MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
82
KLASTER TIZIMI VA UNING PEDAGOGIKADAGI O‘RNI
Qodirova Ulfatxon Mamataliyevna
Andijon davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15226641
Annotatsiya
: Hozirgi kunda zamonaviy ta’lim tizimi yangi innovatsion yondashuvlarni
talab qilmoqda.Ushbu yondashuvlardan biri klaster tizimi bo‘lib, u ta’lim jarayonini samarali
tashkil etish va rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi.Maqolada pedagogik ta’lim innovatsion
klasteri tizimi va uning mazmuni hamda pedagogikadagi o‘rni va samaradorligi haqida so‘z
yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
klaster, ideal, glaballashuv, fiziologiya, psixologiya.
Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib,
ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni
komillikka yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining
maydonga kelishiga sabab bo‘lgan. Chunki insonning ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi
pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi. Bola tug‘ilgan kundan boshlab, uni
maktabga borgunigacha bo‘lgan davrda har tomonlama yetuk barkamol qilib tarbiyalash
qonuniyatlarini o‘rganish maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etishning mavzuyidir. Modomiki,
ijtimoiy-iqtisodiy sohalar davlat idoralari xususiy tashkilotlarga mutaxassislar yetishtirib berilar
ekan mazkur tarmoqlar rivoji ham bevosita kadrlar salohiyati bilan bogliq. Oliy ta’lim sohasi har
bir mamlakat taraqqiyotining muhim bo‘g‘ini sanaladi. Shuni inobatga olgan holda
mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini 2030 -yilgacha rivojlanish konsepsiyasi islohotlari amalga
oshirilayotgani bejiz emas.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” da ham
oliy ta‘lim tizimidagi islohotlar alohida korsatib o‘tilgan. Mazkur strategiyaning 46-maqsadida
oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish kadrlar
buyurtmachilari takliflari asosida qabul parametrlarini oshirish tolov-kontrakt asosida o‘qishga
qabul parametrlarini oliy talim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash tartibini joriy etish
ko‘zda tutilgan.
Albatta bu sayi-xarakatlar natijasida yaqin yillarda oliy ta’lim tizimidagi islohotlar
samarasi nafaqat ushbu sohaning o‘zi balki mamlakat taraqqiyotini belgilab beruvchi boshqa
muhum tarmoqlar yuksalishida ham o‘z aksini topadi deyish mumkun.
Pedagogik ta’limning jamiyat barqaror rivojlanishidagi yuqori ijtimoiy ahamiyati bilan
bog‘liq zamonaviy talablar, tizimdagi muommolar va ularni hal qilishda ta’lim, fan va ishlab
chiqarish bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro yakdillikning yetishmasligi bugungi kunda uzluksiz
pedagogik ta’limni klaster rivojlanish modeliga o‘tkazish zaruriyatini taqozo etmoqda. Pedagogik
ta’lim innovatsion klasteri muayyan geografik hududning raqobatbardosh pedagog kadrlarga
bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida bir-biri bilan uzviy aloqadagi teng huquqli alohida
ta’lim subyektlarining, texnologiyalarning va inson resurslarining integratsiyalashuvini
kuchaytiruvchi mexanizm bo‘lib, u innovatsiya va integratsiya jarayonlari bilan bog‘liq.
Bugungi kunda ta'lim tizimida bo‘lajak tarbiyachilarni klaster tizimi asosida kasbiy
faoliyatga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish O‘zbekistonning ta'lim tizimini
rivojlantirish uchun muhim qadamdir. Bu yondashuv ta'lim sifatini oshirish, bo‘lajak
tarbiyachilarning raqobatbardoshligini mustahkamlash va bolalar bog'chalari uchun malakali
kadrlar tayyorlashga yordam beradi.
Aynan shu maqsadda Andijon davlat pedagogika institutida ham juda katta samarali
ishlar amalga oshirilmoqda.
Andijon davlat pedagogika institut rektori Baxtiyor Rasulov rahbarligida Qirg‘iziston
Respublikasi Oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro zamonaviy yondoshuvlar, yangi pedagogik
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
83
texnologiyalar,ilmiy izlanishlar borasida xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. O‘sh
Davlat universitetida tashkil etilgan klaster ta’limi bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib
borilmoqda. Institut rektori B.Rasulov rahbarligida ikki davlat oliygohlarining ustoz va talabalari
o‘zaro do‘stona aloqalar tashkillanib, metod almashtirish borasida ham turli uchrashuv va
tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan. Uchrashuvlar jarayonida har ikki oliygoh tomonidan o‘zlarining ta’lim
muassasalari, hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari va o‘quv jarayonlari haqida
mailumotlar beriladi. Talabalar almashinuvi, turli ta’lim va madaniy dasturlar,yozgi va qishki
maktablarni hamkorlikda tashkil etish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. Asosiy maqsad Oliy ta’lim
muassasalari bilan yaqin aloqalarni o‘rnatish, ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yo,lga
qo‘yishdan iborat.
Xususan, bolajak tarbiyachilarni Klaster tizimi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash – bu
taʼlim muassasalari, ilmiy markazlar, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa manfaatdor
tashkilotlarning hamkorlikdagi tizimi bo‘lib, maqsadi taʼlim sifati va mutaxassislar tayyorlash
darajasini oshirishdir.
Taʼlim klasteri
bugungi ta'limda eng samarali yondashuvlardan biri sifatida jadal
rivojlanmoqda. Taʼlim klasterining asosiy maqsadlari:
Nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish –
o‘quvchilar va talabalarni haqiqiy ishlab chiqarish muhitida tajriba orttirishiga imkon yaratish;
Innovatsiyalarni joriy etish – zamonaviy ta’lim usullari, texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni taʼlim
jarayoniga tatbiq etish, mehnat bozoriga moslashuv – bitiruvchilarning zamonaviy mehnat bozori
talablariga mos keladigan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini taʼminlash hamda resurslardan
samarali foydalanish – ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi orqali mablag‘larni
optimal taqsimlash kabi muhim vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Taʼlim klasteri dunyoning turli davlatlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.
Germaniyada
Dual ta’lim tizimi asosida ishlab chiqilgan klasterlar mavjud. Talabalar taʼlim jarayonida ishlab
chiqarish korxonalarida amaliyot o‘taydi. Volkswagen, Siemens kabi yirik kompaniyalar
universitetlar bilan hamkorlik qiladi.
Janubiy Koreyada texnoparklar va universitetlar o‘rtasida
klasterlar tashkil etilgan. Samsung, LG, Hyundai kabi kompaniyalar universitetlar bilan
hamkorlikda mutaxassislar tayyorlaydi. KAIST universiteti innovatsion klaster markazlaridan biri
hisoblanadi. AQSh Massachusetts texnologiya instituti (MIT) va Stanford universiteti kabi
muassasalar Silicon Valley va boshqa texnologik klasterlar bilan chambarchas bog‘langan.
Talabalar ilmiy-tadqiqot loyihalari orqali amaliy bilim oladilar. STEM yo‘nalishida katta e’tibor
qaratilgan. Xitoyda “University-Industry Collaboration” modeli asosida ishlaydi. Shenzhen
va Pekin shaharlarida universitetlar va texnoparklar birgalikda ishlaydi. Huawei, Alibaba, Tencent
kabi kompaniyalar yosh mutaxassislarni tayyorlashga investitsiya kiritadi. Finlandiya davlatida
ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida kuchli hamkorlik mavjud. Helsinki universiteti va Aalto
universiteti innovatsion taʼlim klasterlari asosida ishlaydi. O‘qitish jarayoni amaliyotga
yo‘naltirilgan.
Rossiyada "Universitet 2030" loyihasi doirasida klasterlar tashkil etilgan. IT,
texnika va muhandislik yo‘nalishida ishlab chiqarish bilan bog‘liq klasterlar mavjud. Skolkovo
innovatsion markazi bu tizimning eng yaxshi namunalaridan biri. Klaster tizimi ta’lim sohasida
kadrlar tayyorlashning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. U mehnat bozori talablariga mos
mutaxassislarni yetishtirishga yordam beradi, innovatsion metodlarni joriy etish imkoniyatini
yaratadi va ta’lim – ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlaydi. Shu sababli, uni ta’lim tizimiga
joriy qilish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Klaster tizimi pedagogika sohasida bir necha muhim jihatlarga ega: O‘quv yurtlari, ilmiy
markazlar va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi. O‘quvchilarni
mehnat bozori talablariga tayyorlashda samarali usullarni joriy qiladi, yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini beradi, amaliyot va nazariyani uyg‘unlashtirish orqali
malakali mutaxassislar tayyorlash imkoniyatini yaratadi, ilmiy izlanishlar va yangi innovatsion
g‘oyalarni shakllantirishga yordam beradi hamda ish beruvchilar va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi
hamkorlikni mustahkamlaydi. Shu jihatdan olganda, klaster tizimi pedagogikada ta’lim sifatini
oshirish, innovatsiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvda muhim rol
o‘ynaydi hamda bu tizim orqali ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
84
hamkorlik mustahkamlanadi, shu bilan birga ta’lim jarayoni samarali tashkil etiladi.
Shu sababli ham klaster tizimi zamonaviy ta’lim tizimining ajralmas qismi sifatida qaraladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha
ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori,
2019., 13-may, PQ 4312 son.
2. Mirziyoyev SH.M. “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob halqimiz bilan birga
quramiz.” –Toshkent:O‘zbekiston, 2017.-488 bet.
3. Хodjamqulov U.N. Pedagogik ta’lim innovatsion klasterining ilmiy-nazariy asoslari. /
Pedagogika fanlari doktori (Doktor of Science) - 2020. – Б. 277.
4. https://yuz.uz/news/suniy-intellekt--texnologik-rivojlanish-asosi
5. https://www.google.com/search
