Mualliflar

  • Shoxsanam Azizova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Shoxsanam Azizova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon Davlat Pedagogika Instituti  Maktabgacha ta’lim pedagogika  psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86229

Kalit so‘zlar:

Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim

Annotasiya

Ushbu maqola orqali pedagoglar ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish haqida tavsiyalar berilgan hamda inklyuziv ta’lim haqida tushunchalarga to‘xtalib o‘tilgan.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

526

UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARIDA INKLYUZIV TA’LIMNI

TASHKIL ETISH

Andijon Davlat Pedagogika Instituti

Maktabgacha ta’lim pedagogika

psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

Azizova Shoxsanam

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15236993

Annotatsiya:

Ushbu maqola orqali pedagoglar ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni

tashkil etish haqida tavsiyalar berilgan hamda inklyuziv ta’lim haqida tushunchalarga to‘xtalib
o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Inklyuziv ta’lim, alohida ta’lim, teng imkoniyatlar, korreksion sinf, sog‘lom,

individual imkoniyatlar.

Inklyuziv ta’lim — alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini

hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan
teng imkoniyatlarni ta’minlagan holda beriladigan ta’lim;

inklyuziv ta’lim sinfi — maktabdagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning boshqa

(sog‘lom) bolalar bilan teng huquqli va birgalikdagi ta’lim olishlari shaklida tashkil etilgan sinf;

boshlang‘ich tayanch korreksion sinfi — maktabda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar

uchun alohida tashkil etiladigan boshlang‘ich sinf;

o‘quvchilar — inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda tahsil

olayotgan sog‘lom yoki alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar.

4. Maktabda o‘quvchilar ta’lim jarayoniga moslashish darajasiga qarab boshqa (sog‘lom)

bolalar bilan bir qatorda maktabga qatnab muayyan sinfning o‘quv rejasiga mos keladigan o‘quv
dasturlari doirasida tahsil oladi.

Bu qarordan ham ko‘rinib turibdiki inklyuziv ta’limni tashkil etishda shu nizomga amal

qilamiz. Nizomni o‘zimizga asos qilib olib yangi dars jadvalini ishlab chiqishimiz kerak. Biz
sog‘lom bolalar dars jadvalini ko‘rib chiqamiz. 1-sinflar kesimida oladigan bo‘lsak ularning dars
jadvali birmuncha soda tuzilgan bo‘ladi. Shu sinfga inklyuziv ta’limga olingan bolani dars
jadvalini ozgina o‘zgartirishimiz kerak. Ularning imkoniyatidan kelib chiqib dars jadvalini yanada
soddalashtiramiz. Oddiy misol 1-sinflarda jismoniy tarbiya darsini oladigan bo‘lsak ularga 1-
chorakda safda turish, yurish, burilish, yugurish kabi amallar o‘rgatiladi. Shu darsni endi
imkoniyati cheklangan bolalarni tyutorlari bilan birga soddalashtiramiz. Imkoniyati cheklangan
bolalarni ham 2 guruhga bo‘lib olamiz. 1-guruhga tayanch harakatida nuqsoni bor bolalarni olsak,
2-guruhga ko‘rishida eshitishida va aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni olamiz. Ular uchun
ham dars jadvalini shakllantiramiz. 1-guruhga darsni sog‘lom bolalar qatori o‘tsak ham bo‘ladi.
Chunki ular aqliy tomondan sog‘lom bolalar bialn bir xil shakllangan bo‘ladi. 2-guruh bolalariga
esa alohida dars jadvalini ishlab chiqamiz. Ularga alifboni , matematikani, yozuvni soda tartibda
o‘rgatamiz. Sog‘lom bolalarga shu fandan mavzulari bir marta o‘rgatilsa ularga ikki marta
tushuntiramiz. Ota-onalari bilan ham doimiy aloqada bo‘lamiz va o‘tilgan darslarni uyda ham
doimiy takrorlatib turamiz. Ota-ona hamkorligisiz biz natijaga erisha olmaymiz. Bolalarga sifatli
ta’limni tashkil etishimiz kerak. Bu tadqiqotlarni amalda qo‘llash ustida tadqiqotlar olib
borilmoqda. Izlanishlar natijalarni tahlil qilishimiz zarur. Bunda bizga yuqorida keltirilgan Nizom
dastur bo‘la oladi.

Inklyuziv ta‘lim o‘qituvchining vazifalari.

·

Har bir o‘quvchini qaysi darajadagi yordamga muhtojligini aniqlash va ularning

ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda muntazam ravishda ular bilan uchrashish.

·

O‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash, individual rejalardan kelib chiqqan holda

ularni kuzatish o‘quv dasturiga moslashishiga yordam berish, o‘qitish va baholash.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

527

·

Sinf o‘qituvchilarigao‘quvchilarning maxsus ehtiyojlari va qobiliyatlariga

oid ma‘lumotlarni berish.

·

Muntazam ravishda o‘quvchilarning erishayotgan muvaffaqiyatlarini muhokama

qilish va baholash.

·

Maktab jamoasining boshqaruv xodimlari va ota-onalari bilan hamkorlikda

ishlash.

·

O‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan individual ravishda olib boriladigan faoliyatni

qayd etib borish.

·

O‘zgaruvchan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda individual o‘quv rejalarini

yangilash va baholash.

·

Mavjud barcha resurslar(o‘quv adabiyotlar, o‘qitish qurilmalari va boshqa kerakli

jihozlarni hujjatlashtirish va ular ro‘yxatini tuzish).

Inklyuziv ta‘limda o‘quvchilarga sifatli ta‘lim berish uchun ko‘plab malakali

mutaxassislar ish olib bormoqda. Prezidentimiz chiqargan qaror va qonunlar bizga dastur
vazifasini o‘tamoqda. Bu qaror va qonunlardan unumli foydalanib bolalarimiz kelajagini
yanada yaxshilashimiz lozim. Inklyuziv ta‘lim sohasida ish olib borayotgan o‘qituvchilar
uchun yaratilayotgan sharoitlar ham bu ta‘limning qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Ayupova.M.Y. Logopediya. “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti.

Toshkent – 2007. B.- 18.

2.

Ayupova.M.YU “Korreksion ishlar metodikasi” Ma’ruza matni.T-2001.B.-115

3.

Л

.

Н

.

Блинова

Диогностика

и

коррекция

в

образавании

детей

с

ЗПР

” 2005

Москва

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

Ayupova.M.Y. Logopediya. “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti. Toshkent – 2007. B.- 18.

Ayupova.M.YU “Korreksion ishlar metodikasi” Ma’ruza matni.T-2001.B.-115

Л.Н.Блинова “Диогностика и коррекция в образавании детей с ЗПР” 2005 Москва