ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3
156
KARIES KASALLIGI, TURLARI VA ULARNI DAVOLASH.
Termiz iqtisodiyot va servis unversiteti Tibbiyot fakulteti Stomatologiya yo`nalishi
talabasi -
Xurramov Qudrat Zokir o`g`li
Termiz iqtisodiyot va servis unversiteti Tibbiyot fakulteti
Klinik fanlar kafedrasi
asistenti-
Hayitova Mehrigul Alijonovna
mehrigulhayitova29@gmail.com
Annotatsiya:
ushbu maqolada karies kasalligi, blek tasnifiga asosan bo`linishlari
haqida va kariesni davolashda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xato va asoratlar, ularni
bartaraf etish haqida ma`lumotlar berilgan.
Kalit so`zlar:
karies, dog' karies, yuza karies, o`rta karies, chuqur karies, tish,
anatomik, topografik, klinik, plomba, charxlash.
Annotation:
This article provides information on the types of dental caries based
on the Black classification, as well as possible errors and complications that may arise
during the treatment of caries and how to address them.
Keywords:
caries, spot caries, superficial caries, medium caries, deep caries, tooth,
anatomical, topographic, clinical, filling, sharpening.
Karies
– lotincha so‘z bo‘lib «chirish» degan
ma’noni anglatadi.
Karies keng tarqalgan kasallik
bo‘lib, aholining 95% da uchraydi.
Karies
murakkab patologik jarayon bo‘lib, bunda tish
to‘qimalari tez yoki sekin yemiriladi va tishda
zararlangan bo‘shliq – kovak hosil
bo‘ladi. Hozirgi
vaqtda kariesning kelib chiqishi haqida bir necha
yuz nazariyalar bor. Kariesni kelib chiqishida
ko‘pgina faktorlar o‘rin
tutadi.
Kariesga uchragan tish
Asosiy faktorlarga quyidagilar kiradi:
– og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi;
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3
157
– ovqat va ovqatlanish rejimi;
– suv tarkibidagi ftorning miqdori;
– so‘lakning tarkibi va hajmi;
– organizimning umumiy holati;
– organizimga bo‘lgan ekstremal ta’sirlar;
– tashqi va ichki muhitdagi endogen va ekzogen faktorlar.
Kariesning uch xil turi mavjud:
anatomik, topografik va klinik.
Anatomik tasnif asosan emal kariesi, dentin kariesi, sement kariesdan iborat.
Topografik tasnif
xastalik chuqurligiga asoslangan bo‘lib
quyidagicha bo‘linadi: dog‘
shaklidagi karies, yuza karies, o‘rta karies va chuqur.
Klinik kechishi bo‘yicha tez
kechuvchi va sekin kechuvchi karieslar mavjud. Klinik ko‘rinishiga ko‘ra oq va
pigmentlangan dog‘lar
(jigarrangdan qong‘ir ranggacha) bo‘ladi. Tekshirishlarda
karies jadal
kechganda oq, sekin kechganda pigmentlangan bo‘lishi aniqlangan.
Kariesni kechishi esa davo rejasini tuzishda katta ahamiyatga ega.
Blek bo`yicha karies kovaklarini anatomik tasnifi.
I sinf. Karies kovak molyar, premolyar tishlarning tabiiy fissuralari va hamma guruh
tishlarning ko`r chuqurchalarida joylashadi.
II sinf. Karies molyar va premolyar tishlarni kontakt yuzalarida joylashadi.
III sinf. Karies kovak kesuvchi va qoziq tishlarning kontakt yuzasida bo`lib, u kesuv
yuzasiga o`tmaydi. Tish burchaklari buzilmaydi.
IV sinf. Karies kovak qoziq va kesuvchi tishlarning kontakt va kesuv yuzalarida
bo`lib, tish burchagi buziladi.
V sinf. Karies kovak barcha tishlarning bo`yin qismida joylashgan.
VI sinf. Karies kovak kesuv tishlarining kesuv qirralari va chaynov tishlarining
chaynov do`mboqlarida (immun zonalarda) joylashadi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3
158
a
b
d
e
Karies bosqichlari
a-karies dog`
shaklida
b-yuza karies
d-o`rta karies
e-chuqur karies
Dog‘ shaklidagi karies
Odatda dog‘ shaklidagi kariesda bemorlar hech qanday subyektiv sezgilarni qayd
qilmaydilar. Ayrim hollarda bemorlar tishning qamashishidan shikoyat qiladilar. Emal
demineralizatsiyasi chegaralangan yuzada rangining o‘zgarishi, uni oq, och jigarrang, to‘q
jigarrangdan qong‘ir tusgacha bo‘lishi kuzatiladi. Kasallik tishning chegaralangan
qismida emal yaltiroqligini yo‘qolishi bilan boshlanadi. Odatda bun
day o‘zgarishlar
tishning bo‘yin qismida joylashadi. Zondlaganda ushbu yuza tekis, og‘riqsiz. Vital
bo‘yash sinamasida dog‘ ko‘k rangga
bo‘yaladi. EOD da tish pulpasi 2–6 mkAga
javob beradi. Transillyuminatsiya dog‘ning hajmi va joylashishidan qat’iy nazar
aniqlanadi. Dog‘
shaklidagi karies flyuoroz va gipoplaziya bilan solishtirma tashxis
o‘tkaziladi.
Yuza karies
Yuza karies hosil bo‘lgan dog‘ karies o‘rnida destruktiv o‘zgarishlar natijasida hosil
bo‘ladi. Bemor ximik ta’sirlar shirin, sho‘r, nordondan hosil bo‘ladigan qisqa muddatli
og‘riqdan shikoyat qiladi. Agar karies kovagi tishning bo‘yin qismida joylashgan bo‘lsa
termik ta’sirdan ham og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘rik o‘tkazilib zondlaganda kichik
nuqson aniqlanadi. Nuqson faqat emal qavatida joylashadi. Elektr sezuvchanlik 2–6 mkA
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3
159
teng bo‘ladi. Yuza kariesni aniqlashda gipoplaziya, tish eroziyasi, ponasimon nuqson
bilan solishtirma tashxis o‘tkaziladi.
O‘rta karies
O‘rta kariesda nuqson emal, dentin chegarasidan o‘tib o‘rtacha chuqurlikka ega
bo‘ladi. Aksariyat hollarda bemor og‘riq sezmaydi. Kamdan-kam hollarda bemor termik,
mexanik, ximik ta’sirlardan paydo bo‘ladigan qisqa muddatli og‘riqdan shikoyat qiladilar.
Ko‘rik o‘tkazilib, zondlaganda o‘rtacha chuqurlikka ega bo‘lgan karies kovagi borligi,
kovak tubida yumshagan dentin borligi uchun g‘adirbudurliligi aniqlanadi. O‘rta kariesni
aniqlashda ponasimon nuqson, eroziya, surunkali periodontit bilan solishtirma tashxis
o‘tkaziladi. Gipoplaziya, eroziya, ponasimon nuqson belgilari yuqorida bayon etildi.
Surunkali pereodontit bilan solishtirma tashxis o‘tkazilganda quyidagilarga e’tibor
beriladi. O‘rta kariesni charxlaganda sezuvchanlik emal dentin chegarasida mavjud.
Surunkali periodontitda esa sezuvchanlik yo‘q. Elektr sezuvchanlik o‘rta kariesda 2–6
mkA ga, pereodontitda esa 100 mkA ga teng bo‘ladi.
Chuqur karies
Chuqur karies uchun hamma turdagi ta’sirlardan hosil bo‘ladigan qisqa muddatli
og‘riq xosdir. Og‘riq ta’sir etuvchi muolajani olgandan so‘ng to‘xtaydi. Ko‘rik o‘tkazilib
yumshagan dentin bo‘lgan chuqur karies kovagi borligi aniqlaniladi. Zondlanganda karies
kovagi tubi og‘riqli, elektr sezuvchanligi 2–6 mkA ga teng, lekin ayrim hollarda 10–12
mkA ga teng bo‘ladi. Chuqur kariesni aniqlashda o‘rta karies, o‘tkir qisman pulpit va
surunkali fibroz pulpit bilan solishtirma tashxis o‘tkaziladi. O‘rta karies ta’sirlardan hosil
bo‘lgan og‘riq bilan, kovakning chuqurligi bilan farqlanadi. Pulpitlardan og‘riqning
o‘zo‘zidan paydo bo‘lishi, og‘riqning davomiyligi bilan farqlanadi. Pulpitlarda elektr
sezuvchanlik 15–20 mkA ga teng bo‘ladi.
Karieslarni davolash.
Kariesni davolash mahalliy va umumiy xarakterga ega.
Umumiy xarakterga ega bo‘lgan davolash tadbirlari odam organizmining himoya
kuchlarini, to‘qimalar rezistentligini oshirishga qaratilgan. Shu maqsadda bemorga B, D,
E vitaminlar hamda mineral komponentlar tavsiya etiladi. Masalan, glyukanat kalsiy, fitin.
Mahalliy davo to‘qimalarda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga bog‘liq. Dog‘ shaklidagi
kariesda to‘qimalar charxlanmaydi va dog‘ hosil bo‘lgan demineralizatsiya bo‘lgan
sohaga
yo‘qotilgan
mineral
komponentlar
kiritiladi.
Buning
uchun
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3
160
remineralizatsiyalovchi eritmalar aplikatsiya qilinadi. Ushbu eritmalarning asosiy
komponentini kalsiy, fosfor, ftor tashkil etadi. Remineralizatsiya terapiyasining
effektivligini vital bo‘yash sinamasini o‘tkazib aniqlanadi. Tarkibida ftor saqlovchi tish
pastalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Tishda karies kovagi bo‘lgan tishlarni davolash
uchun patologik o‘zgarish sodir bo‘lgan to‘qimalarni olib tashlanadi. O‘rta kariesni
davolashda karies kovagini charxlab, shakllantirib, quritilib, avval taglik so‘ng doimiy
plomba qo‘yiladi.
Chuqur kariesni davolashda karies kovagining mikroflorasini zararsizlantirish
pulpaning yallig‘lanishining oldini olish maqsadida davolovchi malham qo‘yiladi.
Davolovchi malham sifatida tarkibida
gidrookisid kalsiy bo‘lgan pastalardan
foydalaniladi. Davolovchi malhamdan so‘ng ajratuvchi suvli dentin, fosfat sementli
taglik so‘ng doimiy plomba bilan tiklanadi.
Yuza, o‘rta va chuqur karieslarda
albatta patologik o‘zgargan to‘-
qimalarini olib tashlash kerak bo‘ladi. Buning
uchun
tish
charxlanadi.Tishni
charxlash
kariesni
davolashning
asosiy
bosqichlaridandir.
Karies kovagi sinfidan qat’iy nazar charxlash va karies kovagini
shakllantirish
quyidagi bosqichlardan iborat.
1. Zarur bo‘lsa og‘riqsizlantirish.
2. Karies kovagini ochish.
3. Karies kovagini kengaytirish va nekrotomiya qilish (yumshagan va
pigmentlangan dentinni olib tashlash).
4. Kovakni shakllantirish.
Karies kovagini charxlashda sog‘lom to‘qimalarni asrash prinsipiga
asoslangan holda patologik o‘zgargan to‘qimalarni olib tashlanadi.
5. Karies kovagini shakllantirilgandan so‘ng, tishning anatomic
shaklini va
funksional holatini tiklash maqsadida plombalanadi.
Plombalash uchun kovakni tayyorlanadi. U quyidagi bosqichlardan
iborat:
1. Plombalash uchun kerak bo‘lgan asboblarni tayyorlash;
2. Plombalovchi xomashyoni tayyorlash;
3. Plombalanadigan kovakni so‘lakdan himoya qilish;
4. Kovakni quritish;
5. Kovak kontakt yuzada bo‘lsa ajratuvchi matritsa qo‘yish;
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3
161
6. Plombalovchi xomashyoni tayyorlash;
7. Kovakni qayta quritish;
8. Taglik qo‘yish;
9. Plombalovchi xomashyoni kovakka kiritish;
10. Plombani shakllantirish, silliqlash va sayqal berish;
11. Plombani so‘lakdan izolyatsiya qilish.
Kariesni davolashda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xato va asoratlar, ularni
bartaraf etish.
Kariesni davolashda quyidagi asoratlar kelib chiqishi mumkin. Ular quyidagilar:
1. Tashxis aniqlashdagi xatolik;
2. Karies kovagini charxlashda tish bo‘shlig‘ining ehtiyotsizlik
oqibatida ochilishi;
3. Tishning kontakt yuzasini plombalashda matritsadan foydalanmaslik natijasida
ortiqcha plomba milk so‘rg‘ichini ezib qo‘yishi;
4. Tishlarni plombalashda yon tish bilan kontakt nuqtaning yo‘q
bo‘lishi, tishlarning
orasi yoriq bilan ochilib qolishi natijasida milk
so‘rg‘ichi yallig‘laishi;
5. Plombalovchi xomashyoning toksin ta’siri natijasida pulpaning
nekrozi;
6. Plombalashda prikusni ko‘tarib qo‘yish;
7. Karies kovagiga ishlov berishda qilingan xato oqibatida pulpaning kuyishi;
8. Shakllantirilgan kovakka spirt yoki kuchli ta’sir etuvchi modda
bilan ishlov
berishdagi xatolik oqibatida pulpaning yallig‘lanishi;
9. Karies kovagidagi patologik o‘zgargan to‘qimalarni to‘liq olinmasligi oqibatida
ikkilamchi yoki qaytalovchi kariesning kelib chiqishi;
10. Karies kovagiga to‘g‘ri shakl berilmaganligi oqibatida plombaning darhol yoki
tez muddatda tushib ketishi;
11. Plomba ashyosi, rangi to‘g‘ri tanlanmaganligi oqibatida tish rangining
o‘zgarishi.
XULOSA
Taqdim etilayotgan maqolada karies kasalligining kelib chiqish sabablari, klinik
belgilari, zamonaviy tekshirish usullari, davolash va oldini olish chora-tadbirlari
atroflicha yoritilgan va rasmlar bilan berilgan. Karies — tishlarning emali va dentin
qatlamlarining bakteriyalar tomonidan zarar ko'rishi natijasida yuzaga keladigan
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3
162
kasallikdir. U boshlanishidan keyin chuqurlashib, tishlarning strukturasini o'zgartirishi
mumkin. Kariesni davolashda profilaktika, to'ldirish, kanal davolash yoki kerak bo'lsa,
tishni olish usullari qo'llaniladi. Unga qarshi kurashishda muntazam tish tozalash, uglevod
iste'molini cheklash va stomatologga murojaat qilish muhim ahamiyatga ega. Karies
retsidivligi va asoratlanishining oldi olinadi.
FOYDALANILGAN ASOSIY ADABIYOTLAR:
1.
Xalilov I.X., Yoldoshxonova A.S., va boshq., Bolalar terapevtik stomatologiyasi va
stomatologik kasalliklar profilaktikasi. Toshkent, 2011.
2.
Xalilov I.X., Rahmoov Sh.X. Bolalar terapevtik stomatologiyasi Toshkent, 2015.
3.
Xalilov I.X., Yo'ldoshxonova A.S, Rahmonov X.Sh. Bolalar terapevtik
stomatologiyasi va stomatologik kasalliklar prafilaktikasi. Yangiyol, 2006.
4.
Muhamedov I.M., Rizaev ).A., Daminova Sh.B., Muhamedova M.S. Stomato-
logiyada klinik mikobiologiya. Toshkent, 2015.
5.
Handbook of Paedatric Denistry A. Kameron, 2010.
6.
X.P. Komilov. «Terapevtik stomatologiya. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi
kasalliklari» – Toshkent: «Yangi asr avlodi», 2005-y.
7.
S.H. Yusupov. «Tish jarrohligi stomatologiyasi va yuz-jag‘ travmatologiyasi» –
Toshkent: «ILM ZIYO», 2005-y.
8.
Rizayev J.A., Kubayev A.S Karies kasalligi o`quv qo`llanma Toshkent, 2020.
