Jild 2 № 3 (2025)

Jild 2 № 3 (2025)
Nashr qilingan: 06-03-2025

Maqolalar

9-12 86 28

KIMYOVIY REAKSIYALARNI OPTIMALLASHTIRISHDA ZAMONAVIY USULLAR

Baxodir Shamayev , Nazokat Yusufova

Ushbu maqola kimyoviy reaksiyalarni optimallashtirishda qo‘llaniladigan zamonaviy usullarni tahlil qiladi. Katalizatorlardan foydalanish, reaktorlarning kompyuter modellashtirishi va sun’iy intellekt yordami bilan jarayonlarni boshqarish usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, energiya samaradorligini oshirish va atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish bo‘yicha yechimlar taklif etiladi. Ushbu maqola kimyo muhandisligi sohasidagi mutaxassislar va tadqiqotchilar uchun foydali ma’lumot manbasi bo‘lib xizmat qiladi.

3-8 72 31

FERMER XO’JALIKLARIGA XIZMAT KO’RSATUVCHI INFRATUZILMALARNI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Muhammadjon Kimsanboyev

Fermer xo'jaliklari O'zbekiston qishloq xo'jaligining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Ularning samarali faoliyati mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda katta ahamiyatga ega. Biroq, fermer xo'jaliklarining rivojlanishi ularga xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalarning yetarli emasligi bilan cheklanmoqda. Ushbu maqolada fermer xo'jaliklariga xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalarning hozirgi holati, muammolari va ularni hal etish yo'llari empirik tadqiqotlar, keys-stadilar, adabiyotlar tahlili va sharhlari asosida o'rganiladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida deduktsion va induktsion usullar, tadqiqot dizayni, axborotni olish yo'llari, tadqiqot ob'ektini tanlash (sampling) va tadqiqot strategiyasi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari asosida fermer xo'jaliklariga xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalarni rivojlantirish bo'yicha ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqiladi

31-35 223 43

SASSIQ KOVRAK (FERULA FOETIDA) QATRONINING KIMYOVIY TARKIBI VA DORIVOR XUSUSIYATLARI

Umidaxon Parpiboyeva , Farxod Abdugapparov

Maqolada Sassiq kovrak (Ferula foetida) o‘simligining ildizlari va lateksi (sutli sharbati) asosan tibbiyotda qo‘llanishi va uning noyob kimyoviy tarkibi hamda dorivor xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, ushbu maqolada uning ildizlaridan olingan yelim va ekstraktlar ko‘plab kasalliklarni davolashda samarali ekanligi to‘g‘risida ham so‘z yuritilgan

26-30 132 16

DORIVOR ROZMARIN (ROSMARINUS OFFICINALIS) O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH HAQIDA

R.Y.Latipova R.Y.Latipova, N.R.Xamidullayeva N.R.Xamidullayeva, S.I.Xusanov S.I.Xusanov, D.S.To’ychiyeva D.S.To’ychiyeva

Ushbu maqolada dorivor rozmarin (Rosmarinus officinalis) o‘simligini yetishtirish texnologiyasi yo‘ritilgan. Maqolada rozmarinning biologik xususiyatlari, agrotexnik, iqlim va tuproq sharoitlariga qo‘yiladigan talablar, o‘simlikni parvarishlash va hosilni yig‘ib olish usullari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlashni rivojlantirishga qaratilgan qarori asosida ushbu sohaning ahamiyati va istiqbollari tahlil qilingan. Maqolada dorivor rozmarin yetishtirish orqali fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligini oshirish va eksport salohiyatini rivojlantirish uchun amaliy tavsiyalar berilgan

21-25 46 12

GIDROTARANNING ISH SIFATINI OSHIRISH

Zokir Hayitov

Jahon  bo‘ylab,  sayyoramizning  turli  burchaklarida  energiya  va  resurslarni  tejashga yordam beradigan texnologiyalardan foydalanishlarni uchratish mumkin. Bunda ushbu texnologiyalarning  ko‘pi  asrlar  davomida  qo‘llanilib,  avloddan- avlodga  o‘tib  kelmoqda. Insoniyat hayoti uni o‘rab turgan tabiiy muhit bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, buni tasdiqlaydigan manbalar har qadamda uchrab turadi. Jahon ko‘lamida jadal surʼatlar bilan kechayotgan fan-texnika inqilobi odamlarning mehnat sharoiti, turmush darajasi yaxshilanishiga ijobiy taʼsir etish bilan birga u tug‘dirgan ekologik o‘zgarishlar, o‘z navbatida, insoniyatga, uni o‘z bag‘rida saqlayotgan ona tabiatga asoratli taʼsir ko‘rsatmoqda

13-20 75 23

OZIQ-OVQAT SANOATI USKUNALARINI KORROZIYADAN HIMOYA QILISH UCHUN KOMPOZITSION POLIMER MATERIALLAR VA ULAR ASOSIDAGI QOPLAMALARNING SAMARALI TARKIBINI OLISH USULI

Baxodir Shamayev

Oziq-ovqat sanoatida qo‘llaniladigan uskunalar korroziyaga yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lib, bu ularning xizmat muddatini qisqartiradi va mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqotda uskunaları korroziyadan samarali himoya qilish maqsadida kompozitsion polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalarning optimal tarkibini ishlab chiqish usullari o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida polimer matritsalar (masalan, epoksi, poliuretan) va korroziyaga qarshi xususiyatlarni oshiruvchi qo‘shimchalar (nanozarrachalar, inhibitorlar) kombinatsiyasi sinovdan o‘tkazildi. Eksperimental natijalar shuni ko‘rsatdiki, ishlab chiqilgan qoplamalar kimyoviy agressiv muhitda (tuz, kislota va namlik) korroziya tezligini 80% gacha kamaytiradi. Qoplamalarning oziq-ovqat bilan aloqa qilishdagi xavfsizligi va mexanik mustahkamligi ham tekshirildi. Ushbu usul oziq-ovqat sanoati uskunalarining chidamliligini oshirish va xarajatlarni optimallashtirish uchun samarali yechim sifatida tavsiya etiladi

36-42 84 22

Ba’zi paxta turlarida tolalar hosildorligini aniqlashda urug‘ qobig‘ining ahamiyati

Nargizaxon Nabiyeva

The character management of wild, ruderal and cultivated tropical diverse plants found in nature is particularly dependent on genetic information. The variability that occurs during the growing season of a plant depends on external environmental factors. Therefore, it is assumed that artificial selection by humans has led to progress in the evolutionary process. The consumption of cotton fiber is one of the main valuable economic characteristics of the plant

43-47 62 31

DORIVOR XOM ASHYOLAR ASOSIDA TAYYORLANGAN “UROLEKS” PREPARATINING XALQ TABOBATI VA ZAMONAVIY TIBBIYOTDA QO’LLANILISHI

T Mullajonov, F Abdugapparov

Ushbu maqolada mahalliy sharoitlarda o’suvchi ayrim dorivor o’simliklarning kimyoviy tarkibi va uarning shifobaxshlik xususiyatlari to’g’risida ma’lumotlar keltrilgan. Shuningdek, maqolada siydik yo’llari infeksiya kasalliklarida qo’llaniluvchi “Uroleks” tabiiy preparatining inson salomatligiga ijobiy ta’siri to’g’risida ham so’z yuritilgan

48-52 61 29

SUG‘URTA XIZMATLARI BOZORINI RIVOJLANISH MUAMMOLARI

Bahrom Ibragimov , Maxsudbek Sapayev

Ushbu maqolada sug’urta xizmatlari bozorini rivojlanish holati tahlil qilingan. Tahlillar natijasida sug’urta bozorini rivojlantirish yuzasidan xulosa va takliflar berilgan

53-56 148 38

KANSEROGEN MODDALAR VA ULARNI TIRIK ORGANIZMLARGA TA’SIRI

M Maxkamova , Yu Yulchiyev , M Xaqulova , N Mo’ydinova

kanserogen modda maʼlum sharoitlarda organizmda rak va boshqa yomon sifatli, hayot uchun xatarli oʻsmalar hosil qiluvchi modda.Butun   dunyoda   saraton   yurak-qon   tomir   kasalliklaridan   keyin o'limning    asosiy    sababidir;    bu    dunyo    miqyosida    o'limning    ikkinchi    sababi    deb hisoblanadi.   Bunga sabab genetik jihatdan o'zgartirilgan meva va sabzavotlar va ba'zi pestitsidlar  va  kanserogenlar  ta'siriga  duchor  bo'lgan  oziq-ovqatlarni  iste'mol  qilish, chekish,  spirtli  ichimliklar  ichish  kabi  nosog'lom  turmush  tarzi  xatti-harakatlari  bo'lishi mumkin.  Kanserogen birikmalarning  ayrim  misollarini  keltirish  orqali  saraton  kasalligi va takrorlanish xavfiga o'ziga xos oziq-ovqat mahsulotlarining ta'sirini ta'kidlaydi.

57-62 1177 254

GEMOTSITOPOEZ VA UNING BOSQICHLARI, QON HOSIL BOʻLISHI

Ismoiljon Mirzabekov , Sardorbek Xojimatov , Muqaddas Xodjayeva

Gemotsitopoez — bu organizmda qon hujayralarining hosil boʻlishi va rivojlanishi jarayoni. Bu jarayon asosan suyak koʻmigida sodir boʻlib, unda eritrotsitlar (qizil qon tanachalari), leykotsitlar (oq qon tanachalari) va trombotsitlar (qon plastinkalari) hosil boʻladi. Gemotsitopoez organizmning immunitet tizimi, kislorod tashishi va qon ivishi kabi muhim funksiyalarini taʼminlaydi.


Qon hosil bo’lishida, inson organizmida qon hujayralarining yetilishi va rivojlanishi jarayonidir

63-68 94

KOFEINNING INSON ORGANIZMIDAGI AHAMIYATI

Ibroximjon Ismoilov , Hilolabonu Majidillayeva

Kofeinlarning inson organizmidagi ahamiyatini o‘rganish dolzarb hisoblanadi, chunki zamonaviy dunyoda kofein tarkibidagi mahsulotlar (qahva, choy, energetik ichimliklar va boshqalar) inson hayotining ajralmas qismiga aylangan. Kofein iste’moli zamonaviy hayotda keng tarqalgan bo‘lsa-da, uning salomatlikka ta'siri haqida xabardorlik yetarli emas. Ushbu maqolani o‘rganish  insonlarning iste'mol odatlarini sog‘lom turmush tarziga moslashtirishda muhim o‘rin tutadi

69-75 82 39

UKROP O‘SIMLIGINING TURLI NAVLARIDA BIOKIMYOVIY TARKIBI, VITAMIN, MAKRO VA MIKRO ELEMENTLAR MIQDORI

Muhriddin Abdutolibov , Ruxshona Maxbubova

Ushbu tadqiqot ukrop (Anethum graveolens L.) o‘simligining “Gribovskiy”, “Lesnogorodskiy” va “Alligator” navlarida biokimyoviy tarkib (uglevodlar, oqsillar, lipidlar), C vitamini, shuningdek, makro (Ca, K, Mg) va mikro (Fe, Zn, Mn) elementlar miqdorini aniqlashga qaratilgan. Namunalar Toshkent viloyatida yig‘ilib, HPLC va AAS usullari bilan tahlil qilindi. Natijalar navlar o‘rtasida sezilarli farqlarni ko‘rsatdi: “Lesnogorodskiy” C vitamini bo‘yicha (92.7 mg/100 g), “Alligator” kaltsiy va temir bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Statistik tahlil (ANOVA, p < 0.05) farqlarning ishonchliligini tasdiqladi. Tadqiqot ukropning ozuqaviy qiymatini baholashda muhim ma’lumot beradi.

76-79 51 31

MAHALLADAGI IJTIMOIY XIZMAT AGENTINING ASOSIY VAZIFALARI

Gulchexra Zoxidova

Ushbu maqola nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish jarayonida xodimlarning kasbiy etikasining ahamiyatini o‘rganadi. Tadqiqotda xodimlarning axloqiy prinsiplari, ularning mijozlar bilan munosabatlari va xizmat sifatiga ta’siri tahlil qilinadi. Nogironlarning huquqlari va qadr-qimmatini hurmat qilish, shuningdek, kasbiy mas'uliyatni oshirish masalalari muhokama qilinadi. Maqola ijtimoiy xizmat xodimlari uchun etik qoidalarni takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi