunki bu asar islom
iqtisodiyoti bo‗yicha yozilgan ilk asar sifatida ilk musulmon olimining tafakkuri
haqida tushunchaga ega bo‗lish uchun asarni batafsil ko‗rib chiqish kerak edi,
ayniqsa davlat moliyasi va boshqaruv tizimi bo‗yicha keng qamrovli maʼlumotlarni
o‗zida jamlaganligi, xalq farovonligini oshirish borasidagi muhim manba ekanligi
uning bugungi kundagi ahamiyatini yanada oshiradi.
2.2. “Kitob al-xaroj” asarida ijtimoiy adolat g„oyasining
iqtisodiy-falsafiy ahamiyati
Islom iqtisodiyotining asosiy g‗oyaviy asoslaridan biri adolat tamoyilidir.
Islom bozor iqtisodiyoti va bozor taʼsirini rad etmaydi. Hatto manfaat olishga
bo‗lgan rag‗bat mantiq doirasida maqbuldir. Xususiy mulkchilik butkul rad
etilmaydi. Islomdagi iqtisodiy munosabatlarda baʼzi diniy va axloqiy meʼyorlar
cheklanadi.
Аgar insoniyat Аllohning buyrug‗i va shariyat talablarini, har qanday
holatda va nima bo‗lishidan qatʼiy nazar, rioya etilishi lozim bo‗lgan mutlaq adolat
va so‗zsiz amrlar sifatida qabul qilib unga bo‗ysunmas ekan, o‗zaro iqtisodiy
munosabatlardan kelib chiqadigan adolatsizliklar tugamaydi.
76
Sabahiddin Azmi. Abu Yusuf‘s contribution to the theory of public finance. Dissertation submitted of the degree
of master of philosopy in economics. India. 1995. –Р.36.
53
Аdolat – kishilik jamiyatining eng oliy axloqiy qadriyatlaridan biri, minglab
insonlarning eʼtiqodi, ilohiy neʼmat yoki kurashib erishish zarur bo‗lgan ijtimoiy
hayotning ustuvor tamoyili. Ushbu axloqiy kategoriyaning shakllanishi, insoniyat
hayotida mazmun aks eta boshlashi ilk davlatlar, dastlabki sivilizatsiyalar bilan
bog‗liq. Boshqacha aytganda, ijtimoiy adolat mavjudligi ijtimoiy taraqqiyotning
asosiy talablaridan biri hisoblangan.
Аdolat – ijtimoiy falsafiy kategoriya. Аdolat tushunchasi muayyan tarixiy
shart-sharoit va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi. Аdolatning
ijtimoiy falsafiy jihati jamiyat aʼzolarining xilma-xil munosabatlaridagi o‗zaro
tengligini nazarda tutadi.
Ijtimoiy falsafiy nuqtai nazardan adolat ijtimoiy adolat tushunchasi bilan
ifodalanadi hamda jamiyatning barcha aʼzolarining ijtimoiy tengligi orqali
taʼminlanadi. Аdolatning axloqiy jihati insonlararo muomalada bir xil
munosabatda bo‗lishni va o‗zaro axloq-odob qoidalariga amal qilishni bildiradi.
Islom dini vujudga kelgan ilk davrlardanoq ijtimoiy adolatni o‗rnatishni,
barcha musulmonlarni bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‗lgan jamiyatga
birlashtirishni o‗zining asosiy maqsadiga aylantirgan.
Islom dini tarqalgan barcha mintaqalarda ijtimoiy taraqqiyotni taʼminlashga
alohida eʼtibor qaratgan. Sharq Renessansining vujudga kelishiga ham islom dini,
uning ijtimoiy taraqqiyotni taʼminlashga xizmat qilgan ijtimoiy tenglik, ijtimoiy
adolat, ilm-maʼrifatga intilish kabi axloqiy normalari bevosita taʼsir ko‗rsatdi.
Islomda adolat biron narsani o‗zining haqiqiy joyiga qo‗yishni anglatadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, islom dini falsafasida adolat tamoyili kamida
uchta holatda namoyon bo‗ladi. Birinchidan, biror bir lavozim yoki vazifaga
munosib insonni qo‗yish orqali adolat o‗rnatiladi. Ikkinchidan, qaror qilinayotgan
qarorlarni ushbu hukm tegishli bo‗lgan vaziyat yoki shaxsning holatidan kelib
chiqib qabul qilish orqali adolat taʼminlanadi. Uchinchi holatda esa adolat boylik
yoki mol-mulkning unga kim munosib bo‗lsa, ushbu mulk aslida kimga tegishli
bo‗lsa, unga berish orqali adolatga erishiladi.
54
Ijtimoiy adolat g‗oyasi G‗arb falsafasida markaziy o‗rinda turadi. Birorta
eʼtiborli ijtimoiy-siyosiy, falsafiy oqim adolat, ijtimoiy adolat muammolarini
chetlab o‗tmagan.
Аgar Аristotel ―adolat‖ tushunchasini davlat, hukuq, siyosiy munosabatlar,
ezgu amallar mezoni sifatida qarasa, Epikur uni ―kishilarning bir-biriga zarar
yetkazmaslik va zararga chiday olmaslik haqidagi o‗ziga xos shartnoma‖, Sitseron
fikriga ko‗ra esa adolat ―har kimga yarashadir va kishilar o‗rtasidagi tengliqdir‖,
Foma Аkvinskiy ijtimoiy adolatni qonunlar bilan bog‗laydi; ularni adolatli (tabiiy
va ilohiy qonunlarga zid kelmaydigan qonunlar) va adolatsiz (ko‗pchilik
manfaatlariga mos kelmaydigan, qonun chiqaruvchini himoya qiladigan qonunlar)
qonunlarga bo‗ladi. Tomas Gobbs ―adolat‖ tushunchasini kishilar o‗rtasida
tuziladigan shartnomaning bajarilishi bilan bog‗laydi. Shuning uchun u ushbu
shartnomaning (adolatning) bajarilishini taʼminlash uchun majburlovchi kuch,
hokimiyat zarur deb biladi. Sharlь Monteskьe esa boshqacharoq fikrni bildiradi.
Ijtimoiy adolat kishilar yaratadigan rasmiy qonundan oldin keladi. Shuning uchun
kishilar yaratadigan qonunlar adolatli bo‗lishi va adolatli munosabatlardan kelib
chikishi lozim. Mutafakkir qonunlarning adolat mezonlariga, aql-u idrok
talablariga, huquqiy negizlarga, kishilar o‗rtasida tenglikni qaror toptiruvchi
munosabatlarga qurilgan bo‗lishini nazarda tutadi
77
.
Аbu Yusuf ilk xalifalik davrida islomiy "hayot tarzi" ustuvor bo‗lgan
jamiyatda yashagan. Davlat faoliyati va fuqarolarning hayot tarzi, Qurʼoni
Karimda buyurilgan, Payg‗ambar (s.a.v) tomonidan ishlab chiqilgan va xulofoi
roshidin tomonidan amal qilingan shariat qoidalariga binoan boshqarilgan. Аbu
Yusuf aytadiki, din va Аllohning kalomini ustunligini himoya qilish davlatning
eng muhim vazifasidir. Shunga ko‗ra, hukmdor mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy
hayotga alohida eʼtibor qaratishi, davlat xazinasini islomni rivojlantiradigan yoki
77
Аgzamxodjaeva S.S. Ijtimoiy ideal va maʼnaviy hayot. – Toshkent. ―Falsafa va huquq‖ instituti nashriyoti. 2007.
–B. 34.
55
islom dushmanlariga qarshi kurashda kuchaytiradigan narsalarga sarf etilishi
kerak
78
.
Qurʼoni Karimda hunarmand, dehqon va chorvadorlar mehnati, umuman
halol mehnat qadrlanadi, barcha boyliklar mehnat tufayli paydo bo‗lishi
taʼkidlanadi. Bunga muqaddas kitobda katta eʼtibor qaratilgan. Sudxo‗rlik
qoralanadi, birovning mulkiga xiyonat gunoh deb ko‗rsatiladi, mulkning
muqaddasligi, undan oqilona istifoda etish taʼkidlanadi. Islomda jamiyatning
tengsizligi taqdiri azaldan deb, tan olinadi, ammo halollik va to‗g‗rilik buyuriladi
va yolg‗on ishlatish, o‗g‗rilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi. Kishi yo
aqli yoki jismoniy mehnat qilsa va o‗sha mehnati evaziga birovdan haq olsa
olingan haq, albatta halol hisoblanadi. Lekin, aksincha, hech qanday mehnatsiz
birovning narsasini olsa, bu o‗g‗rilik bilan barobardir, haromdir
79
. Qurʼoni
Karimda qarz olish va berish, merosni taqsimlash, yetim-yesirlarga muruvvat,
xayr-ehson qilish, o‗zaro yordam berish haqidagi g‗oyalarni hamda soliq turlari va
miqdori to‗g‗risidagi tushunchalar katta ahamiyat kasb etadi
80
.
Аbu Yusufning qarashlarida islomni xalq orasida faqatgina yoyish emas,
balki unga amal qilishni uqtiradi. U o‗zi yozib chiqqan kitoblarida kishilar amal
qilish kerak bo‗lgan narsalarni qonun tusiga chiqaradi. Natijada u oddiy kishilar
kundalik hayotda amal qiladigan narsalar emas, balki davlat qonuni etib
belgilanadi. Аlbatta, uning bu xizmatlari jamiyatni ancha tartibga keltirishga olib
kelgan.
Islomda ijtimoiy adolat taʼlimoti islomning ilk davridan shakllangan bo‗lib,
ming yillar mobaynida iqtisodiy faoliyatning axloqiy jihatlari bilan himoyalandi.
Bu islom mafkurasidagi eng muhim omil hisoblanadi. Chunki jamiyatning
iqtisodiy sohasi bilan taqvoli musulmon kishisining o‗zaro faoliyati bir-biri bilan
bog‗liq jihatlari kuzatiladi. Bunda, adolat iqtisodiy resurslarni tasarruf etishda
meʼyor bo‗lib xizmat qiladi.
78
Abu Yusuf. Kitab al-Kharaj. - Beirut: Dar al –Marifah. 1979. - Р.119.
79
Mansur А. Imom Аʼzam – buyuk imomimiz. – Toshkent. ―Gʼofur Gʼulom nomidagi Аdabiyot va sanʼat‖
nashriyoti. 1999. –B. 35.
80
Islomov А., Egamov F. Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi. –Toshkent. ―O‗zbekiston‖. 2003. – B.73.
56
Islomdagi iqtisodiy munosabatlarda quyidagi adolat meʼyorlari amal
qilinadi:
- Shartnomalarda adolatsizlik taʼqiqlanadi.
- Shartnomalarda noaniq bandlar kiritish taʼqiqlanadi.
- Sudxo‗rlik taʼqiqlanadi.
- Ruxsat etilmagan faoliyat bilan shug‗ullanish taʼqiqlanadi.
Har bir musulmonning diniy-axloqiy xatti-harakatini tashkil etuvchi ushbu
cheklovlarning diniy-falsafiy asoslarini o‗rganib chiqish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Islom mafkurasining asosiy mafkuraviy asoslaridan biri adolat tamoyilidir.
Islom anʼanasida hamma narsaning haqiqiy egasi Аlloh ekanligi, shaxs – mulklarni
ishonchli tasarruf etuvchi ekanligi, insonga ishonib topshirilgan resurslar butun
jamiyat uchun xizmat qilishi kerakligi, resurslarni taqsimlashda adolat tamoyilidan
kelib chiqish lozimligi tushunchasi mavjud.
Falsafiy kategoriya sifatida ijtimoiy adolat ko‗pincha iqtisodiy adolat bilan
tenglashtiriladi. Ijtimoiy adolat, Аbu Yusufga ko‗ra, "faqatgina iqtisodiy jihatdan
adolat emas, balki umuman insoniy adolatdir". Ijtimoiy adolat iqtisodiy adolatdan
ko‗ra ko‗lami jihatidan ancha kengroqdir. U Jamiyatda boylikni adolatli taqsimlash
bilan bog‗liq. Shunga ko‗ra iqtisodiy adolat ijtimoiy adolatning muhim tarkibiy
qismidir. Iqtisodiy adolat har bir shaxsdan moddiy resurslardan foydalanish va
boshqarishda ishtirok etishini talab qiladi. Hamma uchun daromad olishda
imkoniyatlar tengli ustuvor ahamiyat kasb etilishi zarur. Biroq, daromad qonuniy
bo‗lishi kerak.
Abu Yusuf soliqlardan tushadigan daromadlarni adolatli taqsimlash
hukmdorning asosiy vazifalaridan biri ekanligini taʼkidlaydi. Shu munosabat bilan
u xalifa Umarning quyidagi so‗zlarini aytadi:
Soliqlar adolatli va qonuniy tarzda yig‗ilgan taqdirdagina o‗zini oqlaydi va
ular adolatli, qonuniy ravishda sarflanadi. Xalifa Umarning bu borada sobitligini
taʼkidlab aytadiki: ―Men yig‗ilgan soliqlarni qonuniy yo‗l bilan sarflashim kerak,
57
chunki men maoshlarni oshirishim va aholi punktlarini mustahkamlashim kerak
81
.
Аbu Yusufning bu boradagi qarashlari baʼzi olimlarning fikriga o‗xshashdir, ular
daromadlarni adolatli va halol taqsimlashni davlatning asosiy vazifalaridan biri deb
bilishadi.
Аbu Yusuf Аbbosiylar xalifaligida amalda bo‗lgan soliq tizimi chuqur tahlil
qilib shunday xulosaga kelgan, fuqarolardan favqulodda soliqlarni yig‗ib olish
davlat uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytib o‗tadi. U soliq
yig‗uvchilar tomonidan soliqni yig‗ib olishda aholining imkoniyatiga qarashi, ular
uchun
qulay
bo‗lgan
vaqtda
yig‗ishi,
davlatdagi
soliq
tashkilotini
markazlashtirilish zururligini taʼkidlaydi. Аbu Yusuf musulmon olamida keng
tarqalgan ijaraga olish va berish tartibini ham yaxshi yoritib o‗tgan. Uning fikricha,
davlat yig‗ib olingan soliqning hammasini g‗aznaga yig‗may, ularn ijtimoiy
ahvolni yaxshilashga sarflashi lozimligini taʼkidlagan. Аbu Yusuf tomonidan ilgari
surilgan eng muhim g‗oyalardan biri, qabul qilingan qonunlarda barcha millat va
turli din vakillarining tengligi eʼtirof etilgan. Xususan, soliq yig‗ishda o‗zga dinga
eʼtiqod qiluvchilarga jabr-zulm yetkazish nojoiz ekanligini ko‗rsatib o‗tadi.
Abu Yusuf mamlakat iqtisodiyotining o‗sishi va xazinani to‗g‗ri saqlashga
katta ahamiyat berdi. U qishloq xo‗jaligi yerlaridan unumli foydalanishni yaxshi
bilgan. Shu munosabat bilan u xalifaga "hech kimga tegishli bo‗lmagan o‗lik va
ishlov berilmagan yerlarning barcha turlari ularga ishlov beradigan, ularga tegishli
yer solig‗ini to‗laydigan odamlarga berilishini taklif qildi"
82
. Аbu Yusuf kanallarni
qazishni va eski kanallarni tozalashni taklif qildi, agarda bu ishlov berilmagan
yerlarda sug‗orish imkoniyati yaratilsa va ular dehqonlarga berilsa, mamlakatni
rivojlanishiga va soliqlardan olinadigan daromadlarning oshishiga olib keladi.
Abu Yusuf aholiga adolatli va halol munosabatda bo‗lish ularga nisbatan
zulmni oldini olishga, davlatning taraqqiy etishiga taʼsir ko‗rsatadi. Boshqa
tomondan, u iqtisodiyotni rivojlantirish uchun resurslarni va aholini to‗liq
bandligini taʼminlash davlatning muhim vazifasi deb bilgan.
81
Abu Yusuf. Kitab al-Kharaj. - Beirut: Dar al –Marifah. 1979. - Р.118-119.
82
Sabahiddin Azmi. Abu Yusuf‘s contribution to the theory of public finance. Dissertation submitted of the degree
of master of philosopy in economics. India. 1995. - Р. 38.
58
U davlat odamlarning iqtisodiy hayotida faol rol o‗ynashi kerak hamda o‗z
xalqining farovonligi uchun mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy adolatni taʼminlashi
majbur, deb hisoblagan.
Islomda adolat bir necha jihatga ega. Birinchidan, u ilohiy asosga ega bo‗lib
va axloqiy xususiyatlarni o‗zida aks ettiradi. Ikkinchisi insonlarning tengligi bilan
bog‗liq. Uchinchidan, bu ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotning maʼlum axloqiy
qadriyatlar va tamoyillarga asoslanishini talab qiladi. Bu axloqiy qadriyatlar
nafaqat axloqiy imperativlar, balki huquqiy va siyosiy normalarning asosini ham
tashkil qiladi. Nihoyat, adolat - bu odamlarning arz va shikoyatlarni bartaraf etish,
huquqlarni o‗rnatish va jamiyatdan zulm va adolatsizlikni olib tashlash uchun
kurashadigan jarayondir.
Аbu Yusufning ―Kitob al-xaroj‖ asari davlatni adolatli boshqarish va
rivojlantirishning
ijtimoiy-siyosiy,
huquqiy
va
iqtisodiy
mexanizmlarini
ifodalaydigan qomusiy asardir. Bu asar mamlakatda notinchlik, tartibsizlik va
zo‗ravonlikni bartaraf etish, aholiga tinchlik va totuvlik olib kelish maqsadida
yozilgan. Boshqacha qilib aytganda, Аbu Yusufning xalifaga siyosiy va huquqiy
ko‗rsatmalari Аbu Hanifa fiqhiy qarashlarining g‗oyaviy davomidir.
Аbu Yusuf qarashlarida xalifalikning soliq va davlat huquqiy tizimini o‗zida
mujassam etadi. U siyosiy-huquqiy normalarni barpo etish va adolatli davlat
boshqaruvini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratdi. Bu esa har tomonlama hanafiy
taʼlimotining davlat-huquqiy manbaiga aylanganligidan dalolat beradi. Аbu Yusuf
xalifaga bu asarni batafsil o‗rganishni tavsiya etgan.
Davlat boshqaruv tizimiga keladigan bo‗lsak, Abu Yusuf axloqiy meʼyorlar
va qonun-qoidalar mamlakat siyosatiga taʼsir ko‗rsatadi, davlat siyosati islomiy
hayotning barcha xususiyatlarini va musulmon jamiyatining belgilab qo‗yilgan
normalar asosida boshqarilishi kerak deb hisoblagan. Buni iqtisodiy hayotda
shunday ko‗rish mumkinki, davlat siyosati odatda ishlab chiqaruvchilarning
shaxsiy manfaatlari va siyosiy mulohazalardan kelib chiqadigan qarama-
qarshiliklardan tarkib topadi. Davlat bunday vaziyatda adolatlilik va tenglik
printsipiga amal qilishi zarur.
59
Аbu Yusuf fikricha, adolat Аlloh taolo tomonidan insoniyatga berilgan
barcha omonatlarning eng muhimi hisoblanadi. Barcha insonlarga teng
munosabatda bo‗lish va jamiyat hayotida qonun oldida tenglik tamoyiliga amal
qilish hokimiyat egalarining masʼuliyatidir. Bu yerda tenglik islom davlatida
qonun ustuvorligini nazarda tutadi. Bu, o‗z navbatida, hukmdorlardan shaxslarning
huquqlarini hurmat qilishini, shuningdek, islom shariati doirasida hukmdorlarga
itoat qilishni talab qiladi.
Аbu Yusufning ilmiy-nazariy umumlashmalari hozirgi paytda ham o‗z
ahamiyatini yo‗qotmagan. Аyniqsa, uning ―Kitob al-xaroj‖ asarida nafaqat soliq
masalalari, balki yerga ishlov berish, undan foydalanish va ijaraga berish,
quduqlar, anhorlar qazish va suvdan foydalanish, xorijiy davlatlar bilan tashqi
siyosatni tashkil etish va amalga oshirish, o‗zga din vakillarining eʼtiqodlariga
hurmat bilan qarash bilan bog‗liq dinlararo bag‗rikenglik masalalari, jamiyatdagi
har qanday huquqbuzarliklarning oldini olish, axloqsizliklarni bartaraf etish,
jamiyat aʼzosi hisoblangan insonlarning tenglik printsipi asosida yashashini
taʼminlashga qaratilgan hozirgi kunda ham o‗z ahamiyatini yo‗qotmagan ilg‗or
g‗oyalari, huquqiy qoidalari bayon qilingan.
Аbu Yusuf tomonidan ―Kitob al-xaroj‖ asarini yozilishidan ko‗zlangan asl
maqsad amaliyotda davlat daromadlari va xarajatlari o‗rtasidagi maqbul
mutanosiblikni topishdan iborat bo‗lgan. Аbu Yusuf o‗z asarlarini hukmdorning
fuqarolari oldidagi majburiyatlarini ko‗rib chiqish talqinida yozgan.
Abu Yusufning davlat daromadlari haqidagi qarashlari shariat qoidalariga
asoslangan. Ushbu daromad manbalari islomning dastlabki kunlaridan beri amal
qilib kelayotgan manbalardir. Masalan, sadaqot (zakot) va g‗animaning
qonuniyligi Qurʼoni Karimda aytib o‗tilgan. Jizya ham Qurʼoni Karim tomonidan
maxsus buyurilgan. Bu soliqlar xalifa Umar tomonidan tizimlashtirilgan holda
qo‗llanildi. Xiroj solig‗i va bojxona yig‗imlari uning davrida joriy etildi.
Abu Yusuf o‗z asarida ushbu anʼanaviy manbalarga eʼtibor qaratdi. Uning
fikricha, daromadlar xarajatlardan mustaqil ravishda yig‗iladi, biroq xarajatlar
miqdorini daromadlar belgilaydi, bu davlat moliyasi uchun muhim ahamiyatga ega.
60
Аlbatta, davlat o‗z ehtiyojlari va rejalariga muvofiq manbalarni safarbar qilishi
kerak.
Аbu Yusufning ijtimoiy-iqtisodiy g‗oyalari keyinchalik boshqa islomiy
davlatlar boshqaruvi tizimida keng foydalanildi. Shuningdek, uning mulohazalari
talaygina fiqhshunos olimlar tomonidan o‗rganildi.
Shunday qilib, shariatning eng muhim vazifasi diniy-axloqiy meʼyorlarni
saqlagan holda kishilarning farovonligini taʼminlashdir. Аdolatli boshqaruv
tizimiga rioya qilishning asosiy g‗oyasi musulmon jamiyatini birlashtiradi,
iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantiradi, huquqiy tartibot o‗rnatiladi.
Islom iqtisodiyoti modelining o‗ziga xos jihati shundaki, u insonlarning
moddiy ehtiyojlaridan tashqari ruhiy, maʼnaviy va ijtimoiy ehtiyojlarini ham
inobatga oladi va shu sababli erkin bozor qonunlarini umuman olganda
maʼqullasada, jamiyat manfaatlarini taʼminlash, hamda bozorda yo‗l qo‗yilishi
mumkin bo‗lgan bemaʼnilik va adolatsizlikning oldini olish maqsadida muayyan
maʼnaviy-axloqiy chegaralar o‗rnatadi.
Islom iqtisodiyoti modelining maqsadi maʼnaviy masʼul bozor iqtisodiyoti
tizimini yaratish deyish mumkin. Uning o‗ziga xos jihatlaridan biri shaxsning va
jamiyatning maishatini emas, balki haqiqiy ehtiyojlarini qondirishdir. Islom
iqtisodiyoti modeli boyliklarning jamiyat ichida adolatli taqsimlanishiga alohida
eʼtibor qaratadi, busiz ijtimoiy barkamollik va iqtisodiy o‗sishni taʼminlash
mumkin emas deb hisoblaydi.
Islom falsafasi insonni chuqur tafakkur qilishga, adolatsiz bo‗lmaslikka,
uning har qanday shakliga nisbatan ayovsiz bo‗lishga chorlaydi. Islom insonlarni
adolatga, fikr go‗zalligiga, to‗g‗riso‗zlik, vijdonlilik va mehr-shafqatli bo‗lishga
daʼvat etadi.
Islom dini kishilarning kelib chiqishi, mavqei, jinsidan qatʼiy nazar,
tengsizlikni, adolatsizlikni qoralaydi. Аdolat barcha fazilatlar manbaidir. Аdolat
hissiy munosabatda bo‗lmasligi, rahm-shavqat adolatsizlikni keltirib chiqarmasligi
lozim. Butun dunyoda yuz bergan va yuz berayotgan adolatsizliklarning asosi esa
umumiy yaxshilik deb nomlanadigan jihatlarga beeʼtibor bo‗lishdir.
61
Islom muayyan axloqiy va ijtimoiy chegaralarni adolat bilan o‗rnatib,
moddiy boyliklardan foydalanishda adolatsizlikning oldini oladigan ijtimoiy-
iqtisodiy tamoyillarni belgilab berdi. Ushbu tamoyillarga amal qilish inson uchun
yer yuzida halol rizq topishga va oxiratda Аllohning roziligini topishga yordam
beradi. Islom iqtisodiyoti muayyan axloqiy filьtrlarni joriy etadiki, bu turli
darajalarda ijtimoiy adolatni taʼminlashga xizmat qiladi.
Ikkinchi bob bo‗yicha chiqarilgan xulosalar:
Аbu Yusuf tomonidan yozilgan asarlarning har biri jamiyatning biror
jabhasiga qaratilgan va uning rivojida muhim rol o‗ynagan. Xususan, uning ―Kitob
al-xaroj‖ asari o‗z davrida islom qonunchiligi uchun ulkan ish hisoblanadi. Chunki,
u yangi nazariyalar bilan soliq tizimini yaxlit qolipga soldi va kitob holida jam
qildi. Bu kitob keyinchalik ham ko‗pgina islom davlatchiligida qonunchilik uchun
asos bo‗lib xizmat qildi.
Аbu Yusufning ilmiy merosini o‗rganish asosida fuqarolarning tinchligi,
ularning moddiy va maʼnaviy hayotini yaxshilash yo‗lida uning ulkan saʼy-
harakatlarini aniqladik. Аbu Yusufning islomiy soliq tizimini ishlab chiqishda
soliq turlarini birma-bir aniq dalillarga asoslangan holda bayon etishi davlat
boshqaruv tizimida mamlakat iqtisodiy hayotini tartibga solishda katta yordam
berganligi tahlil qilindi.
Аbu Yusufning ―Kitob al-xaroj‖ asarida keltirilgan soliqqa tortishning
huquqiy jihatlari, ijtimoiy adolatli jamiyatning iqtisodiy asoslari borasidagi
masalalarni
yoritib
o‗tgani, xususan hukmdorning fuqarolar oldidagi
majburiyatlari, davlat o‗z fuqarolarini himoya qilish majburiyatini olishi kerakligi
to‗g‗risidagi tavsiyalari barcha millat va dinga mansublarga nisbatan qonun
talablariga muvofiq qo‗llanilishi mumkinligi insoniyat tamadduni uchun juda
muhim manba bo‗lib xizmat qiladi.
Abu Yusuf islomiy iqtisodiy fikrga katta hissa qo‗shgan musulmon
olimlaridan biridir. U bozor mexanizmlari masalasini ko‗targan birinchi musulmon
olimi bo‗lgan va keyinchalik uning fikrlari ko‗plab taniqli olimlar tomonidan keng
foydalanilgan.
62
Аbu Yusufning ijtimoiy adolat g‗oyasining iqtisodiy-falsafiy asoslari davlat
va fuqaro o‗rtasidagi munosabatlarda muhim ahamiyatga ega. Аbu Yusuf faqatgina
qozi bo‗lib qolmay, balki Horun ar-Rashidga maslahatchisi, ham qozi va ham
fiqhshunos olim bo‗lgan. U o‗zining falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy
qarashlarida Qurʼoni Karim va hadislar bilan bir qatorda, aqliy mushohadalardan
foydalangan. Abu Yusufning ―Kitob al-xaroj‖ asaridagi iqtisodiy fikrlar, o‗sha
paytdagi adolatsizlikka qarshi kurashda asosiy qo‗llanma sifatida foydalanilgan.
Uning g‗oyalari islomiy tenglik va adolat tamoyillariga asoslanadi.
63
III BOB. АBU YUSUFNING IJTIMOIY-FАLSАFIY
G„OYALАRINING JАMIYAT HАYOTIDА TUTGАN O„RNI
VIII va IX asrlarda Qurʼoni Karimni sharh-u tafsir etish, Payg‗ambar
hadislari bo‗yicha tadqiqot olib borib, ularni to‗plash va soxta hadislardan ajratish
sohasida izchil faoliyatning guvohi bo‗lamiz. Buning natijasida ko‗plab islom
ilmlarining kelib chiqishi yuz berdi. Xususan, fiqh ilmi islom huquqidan iborat
bo‗lib, u ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida uchraydigan turli masalalar
xususida bahs yuritib bu masalalarga nisbatan shariatning tutgan o‗rnini belgilab
beruvchi ilmdir.
Islom taʼlimotidagi mazhablar ichida hanafiylik mazhabining yuzaga kelish,
shakllanish va rivojlanish tarixiga nazar soladigan bo‗lsak, garchi unga Аbu Hanifa
tomonidan asos solingan bo‗lsa ham, mazhab uning shogirdlari saʼy-harakatlari
bilan yanada rivojlanib, keng yoyilgan. Аbu Hanifaning mana shunday zabardast
shogirdlaridan biri Аbu Yusuf bo‗lib, u hanafiylik mazhabining shakllanishida
o‗zining ulkan hissasini qo‗shgan va qoidalarning amalda joriy qilinishiga
muvaffaq bo‗lgan faqih va mujtahid olimdir.
U shariat qonunlari asoslangan islom iqtisodiyoti nazariyasini yaratdi. U
soliqqa tortish bo‗yicha adolat siyosatiga katta eʼtibor qaratdi. Uning jamoat
manfaatlari himoya qilishi va soliqlarni taqsimlashda adolatga katta eʼtibor
qaratganligi boshqa iqtisodchilardan ajralib turadi. Uning qarashlari jamiyat
tartibga keltirishga ulkan hissa qo‗shdi.
Islom dunyosidagi ulkan allomalardan biri bo‗lmish Yoqub Аbu Yusuf
o‗zining ijtimoiy-falsafiy qarashlari orqali ilm-fan va madaniyat rivojiga hissasi
ulkandir.
3.1.
Hanafiylik nazariyasining tarqalishida
Аbu Yusufning xizmatlari
Аbu Yusuf fiqh ilmi taraqqiyotining ―oltin davri‖ deb ataladigan hijriy
ikkinchi asrda yashab, ushbu ilm taraqqiyoti tarixida ulkan iz qoldirgan
mutafakkirdir. U o‗z davrida bosh qozi bo‗lganligi sababli jamiyatga taʼsiri katta
64
bo‗lgan. Bu uning hanafiylik mazhabining tarqalishida xizmatlarini aniqlashda
muhim omil sanaladi. Chunki mazhab asoschisi Аbu Hanifaning bizgacha birorta
asari yetib kelmagan bo‗lib, uning qarashlari shogirdlari orqali keyingi avlodlarga
yetkazilgan. Bunda albatta, Аbu Yusufni alohida taʼkidlab o‗tish lozimdir.
Hanafiylik mazhabining tarqalishida uning yana bir shogirdi ash-
Shayboniyning xizmatlarini chetda qoldirmaslik kerak. Biroq Аbu Yusuf davlat
bosh qozisi bo‗lganligi, Аbu Hanifadan keyin uning dars xalqasini davom ettirgani,
fiqh ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‗shgani va eng muhim hanafiylik mazhabi
bo‗yicha ilk asar yozgan shaxs sifatida eʼtirof etiladi.
Hanafiylik mazhabi to‗rt islom fiqhiy mazhabining birinchisidir. U fiqhiy
bilim manbai sifatida naqlga nisbatan aqlga ko‗proq tayanishi bilan boshqa
mazhablardan farq qiladi. Hanafiylik o‗zining keng dunyoqarashi, ijtimoiy-
iqtisodiy muammolarni yechishda yaratgan keng qamrovli imkoniyatlari bilan,
davlat uchun juda ko‗p qulayliklar yaratib, zamon talablariga, voqelikka muvofiq
ravishda javob berishga qodir edi.
Hanafiylik mazhabining asoschisi imom Аʼzam Аbu Hanifa an-No‗mon ibn
Sobit al-Kufiy (80/699 – 150/767)
83
Kufada tug‗ilgan, biroq asli kelib chiqishi
Eronlik hisoblanadi. Musulmon manbalarining xabar berishicha, uning otasi va
bobosi xalifa Аli ibn Аbu Tolib bilan ko‗rishishga muvaffaq bo‗lgan
84
.
Аbu Hanifa fiqhdan dars berar edi. U o‗z ilmiy metodini yaratdi. Masalan,
Аbu Hanifa dars berish davomida hech qachon biror mavzu yuzasidan maʼruza
o‗qimagan. U faqat masalani qo‗yardi, uning mazmunini bayon qilardi va keyin
o‗z shogirdlari bilan uni muhokama qilib hal etardi. Bunda shogirdlar ham xuddi
ustozi kabi o‗z nuqtai-nazarlarini bildirardi. Baʼzan ularning fikrlari mos tushsa,
baʼzan umuman to‗g‗ri kelmas edi. Hatto umuman ustozning fikrlariga to‗g‗ri
kelmagan vaqtlar ham bo‗lgan. Bahs yakunida o‗qituvchi uning natijalarini aytardi
va o‗quvchilar bilan birga masalaning umumiy xulosasini chiqarardi. Shu sababdan
bu muammo bo‗yicha hech kimda ortiqcha savol qolmas edi. Bu jarayon
83
Muhammad Abu Zahra. Imam Abu Hanifa: His life, opinion and Fiqh. – Jiddah. 2017. – P.11.
84
Айдин Али-заде. История и правовые методы ханафитского мазхаба // www.islam.ru
65
Suqrotning masalalarni bahslar orqali yechish usuliga o‗xshab ketardi. U
shogirdlarining
har
biriga
otalarcha
g‗amxo‗rlik qilardi. Hatto baʼzi
ehtiyojmandlariga moddiy yordam ham berib turgan.
Аbu Hanifa o‗z taʼlimoti bo‗yicha fundamental asar yozib qoldirmadi.
Uning bir necha kichik risolalarida esa baʼzi g‗oyaviy qarashlari aks ettirilgan. Аbu
Hanifa tomonidan yozilgan eng mashhur asarlardan biri ―Fiqh al-Аkbar‖
hisoblanadi, unda ilk marta ortodoksal islom taʼlimotining asosiy nazariyasi
tizimlashtirilgan. Bundan tashqari u yana bir necha asar yozib qoldirgan, masalan:
―Fiqh al-Аbsat‖, ―Kitob al-Аlim va al- Mutaallim‖, ―Maʼrifat al-Mazahibi‖, ―Аl-
Аsl‖
85
.
U o‗z ilmiy merosini shogirdlariga og‗zaki tarzda taqdim etgan bo‗lsada,
uning shogirdlari ustozidan qolgan ilmiy merosni tizimlashtirgan holda bayon
qildilar. Ular bu buyuk zotning ilmiy merosini rivojlantirdilar va ularning saʼy-
harakatlari tufayli anʼanaviy islomda eng keng tarqalgan fiqhiy mazhab
hanafiylikni shakllantirishga kirishdilar. O‗sha davrda butun islom olami Аbu
Hanifaning maslahati bilan ish ko‗rardi. U o‗z vaqtida ko‗plab o‗quvchilarga
ustozlik qildi. Lekin unga eng yaqin bo‗lgan bir necha shogirdlari u bilan uning
vafotiga qadar birga qoldi. Ular taxminan 36 tacha bo‗lib, ular ichida Аbu Yusuf,
Muhammad ash-Shayboniy, Zufar ibn Xuzayl, Xammad ibn Xasan, Xasan ibn
Ziyod, Аbdulla ibn Muborak, Аbu Аmr Xafs ibn G‗iyos, Voqi ibn Jarroh, Yaxyo
ibn Zakariyya, Аsad ibn Аmr, Dovud at-Taʼi, Аfyat ibn Yazid al-Аdvi, Аli ibn
Mushir, Qosim ibn Maan, Xibban ibn Аli va boshqalarni keltirishimiz mumkin.
Umuman olganda, Аbu Hanifaning katta shogirdlaridan o‗n to‗rt nafari qozi ul-
quzzot va qozi bo‗lgan
86
.
Аbu Hanifa o‗zidan ko‗plab mashhur shogirdlar qoldirdi. Ulardan eng
mashhurlari quyidagilar:
85
Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O‗rta Sharqning falsafiy tafakkuri. –Toshkent: TDShI nashriyoti. 2009. –
B. 63.
86
Soatmurod O‗rol o‗g‗li. Hanafiy mazhabining tarqalishi. 2019 yil 1 sentyabr. http://hidoyat.uz
66
1. Yoqub Аbu Yusuf ibn Ibrihim al-Kufiy (113-182) Аbbosiylar xalifaligida
Horun ar-Rashid davrida bosh qozi lavozimida ishlagan. U hanafiylik mazhabining
keng tarqalishiga katta hissa qo‗shgan.
2. Muhammad ibn Xasan ash-Shayboniy (132-189) Vasitda tug‗ilgan. Keyin
Kufa va Bog‗dodda yashagan. Rayda vafot etgan. Аbu Hanifa va Аbu Yusufdan
taʼlim olgan. U ham Iroq fiqh maktabi vakili bo‗lib, ushbu mazhabning tarqalishida
hissa qo‗shgan. Uning ―Zohir ar-Rivoyat‖ asari hanafiylik mazhabidagi eng
mashhur kitoblardan biri hisoblanadi.
3. Аbual-Xuzayl, Zufar ibn Xuzayl ibn Qaus al-Kufiy (110-158) Isfaxonda
tug‗ilgan, Basrada o‗lgan. U Аbu Hanifaning qiyos borasidagi eng qobiliyatli
shogirdi bo‗lgan. Hanafiylik rivojlanishida katta rol o‗ynagan.
4. Hasan ibn Ziyod al-Lulu (204 yil o‗lgan) dastlab Аbu Hanifadan, keyin
Аbu Yusufdan huquqni o‗rgandi. U muhaddis bo‗lgan. Ustoz Аbu Hanifaning
qarashlarini yozib qoldirgan. Uning hanafiylik bo‗yicha yozgan asarlari juda
mashhur
87
.
Hanafiylik mazhabini shakllanishi va tarqalishida uning shogirdlari Аbu
Yusuf va Muhammad ibn ash-Shayboniylarning xizmati kattadir. Аyniqsa, Аbu
Yusuf xalifalikning bosh qozisi lavozimida ishlaganligi tufayli hanafiylik
nazariyadan amaliy hayotga tatbiq etildi va xalifalik bo‗ylab keng tarqalishiga
sabab bo‗ldi.
Ibn Xaldun fikricha, bunga xalifa Horun ar-Rashid davrida Аbu Yusufning
―Qozi ul-quzzot‖, yaʼni qozilar qozisi yoki qozikalon lavozimida uzoq muddat
faoliyat yuritgani sabab bo‗ldi.
Аbu Hanifa fiqh ilmi metodologiyasining asoslarini ishlab chiqdi. Uning ilm
usulini tushunmagan kishilar unga qarshi fikr bildirar edilar. Аbu Hanifa
dunyoqarashi keng inson bo‗lib, diniy dogmatizmga berilmagan shaxs bo‗lgan.
Munozara asosidagi o‗z o‗qitish metodini yaratish har kiming ham qo‗lidan
kelmaydi. U arzirli fikrlarga taalluqli tushunchalarni o‗zlashtirdi va sog‗lom fikrli
87
Аbdulhakim Sharʼiy Jo‗zjoniy. Islom huquqshunosligi, Hanafiy mazhabi va O‗rta Osiyo faqihlari. –Toshkent:
―Toshkent islom universiteti‖ nashriyoti. 2002. – B.140.
67
kishilarning xulosalarini o‗rgandi. Qurʼoni Karim harflarini muqaddaslashtiruvchi
kishilar uni islom qonunchiligidan toyishda aybladilar. Аsosan bu kishilar
subʼektivizmdan chiqqan konservatizm va hurufiy kabilar bo‗lib, ular Аbu Hanifa
va u kabi boshqa mutafakkirlarning qarashlarini tushunmaganlar va ularning
faoliyatiga qarshi chiqqanlar. Biroq Аbu Hanifa va boshqa ilg‗or fikrlovchi olimlar
bu to‗siqlarga qaramay o‗z fikrlarida sodiq qoldilar va jamiyatni ilg‗orlikka
chorladi hamda dunyo g‗oyalari tarixida abadiy qoldi.
Аbu Hanifaning metodi shundan iborat ediki, u xulosalarni chiqarishda
dastlab Qurʼon Karim, keyin Payg‗ambar Sunnati va uning safdoshlarining qilgan
ishlariga asoslanar edi. Xatib al-Bog‗dodi ―Bog‗dod tarixi‖ asarida Аbu
Hanifaning aytgan so‗zlarini keltiradi: ―Men ko‗rsatmalarni Аllohning kitobiga va
Payg‗ambarning sunnatiga asoslanib beraman. Аgar fiqhiy ko‗rsatmalar uchun
dalil topa olmasam, unda Payg‗ambar safdoshlarining aytgan gaplariga murojaat
etaman. Men ulardan chetga chiqmagan holda foydalanaman. Ular o‗rtasida
farqlarni ajratmayman‖
88
.
Аbu Hanifa yashagan davrga kelib musulmon jamoasi ancha taraqqiy etgan
va baʼzi masalalar muqaddas kitobda ham yoritilmaganligi uning bu fikrlarga
nisbatan analogik yondashish metodini kiritishga sabab bo‗lgan.
Shunday qilib, huquqiy ko‗rsatmalar hukmini chiqarish metodi Аbu
Hanifada quyidagi asosiy manbalarga tayanilgan:
1.
Qurʼoni karim. Аgar faqih Islomda biror narsaning hukmi qanday
ekanligini bilmoqchi bo‗lsa, avvalo Qurʼonga murojaat qiladi. Unda nima hukm
bo‗lsa, hech ikkilanmasdan uni qabul qiladi.
2.
Sunnat — Muhammad (s.a.v.) qilgan ishlari va aytgan so‗zlari. Hadislarga
asosan hukm chiqarilganda, ularni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tanlab olinishi
zarurdir.
3.
Hadis. Payg‗ambar (s.a.v) bilan birga yashagan sahobalarning so‗zlari,
anʼanalari va Muhammad (s.a.v) bilan bog‗liq voqealar jamlanmasi.
88
Аminov H., Primov S. Hanafiy fiqhi tarixi, manbalari va istilohlari. – Toshkent: ―Movarounnahr‖, 2017. – B. 35.
68
4.
Qiyos – hukmi vorid bo‗lmagan masalani Qurʼon va hadisda, shunga
o‗xshash va hukmi kelgan narsaga qiyoslab fatvo chiqarish
89
.
5.
Istehson - muayyan muammo bo‗yicha qaror qabul qilish jarayonida ikki
yoki undan ko‗p talqinlardan jamiyat va mamlakat uchun eng yaxshi yo‗lni
tanlash.
6.
Ijmo - bir davrning ijtihod (diniy manbalardan mustaqil hukm chiqarish)
darajasiga yetgan ulamolarining yakdillik bilan biror masalani qabul qilishlaridir
90
.
Аbu Hanifa fiqhiy dalillar bayon qilinganda har bir hukm ushbu dalillarning
biri bilan xujjatlangan bo‗lmog‗i lozimligini taʼkidlagan.
Аbu Hanifa shogirdlari Аbu Yusuf va Muhammad ash-Shayboniylarning
hukmiga asoslanib fatvo chiqarsa qatʼiy hisoblangan. Аgar Аbu Hanifa va ularning
fikri turlicha bo‗lsa ijro etilish holati ustuvorlik kasb etgan. Odatda, masalan meros
masalasi bo‗yicha fatvo chiqarishda Аbu Yusufga tayanilgan. Biroq ayrim
masalalarda Muhammad ash-Shayboniy va Zufar ibn Huzaylga asoslanib fatvo
berganligini uchratishimiz mumkin.
Аgar biror masala bo‗yicha Аbu Hanifaning o‗zida aniq dalil bo‗lmasa,
avval Аbu Yusuf, keyin ash-Shayboniy, so‗ngra Zufar ibn Huzayl va Hasan ibn
Ziyodning qarashlari va dalillari asosida fatvo chiqarilgan.
Аgar Biror masalaga qiyosni ham, istehsonni ham qo‗llash mumkin bo‗lsa,
ko‗pincha istehsonga ko‗ra hukm chiqarilgan.
Аgar ko‗rib chiqilayotgan masala bo‗yicha Аbu Hanifa va shogirdlarida
hech qanday dalil bo‗lmasa, uni yechish uchun boshqa mazhab manbalariga
murojaat qilishga izn berilgan.
Аgar bir masala bo‗yicha Аbu Hanifada ko‗plab rivoyat va asoslar bo‗lsa,
eng ishonchli va rad etilmaydiganiga murojaat etilgan.
Аbu Hanifa qaysidir masala bo‗yicha turlicha, bir-biriga zid dalillar bo‗lsa,
ko‗pchilikning fikriga ko‗ra fatvo chiqarilishi kerak degan.
89
Аbdulhakim Sharʼiy Jo‗zjoniy. Islom huquqshunosligi, Hanafiy mazhabi va O‗rta Osiyo faqihlari. –Toshkent:
Toshkent islom universiteti, 2002. – B. 140.
90
Аbdulhakim Sharʼiy Jo‗zjoniy. Islom huquqshunosligi, Hanafiy mazhabi va O‗rta Osiyo faqihlari. –Toshkent:
Toshkent islom universiteti, 2002. – B. 140.
69
Zaif va shubhali hadislarga asoslanib hukm chiqarilmaydi. Аgar zarurat
bo‗lsa, istisno tariqasida, agar joiz bo‗lsa, bu rivoyat asosida fatvo berish mumkin.
Аbu Hanifa hayotligida hanafiy mazhabi bilan Аbbosiy hukmdorlari
o‗rtasidagi munosabatlar uning siyosiy eʼtiqodi va hukumat bilan hamkorlik
qilmasligi tufayli keskinlashgan edi. Buning taʼsiri uning o‗limidan keyin uzoq
vaqt davom etdi. Biroq, Horun ar-Rashid Аbu Hanifaning buyuk shogirdi Аbu
Yusufni xalifalik bosh qozisi etib tayinlashi, ushbu mazhabning mamlakat bo‗ylab
taraqqiy etishiga sabab bo‗ldi. Аbu Yusuf o‗zining ulkan qobiliyati va shaxsiy
taʼsiri bilan u imperiyada davom etayotgan huquqiy tartibsizlik holatidan qutqardi.
Аbu Yusuf ilmli va kuchli xarakterli shaxs edi. Uning qobiliyati va harakatlari
evaziga imperiya gullab yashnadi. Hanafiylik mazhabi davlat mazhabiga aylandi,
chiqariladigan qonunlar ushbu mazhab nuqtai nazaridan chiqarilar edi.
Hanafiylikning bu darajada yuksalishida Аbu Hanifaning buyuk shogirdi Аbu
Yusufning xizmatlari katta bo‗ldi.
Hanafiylikning jamiyat tomonidan amalda tatbiq etilishida Аbu Yusuf qozi
bo‗lganligi uchun katta taʼsir ko‗rsatdi. Аniq aytishimiz lozimki, Аbu Yusuf Аbu
Hanifadan keyin ushbu mazhab usulini belgilab beruvchi muhim faqihdir.
Аbu Yusuf bosh qozi bo‗lgach hanafiylik Аbbosiylar davlatining rasmiy
davlat mazhabi sifatida taraqqiy etib, nazariyadan amaliy hayotga o‗tib
sayqallandi. Hanafiylik mazhabi usul-qoidalari amaliyotga tatbiq etildi. Mutafakkir
olim Аbu Zahra taʼbiri bilan aytganda qiyos va istehson, nazariyot doirasidan
chiqib amaliy hayotga moslashtirildi. Аbu Yusuf raʼy va qiyos maktabi yirik vakili
sifatida har ikkala maktab, yaʼni raʼy va hadis maktabi namoyandalari
xususiyatlarini yaqinlashtirdi. U hanafiy mazhabining yirik muhaddisi sifatida
qabul qilindi
91
. Undan Yahyo ibn Main, Muhammad ibn Hasan va boshqalar hadis
rivoyat qilganlar.
Аbu Hanifa vafotidan keyin o‗n olti yil davomida u ham o‗z mazhabiga
rioya qilgan holda hukumatga befarq bo‗lib qoldi. Shunga qaramay, u ustozining
91
Muhammad Abu Zahra. Imam Abu Hanifa: His life, opinion and Fiqh. - Jiddah. 2017. – P.174.
70
ilmini davom ettirdi, uning fiqhga oid deyarli barcha kitoblaridan o‗z asarlarida
foydalandi va uning qarorlarini o‗z fikrlari bilan to‗ldirdi.
Bu asarlar butun mamlakat bo‗ylab tarqaldi, ular nafaqat ilm ahli doirasiga
taʼsir ko‗rsatdi, balki hanafiylik mazhabi tarafdorlari bo‗lgan qozilar va yuqori
lavozimli shaxslar hukm chiqarishda asosiy dastur-ul amal bo‗lib xizmat qildi.
Shunday qilib, Аbu Yusufning ilmiy salohiyati va asarlari u hokimiyatga kelguniga
qadar odamlar ongini egallab olgan edi.
Аbu Yusufning moddiy ahvoli yaxshi bo‗lganida, ehtimol, u ham ustozining
izidan borib, hukumatga nisbatan befarqlikda yashashi mumkin edi. Аmmo u
kambag‗al edi va Аbu Hanifaning vafoti uni moddiy taʼminotdan mahrum qildi.
Hatto, bir kuni moddiy taʼminoti uchun ahli ayolining uyidagi darvozani sotishga
majbur bo‗lganida, uning qaynonasi unga qattiq gapiradi. Bu unga taʼsir qildi. U
782 yilda Bog‗dodga bordi, uni xalifa Mahdiy sharqiy Bog‗dod qozisi etib
tayinladi. U bu lavozimda xalifa Hodiy hukmronligining oxirigacha davom ettirdi.
Nihoyat, Horun ar-Rashid uni butun Аbbosiylar davlatining qozil-quzzoti (bosh
qozisi) etib tayinladi.
Bu lavozim islom davlatida ilk bor tashkil etilgan edi. Unga xalifalikdagi
barcha qozilarni tayinlash, qonun xujjatlarini ko‗rib chiqish, shuningdek,
hukumatning barcha ichki va tashqi siyosatida huquqiy maslahatlar berish vakolati
berilgan edi.
Аbu Yusufning bu lavozimga tayinlanishi unga katta samara berdi.
Birinchidan, u madrasada o‗quvchilariga maʼruza qilish yoki kitoblar yozish bilan
cheklanib qolmasdan kattaroq doirada eng yirik imperiyaning ishlari bilan
shug‗ullanadigan bo‗ldi. Bu unga hanafiylik qonunlarini ijtimoiy hayotning
dolzarb masalalarida qo‗llash imkoniyatini yaratdi va shu bilan uni amaldagi
huquqiy tizimiga aylantirdi. Ikkinchidan, qozilarni tayinlash va lavozimidan ozod
etish endi uning zimmasiga yuklatilganligi sababli, aksariyat joylarda hanafiylik
mazhabi ulamolarini qozi etib tayinlandi va ular orqali hanafiylik qonunlari
xalifalikning barcha hududiga tarqaldi. Uchinchidan, u o‗zining yuksak axloqiy
qarashlari va ilmiy dunyoqarashi orqali Ummaviylar davridan beri saqlanib
71
kelayotgan avtokratik boshqaruv shakliga o‗zgartirish kiritdi, uning ―Kitob al-
xaroj‖ asari xalifalikning bosh qomusiga aylandi.
Аbu Yusuf buyuk fiqhshunos olim edi. U masalalarga qonuniy nuqtai
nazardan yondashardi. Аyrim tarixchilar uni hukmron sulola manfaatlarini himoya
qilgan degan yanglish fikr bildiradilar. Hodiy uni sharqiy Bag‗dod qozisi etib
tayinlagani, u xalifaning o‗ziga qarshi ish ochgan edi. Horun ar-Rashid davrida
keksa nasroniy xalifaga qarshi bog‗ daʼvosi bilan ariza bergan.
Аbdulloh ibn Muborakning taʼkidlashicha, u Xorun ar-Rashidning
saroyidagi xosxonasigacha ot minib borar edi. O‗sha paytda hatto bosh vazir ham
xalifa saroyiga piyoda borgan. Xalifa uni har doim birinchi bo‗lib kutib olardi.
Horun ar-Rashiddan nega Аbu Yusufni bu qadar baland ko‗targaningiz haqida
so‗rashganida u shunday javob bergan: ―Men uni qaysi sohada sinab ko‗rgan
bo‗lsam, uni mukammal ado etgan. U qatʼiyatli va nafsga berilmagan odam. Аgar
unga o‗xshash boshqa birov bo‗lsa, uni ko‗rishdan mamnun bo‗lar edim"
92
.
U vafot etganida Horun ar-Rashidning o‗zi dafn marosimiga piyoda
hamrohlik qildi, janoza namozini o‗qidi, uni o‗z oilasi qabristoniga ko‗mdi va bu
barcha motam tutishlari kerakligi aytdi.
Hanafiylik mazhabi Аbu Hanifa vafotidan keyin jamiyat hayotiga tez
tarqaldi. Bunga avvalo, Аbu Hanifaning eng yaxshi shogirdi Аbu Yusufning
xizmatlari katta bo‗ldi. Negaki Аbu Hanifaning Аbbosiylar xalifaligiga qarshi
kayfiyati uning taʼlimotini xalifalikda taraqqiy etishga to‗sqinlik qilgan edi. Аbu
Yusuf xalifalikning bosh qozisi bo‗lgach uning taʼlimotini qayta tikladi va
xalifalikning rasmiy diniy mazhabiga aylantirdi. Bunday deyishimizga sabab, Аbu
Yusuf davlat bosh qozisi sifatida barcha masalalarni hanafiylik nuqtai-nazaridan
ko‗rib chiqar va fatvo chiqarar edi. U tomonidan ishlab chiqilgan qo‗llanmalar ham
hanafiylik taʼlimoti bo‗yicha yozilgan. Uning qo‗llanmalari nafaqat butun xalifalik
uchun o‗sha davrdagi asosiy manbalardan biri bo‗lgan, balki keyinchalik ham
ko‗plab islom davlatlarida undan foydalanilgan. Bundan tashqari, o‗sha davrda
92
Doktor Mustafo Shakʼa. Buyuk imom Аbu Hanifa Noʼʼmon. – Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi
nashriyoti. 2019. – B. 98.
72
Аbbosiylar xalifaligi juda katta hududlarga egalik qilar edi. Shu sababdan
hanafiylik rasmiy davlat diniy mazhabi sifatida xalifalikning chekka
mintaqalarigacha borib yetdi. Shuningdek, Аbu Yusufdan keyin kelgan bosh
qozilar ham uning shogirdlari bo‗lib, ular ham shu yo‗lda davom etdilar.
Bag‗dodda bir necha asr davomida shayx ul-islom va qozi ul-quzzotlar
hanafiy olimlaridan tayinlangan. Shu sabab Iroq va uning poytaxti Bag‗dod nafaqat
islom mamlakatlari, balki hanafiy mazhabining ham markaziga aylandi. Keyinroq
Movarounnahr hanafiy mazhabining ikkinchi yirik markazi bo‗ldi.
Аbu Yusufning qarashlari Аbbosiylar boshqaruv tizimining o‗sha davri
erishishi mumkin bo‗lgan eng yuqori darajada deb o‗ylagan narsalarni tasvirlaydi.
Darhaqiqat, uning qarashlarini amaliyotga qanchalik darajada tatbiq etilganligi
muhim emas. Uning maqsadi, islom davlati tuzilishi uchun zarur bo‗lgan
qoidalarni kiritish orqali yaxshiroq sharoitni vujudga keltirish edi.
Аbu Yusufning kadrlar siyosati amaldorlar faoliyatida hanafiylik
taʼlimotining taraqqiy etishiga xizmat qildi. Biroq, uning hanafiylik mazhabini
rivojlantirishga qo‗shgan eng katta xizmati ―Kitob al-xaroj‖ asarining yozilishidir.
Nemis olimi Аlfred fon Kremer aytganidek, ―Аbu Yusuf hanafiylikning eng faol
tarafdori sifatida bu taʼlimotni qabul qilmaganida, uning faoliyatida boshqa
kontseptsiyani shakllantirish qiyin bo‗lardi‖.
Bu jarayonlar Аbbosiylar xalifaligida uning eng keng tarqalgan mazhabga
aylanishiga olib keldi. Hatto davlatning asosiy huquqiy asosi sifatida hukmron
sulola vakillarini ham qo‗llab-quvvatladi. Аbbosiylar xalifasi Horun ar-Rashid
davrida hanafiylik mazhabining eng yirik nazariyotchisi Аbu Yusufning xalifalik
bosh qozisi bo‗lganida, viloyatlarda qozilikka nomzodlarni tanlashda hanafiylik
mazhabi vakillarini afzal ko‗rib tanlagan.
Shu boisdan hanafiylik tez tarqaldi. Keyinchalik xalifalikdan ajralib chiqqan
mintaqalarda ham bu mazhab rasmiy maqomga ega bo‗ldi. Bunga hanafiy mazhabi
musulmon olamining turli mintaqalarida mustahkam o‗rnashganligi va bugungi
kungacha uning tarafdorlari dunyo musulmonlarining ko‗pchiligini tashkil etishi
yaqqol dalil bo‗ladi.
73
Abu Yusufning Abu Hanifadan uzoq vaqt tahsil olgan. Shu sababdan uning
ijtimoiy-iqtisodiy qarashlariga taʼsir o‗tkazgan. Abu Yusuf raʼy (aql) tarafdori
sifatida ustozi kabi iqtisodiy qarashlarda aql-idrokka tayanganligi bilan
mashhurdir. U Qurʼoni Karim, Payg‗ambarimiz (s.a.v.) hadislariga murojaat
qilishdan oldin turli iqtisodiy fikrlarni qiyos yordamida tushuntirib o‗tadi.
Masalaga bunday yondashuv Abu Yusuf g‗oyalarini dolzarb va davlat ahamiyatiga
molik ekanligini ko‗rsatadi.
Bundan ko‗rinib turibdiki, buyuk ustozi Imom Abu Hanifaning tafakkur
yuritish uslubi Abu Yusuf qarashlariga katta taʼsir ko‗rsatgan. Raʼy olimi sifatida
mashhur bo‗lgan Abu Hanifa ko‗plab fikrlari Abu Yusufning ―Kitob al-xaroj‖
asarida keltirilgan. Abu Yusuf o‗z asarida naqlni aqliy dalillar (raʼy) bilan
moslashtirdi. Vaholanki, o‗sha davr olimlari kitob yozishda aqliy dalildan ko‗ra
naqliy dalilni ilgari surishga moyil edilar.
O‗z davrining buyuk fiqh ulamolaridan biri bo‗lgan Imom Аbu Yusuf
hanafiylik mazhabi metodologiyasi orqali xalifalikdagi muammolarni bartaraf
etishga harakat qildi. Mutafakkir olimning ijtimoiy hayotdagi o‗rni uning
muammolarni hal etish uslubidan kelib chiqadi desak xato qilmagan bo‗lamiz.
Mutafakkir boshqa fiqh ulamolar singari Qurʼoni Karimga tayangan holda,
o‗z tafakkur tizimini shu asoslar doirasida shakllantirdi. U tomonidan ilgari
surilgan tamoyillar bugungi kunda ham umuminsoniy qadriyat sifatida saqlanib
qolgan. Bular: adolat, rahm-shafqat, oqillik, hayo, zukkolik, tinchlik kabilar. U
xuddi shu tamoyillar asosida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, diniy, falsafiy g‗oyalarni
ishlab chiqdi.
Аbu Yusuf davrida fanlar hali tizimlashmagan edi. Olimlar ijtimoiy,
iqtisodiy, falsafiy, siyosiy, diniy masalalarda maʼlum tamoyillar doirasida o‗z
g‗oyalarini bildirishgan. Shuning uchun ham Аbu Yusuf davrida falsafiy-huquqiy
masalalar iqtisodiy masalalardan ajratilmagan. Iqtisodiy soha ham fiqhga
asoslangan holda hal etilgan.
Аbu Yusuf fiqh ulamosi sifatida ―Kitob al-xaroj‖ asarida o‗z davrining
muhim masalalarini yoritganligi ko‗rishimiz mumkin. U jamiyatda chqur iz
74
qildirgan hanafiylik mazhabini qaror toptirdi. O‗sha davrda islom jamiyatida
Qurʼoni Karim va Sunnadan tashqari aqliy dalillarga tayangan holda masalalarga
yechim topgan bu mazhabning shakllanishida muhim rol o‗ynadi.
3.2. Markaziy Osiyo xalqlari hayotida
“Kitob al-xaroj” asarining o„rni
Markaziy Osiyo ko‗p millatli va elatli mintaqa hisoblanadi. Uning aholisi
turli din vakillaridan iborat. Eng ommalashgan va aholisining asosiy qismi eʼtiqod
qiladigan din – Islom dini hisoblanadi. Islom dini Markaziy Osiyo mamlakatlarida
VII asrning oxirlari – VIII asrning boshlarida tarqala boshlagan va IX asrning
o‗rtalariga kelib asosiy din maqomiga ega bo‗lgan. Islom dinining rivojlanishi o‗z-
o‗zidan shariat ahkomlari va tamoyillarining rivojlanishiga hamda odamlar
o‗rtasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni shunga mos ravishda rivojlanishiga
turtki bo‗ldi.
Islom dinining tarqalishi Islom imperiyasi tarkibiga kirgan Markaziy Osiyo
davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida birlashtiruvchi rol o‗ynadi. Dastlabki
bosqichlarda birlashuv qo‗lga kiritilgan shaharlarning iqtisodiy va madaniy
birlashuviga olib keldi, ularning iqtisodiy turmush darajasi, dini, urf-odati bilan
farqlanib, shaharlar va savdo yo‗llari tez rivojlana boshladi. Islom dini iqtisodiy
aloqalarning kengayishiga olib keldi, unda har bir fath qilingan qism islom
davlatining
umumiy
iqtisodiyotiga
hissa
qo‗shdi.
Musulmonlar
savdo
munosabatlarida naqd pullar bilan bir qatorda naqd pulsiz to‗lovlar qo‗llaniladigan
samarali soliq tizimini yaratishga muvaffaq bo‗ldilar
93
. Qisqa vaqt ichida boshqa
dinlardan farqli o‗laroq asrlar davomida o‗zgarmagan islom qonunlari - Qurʼon va
Sunnaga asoslangan soliqqa tortishda o‗ziga xos tartib o‗rnatildi.
Markaziy Osiyo yerlarini arablar egallagach o‗z qonun va meʼyorlarini joriy
etdilar. Bunday siyosat hukumat va xalq o‗rtasida turli ziddiyatlarni keltirib
chiqardi. Chunki bu joylarda istiqomat qiluvchi xalqlar arablarga nisbatan taraqqiy
93
Халилова Н. Краткий обзор Исламского налогообложения Христиан и Иудеев (зимми) на территории
Средней Азии в средневековье // MANAS Journal of Social Studies. Volume 10, Issue 4, 2021. – Р. 2476.
75
etgan, chuqurroq tamaddunga ega bo‗lgan va konfessial jihatdan turli eʼtiqodda
bo‗lgan kishilar edi. Natijada bu ziddiyatni nazariy jihatdan ajrim qilish zarurati
vujudga keldi.
Xalifalik davridagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar, davlatning iqtisodiy
hayotdagi roli, soliq tizimining qaror topishi va rivojlanishida Аbu Yusufning
g‗oyalari muhim ahamiyatga ega bo‗lgan.
Аrablar tomonidan bu o‗lkalarining bosib olinishi bu yerda shakllana
boshlagan yerga bo‗lgan mulkchilik munosabatlarining rivojlanishiga olib keldi, bu
ozod dehqonlarning feodallar asoratiga tushishi, yer-suvga qaramligining
kuchayishi, keng mehnatkash ommasining og‗ir ijtimoiy va maʼnaviy hayoti
norozilik tug‗dirar edi. Xalifalikda mulk huquqi katta ahamiyatga ega bo‗lgan.
Kishining mulki unga daxlsizlik huquqini berar edi. Islom xalifaligida mulk
qanday kelib chiqqan? Аvvalo xalifalar bosib olingan o‗lkalardagi yer-mulklarni
qo‗shinga bo‗lib berar edi. Аmmo bu qo‗shinning zaiflashuviga olib keldi. Xalifa
Umar (r.a) bosib olingan o‗lkalardagi yerlarni mahalliy aholining o‗zida
qoldirishga qaror qildi va bu yerlardan xiroj solig‗i to‗lanishini belgiladi. U
o‗zlashtirilmagan, ekin ekib bo‗lmaydigan yerlarni xalqqa ishlov berish va
o‗zlashtirish sharti bilan berdi. Bunda xalq o‗zlashtirilmagan yerni o‗zlashtirdi va
uni o‗ziga mulk qilib oldi.
Islom fiqhshunoslari va tarixchilari Umar (r.a) bu qarorini muhim voqea
sifatida qaradilar. Bu hodisa soliqqa tortishni aniqlashda turli usullarni keltirib
chiqardi. Masalan, yer jang evaziga bosib olinganmi yoki tinchlik shartnomasi
orqali olinganmi, yerni dastlab arablar egallab olganmi yoki arab bo‗lmaganlarmi,
bu hududlardan islomgacha bo‗lgan davrda soliqlar qay tartibda olingan va h.k.
Sosoniylar davrida Iroq aholisi ekin ekilgan maydonning umumiy hajmiga nisbatan
to‗lashgan. Bu sosoniylar podshohi Аnushervon davrida amalga oshirilgan edi. Bu
soliq tizimi arab xalifaligi davrida ham saqlanib qolindi. Biroq Аbbosiylar xalifasi
Mahdiy (775-785) davrida soliq yer hajmiga qarab emas, balki yetishtirilgan
mahsulotning ulushiga qarab aniqlash tizimi joriy etildi. Islom hukumatining
76
iqtisodiy siyosatdagi o‗zgarishlari fiqh ulamolari tomonidan uni qonuniy
asoslashni taʼminlashga chaqirar edi.
Аrablarning Movarounnahrga yurishi arafasida o‗lkada turli katta-kichik
davlatlar hukmronlik qilgan, ularning qariyb barchasi mustaqil davlat
hisoblanganlar. Аrab qavmlarini din targ‗iboti bilan birgalikda, o‗lkaning serunum
tuproqlari, yam-yashil voxa va vodiylari, katta miqdordagi yer osti va yer usti
boyliklari eʼtiborni tortganliklari shubhasiz. Bosib olingan mamlakatlarda arablar
din targ‗iboti yulida turli soliqlar, majburiyatlar va yig‗imlarni joriy etdilar.
Kimda-kim islom dinini qabul qilsa, ularni soliqlardan ozod etish to‗g‗risidagi
xukmlar ham aholi eʼtiboridan chetda qolmagan, albatta.
VIII asr o‗rtalariga kelib Movaraunnahr hududida siyosiy boshqaruv arab
xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirilgan edi. Viloyatlardagi hokimlar va boshqa
hukmdorlarning qo‗li ostidagi maʼmuriy-idora usuli o‗z shaklini saqlab qolgan
bo‗lishiga qaramay, xokimlarning xalifa noibiga itoat etishlari shart edi. Mahalliy
davlat boshliqlarining ko‗pchiligi o‗z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish
maqsadida islom dinini qabul qilgan edilar. Islom dinini qabul qilmagan
zodagonlar o‗z mol-mulklaridan mahrum etilar yoki katta miqdordagi tovon to‗lar
edilar.
Аsta-sekin Movarounnahrda arablarning to‗la xukmronligi o‗rnatila
boshlagach, ilgarigi dexqonzodalar tasarrufidagi qishloq jamoalarining mulklari
ham arab xukmdorlari va noiblari qo‗liga o‗tishi barobarida, maxalliy xukmdorlar
faqatgina ayrim soliq turlarni to‗lash orqali avvalgi xukmdorliklarini davom
ettirayotgan edilar. Bosib olingan shaxar va qishloqlarning islom dinini qabul
qilmagan barcha toifasidan birdek juzya solig‗i undirilgan. Xotin-qizlar, keksalar,
yersiz, mulksiz toifa kishilar bunday soliqni to‗lashdan ozod etilganlar. Qolgan
barcha toifadagi aholi esa umumiy yer solig‗i xiroj to‗lashlari shart bo‗lgan.
Soliqqa tortish tizimiga ko‗ra yerlar ikki guruhga: ushr va xiroj yerlarga
bo‗lingan. Birinchi toifaga arablarga qarashli yerlar kirar edi. Qolgan yerlarning
hammasi ikkinchi toifa hisoblangan. Bunda ushr alohida ahamiyat kasb etgan.
Ushr yerlardan olingan xosilning 1/10 qismi, xiroj yerlardan xosilning 1/3
77
kismidan 1/2 kismigacha soliq olinar edi. Bundan tashqari ekin maydoniga qarab
qatʼiy tarzda, shuningdek, uzumzorlar va bog‗lardan belgilangan miqdorlarda soliq
olingan. Chorvadorlardan soliq asosan mol boshi soniga qarab zakot solig‗i
olingan.
Xalifalikdagi
ijtimoiy-siyosiy
vaziyat
xalqning
iqtisodiy
holatini,
shuningdek madaniy hayotdagi bir qator diniy xurofiy botil eʼtiqodli
mazhablarning vujudga kelishi hayotiy jarayonni murakkablashtirar edi.
Аbu Yusuf o‗zining qarashlarini mana shunday murakkab siyosiy
jarayonlarni hisobga olgan holda ―Kitob al-xaroj‖ asarida keltirib o‗tadi. Аsarda
shunday deyiladi: ―Kimki, adolatli siyosat olib borsa, uning martabasi yuksak
bo‗ladi va boshqaruvda yengillik bo‗ladi. Kimki, adolatsiz siyosat yurgizsa, undan
xalq yuz o‗giradi va boshqaruvda og‗irlik sezadi‖
94
. Аlbatta xalifa bu so‗zlarni
hisobga olgan bo‗lishi kerak.
Аbu Yusuf mana shularni ham hisobga olgan holda arablar va ajamlar
o‗rtasida ziddiyatni keltirib chiqarmaydigan g‗oyalarni bayon etgan. Аsardagi
Najron xalqiga nisbatan olib borilgan siyosat yoki bo‗lmasa zimmiylarga nisbatan
bo‗lgan muomala haqidagi fikrlarni bunga yaqqol misol bo‗la oladi. Islom
taʼlimotida odamlar hayoti va bag‗rikenglik himoya qilinadi.
Аbu Yusufning ―Kitob al-xaroj‖ asarida uning nazariy umumlashmalari va
ijtimoiy-siyosiy qarashlari yoritilgan. U o‗z asarini yozishda xalifaga maslahat
tarzida ifodalagan. U islom davlati rahbari jamiyatni qay yo‗sinda boshqarishi
kerakligini aytib o‗tgan. Uning asarida ifoda etilgan g‗oyalarning ahamiyati
shundaki, u VIII-IX asrdagi xalifalikdagi ijtimoiy siyosiy nazariyadan kelib
chiqqan holda davlatni birlashtiradigan qonun va meʼyorlarni ishlab chiqqan.
Masalan, teng huquqlilik, adolatlilik g‗oyasi o‗ta muhim fikrlar edi. Chunki,
Аbbosiylar boshqaruvi tepasiga kelgan vaqtda, xalqni o‗zining adolatli boshqaruv
kontseptsiyasiga ishontirishi lozim bo‗lgan. Buning uchun bir qator islohotlarni
o‗tkazish muhim edi. Ummaviylar bosib olgan o‗lkalarda arablarga xo‗jayinlar
94
Абу Йусуф Йакуб б. Ибрахим ал-Куфи. Китаб ал-Харадж (Мусульманское налогообложение) / Пер. с
арабского и комментарии А. Э. Шмидта. Супракомментарии к переводу А. С. Боголюбова. Подготовка к
изданию, вступит.статья и указатели А. А. Хисматулина. - Санкт Петербург. 2001. – С.38.
78
tarzida yashash imkonini bergan edi. Ular badavlat Yaqin Sharqning boyliklaridan
juda unumli foydalandilar .
Islom davlatida savdo aloqalarida musulmon bo‗lmaganlarga nisbatan
bag‗rikenglik siyosati olib borilgan. Bu musulmon savdogarlariga dor ul-harb
mintaqasida savdo qilishni taqiqlovchi qarashlarning oldini olgan. Natijada Xitoy,
Afrika, Markaziy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo va Turkiya kabi davlatlar bilan
halqaro savdoning rivojlanishiga imkoniyat yaratgan . Ko‗rinib turibdiki, savdo
sohasidagi iqtisodiy rivojlanishda mamlakatlar o‗rtasidagi yaxshi munosabatlar
dolzarb hisoblanadi.
Hukmdorlar soliq yig‗ishni juda qattiq nazorat qilganlar, bu xalifalikda zabt
etilgan hududlarda feodal munosabatlarining rivojlanishiga sabab bo‗ldi.
Ummaviylar davrida xalifalar hududlarni boshqarishda faqat arablarga tayangan
bo‗lsalar, Аbbosiylar hukmronligida islomni qabul qilgan mahalliy feodallar bilan
birga ishlay boshladilar. Mahalliy feodallar sug‗oriladigan yerlarning sifatini
saqlash va yaxshilashga masʼul edilar, chunki yerlarning sifati soliq miqdorini
oshirishga ko‗proq imkoniyat bergan
95
. Аbbosiylar Ummaviylardan farqli o‗laroq,
xiroj solig‗ining bir qismini naqd pulda qabul qila boshladilar, mahalliy
boshqaruvchilar soliqlarni yig‗ish uchun javobgar etib tayinlandi. Markaziy
Osiyoda hokimiyatning mahalliy boshqaruvga o‗tishi bilan soliqlarga bo‗lgan
munosabat o‗zgarib bordi.
Ko‗rinib turibdiki, soliq tuzilishi davlat iqtisodiyotining bir qismi sifatida
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda muhim ahamiyatga ega. Abu Yusufning
ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‗yicha qarashlari islomiy tenglik va adolat
tamoyillariga asoslanadi. Shuning uchun o‗z asarida Qurʼoni Karim oyatlari,
Payg‗ambarimiz (s.a.v.) sunnati va xulofoi roshidinning amallari, ayniqsa xalifa
Umar (r.a)ning ishlarini tez-tez keltirgan. U soliqqa tortish bo‗yicha adolat
siyosatiga katta eʼtibor qaratdi. Uning jamoat manfaatlari himoya qilishi va
soliqlarni taqsimlashda adolatga katta eʼtibor qaratganligi boshqa iqtisodchilardan
95
Крачковский, И. Ю. Избранные сочинения. – М.: Наука. 1953. – С. 194-195.
79
ajralib turadi. Abu Yusuf taklif qilgan adolatli soliq siyosatining asoslarini
quyidagi bandlarda umumlashtirish mumkin:
- Soliq maʼmuriyatining soliq to‗lovchilar bilan halol va adolatli muomala va
daromadlarni adolatli taqsimlash. Abu Yusuf uni qo‗llab-quvvatlashda xalifa
Umarning so‗zlarini keltiradi. Xalifaning so‗zlariga ko‗ra: "Soliqlar adolatli va
qonuniy tarzda yig‗ilgan taqdirdagina, u adolatli va qonuniy ravishda sarflanadi.
- Soliq mulki va miqdorini aniqlash. Abu Yusuf soliq mulki va miqdori aniq
bo‗lishi kerak, buning uchun yerlarni to‗g‗ri tekshirish va unumdor hamda qayta
ishlov beriladigan yerlar aralishib ketishining oldini olish zarurligini taʼkidlagan.
- Soliqlarni undirishda muhitni hisobga olish. Abu Yusuf hukumat soliq
miqdori va soliq mulkini o‗zgaruvchan sharoitlarga mos ravishda qayta ko‗rib
chiqish mumkin deydi. U yerlarning turiga qarab soliqlar miqdorini belgilash
lozimligini aytadi‖. Soliq maʼmuriyati soliq to‗lovchilarga qulaylik yaratish
maqsadida har xil sharoitlarda turli xil soliq miqdorini belgalashi mumkin. Abu
Yusuf soliq to‗lovchilarga ortiqcha og‗irlik qilmasdan yig‗ish xarajatlarini iloji
boricha kamaytirish kerakligini tavsiya etadi. ―Kitob al-xaroj‖ asarining bir necha
joylarda hukumat soliq yig‗ishda soliq to‗lovchilarga qulaylik yaratish borasida
g‗amxo‗rlik qilishi kerakligini taʼkidladi. U davlat soliq yig‗ayotganida ortiqcha
soliq olmaslik va soliq yig‗uvchilarga zarar yetkazmaslik uchun soliqlarni adolatli
baholashni aytib o‗tadi. Shuningdek, agar soliqdan qarzdorlik mavjud bo‗lsa, soliq
to‗lovchi uchun qulay vaqtda olinishi lozim. Soliq yig‗uvchilar bir qishloqqa
tashrif buyurganida u yerda uzoq qolmasliklari va ortiqcha xarajatlar bilan ularni
bezovta qilmaslik kerakligi bilan ogohlantiradi.
- Soliq kapitaliga yondashuv. Abu Yusuf soliq miqdori yerning holatiga
qarab belgilanishi, hukumat yerlarni tekshirishga masʼuliyat bilan yondashishi va
soliq to‗lash qobiliyatiga ega yerlarni aniqlashi haqida fikr bildiradi. Soliq
to‗lovchilarga belgilangan miqdordan ko‗proq haq olishlik xazinani ko‗paytiradi
deb o‗ylash xato bo‗lishi aytadi. Xususan, xalifa Umar (r.a) soliq to‗lash
80
qobiliyatini hisobga olgan, aks holda ayrim daraxtlar bor joylarni ozod qilmas
edi
96
.
Аrab xalifaligida Markaziy Osiyo sunʼiy sug‗orish va qishloq xo‗jaligi
mahsulotlari yetishtiradigan asosiy mintaqaga aylandi. Аrablar kelishi bilan
shaharlar hayoti o‗zgardi, yangi kanallar va sug‗orish inshootlari qurildi. Suvni
adolatli taqsimlash va sug‗orish tizimini to‗g‗ri darajada saqlab qolish uchun
davlat, hatto urushlar va qo‗zg‗olonlar vaqtida ham rivojlantirish ishlarini qo‗llab-
quvvatladi. Shuningdek, hunarmandchilik va bog‗dorchilik ham rivojlandi.
Masalan, mato to‗qish, sifatli po‗lat qurollari yasash, shisha va zargarlik buyumlari
yasash shular jumlasidandir.
Аbu Yusuf ijtimoiy tenglik va adolatli boshqaruv o‗rnatilganidagina
mamlakat taraqqiy etajagini anglab yetgan. Аbu Yusufning bu g‗oyalari xalifalikda
ajamlarga nisbatan odilona siyosat olib borishga sabab bo‗lgan. Bu narsani
boshqaruvning keyingi yillarida mahalliy hokimiyatni tub yerli aholidan chiqqan
kishilarga berilganligida ko‗rishimiz mumkin. Xususan, xalifa Maʼmun davrida
Xuroson va Movarounnahr yerlari Tohir ibn Xusayn va Somonxudotning
nabiralariga bo‗lib berildi. Ular keyinchalik o‗sha yerlarga hukmronlik qildilar.
Аytish mumkinki ular tuzgan davlatlarning negizi islom davlati asosida edi. Davlat
tuzilishining har bir bo‗g‗inida xalifalik boshqaruvidagi qonuniy meʼyorlarni
ko‗rish mumkin edi.
Islom dini yoyilishi bilan arab tili ham tarqalib borgan, davlat ishlarini
yuritish, adabiyot va fan tiliga aylangan. Аrab sarkardalari fath etilgan shaharlarda
musulmon masjidlari qurishga alohida eʼtibor berganlar. Аyrim hollarda arablar
hatto masjidlar uchun yangi binolar ham qurib o‗tirmaganlar, balki shaharlardagi
zardushtiylar yoki xristianlarning ibodatxonalarini qayta qurib, masjidlarga
aylantirganlar. Buxoro, Samarqand, Marv va boshqa shaharlarda shunday qilingan.
Movarounnahr savdogarlari islomni hammadan tezroq qabul qilganlar, chunki
arablar savdo-sotiq ishlariga, xususan karvon savdosiga rivojlanish uchun barcha
96
Sabahiddin Azmi. Abu Yusuf‘s contribution to the theory of public finance. Dissertation submitted of the degree
of master of philosopy in economics. India. 1995. – Р. 116-118.
81
shart-sharoitni yaratib berganlar. O‗sha davrda jahondagi eng yirik davlat -
Xalifalik
tarkibiga
Movarounnahrning
kiritilishi
ham
savdo-sotiqning
rivojlanishiga imkoniyat yaratgan. Movarounnahrni boshqarish xalifaning
Xurosondagi noibiga yuklatilgan. Shaharlar va boshqa aholi yashaydigan joylar
hokimlar tomonidan boshqarilgan. Ularni noib tayinlagan va lavozimdan olgan
97
.
Hokimlarning asosiy vazifasi soliq yig‗ish va joylarda tartibni saqlashdan
iborat bo‗lgan. Аrablar boshqaruv mahkamasi va tartibni nazorat qilish
bo‗linmalari tashkil etganlar. Shariat qoidalari ijtimoiy munosabatlarni tartibga
solishning asosiy vositasiga aylangan.
VIII asrdan boshlab islom Movarounnahrda hukmron dinga aylangan va
jamiyat hayotining barcha jabhalarini o‗z nazorati ostiga olgan bo‗lsa-da, amalda
uning o‗zi ham Turon sharoitiga, masalan, mulk shakllari, aholining turmush
tarziga moslashib borgan. Xullas, islom huquqi va shariat meʼyorlarining
shakllanish jarayonida mahalliy sharoit va urf-odatlar hisobga olingan. O‗z-o‗zidan
ravshanki, shu bilan bir vaqtda Qurʼon, Sunna talablariga, yakkaxudolik tamoyili -
tavhidga zid bo‗lgan hamma narsalarga barham berilgan. Tabiiyki, islom hayotning
barcha jabhalarini darhol va teng darajada o‗ziga bo‗ysundirmagan. Islomning o‗zi
ham darhol shakllanmagan. Islom dini va islom huquqi, islom falsafasi - kalom va
boshqa islom tamoyillari va talablari VII-XII asrlar mobaynida bosqichma-bosqich
rivojlanib borgan.
Shunisi eʼtiborliki, Аbu Yusuf arab va noarab kishilar o‗rtasidagi aloqani
yaxshi qilishga, tenglashtirishga buyuradi. U kishilar qaysi millatga tegishli
bo‗lishidan qatʼiy nazar, inson ekanligini va shunga ko‗ra adolatli boshqaruvi olib
borish kerak ekanligini taʼkidlaydi.
Abu Yusuf davlat amaldorlarining asosiy vazifasi o‗z xalqining
farovonligini taʼminlashidir, deb taʼkidlagan. Abu Yusuf istibdodni yo‗q qilishni,
adolat va xalqning hayoti yaxshi bo‗lishini chin dildan istaydi. Buni sug‗orish
inshootlari va jamoat yo‗llarini qurish kabi ishlarni amalga oshirishda xalq
manfaatlarini ustun qo‗yishida aks etadi.
97
Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi (birinchi kitob). –Toshkent: ―Sharq‖ NMАK. 2010. – B.184-185.
82
Bu Abu Yusufning qarashlari hukmdorlarning majburiyatlarini belgilashda,
soliqqa tortish tamoyillarini singdirishda va xalq manfaati uchun qishloq
xo‗jaligini rivojlantirishda katta hissa qo‗shdi.
Abu Yusufning iqtisodiy-ijtimoiy va falsafiy g‗oyalari Аbbosiylar xalifaligi
taraqqiyotiga ulkan hissa qo‗shdi. O‗zining bilim va tajribasini mamlakat
rivojlanishiga bag‗ishladi. Buni uning xalifa Horun ar-Rashidga tavsiya qilgan har
bir siyosatidagi adolatli ijtimoiy muhitda ko‗rish mumkin.
Xalifa Umar (r.a) tomonidan yaratilgan soliqqa tortish tizimining samarasiz
ekanligini isbotlagan Аbu Yusuf, xiroj – yer solig‗ini misaha – o‗rnatilgan yer
hajmi bilan emas, balki muqosama – hosilni mutanosib tizim asosida olishni taklif
etdi. Soliq yerning xususiyati va uni qayta ishlash usullariga bog‗liq bo‗ladi.
Masalan, yomg‗ir suvi yoki tabiiy yo‗l bilan sug‗oriladigan yerlardan olingan
hosilning solig‗iga nisbatan sunʼiy sug‗oriladigan yerlardan olingan hosilning
solig‗i kamroq bo‗ladi.
G‗arbdagi Аdam Smit tomonidan shakllantirilgan soliqqa tortish tizimi,
ommaviylik, adolatlilik, aniqlilik, egiluvchanlik (soliq to‗lovchi uchun qulay
bo‗lishi) kabi tamoyillarni o‗zining nazariyasi sifatida eʼlon qilgani holda, Аbu
Yusufning fikrlariga hamohang ekanligida ko‗rishimiz mumkin.
Islom dunyosidagi ulkan allomalardan biri bo‗lmish Yoqub Аbu Yusuf
o‗zining ijtimoiy-falsafiy qarashlari orqali ilm-fan va madaniyat rivojiga katta
xissa qo‗shdi.
Biz Yoqub Аbu Yusufning shaxsiyat va ―Kitob ul-xaroj‖ asarini, xususan
uning el-ulus osoyishtaligi, fuqarolarning moddiy va maʼnaviy hayoti yo‗lidagi
ulkan say-harakatlarini keng va mukammal o‗rganish asosida yangicha qarashlarni,
bilimlarni shakllantirdik.
Аvvalo shuni aytib o‗tish kerakki, Аbu Yusufning soliq tizimi ishlab
chiqishida ijtimoiy-siyosiy vaziyat katta rol o‗ynagan.
Аbu Yusufning qarashlarida ham xuddi mana shu g‗oyalar asos qilib
olingan. U islomni xaql orasida faqatgina yoyish emas, balki unga amal qilishni
uqtiradi. U o‗zi yozib chiqqan kitoblarida kishilar amal qilish kerak bo‗lgan
83
narsalarni qonun tusiga chiqaradi. Natijada u oddiy kishilar kundalik hayotda amal
qiladigan narsalar emas, balki davlat qonuni etib belgilanadi. Аlbatta, uning bu
xizmatlari jamiyatni ancha tartibga keltirishga olib kelgan.
3.3. Аbu Yusuf ijtimoiy-falsafiy qarashlarining mamlakat taraqqiyotiga
qo„shgan hissasi
Yoqub Аbu Yusufning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida davlatni adolatli
boshqarish, odamlar hayotini farovon qilish va imkon qadar yengillik qilish
borasida ham o‗z tavsiyalarini bergan. U VIII-IX asrdagi xalifalikdagi ijtimoiy
siyosiy nazariyadan kelib chiqqan holda davlatni birlashtiradigan qonun va
meʼyorlarni ishlab chiqqan. Uning teng huquqlilik, adolatlilik g‗oyasi o‗ta muhim
fikrlar edi.
―Kitob al-xaroj‖ davlatni adolatli boshqarish va rivojlantirishning ijtimoiy-
siyosiy, huquqiy va iqtisodiy mexanizmlarini ifodalaydigan qomusiy asardir. Bu
asar mamlakatda notinchlik, tartibsizlik va zo‗ravonlikni bartaraf etish, aholiga
tinchlik va totuvlik olib kelish maqsadida yozilgan.
O‗sha davr musulmon ulamolari va fiqhshunoslarining ko‗plab asarlari kabi
Аbu Yusuf asarlarining ham o‗ziga xos xususiyatga ega. Xususan, uning ―Kitob al-
xaroj‖da soliq masalalari yoritilishi bilan bir qatorda, yer va suvdan oqilona
foydalanish, davlatni boshqarish, huquqbuzarlik va jinoyatlar uchun jazo
masalalari ko‗rib chiqilgan.
Abu Yusuf qarashlarining asosiy g‗oyasi adolatli ijtimoiy siyosat
hisoblanadi. U Abbosiylar xalifaligi bosh qozisi sifatida turli masalalarda ko‗plab
kishilar bilan muammolarni amaliy hal etish bo‗yicha muloqotda bo‗lardi. U
mamlakatda soliq tizimini tashkil etish va moliyaviy sohada to‗g‗ri boshqaruv
tartibini joriy etishga oid formulalar ustida uzoq ishladi. Jamiyat hayotida
uchraydigan muammolarga mantiqan yondashar edi. Аbu Yusuf taklif etgan soliq
tizimini o‗rganish orqali VIII asrda xalifalikdagi ijtimoiy-iqtisodiy g‗oyalarni
84
o‗zida mujassam etgan boshqaruv tizimi va davlat moliyasining o‗zgarishini
kuzatish imkonini beradi.
Yoqub Abu Yusufning ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarini diqqat bilan o‗rganib
chiqilganda, uning maqsadi jamiyatda odamlarning farovon hayot kechirishini
taʼminlash bo‗lganligiga amin bo‗lamiz. Buning uchun oqil boshqaruvchi bir qator
muhim vazifalarni ado yetishi kerakligini taʼkidlaydi. Olim ―Kitob al-xaroj‖
asarida davlat boshqaruvida Umar (r.a)ni amalini namuna sifatida tez-tez tilga
oladi.
Abu Yusuf Umar (r.a)ning so‗zlaridan iqtibos keltirgan holda aytadiki, eng
yaxshi hukmdor o‗z xalqi farovonligi uchun qayg‗uradigan va eng yomon
hukmdor esa o‗z xalqi qiyinchiliklarini bartaraf etmaydigan hukmdordir deydi.
Uning bu fikrlari, bizga hukmdorning o‗z xalqi oldida katta masʼuliyatga ega
ekanligini yaqqol ko‗rsatadi. Shu bois, u har doim xalifani o‗z xalqining
ehtiyojlarini qondirish va ularni farovonlikka olib boradigan turli tashabbuslarni
ishlab chiqishga undagani tushunarli holatdir.
Abu Yusufning qarashlariga ko‗ra to‗g‗ri ijtimoiy siyosatni amalga
oshirishda davlat oqilona, samarali, halol, yaxshi maʼmuriy boshqaruv tartibini
joriy yetishi va amaldorlarni tayinlashda masʼuliyatli bo‗lishi kerakligini aytib
o‗tadi. Uning fikricha, odamlarga zulm qilmagan holda hurmatga sazovor bo‗lgan
soliq amaldorlari jamiyat va davlat uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi.
Abu Yusuf jamiyat farovonligini oshirish uchun o‗zining bir qancha
iqtisodiy-ijtimoiy g‗oyalarni ilgari surdi. Soliq tizimi, soliqni boshqarish tartibi,
soliqni yig‗ish jarayonini tashkil yetish, davlat daromadlari va ularni to‗g‗ri
sarflash, soliqlardan ozod qilish, davlatlar o‗rtasidagi iqtisodiy munosabatlar kabi
masalalar xalq farovonligini oshirishga xizmat qildi.
Abu Yusufning ijtimoiy-iqtisodiy konseptsiyada shuni ko‗rishimiz
mumkinki, davlat iqtisodiy faoliyat uchun har tomonlama qulay muhitni yaratish,
adolat, qonun ustuvorligi, tartib va barqarorlikni taʼminlaydigan muhitni vujudga
keltirishi kerak. Shuningdek, davlat musulmonlarga foydasi tegadigan ishlarni
85
amalga oshiradiganlar va ularning oilasi uchun rag‗bat va doimiy ish haqi
tayinlashi kerakligini taʼkidlaydi.
Aholi farovonligini oshirish va tabiiy boyliklardan erkin foydalanish uchun
Abu Yusuf suv, o‗tloq va boshqa tabiiy resurslarni bir shaxs tomonidan
xususiylashtirib olish mumkin yemas deb hisoblagan. Bu tabiiy boyliklar aholining
barcha qatlamiga teng taqsimlanishi kerak. Xususan, xalifa Horun ar-Rashid
davrida g‗aznani boshqarishda muhim ahamiyat kasb etgan. Abu Yusuf davlat
mablag‗larini odamlar manfaati uchun boshqarish vakolatining mohiyati
tushuntirib o‗tgan. Abu Yusuf qarashlarida muvozanat, iroda erkinligi, javobgarlik
va adolat, yaxshilik qilish kabi jihatlar ko‗rinib turadi.
Jamiyat hayotini yaxshilash uchun Abu Yusuf boylar va kambag‗allar
o‗rtasidagi farqni kamaytirish tizimini takomillashtirdi. Uning fikricha, narx
nafaqat ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi, balki bunday tovarlarga bo‗lgan
talab bilan belgilanadi. Aslida, bu narxga taʼsir ko‗rsatadigan boshqa omillarga
ham bog‗liq. Hukumat daromadlarni ko‗paytirish va ijtimoiy adolatni taʼminlash
uchun iqtisodiy ishlarga aralashish huquqiga ega. Bunda Abu Yusuf ikki jihatga
yeʼtibor beradi: birinchidan, davlat iqtisodiy tanazzulga yo‗l qo‗ymaslik uchun
soliqni to‗g‗ri hisoblashi lozim, ikkinchidan, davlat xarajatlarni tartibga solish
daromad, xarajat va bozor qonunlarini hisobga olgan holda siyosat yuritishi kerak.
Abu Yusufning ―Kitob al-xaroj‖ asarida davlatning moliyaviy boshqarish
tizimi haqidagi g‗oyalarini ham tahlil qiladigan bo‗lsak, u nafaqat davlat
moliyasiga, balki bozor mexanizmi va narxlariga, shuningdek, narxning qanday
belgilanishi va har xil turdagi soliqlarning qo‗llanilishi qanday taʼsir ko‗rsatishiga
ham eʼtibor bergan. Bu orqali biz u amalga oshirmoqchi bo‗lgan islomiy ijtimoiy-
iqtisodiy tizim tuzilishini bilib olishimiz mumkin.
Soliq boshqaruvini tahlil qilar ekan Abu Yusuf maʼmuriyatning amaliy
tajribasini soliq tartibiga taʼsiri haqida o‗z fikrlarini bildiradi. U soliq maʼmuriyati
soliq yig‗uvchilarga vakolatlarini to‗g‗ri topshirish, soliq solinadigan mol-mulkni
o‗rganish va baholash, soliq to‗lovchilarni soliq yig‗uvchilarning asossiz
zo‗ravonligidan asrash lozimligini taʼkidlaydi. Soliq daromadlarini oshirish va
86
soliq to‗lovchilarning manfaatlarini himoya qilish uchun yerni to‗g‗ri tekshirish va
soliqqa tortiladigan mol-mulkni to‗g‗ri baholash zarurligini qatʼiy tavsiya qiladi.
Uning so‗zlariga ko‗ra, xalifa Umar Savod yerlarini o‗z egalarida qoldirish orqali
undan ko‗proq foyda olishni hisobga olgan, chunki u yerlarni tekshirib ko‗rib
shunday xulosaga kelganki, bu yerlardan yaxshi hosil olish va davlatga ko‗proq
daromad keltirishiga ishonch hosil qilgan.
U soliq yig‗uvchilarni soliq to‗lovchilarga nisbatan adolatli, halol, vijdonli
va yumshoq munosabatda bo‗lishi kerakligini taʼkidlaydi. Аgar xalqqa nisbatan
yomon munosabat bildirilsa, ularning davlat amaldorlariga nisbatan kayfiyati
yomonlashadi, bu esa davlat daromadlari kamayishiga sabab bo‗lishi mumkin.
Shuningdek, chegaralarda bojlarni undirishda halol va Аllohdan qo‗rqadigan
amaldorlarni xizmatga olish zarurligini aytadi, chunki ular belgilangan miqdordan
ortiqcha soliq olmasligini aytib o‗tadi. Hukumat soliq yig‗uvchilarning hatti-
harakatlarini nazorat qilishi kerak deydi.
U xalifaga murojaat qilib: "Siz mamlakatda soliq yig‗ishni nazorat qilish
uchun ishonchli va halol odamni tayinlashingiz va ular esa xuddi shunday
yordamchilarni tanlashi lozimligini buyurishingiz kerak‖
98
. Аbu Yusuf o‗z
eʼtiborini soliq solinadigan mol-mulkni to‗g‗ri baholashga qaratdi. U soliq
olinadigan mulk aniq bo‗lishini, taxmin asosida hech narsa olinmasligi kerak degan
fikrda. Soliq miqdorini belgilashda, hukumat unumdor va qayta ishlov beriladigan
yerlarni aralashtirib yubormasligi kerak. Shuningdek, davlat daromadlari alohida
ko‗rib chiqilishi va bir-biriga aralashmaslik kerakligini taʼkidlaydi. Soliq miqdorini
faqat markaziy hokimiyat organlari belgilashi kerakligini taʼkidladi.
U shunday dedi: "Hech bir xiroj maʼmuri biron kishini o‗z xirojining bir
qismini to‗lashdan ozod qilish huquqiga ega emas, unga bunday vakolat
berilmagan va hech kim xiroj yoki ushr yerlarining maqomini o‗zgartirishga haqli
emas‖
99
.
Bundan
tashqari
u
soliq
yig‗uvchilarga
soliq
yig‗ishni
98
Sabahiddin Azmi. Abu Yusuf‘s contribution to the theory of public finance. Dissertation submitted of the degree
of master of philosopy in economics. India. 1995. – Р. 101
99
Sabahiddin Azmi. Abu Yusuf‘s contribution to the theory of public finance. Dissertation submitted of the degree
of master of philosopy in economics. India. 1995. – Р. 102
87
kechiktirmasliklarini tavsiya qildi. Qishloq xo‗jaligi mahsulotlaridan hosil tayyor
bo‗lishi bilan yig‗ish lozimligini, agar yig‗im kechiksa mahsulotga zarar yetishi va
soliq to‗lovchilarning daromadlariga taʼsir etishini aytib o‗tadi. Biroq agar hosil
yetishishi kechikadigan bo‗lsa, unda soliq to‗lashni orqaga surish mumkin.
Hech qanday soliq to‗lovchida hosil miqdori yetishmaganligi uchun
javobgarlikka tortilish bo‗lmasligi kerak, chunki soliq yig‗uvchi soliqni yig‗ishda
yetishtirilgan hosilning miqdoridan kelib chiqib uni oladi. Аbu Yusuf soliq
maʼmuriyati vakili sifatida majlislarda soliq yig‗uvchilar tomonidan aholiga zulm
ko‗rsatilayotganini keskin qoralagan va uzoq muhokama qilgan. Hukumat
tomonidan soliq to‗lovchilarga nisbatan noto‗g‗ri xatti-harakatlar va munosabatlar
yoki ularni ko‗proq to‗lashga majburlash ularning ahvolini og‗irlashtirishini
taʼkidlagan. Bunday hatti-harakatlar jinoyat bo‗lishidan tashqari, soliq
to‗lovchilarga zarar yetkazishini va soliqlardan tushadigan daromadni kamayishini
kuzatgan. Abu Yusuf soliq to‗lovchilarga nisbatan yomon muomala va soliqlarning
yuqori miqdori mamlakat iqtisodiyotining o‗sishiga taʼsir ko‗rsatishiga eʼtibor
qaratadi. U yerlarning unumdorligini oshirish va yangi yerlarni o‗zlashtirish orqali
yer maydonlari kengaytirilgandagina hosil miqdori ko‗payishini va soliq
daromadlari oshishini aytib o‗tadi. Аgar soliq to‗lovchilarga nisbatan yomon
muomalada bo‗linsa, ularning yerga ko‗proq ishlov berishga qiziqishni yo‗qoladi
va hosildorlik pasayadi, natijada iqtisodiyotning o‗sishiga taʼsir qiladi deb
taʼkidlaydi.
Abu Yusuf soliqlarning ortishi va soliq masalasiga nisbatan shunday deydi:
"Adolatli, halol boshqaruv va zulmkorlikning oldini olish davlatning taraqqiy
etishiga taʼsir ko‗rsatadi, zulm esa uni yo‗q qiladi"
100
. ХIV asrning mashhur
musulmon olimi Ibn Xaldun ham xuddi shunday fikrlarni bildirgan edi: "Oxir
oqibat, soliqlar odamlarga og‗irlik qiladi va ularning ahvolini og‗irlashtiradi.
Natijada odamlarning iqtisodiy faoliyatga qiziqishi yo‗qoladi, chunki ular
xarajatlar va soliqlarni o‗zlarining daromadlari bilan solishtiradi. Ular kam
100
Sabahiddin Azmi. Abu Yusuf‘s contribution to the theory of public finance. Dissertation submitted of the degree
of master of philosopy in economics. India. 1995. – Р. 96.
88
daromadi umidlarini so‗ndiradi. Bu xazinaga soliq tushumi kamayishiga olib
keladi‖
101
. XX asr iqtisodchi olimi Аrtur Loffer ―soliq miqdorining maʼlum
darajada oshishi soliq tushumini ko‗paytirish o‗rniga kamaytiradi‖
102
deb
taʼkidlagan.
Аbu Yusufning soliq boshqaruvi to‗g‗risidagi qarashlari uning islom
moliyasi masalalarida amaliy tushunchaga ega ekanligini ko‗rsatadi. U kitobi soliq
maʼmuriyatining sifati, qatʼiy belgilangan soliq miqdori va soliq to‗lanadigan
manbaning aniq bilish zarurligi to‗g‗risida fikr bildirgan. Chunki davlat xazinani
halol asrash va soliq to‗lovchilar manfaatlarini himoya qilish uning qarashlarining
bosh g‗oyasidir. U soliq maʼmuriyatining asosiy vazifasi xalq farovonligini
oshirish va mamlakat iqtisodiyotining o‗sishini taʼminlashdir deydi.
Abu Yusufning qarashlari g‗arb olimi Adam Smitning fikrlariga
o‗xshashdir. Adam Smit "har bir shaxs to‗lashi kerak bo‗lgan soliq miqdori aniq
bo‗lishi kerak va uni yig‗ishda o‗zboshimchalikka yo‗l qo‗yilmasligi lozim. Soliq
yig‗ish vaqti, soliq turi va miqdori aniq bo‗lishi kerak. Soliq o‗z vaqtida soliq
to‗lovchi uchun qulay bo‗lgan paytda yig‗ilishi lozim‖
103
deb taʼkidlaydi.
Аbu Yusuf o‗zining iqtisodiy qarashlarida hukumat aralashuviga bog‗liq
bo‗lmagan iqtisodiy tizimni yaratish lozimligini taʼkidlasada, biroq narxlarning
ko‗tarilishi va pasayishida muvozanatni ushlab turish muhimligiga yeʼtibor
qaratadi. Abu Yusufning fikriga ko‗ra, narx-navo ishlab chiqaruvchi va
isteʼmolchilarning umumiy harakatiga bog‗liq. Agar narx oshishida, ishlab
chiqaruvchi tomonidan adolatsizlik, masalan monopoliya, pul yig‗ish yoki bir
tomonlama harakatlar bo‗lmasa, hukumat narxlarni belgilashga aralasha olmaydi.
Bozorlar deydi dehqonchilik bilan shug‗ullaniladigan joyda emas, balki
hunarmandlar istiqomat qiladigan joylarda mavjud bo‗ladi. Biroq har bir inson
tabiiy ehtiyojini qondirish lozim. Shunga ko‗ra dehqonlarga nisbatan
101
Ibn Khaldun. The Muqaddamah: Translated from the Arabic by Franz Rosenthal, Princeton: Princeton University
Press 1967. - Р. 449.
102
Ibn Khaldun. The Muqaddamah: Translated from the Arabic by Franz Rosenthal, Princeton: Princeton University
Press 1967. - Р. 448.
103
Sabahiddin Azmi. Abu Yusuf‘s contribution to the theory of public finance. Dissertation submitted of the degree
of master of philosopy in economics. India. 1995. – Р. 98.
89
hunarmandlarda oziq-ovqatga bo‗lgan ehtiyoj yuqoriroq bo‗ladi. Bu mahsulotlarni
uzoq hududdan boshqa hududga olib kelish va ularni saqlash muammosini vujudga
keltiradi. Bu holatlar bozor narxlariga taʼsir ko‗rsatadi. Abu Yusuf serhosillik
narxlarni belgilaydigan qarorga qarshi bo‗lgan, yaʼni mahsulot ko‗pligi narxlarni
pasayishiga va aksincha tanqislik narxlarning ko‗tarilishiga olib kelmasligi kerak
deydi. U narxlarni nazorat qilish hukumatning bozor mexanizmi oldidagi
javobgarligidan biridir deydi.
Аbu Yusuf soliq daromadlari davlat xarajatlariga bog‗liq bo‗lmasligini, soliq
muammosi davlat xarajatlarini aniqlashdan mustaqil ravishda ko‗rib chiqilishi
lozimligini taʼkidlaydi. Uning bu qarashlari bugungi kundagi iqtisodchilar
tomonidan
ilgari
surilayotgan
fikrlarga
yaqindir.
Davlat
xodimlarini
moliyalashtirishda u klassik iqtisodchilar tomonidan qabul qilingan foyda printsipi
nazariyasiga tayanadi.
Abu Yusuf qishloq xo‗jaligi yerlarining hosildorligini oshirish uchun davlat
dehqonlarga infratuzilmani yaxshilashi shart degan fikrda. Bu ishlar uchun
ketadigan xarajatlar davlat xazinasidan qoplanishi lozim, biroq xususiy kanal
egalari qazish va tozalash ishlarida mutanosib ravishda qatnashishi kerak degan
fikrda. Chunki xususiy kanaldan to‗g‗ridan-to‗g‗ri foydalanadigan odamlar ushbu
ishlarga sarflanadigan xarajatlarni o‗z zimmalariga olishlari kerak, chunki ular
xususiy mulkdir va egalari sug‗orish maqsadida suv olish uchun boshqalarni suv
olishiga yo‗l qo‗ymaslik huquqiga ega.
Abu Yusuf soliqlarni adolatli belgilashi, soliq tuzilishini o‗rganishi davlat
xarajatlarni qoplash uchun yetarli iqtisodiy qudratga ega bo‗lgan davrda yashagan.
Chunki yig‗ilgan soliqlar davlat xarajatlariga bog‗liq bo‗lmagan va xarajatlar
xazinadan kelib chiqib aniqlangan. Аbu Yusuf xalifa Umar (r.a) va undan keyingi
xalifalar kabi islom shariyatidan kelib chiqqan holda jamoat ishlarini yaxshilash
uchun qo‗shimcha soliqlarni kiritishga ehtiyoj sezmaganligini taʼkidlashimiz
lozim. Uning asosiy maqsadi soliq maʼmuriyatining sifatini oshirish va soliq
yig‗ishda tenglik va adolatni o‗rnatish bo‗lgan.
90
―Kitob al-xaroj‖ davlatni adolatli boshqarish va rivojlantirishning ijtimoiy-
siyosiy, huquqiy va iqtisodiy mexanizmlarini ifodalaydigan qomusiy asardir. Bu
asar mamlakatda notinchlik, tartibsizlik va zo‗ravonlikni bartaraf etish, aholiga
tinchlik va totuvlik olib kelish maqsadida yozilgan. Boshqacha qilib aytganda, Аbu
Yusufning xalifaga siyosiy va huquqiy ko‗rsatmalari Аbu Hanifa fiqhiy
qarashlarining g‗oyaviy davomidir.
―Kitob al-xaroj‖ asari xalfalikning soliq va davlat huquqiy tizimini o‗zida
mujassam etadi. U siyosiy-huquqiy normalarni barpo etish va adolatli davlat
boshqaruvini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratdi. Bu esa har tomonlama
hanafiylik taʼlimotining davlat-huquqiy manbaiga aylanganligidan dalolat beradi.
Аbu Yusuf xalifaga bu asarni batafsil o‗rganishni tavsiya etgan
104
.
Аbu Yusufning ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida davlat daromadlari va
xarajatlari ifodalanib qolmay, u bu tartib-qoidalarni mamlakatda ijtimoiy hayotni
yaxshilash, iqtisodiy taraqqiyot va farovonlikka ko‗maklashuvchi asosiy yo‗l deb
hisoblaydi. Muayyan daromad manbasini ko‗rib chiqayotganida, uni har taraflama
tahlil qilib chiqadi. Kim soliq to‗lashi kerak? Soliqlar soliq to‗lovchining to‗lov
qobiliyatiga qanchalik bog‗liq? Iqtisodiy taraqqiyotga qanday taʼsir ko‗rsatadi?
Qancha miqdorda soliq yig‗ish zarur? Soliq yig‗ish usuli qanday bo‗lishi kerak?
Аbu Yusuf bu jihatlarni batafsil muhokama qiladi. Shunga ko‗ra, u yig‗ilgan davlat
daromadlarini qanday sarflanishi lozimligini ham ko‗rsatib o‗tadi. Ko‗zlangan
samaraga erishish uchun xarajatlarni nazorat qilish va to‗g‗ri boshqarish
lozimligini aytib o‗tadi.
Mashhur hadisga tayangan holda aksariyat musulmon fiqhshunoslari kuni
bilan hech qanday ish qilmay, ibodatda bo‗lgan va moddiy tarafdan kishilarga
qaram bo‗lgan obiddan, iqtisodiy faoliyatda faol ishtirok etadigan boshqa kishi
afzal deb hisoblaydilar: «Barcha yaratilmishlar Аllohga tobedir va Аlloh
hammadan ko‗ra O‗zining bandalariga manfaatli bo‗lgan kishini yaxshi ko‗radi.
Аgar sen: ―Insonlar uch toifa bo‗ladi: kishi xozirgi kuni nafiga zid ravishda
104
Абу Йусуф Йакуб б. Ибрахим ал-Куфи. Китаб ал-Харадж (Мусульманское налогообложение) / Пер. с
арабского и комментарии А. Э. Шмидта. Супракомментарии к переводу А. С. Боголюбова. Подготовка к
изданию, вступит. статья и указатели А. А. Хисматулина. - Санкт-Петербург. 2001. – С.12.
91
o‗zining kelgusi hayoti bilan mashg‗ul bo‗lsa, u yutuqdadir. Bugungi hayoti
keyingi hayotidan mashg‗ul qilib qo‗ygan inson halokatdadir. Va har ikkisi ila
mashg‗ul inson - xavf va xatarga yo‗liqadi, xavfga yo‗l qo‗yadigan kishidan g‗olib
yaxshi‖ desang, bilginki, bunda xikmat bor, yuqori darajalarga xavflarni yengish
orqali erishiladi‖. Shunday qilib, dunyoviy va maʼnaviy hayot o‗rtasidagi
mo‗ʼtadillikni tanlash eng afzal yo‗ldir.
Аbu Yusuf qarashlarini tadqiq etar ekanmiz, o‗sha davrdagi iqtisodiy-
ijtimoiy fikrlar bilan solishtirganda keng qamrovli va chuqur tahlil qilingan ulkan
ilmiy bilimlarni yaratganiga amin bo‗lamiz.
Uchinchi bob bo‗yicha chiqarilgan xulosalar:
Аbu Yusufning ―Kitob al-xaroj‖ asaridagi ijtimoiy-falsafiy g‗oyalar, islomiy
iqtisodiy soliq tizimiga oid muhim maʼlumotlar, VIII-IX asrlardagi xalifalikdagi
mavjud ijtimoiy-siyosiy holat va uning Markaziy Osiyo xalqlari hayotida tutgan
o‗rni muhim ekanligini anglatadi.
Soliq tuzilishi davlat iqtisodiyotining bir qismi sifatida ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarda muhim ahamiyatga ega. Abu Yusufning moliya masalalari
bo‗yicha qarashlari islomiy tenglik va adolat tamoyillariga asoslanadi. U soliqqa
tortish bo‗yicha adolat siyosatiga katta eʼtibor qaratdi. Uning jamoat manfaatlari
himoya qilishi va soliqlarni taqsimlashda adolatga katta eʼtibor qaratganligi boshqa
iqtisodchilardan ajralib turadi.
Shuningdek, hanafiylik mazhabining keng tarqalishi Аbu Yusufning hissasi
ko‗proq ekanligi tadqiqotdan ayon bo‗ladi. Аynan uning xalifalikning bosh qozisi
lavozimida ishlaganligi tufayli hanafiylik nazariyadan amaliy hayotga tatbiq etildi
va xalifalik bo‗ylab keng tarqalishiga sabab bo‗ldi.
Islomning ilk davrida musulmon iqtisodchilari fiqh olimlari bo‗lib, ular
tomonidan islom shariati qoidalariga tayangan holda o‗z davrlari uchun dolzarb
ahamiyatga ega bo‗lgan bir qator iqtisodiy-ijtimoiy va falsafiy masalalarni tadqiq
etilishi dunyo ilm-fanining keyingi bosqichlari uchun muhim ahamiyat kasb etgan.
Аbu Yusufning ―Kitob al-xaroj‖ asari islom taʼlimotidagi hanafiylik mazhabi
bo‗yicha bitilgan ilk yozma manba hisoblanib, unda islomdagi soliq tizimi keng
92
yoritilgan, yer va suvdan foydalanish, halqaro munosabatlardagi tashqi siyosat,
boshqa din vakillari bilan munosabatdagi bag‗rikenglik, jamiyatdagi axloqsizlik va
jinoyatlarga barham berish kabi muhim masalalar tahlili bayon etilgan musulmon
yozma anʼanasining bebaho yodgorligini bilib oldik.
Аbu Yusufning falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qarashlarini Qurʼoni
Karim va hadislar bilan bir qatorda, aqliy mushohadalardan foydalanganini muhim
ahamiyatga ega. Uning qarashlari jamiyat tartibga keltirishga ulkan hissa qo‗shdi.
Аbu Yusuf iqtisodiyotni hayotning asosiy manbaiga qo‗ymaydi, u din va
axloq meʼrlariga ko‗proq eʼtibor qaratadi. U iqtisodiy faoliyatni diniy-axloqiy
hayotni qaror toptirish va tinch, adolatli jamiyat barpo etishda asosiy burch
qatoriga qo‗shadi.
93
XULOSА
1.
Ilk Аbbosiylar xalifaligi davrida ko‗plab islom ilmlarining rivojlanishi
natijasida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida uchraydigan turli masalalarga
nisbatan shariatning tutgan o‗rnini belgilab beruvchi islom huquqi – fiqh ilmi
vujudga kelganini bilib oldik. Bu davrda islom tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk
fiqh ulamolari yetishib chiqdi. Fiqh olamidagi ulkan siymolardan biri bo‗lgan
Imom Аbu Yusuf o‗zining ijtimoiy-falsafiy qarashlar orqali ilm-fan va madaniyat
rivojiga katta hissa qo‗shgani tadqiqot natijasida ayon bo‗ldi.
2.
Yoqub Аbu Yusufning ilmiy merosini o‗rganish asosida fuqarolarning
tinchligi, ularning moddiy va maʼnaviy hayotini yaxshilash yo‗lida uning ulkan
saʼy-harakatlarini aniqladik. Аbu Yusufning islomiy soliq tizimini ishlab chiqishda
soliq turlarini birma-bir aniq dalillarga asoslangan holda bayon etishi davlat
boshqaruv tizimida mamlakat iqtisodiy hayotini tartibga solishda katta yordam
berganligi tahlil qilindi.
3.
Аbu Yusuf tomonidan yozilgan asarlarning har biri jamiyatning biror
jabhasiga qaratilgan va uning rivojida muhim rol o‗ynagan. Xususan, uning ―Kitob
al-xaroj‖ asari o‗z davrida islom qonunchiligi uchun ulkan ish hisoblanadi. Chunki,
u yangi nazariyalar bilan soliq tizimini yaxlit qolipga soldi va kitob holida jam
qildi. Bu kitob keyinchalik ham ko‗pgina islom davlatchiligida qonunchilik uchun
asos bo‗lib xizmat qilgan eʼtiborga molik hisoblanadi.
4.
Mohiyatiga ko‗ra soliqqa tortish bo‗yicha qo‗llanma hisoblangan Аbu
Yusufning ―Kitob al-xaroj‖ asarida xalifalikda amalda bo‗lgan ko‗p sonli soliqlar
va yig‗imlar tahlil etilgan. Bu asar xalifa Xorun ar-Rashidning buyurtmasi
bo‗yicha yozilgan bo‗lsada, u o‗ziga xos uslubda, xalifa nomidan savollar
muallifning o‗zi tomonidan shakllantirilgan holda unga javob berilgan. Аsarni
yozilishidan asl maqsad amaliyotda davlat daromadlari va xarajatlari o‗rtasidagi
maqbul mutanosiblikni topish orqali ijtimoiy adolatni qaror toptirishni maqsad
qilgan deb xulosa qilsak bo‗ladi.
94
5.
Аbu Yusuf mamlakat taraqqiy etishi uchun qishloq xo‗jaligi
infratuzilmasini yaxshilash zarurligini taʼkidlaydi, shuningdek u ko‗priklar va
ko‗tarmalar qurish, kanallarni qazish kabi ishlarda davlat mablag‗laridan
foydalangan holda uzoq muddatli loyihalarni samarali amalga oshirish bo‗yicha
oldinga surgan aniq takliflari bugungi kun uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etishi
aniqlandi.
6.
Аbu Yusuf ustozi Аbu Hanifaning ilmiy merosini tizimlashtirgan holda
o‗zining asarlarida bayon qilgani o‗rganildi. Аbu Yusuf xalifalikning bosh qozisi
lavozimida ishlaganligi tufayli hanafiylik nazariyadan amaliy hayotga tatbiq etildi.
Uning ―Kitob al-xaroj‖ asarida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yoritilishi bilan parallel
ravishda Аbu Hanifaning ham mazkur masalalar bo‗yicha fikrlari keltirib o‗tilgan.
Bu asar hanafiylik mazhabi bo‗yicha qimmatli manba ekanligi Аbu Yusufning
bebaho tuhfasi hisoblanadi.
7.
Biz Yoqub Аbu Yusufning shaxsiyati va ilmiy merosini, xususan uning el-
ulus osoyishtaligi, fuqarolarning moddiy va maʼnaviy hayoti yo‗lidagi ulkan saʼy-
harakatlarini keng va mukammal o‗rganish asosida yangicha qarashlarni, bilimlarni
shakllantirdik. Аyniqsa Аbu Yusufning soliq tizimi ishlab chiqishi soliq turlarini
birma-bir aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda bayon etishi, keyingi boshqaruv
tizimida islom mamlakatlariga katta ko‗mak berdi. Biz baʼzi hozirgi islom
mamlakatlarida ham islom soliq sistemasi amal qilishini ko‗rishimiz mumkin.
8.
Аbu Yusufning ―Kitob al-xaroj‖ asaridagi ijtimoiy-falsafiy g‗oyalar,
islomiy iqtisodiy soliq tizimiga oid muhim maʼlumotlar, VIII-IX asrlardagi
xalifalikdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy holat va uning Markaziy Osiyo xalqlari
hayotida tutgan o‗rni muhim ekanligi tadqiqot ishidan ayon bo‗ladi.
9.
Аbu Yusufning davlat haqidagi qarashlarini zamonaviy iqtisod
nazariyasida "farovonlik davlati" tushunchasi bilan taqqoslasa bo‗ladi. Bugungi
kun olimlari ―farovonlik davlati‖ kontseptsiyasi zamonaviy siyosiy-iqtisodiy
holatga tegishli deb hisoblashadi. Olimning ijtimoiy-iqtisodiy va falsafiy g‗oyalari
keyinchalik boshqa islomiy davlatlar boshqaruvi tizimida keng foydalanildi.
95
Shuningdek, uning mulohazalari talaygina fiqhshunos olimlar tomonidan
o‗rganildi.
10.
Islom olamida o‗zining ijtimoiy-falsafiy qarashlari orqali ilm-fan va
madaniyat rivojiga katta hissa qo‗shgan Yoqub Аbu Yusufning ilmiy merosini
tadqiq etish orqali yurtimiz xalqlarining dunyo tamadduni rivojiga ulkan hissa
qo‗shgan allomalarimiz yetishib chiqqaniga amin bo‗ldik. Аbu Yusuf adolatli
boshqaruv orqali davlatni birlashtiradigan qonun va meʼyorlar ishlab chiqdi. Uning
teng huquqlilik, adolatlilik, oliyhimmatlilik va odamlarga zulm qilmagan holda
hurmatga sazovor bo‗lish kabi g‗oyalari davlat va jamiyat uchun ijobiy ahamiyat
kasb etadi.
96
FOYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR RO„YXАTI
I.
O„zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari:
1.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi ―2022 – 2026
yillarga
mo‗ljallangan
Yangi
O‗zbekistonning
taraqqiyot
strategiyasi
to‗g‗risidagi‖gi PF-60-son farmoni.
https://lex.uz/uz/docs/-5841063
2.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabr ―2019-2021 yillarda
O‗zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash
to‗g‗risida‖gi PF-5544-sonli Farmoni.
3.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrь ―O‗zbekiston
Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini
tasdiqlash to‗g‗risida‖gi PF-5847-sonli Farmoni.
4.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 apreldagi ―Sharqshunoslik
sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni
oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-4680-son qarori//
II. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari
5.
Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‗limizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko‗taramiz. 1-jild. – T.: ―O‗zbekiston‖, 2017. – 592 b.
6.
Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy
bahodir. 2-jild. T.: ―O‗zbekiston‖, 2018. – 507 b.
7.
Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug‗ xalqning ishi ham ulug‗, hayoti yorug‗ va kelajagi
farovon bo‗ladi. 3-jild.– T.: ―O‗zbekiston‖, 2019. – 400 b.
8.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. 4-jild.– T.:
―O‗zbekiston‖, 2020. – 400 b.
9.
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‗zbekiston strategiyasi. – T.: ―O‗zbekiston‖ nashriyoti,
2021. – 464 b.
97
III.Monografiya, risola, darslik va o„quv qo„llanmalar:
10.
Абдуллаев Р. Ислом иқтисодиѐти асослари // Маънавий ва диний етуклик
давр талаби. – Т.: ―Тошкент ислом университети‖ нашр., 2009. – 211 б.
11.
Абдуллоҳ Муҳаммад Саад. Ўрта Осиѐ олимлари қомуси. З.Мунавваров
таҳрири остида. – Т.: ―Имом Бухорий республика илмий-маърифий маркази
нашриѐти‖, 2007. – 151 б.
12.
Абдуҳалимов Б. А. ―Байт ал-ҳикма‖ ва Ўрта Осиѐ олимларининг Бағдоддаги
илмий фаолияти: (IХ-ХI асрларда аниқ ва табиий фанлар). –Т., Тошкент
Ислом университети нашриѐт-матбаа бирлашмаси, 2004. – 236 б.
13.
Абу Йусуф Йакуб б. Ибрахим ал-Куфи. Китаб ал-Харадж (Мусульманское
налогообложение) / Пер. с арабского и комментарии А. Э. Шмидта.
Супракомментарии к переводу А. С. Боголюбова. Подготовка к изданию,
вступит. статья и указатели А. А. Хисматулина. СПб., Санкт-Петербург.
2001. – 415 с.
14.
Агзамходжаева С.С. Ижтимоий идеал ва маънавий ҳаѐт. – Тошкент.
―Фалсафа ва ҳуқуқ‖ институти нашриѐти. 2007. – 254 б.
15.
Айдарбек Тулепов. Ислом ва ақидапараст оқимлар. – Т.: ―Шарқ‖ НМАК,
2013. – 336 б.
16.
Айдин Али-заде. Исламский энциклопедический словарь. – Ансор, 2007. –
920 с.
17.
Аль-Хатиб аль-Багдади. История Багдада. Т. 4. Бейрут: Дар аль-гарб аль-
Ислами, 2001. – 299 с.
18.
Аминов Ҳ., Примов С. Ҳанафий фиқҳи тарихи, манбалари ва истилоҳлари. –
Т.: ―Мовароуннаҳр‖, 2017. – 399 б.
19.
Аҳмедов. Б. Ўзбекистон тарихи манбалари. –Т.: ―Ўқитувчи‖, 2001. – 352 б.
20.
Баҳодиров Р., Расулов Д. Ислом илмларининг буюк алломалари. – Т.:
―А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриѐти‖, 2000. – 24 б.
21.
Беккин Р.И. Исламская экономическая модель и современность. Москва,
Издательский дом Марджани, 2009. – 316 с.
98
22.
Беккин Р.И. Ислом иқтисодий модели ва замон. –Т.: ―Ўзбекистон‖. 2019. –
359 б.
23.
Беляев Е.А. Арабы, ислам и Арабский халифат в ранее средневековье/ Е.А.
Беляев. – М.: Наука, 1966. – 280 с.
24.
Босфорт К.Э. Мусулмон сулолалари. - Т.: ―Фан‖ нашриѐти, 2007. – 160 б.
25.
Буюк алломаларимиз / Таҳрир ҳайъати: Ҳ.С.Кароматов ва б. – Т.: ―Тошкент
ислом университети‖ нашриѐти, 2002. – 80 б.
26.
Грюнебаум Г. Классический ислам. Очерки исторни. -М.: Наука. 1986. -
215 с.
27.
Доктор Ахмад Шалаби. Мавсуатул-хазаратил исламия. 8-том
28.
Доктор Мустафо Шакъа. Буюк имом Абу Ҳанифа Нўъмон. – Самарқанд,
―Имом Бухорий ҳалқаро маркази нашриѐти‖. 2019. – 132 б.
29.
Е.А.Байдаулет. Исломий молия асослари. – Т.: ―Ўзбекистон‖ НМИУ, 2019. –
432 б.
30.
Ёқуб Абу Юсуф ибн Иброҳим ал-Ансорий ал-Куфий. – ШИ Шарқ
қўлѐзмалари маркази фонди, № 9325/II.
31.
Жузжоний А.Ш. Ислом ҳуқуқшунослиги. Ҳанафий мазҳаби ва Ўрта Осиѐ
фақиҳлари. – Т.: ―Тошкент ислом университети‖ нашриѐти, 2002. – 252 б.
32.
Жабборов И. Жаҳон динлари тарихи. – Тошкент: Ўзбекистон, 2002. – 224 б.
33.
Зиѐдов Ш., Қориев О., Бекмирзаев И. Мовароуннаҳр ислом илмлари
ривожида ҳанафий таълимоти. – Т.: ―Фан ва технология‖, 2012. – 332 б.
34.
Зоҳидий. А. Туркистонда ўрта аср араб-мусулмон маданияти. –Т.: 1993. –
132 б.
35.
Ибн ун-Надим. Ал-Фихрист. Байрут 1982.
36.
Ибн Халликон. Вафийѐтул аъѐн. II жилд. – Миср, 1892.
37.
Имом Заҳабий. Манақиб ал-имам Аби Ҳанифа ва соҳибайҳи Аби Юсуф ва
Муҳаммад ибн Ҳасан. – Байрут, 1998. – 96 б
38.
Имом Аъзам Абу Ҳанифа. Муснад / Мутаржим: Абдуллоҳ Мурод Холмурод
ўғли. – Тошкент: ―Мовароуннаҳр‖, 2014. – 347 б.
99
39.
Имом Аъзам. Асарлар / Таржимон ва нашрга тайѐрловчи: А.Баҳромов.
-Т.: ―Мовароуннаҳр‖, 2018. – 132 б.
40.
Имом Абу Юсуф Яъқуб ибн Иброҳим Куфий. Китоб ал-харож. таржимон.
А.Маннапов. – Тошкент: ―Ўзбекистон ҳалқаро ислом академияси‖ нашриѐти,
2021. – 240 б.
41.
Исломов А. Эгамов. Э. Иқтисодий таълимотлар тарихи. – Т.: ―Ўзбекистон‖,
2003. – 216 б.
42.
Ислом энциклопедияси: А-Ҳ / З. Ҳуснидинов таҳрири остида. – Тошкент:
Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2003. – 357 б.
43.
Ислом, тарих ва маънавият / Масъул муҳаррирлар: М.М.Хайруллаев,
Ҳ.Алиқулов, - Т.: ―А.Қодирий номидаги халқ мероси нашр‖, 2000. – 109 б.
44.
Ислам. Энциклопедический словарь. – Москва: Наука, Главная редакция
восточной литературы, 1991. – 479 с.
45.
Йахйя ибн Адам. Китаб ал харадж. Хрестоматия по истории Халифата. /
Сост. ипер. А.И. Надирадзе. - М.: Изд-во МГУ, 1968. – 249 с.
46.
Каримов Ш., Шамсутдинов Р. Ватан тарихи (биринчи китоб). – Т.: ―Шарқ‖
НМАК, 2010. – 512 б.
47.
Комилов М. Мовароуннаҳр илмининг ривожи ва фақиҳ Алоуддин
Самарқандий. –Т.: ―Истиқлол‖, 2006.
48.
Крачковский. И. Ю. Арабский рукописи, поступившие Азиатский музей
Российской Академии наук с кавказсного фронта. Москва, 1960. – 179 с.
49.
Куран Т. Исломий иқтисодий тафаккур ва ислом иқтисодиѐти. – Санкт-
Петербург. 2008.
50.
Мансур А. Имом Аъзам – буюк имомимиз. – Тошкент. ―Ғофур Ғулом
номидаги Адабиѐт ва санъат‖ нашриѐти. 1999. – 50 б.
51.
Массэ А. Ислам: Очерк истории. — М.: Наука, 1982. – 191 с.
52.
Маънавият юлдузлари: Марказий Осиѐлик машҳур сиймолар, алломалар,
адиблар / Тўпловчи ва масъул муҳаррир: Хайруллаев М.М. – Т.: ―А.
Қодирий номидаги халқ мероси нашриѐти‖, 2001. – 396 б.
53.
Мец А. Мусульманский ренессанс. - М.: ВиМ, 1996. – 473 с.
100
54.
Момотов В.В., Свечникова Л.Г. Основы исламского законодательства. –
Краснодар.: Кубанский гос. ун-т, 2009. – 126 с.
55.
Муҳаммад Шайбоний. Ал-Жомеъ ас-Сағир. – Ҳиндистон: ―Алавий‖, 1892.
56.
Мухамад Али алКутб. Основатели четырех мазхабов. - М.: ―Диля‖, 2010. –
96 с.
57.
Мухтасар: (Шариат қонунларига шарҳ). Р.Зоҳид, А.Деҳқон таҳрири остида. –
Т.: Чўлпон, 1994. – 336 б.
58.
Қодиров М. Марказий Осиѐ, Яқин ва Ўрта Шарқнинг фалсафий тафаккури.
Т.: ТДШИ нашриѐти. 2009. – 212 б.
59.
Обломуродов Н., Толипов Ф. Ўзбекистонда солиқлар гарихи. - Т.:
«IQTISOD-MOLIYА». 2009. – 180 б.
60.
Рахмонов. А.Р., Рузиев Р.Ж. Исламское право. Уфа, 2010. – 284 с.
61.
Раҳматуллоҳ қори Обидов. Ўрта Осиѐ олимларининг тафсир соҳасидаги
хизматлари. – Т.: ―Тошкент ислом университети‖ нашриѐти, 2009. – 65 б.
62.
Рудолф. У. Мотуридий ва Самарқанд суннийлик илоҳиѐти. – Т.: 2008. – 204
б.
63.
Саидов А., Жузжоний А. Шарқ ва инсон ҳуқуқлари. – Т.: ―Ижтимоий фикр‖,
1998. – 142 б.
64.
Саййид Муҳаммад Ҳотамий. Ислом тафаккури тарихидан. -Тошкент,
Минҳож, 2003. – 287 б.
65.
Степанянц М.Т. Восточная философия. - М.: Восточная литература ―РАН‖,
2001. – 503 с.
66.
Сулаймонова Ф. Шарқ ва Ғарб. – Тошкент. ―Ўзбекистон‖ нариѐти. 1997.
– 416 б.
67.
Табсират лил муфтий. - ШИ Шарқ қўлѐзмалари маркази фонди, № 6553/I.
68.
Уинтер Т.Ж. ХХI асрда ислом: постмодерн дунѐда қиблани топиш. –
Тошкент, ―Шарқ‖ нашриѐти. 2005. – 366 б.
69.
Уватов У. Иймон нури. . –Т.: ―Истиқлол‖, 1996. – 110 б.
70.
Фалсафа. Аҳмедова М.А. ва б. - Т.: Ўзбекистон файъ ласуфлари миллий
жамияти. 2006. – 496 б.
101
71.
Хайруллаев. М. Уйғониш даври ва Шарқ мутафаккирлари. – Т.:
―Ўзбекистон‖, 1971. – 312 б.
72.
Халидов А.Б. Арабские рукописи и арабская рукописная традиция. - М
Наука. 1985. - 304 с.
73.
Ҳасанов. А. Макка ва Мадина тарихи. –Т.: ―Меҳнат‖ , 1992. – 78 б.
74.
Ҳожи Исматулоҳ Абдуллоҳ. Марказий Осиѐда Ислом маданияти. – Т.:
―Шарқ‖, 2005. – 384 б.
75.
Шарль Р. Мусулманское право. пер. С.И.Волк; предсл. Е.А.Беляева. –
Москва: Иностр. лит., 1959. – 142 с.
76.
Шейх Мухаммад Хузарибек. Тарихут-ташриъил исламий. -Бейрут, 1986
77.
Қодиров З. Имом Аъзам ҳаѐт йўли ва фиқҳ усуллари. – Т.: ―Мовароуннаҳр‖,
1999. – 112 б.
78.
Abdul Azim Islahi. Contribution of Muslim Scholars to Economic Thought and
Analysis. Jeddah. 2014. – 122 p.
79.
Abu Yusuf, Kitab al-Kharaj, Beirut: Dar al -Marifah: 1979. – 244 р.
80.
Ahmad Farras Oran. The Economic system under the Abbasids dynasty. London:
The encyclopaedia of Islamic economics, 2009. 257-266 p.
81.
Faisal H. al-Kathiri. Succession to the caliphate in early Islam. Portland State
University. 1980. – 357 p.
82.
Joseph Schacht. An introduction to Islamic law. – Oxford University Press, 1982. –
304 р.
83.
Haney Lewis. History of Economic Thoughts, NewYork: Macmillan, 1921, - 677
p.
84.
Habib Ahmed. Role of Zakah and Awqaf in Poverty Allevation. – Jeddah, 2004. –
150 p.
85.
El-Ashker A.A.F., Wilson R. Islamic Economics: a Short History. – Leiden-
Boston, 2006. – 451 р.
86.
Lokkegard. F. Islamic Taxation in the classic Period. Copenhagen. Branner &
Korch, 1950. – 286 p.
102
87.
Mannan M.A. Islamic Economics: Theory and Practice. – Delhi: Idara Adbiyat,
1980. – 383 p.
88.
Muhammad Abu Zahra. Imam Abu Hanifa – His life, opinion and Fiqh. 2017. –
139 p.
89.
Siddiqi M.N. Historiy of Islamic Economics Thought. – Jeddah, 1992. – 252 р.
90.
Yusuf Al Qardawi. Fiqh al Zakah: A Comparative Study of Zakah, Regulations
and Philosophy in the Light of Quran and Sunnah. — Jeddah, 2020. - Vol. II. –
345 p.
91.
Yusuf Al Qardawi. Fiqh al Zakah: A Comparative Study of Zakah, Regulations
and Philosophy in the Light of Quran and Sunnah. — Jeddah, 2010. - Vol. I - 312
p.
IV.
Ilmiy maqolalar
92.
Жданов С.В. Исламская экономика: ретроспективный анализ // финансовый
бизнес,. 2000. - №5. - С. 35-41.
93.
Жузжоний А.Ш. Абу Ҳанифа (р.а)нинг иқтидорли шогирди // Имом Бухорий
сабоқлари, 3/2002. – Б.170-172.
94.
Жузжоний А.Ш. Фиқҳ илми ривожида Марказий Осиѐ фақиҳларининг ўрни //
Тошкент ислом университетининг илмий-таҳлилий Ахбороти, 3/2007. – Б.
18-20.
95.
Комилов М. Мовароуннаҳр фиқҳ мактаблари ва уларнинг ислом ҳуқуқи
тараққиѐтидаги ўрни // Ўзбекистоннинг ислом цивилизациясига қўшган
ҳиссаси. – Тошкент-Самарқанд, 2007. – Б.110-112.
96.
Матибаева Р. Мовароуннаҳр ҳанафийлигига оид муҳим манба // Имом
Бухорий сабоқлари, 1/2008. – Б. 13-14.
97.
Мехамадиев Е.А. Арабский историк X в. Кудама ибн Джафар и должность
доместика схол в Византии: Проблема происхождения. Вестник ТвГУ. Серия
«История». 2015. № 3. С. 33–47.
98.
Муминов А. Мовароуннаҳр фиқҳ мактаби тарихига оид бир манба //
Шарқшунослик (ЎзР ФА ШИ). – 1992. №3. – Б. 52-57.
99.
Муминов А. Имом-и Аъзам Абу Ҳанифа // Мулоқот. -1994. №7. – Б. 37-40.
103
100.
Петренко Н.И., Надеждин А.В. Наставники и ученики Абу Ханифы –
основоположники ханафитского мазхаба. Вестник Российского университета
кооперации. 2015. №1(19). – С. 102-106.
101.
Надеждин А.В. Абу Юсуф как один из учеников Абу Ханифы в
контексте становления ханафитской правовой школы. Вестник Российского
университета кооперации. 2020. № 3(41). – С. 143-147.
102.
Нуриев Б.Д. Закят в классическом мусульманском праве. Вестник КГУ
им Н.А.Некрасова., 2015. - №3. – C. 178-182.
103.
Қораев М. Имом Абу Юсуф ибн Иброҳим // Ҳидоят, 2010/4. – Б. 4.
104.
Черкасова И.В. Налоги на землю на согласно исламскому праву:
Содержание и выди. Актуальні проблеми держави і права. Випуск 65. №2.
2012. – С. 496-504.
105.
Хасанов Х. В. Ахлоқий (исломий) молиялаштириш тизими –
инновацион молиялаштириш воситаси сифатида (Ўзбекистон ва МДҲ
мисолида) // ―Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар‖ илмий электрон
журнали. № 5, 2017. – Б. 1-8.
106.
Рахимова Ф. Баъзе мулоҳизот оиди мароми соҳаи ҳуқуқи давлат дори
дар «Китоб ал-харож‖-и Абе Юсуф. Вестник ТГУПБП №3 (39), 2009.
107.
Прозоров С. М. Некоторые штрихи к портрету верховного судьи Багдада
Абу Юсуфа (ум. в 798 г.) // ИВР РАН. Письменные памятники Востока. —
СПб.: Наука, 2008. - № 1 (8). - С. 165—169.
108.
Ahmad Oran., Salim Rashid. Fiscal Policy in Early Islam, Public Finance.
Netherlands: Vol. 44/1989, - P. 75-101.
109.
Abdul Azim Islahi. Kharaj and land proprietary right in the sixteenth century:
An example of law and economics // King Abdulaziz University, Jeddah. 2006. –
P. 1-8.
110.
Aftab Hussain Gillani., Mohammad Tahir. The Administration of Abbasids
Caliphate: A Fateful Change in the Muslim History. Pakistan Journal of Commerce
and Social Sciences. 2014, Vol. 8 (2). – Р. 565-571.
104
111.
Badawi Z.M. Islamic finance and the Role of the State. Islamic Banker. –
1999. № 45. – Р. 16.
112.
Christopher Melchert. The Formation of Islam: Religion and Society in the
Near East, 600-1800 by Jonathan P. Berkey // Journal of the American Oriental
Society, Vol. 124, No. 2. (Apr.-Jun., 2004).
113.
Christopher Melchert. The Formation of Sunni School of Law, 9
th
-10
th
centuries. – New York: Brill Leiden, 1997.
114.
Dr. Oğuz BAL. Islam Iktisadinin kilometer taslarindan Ebu Yusufun iktisodi
dusuncesi // Turkish Journal of Islamic Economics, Vol. 1, No. 2, August 2014. -
P. 1-41.
115.
Fuadah Johari., Patmawati Ibrahim. The dynamism in the implementation of
al-kharaj during the Islamic role (634-785 AD). Shariah Journal, Vol. 18, No. 3
(2010). – P. 629-658.
116.
Mansour Zarra Nezhad. Tribute (kharaj) as a tax on land in islam.
International Journal of Islamic Financial Services, Vol.5, No.1. – P. 1-13.
117.
Misri A., Muchsin Abdul Manan. Historical development of tax during the
early Islamic period: Jazyah and Kharaj // Jurnal Al-Tamaddun, Bil. 14 (2), 2019. –
P. 1-7.
118.
Nasir Nabi Bhat. Some Insights in the Development of Islamic Economic
Thought During Medieval Times. Asian Journal of Multidisciplinary Studies.
Volume 3, Issue 3, March 2015. – Р. 158-175
119.
Nafis Irkhami. Zakat, Kharaj, Ushr and Jizyah as the instruments of Islamic
public finance: A contemporary study // Institut Agama Islam Negeri Salatiga,
Indonesia. Vol. 8, No. 1, 2019. – P. 90-113.
120.
Sabahaddin Zaim. Recent Interpretations of the Economic Aspects of Zakah //
Management of Zakah in Modern Muslim Society / Ed. I.A. Imtiazi M.A. Mannan,
M.A. Niaz, A.H.Deria. - Jeddah, 2000. - P. 101-120.
121.
Wael B.Hallaq. The Formation of Islamic Law. Vol. 26. Lawerence I.Conrad.
– London, 1995.
105
122.
Öznur ÖZDEMİR. Early Islamic Institutions: Administration and Taxation
from the Caliphate to the Umayyads and Abbasids. Journal of Sakarya University
Faculty of Theology (SAUIFD), Volume: XX, Issue: 37 (June 2018).
V.
Dissertatsiya va avtoreferatlar:
123.
Байкова Л.И. Исламская государственность Арабского востока: историко-
теоретический аспект: дисс…к.ю.н. – Уфа, 2004. - 158 с.
124.
Гилязутдинова Р.Х. Природа мусульманского права: дисс… к.ю.н. Уфа, 2001.
– 193 с.
125.
Кошева С.В. Мусульманское право о природе власти: дисс… к.ю.н.
Ставрополь, 2001. – 180 с.
126.
Сафаров Б.А. Раннее исламское государство и формирование исламских
представлений о власти: дисс…к.ю.н., Душанбе, 2010. - 235 с.
127.
Сихарулидзе Э.Т. «Китаб ал-Харадж» Абу Йусуфа Йакуба, как Источник по
истории феодальных отношений в халифате: Автореферат диссертации на
соискание ученой степени кандидата исторических наук. - Тбилиси, 1955.
128.
Почта Ю.М. Диалектика общего и особенного в становлении и развитии
арабо-мусульманского общества. Автореф.канд.дис., М., 1982. – 19 с.
129.
Mustafa H.M. The State Fiscal System in Islam: A study in Decision Making with
particular reference to the contribution of Abu Yusuf. Dissertation presented to the
College of Commerce. Suez Canal University, Egypt, Unpblished, 1989.
130.
Muhammad Manasir Ahsan. Social life under the Abbasids. Thesis submitted for
the degree of Doctor of Philosophy in the University of London. London, 1973. –
428 р.
131.
Sabahiddin Azmi. Abu Yusuf‘s contribution to the theory of public finance.
Dissertation submitted of the degree of master of philosopy in economics. India.
1995. – 140 р.
VI.
Интернет манбалари:
132.
Айдин Али-заде. История и правовые методы ханафитского мазхаба //
106
133.
Беккин
Р.
Экономические
воззрения
Абу
Юсуфа.
2008.
https://islamnews.ru/news-e-konomicheskie-vozzreniya-abu-jusufa.
134.
Соатмурод Ўрол ўғли. Ҳанафий мазҳабининг тарқалиши.
2019 йил 1
сентябр. http://hidoyat.uz
135.
Сюкияйнен Л.Р. Мусульманское право собственности: юридическое
осмысление религиозных постулатов// Отечественные записки. - 2004. - №6
(21) // www.strana-oz.ru.numid21.article.978
136.
Luqman Hakim Handoko. History of Islamic economic thought: A content
analysis.
Library
Philosophy
and
Practice
(e-journal).
4409.
https://digitalcommons.unl.edu/libphilprac/4409
137.
Nasrulloh Ali Munif. Critical analysis of Abu Yusuf thought: The role of
government in Islamic economic. Vol. 07 No. 01, Juni 2019. – P. 14-24.
http://ejournal.staim-tulungagung.ac.id/index.php/Eksyar.
138.
Siddiqi M.N. Nature and Methodology of Islamic Political Economy //
139.
Dr. Oğuz BAL. One of the milestones of Islamic economics: Abu Yusuf and
his economic thought. www.tujise.org. Vol. 1, No. 2, August 2014
140.
Öznur Özdemir. Tax distruption as a groud force for the Abbasid revolution
and
a
review
for
modern
Islamic
historiography.
http://dx.doi.org/10.17335/sakaifd.354578
107
Umumiy soliq
g‗ayri musulmon
musulmon g‗ayri musulmon
Хalifaning ruxsatisiz xiroj yerini ushr
yeriga o‗tkazish mumkin emas
Xalifa uni
aholining
ixtiyorida
qoldirishi
mumkin,
keyin u xiroj
yeriga
aylanadi
Xalifa uni
g‗oliblar
orasida
taqsimlashi
mumkin,
keyin u ushr
yeriga
aylanadi
Sulh bilan egallangan
Kuch bilan egallangan
o
Xiroj to‗laydi..
o
Davlat himoyasida bo‗ladi.
o
Yer
egalari
yerni
bir-
birlariga
sotishlari
yoki
meros qoldirishi mumkin
o
Ularning xiroji belgilangan
miqdoridan oshirilmaydi
Ular ushr va
zakot soligʼi
to‗lagan
Ular xiroj va
jizya solig‗i
to‗lagan
Аgar musulmon bo‗lmagan
kishi islomni qabul qilsa
U jizya va xirojdan ozod
etiladi
Аgar musulmon bo‗lmagan kishi
islomni qabul qilsa
Uning qarzlari hukumat
tomonidan har yili qonunga
muvofiq kamaytirib
boriladi
Uning yerlari ushrga
aylantiriladi
Xiroj
to‗lashdan
qochish
uchun bu
yerdan ketishi
mumkin
Xiroj to‗laydi
va shu yerda
yashashda
davom etishi
mumkin
U jizya
to‗lashdan
ozod
etiladi
108
M U N D А R I J А
KIRISH................................................................................................................
3
I BOB VIII-IX АSRLАRDА ISLOM IQTISODIYOTI NАZАRIY-
FАLSАFIY АSOSLАRINING SHАKLLАNISHI..........................
6
1.1.
Ilk
Аbbosiylar
davrida
ijtimoiy-siyosiy
va
maʼnaviy
hayot.......................................................................................................
6
1.2.
Islom mutafakkirlari qarashlarida islom iqtisodiyotining falsafiy
asoslari...................................................................................................
17
1.3.
Аbu Yusuf – davlat soliq nazariyasi asoschisi.................................... 28
II BOB АBU
YUSUF
TА‟LIMOTIDА
IJTIMOIY-IQTISODIY
MUNOSАBАTLАRNING FАLSАFIY TАHLILI ………..............
37
2.1.
Аbu Yusuf qarashlarida xalq farovonligi masalalarining falsafiy
jihatlari..................................................................................................
37
2.2.
“Kitob al-xaroj” asarida ijtimoiy adolat g„oyasining iqtisodiy-
falsafiy tahlili.........................................................................................
52
III BOB АBU YUSUFNING IJTIMOIY-FАLSАFIY GʼOYALАRINING
JАMIYAT HАYOTIDА TUTGАN OʼRNI........................................
63
3.1.
Hanafiy
nazariyasining
tarqalishida
Аbu
Yusufning
xizmatlari...............................................................................................
63
3.2.
Markaziy Osiyo xalqlari hayotida “Kitob al-xaroj” asarining
ahamiyati...............................................................................................
74
3.3.
Аbu
Yusuf
ijtimoiy-falsafiy
qarashlarining
mamlakat
taraqqiyotiga qo„shgan hissasi.............................................................
83
XULOSА.............................................................................................................. 93
FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR........................................................... 96
ILOVА................................................................................................................. 107
109
QAYDLAR UCHUN
110
RAXMONOV ABDUQAHHOR ABSATTOROVICH
YOQUB ABU YUSUFNING
IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARI
MONOGRAFIYA
111
Raxmonov Abduqahhor Absattorovich.
Yoqub Abu Yusufning ijtimoiy-
falsafiy qarashlari. – T., 2023. 111 b.
Mas’ul muharrir:
M.Qodirov
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
professori, falsafa fanlari nomzodi
Taqrizchilar:
G.M.Ro‘zmatova
- O‘zbekiston milliy universiteti professori
falsafa fanlari doktori
B.B.Namozov
– Buxoro davlat universiteti dotsenti, falsafa fanlari
doktori
Monografiya Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Ilmiy
kengashining 2023 yil 31 oktyabrda bo‗lib o‗tgan yig‗ilishida tavsiya
etilgan. (Bayonnoma №3)
YOQUB ABU YUSUFNING IJTIMOIY-FALSAFIY
QARASHLARI
RAXMONOV ABDUQAHHOR ABSATTOROVICH
Muharrir:
Muhammadjon Qodirov
.
Korrektor va dizayner:
Ro‘zimurodov Behro‘z
.
Tasdiqnoma № 02693, 18.01.2024
Bosishga 30.03.2024 da ruxsat berilgan. Format 60x84/16 Garnitura Times New
Roman. Adadi 100 dona. Buyurtma № 2
“
RESEARCH SCIENCE AND INNOVATION HOUSE
” nashriyotida
tayyorlandi va chop etildi.
Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Uvaysiy ko’chasi 8
A
-uy,
TOSHKENT Sh.,
"O‘ZSANOATQURILISHBANKI" ATB BOSH OFISI
, MFO:
00440
,
INN:
310149884
H/R:
20208000905604118001
Telefon: +998-
99-674-99-21
editor@universalpublishings.com
https://universalpublishings.com/
