“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
655
IN VIVO TAJRIBALARDA ORGANIZMNING IMMUNOLOGIK
KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIR QILUVCHI PROBIOTIK VOSITA TARKIBINI
TANLASH
Temirova Munira Baxridinovna
Andijon davlat universiteti Odam fiziologiyasi va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi tayanch
doktoranti
munira8709@gmail.com
Xolmirzayeva Madina Akramjonovna
Andijon davlat universiteti Odam fiziologiyasi va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi mudiri,
b.f.f.d.(PhD), dotsent
https://doi.org/10.5281/zenodo.15588575
Annotatsiya.
Mazkur ishda in vivo tajriba sharoitida organizmning immunologik
ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan probiotik vosita tarkibini tanlash bo‘yicha amalga
oshirilgan ilmiy tadqiqotlar hususida bayon etilgan.
Kalit so`zlar:
immunotrop ta’sir, probiotiklar, immunomodulyatsiya, immun tizimi, hujayraviy
immunitet, ichak bilan bog'liq limfoid to‘qima (GALT).
Аннотация
:
В
работе
описаны
научные
исследования
,
проведенные
с
целью
подбора
состава
пробиотического
средства
,
оказывающего
положительное
влияние
на
иммунологические
показатели
организма
в
условиях
эксперимента
in vivo.
Ключевые
слова
:
иммунотропное
действие
,
пробиотики
,
иммуномодуляция
,
иммунная
система
,
клеточный
иммунитет
,
лимфоидная
ткань
,
ассоциированная
с
кишечником
(GALT).
Annotation:
This work describes scientific research conducted to select the composition of a
probiotic agent that has a positive effect on the immunological parameters of the organism under in
vivo experimental conditions.
Keywords:
immunotropic effect, probiotics, immunomodulation, immune system, cellular
immunity, gut-associated lymphoid tissue.
Inson makroorganizmi va unga butun umri davomida hamroh bo‘lgan mikroblar jamoalari
o‘rtasidagi filogenetik jihatdan shakllangan murakkab munosabatlar tizimi so‘nggi yillarda jadal
ilmiy tadqiqotlar mavzusiga aylandi [1]. Ma'lumki, oshqozon-ichak shilliq qavati o‘ziga xos limfoid
to‘qimalarga ega va ichak bilan bog'liq limfoid to‘qima (GALT) deb nomlanuvchi immun tizimining
mustaqil tarkibiy qismlaridan biriga kiradi. Oddiy faoliyat davomida eruvchan bakterial substratlar
va hajmi 150 mkm gacha bo‘lgan zarralar, shuningdek, bakteriyalar GALTga kirib boradi. So`nggi
yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida probiotik vositalar immunotrop vositalar tasnifiga
kiritildi. Bunga avvalo probiotiklarning immunotrop ta’siri uzoq vaqtgacha davom qilishi sabab
bo`lgan. Boshqa immunotrop preparatlar, masalan, respirator infektsiyalarni davolash va oldini olish
uchun tavsiya qilinadigan sintetik immunomodulyatorlarning ta’siri ularni qabul qilish
to`xtatilganidan so`ng qisqa vaqtda yo`qolib ketadi [2].
Xo`jayin
organizmida
probiotik
mikroorganizmlar
tomonidan
immun
javob
modulyatsiyalanishi antitanalar ishlab chiqarilishi stimulyatsiyalanishi, natural killerlar faolligining
stimulyatsiyalanishi, dendrit hujayralari funktsional faolligining modulyatsiyalanishi,
κβ
-yadro omili
va AP-1 faollashtiruvchi oqsil genlari ekspressiyasi regulyatorlarini modulyatsiyalash,
включает
sitokinlar ishlab chiqarilishini o`zgartirish, regulyator T-hujayralarni induktsiyalash, peroksisomalar
induktorlari orqali faollashtiriladigan retseptorlarni hosil qilish, apoptozni modulyatsiyalash,
proteosomalar faolligining ingibirlanishini o`z ichiga oladi [3].
Ishlatilgan probiotikning shtammi va dozasiga bog`liq holda probiotiklar ichak epiteliysining
immune va epitelial hujayralari bilan o`zaro ta’sirlashadi. Natijada fiziologik va immune
funksiyalarning modulyatsiyalanishi amalga oshadi. Probiotiklarning faol signal komponentlariga
fermentlar, hujayra yuzasi oqsillari, alohida DNK, fermentatsiya mahsulotlari va hujayra devori
peptidoglikanlari kiradi. Probiotiklarning signal molekulalari antigenlarni tanib oluvchi retseptorlar
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
656
(TLRs - Toll-like receptors, NLRs - The NOD-like receptors,
или
nucleotide oligomerization domain
receptors) va boshqa yuza retseptorlari bilan ta’sirlashib peyer tugunchalarida T-hujayralarining (1,
2 va 17-tipdagi
Т
-helperlar - Th1, Th2, Th17, Treg) differentsiyalanishini va ulardan turli xemokinlar
va sitokinlar ajralishini chaqiradi [4].
Immunomodulyator sifatida foydalaniladigan probiotiklar tarkibiga kiritish uchun immunotrop
faolligi laboratoriya tadqiqotlarida isbotlangan shtammlar tanlab olinishi muhim ahamiyatga ega.
Ushbu ishning maqsadi:
in vivo
tadqiqotlarda mahalliy sut achituvchi bakteriya shtammlarining
immunotrop faolligini tajriba hayvonlari modelida baholash.
Materiallar va uslublar. Tadqiqotlarda mahalliy manbalardan ajratib olingan
Lacticaseibacillus
casei, Lacticaseibacillus rhamnosus, Lacticaseibacillus paracasei, Pediococcus acidilactici
turlariga
mansub 8 ta sut achituvchi bakteriya shtammlari va ularning immunotrop faolligi material bo`lib
xizmat qildi.
In vivo
tajribalar O`zR FA O.S.Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo instituti
Farmakologiya laboratoriyasi xodimlari bilan hamkorlikda olib borildi. 8 ta sut achituvchi bakteriya
shtammlarining sichqonlarda timus, qora taloq, qo`ltiq osti limfa tugunlari kabi immunitet
organlarining yadro tutuvchi hujayralari, qorin bo`shlig`i peritonial suyuqligidagi makrofaglar sonini
ko`paytirish xossasiga ko`ra immunotrop faollik baholandi. Tajribalarda o`rtacha tana vazni
20,50±0,93 g bo`lgan zotsiz oq sichqonlardan foydalanildi. Tajriba sichqonlari 9 ta guruhga ajratildi.
Har bir guruh 6 ta sichqondan tashkil topdi. 1-guruh nazorat guruhi bo`lib, bu guruhdagi hayvonlar
oshqozoniga 0,9% NaCl eritmasi 1 ml hajmda yuborildi. Qolgan 8 ta guruhdagi hayvonlarga 8 ta sut
achituvchi bakteriya shtammlarining kultural suyuqliklari 1 ml hajmda tegishli tarzda kiritildi.
Hayvonlar efirli narkoz ostida so`yildi va timus, qora taloq, qo`ltiq osti limfa tugunlari ajratib olinib
vazni o`lchandi. Ushbu organlarning 0,9% NaCl dagi suspenziyasi tayyorlanib, hujayralar soni
Goryayev kamerasi yordamida mikroskop ostida sanaldi.
Natijalar. Tajribalarda 8 ta sut achituvchi bakteriya shtammlarining organizm rezistentligini
ta’minlovchi fagotsitlarga ta’siri qiyosiy o`rganildi. Sog`lom sichqonlar qorin bo`shlig`i
suyuqligidagi makrofaglar soni 60±2,45*10
6
/ml ni tashkil etdi va bu ko`rsatkich asosida boshqa
guruhlardagi immunitetni rag`batlantirish indekslari hisoblab chiqildi. Tadqiq qilinayotgan 8 ta
shtammning 4 tasidan olingan kultural suyuqliklarda rag`batlantirish indeksining yuqori
ko`rsatkichlari qayd qilindi va 3,04; 1,6; 1,7 va 2,6 ni tashkil qildi. Shuningdek, 8 ta sut achituvchi
bakteriya shtammlarining markaziy (timus) va ustki (qora taloq, limfa tugunlari) organlari umumiy
hujayralar soniga ta’siri o`rganildi. Tadqiqotlar natijasida sinalgan barcha shtammlar ta’sirida
hujayraviy immunitetni ta’minlovchi, timusda joylashgan T-hujayralar soni sezilarli miqdorda ortishi
qayd qilingan (RI=3,2-0,98). Rag`batlantirish indeksi eng yuqori darajada bo`lgan 2 ta shtamm tanlab
olingan. Shuningdek, ushbu shtammlar taloqda yadroli hujayralar soni, limfa tugunlari hujayralari
soni va vazni ortishiga ijobiy ta’sir qilishi aniqlangan.
Х
ulosa. Tajribalarda 8 ta sut achituvchi bakteriya shtammlarining 2 tasi organizmning
kasalliklarga qarshi rezistentligini oshiruvchi immunotrop faollikka ega. Ushbu shtammlar asosida
immunomodulyator faollikka ega probiotik vosita ishlab chiqish imkoniyatlari mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Lee Y.K., Mazmanian S.K. Has the microbiota played a critical role in the evolution of the
adaptive immune system? // Science. 2010. Vol. 330. P. 1768–1773.
2.
С
.
В
.
Зайков
.
Иммунотропные
свойства
пробиотиков
//
Здоровье
Украины
, 2013,
№
3.
С
.
36-40.
3.
Пилипенко
В
.
И
.
Пробиотики
как
сигнальные
молекулы
: Saccharomyces boulardii.
Клин
гастроэнтерол
и
гепатол
2008; 6: 456—462.
4. Gut microflora. Digestive physiology and pathology. Rambaud J.-C., Buts J.-P. (eds). Paris:
John libbey Eurotext 2006: 247.
