Authors

  • Abdusharifova Sarvinoz
    Urganch davlat universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.106153

Keywords:

Omon Matjon anafora takror tahlil.

Abstract

Maqolada shoir Omon Matjon lirikasi misolida anafora qo‘llangan misralar tahlil asosida yoritib beriladi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

58

OMON MATJON IJODIDA ANAFORANING QO‘LLANISHI

Abdusharifova Sarvinoz

Urganch davlat universiteti talabasi

Annotatsiya

Maqolada shoir Omon Matjon lirikasi misolida anafora qo‘llangan misralar tahlil
asosida yoritib beriladi.

Kalit so‘zlar:

Omon Matjon, anafora, takror, tahlil.

Odatda adabiy asar tilida har bir so‘z, tovush, so‘z birikmalari, gap va gap bo‘laklari o‘z
o‘rnida va me’yorida keladi. Agar tovush, so‘z, so‘z birikmasi, gap yoxud bo‘laklari
adabiy asar tilida, xususan, poetik nutqda bemaqsad takrorlansa, bu salbiy hodisa –
badiiylikka xilof ish hisoblanadi. Poetikada bunga sira yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ammo
takror, birinchidan, asar qurilmasidan mustahkam joy olgan bo‘lsa, ikkinchidan, muayyan
estetik-g‘oyaviy maqsadga xizmat qildirilgan bo‘lsa, u badiiy tasvir vositasiga aylanadi –
badiiy takror sifatida o‘rganiladi[1:431].

Badiiy takrorlar she’rning ohangdorligini, uning hissiy jozibasini kuchaytirish uchun
xizmat qiluvchi tasvir vositasi hisoblanadi. Umuman olganda, bu tasvir vositasiz hech bir
ijodkorining she’riyatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki har bir qalam sohibi xoh shoir,
xoh yozuvchi bo‘lsin, o‘z ichki kechinmalari, ruhiy holatini: g‘azab, qayg‘u, hayajon kabi
holatlarni kitobxonga yetkazib berishda, albatta, badiiy takrorlarga murojaat etadi.

Adabiyotshunos olim To‘xta Boboyev unga quyidagicha ta’rif beradi: “Badiiy
takrorlar poetik nutqning ifodaviyligini oshiradi. Badiiy takrorlarsiz she’r musiqiyligini,
ritmini, vaznini, bandini va qofiya san’atini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Badiiy takrorlar
o‘quvchi qalbiga kuchli hissiy ta’sir etadi. Takrorlar, shubhasiz, poetik tilning obrazli
tasvir vositalari va she’r tuzilishi unsurlari bilan uzviy birlikdagina o‘z vazifasini o‘tay
oladi”[1:431].

Badiiy takrorlarning fonetik takrorlar, leksik takrorlar, morfologik takrorlar va
sintaktik takrorlar kabi tasniflari mavjud bo‘lib, biz ushbu maqolada leksik takror


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

59

tarkibiga kiruvchi anafora tasvir vositasini Omon Matjon she’rlari misolida tahlilga
tortdik.

Shu jumladan, ushbu atamaga izoh beradigan bo‘lsak, adabiyotshunos Dilmurod
Quronov uni shunday izohlaydi: “Anafora (yunon. Anaphora – oldinga, yuqoriga
chiqarish) – so‘z yoki so‘zlar guruhining misra yoki band boshida takrorlanishi, so‘z
takrorining xususiy ko‘rinishi. Anafora ma’lum fikr, his-tuyg‘u, holat va hakazolarni
ta’kidlab ko‘rsatishga xizmat qiladi, tabiiy ravishda, she’rning xushohangligini ham
oshiradi”[2:30].

Omon Matjon qalamiga mansub ushbu she’rda ham anafora qo‘llangan:

Birlik – ko‘ngil bilan gulning birligi,

Birlik – vijdon bilan tilning birligi.

Birlik – to‘qson ikki bovli o‘zbekning –

Ertandan umidvor elning birligi[3:26]

She’riy parchada ostiga chizilgan so‘zlar qat’iy tartib asosida (misra boshida va
o‘zgarishsiz aynan) takrorlangan. Shuning uchun “Birlik” so‘z takrori anafora vazifasida
kelgan. Bilamizki, klassik adabiyotda to‘rliklar axloqiy-tarbiyaviy xarakter kasb etgan
bo‘lib, pand-nasihat ruhida yozilgan. Omon Matjonning ushbu to‘rtligida ham shunday
ma’no mujassam. She’rning birinchi misrasidanoq shoir o‘z fikrini go‘zal jumlalar bilan
boshlaydi, ya’ni shoir she’rning kirish qismida ko‘ngilning gul kabi nozik ekanligiga
ishora qiladi. She’rning keyingi misrasida ijodkor insonning tili bilan uning vijdoni bir
bo‘lishi kerakligini, tildan chiqqan har so‘z vijdon bilan chin bo‘lmog‘i darkorligini
o‘quvchiga singdirmoqchi bo‘ladi. Shoir Omon Matjon she’rning so‘nggi ikki misrasida
to‘qson ikki urug‘ o‘zbek millatini yurtning kelajagi uchun birlashga chorlaydi.

Nega har bir g‘olib kiyavermas toj,

Nega har mag‘lub ham qolmas beiloj?

Bildimkim, osmonning eshigi bitta,

Dardli munojotga ochilar Meroj[4:22].


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

60

Ushbu berilgan to‘rtlikda ham anafora mavjud bo‘lib, she’rning ikki misrasida
qo‘llangan “nega” so‘zi anaforaga misol bo‘la oladi. Shu bilan birgalikda ushbu to‘rtlik
band she’rda “Meroj” so‘zini qo‘llash orqali talmeh she’riy san’atini yuzaga kelgan.

Lekin cheksiz edi hijron. Chidolmay axir

G‘azal to‘la yuragini otdi yurt tomon.

O, Vatan deb pora-pora bo‘lgan bu bag‘ir

Osiyoni qo‘shiqlarga ko‘mdi shu zamon.

Qo‘shig‘i deb qabul etdi uni Vatani,

Qo‘shig‘i deb endi bunda yuradi erkin.

Mening yurtim, ololmadi shoh qalbi seni,

Shoir qalbi, shoir qalbi zabt etdi lekin[4:99].

Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburga bag‘ishlab yozilgan ushbu she’rning
beshinchi va oltinchi misrasida takrorlanuvchi “Qo‘shig‘i deb” so‘zlari anaforani vujudga
keltirgan. Bilamizki, Hindistonda boburiylar sulolasi asoschisi Bobur temuriy
shahzodalardan bo‘lgan. Otasi Umarshayx Mirzo vafot etgach, o‘n ikki yoshli valiahd
shahzoda taxtga o‘tiradi. Bobur sodda va tajribasizligi sababli unga qarshi kuchlar paydo
bo‘ladi. Natijada shoh Bobur yurtidan ayrilib, tog‘-u toshlarda oz sonli askarlari bilan
sargardon bo‘ladi va Hindiston sari yo‘l olib, uni egallaydi. Butun hayoti davomida
Boburning dilida faqat birdan-bir orzu hukmron bo‘lgan, bu ham bo‘lsa yurtga qaytish
orzusidir. Bobur Vataniga qaytishga qanchalik urinmasin, Shayboniyxon avlodlari unga
to‘sqinlik qildi, u ona diyoriga qayta olmadi, uni zabt eta olmadi, biroq uning Vatanga
bo‘lgan muhabbati, sog‘inchi aks etgan she’rlari yurtini zabt etdi. U shoh bo‘lib emas,
aksincha shoir bo‘lib yurtini zabt etdi.

Quyida keltirilgan she’riy parchada ham so‘z hech qanday o‘zgarishlarsiz, aynan
takrorlanib, anaforani hosil qilgan:

Eng muqum tinchlik uchun,

Eng go‘zal sevgi uchun,


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

61

Eng asil do‘stlik uchun,

Eng nafis sezgi uchun

Har qadah ichra nihon

Yog‘du bo‘lardim lolarang, –

Senki soqiy zamon,

May agar bo‘lganda man[5:8].

Shoirning hijron iztiroblari aks etgan ushbu she’rida ham anafora tasvir vositasi
mohirona qo‘llangan:

Ko‘zlaringni yashirgil mendan,

O‘tib ketay yoningdan befarq,

O‘tib ketay yoningdan bedard,

Ko‘zlaringni yashirgil mendan[6:10]

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, ushbu badiiy tasvir vositasi Omon Matjon
she’riyatida lirik qahramonning ruhiy holati, ichki kechinmasini ochib berish uchun
qo‘llaniladigan muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

To‘xta Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: “O‘zbekiston”, 2002.

2.

Quronov Dilmurod. Adabiyotshunoslik lug‘ati. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.:
“Akademnashr”, 2010.

3.

Omon Matjon. O‘rtamizda birgina olma. – T.: “Yosh gvardiya”, 1990.

4.

Omon Matjon. Iymon yog‘dusi. – T.: G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyoti, 1995.

5.

Omon Matjon. Yonayotgan daraxt. – T.: G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyoti, 1997.

6.

Omon Matjon. Seni yaxshi ko‘raman. – T.: G ‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va
san’at nashriyoti.

References

To‘xta Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: “O‘zbekiston”, 2002.

Quronov Dilmurod. Adabiyotshunoslik lug‘ati. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.: “Akademnashr”, 2010.

Omon Matjon. O‘rtamizda birgina olma. – T.: “Yosh gvardiya”, 1990.

Omon Matjon. Iymon yog‘dusi. – T.: G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1995.

Omon Matjon. Yonayotgan daraxt. – T.: G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1997.

Omon Matjon. Seni yaxshi ko‘raman. – T.: G ‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.