Authors

  • Shaxnoza Togʻaymurotova
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabasi.
  • Soadmurod Boyqobilov
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tabiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.58601

Keywords:

jigar Abu Ali ibn Sino labaratoriya hepar organizm o’t pufagi safro.

Abstract

Mazkur maqolada biz jigarning tuzilishi ,uning faoliyati, jigarning eng kòp uchraydigan kasalliklari va ularni davolash ,jigar faoliyatini yaxshilovchi mahsulotlar hamda buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning jigar tòĝrisidagi bitiklari va jigar haqida 10 ta ajoyib faktlar bilan tanishamiz. Bu maqolada jigarning inson hayotida tutgan o’rni va ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar berilgan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

306

JIGAR NOYOB A'ZO

Togʻaymurotova Shaxnoza Samid qizi

- Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

talabasi.

togaymurotovashahnoza@gmail.com

Boyqobilov Soadmurod Shuhrat oʻgʻli

– Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Tabiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi.

soatmurad_boyqobilov@tues.uz

Annotatsiya:

Mazkur maqolada biz jigarning tuzilishi ,uning faoliyati, jigarning

eng kòp uchraydigan kasalliklari va ularni davolash ,jigar faoliyatini yaxshilovchi
mahsulotlar hamda buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning jigar tòĝrisidagi
bitiklari va jigar haqida 10 ta ajoyib faktlar bilan tanishamiz. Bu maqolada jigarning
inson hayotida tutgan o’rni va ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar:

jigar, Abu Ali ibn Sino, labaratoriya, hepar, organizm, o’t pufagi, safro.

ПЕЧЕНЬ УНИКАЛЬНЫЙ ОРГАН

Абстрактный:

В этой статье мы познакомимся со строением печени, ее

функцией, наиболее распространенными заболеваниями печени и их лечением,
продуктами, улучшающими работу печени, а также сочинениями нашего прадеда
Абу Али ибн Сины о печени и 10 удивительных фактов о печени. В данной статье
представлена информация о роли и значении печени в жизни человека.

Ключевые слова:

печень, Абу Али ибн Сина, лаборатория, печень, организм,

желчный пузырь, желчь.

THE LIVER IS A UNIQUE ORGAN

Abstract:

In this article, we will get acquainted with the structure of the liver, its

function, the most common liver diseases and their treatment, products that improve
liver function, as well as the writings of our great grandfather Abu Ali Ibn Sina on the
liver and 10 amazing facts about the liver. This article provides information about the
role and importance of the liver in human life.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

307

Key words:

liver, Abu Ali ibn Sina, laboratory, liver, organism, gallbladder, bile.

Inson organizmida shunday bir laboratoriya borki,bu dargoxda har soniyada

minglab turli-tuman yònalishdagi reaksiyalar kechadi, qon bilan tanning barcha
nuqtalaridan tashib keltirilgan yaroqsiz va zaxarli moddalar har daqiqada parchalanib,
zarasizlantirilib,òrniga yangidan sintez qilingan ehtiyot qismlar betòxtov a'zo va
tòqimalarga yuborib turiladi.Bu laboratoriya vujud atalmish mamlakatning barcha
nuqtalari bilan uzviy aloqada bòlgan, taraqqiyot mobaynida har qanday qadam uning
ishtrokisiz qòyilmaydigan, uning ishidagi òzgarishlar esa tez muddatda organizmni
intihoga yuz tutishiga olib keladigan "Noyob a'zo" jigardir. Jigarning kattagina qismi
òng, kichik qismi esa chap qovurĝa ostida joylashgan.Jigar qizĝish, kulrang tusda bòlib,
uning uzunligi 20-22 sm, eni esa 10-12 sm atrofida bòladi. U yuragimizga nihoyatda
yaqin, jigarning chap burchagi yurak chòqqisidan faqat yupqagina qorin - kòkrak tòsiĝi
diafragma bilan chegaralangan. Shuning uchun yuragimizga yaqin insonlarni jigarim
deb ataymiz. Jigar tanadagi eng katta bez boʻlib, ogʻirligi, boʻyicha miyadan keyingi
oʻrinda turadi. Oʻz vazifasini bajarish uchun jigar shunday katta boʻlishi ham kerak.
Jigarda ozuqa bilan " qayta ishlash" deb atash mumkin boʻlgan narsa sodir boʻladi.
Bundan tashqari jigar organizmga yutilgan ovqatni zaharlardan tozalaydi. Inson
organizmiga nikotin va kofein tushganda, jigar bu " zaharni" zararsiz birkmalarga
aylantiradi. Shuningdek, jigar hujayralari tanaga tushishi mumkin boʻlgan batsillalarni
yoʻq qiladi. Jigar hujayralari safro deb ataladigan ovqat hazm qilish suyuqligini ishlab
chiqaradi. Safroning vazifalaridan biri yogʻlarni eritishdir. Bunda u hazm qilingan
ovqat tarkibidagi yogʻning katta zarralarini juda kichik zarrachalarga boʻlib, tanaga
yogʻlarni oʻzlashtirish imkonini beradi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

308

1

– rasm.

Jigar usting hamma tomondan qònĝirrang, pishiq parda òrab turadi, uni birinchi

bòlib topgan olim sharafiga Glisson pardasi deb atalgan. Tibbiyotda "Regeniratsiya"
degan yunoncha atama mavjud bòlib u òzbek tilida "qayta tiklash" degan ma'noni
beradi.Jigar ham shunday hususiyatga ega. U òzining yòqolgan 70 % qismini tiklay
oladigan yagona a'zo hisoblanadi.Jigar vazning 70% ga yaqini kashfiyotchi sharafiga
Kupfer gepatositlari deb ataluvchi hujayralardan tashkil topgan. Jigarga inson
vujudining 3 ta eng katta vena qon tomirlaridan bittasi darvoza venasi va qorin
shoxtomirining eng ulkan tarmoqlaridan bittasi - jigar arteriyasi oqib kiradi, hamda
katta jigar venasi,òt chiqarish yòli va limfa tomirlari oqib chiqadi. E'tibor
qiling,kirayotganlarning ham chiqayotganlarning orasida ham ,vena qon tomiri
mavjud. Inson tanasida boshqa birorta shunday hususiyatli a'zo yòq.Bu hol tadqiqotchi
olimlarni hayratga solib kelgan va uni "Ilohiy turlar" deb atashgan.

Òt pufagi jigar òng bòlagining pastki yuzasida, òt pufagi chuqurchasida

joylashgan.Òt pufagining tubi -uning eng kengaygan joyi bòlsa ,uning bòyinchasi eng
toraygan joyidir. U asta-sekin ingichkalasha boring òt qopining oqimiga aylanib
ketadi.Bu naysimon oqimning uzunligi 3-3.5 sm ,kòndalang kesimi esa 3-4 mm


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

309

bòladi.Òt pufagi jigarda ishlanib chiqqan òt suyuqligining ortiqchasini òzida saqlaydi,
lekin uning òzi òt suyuqligi ishlab chiqarmaydi.

2 – rasm.

Jigarning uglavodlar almashinuvidagi eng muhim òrni qonda qand miqdorini

barqarorlashtirib turishdan iborat. Bu vazifa jigarning òziga 200 g atrofida hayvon
kraxmali - glikogenni tutib turishi orqali amalga oshiriladi.Ovqat bilan organizmga
kirgan hayvon yoki òsimlik yoĝlari ham jigarda qayta parchalanib, nazoratdan
òtkazilgach, ulardan tanamizga hos bòlgan xususiy yoĝlar sintez bòladi. Me'da ichak
yòlimizda aminokislotalarga parchalangan hayvon va òsimlik oqsillari darvoza venasi
orqali darxol jigarga yetkaziladi. Ulardan organizmning hususiy oqsillari, qon
zardobidagi albumin va globulinlar, qon ivishiga mas'ul bòlgan protrombin, fibrinogen,
prokonvertin kabi oqsillar sintezlanadi.Jigarda turli - tuman zaharlar zararsizlantiriladi.
Qizil qon tanachalari 120 kun yashaydi.Faoliyati tygab bòlgan eritrositlar taloqda
parchalanib, ularning tarkibidagi temir atomi bilan birga nihoyatda zaharli bòlgan
bilirubin hosil bòladi. U jigarda glyukuron kislotaga biriktirilib, òt suyuqligi bilan
ichakka chiqarilib yuboriladi. Soĝlom, katta yoshli odamlarda bir kecha - kunduz
mobaynida òrtacha 700 ml atrofida òt suyuqligi ishlab chiqariladi. U asosan yoĝlarni
va yoĝda eruvchi vitaminlarni hosil bòlishida ham bòlishida katta ròl òynaydi. Jigarda
A, D, E va K guruhidagi darmondorilar sintez bòladi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

310

Inson jigarisiz yashay olmaydi ammo,hayot uchun muhim bòlgan organni ehtiyot

choralari kòrilmasa, osonlik bilan zararlash mumkin. Shu òrinda takidlash joizki,
jigarning zararlanganligini bildiruvchi alomatlar juda kech seziladi. Jigar faoliyatining
kuchliroq darajada buzilishi esa tanning sarĝayib ketishi bilan namoyon bòladi. Sariq
kasalligining A, B va A ham B ham bòlmagan turlari tafovutlanadi.A turli ifoslangan
qòl,yuvilmagan mevalar va pashsha orqalikòproq yuqsa, B turi yaxshi sterillanmagan
shpiris, qon quyish, tibbiyot asbob-uskunalari orqali hamda jinsiy yòl bilan òtadi. A
ham B ham bòlmagan turi esa kòproq homiladorlarda uchrab, katta foizlarda
surunkalanish bilan xavflidir.

3 – rasm.

Jigar sirrozi-surunkali jigar hastaligi bòlib, surunkali gepatitning oĝir asoratlaridan

biri hisoblanadi. Bunda jigarning bujmayib qotishi, faoliyati keskin buzilishi, jigar
hujayralarining halokati qòshilib keladi. Kasallikning kelib chiqishida virusli
gepatitning ahamiyati katta. Masalan , B gepatitni boshidan kechirgan bemorlarning 5
% ga yaqinida surunkali gepatit rivojlanadi, bu esa òz navbatida60 % dan ortiq hollarda
jigar qurishi bilan yakunlanadi. Virusli gepatitning S shklida surunkali gepatit 70 %
holda kuzatiladi,ularning 20 % qismi sirrozga òtadi.Dunyo bòyicha har yili 2


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

311

milliondan ortiq odam virusli gepatitni boshidan kechiradi. Shundan 1 % qismida
surunkali gepatit rivojlanib , keyinchalik sirroz avj oladi. Jigar tanning
laboratoriyasidir. Shuning uchun har qanday dori-darmon qonga sòrilib jigarga keladi
va bu a'zoda òz tamĝasini qoldiradi.Hozirgi zamon farmakalogiyasida 200 dan ortiq
jigarni hastalovchi dori birikmalari ma'lum.Dorilarning kòp va katta miqdorda iste'mol
qilish jigar yalliĝlanishiga olib keladi. Jigar yetishmovchiligi ròy bergan holida undan
qutilishning birdan-bir yòli yangi jigarni kòchirib òtkazishdir.Hozirgacha yer yuzida
bemorlarga jigarni kòchirib òtkazish operatsiyalari qilingan bòlib, eng uzoq umr
kòrgani 7.5 yildirir.

4 – rasm.

Jigar kasalliklari va saratoni alomatlari esa quyidagilardir,

1. Koʻngil aynishi va qayd qilish

2. Vaznni tez yoqotish

3. Ishtahaning pasayishi

4. Umumiy zaiflik , charchoq holatlari

5. Qorin boʻshligʻining yuqori qismida ogʻriq

6. Jigarning kattalashishi

7. Qorataloqning kattalashishi


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

312

8. Qorinda suyuqlik toʻplanishi ( astsit )

Jigar faoliyatini yaxshilovchi mahsulotlarga rang-baring sabzavotlar kiradi. Rang-

barang

sabzavotlar-jigar

hujayralarini

zararlaovchi

radikallardan

himoya

qiluvchi,yalliĝlanish jarayoning oldini oluvchi antioksidantlarga ham boy sanaladi.
Bunyan tashqari qarish jarayonini sekinlashtirgani uchun ratsionga qizil va sariq rangli
sabzavotlar - sabzi,qovoq va bulĝor qalampirini ham kiritsak bòladi. Gulkaram - uni
doimiy ravishda iste'mol qilish jigar faoliyatini yaxshilab, òt suyuqligining jadal
ajralishini ta'minlaydi.Avokado - antioksidant birikmalar, vitamin va foydali
yoĝlarning koni bòlgan avokado jigar hujayralarining tiklanishi va mustahkamlanishiga
hissa qòshadi, faoliyatini yaxshilaydi. Suli yormasi - klechatka va jigarni zararlanishdan
saqlaydigan betaglyukanlarning koni sanaladi. U kelib chiqishi yuqori bòlgan surunkali
kasalliklarning rivojlanish xavfini kamaytiradi.Shuningdek, oshqozon - ichak trakti va
miya faoliyatini yaxshilab, vaznning memorial bòlishini ta'minlaydi. Quritilgan
mevalar - jigarning me'yoriy faoliyati uchun muhim bòlgan glukoza,vitamin va
minerallarning koni. Quritilgan òrik,qoraĝat va anjir ayniqsa jigar uchun foyda bòladi.
Ammo,kaloryasi serob ekani sababli iste'mol borasida me'yorni bilish tav'siya etiladi.

5 – rasm.

Qirqbòĝim - qadimdan xalq orasida turli hastaliklarni davolash uchun

ishlatiladi.Quritilgan va maydalangan yer ustki qismiga sharob qòshib tayyorlangan


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

313

damlamasi jigar shishida,qon aralash ich ketishi va istosqo kasalliklarini davolashda
qòllanilgan. Atrgul - òsimlikdan tarkibidan rozanol degan preparat olinadi, ujigar, òt
qopi, buyrak, qovuq hamda siydik yòllari hastaliklarida, shuningdek òt -tosh va buyrak-
tosh hastaliklarida oĝriq qoldiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Na'matak - mevasi
tarkibida ascorbic kislota, B, P, E, K guruhidagi darmondorilar, qandlar,organic
kislotalar va oshlovchi moddalar saqlaydi.Mevasidan tayyorlangan damlamalari me'da-
ichak

kasalliklarida,

moddalar

almashinuvini

yaxshilash,organizmni

quvvatlantirishda,shuningdek, me'da va jigar hastaliklarini davolashda qòllaniladi.
Brokkoli jigar uchun foydali boʼlgan ushbu sabzavot antioksidantlarga boy. Undagi
sulforafan moddasi jigarni zararli moddalardan himoyalab, yalligʼlanish jarayonlarini
sekinlashtiradi.Qolaversa, brokkoli diindolilmetan va glyukorafanin kabi tabiiy
birikmalar bilan jigar holatini yaxshilaydi. Bu moddalar saratonga qarshi xususiyatlar
bilan bogʼliq va tabiiy detoksikatsiya jarayonini qoʼllab-quvvatlaydi.

6 – rasm.

Yogʼli baliqlar ushbu mahsulot omega-3 yogʼ kislotalariga boy boʼlib, jigardagi

yalligʼlanishni kamaytiradi. Undagi D, B12 vitaminlari, selen va yod moddasi organ
faoliyatini yaxshilaydi. Qolaversa, yogʼli baliqlar sifatli protein manbai hisoblanadi.
Protein

esa

jigar

hujayralarining

tiklanishi

va

yangilanishida

muhim

hisoblanadi.Sarimsoq piyoz ushbu mahsulot jigarni detoksikatsiya qilishga yordam
beradi. Oxirgi tadqiqotlar shuni koʼrsatadiki, u semirishning oldini oladi va tana vaznini
kamaytirishga yordam beradi. Suli yormasi yuqori darajada tolalarga boy boʼlgan
ushbu mahsulot hazm qilish tizimini yaxshilab, toksinlarni organizmdan chiqarishga


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

314

yordam beradi. Bu esa jigarga tushadigan yukni kamaytirib, uning faoliyatini
yaxshilaydi. Qizil lavlagi uning tarkibidagi betanin moddasi jigar faoliyatini yaxshilab,
detoksikatsiya qobiliyatini oshiradi.Yongʼoqlar bodom va yongʼoq omega-3 yogʼ
kislotalari va Ye vitaminiga boy. Ular jigarni zararli moddalardan himoya qilib,
yalligʼlanishni kamaytiradi.

Sharqda "Avitsena" nomi bilan mashhur bòlgan, buyuk bobokalonimiz Abu Ali
ibn Sino jigar tòĝrisida shunday degan. "Qon payday qilishni tugallovchi a'zo bu
jigardir. Qon haqiqatda jigarga hamshakl bòlib, jigar qonga lekin ivigan qonga òxshash
qizil gòshtdir. Jigarda asab tolalari yòq , unda jigar gòshtidan tarqaladigan tolalar uchun
ildiz bòladigan tomirlar yoyilib yotadi. Jigarda qon uchun keng joy ajratilmagan balki,
unda ayrim - ayrim shaxobchalar mavjuddir. Jigar va yurak oraliĝini ularni qòshib
turuvchi tomir tutashtiradi. U tomir yurakdan jigarga yoki jigardan yurakka
tutashtiriladi. Shu tomir pishiq va qalin parda bilan jigarga mahkam boĝlangan. Bu
tomir jigar ustiga botib turadi, òsha tomirning eng yupqa tomoni jigar ichkarisiga kirgan
tomonidir, shunday bòlishi yaxshiroq va bexavotirroqdir. Chunki jigarning shu tomoni
nozik a'zolarga tegib turadi. Jigar va me'da oraliĝini ingichka asab tutashtirib turadi.
Shuning uchun jigar va me'da jigar yalliĝlanishidan iborat eng kuchli sabab tufayli
hamkorlik qilishadi. Jigardan dastlab òsib chiqadigan narrative ikkita tomirdir.
Ularning biri jigarning chuqur tomonidan òsadi, uning kòproq foydasi jigarga oziq
tortoise bòlib, u " qopqa" deb ataladi."

1. Jigarning sof vazni 1.5 kilogrammga teng.

2. Jigar organizmda 500 dan ortiq vazifani bajaradi. Shu jumladan, u odam tana

haroratini me'yorida boʻlishini nazorat qiladi.

3. Homila 8 - 10 haftalik boʻlganida, jigar vazni umumiy tana vaznining yarimini

tashkil etadi.

4. Jigarda bir milliondan ortiq kimyoviy reaksiyalar sodir boʻladi. Uni behudaga "

filtr" yoki " kimyoviy zavod" deb atashmaydi. U odam organizmi, hayoti uchun xavfli
boʻlgan barcha zararli moddalarni ichiga yutadi, shu yoʻl bilan bizga sogʻlom turmush
tarzini belgilab beradi.

5. Agar odamning jigari boʻlmasa u oddiy suv yoki sutdan ham zaharlanadi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

315

6. Jigar inson organizmi uchun muhim boʻlgan A, D va B12 vitaminlarini zahirada

saqlaydi.

7. Jigar bilan bogʻliq 50 dan ortiq xastalik bor. Bu xastaliklar notoʻgʻri

ovqatlanish, spirtli ichimliklar va asab tizimi izdan chiqishi oqibatida yuzaga keladi.

8. Har yili dunyoda 8000 bemorga jigar transplantatsiya amaliyoti qilinadi.

9. 19 - aprel Butunjahon jigar kuni hisoblanadi.

10. Jigarda ortirilgan va ayniqsa irsiy kasalliklar ham uchrashi mumkin.

Xulosa qilib quyidagi fikrlarni bildirishim kerak: Jigarning tanadagi roli bu

ovqat hazm qilish bilan shug’ullanadi, oziq — ovqat, suv yoki havo bilan kiradigan
zararli moddalarning ko’pini zararsizlantiradi. Shuningdek metobolizm jarayonida
katta rol o‘ynaydi. Ichakdagi ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi safro jigar va yog‘on
ichak harakatini rag’batlantiradi. Barcha zarur oziq moddalar jigar orqali o’tadi va
qayta ishlanadi. Bundan tashqari jigar qonga aralashadi, ko‘p plazma oqsillarini
sintezlaydi. Jigar qon halok boʻlganida yoki shok paytida qon tomirlariga tashlanishi
mumkin bo‘lgan katta miqdordagi qon uchun depo vazifasini bajaradi. Zamonaviy
dunyoda inson ifloslangan muhitning salbiy oqibatlariga duch keladi va tez — tez
stressli sharoitlarda mehnat qilishi kerak va inson sog’ligini butunlay unutadi.
Fuqarolar tomonidan sotib olingan oziq-ovqat mahsulotlari ko‘pincha pestitsitlar,
nitratlar, insektitsitlar, zararli konservantlar va bo’yoqlar, og’ir metall tuzlari va boshqa
toksik moddalarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari nazoratsiz dori–darmonlar, doimiy
stress, depressiya, yomon odatlardan voz kechmaslik, uyqu va noto‘g‘ri ovqatlanish
tananing himoya funktsiyasiga salbiy ta’sir qiladi va jigar yomonlashadi. Jigar tanadagi
tabiiy filtr, agar u juda og’ir bo‘lsa u ifloslangan bo‘lib to‘g‘ri ishlamay qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. S.P.Botkin " Infeksion kasalliklar " kitobi 163- bet

2. U.B.Sharopov, F.K.Ĝafforova, U.I.Shodmonov " Ichki kasalliklar" kitobi 246-256-
267- betlar

3. F.O. Xaydarov, Sh.X. Ermatov "Ichki kasalliklar" kitobi 211-214- betlar.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

316

4. X.A. Safarov "Inson a'zolari" turkumidan "Jigar" kitobi.

5. A. Ahmedov, Oʻ. Mirsharapov, T. Sagatov, H. Rasulov "Anatomiya" kitobi.

Internet ma'lumotlari quyidagi saytlardan olindi:

1.

https://snaps.uz.

2.

https://kun.uz.

3.

https://doridarmon.uz.

4.

https://wikipedia uz.

References

S.P.Botkin " Infeksion kasalliklar " kitobi 163- bet

U.B.Sharopov, F.K.Ĝafforova, U.I.Shodmonov " Ichki kasalliklar" kitobi 246-256-267- betlar

F.O. Xaydarov, Sh.X. Ermatov "Ichki kasalliklar" kitobi 211-214- betlar.

X.A. Safarov "Inson a'zolari" turkumidan "Jigar" kitobi.

A. Ahmedov, Oʻ. Mirsharapov, T. Sagatov, H. Rasulov "Anatomiya" kitobi.

Internet ma'lumotlari quyidagi saytlardan olindi:

https://wikipedia uz.