Authors

  • Farxod Xaitov
    Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.58568

Keywords:

neft va gaz ko‘mir polimetall alumin rudasi giрs tuz kasalliklar ifloslangan suv metallurgiya sanitariya-epidemiologiya

Abstract

Maqolada O‘zbekistonning janubida joylashgan Surxondaryo viloyatining geografik joylashuvi va  o‘ziga hos ekologik xususiyatlari, aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish qoidalari, Surxondaryoda atrof-muhit monitoringini o'tkazish, uning ekologik holatini baholash va atrof-muhit omillari va aholi salomatligini  saqlash borasida olib borilayotganligi tahlil e‘tib o‘tilgan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10

61

SURXONDARYO VILOYATINING GEOGRAFIK JOYLASHUVI VA

EKOLOGIK HOLATI.

Xaitov Farxod Nasriddin o‘g‘li

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali o‘qituvchisi


Annotatsiya:
Maqolada

O‘zbekistonning janubida joylashgan Surxondaryo

viloyatining geografik joylashuvi va o‘ziga hos ekologik xususiyatlari, aholi
salomatligini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda sanitariya-gigiyena
talablariga rioya qilish qoidalari, Surxondaryoda atrof-muhit monitoringini o'tkazish,
uning ekologik holatini baholash va atrof-muhit omillari va aholi salomatligini saqlash
borasida olib borilayotganligi tahlil e‘tib o‘tilgan.

Аннотaция:

В

статье

рассмотрены

географическое

положение

Сурхандарьинской области, расположенной на юге Узбекистана, и ее
уникальные экологические особенности, соблюдение санитарно-гигиенических
требований в укреплении здоровья населения и профилактике заболеваний,
проведение экологического мониторинга в Сурхандарьинской области, оценка ее
состояния. учитывались экологическое состояние и факторы окружающей среды,
а также последствия для здоровья населения.

Kalit so‘zlar:

neft va gaz, ko‘mir, polimetall, alumin rudasi, giрs, tuz,

kasalliklar

,

ifloslangan suv

,

metallurgiya, sanitariya-epidemiologiya.

Аннотaция:

Ключевые слова:

нефти и газа,

полиметалл,

алюминиевая руда,

гипс,

соль,

болезни,

загрязненная вода,

металлургия,

санитарно-эпидемиология.

Surxondaryo viloyati O‘zbekistonning eng janubida joylashgan. U o‘z ichiga

Surxon-Sherobod vohasi va uning atrofini o‘rab turgan tog‘larni oladi. Viloyat
sharqdan va shimoli sharqdan Bobotog‘ va Hisor tog‘lari orqali Tojikiston bilan,
shimoli g‘arbda Qashqadaryo bilan chegaralanadi, chegara Chaqchar va Boysun
tog‘lari orqali o‘tadi. G‘arbda Turkmaniston bilan bo‘lgan chegara Ko‘hitang tog‘ining
suvayirg‘ich qismidan o‘tadi. Janubda chegara Afg‘oniston bilan Amudaryo orqali
o‘tgan davlat chegarasiga to‘g‘ri keladi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10

62

Viloyatda

qazilma boyliklardan neft va gaz, ko‘mir, polimetall, alumin rudasi, giрs,

tuz, har xil qurilish material konlari mavjud. Neft va gaz, asosan, Lalmikor, Ko‘kaydi,
Xovdog‘dan, toshko‘mir Sharg‘undan qazib olinadi. Sariosiyoda polimetall rudasi,
aluminiy rudasi, giрs, ohak konlari bor. O‘zbekistondagi eng katta Xo‘jaikon tuz koni
shu viloyatda joylashgan. Surxondaryo janubida tarkibida har xil erigan moddalar
saqlovchi bir necha mineral suvlar topilgan. Ularning eng muhimi Jayronxona mineral
suvi hisoblanadi.

Surxondaryo vohasining iqlimi quruq subtropik. Lekin atrofidagi tog‘larga

ko‘tarilgan sari iqlim o‘zgaradi. Viloyatning tekislik qismida yoz serquyosh, issiq va
quruq, tog‘ga tomon harorat pasayib boradi. Qish qisqa va iliq, lekin atrofidagi
tog‘larda sovuqroq bo‘ladi. Yozda viloyatning tekislik qismi juda isib ketadi. Yozda
havo harorati Termizda +50°C ga (1914- yil) ko‘tarilganligi kuzatilgan. Qish
viloyatning tekislik qismida iliq bo‘lib, yanvarning o‘rtacha harorati Sherobod va
Termizda +2,8°C ga teng. Lekin atrofidagi tog‘larning 2500-3000 m balandliklarida
yanvarning o‘rtacha harorati –6°C dir.

Surxondaryo tabiiy geografik jihatdan uzunligi 20 km dan ortiq bo‘lgan 35 ta daryo

mavjud. Bu daryolar ichida eng kattalari Surxondaryo va Sheroboddaryo hisoblanadi.
Yerosti suvlari har xil davr yotqiziqlari orasida uchraydi. Paleogen va neogen davri
yotqiziqlari orasidagi 140—150 m chuqurlikdan chuchuk suv chiqadi. Bo‘r davri
yotqiziqlari orasidagi 1000 —2000 m chuqurlikdan chiquvchi mineral shifobaxsh suv
harorati +60 +70°C ga yetadi.

Surxondaryo tabiiy geografik o‘lkasida suv ta’minotini yaxshilash maqsadida

Janubiy Surxon (suv sig‘imi 800 mln m.kub), Uchqizil (suv sig‘imi 16 mln m.kub) suv
omborlari qurilgan.

Surxondaryo tabiiy geografik okrugining okean sathidan 500 m balandlikkacha

bo‘lgan joylarida och bo‘z tuproq tarqalgan.
Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan joylarda sho‘rlashgan bo‘z tuproq uchraydi.
Surxondaryo va Sherobod daryolarining qayirlarida alluvial-o‘tloq va botqoq tuproqlar
uchrasa, janubiy qismidagi qum massivlarida qumli va qumloq tuproqlar uchraydi.

Viloyatning 500 m dan 1200 m balandlikkacha bo‘lgan qismida oddiy va to‘q

tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlar ko‘p joylarda o‘zlashtirilib, madaniy
bo‘z tuproqqa aylantirilgan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10

63

Surxondaryoning 1500-2500 m dan balandda bo‘lgan tog‘ yonbag‘irlarida tog‘-
jigarrang tuproqlar tarqalgan bo‘lib, tarkibidagi chirindi 4-6 foizga boradi. 2500 m dan
yuqorida yaylov mintaqasi boshlanib, tog‘-o‘tloq, o‘tloq, o‘tloq-botqoq tuproq
uchraydi.

O’zining har bir jabhasida inson uchun zarur bo’lgan minglab unsurlarni

mujassam etgan. Ana shunday go’zal tabiatimiz bugungi kunga kelib fan va texnika,
texnalogiyalar taraqqiy etayotgan zamonda qay ahvolda ekanligi aniqlash, ekalogik
muammolarning oldini olish, degan savollar bugungi kunning dolzarb mavzusiga
aylanmoqda. Ming afsuski inson tabiatga misli ko’rilmagan miqdorda tasir ko’rsatadi.
Inson aql-zakovati orqali, mehnat faoliyati tufayli ta’sir qilishini hech bir narsa bilan
taqqoslab bo’lmaydi. Aniqroq aytadigan bo’lsak mavjudotlar tabiatdan qanday bo’lsa,
shunday foydalanib, unga sezilarsiz tasirini o’tkazadi.

XXI asr insoniyat faoliyatining har bir sohasida, ayniqsa, tibbiyotda buyuk

kashfiyotlar qilib, milliardlab mablag’lar sarflanishiga qaramay, insonlar arganizmiga
kasalliklar xavf solishi va hoyotda bevaqt ko’z yumushlar ko’p uchraydi. Bu yerda biz
nafaqat o'simliklar va hayvonlarga yetkazilgan zarar haqida gapiramiz, balki bu ta'sirlar
odamlarga ham ta'sir qiladi. Odatda, qabul qilinadigan qarorlar atrof muhitga salbiy
ta'sirlarni kamaytirish, tabiiy muhitni himoya qilishdan ko'ra, inson salomatligini
himoya qilish uchun ko'proq ahamiyatga ega. Ushbu ta'sirlarning asosiy oqibatlari
umuman sayyoramizning ifloslanishidir. Biz suv, tuproq, havoning ifloslanishini,
ekotizimlarning yo'q qilinishini, yashash joylarining parchalanishini va boshqalarni
ko'rishimiz mumkin. Bularning barchasi kasalliklarning ko'payishiga, biologik xilma-
xillikning yo'qolishiga va o'simlik va hayvonot dunyosida ham, odamlarda ham sog'liq
muammolariga olib keladi. . Yashash joyi muhiti borasida “Tib qonunlari”da alohida
ta’kidlab, shunday deyilgan: “Turar joy tanaga turlicha ta’sir qilishi mumkin: balan
yoki past joyligi, tuproq tarkibi hamda xususiyati, suvning serobligi yoki kamyobligi,
darxtlarning mo’lligi, qabriston yoki konlarga yaqinligi va boshqalar yashash joyi
tanlanganda muhim ahamyatga ega”. Bu fikrlar muhit to’grisida bo’lib, tibbiy
ekologiyada tegishli ekanligi guvohi bo’lamiz. Hozirgi kunga kelib ekologik
muammolar inson salomatligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda. Global gumanitar
forum ma’lumotiga ko‘ra, sayyoramizda ro‘y berayotgan iqlim o‘zgarishi yiliga
uch yuz ming insonning umriga zomin bo‘lmoqda. Uch yuz million aholi uning
salbiy ta’siri ostida hayot kechirmoqda. Bundan iqtisodiyotga ham jiddiy zarar


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10

64

yetmoqda. Bunday global muammolar Markaziy Osiyo mintaqasi taraqqiyotiga ham
o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda. Orol bo‘yidagi noxush
ekologik vaziyat, Tojikiston alyuminiy zavodidan chiqayotgan zaharli gaz va
chiqindilarning Surxandaryo viloyati Sariosiyo,Denov va boshqa tumanlarida
istiqomat qiluvchi aholi salomatligiga salbiy ta’siri, buning ta’sirida kelib chiqayotgan
tabiiy tangliklar, cho‘llanish,sho‘rlashish,chuchuk suv muammosi bunga misoldir.

Ma’lumki bir mintaqada kasaliklarning tarqalishi shu joyda yashovchi aholi bilan atrof-
muhit o’rtasidagi munosabatlarga bog’liq. Masalan, ko’lmak suvlar to’planib qolgan
joylarda bezgak chivinining yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi va shu shu joylarda
bezgak kasalligining paydo bo’lish ehtimoli yuzaga keladi. Opistroxoz kasalligi daryo
yoqalarida yashovchi kishilarda ko’p uchraydi, chunki bu kasallikni keltirib
chiqaradigan chuvalchangning oraliq xo’jayini baliq bo’lib, kasallik odamga baliq
go’shti orqali yuqadi. Bundan tashqari aholi orasida ko’p uchraydigan allergik
kasalliklarni ham misol qilib olishimiz mumkin. Ko'plab epidemiologik kuzatuvlar
atrof-muhitning kimyoviy ifloslanishi va aholining reproduktiv funktsiyasining
buzilishi o'rtasidagi bevosita sabab-oqibat bog'liqligini ko'rsatadi. Bu mehnat sharoitida
ham - metallurgiya zavodlari ishchilarida, to'qimachilik sanoati, gaz va neftni qayta
ishlash korxonalarida, laborantlar va jarroh ayollarda ham, atmosferasi, suv manbalari
va tuprog'i bilan ifloslangan aholi punktlarida ham aniqlanadi. Hozirgi kunda
yurtimizda sanitariya-epidemiologiya muhitini barqarorlashtirish, tabiatga salbiy
ta’sirlarni kamaytirish, ekologiya va gigiyena tadbirlarini uzviy ravishda tashkil etish
tizimi shakllangani inson salomatligini asrash va yuqumli kasalliklar bo‘yicha
barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Xulosa

Xulosa qilib aytsak Surxondaryo viloyati atrof-muhitining ekalogik holati va uning
aholi salomatligiga ta'sirini o‘rganish muhim rol o'ynaydi. Aholi salomatligini
mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya
qilish, ba’zi ekologik vaziyat o’ta tang ahvolda bo’lgan hududlarda tabbiy nazoratni
yanada kuchaytirishimiz zarur. Ifloslanish manbalarini aniqlash va atrof-muhit
ifloslanishini yumshatish uchun suv sifati, havoni ifloslantiruvchi moddalar va tuproq
sharoitlarini kuzatib borish zarur. Salomatlik uchun xavflarni baholash, ifloslantiruvchi


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10

65

moddalar ta'sir qilishi bilan bog'liq sog'liq uchun xavflarni aniqlash uchun atrof-
muhitning eklogik ma'lumotlarini tahlil qilish, profilaktika choralari va sog'liqni
saqlash choralarini ishlab chiqish muhum ahamiyatga ega.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. "Umumiy ekologiya" darslik, A. Ergashev. Toshkent 2003y.
2.

A. I. Nazarov

:,

Atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri:

scientific progress

volume 3 ǀ issue 1 ǀ 2022
issn: 2181-1601. b. 883
3. "Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish o‘quv qo‘llanma", Xo‘janazarov. O‘. E,
Yoqubjonov. SH. Toshkent 2018 y.
4. H.H.Habibova:, Ekologiya buzilishining inson salomatligiga ta’siri: Educational
Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 SPECIAL ISSUE 4| 2023.B. 176
5.

https://geografiya.uz/ozbekiston-tabiiy-geografiyasi/11611-surxondaryo-tabiiy-

geografik-okrugi.html

References

"Umumiy ekologiya" darslik, A. Ergashev. Toshkent 2003y.

A. I. Nazarov :, Atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri: scientific progress volume 3 ǀ issue 1 ǀ 2022

issn: 2181-1601. b. 883

"Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish o‘quv qo‘llanma", Xo‘janazarov. O‘. E, Yoqubjonov. SH. Toshkent 2018 y.

H.H.Habibova:, Ekologiya buzilishining inson salomatligiga ta’siri: Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 SPECIAL ISSUE 4| 2023.B. 176