“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
609
YUQORI SINF O‘QUVCHILARINING INTELEKTUAL RIVOJLANISHI VA
“ANFIMOV JADVALI” ASOSIDA INTELEKTUAL RIVOJLANISH DARAJASINI
TAHLIL QILISH
Xolmirzayeva Madina Akromjonovna
Andijon davlat universiteti Biologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori, dotsent
Mahammadjonova Zilola
Andijon davlat universiteti Biologiya yo‘nalishi 1 kurs magistranti
Oripovazilolaoripova676@gmail
https://doi.org/10.5281/zenodo.15580118
Annotatsiya:
Mazkur maqola yuqori sinf o‘quvchilarining intellektual rivojlanish jarayoni
zamonaviy psixologik va pedagogik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Intellektual rivojlanish
tushunchasining mohiyati, uning asosiy tarkibiy qismlari va rivojlanish bosqichlari chuqur
o‘rganiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish, ijodiy
tafakkur kabi ko‘nikmalarini shakllantirishda zamonaviy o‘quv metodlarining o‘rni ko‘rib chiqiladi.
Maqolada Vygotskiy, Piaget, Bloom, Anfimov kabi olimlarning nazariyalari asosida intellektual
rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar aniqlanadi. Shuningdek, yuqori sinf o‘quvchilarini intelektual
rivojlanish darajasini “Anfimov jadvali” asosida tahlil qilish va samarali intellektual rivojlanish
muhitini yaratish bo‘yicha metodik tavsiyalar beriladi.
Kalit so‘zlar:
intellektual rivojlanish, ish bajarish samaradorlik koeffisenti, axborotni qayta
ishlash tezligi, yuqori sinf o‘quvchilari, tanqidiy fikrlash, kognitiv taraqqiyot, psixologik yondashuv,
pedagogik texnologiyalar, tafakkur, ijodiylik.
Аннотация
:
В
данной
статье
анализируется
процесс
интеллектуального
развития
старшеклассников
на
основе
современных
психологических
и
педагогических
подходов
.
Глубоко
изучаются
сущность
понятия
«
интеллектуальное
развитие
»,
его
основные
компоненты
и
этапы
развития
.
Также
рассматривается
роль
современных
учебных
методов
в
формировании
у
учащихся
навыков
критического
мышления
,
решения
проблемных
ситуаций
и
творческого
мышления
.
В
статье
выявляются
факторы
,
влияющие
на
интеллектуальное
развитие
,
на
основе
теорий
таких
ученых
,
как
Выготский
,
Пиаже
,
Блум
,
Анфимов
.
Кроме
того
,
даются
методические
рекомендации
по
анализу
уровня
интеллектуального
развития
старшеклассников
на
основе
«
таблицы
Анфимова
»
и
созданию
эффективной
среды
для
интеллектуального
роста
.
Ключевые
слова
:
интеллектуальное
развитие
,
коэффициент
эффективности
выполнения
работы
,
скорость
обработки
информации
,
старшеклассники
,
критическое
мышление
,
когнитивное
развитие
,
психологический
подход
,
педагогические
технологии
,
мышление
,
креативность
.
Abstract:
This article analyzes the process of intellectual development of high school students
based on modern psychological and pedagogical approaches. The essence of the concept of
intellectual development, its main components, and stages of development are thoroughly examined.
The role of modern teaching methods in developing students’ skills such as critical thinking, problem-
solving, and creative thinking is also discussed. The article identifies factors influencing intellectual
development based on the theories of scholars such as Vygotsky, Piaget, Bloom, and Anfimov.
Additionally, methodological recommendations are provided for analyzing the intellectual
development level of high school students using the “Anfimov Table” and for creating an effective
environment for intellectual growth.
Keywords:
intellectual development, work efficiency coefficient, information processing
speed, high school students, critical thinking, cognitive development, psychological approach,
pedagogical technologies, thinking, creativity.
Bugungi kunda zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning nafaqat bilim olishlari, balki
mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish va yangicha yondashuvlarni shakllantirish ko‘nikmalari
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
610
ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, yuqori sinf o‘quvchilarining intellektual rivojlanishi
bu borada muhim o‘rinni egallaydi. Intellektual rivojlanish nafaqat kognitiv qobiliyatlar, balki
emotsional va ijtimoiy omillar bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Intellektual rivojlanish - bu
shaxsning bilim olish, tafakkur qilish, muammolarni hal etish, ijodiy fikrlash va mantiqiy mulohaza
yuritish qobiliyatlarining bosqichma-bosqich rivojlanishidir. Bu jarayon tug‘ma salohiyat va ijtimoiy
muhit ta’sirida shakllanadi.
Vygotskiy esa intellektual rivojlanishni “yaqin rivojlanish zonasi” kontseptsiyasi orqali ta’lim
jarayonida o‘quvchiga yo‘naltirilgan yordam muhimligini ta’kidlaydi. Bu bosqichdagi o‘quvchilar,
Abstrakt tafakkurga o‘ta boshlaydilar, o‘z-o‘zini tahlil qilish va o‘z fikrini asoslab berish
ko‘nikmalarini rivojlantiradilar, tanqidiy fikrlash va argumentatsiyalash qobiliyatlari kuchayadi.
Ichki omillar: IQ darajasi, psixologik holat, motivatsiya, o‘z-o‘zini anglash darajasi. Tashqi omillar:
o‘qituvchining roli, oila muhiti, tengdoshlar bilan muloqot, dars jarayonining innovatsion usullari.
Muammoli o‘qitish – o‘quvchini faol fikrlashga majbur etadi. Blooms taksonomiyasi asosidagi dars
rejasi – bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, sintez va baholash bosqichlarini qamrab oladi.
“Anfimov jadvali”
(harflar kompleksidan tashkil topgan korrektura sinovi) ilmiy-
tadqiqotlarda ta’lim jarayonida intellektual rivojlanish (ish bajarish) qobiliyatini baholashda ob’ektiv
ma’lumot olish imkonini beradi. “Anfimov jadvali” yordamida amalga oshirilgan tadqiqotlarda
maktab o‘quvchilarida intellektual rivojlanish darajasi fiziologik yosh davrlariga bog‘liqligi, sutka va
hafta davomida dinamik tavsifda o‘zgarishi qayd qilinadi.
Tadqiqotlarda 8-11 sinflarda (15-18 yosh) o‘quvchilarda intellektual rivojlanish darajasi
“Anfimov jadvali” testi yordamida tahlil qilindi (1.1-rasm).
1.1.-rasm. “Anfimov jadvali” asosida o‘quvchilarda intellektual rivojlanish darajasini
tahlil qilish
(Andijon tumani, 47-maktab 11
D”
-sinf; 21.04.2025 yil). “Anfimov jadvali”da 33 ta
qatorda 31 tadan harf (33×31=1023ta) berilgan.
Tadqiqotlarda o‘quvchilarga “Testni boshlang!” buyrug‘i berilganidan keyin, 5 minut
davomida jadvalda o‘ngdan chapga tomon, satrma-satr ketma-+ketlikda berilgan harfni ustiga “×”
chizish topshirig‘i berildi.
Tadqiqotlarda “Topshiriqni bajarish aniqligi” (A) va “Intellektual ish bajarish samaradorlik
koeffitsenti” (R) qiymatlari gender farqlanishga egaligi, ya’ni qizlarda sezilarli yuqori bo‘lishi qayd
qilingan.
“Topshiriqni bajarish aniqligi” (A), “Intellektual ish bajarish samaradorlik koeffitsenti” (R),
“Ko‘rish orqali qabul qilingan axborotlar hajmi” (Q), “Axborotlarni qayta ishlash tezligi” (V)
ko‘rsatkichlari quyidagi formulalar (
1.1, 1.2, 1.3, 1.4
) yordamida hisoblandi:
A=M/N
(
1.1
)
Bu erda,
A
– topshiriqni bajarish aniqligi (sh.b.);
M
– chizilgan harflar soni;
N
– qarab chiqilgan
matnda chizilishi talab etilgan harflar sonini ifodalaydi.
P=A×S
(
1.2
)
Bu erda,
R
– intellektual ish bajarish samaradorlik koeffitsenti (sh.b.);
S
– qarab chiqilgan
harflar sonini ifodalaydi.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
611
Q=0,5936×S
(
1.3)
Bu erda,
Q
– ko‘rish orqali qabul qilingan axborotlar hajmi (bit); 0,5936 – bitta harfga to‘g‘ri
keluvchi axborotlar hajmi (bit);
S
– qarab chiqilgan harflar sonini ifodalaydi.
V=[(Q
−
2,807×h)/T]
(
1.4
)
Bu erda,
V
– axborotlarni qayta ishlash tezligi (bit/sek.); 2,807 – qoldirib ketilgan 1 ta harfga
to‘g‘ri keluvchi axborot hajmi (bit);
T
– topshiriqni bajarish vaqtini ifodalaydi (sek.).
1.1.-jadval
Maktab o‘quvchilarida (8-11 sinf) “Anfimov jadvali” asosida intellektual rivojlanish
darajasi o‘rtacha qiymatlari
T/r
Fiziologik yosh
Intellektual ish bajarish ko‘rsatkichlari
A
(sh.b.)
R
(sh.b.)
Q
(bit)
V
(bit/sek.)
1.
15
0,80
550
180
0,53
2.
16
0,85
603
217
0,65
3.
17
0,87
740
240
0.71
4.
18
0,91
810
251
0.81
Izoh: A
– “
Topshiriqni bajarish aniqligi
”,
R –
“
Intellektual ish bajarish samaradorlik
koeffitsenti
”,
Q
–
“
Ko‘rish
orqali
qabul
qilingan
axborotlar
hajmi
”,
V –
“
Axborotlarni qayta ishlash tezligi
” ko‘rsatkichlarini ifodalaydi.
Intellektual rivojlanish darajasi – odam organizmining aqliy faoliyat jarayonida neyrofiziologik
funksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, maktabda ta’lim muhitida o‘quvchilarda intellektual rivojlanish
darajasini rivojlantirishda kognitiv o`yinlar va aqliy mashqlar ham muhim ahamiyatga ega.
Kognitiv o‘yinlar va aqliy mashqlar – tafakkurni faollashtiradi. Ijodiy loyihalar – mustaqil
izlanish va innovatsion fikrlashni rivojlantiradi. Intellektual yoshlik va intellektning
rivojlanishining yuqori darajasi inson salomatligining umumiy holati belgilarini taqozo etib, uning
o‘zini uzoq vaqt yosh sezishini va o‘z tengdoshlariga nisbatan yosh ko‘rinishini ta’minlashlari
olimlar tomonidan e’tirof etilgan. Ta’lim muassaslaridagi ta’lim va tarbiya tizimi esa
farzandlarimizning rivojlanayotgan qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirishga, ularning emotsional
intellektual imkoniyatlariga asoslanib, kuchli shaxslar qilib tarbiyalashga xizmat qiladi. SHu
bois ham yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularning emotsional intellektual bilimlarini
rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlash dolzarb ijtimoiy ehtiyojlardan sanaladi. Intellektual
rivojlantirish muammosiga bag‘ishlangan adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, hozirgi kundagi
ilmiy tadqiqot ishlari asosan integratsiyalashgan dastur asosida fanlararo umumlashtirish bilan olib
borilmoqda. Bu esa o‘z navbatida bola faoliyatining aniq turlarini emas umumiy qobiliyatlarini
rivojlantirishni nazarda tutadi. Bundan kelib chiqadiki, emotsional intellektual imkoniyatlarni
rivojlantirish asosida o‘quvchi o‘quvchilarning ta’limini tashkil etish va uning mazmuniy ta’minoti
haqida bir nuqtai nazarning yo‘qligini ta’kidlaydi. Shu o‘rinda intellektual so‘zining ma’nosini
aytib o‘tish o‘rinlidir. Intellektual –so‘zining lug‘aviy ma’nosi aqliy jihatdan yetuklik, fahm-farosat,
aql-idrok, zakovat, zukko ya’ni zakovatli inson, bo‘lish demakdir.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, yuqori sinf o‘quvchilarining intellektual rivojlanishi
murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uni samarali tashkil etish uchun ta’lim muassasalari
pedagoglaridan ilmiy asoslangan, individual yondashuvlarni talab etadi.O`quvchilarni intelektual
baholashda eng samarali test Anfimov jadvali hisoblnadi.Test natijalari shuni ko`rsatadiki yuqori
diqqat va tezkor fikrlash qobilyatiga ega o`quvchilar topshiriqlarni tez va aniq bajaradi. Pastroq natija
ko`rsatgan o`quvchilarda esa e`tiborning tarqoqligi va sekin ishlov berish jarayoni kuzatiladi.
Intellektual salohiyatni to‘laqonli ochib berish uchun psixologik quvvatlash, interfaol usullar va
mustaqil izlanishga yo‘naltirilgan muhit muhim ahamiyatga ega.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
612
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Vygotsky, L.S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological
Processes. Harvard University Press.
2. Piaget, J. (1972). The Psychology of the Child. Basic Books.
3. Bloom, B. S. (1956). Taxonomy of Educational Objectives: The Classification of
Educational Goals. McKay.
4. Lim L.V., Abdrakhmanova S.T., Skuchalina L.N., Aishauova R.R. State of mental
workability of school children in almaty at the beginning of the school year // International Journal
of Scientific Pediatrics. – 2022. – V.06(06). –
Р
.34-40.
5. Anisimova N.V., Savina L.N., Makoveeva O.S. *Criteria for the Health of Schoolchildren:
Indicators of Physical, Mental, and Social Well-being* // *Proceedings of Higher Educational
Institutions. Volga Region.* – 2013. – No.1(1). – P.102-110.
6. Ageeva A.V., Skorokhodova A.A., Semenov Yu.N. *Assessment of Mental Performance
Using the Anfimov Table* // *Proceedings of the 10th All-Russian Scientific and Practical
Conference of Young Scientists “Young Russia”.* – 2018. – P.31301-1–31301-4-b.
7. Gagieva Z.A., Bitsieva I.B., Tibilov B.Yu. *Some Criteria for Assessing the Mental
Performance of 12–13-Year-Old Schoolchildren* // *Advances in Modern Natural Science.* – 2008.
– No.2. – P.64–67.
8. Guminsky A.A., Leontyeva N.N., Marinova K.V. *Guide to Laboratory Work in General
and Developmental Physiology* // Moscow: “Prosveshchenie” Publishing House, 1990. – P.239.
9. Shadrikov, V.D. (2007). Psixologiya razvitija intellekta. MGU Press.
10. Karimov, M., Abdullaeva, S. (2021). “Yosh psixologiyasi va pedagogikasi”. Toshkent:
TDPU nashriyoti.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PQ-447-sonli qarori
"Ta’lim sifatini oshirish va intellektual salohiyatni yuksaltirish chora-tadbirlari to‘g‘risida".
