Mualliflar

  • Mahdiyona Abdulmajidova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Ra'no Mamasheva
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74180

Kalit so‘zlar:

internetga qaramlik xulq-atvor virtual hayot psixika globallashuv

Annotasiya

Hozirgi globallashuv deb nomlanayotgan davrda inson ko‘proq
internetga (ijtimoiy tarmoqlarga) vaqt sarflashi odat tusiga aylandi. Bu bir qaraganda odatiy
holdek tuyulsada, lekin juda ham o‘ylashimiz va fikr yuritishimiz kerak bo‘lgan holat va
muammodir. Ushbu maqolada hozirgi zamonning eng asosiy muammolaridan biri hayotning
virtuallashib borayotgani va bu narsa yoshlarning, nafaqat kattalarning ham hayotida yaqqol
ko‘zga tashlangani haqida fikrlar tahlil qilingan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

649

ONALARNI INTERNETGA BOG‘LANIB QOLISHI NATIJASIDA

OILADAGI NIZOLARNING KELIB CHIQISHI

ADPI Pedagogika va Psixalogiya kafededrasi o‘qituvchisi

Abdulmajidova Mahdiyona Dilmurodjon qizi.

ADPI Maxsus pedagogika:logopediya yo‘nalishi I bosqich

talabasi Mamasheva Ra'no Qodirjon qizi.

Annotatsiya:

Hozirgi globallashuv deb nomlanayotgan davrda inson ko‘proq

internetga (ijtimoiy tarmoqlarga) vaqt sarflashi odat tusiga aylandi. Bu bir qaraganda odatiy
holdek tuyulsada, lekin juda ham o‘ylashimiz va fikr yuritishimiz kerak bo‘lgan holat va
muammodir. Ushbu maqolada hozirgi zamonning eng asosiy muammolaridan biri hayotning
virtuallashib borayotgani va bu narsa yoshlarning, nafaqat kattalarning ham hayotida yaqqol
ko‘zga tashlangani haqida fikrlar tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

internetga qaramlik, xulq-atvor, virtual hayot, psixika, globallashuv.

Ijtimoiy tarmoqlar qon qonimizga singib ketganini o‘ylagan sari odamni hadik qamrab

oladi. Internet bizning ikkinchi oilamiz, do‘stimiz va hatto o‘zimizga aylanib borayotgani
isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Har kuni ertalab 80% insonlar (xoh u katta bo‘lsin, xoh
kichik) internet bilan tongni kutib oladi, har joyda u biz bilan, u qonimizda.
Texnologiyalarning jadal rivojlanishi insonlarga o‘z hayotlarini internet bilan birlashtirishga
imkon berdi. Biroq, ushbu raqamli asrda internetga qaramlik - tashvishli, yechimi yo‘q
muammoga aylandi. Bu muammo kattalarni ham, kichiklarni ham o‘z domiga tortmoqda.
Internet tarmoqlari insonlarning dunyoqarashini, fikrini o‘zgartirib yubordi. Bu olamga g‘arq
bo‘lgan insonlarning deyarli ko‘pchiligida insoniylik, mehr-oqibat tuyg‘ulari, muomala
madaniyati kamayib bormoqda. Masalan: telefondan ko‘zini uzmay o‘tirgan ona,
yaqinlariga, hatto o‘z farzandiga ham internetga ajratganchalik ko‘p vaqt ajratmay
qo‘yayotganini o‘zi ham sezmay qolmoqda. Buning oqibatida ko‘plab aziyat chekmoqda.
Ya'ni onalarning o‘z farzandiga e'tiborsizligi tufayli ularda nutqiy kamchiliklar, turli
kasalliklarning kech aniqlanishi oqibatida esa bolalarda bir qancha muammolar paydo
bo‘lmoqda. Bu tufayli bolalar o‘z tengqurlariga nisbatan ortda qolmoqda. Bu esa bolalarning
o‘zini yolg‘iz his qilishiga, bilish jarayonlarining buzilishiga, bir qancha ruhiy kasalliklarga
, hatto autizm sindromiga chalinishiga sabab bo‘lmoqda.

Xalqimizda "Qush inida ko‘rganini qiladi" degan maqol bor. Bolaning o‘sib, kamol

topishida oiladagi muhitning o‘rni katta ahamiyatga ega. Yoshligidan onasining qo‘lidagi
telefonni ko‘rib o‘sib kelayotgan farzandning o‘zi ham telefonga qiziqib qoladi va bu qiziqish
oqibatida bolada ham internetga qaramlik holati paydo bo‘ladi. Internet sababli sog‘lom
bolalar soni kamayib, nosog‘lom (reallikdan uzilgan, bolalarga hos barcha o‘yinlarni
telefonda o‘ynovchi) bolalar soni ko‘paymoqda. Birgina internetga qaram bo‘lib qolish -
oilalarda tez-tez janjallar, kelishmovchiliklarning bo‘lib turishiga, hattoki, ba'zi bir hollarda
ajrimlar sonini ko‘payishiga olib kelmoqda. Bundan ham ayanchlisi, internet tufayli insonlar
real hayotdan uzilib, vertual hayotga o‘tib qolmoqda. Internet bu kabi insonlar vaqtining eng
katta dushmani hisoblanadi.[1. 142b].

Internetga qaramlik - bu odamning onlayn faoliyat bilan haddan tashqari band bo‘lgan

va bu faoliyatni nazorat qila olmaydigan holat. Kattalarda ko‘pincha bu holat ijtimoiy
tarmoqlar (instagram, telegram, you tube, WhatsApp) tomosha qilish kabi faoliyatlar atrofida
bo‘lish mumkin.

Internetga qaramlikning bir qancha belgilari bor: haddan tashqari ko‘p vaqt sarflash,

psixik muammolar, ijtimoiy izolatsiya, aqliy muammolar, jismoniy salomatlik muammolari,
ruhiy salomatlik muammolari, haqiqatdan uzilish, nazoratni yo‘qotish, atrofdagilarga
befarqlik.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

650

Internetga qaramlik - insonlarga faqatgina salbiy muammolarni olib keladi. Ya'ni

ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lgan ota-onalar farzandlariga e'tibor bermasligi, oilada o‘ziga
tegishli bo‘lgan vazifalarni qilmasligi natijasida farzandlarida ham internetga qaramlik
holati, internet o‘yinlarida yutqazib qo‘yishi tufayli depressiyaga tushib, turli xil giyohvand
moddalarni iste'mol qilib ko‘rish va ularga ruju qo‘yish, turli diniy oqimlarga qo‘shilib
qolish, o‘g‘rilik qilish holatlari uchrab turibdi. Bunday holatlarning yuzaga kelishining asosiy
sababi - internetga haddan ziyod bog‘lanib qolishdir.

Ijtimoiy tarmoqlar ko‘nikishni yuzaga keltiradi. Eksperdlar internetga ko‘nikib qolish

yoki ijtimoiy tarmoqlarga ko‘nikib qolish sindromi mavjud - mavjud emasligi haqida yagona
fikrga ega emas, biroq har ikkala holatda ham javob tasdiq shaklida bo‘lishiga barcha asoslar
bor.

Nottingem Trent universiteti olimlari kishi ruhiy xarakterikasi, shaxs tipi va ijtimoiy

tarmoqlardan foydalanish o‘rtasidagi aloqalar haqidagi ilmiy adabiyotlarni o‘rganib chiqdi.
Tadqiqot mualliflari quyidagi xulosaga keldi: "Facebook"ga bog‘lanib qolish sindromi
haqida gapirish uchun barcha asoslar mavjud. Chunki, ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazuvchi
bir qatorkishilarda shaxsiy hayotdan qochish, butun e'tiborni Facebookga qaratish,
haqiqatdan uzoqlashish istagini yashirish kabi qaramlikning barcha belgilari kuzatiladi".

Shuningdek, tadqiqotlar xuruj sindromi ham mavjudligini ko‘rsatadi. Bir necha yil

avval Suonsidagi universitet olimlari internetdan foydalanishni to‘xtatgan kishilar ruhiy
xurujdan aziyat chekishini aniqladi. Yaqinda ular ushbu mavzuda yangi tadqiqot o‘tkazdi va
internetdan vos kechish nafaqat ruhiy shikast yetkazishi, balki jismoniy sog‘liqqa ham zarar
yetkazishni aniqladi.

Tadqiqot mualliflaridan biri Fir Rid bu holatni quyidagicha tariflaydi: "Internetda juda

ko‘p vaqt sarflovchi kishilar mobil qurilmadan foydalanishni to‘xtatganda, tashvishli holatga
tushib qolishi bizga ancha ilgaridan ma'lum edi. Biroq hozir ruhiy holatdagi o‘zgarishlar real
jismoniy o‘zgarishlar bilan birga kechishini aniqladik".

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar ijtimoiy tarmoqlardan hech qanday naf yo‘qligini

ko‘rsatadi. To‘g‘ri, ular uzoq masofada aloqalarni saqlab turish yoki anchadan buyon aloqani
yo‘qotgan do‘stlarimizni topishga yordam beradi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlardan shunchaki
vaqtni o‘tkazish yoki undan ham yomonini kayfiyatni ko‘tarish uchun foydalanish juda
yomon g‘oya. Xulosa qilib aytganda, internetdan (ijtimoiy tarmoqlardan) vaqti-vaqti bilan
foydalanish kerak. Ulardan haddan ziyod ko‘p foydalanish nafaqat o‘zimizga, balki
atrofimizdagi insonlarga ham zarar yetkazishi mumkin. Zero, ularning hayotiga ham xavf
solmaylik.[6. 112b].

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Karimova V. "Oilaviy hayot psixolgiyasi: O‘quv qo‘llanma.-T.:2006-142b.
2. Karimov X. K. O‘zbek oilalarida er-xotin nizolarining ijtimoiy-psixologik

xususiyatlari: Dis...psixologiya fanlari nomzodi.-T.: 1994.-142b.

3. Oila, jamiyat, qonun-T.: "O‘zbekiston", 2007.-112b
4. https//daryo.uz.

Bibliografik manbalar

Karimova V. "Oilaviy hayot psixolgiyasi: O‘quv qo‘llanma.-T.:2006-142b.

Karimov X. K. O‘zbek oilalarida er-xotin nizolarining ijtimoiy-psixologik

xususiyatlari: Dis...psixologiya fanlari nomzodi.-T.: 1994.-142b.

Oila, jamiyat, qonun-T.: "O‘zbekiston", 2007.-112b

https//daryo.uz.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари