Mualliflar

  • R.Y. Latipova R.Y. Latipova
    Andijon davlat universiteti
  • N.R. Xamidullayeva N.R. Xamidullayeva
    Andijon davlat universiteti
  • L.K. Yunusova L.K. Yunusova
    Andijon davlat universiteti
  • D.S. To’ychiyeva D.S. To’ychiyeva
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.58516

Kalit so‘zlar:

rozmarin efir moyi kamfora kariofillen antioksidant pinen kamfen sineol

Annotasiya

Ushbu maqolada rozmarin o’simligining botanik xususiyatlari, tarqalishi, kimyoviy tarkibi va dorivor xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Unda rozmarinning o’ziga xos efir moylari, antioksidant birikmalari va terapevtik xususiyatlari, oziq-ovqat sanoatida keng qo’llanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.       


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

11

R.Y. Latipova, N.R. Xamidullayeva,

L.K. Yunusova, D.S. To’ychiyeva

Andijon davlat universiteti

Uzbekistan


DORIVOR ROZMARIN (ROSMARINUS OFFICINALIS) O’SIMLIGINING

BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Abstract:

This article discusses the botanical characteristics, distribution, chemical composition and

medicinal properties of the rosemary plant. It provides information on the unique essential oils of rosemary,

antioxidant compounds and therapeutic properties, and its widespread use in the food industry.

Keywords:

rosemary, essential oil, camphor, caryophyllene, antioxidant, pinene, camphene, cineole, camphor.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada rozmarin o’simligining botanik xususiyatlari, tarqalishi, kimyoviy tarkibi va

dorivor xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Unda rozmarinning o’ziga xos efir moylari, antioksidant birikmalari va

terapevtik xususiyatlari, oziq-ovqat sanoatida keng qo’llanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

rozmarin, efir moyi, kamfora, kariofillen, antioksidant, pinen, kamfen, sineol, kamfora.

Аннотация:

В статье рассматриваются ботанические свойства, распространение, химический состав и

лечебные свойства растения розмарин. Он содержит информацию об уникальных эфирных маслах

розмарина, антиоксидантных соединениях и терапевтических свойствах, а также о его широком

использовании в пищевой промышленности.

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

Universal International Scientific Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2024 Issue: 1 Volume: 9

Published: 02.12.2024

https://universaljurnal.uz

International indexes

GOOGLE SCHOLAR

CROSSREF (OAK BAZA)

ZENODO

OPEN AIRE

RESEARCHGATE (OAK BAZA)

SJIF


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

12

Ключевые слова:

розмарин, эфирное масло, камфора, кариофиллен, антиоксидант, пинен, камфен,

цинеол, камфора.

Language:

Uzbek

Citation:

R.Y. Latipova, R. L., N.R. Xamidullayeva, N. X., L.K. Yunusova, L. Y., & D.S. To’ychiyeva, D. T.

BIOECOLOGICAL PROPERTIES OF THE MEDICINAL ROSEMARY (ROSMARINUS OFFICINALIS)

PLANT.

Universal

International

Scientific

Journal,

1(9),

11–14.

Retrieved

from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1200

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.14293549

Dorivor rozmarin (Rosmarinus officinalis) -

Labguldoshlar oilasi rozmarin (Rosmarius)

turkumiga mansub o’simlik bo’lib, uning vatani

O‘rta yer dengizi atrofidagi davlatlardir.

Yevropa va Afrika davlatlarida qadimdan ekib

o‘stiriladi. Shimoliy Afrika (Jazoir, Liviya,

Marokash, Tunis), Turkiya, Kiprda yovvoyi

holda o'sadi; Evropaning janubiy qismida -

sobiq

Yugoslaviya,

Gretsiya,

Italiya,

Portugaliya, Ispaniya, Fransiyaning janubida

o'sadi. Aksariyat hollarda,tarkibida ohak ko‘p

bo‘lgan

tuproqlarda,

quruq

qoyalarda,

tog‘larning janubiy yonbag‘irlarida, quyosh

yaxshi tushadigan joylarda uchraydi.

O‘simlik Rossiyaga 1816 yilda Qrimdagi

Nikitskiy botanika bog‘iga keltirib ekilganligi

ma’lum. Endilikda bu o‘simlikni O‘zbekistonda

ham ekib o‘stirish va undan foydalanish

mumkinligi aniqlandi.

Rozmarindan qadim zamonlarda dorivor vosita

sifatida

foydalanishgan.

Uning

foydali

xususiyatlari to’g’risida har bir xalqda turlicha

qarashlar bo’lgan: rimliklar uni xotirani

yaxshilaydi deb hisoblashsa, greklar uning

yordamida yaralarni davolashgan, xitoyliklar

esa uning yordamida bosh og’rig’idan xalos

bo’lganlar.

Rozmarin efir moyli ekin hisoblanib, Oʻrta

dengiz havzasida 1-3 turi o’sadi. Doim yashil

buta bo’lib, boʻyi 1,5–2 metrgacha o’sadi. Bargi

va toʻpgulidan efir moyi olinadigan dorivor

Rozmarin (R. officinalis), asosan, Yevropa

mamlakatlarida,

shuningdek,

Qrim

va

Kavkazda oʻstiriladi. Qalamchasidan, kamdan-

kam urugʻidan koʻpaytiriladi. 2-3 yillik

koʻchatlari ekiladi. Ekilgandan keyin 2-3yildan

boshlab bargi va toʻpguli yigʻib olinadi.

Hosildorligi 40-120 s/ga. Bargi va toʻpguli

tarkibida

parfyumeriya

va

tibbiyotda

ishlatiladigan 1,5- 2,5% (quruq moddaga

nisbatan) efir moyi, 0,5% gacha rozmaritsin va

boshqa alkaloidlar, ursol va rozmarin kislotalari

bor. Butalari 7 - 9 yilda yoshartiriladi. O’simlik

20 - 25 yil hosil beradi.

Ko’p yillik o’simlik, ko’pincha butasimon

shaklda o’sadi, shox-shabbasi zich joylashgan.


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

1

3

Poyasi tik o‘suvchi, shoxlangan, yosh novdalari

to‘rt qirrali. Ildiz tizimi yaxshi taraqqiy etib,

tuproqqa 3-4 m gacha kirib boradi. Barglari

cho‘ziq, to‘mtoq uchli bargning ostki qismi

dag‘al tukchalar bilan qoplangan. Barglarining

uzunligi 4 sm, eni 0,3 sm, qalinligi 1,5 - 2 mm

bo‘lib, cho‘zinchoq qalami shaklda, bandsiz

yoki qisqa bandi bilan poyada qarama-qarshi

joylashgan. Ingichka, ignasimon, yashil va

o’ziga xos hidga ega.

Gullari ikki labli mayda, qisqa gulbandiga ega

bo‘lib binafsha, och binafsha, ko’k yoki oq

rangda, mayda gul shingillari hosil qiladi, bahor

va yoz faslida gullaydi. Urug‘i tuxumsimon,

jigarrang, usti silliq, uzunligi 2-2,5 mm, eni 1-

1,5 mm. Mevasi dumaloq-silliq, jigarrang

yong‘oq. 1000 dona urug‘ vazni 1,2-1,4 g ladi.

Rozmarin

novdalarining

yuqori

qismida,

gulida, bargida efir moyi saqlaydi. Efir moyi

tarkibida α-pinen (30%), kamfen (20%), sineol

(10%), borneol, L- kamfora, kariofillen,

bornilatsetat, limonen, smola va boshqa

moddalar mavjud.

O’simlik tarkibidagi mavjud rozmarin kislotasi,

karnosik kislota, ursolik kislota va flavonoidlar

kuchli antioksidantlik taʼsirini ko’rsatadi, tanani

erkin

radikallardan

himoya

qiladi.

Vitaminlardan Rozmarin barglari A, C va B6

vitaminlariga boydir. Minerallardan esa kalsiy,

temir va magniy mavjud bo’lib, ular asab va

mushak tizimlari uchun foydali hisoblanadi.

Rozmarinning shifobaxshlik xusussiyatlariga

kelsak, o‘simlikning yer ustki barglari va yosh

poyalaridan tayyorlangan damlama va spirtdagi

eritmalari (nastoykasi) qorin va muskullar

og‘rig‘ida

,

revmatizm,

radikulit

va

fibromialgiyada, spazmda, hamda oshqozon

buzilganida yordam beradi. Shuningdek qon

bosimi oshishini oldini oladi, mikrob va

zamburug’larga

qarshi

kurashadi,

antioksidantlik vazifasini bajarib, miyadagi

qarilik

belgilari

paydo

bo’lishini

sekinlashtiradi.

Rozmarin ziravor sifatida kam miqdorda

ovqatlarga, choy va limonadlarga solishga

yaxshi bo’lib, me’yoridan ortiq iste’mol

qilinganda

esa,

ovqat

hazm

qilish

muammolarining

kelib

chiqishiga,

bosh

og‘rig‘iga va qon bosimining ko’tarilishiga

sababchi bo’lishi mumkin. Homilador ayollar,

kron kasalligi, oshqozon yarasi va qorin

sanchishi kasalliklaridan aziyat chekuvchi

insonlarga, gipertoniya kasalligiga duchor

bo’lgan kishilarga rozmarindan juda kam

miqdorda iste’mol qilishlari kerak, o’simlik

moddalari bu insonlaga salbiy tasir ko’rsatadi.

Xulosa qilib shuni ayta olamanki, rozmarin

(Rosmarinus officinalis) o’simligi inson

salomatligi uchun foydali o’simlik bo’lib

tarkibidagi rozmarin kislota, karnosik kislota,

ursolik kislota va flavonoidlar insonning aqliy

faoliyatini kuchaytirish xususiyatiga ega,


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

14

bundan tashqari rozmarin tarkibidagi efir

moylari xotira va diqqatni yaxshilaydi, shu

qatorida taomlarga ziravor sifatida qo’shiladi.

Yangi va quritilgan barglari go’sht, baliq,

kartoshka va sabzavot taomlariga o’ziga xos

xushbo’y hid beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Ataboyeva X.N., Xudayqulov J.B., O‘simlikshunoslik,Toshkent, 2018 y.

2.

Xolmatov H.X, Ahmedov O‘.A. Farmakognoziya, Toshkent, 1995 y.

3.

Turdaliev, A. T., Darmonov, D. Y., Teshaboyev, N. I., Saminov, A. A., Abdurakhmonova, M. A.

Influence of irrigation with salty water on the composition of absorbed bases of hydromorphic structure of
soil. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, 2022, July, vol. 1068, No. 1, p. 012047. IOP
Publishing.
4.

Karimov V., Shomahmudov A. Xalq tabobati va zamonaviy ilmi tibda qollaniladigan shifobaxsh

osimliklar, Toshkent, 1993 y.
5.

Pratov.O.P, Nabiyev.M.M. Ozbekiston yuksak o`simliklarning zamonaviy tizimi, Toshkent, 2007 y.

6.

Xusanovna, A.M., Qudratovna, A.M. Ridge distribution of species of the genus scutellaria

l.(lamiaceae) of the fergana valley. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science &
Humanities, 2023, 11(5), p. 2532- 2542.

Bibliografik manbalar

Ataboyeva X.N., Xudayqulov J.B., O‘simlikshunoslik,Toshkent, 2018 y.

Xolmatov H.X, Ahmedov O‘.A. Farmakognoziya, Toshkent, 1995 y.

Turdaliev, A. T., Darmonov, D. Y., Teshaboyev, N. I., Saminov, A. A., Abdurakhmonova, M. A. Influence of irrigation with salty water on the composition of absorbed bases of hydromorphic structure of soil. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, 2022, July, vol. 1068, No. 1, p. 012047. IOP Publishing.

Karimov V., Shomahmudov A. Xalq tabobati va zamonaviy ilmi tibda qollaniladigan shifobaxsh osimliklar, Toshkent, 1993 y.

Pratov.O.P, Nabiyev.M.M. Ozbekiston yuksak o`simliklarning zamonaviy tizimi, Toshkent, 2007 y.

Xusanovna, A.M., Qudratovna, A.M. Ridge distribution of species of the genus scutellaria l.(lamiaceae) of the fergana valley. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 2023, 11(5), p. 2532- 2542.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

N.R.Xamidullayeva N.R. Khamidullayeva, R.Y. Latipova R.Y. Latipova, S.I.Xusanov S.I. Khusanov, M.Sh.Khakulova M.Sh.Khakulova, ANTIOKSIDANT FERMENTLAR VA ULARNING VAZIFALARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)