ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
214
IQTISODIY INQIROZLARNING NAZARIY ASOSLARI: SABABLARI VA
TURLARI
Moyliyev Elyor Baxtiyorovich,
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
"Xalqaro iqtisodiyot va menejment" kafedrasi Phd o’qituvchi,
Email:
Bog‘lanish uchun telefon: +998940706740
Narzullayeva Maftuna Fayzullo qizi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistranti
Elektron pochta:
maftunanarzullayeva05@gmail.com
Bog‘lanish uchun telefon: +998936341405
Annotatsiya
O‘zbek tilida
Maqolada iqtisodiy inqirozlarning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi nazariy omillar
yoritilgan. Unda turli iqtisodiy maktablarning qarashlari asosida inqiroz tushunchasi, uni
keltirib chiqaradigan omillar hamda inqirozlarning turlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek,
tarixiy tajribalar orqali inqirozlarning qanday shakllarda namoyon bo‘lishi va ularning
iqtisodiy tizimlarga ta’siri tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar:
Iqtisodiy inqiroz, inqiroz sabablari, inqiroz turlari, iqtisodiy nazariyalar,
iqtisodiy sikl, makroiqtisodiy omillar, moliyaviy beqarorlik, ichki va tashqi omillar,
tarixiy tajriba, iqtisodiy tizimlar barqarorligi
In English
The article presents a theoretical overview of the causes behind economic crises. It reflects
on various schools of economic thought to explain what constitutes a crisis, explores the
range of factors contributing to it, and classifies its types. Drawing on historical insights,
it illustrates how crises manifest in practice and influence economic systems.
Keywords: Economic crisis, causes of crisis, types of crisis, economic theories, business
cycle, macroeconomic factors, financial instability, internal and external factors,
historical experience, stability of economic systems.
На русском языке
В статье даётся теоретический обзор причин экономических кризисов. На основе
разных экономических школ рассматриваются природа кризиса, его основные
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
215
движущие факторы и разновидности. Через исторический опыт анализируются
формы проявления кризисов и их влияние на экономические структуры.
Ключевые слова: Экономический кризис, причины кризиса, виды кризисов,
экономические теории, экономический цикл, макроэкономические факторы,
финансовая нестабильность, внутренние и внешние факторы, исторический
опыт, устойчивость экономических систем.
Iqtisodiy inqirozlar insoniyat tarixida deyarli har bir bosqichda takrorlanib
kelayotgan murakkab va ko‘p qirrali jarayonlardan biridir. Ular nafaqat iqtisodiy o‘sish
sur’atlariga, balki siyosiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikka ham sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi. Har bir inqiroz ortida turli sabablarga ega bo‘lgan iqtisodiy muvozanatsizliklar
yotadi. Mazkur mavzuni o‘rganish nafaqat hozirgi zamonaviy iqtisodiy muammolarni
tushunishga, balki ularning oldini olish yoki oqibatlarini yumshatishga doir samarali
yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi.
“Iqtisodiy inqiroz” tushunchasiga ta’rif beradigan bo’lsak turli adabiyotlarda va
turli iqtisodchilar tomonidan turlicha talqin qilingan. Jumladan, inqirozning o’ziga
O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasida quyidagicha izoh berilgan:
“Inqiroz —
taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul. Har qanday obyekt o‘zining rivojlanishi
mobaynida paydo bo‘lish, ulg‘ayish, pasayish va halok bo‘lish bosqichlaridan o‘tadi. Har
qanday tizim (obyekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi
darajadagi holatga o‘tish jarayoni inqiroz davri deyiladi. Ijtimoiy tizimlardagi
inqirozlarga differensial yondashish kerak. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy
sohalardagi inqirozlar, odatda, mustaqil ro‘y beradi, ba’zan esa hammasi kompleks
tarzda baravar bo‘ladi. Bunday holda jamiyatning umumiy iqtisodiy inqirozi
boshlanadi”
1
.
Tarixiy manbalar shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy inqirozlar masalasiga yondashuvlar
har doim bir xil bo‘lmagan. Har bir davr iqtisodchilari o‘z zamonasining ijtimoiy va
iqtisodiy sharoitlariga qarab bu hodisani turlicha talqin qilganlar. Fransuz mutafakkiri
Pierre Le Pesant de Boisguilbert
(1646–1714) esa bu borada ilk sistematik
yondashuvlardan birini taklif etgan iqtisodchilardan biridir. U iqtisodiy muammolarni
1
O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashri “I” harfi 245
- bet
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
216
faqat statistik raqamlar yoki qisqa muddatli omillar bilan izohlash o‘rniga, masalaga
chuqurroq – tizimli va institutsional yondashgan.
Boisguilbert fikricha, iqtisodiy inqirozlarning ildizi davlatning haddan tashqari
aralashuvi va bozor qonuniyatlariga ishonmasligidadir. U erkin bozor mexanizmlari,
raqobat va narxlar muvozanatini iqtisodiy barqarorlikning asosi deb biladi. Aynan shu
asosda u iqtisodiy inqirozlarni sun’iy cheklovlar, ortiqcha soliqlar va markazlashgan
boshqaruvning oqibati sifatida izohlaydi. Uning eng muhim asari —
“Le Détail de la
France” (1695)
— da quyidagicha ta’rif keltiriladi:
“Davlat ortiqcha soliqlar va nojo‘ya
tartiblar orqali bozorning tabiiy harakatini to‘xtatmoqda. Agar dehqon ishlab
chiqarishda manfaat topmasa, butun jamiyat ochlikka yuz tutadi.”
(Boisguilbert, 1695)
2
.
XX asrda kapitalistik dunyoning ko’lami jihatidan eng yirik hisonlangan inqiroz – Buyuk
dipressiyani tushuntiruvchi zamonaviy makroiqtisodiyotni 1930 yillarda fan darajasiga
olib chiqqan va o’z navbatida, biznes sikllarining zamonaviy nazariyasiga salmoqli hissa
qo’shgan iqtisodchi olim J.M.Keyns hisoblanadi. Bu paytda, 1929-1933 yillarda A.Smit
tomonidan amal qilinib kelayotgan nazariya AQSh va bir qator rivojlangan
mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotlarining keskin kamayishi, ishsizlik darajasining
oshib ketishi, ishsizlik darajasi qariyib 25% yetishini tushuntirib bera olmadi. Klassik
maktab nazariyotchilar (A.Smit, D.Rikardo, J.S.Mill, Y.Shumpeter) tomonidan olib
borilgan qarashlar quyidagilardan iborat edi:
-
bozor samarali faoliyat olib boradi, talabgir va taklif beruvchini uchrashtirish
va resurslarni to’g’ri taqsimlaydi;
-
baho to’liq egiluvchan va u bozorni ortiqcha tavordan (narxga nisbatan)
tozalaydi;
-
mehnat haqi bahoning bir ko’rinishi va u ham yetarlicha egiluvchan.U
mehnat bozorni to’liq muvozanatda saqlay oladi;
-
bozorlar samarali bo’la olsa, bunda davlat roli yetarli cheklanadi.Davlat
mudofaa, xavfsizlik, qonunlar va tartiblarning ijrosini ta’minlashi va
monopoliyalarning yuzaga kelmasligi kabi vazifalarni bajarishi lozim.
2
Boisguilbert, Pierre le Pesant, sieur de.
(n.d.).
The Columbia Encyclopedia, 6th ed.
Oxford University Press
Encyclopedia.com.
https://www.encyclopedia.com/gsearch?q=Boisguilbert%2C+Pierre+Le+Pesant+de%E2%80%9D
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
217
Biroq bu qarashlar Buyuk Depressiya davrida bozor iqtisodiyot o’zini-o’zi samarali
tartibga solishning uddasidan chiqmasligini ko’rsatdi. Baholar, mehnat haqi qanchalik
pasaymasin, iqtisodiyot o’sish suratlarining pasayishi va ishsizlik darajasining oshishi
kabi iqtisodiy muammolarni bartaraf eta olmadi. Aksincha, klassik nazariyaga ko’ra,
yuqori ishlik darajasi shu darajaga yetishi kerak ediki, natijada ishlab chiqaruvchilar bu
bahoda barcha mehnatga faol aholini ish bilan ta’minlay olishi lozim edi. Natijada
ishsizlik o’z-o’zidan bartaraf bo’lishi kerak edi. Ammo amalda bu yuz bermadi va J.Keyns
uchun o’z qarashlarini isbotlash imkoni paydo bo’ldi. J.Keyns klassik nazariyaga qarshi
bo’lgan quyidagi ikki qarashni asosladi.
Brinchidan, iqtisodiyot vaqtning istalgan nuqtasida raqobatli muvozanatda bo’la olmaydi,
ya’ni “ko’rinmas qo’l” o’z ishini iqtisodiy holatning har jabhasida bajarmaydi. Bu
muvozanatsizlikning asosiy sababi esa – baholar va mehnat haqining uzoq vaqt davomida
shartnomali holatda o’zgarmay va joriy bozor konyukturasiga mos kelmasili hisoblanadi.
Ikkinchidan, iqtisodiyotning qay darajada bo’lishini yalpi talab belgilamaydi, bunda
investorlarning hamda istemolchilar va hukumatning tovarlar va xizmatlar sotib olishga
qanchalik tayyor ekanligi bilan baholanadi
3
.
Keyns nazariyasiga ko’ra iqtisodiy inqiroz sabablari quyidagicha izohlanadi:
➢
Agregat talabning yetishmasligi
: Keynesning fikricha, iqtisodiy inqirozlar
ko‘pincha agregat talabning pasayishi (ya'ni, iste'molchilar va investorlarning xarid
qilish faolligining kamayishi) bilan bog‘liq bo‘ladi. Bozor o‘z-o‘zidan
muvozanatga kelmaydi, chunki barcha ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar har
doim ham sotilmaydi;
➢
Ishsizlikning tabiiy emas, balki tizimli shakli
: Klassik iqtisodiy nazariyadan
farqli ravishda, Keynes ishsizlikni narxlar moslashmasligi bilan emas, balki talab
yetishmovchiligi bilan izohlaydi. Ishsizlik — bu tizimli muammo, uni faqat ishchi
kuchining narxini kamaytirish bilan hal qilib bo‘lmaydi;
➢
Investitsiyalarning beqarorligi
: Investitsiyalar foiz stavkalariga emas, balki
tadbirkorlarning kelajakka bo‘lgan ishonchiga (Keynes buni
animal spirits
—
“hayvoniy ruh” deb atagan) bog‘liq. Salbiy psixologik kayfiyat investitsiyalarni
to‘xtatib, inqirozga olib keladi.
3
Keynes,
John M. The Theory of Employmet, Interst, and Money” (New York: harcourt,1936) 403
- bet
The General Theory of
Employment, Interest and Money
, Chapter 3
—
"The Principle of Effective Demand; Chapter 2
—
"The Postulates of the
Classical Economics"; Chapter 12
—
"The State of Long-Term Expectation"
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
218
Bundan tashqari bir nechta iqtisodchilar o’z asarlari bunga qo’shimcha tarzda iqtisodiy
inqirozga sabab bo’luvchi boshqa omillarni keltirib o’tishadi:
Karl
Marx
(1867)
kapitalistik
tizimdagi
inqirozlarni
ortiqcha
ishlab
chiqarish
(overproduction) bilan bog‘laydi. Uning fikricha, kapitalizm sharoitida ishlab
chiqaruvchilar foyda oshirish maqsadida ishlab chiqarishni kengaytiradi, ammo
mehnatkashlarning haqiqiy daromadi cheklanganligi sababli tovarlar talab qilinmay
qoladi. Natijada, tovarlar bozorda qoladi (
realizatsiya muammosi
), korxonalar zarar
ko‘radi va ishsizlik kuchayadi. Marx buni kapitalizmning tuzilma kamchiligi deb
hisoblaydi
4
.
Avstriya iqtisodiyot maktabi vakili Friedrich Hayek (1931) inqirozlarni
kredit
ekspansiyasi
va
resurslarning
noto‘g‘ri
taqsimlanishi
bilan
izohlaydi.
Uning
Nomutanosiblik nazariyasiga
(Theory of Malinvestment) ko‘ra, markaziy banklar
tomonidan kreditlar arzonlashtirilganda, investorlar foydali bo‘lmagan loyihalarga
mablag’ ajratadi. Keyinchalik, bu loyihalar samarasizligi aniq bo‘lganda, bozor tozalanadi
va resurslarni qayta taqsimlash inqirozi yuzaga keladi
5
.
Nobel mukofoti laureati Robert Shiller (2000) inqirozlarni
irratsional optimizm
va
spekulyativ pufakchalar bilan bog‘laydi. Uning
Irrational Exuberance
kitobida
ta’kidlashicha, bozor ishtirokchilari ko‘pincha qisqa muddatli daromadlarga ishonib,
aktivlar narxini haqiqiy qiymatidan oshirib ko‘rsatadi. Vahima boshlanganda, bu
pufakcha yoriladi va narxlarning keskin tushishiga olib keladi. Shiller buni 2008-yilgi
moliyaviy inqirozda ko‘rish mumkinligini ta’kidlaydi
6
.
Joseph Stiglitz (2002) zamonaviy inqirozlarda
global integratsiya
va tashqi omillarning
rolini ta’kidlaydi. Uning
Globalization and Its Discontents
asarida geosiyosiy inqirozlar,
iqlim o‘zgarishi, pandemiyalar va savdo urushlari kabi omillar butun dunyo iqtisodiyotiga
4
Marx, K. (1867).
Capital: Critique of Political Economy
(Vol. 1). Hamburg: Verlag von Otto Meissner 1-jild, 23-25-
boʻlimlar
https://oll.libertyfund.org/titles/das-kapital-kritik-der-politischen-oekonomie-buch-1-1867
5
Hayek, F. A. (1931).
Prices and Production
. London: Routledge & Kegan Paul.
2-3-lectures (~30-60-betlar)
https://www.scirp.org/reference/referencespapers?referenceid=2963697
6
Shiller, R. J. (2000).
Irrational Exuberance
. Princeton, NJ: Princeton University Press. 2-bob (25-40-bet);
5-bob (90-110-
bet)
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
219
ta’sir ko‘rsatishi aytilgan. Masalan, 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi global ta’minot
zanjirlarini buzganligi tufayli iqtisodiy pasayish kuzatildi
7
.
Iqtisodiy inqirozlar tahlil qilinar ekan, ularga turli iqtisodiy- siyosiy va ijtimoiy
omillar ta’sir etishiga ko’ra bir necha turlar bilan bir- biridan farq qilishini tushunish
mumkin bo’ladi. Inqiroz turlari ularning yuzaga kelish omillari, namoyon bo‘lish
uslublari, ta’sir maydoni va kelib chiqish asoslariga ko‘ra guruhlarga ajratiladi.
1.Yuzaga kelish sabablariga ko’ra iqtisodiy inqiroz turlari:
(
bu tur inqirozning
qanday omillar asosida yuzaga kelishini tavsiflaydi
.)
➢
Ishlab chiqarishdagi muvozanatsizlik
- ortiqcha ishlab chiqarish yoki bozordagi
talabning pasayishi bilan izohlanadi.
➢
Moliyaviy sektor beqarorligi
– banklar, fond bozori va kredit institutlaridagi
pasayishlar, tebranishlar natijasida yuz beradigan inqiroz.
➢
Pul-kredit siyosatidagi xatoliklar
– inflyatsiya, deflyatsiya yoki valyuta
qadrsizlanishi, qarz miqdorlarining ortishi oqibatida yuzaga kelishi.
➢
Tashqi shoklar
– pandemiyalar, urushlar, global energiya narxlari yoki tabiiy
ofatlar sabablari.
2.Namoyon bo’lish shakli (iqtisodiy ko’rinishiga) ko’ra turlari:
(
bu tur inqirozlarning
qanday ko’rinishda iqtisodiy faoliyatda namoyon bo’lishini tushunishga yordam beradi.
Inqirozlar turli shakllarda iqtisodiy faoliyatlarni pasaytirish yoki qisqartirishi mumkin
.)
➢
Regressiv inqiroz (Recession)
8
– YaIMning ikki chorak davomida salbiy o’sish
sur’ati bilan namoyon bo’ladi.
➢
Depressiya (Depression)
9
– uzoq vaqt davom etuvchi va chuqur iqtisodiy
pasayishlar turli sohalarda bir vaqtda sodir bo’lishi bilan kuzatiladi.
➢
Stagflyatsiya (Stagflation)
10
– inflatsiya va ishsizlik darajasining bir vaqtda
oshishi bilan namoyon bo’ladi.
7
Stiglitz, J. E. (2002).
Globalization and Its Discontents
. New York: W.W. Norton & Company.
4-bob (70-90-bet);
6-bob
(120-140-bet)
8
AGROVOC Multilingual Thesaurus
_ BMTning FAO tashkiloti tomonidan yuritiladigan lug’at
Created 9/20/22, last
modified 8/12/24
https://agrovoc.fao.org/browse/agrovoc/en/page/c_4f7e5db1
9
AGROVOC Multilingual Thesaurus
_ BMTning FAO tashkiloti tomonidan yuritiladigan lug’at
Created 2/3/12, last modified
https://agrovoc.fao.org/browse/agrovoc/en/page/c_28802
10
Investopedia_global moliyaviy media veb-sayti
ta’rifi
https://www.investopedia.com/terms/s/stagflation.asp
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
220
3.Qamrov va ta’sir doirasiga ko’ra:( inqirozlar ta’sir doirasi davlat yoki jamiyatning
iqtisodiy holatiga ko’ra ta’sir qiladi
)
➢
Sanooat sohasini qamrab olgan inqiroz
- ishlab chiqarishdagi xatoliklar,
resurslarning noto’g’ri taqsimlashini va ortiqcha ishlab chiqarish bilan yuzaga
keladi.
➢
Moliyaviy sektorga oid inqiroz
- banklar va moliyaviy institutlar doirasida yuzaga
keladi.
➢
Makroiqtisodiy sektorga oid inqiroz
(butun iqtisodiy tizimga ta’sir qiluvchi)- keng
qamrovli va butun iqtisodiy tizimni qamrab olgan inqiroz.
4.Yuzaga kelish omillarga ko’ra:
➢
Ichki omillar
- noto’g’ri iqtisodiy siyosat, bozor muvozanatsizligi, yuqori qarz olish,
davlat-jamiyat noto’g’ri boshqaruvi natijasida yuzaga keladi.
➢
Tashqi omillar
- global narxlar o’zgarishi, xalqaro siyosiy holatlar, tabiiy ofatlar
ta’sirida ro’y beradi.
Bugungi dunyo iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar va muammolar
iqtisodiy inqirozlar masalasini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Maqola davomida o‘rganilgan
ma’lumotlar asosida shuni aytish mumkinki, har qanday iqtisodiy inqiroz birdaniga va
sababsiz yuzaga kelmaydi. Unga ko‘pincha ichki iqtisodiy nomutanosibliklar, moliyaviy
beqarorlik, siyosiy qarorlarning sustligi yoki global omillar sabab bo‘ladi. Bu omillar bir-
biriga bog‘liq va o‘zaro ta’sirchan bo‘lib, natijada inqirozga olib keluvchi jarayon
bosqichma-bosqich shakllanadi.
Inqirozlar har doim ham bir xil shaklda namoyon bo‘lmaydi. Ba’zilari tsiklik tusda bo‘lib,
tabiiy iqtisodiy o‘zgarishlar oqibatida yuzaga keladi. Boshqalari esa to‘satdan sodir bo‘lib,
moliya bozorlarining qulashiga yoki tashqi iqtisodiy zarbalarga bog‘liq bo‘ladi. Har bir
tur o‘ziga xos xususiyatlarga ega va ular alohida yondashuvni talab qiladi.
Shuni anglash kerakki, inqirozlar faqat yo‘qotish emas, balki o‘sish va islohot uchun
imkon hamdir. Aynan inqirozlar orqali iqtisodiyotdagi zaif nuqtalar aniqlanadi, yangicha
yondashuvlar paydo bo‘ladi va tizim o‘zgarishga majbur bo‘ladi. Demak, iqtisodiy
inqirozlar sabab va turlarini chuqur tushunish — kelajakdagi muammolarni oldindan
sezish va ularni yumshatish yo‘lida muhim qadamlardan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashri “I” harfi 245- bet
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
221
2.
Boisguilbert, Pierre le Pesant, sieur de.
(n.d.).
The Columbia Encyclopedia, 6th ed.
Oxford
University
Press
Encyclopedia.com.
https://www.encyclopedia.com/gsearch?q=Boisguilbert%2C+Pierre+
3. Keynes,John M. The Theory of Employmet, Interst, and Money” (New York:
harcourt,1936) 403- bet
The General Theory of Employment, Interest and Money
, Chapter
3 — "The Principle of Effective Demand; Chapter 2 — "The Postulates of the Classical
Economics"; Chapter 12 — "The State of Long-Term Expectation"
4. Marx, K. (1867).
Capital: Critique of Political Economy
(Vol. 1). Hamburg: Verlag
von Otto Meissner 1-jild, 23-25-boʻlimlar
5. Hayek, F. A. (1931).
Prices and Production
. London: Routledge & Kegan Paul.
2-3-
lectures (~30-60-betlar)
6.Shiller, R. J. (2000).
Irrational Exuberance
. Princeton, NJ: Princeton University Press.
2-bob (25-40-bet);
5-bob (90-110-bet)
7.Stiglitz, J. E. (2002).
Globalization and Its Discontents
. New York: W.W. Norton &
Company.
4-bob (70-90-bet);
6-bob (120-140-bet)
8.AGROVOC Multilingual Thesaurus_ BMTning FAO tashkiloti tomonidan
yuritiladigan
lug’at
Created
9/20/22,
last
modified
8/12/24
https://agrovoc.fao.org/browse/agrovoc/en/page/c_4f7e5db1
9.AGROVOC Multilingual Thesaurus_ BMTning FAO tashkiloti tomonidan
yuritiladigan
lug’at
Created
2/3/12,
last
modified
9/28/22
https://agrovoc.fao.org/browse/agrovoc/en/page/c_28802
10.Investopedia_global
moliyaviy
media
veb-sayti
ta’rifi
https://www.investopedia.com/terms/s/stagflation.asp
