Authors

  • Mohigul Xolova
    Termiz davlat pedagogika instituti
  • Zarina Ismatova
    Termiz davlat pedagogika instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.83375

Keywords:

ijtimoiy ish

Abstract

Bu maqola pedagogika jarayonida  Aholining turli guruhlari bilan olib boriladigan ijtimoiy ishning o`ziga  xosliklari yoritib berilgan.Bu odamlar va ijtimoiy guruhlarga qoʻllab quvvatlash himoya qilish tuzatish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish orqali shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni yengishda yordam berishga qaratilgan professional faoliyatlar va Yordam berishning asosiy guruhlari va ular bilan ishlashda oʻziga xosliklari keltirilgan.Bundan tashqari ijtimoiy ishning Fan sifatida qoʻllanishi Ijtimoiy ish kasbiy faoliyat sifatida qoʻllanishi bundan tashqari Uning Tarixi haqida maʼlumot berib oʻtiladi


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4

334

AHOLINING TURLI GURUHLARI BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY

ISHNING O`ZIGA XOSLIKLARI

Xolova Mohigul Shavkatovna

Termiz davlat pedagogika instituti

Ismatova Zarina Ismat qizi

Termiz davlat pedagogika instituti talabasi

Annotatsiya:

Bu maqola pedagogika jarayonida Aholining turli guruhlari bilan olib

boriladigan ijtimoiy ishning o`ziga xosliklari yoritib berilgan.Bu odamlar va ijtimoiy
guruhlarga qoʻllab quvvatlash himoya qilish tuzatish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish orqali
shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni yengishda yordam berishga qaratilgan professional
faoliyatlar va Yordam berishning asosiy guruhlari va ular bilan ishlashda oʻziga xosliklari
keltirilgan.Bundan tashqari ijtimoiy ishning Fan sifatida qoʻllanishi Ijtimoiy ish kasbiy
faoliyat sifatida qoʻllanishi bundan tashqari Uning Tarixi haqida maʼlumot berib oʻtiladi

Kalit soʻzlar:

ijtimoiy ish, ijtimoiy guruhlar,qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy reabilitatsiya

,Nafaqaxoʻr, jamiyat,faoliyat,yetim bolalar,tarbiyaviy yondashuv.

Ijtimoiy ish — bu odamlar va ijtimoiy guruhlarga qoʻllab-quvvatlash, himoya

qilish, tuzatish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish orqali shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni
yengishda yordam berishga qaratilgan professional faoliyat. U yolgʻiz nafaqaxoʻrlar va
nogironlarga yordamni ham, shuningdek, qiynalgan bolali oilalar, uysizlar, giyohvandlar,
aroqxoʻrlar va ruhiy kasallarga yordamni ham oʻz ichiga oladi.

2001-yil 27-iyunda Kopengagenda Ijtimoiy ish maktablari xalqaro assotsiatsiyasi

va Xalqaro ijtimoiy ishchilar federatsiyasi tomonidan qabul qilingan ijtimoiy ish taʼrifidan
kelib chiqqan holda, „ijtimoiy ishchilarning kasbiy faoliyati jamiyatdagi oʻzgarishlarga,
insoniy munosabatlar muammolarini hal qilishga hissa qoʻshadi; jamiyatda funktsional
mavjudlik qobiliyatini mustahkamlashga va odamlarning farovonlik darajasini oshirish
maqsadida ularni qutqarishga yordam beradi. Inson xulq-atvori va ijtimoiy tizimlar
nazariyalaridan foydalangan holda, ijtimoiy ish odamlarning oʻz atrofidagilar bilan


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4

335

hamkorlik qilishga targʻib qiladi. Inson huquqlari va ijtimoiy adolat tamoyillari ijtimoiy
ishning asosidir“.

Ijtimoiy ish fan sifatida ijtimoiy faoliyatning buzilishi holatlarida shaxs, oila yoki

jamiyatning ichki va tashqi resurslaridan foydalanish jarayonini boshqarish qonuniyatlari
haqidagi ilmiy bilimlar sohasi sifatida tushunilishi mumkin (B. V Kupriyanov). Ijtimoiy
ishning boshqa fanlar bilan oʻzaro taʼsirini aniqlash uning keng hajmlilik xususiyatini,
shuningdek, sotsiologiya, psixologiya va boshqalar kabi tegishli bilim sohalaridan farqini
koʻrsatdi.

Ijtimoiy muammolarni yuzaga keltiruvchi sabablarni oʻrganish davomida ijtimoiy

jarayonlarni, ijtimoiy munosabatlarni tavsiflashda, ijtimoiy guruhlarning xususiyatlarini
tahlil qilishda ijtimoiy ish fan sifatida ilmiy gʻoyalardan, predmeti ijtimoiy fanlarga yaqin
boʻlgan boshqa ijtimoiy fanlarning kontseptual vositalaridan muqarrar ravishda
foydalanadi.

Ijtimoiy ish — kasbiy faoliyat sifatida, yordamga muhtojlarga (ogʻir yashash sharoitida
boʻlganlarga), oʻz hayotiy muammolarini tashqi yordamsiz hal qila olmaydigan va koʻp
hollarda hatto, yashay olmaydigan odamlarga yordam berishga qaratilgan (Pavlenok P.
D.).

Har qanday faoliyat, shu jumladan ijtimoiy ish ham oʻziga xos tuzilishga ega boʻlib,

unda har bir element uzviy bogʻlangan va boshqalar bilan oʻzaro taʼsirlashadi, oʻz
vazifalarini bajaradi. Ijtimoiy ish ajralmas tuzilma boʻlib, quyidagi elementlardan iborat:
subyektlar; funksiyalar orqali ochiladigan tarkib; vositalar (tashkiliy-texnik, moliyaviy va
boshqalar), nazorat va maqsadlar.Ijtimoiy ishning kasbiy faoliyat sifatidagi maqsadi, bir
tomondan, mijozning manfaatlarini qondirish boʻlsa, ikkinchi tomondan, jamiyatda
barqarorlikni saqlashdir. Ushbu muammoning eng maqbul yechimi bu ikki maqsad
oʻrtasida murosaga erishishdir.

Aholining turli guruhlari bilan olib boriladigan ijtimoiy ishning o‘ziga xosliklari har bir
guruhning yosh, ijtimoiy holat, ehtiyoj va muammolariga qarab farqlanadi. Quyida ayrim
asosiy guruhlar bilan ishlashdagi o‘ziga xos jihatlar keltirilgan:

1. Bolalar bilan ijtimoiy ishHimoyaga muhtojlik: Yetim bolalar, nogironligi bo‘lgan
bolalar, zo‘ravonlikka uchraganlar.Tarbiyaviy yondashuv: Emotsional va psixologik
qo‘llab-quvvatlash muhim.O‘yin va ta'lim asosidagi metodlar qo‘llanadi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4

336

2. Yoshlar bilan ijtimoiy ish Kasbga yo‘naltirish, bandlikni ta'minlash.Psixologik
maslahatlar (masalan, stress, depressiya bilan kurashish).Narkotik, jinoyatchilik,
radikalizm kabi xavf-xatarlardan himoya qilish.

3. Ayollar bilan ijtimoiy ishAyollarning huquqlarini himoya qilish.Oilaviy zo‘ravonlik
qurbonlariga yordam.Kasb-hunar o‘rgatish va iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash.

4. Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishJamiyatga integratsiya qilish.

Maxsus ijtimoiy xizmatlar: reabilitatsiya, texnik vositalar bilan ta'minlash.Teng
imkoniyatlar yaratish.

5. Keksalar bilan ijtimoiy ish

Yolg‘izlikni kamaytirish, psixologik yordam.Tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni uy sharoitida
ko‘rsatish.Faol qarilikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari.

6. Muhojirlar va ijtimoiy nochorlar.

Huquqiy yordam va hujjatlarni rasmiylashtirish.Til va madaniyatga moslashishda

yordam.Ijtimoiy himoya tizimlariga yo‘naltirish.Aholining har bir guruhi bilan ishlashda
madaniy, diniy, hududiy omillar ham hisobga olinadi. Ijtimoiy ishchi har bir guruh
ehtiyojlariga mos yondashuvni tanlashi zarur.XIX asrning ikkinchi yarmida Buyuk
Britaniyada vujudga kelgan Uyushgan xayriya jamiyati va Turar joy harakati kabi
tashkilotlar professional ijtimoiy ishning paydo boʻlishi uchun asos tayyorladilar. 1887-
yilda asos solingan Uyushgan xayriya jamiyati, 1886-yilda Nyu-Yorkda tashkil topgan
Qoʻshnilar gildiyasi andozalari asosida 1880-yillarda AQShning Baffalo shahrida ham
xayriya tashkiloti tashkil topdi. Bu tashkilotlarning ikkalasi ham kambagʻallarga amaliy
yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, ularning ishida aholining yuqori va
oʻrta qatlamlaridan boʻlgan oʻqimishli kishilar qatnashgan. Bunday tadbirlar, ayniqsa,
ijtimoiy ishni oʻzlarining ijtimoiy mavqeini yaxshilash va iqtisodiy mustaqillikka erishish
imkoniyati sifatida koʻrgan yosh ayollarni oʻziga tortardi. 1892-yilga kelib, AQSH va
Kanadaning yirik shaharlarida ushbu turdagi 92 ta xayriya tashkilotlari tashkil etildi.
Baltimordagi uyushgan xayriya jamiyatida ishlagan Meri Richmond xayriya ishlarini
yaxshilash masalalarini hal qilishda taʼlimni birinchi oʻringa qoʻygan. Shu bilan birga, u
ikkita yoʻnalishni ajratib koʻrsatdi: maʼrifiy ishlar (maqolalar chop etish, davriy nashrlar
tashkil etish, ommaviy nutqlar, seminarlar, jamoatchilik, oʻquvchilar va talabalar bilan
uchrashuvlar) va xayriya ishlari bilan shugʻullanuvchi mutaxassislarni tayyorlash, kasbiy
taʼlim berish. 1898-yilda Nyu-Yorkda Ijtimoiy ish maktabi ochildi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4

337

1899-yilda Amsterdamda ikki yillik oʻquv dasturi boʻyicha Ijtimoiy ishchilarni

tayyorlash instituti ochildi. Shu yili Berlinda ijtimoiy sohada ishlashni istagan yosh
ayollarni bir yillik tayyorlash dasturi ish boshladi. 1910-yilga kelib, dunyoda 15 dan ortiq
(ulardan 5 tasi AQShda) ijtimoiy ishchilarni tayyorlaydigan taʼlim muassasalari mavjud
edi.

Birinchi jahon urushidan soʻng, Qoʻshma Shtatlarda ijtimoiy ishda diagnostika deb

ataladigan yoʻnalish paydo boʻldi, u Nyu-Yorkdagi Smit kollejiga aloqador boʻlib, bu
yerda ijtimoiy ishchilarni psixiatriya xizmatlarida ishlash uchun tayyorlashgan. Ularga
boʻlgan ehtiyoj juda katta edi, chunki Birinchi jahon urushi qatnashchilari turli xil
psixologik muammolarni boshdan kechirardilar. Ushbu yoʻnalish ijtimoiy ishni mijozni
davolashdan, uning shaxsiyatini oʻzgartirishdan va atrof-muhitga moslashishiga yordam
berishdan iborat deb tushungan.

1930-yillarda Pensilvaniya shtatida ijtimoiy ishda funktsional yoʻnalish paydo

boʻldi, bu ijtimoiy ishchi va mijoz oʻrtasidagi hamkorlikka qaratilgan boʻlib, rasmiy va
avtoritar munosabatlardan voz kechishni koʻzda tutadi. Ushbu yoʻnalish ijtimoiy ishni
davolash sifatida emas, balki xizmat sifatida koʻrib chiqdi.Elberfeld sistemasi zamonaviy
Ijtimoiy yordam tizimi shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. 1852-yilning Aprel
oyida Prussiyaning Elberfeld shahri tadbirkorlari (hozirgi vaqtda shahar Wuppertal
tarkibida) D. fon der Haydt, G. Shliper va D. Peters shahar Kengashiga jamoatchilik
ruhining yangi kontseptsiyasini taqdim etdilar. Muhtojlar ikki guruhga boʻlindi: „uydagi“
va „tashqi“. „Uydagi“ muhtojlar shaharning ijtimoiy muassasalarida (uysizlar
yotoqxonasi, tashlab ketilgan bolalar uchun boshpana, ruhiy kasallar shifoxonasi) edi.
Qolganlar barcha muhhtojlar esa „tashqi muhtojlar“ deb nomlangan. Ular bilan ishonchli
vakillar ish olib borgan. Vakillarning vazifasi ota-onalar farzandlariga yaxshi tarbiya
berishlari uchun ularga „dalda berish“ boʻlgan; bolalarda esa ota-onani hurmat qilish,
ularga yordam berishga intilish kabi hislatlarni tarbiyalashlari kerak edi. Vasiylar har bir
oila ehtiyojining sabablarini oʻrganib, haqiqiy muhtojlarni aniqlashgan. Agar shoshilinch
moliyaviy yordam talab etilsa (bolalar tugʻilishi, dafn marosimi, kasallik), vasiy uni oʻzi
bergan boʻlsa-da, nafaqani uzaytirish uchun maxsus ruxsatnoma kerak edi. Elberfeld
tizimining tamoyillari (bepullik, individualizatsiya, markazsizlashtirish va qisqa muddatli
yordam) 1880-yilda Nemis kambagʻallar farovonligi va xayriya uyushmasi tomonidan
qabul qilingan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4

338

Foydalangan adabiyotlar roʻyxati:

1.Egamberdiyeva N.M. Ijtimoiy pedagogika (darslik) –T.: 2009

2.Mavlonova R. va boshqalar. . Ijtimoiy pedagogika (o‘quv qo‘llanma) –T.: 2009

3.Begmatov A., Quraev M. Ijtimoiy pedagogikaning dolzarb masalalari. T.: OPI to‘plami.
2008

4.Quronov M.Q. Qurboniyazova Z.Q. Ijtimoiy pedagogika. T.: 2003

5.Qurboniyazova Z.Q. Ijtimoiy tarbiya muammolari. Halq ta’limi, 2003, 6-son

References

Egamberdiyeva N.M. Ijtimoiy pedagogika (darslik) –T.: 2009

Mavlonova R. va boshqalar. . Ijtimoiy pedagogika (o‘quv qo‘llanma) –T.: 2009

Begmatov A., Quraev M. Ijtimoiy pedagogikaning dolzarb masalalari. T.: OPI to‘plami. 2008

Quronov M.Q. Qurboniyazova Z.Q. Ijtimoiy pedagogika. T.: 2003

Qurboniyazova Z.Q. Ijtimoiy tarbiya muammolari. Halq ta’limi, 2003, 6-son