Mualliflar

  • Mahdiyona Abdulmajidova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Xonzodaxon Buvabekova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Munojatoy Sobirova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74239

Kalit so‘zlar:

Gerontopsixologiya Gerontogenez psixosotsial detereminant

Annotasiya

Ushbu maqolada inson organizmini qarish jarayoni,keksalik muammolari, biologik o‘zgarishlari,umumfiziologik va psixofiziologik xususiyatlari tahlil qilingan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

518

QARILIK DAVRIDAGI SHAXSLARNING IJTIMOIY FAOLLIGI-UZOQ UMR

KO‘RISH OMILI SIFATIDA

Andijon davlat pedagogika instituti

pedagogika-psixologiya

kafedra katta o‘qituvchisi

Abdulmajidova Mahdiyona Dilmurodjonovna

Andijon davlat pedagogika instituti

Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya va iqtisodiy

bilim asoslari yo‘nalishi 1- bosqich talabalari

Buvabekova Xonzodaxon va Sobirova Munojatoy

Annotatsiya:

Ushbu maqolada inson organizmini qarish jarayoni,keksalik muammolari,

biologik o‘zgarishlari,umumfiziologik va psixofiziologik xususiyatlari tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

Gerontopsixologiya,Gerontogenez,psixosotsial,detereminant

Gerontopsixologiya- (yunoncha geron –qari, keksa va psixologiya) gerontopsixologiya va

yosh psixologiya sohasi. Inson organizmining qarish jarayonini anglatadigan tibbiy va biologik
fanlarning bir bo‘limi hisoblanadi. Gerontopsixologiya faning asoschisi Stenli Xoll hisoblanadi.
Gerontopsixologiya – qari kishilardagi umumfiziologik va psixofizik xususiyatlar bilan ularning
xatti- harakatlari, felining psixologik xususiyatlari o‘rtasidagi aloqadorlikni, shaxs faoliyati va boshqa
omillar bilan bog‘liq o‘zgarishlarni o‘rgandi. Gerontopsixologiyaning umumiy vazifasi – kishilarning
qarigan ham bardm tetik yashashiga yordam beradigan vositalarni izlab topish. Qarilikning
boshlanishi ijtimoiy mezon sifatida insonning nafaqaga chiqishi bilan belgilanadi.Rossiya
gerontologiyasi asoschilaridan biri I.V.Davidovskiy keksalik boshlanishining aniq sanasi mavjud
emas, degan fikrni bildirgan[1.].Haqiqatdan ham keksalik boshlanishining aniq bir sanasi mavjud
emas.Keksalik ba’zilarida erta yana ba’zilarida esa kechroq boshlanadi.Bu bo‘yicha bir qancha
olimlar bir qator tajribalar o‘tkazishgan. Keksalikning yosh chegaralari muammosi qarilikning yosh
chegaralarini turli olimlar turlicha tavsiflashadi, lekin ko‘pchilik 60—65 yoshni qarilikning
boshlanishi sifatida e’tirof etishadi. Misol sifatida bir necha olimlarning qarashlarini keltiramiz:

1.Chexiyalik professor B.Prijigoning tajribalarida 60-75 — qarilik, 75-100 yosh keksalikni

ko‘rsatgan.

2. Dj.Birrenning tajribalarida so‘nggi yetuklik 50—75 yosh bo‘lsa, qarilik 75 yoshdan

boshlanishini ta’kidlab o‘tgan.

3. D.B. Bromley qarilikning 3 bosqichga bo‘lib o‘rgangan’;
a] 65-70 yosh sevimli ishdan uzoqlashish;
b] 70 yoshdan keyin keksalik;
d] 110 yoshgacha — munkillaganlik, qarib kasalga chalinish va o‘lim.
Keksayish davri 61 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu yoshdagi

kishilar shaxslararo munosbatlarda boshqa yoshdagi kishilardan ajralib turadi. Ularni shartli ravishda
ikki guruhga bo‘lish mumkin:

1)mutlaqo istefoga chiqqan,ijtimoiy faol bo‘lmagan erkak va ayollar;
2)nafaqaga chiqqan erkak va ayollar, lekin ijtimoiy hayotning turli sohalarida faoliyat

ko‘rsatayotgan keksalar.

Psixologik keksayish - individ o‘zi keksayish jarayonini qanday tasavvur qiladi va his qiladi,

boshqalarning keksayishi bilan o‘zini taqqoslab keksayish jarayoniga qanday munosabatda bo‘ladi.

Biologik keksayish — yosh o‘tishi bilan organizmda o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi.Ya’ni

keksalarda ko‘rish, ta’m bilish va eshitishning pasayishini misol qilib keltirishimiz mumkin.

Ijtimoiy keksayish — individ keksayishni jamiyat bilan, ijtimoiy rollarni bajarish bilan qanday

bog‘laydi. Aynan keksalik davrida inson organizmining jismoniy zaifligi va sog‘likni yomonlashuvi
natijasida ruhiyatda ham o‘zgarishlar kuzatiladi.Yosh o‘tishi bilan keksalarda 17-22 foiz to‘qimalar
qisqarib boradi. Keyin esa oshqozon, qizilo‘ngach, o‘n ikki barmoqli ichak, o‘t qobig‘i, oshqozon
osti bezi hamda buyraklardagi 11-30 foiz, bir o‘zi besh xil funksiyani bajaradigan jigardagi 12-


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

519

14 foiz to‘qimalarda atrofiya boshlanadi. Natijada insonlarning funksional va reaktiv
imkoniyatlari pasayadi.[2]

Qarilikning 1 –davri gerontogenez yoki keksayish deb ataladi.
Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra bu davr 60 yoshdan keyin boshlanadi desa ayrimlari

ayollarda 55 erkaaklarda 60 yoshdan boshlanadi deb aytishgan. Bu yoshdagi insonlarni 3 guruhga
bo‘lish mumkin .

1 Qariyalar
2. Keksalar
3. Uzoq umr ko‘ruvchilar
Yetuklik va keksalik orasidagi inqiroz 55—65 yoshlarga to‘g‘ri keladi. Keksalik davridagi

inqirozni nafaqadan oldingi inqiroz deb ataladi, bunda asosiy determinant sifatida ijtimoiy omil
nafaqa yoshiga yetish omili ko‘rsatiladi. Darhaqiqat nafaqaga chiqish inson hayotini tubdan
o‘zgartirib yuboradi, jamiyatdagi muhim ijtimoiy rolining yo‘qotilishi, insonning o‘z referent
guruhidan ajralishi, muloqot doirasining torayishi, moddiy ahvolining yomonlashuvi, ba’zan «iste’fo
shoki» holatining o‘tkir kechishida namoyon boladi. Bu holat ko‘pchilik qartayayotgan insonlarda
qiyin kechadi, salbiy hissiy holatlarni vujudga keltiradi.

Ijtimoiy nazariyalarga «erkinlik» hamda «o‘yindan chiqish» nazariyalari misol bo‘la oladi.

Jamiyatdan uzoqlashuv, motivatsiyaning o‘zgarishi, kommunikativlikning pasayishi, o‘z ichki
dunyosiga o‘ralashib qolish kabilarda kuzatiladi. Subyektiv ravishda bu kerak emaslik tuyg‘usi,
qiziqishlar doirasining pasayishi, uning o‘ziga qaratilishida namoyon boladi. Bu jarayon insonning
nafaqaga chiqishi bilan boshlanadi, lekin qari inson ishxonada nimalar bo‘layotgani bilan qiziqib
turadi, lekin bu sekin-asta sun’iy harakterga ega bola boradi, sekinlik bilan bu ham to‘xtaydi. Insonga
keladigan ma’lumotlar kamayib boradi, qiziqishlar doirasi torayadi, faolligi pasayadi, qarish jarayoni
tezlashadi.

E.Erikson konsepsiyasida qarilik ilgarigi hayot yolining tugashi sifatida talqin etiladi1.

Keksalik psixosotsial inqirozining mohiyati shundan iboratki, Egoning yaxlitlikka erishishidir. Keksa
psixologik yoshga olish muvaffaqiyatini E.Erikson oldingi yosh inqirozlarini ijobiy hal qilish bilan
boglaydi. Eriksonning ta’kidlashicha, donishmandlik ruhning ma’lum holati bolib, bunda olmish,
hozir va kelajakka bir vaqtda boqish, hayot tarixini tasodiflardan xalos etish hamda avlodlar bilan
aloqa o‘rnatish sifatida talqin etiladi.

Shuni xulosa qilib aytish mumkinki, Inson organizmi keksayayotgan paytda uning psixikasida

jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Uning o‘ziga bo‘lgan menini pastlashi, jismoniy quvvatining
kamayishi, o‘z sevimli kasbidan voz kechishi kabi muammolari mavjud bo‘ladi. Shunday davrda
ularni atrof-muhitdagi insonlar tushunishi, ko‘proq e’tibor berishlari, kamchiliklarini yashirishlari
zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.G‘oziyev E Umumiy psixologiya TO‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati 2010
2. Ergasheva Mohina –Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasining

KEKSALIK DAVRINING BIOLOGIK VA PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI’’nomli maqolasi

3.Rivojlanish

psixologiyasi.Pedagogik

psixologiya

Z.T.Nishonova,

N.G‘.Kamilova

D.U.AbdullayevaT-2019

Bibliografik manbalar

G‘oziyev E Umumiy psixologiya TO‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati 2010

Ergasheva Mohina –Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasining

KEKSALIK DAVRINING BIOLOGIK VA PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI’’nomli maqolasi

Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogik psixologiya Z.T.Nishonova, N.G‘.Kamilova

D.U.AbdullayevaT-2019

Xalimova, M. V. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA AXLOQIY TUSHUNCHALAR SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 43(2), 95-99.

Jahongir o’g’li, B. J., & Vaxidovna, X. M. (2024). BOSHQARUVDA RAHBAR VA XODIM MUNOSABATLARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI MASALASI. Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari, 3(1), 20-24.

Xalimova, M. V. (2024). TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISHDA MA’SULIYaTINI RIVOJLANISHIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLAR. Science Promotion, 1(1), 74-76.

Xalimova, M. V. (2021). CULTURAL HISTORICAL ROOTS OF ENTREPRENEURIAL ACTIVITY AND PSYCHOLOGICAL RELATIONS IN SMALL BUSINESS. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 1(1.9 Psychological sciences).

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари