ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
127
HUDUDLARNING INVESTITSION BARQARORLIGINI TA’MINLASH
ASOSIDA MOLIYA BOZORINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI
Rustamova Feruza Rustam qizi
Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti
“Iqtisodiyot” kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada
mamlakatimizda investitsiya muhiti barqarorligini
ta’minlash, qimmatli qog‘ozlar bozorining milliy iqtisodiyot investitsion muhitiga
ta’sirini oshirish shuningdek, moliya bozorining iqtisodiyoga jalb qilinayotgan xorijiy
investitsiyalarni kengaytirishga ta’sirini oshirish va milliy iqtisodiyotga chet el
investitsiyalarini jalb qilishni faollashtirish yo‘llarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan
muammolar ko’rib chiqilib ularga takliflar kiritilgan.
Kalit so’zlar:
investitsiya, xalqaro investitsiyalar oqimi, investitsion muhit,
investitsion faoliyat, fond bozori.
Аннотация.
В данной статье рассматриваются проблемы, направленные на
обеспечение стабильности инвестиционного климата в нашей стране, повышение
влияния рынка ценных бумаг на инвестиционный климат национальной экономики,
а также усиление воздействия финансового рынка на расширение привлекаемых в
экономику иностранных инвестиций и совершенствование путей активизации
привлечения зарубежных инвестиций в национальную экономику. Предложены
рекомендации по решению этих проблем.
Ключевые слова:
инвестиции, международный поток инвестиций,
инвестиционный климат, инвестиционная деятельность, фондовой рынок.
Abstract.
This article examines issues aimed at ensuring the stability of the
investment climate in our country, increasing the impact of the securities market on the
investment environment of the national economy, as well as enhancing the influence of
the financial market on expanding foreign investments attracted to the economy. It also
explores ways to improve the attraction of foreign investment into the national economy.
Proposals are presented to address these challenges.
Keywords:
investment, international investment flow, investment environment,
investment activity, stock market.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
128
Kirish.
Jahon iqtisodiyotida COVID-19 pandemiyasi xalqaro investitsiyalar
oqimining kamayishi va investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonini
sekinlashtirishga olib keldi. “Global to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning oqimi 2020
yilda 35 foizga kamayib, 1 trln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2019 yilda ushbu ko‘rsatkich
1,5 trln. AQSH dollarini tashkil etgan edi. Evropada jami to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalarning oqimi 80 foizga kamayib, 73 milliard AQSH dollarni tashkil qildi.
Ushbu ko‘rsatkich Buyuk Britaniyada 57 foiz, Fransiyada 47 foiz va Germaniyada 34
foizga kamaydi. Evropa Ittifoqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 73 foizga
kamayib, 103 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. AQSHda investitsiyalar oqimi qayta
investitsiya qilingan daromadlarning kamayishi 40 foizga kamayib, 156 milliard AQSH
dollarini tashkil qilgan”
1
. Bu holatlar dunyo miqyosida xorijiy investitsiyalarni jalb etish
va mamlakatlarning investitsion faollik mexanizmlaridan samarali foydalanish
masalalarining ahamiyatli ekanligini taqozo etmoqda.
Jahon amaliyotida mamlakatlarning investitsiyalarga bo‘lgan talablarini
rag‘batlantirish, investitsiyalar resurs bazasini kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb
qilishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish, qulay investitsion muhitning
yaratilishi natijasida investitsiyalar hajmini ko‘paytirish, hududlarda investitsiya faolligini
oshirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada milliy
iqtisodiyot va alohida olingan mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ishlab
chiqarishni to‘laqonli tashkil qilish negizida mavjud resurslardan unumli foyda-lanish,
iqtisodiyotda investitsion faollikni belgilovchi qo‘shimcha omil va imkoniyatlarni
aniqlash, innovatsion faollikni rag‘batlantirish va tadbirkorlik faoliyatida investitsion
tavakkalchilikni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, kabi yo‘nalishlardagi
ilmiy tadqiqotlarga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Tahlil va natijalar.
O‘zbekistonda mustaqil taraqqiyot davrida qulay investitsion
muhitni yaratish, iqtisodiyotni sarmoya bilan ta’minlash, investitsion faoliyatning
jozibadorligini oshirishga yo‘naltirilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. “Mamlakatda
jadal investitsion siyosatni amalga oshirish va chet el sarmoyadorlarini jalb qilish uchun
investitsion jozibadorlikni kuchayti-rish zaruratiga alohida e’tibor qaratilmoqda”
2
.
1
World
Investment
Report-2021:
Investing
in
sustainable
recover.
UNCTAD/WIR/2021.
https://unctad.org/system/files/official-document/wir2021_en.pdf.
2
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralьdagi PF-4947-son “O'zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/3107036
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
129
Mazkur vazifalarning samarali va izchil bajarilishi ishlab chiqarishni modernizatsiya
qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga
qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, iqtisodiy tarmoqlararo investitsiyalar
yo‘nalishi va taqsimlanishini ekonometrik modellashtirish uslubiyotini takomillashtirish,
investitsiya samaradorligi va tavakkalchilik darajalarini aniqlash modellarini ishlab
chiqish bo‘yicha tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish maqsadga muvofiq.
O‘z navbatida, ushbu omillar mamlakatning investitsion jozibadorligini ham
namoyon etadi va investitsiya muhitining jozibadorligi xorijiy investitsiyalarni jalb
qilishda muhim o‘rinni egallaydi.
Mamlakatda investitsion faoliyatning taraqqiyoti, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish
ko‘lami, aksariyat hollarda, ular salmog‘ining darajasi bilan izohlashga harakat qilinadi.
Shunga mos ravishda, agar tegishli salmoqni ifodalovchi ko‘rsatkich darajasi qanchalik
yuqori bo‘lsa, uning roli ham yuqori va aksincha xulosaga kelinadi. Ana shunday
yondashuvga tayangan holda xorijiy investitsiyalarni xarakterlovchi ma’lumotlar
quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval ma’lumotlarini tahlil qilish asosida quyidagi bir necha muhim xulosalarni
chiqarish mumkin: 2020-2024 yillar davomida mamlakatimizda YaIM hajmining umumiy
summasi barcha omillarning ta’siri ostida (shu jumladan, inflyasiya, konvertatsiya,)
barcha omillar hisobiga oshgan, xuddi shu davrda xorijiy investitsiyalar umumiy
summasining o‘sish darajasi esa barcha omillar hisobidan (jumladan, inflyasiya,
konvertatsiya,koronavirus pandemiyasi) 1,1 martaga ortgan. Demak, ko‘rinib turibdiki,
tahlil qilinayotgan davr mobaynida barcha omillar hisobidan xorijiy investitsiyalarning
o‘sish sur’atlari YaIM hajmining o‘sish sur’atlaridan ancha yuqori bo‘lgan va bu
ko‘rsatkichning darajasi 1,37 ga tengdir.
1-jadval
Yalpi ichki mahsulot va xorijiy investitsiya hajmlarining o‘zgarish
tendensiyasi (mlrd. AQSH dollari hisobida)
3
Ko‘rsatkichlar
2020
202
1
2022
2023
2024
3
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
130
Yalpi ichki mahsulot
hajmi, mlrd. so’mda.
668038 820536.6 995573.1 1204458.4 1454573.9
Xorijiy investitsiyalar,
mlrd. AQSH doll.
3,8
3,2
3,9
4,3
4,2
Xorijiy investitsiya-
larning YaIM
hajmidagi salmog‘i, %
da
5,65
5,41
7,72
7,37
7,28
Umumiy xulosa shundan iboratki, 2020-2024 yillar davomida mamlakat
iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning roli o‘sib borganligi bilan xarakterlanadi. Bu esa
milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, mehnat
unumdorligini oshirish, zamonaviy boshqaruv tajribalarini o‘zlashtirish, yangi ish
o‘rinlarini yaratish nuqtai nazaridan ijobiy holatni namoyon qiladi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, 2020-2024 yillar davomida jalb qilingan xorijiy
investitsiyalarning o‘sib borishi qat’iylik (barqarorlik) xarakteriga ega emas. Ushbu
ko‘rsatkich tahlil qilingan yillar daomida «ko‘tarilish-pasayish-ko‘tarilish-pasayish-
ko‘tarilish» tarzida o‘zgarib borgan. Buning o‘ziga xos sabablari, bir tomondan, xorijiy
investitsiyalar YaIMning eng muhim va o‘zgaruvchan komponenti bo‘lib, ularni taxmin
qilish juda qiyin. Xorijiy investitsiyalar to‘satdan o‘sib ketishi yoki aksincha tushib ketishi
ham mumkin (masalan, AQSHda buyuk depressiya davrida investitsiyalar 100 foizga
tushib ketgan). Ikkinchi tomonidan, bunday manzaraning amaliyotda kuzatilishi bu erda
unga tegishli bo‘lgan talaygina muammolarning mavjudligini ham ko‘rsatadi.
Mazkur muammolar xorijiy investitsiyalarning muhim turi hisoblangan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ham ko‘zga tashlanadi. Jumladan, 2016-2020
yillarda mamlakat iqtisodiyotga jalb qilingan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 15
mlrd. AQSH dollarini tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich qo‘shni Qozog‘istonda 108,1 mlrd.
AQSH dollariga teng bo‘lib, ushbu mamlakatga yiliga o‘rtacha 22 mlrd. AQSH dollari
miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya oqimi kuzatilmoqda (3.1-rasm).
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
131
1-rasm Markaziy Osiyo mamlakatlariga jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar oqimi (mlrd. AQSH dollari hisobida)
4
Bunday holat O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni
jalb qilish ishlari talab darajasida emasligini yaqqol namoyon etadi hamda iqtisodiyot
o‘sishining yuqori sur’atlari va xorijiy sarmoyaga o‘sib borayotgan talabni qanoatlantirish
bir-biriga muvofiq emasligini ko‘rsatadi.
Shunday bo‘lsa-da, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning mamlakat YaIM
hajmidagi salmog‘i o‘sish sur’atiga ega bo‘lgan. Xususan, ushbu ko‘rsatkich 2020 yilda
5,03 foizni tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 2,5 birlikka oshgan
5
.
O‘z navbatida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning mamlakat YaIM
hajmidagi salmog‘ining o‘sib borishi O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar bilan tashkil
etilgan qo‘shma korxonalar sonining ko‘payib borayotganligidan darak beradi. 2018
yildan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondidagi xorijiy
investitsiyalar ulushining eng kam miqdorining 30foizdan 15 foizgacha kamaytirilishi,
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaning ishtirokchisi sifatida xorijiy yuridik shaxs
qatnashishi shartligi to‘g‘risidagi talabning bekor qilinishi, ushbu turdagi korxonalar ustav
fondining eng kam miqdorini 600 million so‘mdan 400million so‘mgacha
pasaytirilganligi hamda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji miqdorining uch baravarga kamaytirilganligi
6
,
4
https://cabar.asia/ru/pryamye-inostrannye-investitsii-v-kazahstane-v-2020-godu-struktura-i-dinamika.
5
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
6
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi «O'zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan
yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5495-son Farmoni.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
132
xorijiy investitsiyalar miqdoriga qarab soliq imtiyozlarining berilayotganligi
7
xorijiy
investitsiyalarni faol jalb qilishda muhim amaliy ahamiyat kasb etdi. Jumladan, 2020 yilda
O‘zbekistonda xorijiy sarmoya asosida tashkil etilgan korxonalar soni 12300 tani, bu
ko‘rsatkich 2016 yilda bor-yo‘g‘i 5147 tani tashkil etgan, ya’ni 2016-2020 yillar
davomida ushbu korxonalar soni 2,4 martaga ortgan (xorijiy hamkorlar bilan tashkil
etilgan jami qo‘shma korxonalarning 21 foizi Rossiya Federatsiyasi, 17 foizi Xitoy Xalq
Respublikasi, 14 foizi Turkiya, 9 foizi Qozog‘iston, 8 foizi Janubiy Koreya va qolgani
boshqa rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘ri keladi
8
).
Biroq, mamlakatimizda fond bozorining yaxshi rivojlanmaganligi porfel shaklidagi
xorijiy investitsiyalarni jalb qilinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Chunonchi, 2016-2020
yillar mobaynida O‘zbekistonga jalb qilingan portfel xorijiy investitsiyalar o‘sish
sur’atiga ega bo‘lsa-da, ammo ularning hajmi talab darajasida emas. 2020 yilda ushbu
turdagi investitsiyalarning YaIM hajmidagi ulushi 0,41 foizni tashkil etgan, xolos. Shu
munosabat bilan, alohida qayd etish joizki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel xorijiy
investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish holati sust darajada bo‘lib, bunday holat
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmini takomillashtirish zarurligini kun tartibiga
qo‘yadi.
Xulosa.
Moliya bozorlarining iqtisodiyotni rivojlantirishdagi oʻrnini oshirish uchun
samarali tartibga solish tizimi oʻrnatilishi lozim. Moliya bozorini tartibga soluvchi
organlar ishtirokchilar va investorlarning firibgarlik va manipulyatsiyadan aziyat
chekmasligini ta'minlashga e’tibor qaratadi. Shuningdek, regulyatorlar bozorlarning
samarali ishlashini va bozor ishtirokchilarining bozor yaxlitligiga ishonchlarini
ta'minlashga e’tibor qaratadi. Likvidlilik, keng qamrovdagi ishtirokchilar hamda ishonchli
ma'lumotlarning mavjudligi moliya bozorlarining samarali faoliyat yuritishiga yordam
beradi. Ushbu faktorlarni moliya bozorlarida yuzaga keltirish, ishtirokchilar faoliyatini
mavjud xalqaro standardlarga moslashtirish mamlakatimizda moliya bozorini
rivojlantirish imkonini beradi.
1. Moliya bozorlarida tartibga solish usullarini, ya’ni litsenziyalash, nazorat qilish,
qoidalar ishlab chiqish, hisobotlar taqdim etish, standartlashtirish, roʻyxatdan oʻtkazish
tartibini belgilash kabilarni keng qoʻllash firibgarlikning oldini olish va moliya bozorini
7
Masalan, jalb qilinayotgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning hajmiga qarab, yuridik shaxslardan olinadigan foyda
solig'idan, mol-mulk solig'idan va yagona soliq to'lovidan ozod etish muddatlari uzaytirilgan.
8
https://bigasia.ru/content/news/businness/rossiya-stala-liderom-po-kolichestvu-sovmestnykh-predpriyatiy-v-uzbekistane/.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
133
rivojlantirishda yordam beradi.
2. Moliya bozorini tartibga solishda asosiy maqsadlardan biri sifatida investitsion
jozibadorlikni oshirish ta’kidlanadi. Bunda moliya bozorini tartibga solish orqali moliya
bozorining faoliyat mexanizmlarini ishlab chiqish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va
investorlarning huquqlarini himoya qilish orqali investorlarni jalb qilish imkoni yuzaga
keladi.
3. Hukumat tomonidan mamlakatimiz moliya bozorining Osiyodagi va xalqaro
darajadagi moliya bozorlarini tartib soluvchi tashkilotlar bilan, shuningdek, jadal
rivojlanayotgan davlatlar moliya bozorlari bilan integratsiyalashuvi yoʻllari koʻrib
chiqilishi lozim. Bu xalqaro darajadagi talablarga mos keladigan moliya bozorini
shakllantirish, xorijiy mamlakatlar moliya bozorlarini tartibga solish amaliyotini
oʻrganish va milliy moliya bozorimizga moslashtirish imkoniyatini taqdim etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati
to‘g‘risida”gi Qonuni. (yangi tahriri). 2019 yil 25 dekabr.
2.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi «O'zbekiston
Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-
5495-son Farmoni.
3.
Angelidi M.S., Karimov N.G. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish tizimida
sindikat asosida kreditlashtirish. – T.: «TMI», 2005 yil.-
4.
Зенченко С.В., Шемѐткина М.А. (2007)«Инвестиционный потенциал
региона». Сборник научных трудов Сев.Кав.ГТУ. Серия «Экономика». №6.
