Authors

  • Raykhan Razakova
    Ma’mun universiteti “Psixologiya va tibbiyot” kafedrasi v.b.professori, mustaqil izlanuvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.65186

Abstract

This article provides practical recommendations for reducing loneliness in old age. The problem of loneliness has always interested humanity. Loneliness can be called an important element of social status, an indicator reflecting a person's relationship with the social environment.

background image

XXI ASRDA INNOVATSION

TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM

TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR

Volume 03, Issue 02, 2025

32

XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR

KEKSALIK DAVRIDAGI YOLG ‘IZLIK HISSINI KAMAYTIRISH

UCHUN AMALIY TAVSIYALAR

Razakova Rayxan Saylaubekovna

Ma’mun universiteti “Psixologiya va tibbiyot” kafedrasi

v.b.professori, mustaqil izlanuvchi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada keksalik davridagi yolg‘izlik hissini kamaytirish

uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiq

ilgan.

Yolg‘izlik muammosi doimo insoniyatni

qiziqtirib kelgan. Yolg‘izlikni ijtimoiy holatning muhim elementi deb atash mumkin,
u insonning ijtimoiy muhit bilan bo‘lgan munosabatlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir.

Kalit so‘zlar:

Yolg‘izlik, tajriba, yosh, moslashish, yolg‘izlik fenomeni,

individuallik

,

“Keksalik” tushunchasi, keksalik hodisasi, gerontologiya, ota-ona,

ma’naviy meros, yolg‘izlik sabablari, ruhiy salomatlik, hissiy qo‘llab-quvvatlash.

Kirish.

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda ham yolgʻiz keksalarni ijtimoiy

himoyalash borasida bir qator kompleks dasturlar ishlab chiqildi. Bu avvalo
psixologik, tibbiy va boshqa sohalar bilan bogʻliq. Ayniqsa yolgʻiz keksalar davlat va
jamoatchilik tomonidan alohida eʼtiborga muhtojdir. Oʻz mohiyatiga koʻra yolgʻiz
keksalarni ijtimoiy himoya qilish jarayoni funksional oʻzgarishlarni talab qilmoqda.
Qolaversa mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda inson omili masalasi
markaziy oʻringa qoʻyilgan. Inson omili – demografiya, ijtimoiy himoya, maʼrifat,
maʼnaviyat, odob – axloq tamoyillariga bevosita bogʻliq holda amalga oshiriladi [1].

Bizning yurtimizda ham yolgʻiz yashashga moyillik koʻrinishlari uchramoqda.

Masalan birinchi omil - vatandoshlarimizning «yolgʻizlik»ka munosabati qandayligi –
masalasi. 100 nafar turli yoshdagi respondentlardan ayni shu muammo borasida
ijtimoiy soʻrov olingan, soʻralganlarning 93 foizi oʻzini yolgʻiz deb hisoblamasligini
fikrini bildirdilar, 62 foizi esa yolgʻizlik ijtimoiy holatidan xavfsiramasligini, 41 foizi
katta shaharlarda yolgʻiz yashovchi keksalar koʻpayib borayotganidan tashvishda
ekanligi bildirishgan[2].

Koʻpchilikning fikricha, odamlar oʻzlarini quyidagi sabablardan yolgʻiz his

qilishlarini bildirishgan:

insonning oʻzidagi yopiqlik va odamovilikdan- 27%;

yaqin kishilaridan ajralib qolishidan - 40 %;

kommunikatsiyaning internet va boshqa muloqot turlarining keng

tarqalish oqibatida jonli muloqotning kamayib ketayotgani- 32%;


background image

XXI ASRDA INNOVATSION

TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM

TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR

Volume 03, Issue 02, 2025

33

XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR

karyerasini orientatsiya qilish va jamgʻarmasini koʻpaytirish istagi

muloqotlarga vaqt ajratmasligidan - 25 %;

boʻsh vaqtining yetishmasligi – 19 %;

Yolgʻizlik jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʻsir etadi. Bu ishlab chiqarish sohasida,

mehnat resurslari istiqboli masalasida va boshqa ijtimoiy munosabatlarda, demografiya
borasida muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Qolaversa, bizning xalqimiz
mentalitetida azal azaldan jamoaviylik asosida yashashlik xos boʻlib kelgan. Evropa
va boshqa gʻarb xalqlarida ijtimoiy yolgʻizlik holatining kelib chiqishida oila
munosabatlaridagi baʻzi jihatlar ham muhim oʻrin tutadi.

Katta yoshdagi yolgʻiz keksalar bilan ishlashda ularning boshqalar bilan

munosabatlari sifatli ekanligini muhokama qilish muhim ahamiyatga ega. Odamlarda
norozilikdan uning shaxsini qoʻllab – quvvatlaydigan muloqot jihatlariga oʻtishga
yordam berish muhimdir[3]. Shuningdek, keksa odamlar yolgʻiz oʻzi uchun foydali ish
qiladimi yoʻqmi ularni tushunish lozim. Eng muhimi, ulardagi yolgʻiz qolish va koʻp
hollarda oʻlimdan qoʻrqish kabi doimiy xavotir holatiga tushib qolishlariga izn
bermaslik - ijtimoiy muloqot doirasini kengaytirishdan koʻzlangan maqsad aynan shu
jihatlarga qaratilishi zarur.

Aynan shu maqsadni ko ‘zlagan holda biz ham oilb borayotgan tadqiqotimiz

doirasida bir nechta

amaliy tavsiyalarni

ishlab chiqdik va ular quyidagilardan iborat

:

1. Ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish

(volontyorlik, otoxonlar choyxonasi klublar

…);

2. Qoʻshnichilikni rivojlantirish

;

3. Texnologiyadan foydalanish

(Onlayn platformalar: Ijtimoiy tarmoqlar yoki

telefon va videoqoʻngʻiroqlar);

4. Madaniy va ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etish

(Teatr, konsert, koʻrgazmalar

yoki mahalliy festivallarda qatnashish);

5. Jismoniy mashgʻulotlar

(Yoga, gimnastika, yurish);

6. Hunarmandchilik va hobbilar

(Qoʻl ishlari, rasm chizish, yozuvchilik,

bogʻdorchilik);

7. Psixologlar bilan birgalikda psixoterapiya seanslari

hamda guruhiy terapiya

orqali yolgʻizlikni bartaraf etishga yordam berish.

8. Jamoatchilik asosida mahallalarda faoliyat koʻrsatish

(koʻcha boshi,otinoyi,

kayvoni, oqsoqol).

9. Maxsus dasturlar:

Keksalarni yoshlar bilan bogʻlovchi dasturlarni amalga

oshirish, yosh avlodga keksalarning tajribasi va maslahatlaridan foydalanishni
oʻrgatish.


background image

XXI ASRDA INNOVATSION

TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM

TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR

Volume 03, Issue 02, 2025

34

XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR

10. Oilaviy tadbirlar:

Keksalarni oilaviy uchrashuvlar, bayramlar va yigʻilishlarga

jalb qilish.

11. “Hayotimizning kuzi oltin boʻlsin”

shiori ostida birlashish, ya’ni o‘zi qatori

tengqurlari bilan sayru – sayohatlarga chiqish, muqaddas joylar, ziyoratgohlarda
bo‘lish[4].

Xulosa.

Keksalikda yolg‘izlik muammosi ijtimoiy va psixologik jihatdan

murakkab jarayon bo‘lib, uni yengishda psixokorreksiya va ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlashning ahamiyati katta. Insonning ijtimoiy aloqalarini kengaytirish, uning
shaxsiy rivojlanishi va ijtimoiy muhitga bo‘lgan mansubligini saqlab qolish
yolg‘izlikni kamaytirishning asosiy omillaridir. Ushbu amaliy tavsiyalar keksa
insonlarga o‘z tuyg‘ularini anglash, ularni boshqarish va ijtimoiy hayotda yanada faol
qatnashish imkoniyatini beradi. Natijada, yolg‘izlikni yengib, insonning keksalikdagi
hayot sifati yaxshilanadi. Keksalik inson boshidan kechiradigan eng ajoyib davrlaridan
biri bo‘lib, u hayoti davomida bosib o‘tgan damlarini sarhisob qilish imkonini beradi.
Ba’zan bu holat mazmunli shaxslararo munosabatlarni o‘rnatish, o‘z ijtimoiy tajribasi
bilan bo‘lishish, do‘stona aloqalarni kengaytirish, tan olinish istagining mavjudligi,
donishmandligi natijasida keksalik davrini namoyon qilishdan iborat bo‘ladi, keksalik
turli xil ko‘rinishlarni o‘z ichiga olgan murakkab bio-ijtimoiy-psixologik hodisadir.
Mazkur holatlar insonning ijtimoiylashuvi va shaxsiy shakllanishi jarayoniga sezilarli
ta’sir ko‘rsatadi, ijtimoiy muvofiqlikni keltirib chiqaradi. Shu munosabat bilan
keksalik davrining mazmuniy mohiyatini tushunish katta ahamiyatga egadir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Bekmurodov M.B. Zamonaviy boshqaruv sotsiologiyasi. – Toshkent: Yoshlar
nashriyot uyi, 2020. – B. 49

2.

Ijtimoiy soʻrov 2023 yil 17 – 20 mart kunlari Surxondaryo viloyati Termiz
shahrida oʻtkazilgan sots.soʻrov hisoboti,6-bet

3.

Рокач А. Психологическое путешествие к одиночеству и от него: развитие,
причины и последствия социальной и эмоциональной изоляsии. Лондон:
Academic Press; 2019.

4.

Разакова Р.С. Одиночество как социально-психологический феномен.
Вестник интегративной психологии. Журнал для психологов Выпуск 33
часть 1.2024.

5.

Razakova.R.S. Keksalarda yolg‘izlik muammosini o‘rganishdagi mavjud
yondashuvlar. Osiyo xalqaro Universiteti axborotnomasi:/// Ilmiy-nazariy va
metodik jurnal/ ISSN 3030-3796 2024,№ 4.136-143b

References

Bekmurodov M.B. Zamonaviy boshqaruv sotsiologiyasi. – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2020. – B. 49

Ijtimoiy soʻrov 2023 yil 17 – 20 mart kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahrida oʻtkazilgan sots.soʻrov hisoboti,6-bet

Рокач А. Психологическое путешествие к одиночеству и от него: развитие, причины и последствия социальной и эмоциональной изоляsии. Лондон: Academic Press; 2019.

Разакова Р.С. Одиночество как социально-психологический феномен. Вестник интегративной психологии. Журнал для психологов Выпуск 33 часть 1.2024.

Razakova.R.S. Keksalarda yolg‘izlik muammosini o‘rganishdagi mavjud yondashuvlar. Osiyo xalqaro Universiteti axborotnomasi:/// Ilmiy-nazariy va metodik jurnal/ ISSN 3030-3796 2024,№ 4.136-143b