Mualliflar

  • Odiljon Mansurov
    TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
  • Nazokat Yusufova
    TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.119800

Kalit so‘zlar:

flotatsiya galurgiya optik reaktiv reagent.

Annotasiya

Ushbu maqolada kaliy xlorid boyitishning ikki asosiy usuli flotatsiya va galurgiya usuli ko‘rib chiqiladi, va ikki usulning  afzallik va kamchiliklar solishtirilgan holda eng muqobil usul qaysi ekanligi aniqlanadi.


background image

1

Mansurov Odiljon Axmadjon o‘g‘li,

2

Yusufova Nazokat Shuxratjon qizi

1,2

Toshkent kimyo texnologiya instituti Yangiyer filiali

Annotatsiya:

Ushbu maqolada kaliy xlorid boyitishning ikki asosiy usuli flotatsiya va galurgiya

usuli ko‘rib chiqiladi, va ikki usulning afzallik va kamchiliklar solishtirilgan holda eng muqobil usul
qaysi ekanligi aniqlanadi.

Kalit so‘zlar:

flotatsiya, galurgiya, optik, reaktiv, reagent.

O‘zbekistonda kaliy xlorid ishlab chiqaruvchi asosiy korxona Dehqonobod kaliy zavodi

(Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani) joylashgan. Tashkil etilgan yili 2011-yili 6-iyunda ishga
tushurilgan.Egalik qilivchi tashkilot ‘‘O‘zkimyosanoat’’AJ bo‘lib asosiy mahsuloti kaliy xlorid (GOST
4568-95 standarti bo‘yicha ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish hajmi 2023-yilning yanvar-may oylarida
yirik korxonalar tomonidan jami 85,3ming tonna K

2

O kaliy xlorid ishlab chiqarilgan bo‘lib ,bu 2022-

yilning shu davriga nisbatan 15,4%ga oshgan.

Nazariy qism

Kaliy xloridning boyitish usullari

1.

Flotatsiya usuli

2.

Galurgiya usuli

3.

Magnit saralash yoki optik ajratish (ba'zida qo'shimcha usul sifatida ishlatiladi, lekin kam

qo'llaniladi.

Flotatsiya usuli – rudadagi kaliy tuzlarini suv va reaktivlar yordamida yuzaga ko‘tarib, yengil

zarrachalarni ajratadi. Galurgiya usuli – sho‘r suvlarni bug‘latib, qattiq kaliy xlorid tuzlarini
kristallantirish yo‘li bilan ajratadi.

Tez va samarali ajratish ya‘ni kaliy tuzlarini boshqa rudalardan tez ajratadi va kichik zarrachalar

bilan ham ishlay oladi.Shu bilan birgalikda har qanday ob-havoda ishlashga moslashgan.Shu sababdan
yil davomida qo‘llaniladi (galurgiyada esa quyoshli iqlim kerak).Bundan tashqari ruda tarkibi murakkab
bo‘lsa ham moslashadi:

Masalan; Silvinit, karnallit kabi murakkab rudalarni samarali boyitadi va past sifatli rudalardan

foydalanish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari yuqori tozalikka ega bo‘lmagan rudalarni ham
ishlatish imkonini beradi.Jarayon uzluksiz bo‘lib, ishlab chiqarish sanoat miqyosida avtomatlashtirilgan
bo‘ladi.

Flotatsiya usulining kamchiliklari quyidagilar:
Maydalash aralashtirish va ajratish uchun ko‘p miqdorda energiya talab qiladi. Bundan tashqari

kimyoviy reagentlar juda zarur bu esa qo‘shimcha xarajat va ekologik xavf tug‘diradi. Maxsulot tozaligi
nisbatan past bo‘lganligi sababli maxsulot sifati galurgiya usuli maxsulotiga nisbatan KCl ning sifati
past bo‘ladi. Shu bilan birgalikda bu usulda murakkab texnologik jihozlar – xizmat ko‘rsatish va
boshqaruv usuli qiyinrooq hisoblanadi.

Galurgiya usulining afzalligi:

Bu usulning eng afzallik tarafi birinch navbatda kam xarajat, va quyosh energiyasi yordamida

tabiiy bug‘latishda ishlatiladi va yoqilg‘i sarfi kam.Shu sababdan ekologik toza va energiya tejovchi
usul hisoblanadi.

Galurgiyada usulida 99% gacha tozalikdagi KCl olinadi va kristallanishda aralashmalar kamroq

qoladi. Bundan tashqari texnologiyasi soddaroq ko‘rinishda bo‘ladi.Gallurgiya usulida asosiy jarayon —
bug‘latish va kristallanish jarayoni hisoblanadi va tabiiy resursga tayangan ya‘ni sho‘r suvlar yoki
dengiz suvlaridan foydalaniladi bu esa cheksiz va arzon xomashyo hisoblanadi.


background image

Galurgiya usulining kamchiliklari quyidagilar:
Iqlimga

bog‘liq

va

faqat

issiq

va

quyoshli

hududlarda

samarali

(masalan,

cho‘l

zonalarida).Bundan

tashqari sezilarli vaqt talab etadi, va bug‘lanish jarayoni sekin bo‘lib yiliga faqat ma’lum mavsumda
ishlaydi ba’zan faqat yozgi davrda.

Metadalogiya

Tadqiqotda 2011–2022-yillarga oid quyidagi ko‘rsatkichlar statistik tahlil qilindi:
-Ishlab chiqarilgan kaliy xloridning yillik eksport daromadi
-ishlab chiqarilgan kaliy xloridning -% da
-ishlab chiqarilgan kaliy xloridning miqdori-tonnada
Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi rasmiy axborot xabar.uz saytidan olingan.

Ma’lumotlar va tahlil

t/r

yil

Ishlab chiqarilgan

kaliy xlorid (ming

tonna)

Foiz%

Eksport

daromoadi

(mln, so‘m)

1

2011

120

3.9

313 605

2

2012

180

5.8

313 605

3

2013

200

6.5

313 605

4

2014

220

7.1

313 605

5

2015

250

8.1

313 605

6

2016

300

9.7

313 605

7

2017

310

10.0

313 605

8

2018

320

10.3

313 605

9

2019

300

9.7

313 605

10

2020

350

11.3

313 605

11

2021

280

9.0

313 605

12

2022

331.1

10.7

313 605

13

2023(6 oy)

128.9

4.1

156802,5

14

Jami

3.002 ming tonna

100

3920062,5

Kaliy xloridni boyitish bugungi kunda qishloq xo‘jaligi va sanoat uchun muhim jarayonlardan biri

hisoblanadi. Boyitishning ikki asosiy usuli – flotatsiya va galurgiya usullari mavjud bo‘lib, har birining
o‘ziga xos afzallik va kamchiliklari bor. Flotatsiya usuli, ayniqsa, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodida
keng qo‘llanilmoqda, chunki bu usul kam energiya talab etadi, quruq rudalar uchun mos, va
samaradorligi yuqori. Galurgiya usuli esa asosan sho‘r yer osti eritmalarini qayta ishlashda ishlatiladi,
lekin

bu

usul ko‘p

suv va

energiya

sarfi

bilan

tavsiflanadi.

Dehqonobodda bu

usuldan

foydalanilmasligining asosiy sababi – mintaqada sho‘r eritmalar manbasining yo‘qligi va iqtisodiy
jihatdan flotatsiya usulining qulayligidir. Ushbu usullar asosida ishlab chiqarilgan kaliy xlorid ichki va
tashqi bozorlarda eksportbop mahsulot sifatida iqtisodiyotga katta foyda keltirmoqda. Xususan, 2010–
2020 yillarda 300 mln AQSh dollaridan ortiq eksport amalga oshirilgan. Kelajakda ishlab chiqarish
quvvatini oshirish, yangi texnologiyalar joriy etish va xarajatlarni kamaytirish orqali yanada yuqori
samaradorlikka erishish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Hakimov, & B. Haydarov (2023). IMPACT OF REAGENTS-REGULATORS ON


background image

FLOTATION. Science and innovation, 2 (A10), 19-22. doi: 10.5281/zenodo.8419901

2.

Haydarov,

A.

Mamirov,

&

Sh.

Pardaboyeva

(2023).

SYNTHESIS

OF

NEW

MULTIFUNCTIONAL IONITES AND THEIR APPLICATION IN SORPTION OF SOME METALS.

Science and innovation, 2 (A7), 156-160. doi: 10.5281/zenodo.8200095

3. Haydarov, G. Ibodullaeva, Sh. Pardaboyeva, & N. Ermamatova (2023). DRINKING WATER

PURIFICATION METHODS. Science and innovation, 2 (D5), 178-184. doi: 10.5281/zenodo.7974073

Bibliografik manbalar

Hakimov, & B. Haydarov (2023). IMPACT OF REAGENTS-REGULATORS ON FLOTATION. Science and innovation, 2 (A10), 19-22. doi: 10.5281/zenodo.8419901

Haydarov, A. Mamirov, & Sh. Pardaboyeva (2023). SYNTHESIS OF NEW MULTIFUNCTIONAL IONITES AND THEIR APPLICATION IN SORPTION OF SOME METALS. Science and innovation, 2 (A7), 156-160. doi: 10.5281/zenodo.8200095

Haydarov, G. Ibodullaeva, Sh. Pardaboyeva, & N. Ermamatova (2023). DRINKING WATER PURIFICATION METHODS. Science and innovation, 2 (D5), 178-184. doi: 10.5281/zenodo.7974073

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари