Mualliflar

  • Ulfatxon Qodirova
    Andijon davlat pedagogika institi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.91530

Kalit so‘zlar:

maktabgacha ta’lim tizimi sun’iy intellekt innovatsiyalar global texnologiyalar individual qobiliyatlar kreativlik

Annotasiya

Maktabgacha ta’lim tizimida sun’iy intellekt bolalar uchun shaxsiylashtirilgan va interaktiv o‘quv muhitini ta’minlab, ularning yaratish qobiliyati va kreativ fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi. Sun’iy intellektdan (SI) foydalanish bolalarda kreativ fikrlash va yaratish qobiliyatlarini rivojlantirishning samarali usuliga aylanmoqda. Ushbu maqolada sun’iy intellekt asosida ta’lim jarayonini tashkil etish va uning kreativlikka ta’siri tahlil qilinadi hamda  SI texnologiyalarining maktabgacha ta’limdagi ahamiyati, bolalarning ijodiy qobiliyatlariga ta’siri va ularni rivojlantirish usullari haqida so‘z yuritiladi.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

258

MAKTABGACHA TA’LIMDA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA BOLALARDA

KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISH

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15354670

Qodirova Ulfatxon Mamataliyevna

Annotatsiya

Maktabgacha ta’lim tizimida sun’iy intellekt bolalar uchun shaxsiylashtirilgan va

interaktiv o‘quv muhitini ta’minlab, ularning yaratish qobiliyati va kreativ fikrlashini rivojlantirishga
yordam beradi. Sun’iy intellektdan (SI) foydalanish bolalarda kreativ fikrlash va yaratish
qobiliyatlarini rivojlantirishning samarali usuliga aylanmoqda. Ushbu maqolada sun’iy intellekt
asosida ta’lim jarayonini tashkil etish va uning kreativlikka ta’siri tahlil qilinadi hamda SI
texnologiyalarining maktabgacha ta’limdagi ahamiyati, bolalarning ijodiy qobiliyatlariga ta’siri va
ularni rivojlantirish usullari haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

maktabgacha ta’lim tizimi, sun’iy intellekt, innovatsiyalar, global texnologiyalar,

individual qobiliyatlar, kreativlik.

DEVELOPING CREATIVITY IN CHILDREN THROUGH ARTIFICIAL

INTELLIGENCE IN PRESCHOOL EDUCATION

Andijan State Pedagogical Institute

Senior Lecturer of the Department of Preschool Education

Qodirova Ulfatkhon Mamataliyevna

Annotation:

In the system of preschool education, artificial intelligence (AI) plays an important role in

creating a personalized and interactive learning environment for children, helping to develop their
creative abilities and critical thinking. This system help of AI has become an effective method for
developing children's creativity and creative thinking skills. This article analyzes how AI-based
educational processes are organized and their impact on creativity. It also discusses the significance
of AI technologies in preschool education, their influence on children's creative abilities, and the
methods for developing these abilities.

Keywords:

preschool education system, artificial intelligence, innovations, global

technologies, individual abilities, creative

РАЗВИТИЕ

КРЕАТИВНОСТИ

У

ДЕТЕЙ

С

ПОМОЩЬЮ

ИКУССТВЕННОГО

ИНТЕЛЕКТА

В

ДОШКОЛЬНОМ

ОБРАЗОВАНИИ

Андижанский

государственный

педагогический

институт

Старший

преподаватель

кафедры

дошкольного

образования

Кодирова

Ульфатхон

Маматалиевна

Аннотация

:

В

системе

дошкольного

образования

искусственный

интеллект

(

ИИ

)

обеспечивает

персонализированную

и

интерактивную

учебную

среду

для

детей

,

помогая

развивать

их

творческие

способности

и

креативное

мышление

.

Использование

ИИ

становится

эффективным

методом

развития

творческого

мышления

и

способности

к

созданию

у

детей

.

В

данной

статье

анализируется

организация

образовательного

процесса

на

основе

ИИ

и

его

влияние

на

креативность

,

а

также

обсуждаются

значимость

технологий

ИИ

в

дошкольном

образовании

,

их

влияние

на

творческие

способности

детей

и

способы

их

развития

.

Ключевые

слова

:

система

дошкольного

образования

,

искусственный

интеллект

,

инновации

,

глобальные

технологии

,

индивидуальные

способности

,

креативность

.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

259

KIRISH

Bizning asosiy maqsadimiz – yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga

erishish, ularning o‘z qobiliyatini va iste’dodini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha zarur sharoitlar
yaratib berishdan iborat.

Sh.M.Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2024-yil 14- oktyabrdagi PQ-358-

son ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizning sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanuvchi
dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga kirishiga erishish, shuningdek, «Raqamli O‘zbekiston —
2030» strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida sun’iy intellekt
texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi. Bugungi kun global
texnologiyalar va raqamli innovatsiyalar asri hisoblanayotgan davrda bu qaror biz pedagoglar uchun
ta’lim sohasida yangi imkoniyatlar yaratadi.

Ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish bolalarning o‘ziga xos qobiliyatlarini aniqlash va

ularga moslashuvchan ta’lim jarayonini tashkil etish imkonini beradi. Masalan: Adaptiv o‘qitish
tizimlari – bolaning qobiliyatlarini baholab, unga moslashgan o‘quv materiallarini taqdim etadi.
Sun’iy intellektdan foydalangan o’yinlar bolalarning nutq, mantiqiy fikrlash va motorika
ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Jumladan “Ha-yo’q”,” Tanishuv”, “ABC
sichqonchani o'rganish o'yinlari” orqali bolalar qiyin bo’lmagan topshiriqlarni bajarib, kodlash
asoslarini tushunishlari mumkin, “Tez, chizing!”,“Thinkrolls o’yin kodi” nomli o’yinlar jarayonida
bolalar pazllar yechadi, yo’l topadi’ va sinov usulida muammolarni hal qiladi, kichik yoshdagi bolalar
uchun qulay va tushunarli dizayn, “Birga o’qing” o’yini bolalarga ovozli yordamchi orqali kitob
o’qishni o’rgatadi, bolalar so’zlarni to’g’ri talaffuz qilganda,SI ularni maqtaydi va rag’batlantiradi.
Shu kabi interaktiv o‘yinlar – bolalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirib, ijodiy yondashuvni
shakllantiradi, ularning nutqi, mantiqiy fikrlashi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam
beradi.Sun’iy intellekt asosida ishlaydigan multimediya vositalari, masalan, virtual reallik (VR) va
qo‘shimcha reallik platformalari bolalarga yangi dunyo haqida bilim beradi, ularni yangi g‘oyalar
yaratishga undaydi hamda bolalarning turli muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishda
foydalaniladi. Masalan, aqlli robotlar yoki chat-botlar bolalarga turli savollar beradi va ularning
mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Generativ sun’iy intellect ham bolalarga turli ijodiy
jarayonlarda yordam beradi. Masalan: DALL·E va MidJourney – bolalar o‘z xayollarini tasvirga
aylantirish uchun sun’iy intellekt yordamida rasm chizishi mumkin, ChatGPT va StoryAI – bolalarga
hikoyalar yozish, she’rlar tuzish va ijodiy fikrlashni rivojlantirishda yordam beradi, MuseNet –
musiqa yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan SI vositasi bo‘lib, bolalarga o‘z musiqiy ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirishda yordam beradi.

Sun’iy intellekt asosidagi robototexnika platformalari bolalarning amaliy mashg‘ulotlar orqali

o‘z bilim va malakasini rivojlantirish imkonini beradi. Masalan: Lego Mindstorms – bolalarga
robotlar yaratish va ularni dasturlash orqali muammolarni hal qilishga o‘rgatadi, Cubetto va Bee-Bot
– maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan dasturlash asosida ishlaydigan interaktiv
robotlar hisoblanadi. Maktabgacha ta’limda sun’iy intellektning ahamiyatli jihati uning yordamida
bolalar turli xil hikoyalar yozishga o‘rgatiladi. Masalan, ChatGPT yoki AI Story Generator bolalarga
hikoya syujeti tuzishda yordam beradi va ularning ijodiy qobiliyatini oshiradi, Tilt Brush – bolalarga
3D muhitda ranglar bilan ishlash imkonini beradi, QuiverVision – bolalar o‘z qo‘llari bilan chizgan
rasmlarni SI yordamida jonlantirib, ularga hayot baxsh eta oladilar.

Sun’iy intellektdan foydalanishning ijobiy jihatlari shundan iboratki, bola qiziqishlari asosida

individual ta’lim rejasini ishlab chiqiladi, kreativlikni rivojlantirish uchun interaktiv vositalar
foydalaniladi, yangi texnologiyalar bilan tanishish va XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish
imkoniyatlari ega bo’ladilar.

Sun’iy intellektdan foydalanishning salbiy jihatlari :
- Bolalarning texnologiyalarga haddan ziyod bog‘liq bo‘lib qolishi.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

260

-Emotsional va ijtimoiy ko‘nikmalarga yetarlicha e’tibor berilmasligi.
- Ota-onalar va o‘qituvchilarning SI texnologiyalarini to‘g‘ri qo‘llash borasida yetarlicha

bilimga ega emasligi.

Maktabgacha ta’limda sun’iy intellektning ahamiyati shundan iboratki, bu texnologiya bolalar

uchun shaxsiylashtirilgan ta’lim muhitini yaratish imkonini beradi. Uning yordamida bola qiziqishlari
va qobiliyatlariga asoslangan interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, audiovizual va dinamik kontent
orqali o‘rganish jarayoni osonlashadi, bolalarda ijodiy yondashuvni shakllantiruvchi virtual muhit
yaratiladi.

Sun’iy intellektdan foydalanish bolalarda kreativlikni rivojlantirishning bir necha muhim

jihatlarini qo‘llab-quvvatlaydi: Muammolarni hal qilish qobiliyati – bolalar yangi g‘oyalar yaratishni
o‘rganadilar;tasavvurni kengaytirish – virtual muhitda turli ssenariylarni ko‘rib chiqib, o‘zlarining
noyob g‘oyalarini shakllantiradilar; o‘z-o‘zini ifoda qilish – multimedia vositalari orqali bolalar o‘z
fikr va his-tuyg‘ularini erkin bayon eta oladilar.

Maktabgacha ta’limda SI dan samarali foydalanish uchun

VR (virtual reallik) va AR

(qo‘shimcha reallik) texnologiyalari – bolalarni real hayotga yaqin muhitda o‘rgatish; suhbatbotlar
va raqamli o‘qituvchilar – bolalarning individual qiziqishlariga ko‘ra, shaxsiy o‘quv dasturlarini
ishlab chiqish; avtomatlashtirilgan ijodiy platformalar – rassomlik, musiqa va she’riyat bo‘yicha
interaktiv darslar ,VR (virtual reallik) va AR (qo‘shimcha reallik) texnologiyalari – bolalarni real
hayotga yaqin muhitda o‘rgatish, suhbatbotlar va raqamli o‘qituvchilar – bolalarning individual
qiziqishlariga ko‘ra, shaxsiy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, avtomatlashtirilgan ijodiy platformalar
– rassomlik, musiqa va she’riyat bo‘yicha interaktiv darslardan foydalanish maqsadga muvofiq
bo’ladi.

Xulosa va tavsiyalar

Sun’iy intellekt maktabgacha ta’lim tizimida ijodkorlikni rivojlantirishda katta imkoniyatlarni

yaratadi, bolalarning yaratish qobiliyati va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb
etadi. Bu texnologiyalar bolalarning qiziqishlarini hisobga olib, ularni yangi g‘oyalar yaratishga
undaydi,ta’lim jarayonini samarali, qulay va jozibador qiladi. U bilim olishni tezlashtiradi, yangi
imkoniyatlar yaratadi va kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lishga yordam beradi.

Zamonaviy SI vositalari bolalarda yaratish qobiliyatini oshirish, tasavvurni kengaytirish va

mustaqil fikrlashni shakllantirishda samarali usul sifatida foydalanilishi mumkin. Shuning uchun,
ta’lim muassasalari sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va innovatsion yondashuvlardan
foydalanishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:

- Maktabgacha ta’lim muassasalarida SI texnologiyalarini joriy etish;
- Ota-onalar va o‘qituvchilarni SI vositalaridan foydalanishga o‘rgatish;
- Bolalarning ijodiy imkoniyatlarini oshirish uchun maxsus interaktiv dasturlarni rivojlantirish.
Sun’iy intellektdan samarali foydalanish orqali bolalarga nafaqat fan va texnika sohasida, balki

ijodiy sohalarda ham katta imkoniyatlar yaratish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim

tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori, 2019., 13-may,
PQ 4312 son

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2024-yil 14- oktyabrdagi PQ-358-

son «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini
ta’minlash maqsadida sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi.

2.Mirziyoyev Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” –

Toshkent: O‘zbekiston, 2017.-488 bet.

3.Esonova M.A ”Maktabgacha pedagogika” - Toshkent:” ILM VA FAN” nashriyoti, 2023.276

bet.

4.https://yuz.uz/news/suniy-intellekt--texnologik-rivojlanish-asosi
5. https://www.lex.uz/docs/7158604


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

261

6.https://kun.uz/kr/news/2024/01/09/suniy-intellekt-qanchalik-xavfli-yoki-foydali

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori, 2019., 13-may, PQ 4312 son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2024-yil 14- oktyabrdagi PQ-358-son «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi.

Mirziyoyev Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” –Toshkent: O‘zbekiston, 2017.-488 bet.

Esonova M.A ”Maktabgacha pedagogika” - Toshkent:” ILM VA FAN” nashriyoti, 2023.276 bet.