584
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
BURCHAKLI MURAKKAB BIR TIRNOQLI BIRIKMALARNI
TAYYORRLASH TEXNOLOGIYASI
Tursunov Farxod Ermakboyevich
Andijon davlat pedagogika instituti
Fizika va texnologik ta’lim kafedrasi v/b dotsent
Voxidova Gulchiroy, Turg’unboyeva Nozigul
Texnologik ta’lim yo’nalishi talabalari
ANNOTATSIYA
: Maqolada Yog‘och buyumlarni yasashda asosan tirnoqli
biriktirishdan foydalaniladi. U ikki elsment: tirnoq va go‘sha (quloqlar)dan iborat
bo‘ladi. Tirnoqlar yaxlit va turumli xillarga bo‘linadi. Odatda yaxlit tirnoqlar
yassi, turumli tirnoqlar esa yassi va dumaloq bo‘ladi. Mustahkamligi jihatidan
yaxlit va turumli tirnoqli birikmalar bir xildir. Tirnoqlarning ochiq va yopiq xillari
mavjud bo‘lib, ochiq tirnoq quloqlar yoki go‘sha bilan birikkanida birikuvchi
detalning narigi tomoniga o‘tishi haqida uslubiy tahlil qilingan.
Kalit so’zlar.
Texnologiya. Yog‘och. quloqlar. tirnoqlar, go‘shak, Brusok,
Duradgorlik.
Yog‘och buyumlarni yasashda asosan tirnoqli biriktirishdan foydalaniladi. U
ikki elsment: tirnoq va go‘sha (quloqlar)dan iborat bo‘ladi. Tirnoqlar yaxlit va
turumli xillarga bo‘linadi. Odatda yaxlit tirnoqlar yassi, turumli tirnoqlar esa yassi
va dumaloq bo‘ladi. Mustahkamligi jihatidan yaxlit va turumli tirnoqli birikmalar
bir xildir. Tirnoqlarning ochiq va yopiq xillari mavjud bo‘lib, ochiq tirnoq quloqlar
yoki go‘sha bilan birikkanida birikuvchi detalning narigi tomoniga o‘tadi. Yopiq
tirnoqlar tubibsrk go‘sha, ya’ni uyalar bilan birikadi. Bu uyalarning chuqurligi
tirnoqning uzunligidan eng kamida 2 mm ortiq bo‘ladi.
17-rasm.To‘g‘ri tirnoqning elementlari
Tirnoqlarning soni, shakli va o‘lchamlari birikmaning mustahkamligiga
jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Tirnoqlarning soni ko‘paysa, yelim surtiladigan yuza
kattalashadi va birikmaning mustahkamligi ortadi, lekin ularni taysrlashga
ko‘proq vaqt ketadi.
Duradgorlik
birikmalarining
mustahkamligi
yog‘ochning
sifatiga,
biriktirilgan elementlarning aniq tayyorlanishiga, yelimning sifatiga va
yelimlashning to‘g‘ri bajarilishiga ham bog‘liqdir. Birikmaning elementlari
yog‘ochning nuqsonlari, birikmaning o‘zida tirqish va yoriqlar bo‘lmasligi kerak.
585
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
To‘g‘ri burchakli tirnoqlar deraza romlarini, eshiklar, yashiklar va boshqa
buyumlarni yasashda qo‘llanadi.
Ochiq va yopiq go‘shali (uyali) to‘g‘ri tirnoqlardan shvabralar, stullar, stellar
va boshqa mebellar yasashda foydalaniladi.
Yarim o‘yiqli tirnoqlar imoratlar qurishda, turli ramkalar yasash va
hokazolarda qo‘llanadi.
To‘g‘ri tirnoqli birikmaning elementlari
Biriktirishning bu turi eng oddiy va shu bilan birga buyumning
mustahkamligini ta’minlaydigan biriktirishdir. Tirnoqli birikmaning elementlari
17-rasmda tasvirlangan.
To‘g‘ri tirnoqli birikmani rejalashga kirishishdan oldin manashu birikma
detallarining chizmalarini ko‘rib chiqish kerak.
a)
Tirnoqli detali
b)
b) Go‘shali detal
Tirnoqli va go‘shali (uyali) detallarni rejalashda ularning o‘lchamlari
moslashtiriladi. Shundan so‘ng ikkala detalni verstakustiga yonma-yon stqizib
qo‘yiladi va go‘niya, chizgich hamda qalam yordamida.
Xatkashning tuzilishi. Chizgich yordamida xatkashga o‘lchamni qo‘yish.
Xatkash bilan rejalash.
Tirnoq va go‘shani rejalash tartibi:
586
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
a - tirnoqning (go‘shaning) balandligini chizg‘ich va go‘niya bilan rejalash;
b - tirnoqning (go‘shaning) qalinligini xatkash va go‘niya bilan rejalash.
To‘g‘ri tirioqlarni rejalash uchun moslama va andaza: a – bir nechta shtiftli
moslama; 6 – metal andaza.
To‘g‘ri tirnoqli va ochiq uyali birikma: a - to‘fi tirnoq; b–ochiq uya
Yarim o‘yiqli birikma.
detallarning to‘rt tomonidan tirnoq va go‘shaning o‘lchamlari belgilanadi.
Tirnoq va go‘shani rejalashdagi keyingi ishlar xatkash bilan bajariladi. Xatkash
yog‘och kunda va uning ichidan o‘tadigan ikkita reykadan iboratdir. Reykalar
yang ko‘ndalang kesimik va drat yoki doira shaklida bo‘ladi va ularning bir uchiga
1,5-2 mm li chizgichlar qoqiladi. Manashu chizgichlar bilan rejalanayotgan
zagotovkaning sirtiga rejalash chiziqlari belgilanadi. Reykalarni kerakli
o‘lchamda mahkamla shular ustiga o‘rnatiladigan pona bilan bajariladi . Kunda
sirtidan chizgichlargacha bo‘lgan o‘lcham chizgich yordamida belgilanadi.
Xatkash bilan rejalashda uning kundasidan o‘ng qo‘l bilan ushlab bruska yoki
rejalanayotgan zagotovkaga mahkam bosiladi va bo‘ylamasiga yurgiziladi.
Shunda xatkashning chizgichlari zagotovka sirtida chiziq qoldiradi. Xatkashni
uning kundasi chizgich bilan birga harakatlanayotgan tomonga biroz og‘dirib
yurgaziladi. Xatkash, go‘niya va chizg‘ich bilan to‘g‘ri tirnoq hamda go‘shani
rejalash tasvirlangan.
Tirnoqli birikmalarni rejalashda mehnatning unumdorligini oshirish uchun
turli moslama va andazalardan foydalanish mumkin.
To‘g‘ri tirnoqli va ochiq go‘shali va yarim o‘yiqli birikmalarni rejalash ham
yuqoridagi yo‘sinda bajariladi.
Buyumni yasash uchun avval uni hosil qiluvchi hamma detallarni tayyorlanadi,
587
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
so'ngra ularni tegishli tartibda biriktiriladi, har turli buyumlarni tayyorlash
dadetallarni to'g' ri chiziqlar, to'g'ri burchaklar, o'tkir yoki o'tmas burchaklar hamda
shakldan ko'rinishida biriktiriladi.
To'g'ri chiziqli biriktirish yog'och detallarni bo'yiga ulab uzaytirish yoki
qalinligini oshirish uchun qo'llaniladi. To'g'ri burchakli biriktirish eng ko'p
qo'llaniladi.
Bunga misollar sabzavot taxtachasi oyoqchalari, suratlar uchun ramka detallari,
deraza romlari, eshiklar, mebellar va shukabilar qo'llaniladi.
O'tkir yoki o'tmas burchakli birikmalar turli asbob-uskunalar, mebellar,
imoratlar va boshqalarda qo'llaniladi. Shakldor birikmalar musiqa asboblari, agar va
bochkalarda qo'llaniladi.
Biriktirish shakllari yog'och detallarining mustaxkam va aniq biriktirilishi
uchun ularning biriktirma sirtlari turli shakllarda tayyorlanadi.Tirnoqli birikmalar
shakllarda tayyorlanadi. Tirnoqlar to'g'ri va qiya sirtli shakllarda bo'ladi.
Biriktirish va bog'lash usullari.
Half-Lap Scarf Joint for Light Timber.
34
-Uchma-uch yarim tirnoqli birikma
Duradgorlik yo'li bilan tayyorlanadigan buyumlarning, mebellarning qismlari
bir-biriga turli usullar bilan biriktiriladi. Birikmalar hosil qilishda har xil yelimlar va
biriktiruvchi materiallardan foydalaniladi.
Duradgorlik birikmalari hosil qilishda bir necha bog'lash usullari qo'llaniladi.
Buyumning qanday materialdan tayyorlanishiga va qanday maqsadlarda
ishlatilishiga, unga qanday sifat berilishiga qarab detallar o'zaro oddiy yoki
murakkab ko'rinishda biriktiriladi.
Birikmalar hosil qilishda qo' llaniladigan bog'lash usullari: dasta bet bog'lash,
prizmatik yoki to'g'ri tirnoqli birikmalar (bir tirnoqli yoki ko'ptirnoqli), porsi usulida
bog' lash, zakrovli birikmalar, chokli birikmalar, «qaldirg'och quyruq» tirnoqli
birikmalar, maxfiy va yarim maxfiy tirnoqli birikmalar va boshqalardan iborat.
34
Woodwork Joints, William Fairham 2008. P79
588
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
Dovetailed Scarf Joint.
35
rasm: Qaldirgóch dumli birikma
Fig. —Plated Scarf Joint Used in Roof Work.
36
Mix cho’p yordamida yarim kertik birikmani biriktirish
Dasta bet bog'lash yoki kertmak usuli. Dasta bet bog'lash duradgorlik
birikmalari hosil qilishning eng oddiy va oson usuli. Bu usul binokorlik ishlarida,
parnik xo'jaligida yog'och qismlarni o'zaro biriktirishda, oddiy qoplama ramkalar,
vitrinalar va boshqalar tayyorlashda qo'llaniladi.
Birikmaning o'lchamiga qarab detallar bir-biriga mixlash yo'li bilan, burama
mix, bolt yoki changak yordamida qotiriladi.Dasta bet bog'lashda detallar «G»
simon, «T» simon shaklda to'g'ri va «qaldirg'och quyruq»li qilib biriktirilishi
mumkin (4-rasm).
Dasta betbog'lash 2-texnologik kartada ko'rsatilgan tartibda
bajariladi.
Birikmaga mos yog'och tanlanadi, randalashda undan payraxa chiqishini
hisobga olib ma'lum qo'yim bilan materialar randalab olinadi.
1. Tayyorlangan materialni randalab ixtiyoriy l
uzunlikda eniga, qalinligi h bo'lgan ikkita brusok
tayyorlanadi.
2.
Kertmaklarni rejalash uchun
brusoklarning uchlarini go'niya asosida arralab to'g'riburchakli qirqimlar hosil
qilinadi, so'ngra rejalanadi. Buning uchun brusoklarning uchidan o'lchamda
«bet»larga kertmak uzunligi rejalanadi va go'niya yordamida qolgan tomonlarga olib
o'tiladi. So'ngra xatkash yordamida kertmak qalinligi rejalanadi. Buning uchun
35
Woodwork Joints, William Fairham 2008. P79
36
Woodwork Joints, William Fairham 2008. P79
-rasm. Dastabet
blrikmalar:a-«
Г
» simon
589
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
xatkashni h/2 o'lchamga sozlab «bet»larga nisbatan brusoklarning yon chetlari
(qirralari) va ko'ndalang qirqimlariga a uzunlikda reja chiziladi.
3. Dasta bet bog'lashda brusoklarni ustma-ust qo'yib biriktiriladi. Shuning
uchun brusoklarda hosil qilinadigan kertmaklarning biri «bet» tomondan,
ikkinchisida orqa tomondan ochiladi.
Buning uchun kertmaklarda reja chiziqlarining yarmini saqlagan holda oldin
tilinadi, so' ngra ko'ndalangiga arralab qirqiladi (kertiladi).
4. Hosil bo'lgan kertmaklarni ustma-ust qo'yib mix yoki burama mix yordamida
biriktiriladi. Har qanday birikma hosil qilinganda detallarning «bet»lari
nebirikmaning bir tomonida bo'lishiga e'tibor berish kerak.
Birikmaning jipsligi, sifati talabga javob beradigan darajaga etgunga qadar
mashq qilishda vomettiriladi.
To'g'ri tirnoqli birikmalar. Duradgorlik buyumlari tayyorlashda ularning sifatli
chiqishi va detallarning puxta birikishini ta'minlash maqsadida, uning shakli va
o'lchamlariga qarab har xil ko'rinishdagi bir tirnoqli, ikki tirnoqli, ko'p tirnoqli ochiq,
maxfiy va yarim maxfiy tirnoqli birikmalar hosil qilinadi.
-rasm.Tirnoq chiqarish va quloq ochish.
Ulardan eng sodasi va eng ko'p qo'llanadigani ochiq ko'rinishidagi bir tirnoqli
birikmalardir.
1. Birikmaga mos yog'och tanlanadi, randalash uchun qo'yim qoldirib undan
material arralab olinadi.
a) Tirnoq va quloqlarni tilish; b) tirnoq kiritish; v)quloq o'yish.
2. Brusoklarni uchlarini go'niya asosida arralab to'g'ri burchakli qirqimlar
hosil qilingandan so'ng tirnoq va quloqlar rejalanadi.
rasmda. Bir tirnoqli yashirin birikmalar:
Buning uchun brusoklarning uchida o'lchamda tirnoq va quloq uzunligi
rejalanib, qolgan tomonlarga go'niya yordamida olib o'tiladi.
590
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
Bir tirnoqli birikmalarda tirnoqning qalinligi yoki quloqning kengligi brusok
qalinligining 7/3 qismiga teng qilib olinadi (shuni hisobga olib ko'pincha bir tirnoqli
birikmalarda brusokning qalinligini 3 ga qoldiqsiz bo'linadigan o'lchamda
tayyorlanadi).
Shuning uchun tirnoq va quloq o'lchamlarini rejalashda xatkashning bir
cho'pini brusok qalinligining –
h
qismiga (3), ikkinchi cho'pini brusok qalinligining
2
h
(3) qismiga teng o'lchamga sozlanadi va ikkala cho'p yordamida «bet»larga
nisbatan brusok chetlariga reja chiziladi.
4. Reja asosida tirnoq chiqarish va quloq ochish uchun birinchi navbatda
tilishishi olib boriladi. Tirnoq va quloqlarni tilishishlari 44-rasmda ko'rsatilganidek
olib boriladi. So'ng tirnoq chiqari uchun kertish va quloq ochish uchun o'yishishi
bajariladi.
5. Tirnoq va quloqlarni o'zaro bir-biriga kiritib birikma hosil qilingach, uning
jipsligi ta'minlanadi. Jipslikni ta'minlash chas pakli dastarra yordamida olib boriladi.
Tirnoqsiz porsi birikmalar.
Tirnoqsiz porsi usulida bog'lashda, ular zakrovli yoki zakrovsiz bo'lishlaridan
qat'I nazar, detallarning uchlari porsi usulida (45° burchak ostida) arralanib, ular bir-
biriga mixlab, qirg'og'iga tunuka lenta yoki po'lat burchakli qoplab biriktiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Ubaydullayev S.Q.- Texnik ijodkorlik va dizayn. O’quv qo’llanma. –
Andijon: 2023 - yil
2..G‘.Abduqodirov Kasb ta’limi praktikumi .T.: 2019.-260 b
3..H.O.Jo‘rayev
,
Sh.H.Quliyeva, F.S.To‘rabekov, M.N.Karimova “Texnik
ijodkorlik va dizayn”. - T.,,Turon zamin ziyo” 2015 yil
4.Ulukhanov, I., & Khusayinova, G. (2024). DIGITALIZED LEARNING
AND ITS EFFECTIVENESS IN TECHNOLOGICAL EDUCATION.
Science
and innovation
,
3
(B4), 236-243.
5.Uluxanov, I. T. X. J., & Ubaydullaev, S. Q. (2021). O’QUVCHILARNING
KREATIV
KOMPETENTLIKINI
SHAKLLANTIRISH
MEZONLARI.
Scientific progress
,
2
(8), 814-822.
6.
Умурзақов
,
А
.
Х
.,
Улуханов
,
И
.
Т
., &
Инамидинова
,
Д
.
К
. (2022).
Талабаларда
ижодкорлик
қобилиятини
шаклланишида
умумтехник
фанлар
бўйича
тизимли
фикрлашнинг
ўрни
.
Механика
и
технология
,
2
(7), 192-194.
591
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
7.Tokhtakhojaevich, U. I., Abdurasulovna, K. G., & Kadirovich, U. S.
(2022). Pedagogical conditions for the formation of creative competence of
students.
8.
Uluxanov, I. T., & Sayfitdinov, A. SOLUTIONS TO CERTAIN ISSUES
OF EMERGENCY PROTECTION.
Mejdunarodn
ы
y nauchno-obrazovatel
ь
n
ы
y
elektronn
ы
y jurnal «OBRAZOVANIE I NAUKA
,
21
, 356-361.
9.
Tokhtakhojaevich, U. I., Abdurasulovna, K. G., & Kadyrovich, U. S.
(2022). Pedagogical technologies in the formation of creative competence in the
educational process.
Journal of Pedagogical Inventions and Practices
,
5
, 22-28.
