Mualliflar

  • Toʻylieva Sevara
    Termiz davlat universiteti 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.130305

Kalit so‘zlar:

: mahoratli yozuvchi qonli urush xiyonat mehr - muhabbat mehnatkash dehon sadoqat.

Annotasiya

"Ikki eshik orasi" - atoqli yozuvchi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub, oʻzbek adabiyotining zabardast asarlaridan biridir. Roman inson umrining tugʻilish va oʻlim oraligʻidagi ziddiyatga, qonli urush jabr - sitamlar chekkan xalq hayoti keltirilgan. Asarda oilaviy munosabatlar, jamiyatdagi illatlar, insoniylik va mehr - muhabbat kabi mavzular teran yoritilgan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7

101

“IKKI ESHIK ORASI”: YURAKDAN YURAKKA YETGAN FARYOD.

Toʻylieva Sevara

Termiz davlat universiteti 2-bosqich talabasi

E-mail

tuyliyevasevara@gmail.com

ANNOTATSIYA:

"Ikki eshik orasi" - atoqli yozuvchi Oʻtkir Hoshimov qalamiga

mansub, oʻzbek adabiyotining zabardast asarlaridan biridir.

Roman inson umrining

tugʻilish va oʻlim oraligʻidagi ziddiyatga, qonli urush jabr - sitamlar chekkan xalq hayoti
keltirilgan. Asarda oilaviy munosabatlar, jamiyatdagi illatlar, insoniylik va mehr -
muhabbat kabi mavzular teran yoritilgan.

KALIT SOʻZLAR:

mahoratli yozuvchi, qonli urush, xiyonat, mehr - muhabbat,

mehnatkash dehon, sadoqat.

Kirish:

Oʻtkir Hoshimov - yurtimiz ardoqlagan va sevgan adib, soʻz ustasi! Uning asarlarini
nafaqat oʻzbek yoshlari boshqa davlat yoshlari ham sevib mutolaa qilishadi. Oʻrtkir
Hoshimovning barcha asarlarini sevib mutolaa qilar ekanman bu asarlar yuragimda
oʻzim anglamas his-tuygʻularni paydo qilagan. Ushbu maqolada "Ikki eshik orasi"
romanniga toʻxtalib oʻtmoqchiman. Bu asarda yozuvchi inson umrining mazmuni,
tugʻilish va oʻlim orasidagi hayot yoʻli, or - nomus, sabr, eʼtiqod, vafo kabi qadriyatlarni
xalqona ruhda badiiy mahorat bilan tasvirlaydi. "Ikki eshik orasi" romani nafaqat bir inson
taqdiri balki xalq taqdiri, millat yuragidagi savollarga javob beruvchi asardir. Adib,
birinchi insonlar tinchini buzgan, farzandlarni yetim qoldirgan, ota - onani qon yigʻlatgan
urushni tilga oladi. Ayniqsa, urush har bir inson koʻngliga oʻz nayzasini sanchib oʻtganligi
asarda yaqqol namoyish etilgan.

Yozuvchining oʻziga xos badiiy uslubi juda tabiiy hamda samimiyligi bilan ajralib
turadi. Roman yetti qism qirq yetti bobdan tarkib topgan boʻlib kompozitsion qurilish


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7

102

jihatidan ham oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Har bir bobdagi hikoyalar bir biriga juda
ham ustalik bilan bogʻlangan.

Asosiy qism:

"Ikki eshik orasi" romanida voqea Toshkent atrofidagi qishloqlardan birida, asosan
ikkinchi jahon urushi yillarida boʻlib oʻtadi. Yozuvchi asarda qishloq hayotining urushdan
oldingi va keyingi turmush tarzi haqida ham keltirib oʻtgan. Roman voqeasi Qora amma,
Robiya, Kimsan Husanov, Muzaffar Shomurodov, Munavvar Aliyeva, Ra'no, Umar
Zakunchi, Olimjon Komilov kabilarning tilidan asar hikoya qilinadi. Hikoyalar
mazmunan bir birini bilan chambarchas bogʻlangan boʻlib bir- birini toʻldirib keladi.
Asarda asosiy obrazlargina emas, Rashid Abzi, Bashor opa, Samadov singari epizodik
obrazlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qora amma asarda ajralib turadi. Qora Amma:
mehribon, sodda, bardoshli va jafokash ayol. Uning obrazida urush davridagi onalar
siymosi tasvirlangan. U boshiga tushgan barcha qiyinchiliklarni sabr - bardosh bilan
yengib oʻtdi. Ammo soʻnggi nafasigacha farzandiga boʻlgan sogʻinch hissi yuragiga
doimo ogʻriq berib turar edi. Qora ammaga oʻgʻli bilan diyor koʻrishish bir - bora bagʻriga
bosish bir umrlik armonga aylandi. Huddi shu kabi ogʻriq bilan qiynalganlardan yana biri
bu Robiya. U onasining oʻlimi, otasi Samatovning tuhmat tufayli qamalib ketishi, unga
otilgan tana dashnomlar uning hayotini keskin oʻzgartirib yubordi. Robiyaning quyidagi
jumlalaridan ham oʻquvchi anglab olsa boʻladi. " Toʻsatdan tushgan gʻam yosh bolani bir
kunda katta odamga aylantirib qoʻyar ekan... "Hayot baland pastliklardan iborat.
Hayotning bu qismati ushbu asrda aks etgan. Roman Orif oqsoqol, Husan duma, Komil
tabib kabi obrazlar ham asarni yoritib bergan. Ayniqsa, Orif oqsoqol obrazi romanga koʻrk
bagʻishlaydi. Uning insonparvarligi, jonkuyarligi, fidoyiligi, odamlar orasida qozongan
obroʻ- e'tibori, eng ogʻir damlarda qiyinchiliklarni yengib oʻtishga oʻzida kuch va iroda
topishi bilan oʻquvchi xotirasiga muhrlandi. U donishmand, tajribali, hayotning achchiq
chuchugini tatib koʻrgan shaxs.

Urushning sovuq nafasi hammaning yostigʻini quritayotgan bir vaqtda nafsini jilovlay
olmagan kimsalar oʻz yoriga xiyonat qiladi. Shulardan biri Ra'no, Shomurodga xiyonat
qilib Umar Zakunchi bilan qochib ketadi. Yozuvchi quyidagi jumlalarni keltiradi: " Dunyo
oʻtkinchi deymiz yoʻq, dunyo emas, biz oʻtkinchimiz. Bahor bir aylanib kelguncha birov
tugʻiladi, birov oʻladi. Birov birovni yaxshi koʻradi. Birov birovning koʻziga choʻp soladi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7

103

Bu kabi xiyonatlar hammaning koʻnglini bexush qiladi. Qora amma oʻgʻli Kimsaning
sevgilisi Robiyani ilojsizlikdan ukasi Shomurodga toʻy qilib uzatadi. Shomurod Ra'noni
jonidan ortiq koʻrardi, lekin Ra'no buning qadriga yetmadi. Oʻz nafsining qurboniga
aylandi. Soʻnggi nafasigacha baxtni his qilmasdan oʻtdi. Ra'nonning qilgan nomaqul
ishlari uchun Robiya jabr chekdi. U sabirli, mehribon, bardoshli oʻzbek ayoli sifatida
barchaga oʻrank boʻla oladi.

Xulosa sifatida shuni aytishim mumkinki, bu urush hech bir kimsaning hayotiga xavf
solmasdan qolmadi. Kimnidir otasidan, onasidan, yoridan, jigargoʻsha Farzandidan
ayirdi. Oʻzi yemay barchasini jangchilar ogʻziga tutgan fidoyi dehqonlar jasorati madh
qilingan. Daladan beri kelmagan ayol - qizlarimiz taqdiri ayanchli Hammalarining
yuragida bitta umid tinchlik umidi bong urgan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir
Hoshimovning bu asarini har bir kitobxon koʻzi yoshlanib, qalbi titrab mutolaa qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.Oʻtkir Hoshimov "Ikki eshik orasi" Roman 2013.

2.Said Ahmad "Ikki eshik orasi" Romani haqida. 2014 ziyouz.com

3.O. Sharafiddinov " Ikki eshik orasi" romani haqida 2016 " huriyyat" gazetasi.

4.Abdulhamidov. Gʻ Yangiboyeva. Sh 2023. Oʻtkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asari
talqini. Uzresearchers.com

Bibliografik manbalar

Oʻtkir Hoshimov "Ikki eshik orasi" Roman 2013.

Said Ahmad "Ikki eshik orasi" Romani haqida. 2014 ziyouz.com

O. Sharafiddinov " Ikki eshik orasi" romani haqida 2016 " huriyyat" gazetasi.

Abdulhamidov. Gʻ Yangiboyeva. Sh 2023. Oʻtkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asari talqini. Uzresearchers.com